qiziqarli_ona_tili | Unsorted

Telegram-канал qiziqarli_ona_tili - Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

6964

Ilk bor Milliy sertifikat joriy qilingan paytdayoq Sertifikat olganman! 4yil ichida oliy toifali ustoz bo'lganman. 500dan ortiq shogirdlarimning sertifikat va toifa olishlariga sababchi bo'lganman. Yoshim 29da. Murojaat uchun: @Madaminovna_Madina

Subscribe to a channel

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

To'g'ri javob: 1, 3, 4, 6, 7

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

tol, tosh, tor, toy, tot, tong, toq, toj, tok.
Berilgan so‘zlarning nechtasi tarkibidagi til oldi portlovchi undosh o‘rniga jarangli shovqinli lab-lab undosh tovushni almashtirib yangi soz hosil qilinganda ulardan nechtasi omonim so'zga aylanadi?

A. 1ta
B. 2 ta
C. 3 ta
D. 4 ta

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

12 hafta ichida inson o'zini tarbiya qila oladi. Hozirda shu usulni qo'llash ayni muddao.

🍀1. Tilni tiyish. Oldingga qo'ygan taomni hammasini ema, dumalab qolguncha ichma.

🍀2. Sukut saqla. O'zigga va boshqalarga foyda bo'ladigan gapni so'zla foyda bo'lmaydigan gapni gapirishdan saqlan.

🍀3. Intizomga muhabbat qo'yish. Hamma buyumlaringni qo'yish uchun joy, kerakli gapni gapirish uchun kerakli vaqt bo'lsin.

🍀4. Uddasidan chiqmoq. Bajarilishi kerak bo'lgan ishni bajarishni hal qil. Hal qildingmi ishni bajarmoqni uddasidan chiq.

🍀5. Boshqalar haqida qayg'urmoq. Faqat o'zingga emas boshqalarga ham foyda keltiradigan narsalarni harid qil. Hech narsani bekorchi joylarga ishlatma.

🍀6. Mehnatsevarlik. Vaqtni bekor o'tkazma har goim foydalik ish bilan mashg'ul bo'l har qanday bekorchi ishdan nari bo'l.

🍀7. Ochiqko'ngililik. Tili boshqa yu dili boshqa bo'lishdan saqlan. Har doim dilingda o'ylaganingni gapir.

🍀8. To'g'riso'zlilik. Hech qachon odamlarga yomonlikni ravo ko'rma va ularni hafa qilma.

🍀9. Kechirimlilik. Sizga yetkazilgan ozor uchun hech qachon kek saqlamang hattoki ular hafa bo'lishga arzisalar ham.

🍀10. Ozodalikka rioya qiling. Uyingizda ham libosingizda ham kirlik bo'lishiga yo'l qo'ymang.

🍀11. Hotirjamlilik. Bo'lar bo'lmasga havotirlanavermang.

🍀12. Aql bilan ish qilish. Ko'p izlanishdan to'htamang. Ko'p kitob mutola qilish naslingizni sof tabiatli insonlar bilan davom etishini ta'minlaydi.


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Assalomu alaykum jonkuyar ustozlar va bilimga chanqoq yoshlar! Sizlarni yangi o'quv yili xayrli va barokatli kelishini tilab qolaman! Ezgu yo'lingizda hech ham tolmang.

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

📜 Badiiy san’atlar.

Ishtiqoq - arabcha "so‘zdan so‘zni ajratmoq", she’r baytlarida o‘zakdosh so‘zlarni qo‘llash san’ati.

Masalan:

G‘ussa changidin navoye topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asir-u benavo bo‘ldum sango.
(Navoiy.)


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

🍀Yil narxini bilish uchun imtihonda muvaffaqiyatsizlikka uchragan talabadan so'rang.

🍀Bir oyning narxini bilish uchun, muddatidan oldin tuqqan onadan so'rang.

🍀Haftalik muharrirdan haftaning narxini so'rang.

🍀Bir soat narxini bilish uchun sevgilisini kutib turgan oshiqdan so'rang.

🍀Bir daqiqaning narxini bilish uchun poezdga kechikib kelgan insondan so'rang.

🍀Bir soniya narxini bilish uchun avtohalokatda yaqinidan judo bo'lgan kishidan so'rang.

