XXI asr ko'nikmalaridan foydalanishga oid o'quv-amaliy seminar tashkil etildi
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Qarshi shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi va viloyat Pedagogik mahorat markazi hamkorligida
“MTT tarbiyalanuvchilarida XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirishning zamonaviy metodikasi: mahalliy va xorijiy tajribalar” nomli o'quv-seminar tashkil etildi.
O'quv-seminar davomida quyidagi mavzularga oid kasbiy bilimlar almashinuvi va amaliy mashg’ulotlar olib borildi.
- tarbiyalanuvchilarida 4K ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasi
- XXI asr ko‘nikmalarni rivojlantirishning interfaol metodlari
- kreativ va kritik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish usullari
- kollabarativ va kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish metodlari
Tadbirda viloyat MMT boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Tojiyev ishtirok etib ta'lim tarbiya sifatini yangi bosqichga olib chiqish galdagi eng asosiy vazifalardan biri ekanligini alohida ta'kidlab o'tdi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati
@Qashqadaryo_MMTB
Reportaj.
16 DMTT “Oltin kuz” fasliga bagʻishlab oʻtkazilgan bayram
#19nov #qashqadaryo_trk
📱Rasmiy telegram kanalimiz
👉/channel/qashqadaryo_trk
FAOLIYATIMIZDAN
“Barkamol avlod" bolalar maktablari “Turizm va ekologiya” yo'nalishidagi to‘garaklar haqida…
✔️Qashqadaryo viloyat Shahrisabz shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabida hozirgi kunda “Turizm va ekologiya” yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta to‘garaklarga jami 160 nafar o‘quvchi-yoshlar qamrab olingan.
🔷Xususan, Shahrisabz shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabida ushbu yo‘nalish bo'yicha tashkil etilgan "Oila hamshirasi" to'garagida 40 nafar o‘quvchi-yoshlar yoʻnalish sirlarini o‘rganib kelmoqdalar.
🍂 "Oila hamshirasi" to'garak rahbari Norboyeva Mohinur tomonidan jadval asosida to'garak mashg'ulotlari olib borilmoqda.
@Qashqadaryo_MMTB
✅ Endilikda koʻp qirrali yondashuvlar asosida kambagʻal oilalarning aʼzolariga sifatli taʼlim berish, ularni kasbga oʻqitish, ish bilan taʼminlash, sogʻligʻini yaxshilash, psixologik yordam koʻrsatish boʻyicha individual koʻmak berish paketlari boʻlishi belgilandi.
2025-yilda 1 million aholini kambagʻallikdan chiqarish Vazirlar Mahkamasi iqtisodiy kompleksining asosiy vazifasi etib belgilanadi.
Shu maqsadda kambagʻal oilalar bolalari maktablarda chet tili, kasb-hunar va IT boʻyicha bepul bilim olishi uchun 500 milliard soʻm ajratiladi. Ijtimoiy ahvoli ogʻir 1 mingta mahallada infratuzilmani yaxshilash dasturi amalga oshiriladi. Bunga 2 trillion soʻm yoʻnaltiriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Yashil_makon
#Ziyo_maskanlari_obodonlashtirilmoqda
Qarshi tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktab filialiga 1000 tup mevali, manzarali daraxt ko‘chatlari, 600 dona gul ko‘chatlari ekildi
(+video)
Mazkur jarayon "Yashil makon" loyihasi doirasida tashkil etilib, unda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i U. Oripov, Qarshi tuman hokimi Z. Aliqulov hamda sohaviy mas'ullar faol ishtirok etdi.
"YONG'IN XAVFSIZLIGI OYLIGI" BOSHLANDI
Yurtimiz bo'ylab "Yong'in xavfsizligi oyligi" jadal suratlarda boshlab yuborildi. Xususan, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tashabbusi bilan Fuqaro muhofazasi instituti va Yunisef tashkiloti hamkorligida Qarshi shahridagi 34-maktabda "Fuqaro muhofazasi" kuni tashkil etildi.
