SAVOL: Shartsiz sevgi hissi qanday?
JAVOB: Shartsiz sevgi - chin muhabbat! Uning asosi Sizning o'zingizga bo'lgan hurmat, muhabbat va ishonchingizdir!
Bu o'zini har qanday holatda ham qabul qilish! Yagona ekaniga, gallaktika ekaniga ishonish!
Har bir jarayon Alloh izmi bn muhabbat yo'lida sodir bo'layotganini KO'RA OLISH!
Bu o'zini va boshqalarni sevish u-n sabab qidirmaslik. O'sha sabab - o'zingizda - Ruh ekaningizda, Qalb ekaningizda ekanini anglab, his qilish!
Bu sochilib yotgan o'zingizni birin-birin yig'ish!
O'zligini tanigan inson butun dunyoni unutadi. Lekin butun dunyo uni tanishni boshlaydi!
Birovdan sevgi kutmay qo'yadi, balki o'zi ularni sababsiz sevadi!
O'z qadrini oshirishga intilmaydi, ichidagi qadrdonini topadi!
Atrofdan mukammallik talab qilmaydi, izlamaydi. Uni qalbi bn his qiladi, ko'radi!
❤️"SHARTSIZ SEVGIGA OCHIQMIZ!
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
🟢Yigit -qizlarimiz o'z aql-zakovati,kuch-qudratini to'la - to'kis namoyon qila olishi kerak.
Ushbu gapda juft so’zlar qanday gap bo'lagi vazifasida kelgan?
♻️A) ega,vositasiz to'ldiruvchi, sifatlovchi aniqlovchi
♻️B) ega, vositasiz to'ldiruvchi,hol
♻️C) ega,vositasiz to'ldiruvchi, kesim
♻️D) qaratqich aniqlovchi,vositasiz to'ldiruvchi, sifatlovchi aniqlovchi
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
🟢Bilib bilmagandan,bilmay bilgan yaxshiroq.
Ushbu gapda fe'lning qaysi shakllari ishtirok etgan?
♻️A) faqat sifatdosh
♻️B) sifatdosh, ravishdosh
♻️C) faqat ravishdosh
♻️D) ravishdosh, harakat nomi
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
🟢Bilmagandan bilgan yaxshi,
to'g'ri ishni qilgan yaxshi.
Ushbu gapdagi sifatdoshlar qaysi gap bo'laklari vazifasida kelgan?
♻️A) hol va aniqlovchi
♻️B) to'ldiruvchi va kesim
♻️C) aniqlovchi va ega
♻️D) to'ldiruvchi va ega
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
♻️Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe'l shakllari qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan?
♻️A) -gach, -t, -ir, -n, -I
♻️B) -guncha, -la, -in, -il, - gan
♻️C) -gach, -guncha, gani, -ib
♻️D) -in, - t, - ir, - ish, -il
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
🟢Ahmoq yolg'onga to'n kiygizdi boplab,bor-yo'g'i bir hamroh emish-a, qaysi nodon ishonar bunga.
Ushbu gapda fe'lning qaysi shakli qo'llangan?
♻️A) orttirma
♻️B) birgalik
♻️C) aniq
♻️D) o'zlik
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
#Jilmaying!
Inson jilmayganda yoki kulib yurganda tanadagi hujayralar avtomatik "egam yashashni istayapti " deya faollashar ekan.
Mana shu oddiygina harakatdan doimiy foydalanish, insonni yanada yosharishiga sabab bo'ladi.
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
Yangi maktab va bog‘chalar, vatanparvarlik darslari, pedagoglarning malaka toifasi: 2025-yili taʼlim tizimida qanday yangiliklar bor
⚡️ Prezidentga maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida 2025-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar bo‘yicha axborot berildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shaxs tarbiyasining poydevori bo‘lgan bu bo‘g‘inlarga davlat tomonidan doimiy eʼtibor qaratib kelinmoqda. Hududlarda yangi-yangi taʼlim maskanlari barpo etilib, mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda. Darslik va o‘quv qo‘llanmalari zamon talablariga moslab yangilanyapti.
⚡️ Maktabgacha taʼlim tizimi ilg‘or xorijiy tajribalar asosida yangicha rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ydi. So‘nggi yillarda bolalar bog‘chalari soni 8 barobar oshib, 38 mingtaga, qamrov esa 27 foizdan 76 foizga yetdi.