🍀Bir soniyaning mingdan birining narxini bilish uchun olimpiada kumush medal sovrindoridan so'rang.

Soat millari ishlashni to'xtatmaydi. Shuning uchun, hayotingizning har bir daqiqasini qadrlang. Avvalo, bugungi kunda sizga berilgan eng katta sovg'a sifatida qarang va qadrlang!!!


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

tol, tosh, tor, toy, tot, tong, toq, toj, tok.
Berilgan so‘zlarning nechtasi tarkibidagi til oldi portlovchi undosh o‘rniga jarangli shovqinli lab-lab undosh tovushni almashtirib yangi soz hosil qilinganda ulardan nechtasi omonim so'zga aylanadi?

A. 1ta
B. 2 ta
C. 3 ta
D. 4 ta


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

“Alpomish” dostonida “haddili zo’r” deya ta’riflangan obraz Surhayl kampir

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

🔸️ Bilim — bu yashirin kuch. Ular tartiblashtirilib va harakatlarning o'ylangan rejasi yordamida aniq vazifani aql bilan bajarilgan taqdirdagina kuchga aylanadi.

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Undov so'zlar haqida berilgan to'g'ri ma'lumotlarni aniqlang.

1. Undovlarning rasmiy va ilmiy uslubda qo'llanish doirasi cheklangan.
2. Nutq jarayonida undovlardan foydalanish so'zlovchilarning yoshi va mansabi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
3. Shaxsiy xatlarda undovlardan foydalanish mumkin.
4. Undalmali murakkablashgan gaplarda undovlar har doim undalmadan oldin keladi va ularni orasida vergul tinish belgisi ishlatilmaydi.

To'g'ri javob: 1, 2, 3


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Ovchilarga ov bo'lgan ovchi obrazi Mehr va Suhayl.Navdar asarda keltirilgan

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

🌿Bir rassom goʻzal rasm chizdi. Va uni koʻpchilik yigʻiladigan joyga qoʻyib, sinab koʻrmoqchi boʻldi. Rasmni qoʻyib, tepasiga yozib qoʻydi: “Kimda-kim bu rasmda ozgina boʻlsada kamchilik koʻrsa, ustiga qizil qalam bilan belgi qoʻysin!”.

Kechqurun kelib qarasa, rasm qizil boʻyoqqa toʻlib ketibdi. U ustozi oldiga borib rasmdan voz kechmoqchiligini aytadi.
⸺Yoʻq. ⸺ dedi ustozi unga. ⸺Sen yaxshisi iborani oʻzgartir: kim rasmda kamchilik koʻrsa, uni tuzatsin, deb yozib qoʻy.

Rassom ustozining aytganini bajardi. Buni qarangki, oradan bir necha kun oʻtsa ham, rasmga hech kim yaqinlashmadi.
⸺ Koʻrdingmi, ⸺ deb kuldi rassomning ustozi. ⸺ Bu hayotda hamma narsadan xato topadiganlar koʻp, biroq shu xatoni tuzatadigan ⸺ isloh etadiganlar juda kam.

🍃Xato qidiruvchi emas, aqli yetmay, xato qilgan insonga xatosini tuzatishda yordam berguvchi boʻling, qalbdosh!!!


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

7 raqamining sirli ajoyibotlari

Ko‘pchilik 7 raqamining "shaydosi”. Yangi avtomobil xarid qilgan kishidan "Qaysi raqamni olgan bo‘lardingiz?”, deb so‘rasangiz ko‘pchiligi uchta yettiga ega bo‘lishni xohlaydi. Mashhur futbolchilarning ko‘pchiligi shu raqamda maydonda to‘p suradi. Ko‘pgina xalqlarda 7 soni xosiyatli raqam hisoblanadi. Xullas, hayotda shu raqam bilan bog‘liq bir qancha ajoyibotlar mavjud. 7 kun, 7 moʻjiza, 7 xazina, 7 avlod, 7 iqlim, 7 rang, 7 sayyora, 7 dengiz, 7 farz va boshqalar.

Quyida mashhur yettiliklar e’tiboringizga havola etamiz.

Dunyoning yetti moʻjizasi:
1. Misr ehromlari;
2. Bobil osma bog‘lari;
3. Artemida ibodatxonasi;
4. Galikarnas dahmasi;
5. Zevs haykali;
6. Rodosdagi haykal;
7. Iskandariya mayog‘i.