Tadbirda mutaxassislar tomonidan turli favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda ishchi-xizmatchilarning vazifalari yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, mazkur ta'lim maskani ishchi xizmatchilaridan iborat “Aloqa va xabar berish”, “Qutqaruv”, “Yong‘in o‘chirish”, “Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish” va boshqa talab etiladigan guruhlari ishtirokida shartli zilzila va yong'in natijasida binodan o'quvchilarni xavfsiz hududga olib chiqish harakatlari sinovdan o'tkazildi.
@Qashqadaryo_MMTB
“Jarayon”
Taʼlim vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy-nazorat boshqarmasi masʼul xodimi Gʻ.Sodiqov tomonidan korrupsiya va xodimlar haqida maʼlumot berdi.
#16nov #qashqadaryo_trk
📱Rasmiy telegram kanalimiz
👉/channel/qashqadaryo_trk
Muborak tuman 3-Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilinganligini 33 yilligi munosabati bilan "Bayrog'imiz chiroyli va aziz" shiori ostida o'tkazilgan tadbirdan lavhalar.
@Qashqadaryo_MMTB
Чироқчида куз-қиш мавсумига тайёргарлик бўйича ўрганиш ишлари олиб борилди.
Республика Ишчи гуруҳи вакиллари бугун Чироқчи туманига ташриф буюришди. Туман масъул раҳбарлари ҳамроҳлигида Ишчи гуруҳ аъзолари туманда куз-қиш мавсумини беталафот ўтказиш, аҳолига кўмир захирасини вақтида етказиб бериш, газ, электр ва сув муаммоларини жойида бартараф этиш борасида олиб борилаётган ишлар билан яқиндан танишишди.
Ўрганишлар давомида Ишчи гуруҳ вакиллари тумандаги бир қатор ижтимоий соҳа объектлари ҳамда Электр таъминоти корхонаси ва газ таъминоти бўлимининг моддий-техник базаси, яратилган шарт-шароитлар ва мавсумга шайлик ҳолатини кўздан кечиришди.
Ўрганишлар якунида, сектор ва ташкилот раҳбарлари билан туман аҳоли хонадонларида куз-қиш мавсумига тайёргарлик борасида коммунал хизматлар билан боғлиқ муаммо ва таклифлар, камчиликларни бартараф этиш бўйича чора-тадбирлар белгиланди.
@Qashqadaryo_MMTB
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг араб-ислом саммитидаги нутқи
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на арабо-исламском саммите
—
Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Arab-Islamic Summit
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Maktab o‘quvchisi xalqaro olimpiadada 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
Chiroqchi tumani 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quvchisi xalqaro olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Maktabning 1-sinf o‘quvchisi Bibisora Xudoyberdiyeva BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro "Mental arifmetika" olimpiadada ishtirok etib ajoyib natijaga erishdi.
Bibisora Xudoyberdiyevani ushbu g‘alaba bilan tabriklaymiz.
@Qashqadaryo_MMTB
#Hashar_elga_yarashar
#Yashil_makon
Ta'lim tashkilotlari hududi obodonlashtirilmoqda
Ma'lumki, xalqimiz ma'naviyatida, qadriyatlarida boshqa xalqlar o'rgansa va o'z tajribasida qo'llashga arziydigan ko'pgina ibratli tajribalari mavjud. Masalan, "hashar" deb atalgan tadbir barchani birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Hashar — bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam.
Maktab o‘quvchilari xalqaro olimpiadada 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi
Qarshi shahar 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quvchilari xalqaro olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritishlari bilan barchani quvontirishdi.
Maktabning ingliz tili o‘qituvchisi Malika Boltayevaning rahbarligida, 4-sinf o‘quvchisi M.Xudoyberdiyev va 9-sinf o‘quvchilari L.Qo‘ldosheva hamda F.Boltayeva BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan olimpiadada ajoyib natijalarga erishdilar. Bu g'alaba o'quvchilarning bilimlari, mehnati va o'qituvchilarining fidokorligi natijasidir.