💥 Mamlakatda maktab taʼlimini rivojlantirish umummilliy harakatga aylandi. Oxirgi yetti yilda 5 mingdan ziyod maktabda, bu yil 608 ta maktabda qurilish va taʼmirlash ishlari bajarildi. Yoshlarga ikkinchi xorijiy til va kasb o‘rgatish kengaytirildi. Ilk bor 530 ta maktabda inklyuziv taʼlim yo‘lga qo‘yildi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri navbatdagi rejalar yuzasidan axborot berdi.
⚡️ Qayd etilganidek, kelgusi o‘quv yilida 100 dan ziyod maktablar tashkil etilib, 257 ming o‘quvchi o‘rni ochiladi. Davlat taʼlim dasturi xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtiriladi.
Ikkinchi xorijiy til o‘qitiladigan maktablar 420 taga, kasb-hunar o‘rgatiladiganlari 400 taga yetkaziladi.
⚡️ Dunyodagi ilg‘or tajribalar, yangi uslublar amaliyotga kiritilmoqda. Jumladan, bu yil 1 ming 500 ta umumtaʼlim maktabida yangi baholash tizimi joriy qilindi. Natijalar tahlilidan kelib chiqib, bu tajriba yana kengaytiriladi.
⚡️ O‘qituvchilarga malaka toifasini berishda ham raqamlashtirilgan tizimga o‘tilgan. Endi toifasini oshirgan pedagoglar rag‘batlantiriladi, ularga to‘plagan baliga qarab 70 foizgacha ustama beriladi.
Davlat rahbari malaka sinovlari tartibini takomillashtirish, sog‘lom raqobat muhitini yaratib, barcha pedagoglarga teng imkoniyat berish zarurligini taʼkidladi.
⚡️ Shu maqsadda keyingi yildan hududlardagi malaka oshirish markazlarida o‘quv jarayonlari o‘zgartiriladi. Bunda har bir o‘qituvchining ehtiyojidan kelib chiqib, tabaqalashgan malaka oshirish tizimi joriy qilinadi. Malaka sinovidan o‘ta olmaganlar alohida dastur asosida qo‘shimcha o‘qitiladi. Viloyatlardagi 5 ta Pedagogik mahorat markazi zamonaviy sharoitda ish boshlaydi. Barcha markazlar situatsion o‘quv texnikalari va virtual laboratoriya bilan jihozlanadi.
Taʼlim tashkilotlariga malakali rahbarlarni jalb etish va faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, qo‘shimcha manbalar hisobidan, maktab va bog‘chalar direktorlari hamda ularning o‘rinbosarlarini moddiy rag‘batlantirish taklifi bildirildi.
Taʼlim bilan tarbiya uzviy olib boriladi. O‘zbekiston Prezidentining shu yil 15-noyabrdagi qaroriga muvofiq, o‘quvchilarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimiga eʼtibor kuchaydi.
Yuqori sinflarda harbiy vatanparvarlik darslari bir soatga ko‘paytirildi. Ushbu yo‘nalish o‘qituvchilari nufuzini oshirish uchun ularga harbiy unvon berish tartibi belgilandi.
Kelgusi o‘quv yiligacha bu fan bo‘yicha yangi darsliklar ishlab chiqiladi, kasbiy salohiyati yuqori o‘qituvchilar ishga jalb etiladi. Mudofaa vazirligi bilan birga 208 ta taʼlim maskanida “Jasorat maktablari” tashkil etiladi. Bu maktablarga tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar ham qamrab olinadi.
Joriy yil 30 sentyabr kuni sohaga doir yana bir muhim hujjat – maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq, 2025-yildan boshlab, maktabgacha taʼlim tashkilotining direktori o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi. “Metodik mahorat soati”, “Metodik mahorat kuni” kabi malaka oshirish shakllari tashkil qilinadi.
/channel/fanoyligi
#tonggi_motivatsiya
✨ Odamlarning faqat yaxshi, ijobiy xislatlarini ko‘rishga intiling. Esda tuting, har bir odamda istalgan xislat bor. Niyatlaringiz toza va samimiy bo‘lsa, odamlar sizga o‘zining eng yaxshi tomonlarini ko‘rsatadi.