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
II Qashqadaryo Bolalar forumi o'tkazildi — QASHQADARYO
Qashqadaryo viloyati Yoshlar ishlari agentligi, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Bolalar tashkiloti hududiy bo’limi hamkorligida maktab o’quvchilarini kuzgi ta’til davrida bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “II Qashqadaryo Bolalar forumi” tashkil etildi.
📑Mazkur forumda Qarshi shahri va shahar markaziga hududlardagi ta’lim muassasalardan 400 dan ortiq o’quvchi yoshlari ishtirok etishdi.
🌎Ushbu forum doirasida yoshlar “Bolalar quiz”, ingliz tili bo’yicha “Ibrat olimpiadasi”, “Kibersport” musobaqasi va “Raqslar tanlov”lari bo’yicha o’z iste’dod va qobilyatlarini namoyish etishdi.
➡️Forum doirasida tashkil etilgan loyihalarda g’olib bo’lgan yoshlar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar!
Qashqadaryoda ilk bora “NextGen Olympic” olimpiadasi o'tkazildi
7-8-noyabr kunlari IT Klasterda “NextGen Olympic” olimpiadasi boʻlib oʻtdi. Unda jami 148 nafar oʻquvchilar qatnashib, oʻz bilimlarini sinab koʻrishdi.
Taqdirlash jarayonida Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i o'rinbosari D. Tojiyev hamda sohaviy mas'ul xodimlar ishtirok etishdi.
Quyida gʻoliblar roʻyxati bilan tanishishingiz mumkin:
5-sinflar
1-oʻrin: Sheraliyev Rishodbek - Qarshi tumani
2-oʻrin: Yoʻldoshev Behruz - Gʻuzor tumani
3-oʻrin: Sirojiddinov Xayriddin - Qarshi shahar
6-sinflar
1-oʻrin: Toʻlinova Zahro - Gʻuzor tumani
2-oʻrin: Yoqubov Odiljon - Kasbi tumani
3-oʻrin: Qudratova Sabrina - Shahrisabz tumani
7-sinflar
1-oʻrin: Soliyev Nurshodxon - Yakkabogʻ tumani
2-oʻrin: Maxmadustov Ibrohim - Qarshi shahar
3-oʻrin: Sirojov Axmadxon - Kasbi tumani
Davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlari o'rtasida kurash sport turi bo'yicha "O'zbek polvoni" respublika turniri g'olibi va sovrindorlari.
70 kg
🥇 Ibrayeva Shirina - Toshkent viloyati
🥈 Qurbonova Gulchiroy - Buxoro viloyati
🥉 Abduraimova Manzura - Andijon viloyati
🥉 Yigitaliyeva Maftuna - Farg'ona viloyati
78 kg
🥇 Eshtemirova Soxiba - Qashqadaryo viloyati
🥈 Ixlasova Elmira - Qoraqalpog'iston Respublikasi
🥉 Shodiyeva Setlana - Buxoro viloyati
🥉 Maxmudova Maysara - Samarqand viloyati
+78 kg
🥇 Jo'raboyeva Diyora - Toshkent viloyati
🥈 Allado'stova Obida - Qashqadaryo viloyati
🥉 Utemuratova Nurgul - Qoraqalpog'iston Respublikasi
🥉 Boymirzayeva Madibonu - Farg'ona viloyati
100 kg
🥇 Rasulov Qoshimboy - Toshkent viloyati
🥈 Ernazarov Hayrullo - Surxondaryo viloyati
🥉 To'xtayev Jamshid - Jizzax viloyati
🥉 Ro'zmetov Sarvar - Xorazm viloyati
Ma'lumot uchun: Obida Allado'stova Qarshi shahar 21-maktabning jismoniy tarbiya fani o'qituvchisidir.
@Qashqadaryo_MMTB
"Jadidlar izidan" tanlovining hududiy bosqichlari davom etmoqda
muxbir: G'olib Amirov
#Qashqadaryo viloyati
15:00 20.11.2024
#Jadidlarizidan
@hududtv
✅ Majlisda taʼlim sifatini yanada oshirish, yoshlarimizni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan siyosat izchil davom ettirilishi taʼkidlandi.
Kelgusi yillarda bogʻchalarda qamrovni 80 foizga, oliygohlarda esa kamida 50 foizga yetkazish Hukumat uchun asosiy vazifa boʻlib qoladi.
Xalqaro moliya institutlarining 61 million dollar mablagʻlari hisobidan 2025-yilda 252 ta yangi bogʻcha barpo etiladi. Shuningdek, 174 ta bogʻcha va 379 ta maktab taʼmirlanadi va yangitdan quriladi. Bu maqsadlar uchun byudjetdan 4 trillion soʻm ajratiladi.
Tadbirkorlarga maktab qurish uchun 20 milliard soʻmgacha imtiyozli kredit beriladi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
✅ Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni koʻrib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bagʻishlangan majlisida nutq soʻzlamoqda.
Prezidentimiz yigʻilishda ijtimoiy sohada muhim oʻzgarishlar roʻy berganini taʼkidladi.
Oʻtgan davrda 25 mingdan ziyod xususiy bogʻcha, 70 ga yaqin nodavlat oliygohi tashkil etilib, qamrov maktabgacha taʼlimda – 74 foizdan, oliy taʼlimda esa – 39 foizdan oshdi.
Parijda boʻlib oʻtgan Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida azmu shijoatli sportchilarimiz chinakam rekord natijalarni qayd etib, jami 39 ta medal, jumladan 18 ta oltin medalni qoʻlga kiritdilar.
“Oʻzbekiston tarixida ilgari hech qachon boʻlmagan bunday yutuqlar barchamizga yangi kuch-gʻayrat baxsh etishi tabiiydir”, - dedi davlatimiz rahbari.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Yashil_makon
#Ziyo_maskanlari_obodonlashtirilmoqda
Bugun Qarshi tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktab filialiga 1000 tup mevali, manzarali daraxt ko‘chatlari, 600 dona gul ko‘chatlari ekildi.
Mazkur jarayon "Yashil makon" loyihasi doirasida tashkil etilib, unda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i U. Oripov, Qarshi tuman hokimi Z. Aliqulov hamda sohaviy mas'ullar faol ishtirok etdi.
Bu kabi umummilliy loyihalarni ijtimoiy soha hududlarida tashkillashtirish ishlari keng joriy etilib, ta'lim tashkilotlari maskani obodonlashtirilmoqda.
Axborot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktyabrdagi “2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasi”, 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari” toʻgʻrisidagi farmonida tatbiq etilishi belgilangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi dasturlarida atrof muhit obʻektlarini (havo, suv, yer, tuproq, yer qaʻri, bioxilma-xillik, qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar) inson taʻsiri hamda boshqa salbiy taʻsir qiluvchi omillardan saqlash va sifatini taʻminlash hamda sanoat ishlab chiqarishi, urbanizatsiya koʻlami keskin kengayishi va aholi punktlariga tushayotgan ekologik yukni kamaytirish mexanizmlarini takomillashtirish rejalari ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda.
#KuzQishniBetalofat
Ta'lim tashkilotlarida kuz-qish mavsumida elektr enegiyasidan unumli foydalanish masalalari muhokama etildi
Ma'lumki, energiya samaradorligi bu – energiya resurslaridan samarali, ya'ni oqilona foydalanishga qaratilgan jarayonlar majmuidir. Binolarning energiya ta'minoti yoki ishlab chiqarish jarayonlari uchun kamroq energiya sarflash evaziga kerakli natijaga erishish ham samaradorlik ko'rsatkichi hisoblanadi.