Assalomu alaykum, yaxshilar!
@qiziqarli_ona_tili
❓ So'z qo'llash bilan bog'liq xatoni toping.
Kamol darvozani ochib yap-yangi hovliga kirgan akasining ketidan izma-iz besh-olti odim tashladiyu, qarib hovlining o‘rtasiga bordi, qo‘shqavatlik uyning haybatidan, ko‘m-ko‘k hovuzdagi suvni tiniqligidan ko‘zini uzolmay turib qoldi, uy tomon o‘girildi.
@qiziqarli_ona_tili
Uchtasi birda guruhimizda kecha 2-dars bo'lib o'tti. Birinchi dars orfografiya bo'limi bo'ldi.
@qiziqarli_ona_tili
Matnni konspekt qilib daftarga yozib beruvchi bot haqida bilasizmi? 😉
👍 Ha
🤩 Yõq
@qiziqarli_ona_tili
Tajnis ( yoki jinos ) she'r baytida ma'no jihatidan har xil, ammo shakli bir xil yoki shaklan bir-biriga yaqin ikki so'zni keltirib,ular vositasida muayyan fikr,lavha yoki timsolni ta'sirchan ifodalash san'atidir.
Lutfiyning
Ulkim ko'ngul oldi zulfi xoli,
Ko'ngludin emas xayoli xoli
baytidagi qofiyadosh xoli so'zlari shaklan bir xil bo'lsa-da, lekin ikki xil ma'noni ifodalaydi:birinchi misrada mahbuba yuzidagi xolni bildirsa, ikkinchi misrada "xoli emas" iborasidagi ma'noni anglatadi.
Ayni vaqtda ikkinchi misradagi "xayoli" va " xoli "so'zlari ham shaklan bir-biriga yaqindir. Bu ikki so'zni arab yozuvida ifodalasak,o'zaro yaqinlik yanada aniqroq ko'zga tashlanadi.
"Xayoli" so'zi tarkibidagi " yo" harfini tushirsak,bu so'z "xoli" so'zi bilan bir xil shaklga kiradi.Bunday shaklan bir-biriga yaqin so'zlar ham shakldosh sanalib,ularni bir baytda qo'llash tajnis san'atini vujudga keltiradi.
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
🔘Achchiq bilan chuchukni totgan bilar,uzoq bilan yaqinni yurgan bilar.
Ushbu gapda yasama so'zlar qaysi turkumlardan hosil qilingan?
♻️A) ot
♻️B) fe'l
♻️C) ravish
♻️D) sifat
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
🟢Agar yaxshiliging seni xursand qilib,yomonliging xafa qilsa,demak,sen mo'min ekansan.
Ushbu gapdagi mustaqil so'zlar miqdorini toping
♻️A) 10 ta
♻️B) 9 ta
♻️C) 7 ta
♻️D) 8 ta
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
#Xayrli_tong
🥰 Boshqa odamlardan emas, kechagi
o'zingizdan yaxshiroq bo'lishga intiling
@qiziqarli_ona_tili
Milliy sertifikat testiga tushish ehtimoli bo'lgan hikoyalarning bir qismi. Hammangizga manfaatli bo'lsin.
@qiziqarli_ona_tili
Guruhga qo'shilish uchun yana 3kishida imkon bor! Vaqtni boy bermang!
Ma'lumot uchun: @Madaminovna_Madina
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
❓ Qaysi qatorda qo'shimcha qo'llanishi bilan bog'liq uslubiy xatolik mavjud?
A) Ko‘nglingiz har chog‘ el muhabbati bilan labo-lab to‘lsin, har ishga bel bog‘lar ekansiz, elning manfaat va zaruriyatini o‘zingiz uchun bir mezon, deb biling.
B) Haq so‘zni aytgan og‘izlarni tosh bilan qonatmoq emas, haqiqat tamalini qulatilmoqqa ko‘tarilgan qo‘llarni kesmoq zarur.
C) Kitoblar meni yupantirmoqda, bo‘lmasa, yurtga kelgan falokatlarni ko‘rib, jinni bo‘lishim muqarrar edi.
D) Aql va adolatning yorug‘ kunduzini, zulm va jaholatning qora tunini hech bir ilm tarix kabi ravshan ko‘rsata olmagan.
@qiziqarli_ona_tili