Qarshi tumani 26 maktab 7-b sinf oʻquvchilari ham chellenjda faol ishtirok etmoqdа...
@Qashqadaryo_MMTB
Bokuda o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasida O‘zbekiston, Ozarbayjon, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkiya tomonidan 2024–2030-yillarda barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha Xalqaro strategiya imzolandi.
Ziroat Mirziyoyeva COP29da ishtirok etayotgan yoshlarning global barqaror rivojlanishga hissa qo‘shishga tayyorligini yuqori baholab, shunday dedi: "Biz yosh avlod bilan tizimli va muntazam “iqlim muloqoti”ni o‘rnatish, ekologik startaplarni qo‘llab-quvvatlash orqali yoshlarimizning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish imkoniyatlarini kengaytirish tarafdorimiz".
—
В Баку на 29-й сессии Конференции сторон Рамочной конвенции ООН об изменении климата Узбекистаном, Азербайджаном, Венгрией, Казахстаном, Кыргызстаном, Таджикистаном и Турцией была подписана Международная стратегия продвижения культуры устойчивого развития и вовлечения детей и молодежи в климатическую повестку на 2024–2030 годы, основой которой стали проекты и инициативы молодых экоактивистов этих стран.
Зироат Мирзиёева, высоко оценив готовность молодых участников COP29 внести вклад в глобальное устойчивое развитие, подчеркнула: «Мы выступаем за системный и регулярный «климатический» диалог с представителями молодого поколения, расширение возможностей нашей молодёжи в борьбе с изменением климата, поддерживая экологические стартапы».
Zamin | Facebook | Instagram zaminfoundation">| YouTube
Kitob tumanidagi barcha maktablarida II chorak darslari muvaffaqiyatli boshlandi
Xabaringiz bor, bugundan maktab o`quvchilari uchun kuzgi ta`til tugab, II chorak darslari boshlandi. Shu munosabat bilan bugun erta tongdan Kitob tumani Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi mudiri Mansur Joniyev bir nechta ta`lim maskanlarida bo`lib, ta`lim jarayonlari, maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan o`rganish olib bordi.
Ma`lumot o`rnida, viloyatimiz hokimining tegishli farmoni bilan hududdagi barcha ijtimoiy soha obyektlari hamda turar-joy binolarida 4-noyabrdan isitish mavsumi boshlanishi belgilangan. Joriy yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun bu yil ham mahalliy byudjet hisobidan zarur mablagʼlar ajratilib, 9 ta umumta`lim maktabida jami 60 ta yangi tejamkor isitish qozonlari oʼrnatildi. Ko`rilgan choralar natijasida bugungi kunga kelib jami 86 ta ta`lim muassasalarining isitish tarmoqlari mukammal ta`mirdan chiqarildi. Tayyorgarlik ishlarining oʼz vaqtida bajarilishi va sifatini nazorat qilish maqsadida masʼul vakillar, hududiy nazoratchilar biriktirildi. Kuz-qish mavsumida taʼlim muassasalarining barqaror ishlashini taʼminlash uchun 5875 tonna koʼmir zaxirasi yaratildi.
🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
❤https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | ✅Twitter | 📹YouTube
🔈Kitob va Shahrisabzlik yoshlar uchun Ingliz tili fanidan "Future niners" olimpiadasiga start berildi!📣
Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Master Education o'quv markazi hamkorligida o'quvchilar o'rtasida Ingliz tilini bilish darajasini aniqlash va ularni munosib taqdirlash maqsadida Ingliz tili fan olimpiadasini oʻtkazmoqda.
🏆☄️Olimpiadada 📇5-sinfdan, 9-sinfgacha boʻlgan maktab oʻquvchilari ishtirok etishlari mumkin
Olimpiada sanasi:
5-6-7-sinflar uchun - 17-noyabr;
Oʻtkazilish vaqti: 09:00
8-9-sinflar uchun - 17-noyabr
Oʻtkazilish vaqti: 12:00
O‘tkazilish joyi: Master Education
Ro‘yxatdan o‘tish uchun:Havola
Olimpiada davomida Siz:
• 📌Ingliz tili faniga oid savollarni yechish;
#Ota_onalar_fikri
✅ Farzandlari nufuzli xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan ota-onalarning faxrga to‘la so‘zlariga quloq tutdik.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Xalqaro_hamkorlik
G'uzorlik o'qituvchining ish tajribasi Koreyadagi nufuzli kompaniya tomonidan e'tirof etildi
O'zbekistondagi RoboticsWare kompaniyasi direktori Hu Minsoo va yetakchi mutaxassisi Lee Jeong Jun G'uzor tumanidagi U.Uvatov nomli 1-umumiy o’rta ta’lim maktabiga tashrif buyurishdi.
Mutaxassislar tashrif davomida maktab direktori Lola Usmonova, informatika va AT fani o’qituvchisi Mavlanov Azamat va informatika fanidan tashkil etilgan “ENTRY ijodkorlar” to'garak mashg’uloti a'zolari bo’lgan o’quvchi yoshlar bilan uchrashdilar.
O'zbekistondagi RoboticsWare kompaniyasi direktori Hu Minsoo va maktab ma'muriyati o'rtasidagi muzokarada o'qituvchi A.Mavlanov faoliyati muhokama qilindi.
Mazkur maktabda tashkil qilingan “ENTRY ijodkorlar” to'garak mashg’ulotlari uchun "NEO SoCo" robototexnika jamlanmalari topshirildi.
Quvonarlisi shundaki, Koreyaning Neopia ixtisoslashgan kompaniyasi va O'zbekistondagi RoboticsWare kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan “6-NEOBOT ” tanlovida qatnashib yuqori o'rinlarni qo'lga kiritgan Haydarov Javohir “Grand mukofot”, Husanov Ozodbek “Bosh mukofat” bo’lgan diplom va esdalik sovg'alarini qabul qilib oldilar.
♟"YOSH CHEMPION" shaxmat musobaqasinig tuman bosqichi
o‘tkazildi
⚡Nishon tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida "Yosh chempion'' musobaqasining 12 yoshdan 14 yosh doirasida o'g'il va qiz bolalar o'rtasida "SHAXMAT" musobaqasi saralash bosqichi o‘tkazildi.
♟Musobaqada "Barkamol avlod" bolalar maktabning "Shaxmat" to'garak a'zolaridan 22 nafar o‘quvchilar ishtirok etdi.
♟Tadbir natijasiga ko‘ra,
O'g'il bolalar o‘rtasida;
🥇 Xurramov Javohir
🥈 Oromov Elbek
🥉 Uralov Javohir.
Qizlar o‘rtasida;
🥇 Oromova Laylo
🥈Dulabova Durdona
🥉 Abdunazarova Zarina.
☝Musobaqa g‘oliblari viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
@Qashqadaryo_MMTB
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Тиббиёт ходимлари куни муносабати билан соҳа ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони
—
Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы работников сферы здравоохранения в связи с Днем медицинских работников"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Daler Rahimov
Bugungi taqdirlashda bu ism-sharif qayta-qayta jarangladi.
56-Xalqaro kimyo olimpiadasida oltin medalni qo’lga kiritib, ilm-fan tarixiga kirgan Daler bugun hammamizning gʻururimiz.
Bugun u 16 yosh va bilimi orqali 200 million soʻmdan ortiq mablagʻni qoʻlga kiritdi.
Men ishonaman, butun Respublikamiz boʻylab Daler kabi qobiliyatli oʻquvchilar koʻp va ularning har biri katta qahramonlik qilishga qodir.
Aziz oʻquvchilarim, sizlar ham tarix sahifalariga oʻz ism-sharifingizni yozib qoldiring. Men sizlarga ishonaman.
@hilola_umarova