O‘rta asrlarning yetti moʻjizasi:
1. Rim kollizeyi:
2. Iskandariya yerosti yo‘llari;
3. Buyuk Xitoy devori;
4. Avliyo Sofiya ibodatxonasi;
5. Stounhenj;
6. Piza minorasi;
7. Nanjing budda ibodatxonasi.

Dunyoning yetti tabiiy moʻjizasi:
1. Everest cho‘qqisi;
2. Katta Barriyer rifi;
3. Grand Kan’on;
4. Viktoriya sharsharasi;
5. Rio de Janeyro bo‘g‘ozi;
6. Paricutin vulqoni;
7. Shimoliy ko‘llar.

Yetti xazina:
1. Sigir – ro‘zg‘orning qassobi va baqqoli;
2. Asalari – oilaning tabibi;
3. Ipak qurti – qizlarning sepi;
4. Objuvoz – qozonning yog‘i;
5. Tegirmon – qorinning belbog‘i;
6. O‘rmon – imorat "suyagi”, qozon ­olovi;
7. Tovuq – ham obiyovg‘on, ham dori-darmon.

Hafta kunlari:
dushanba, seshanba, chorshanba,
payshanba, juma, shanba, yakshanba.

Moddalarning yetti ko‘rinishi:
qattiq, suyuq, gazsimon, plazma, neytron, epiplazma, fizik vakuum holati.

Yetti musiqa notasi: do, re, mi, fa, sol, lya, si.

Yetti avlod:
farzand, nevara, chevara, evara, pannevara, ovora, begona.

Yetti iqlim: ekvatorial, subekvatorial, tropik, subtropik, moʻtadil, subarktik, arktik.

Yetti rang: oq, sariq, qizil, qora, ko‘k, yashil, apelsin.

Yetti sayyora: Qadimgi xalqlar yetti muqaddas sayyora inson hayotiga, taqdiriga, o‘zaro harakatlariga bog‘liq deb tushunganlar. Ular:

Quyosh – Kuch-g‘ayrat ramzi;
Oy – Dilbarlik ramzi;
Mars – Jangu jadal timsoli:
Merkuriy – Donolik ramzi;
Yupiter – Baxt ramzi;
Venera – Sevgi ramzi;
Saturn – Dehqonchilik ramzi.


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

🔸️ Agar imkoniyat eshik qoqmasa, o‘zing eshikni och.

©Milton Berli


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

“Alpomish” dostonida “haddili zo’r” deya ta’riflangan obrazni toping

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

B-✅

(bor, bot so‘zlari bo‘la oladi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 2-jildli. 1-jild bo‘yicha)


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

“Bu asar o‘qilganda bu dunyoda hech narsa tasodifiy va g‘alat, mantiqsiz yoki adolatsiz emasligiga amin bo‘lasiz”.
Ushbu fikr qaysi asar haqida?


Qissasi Rabg'uziy

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Bilimlar kuningiz muborak bo'lsin

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

#mutolaadan

Rasululloh (s.a.v.) shunday marhamat qiladilar: «Kimki, uyiga kelib, ichkariga kirar ekan va ovqat tanovul qilar ekan, Allohning nomini zikr etsa, shayton (odamlariga): «Sizga bu yerda tunash ham yo‘q, kechki ovqat ham!» deydi.

Biroq kimki uyiga kelib, ichkariga kirar ekan, Allohni zikr etsa, ammo kechki ovqatni yeganida zikr etmasa, shayton (do‘stlariga): «Kechki ovqatga qovushdinglar, ammo bu yerda tunab qolish mumkin emas!» deydi.

Kishi uyga kirar ekan va ovqat tanovul qilar ekan, Allohni zikr etmasa, shayton (do‘stlariga): «Ovqatga ham yetdingiz, tunab qoladigan joyga ham!» deydi» (Muslim).

"Oilamni yaxshi koʻraman"
Abdulaziz Kiranshal

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Faqat bitta tuyg'u uxlamas biroq,
Uning to'shagida mix bor toabad.
Uni qiynab yotar omonsiz so'roq,
Faqat uxlamaydi birgina hasad.

Parchada yordamchi so'z turkumlariga xos birliklar necha o'rinda qo'llangan?


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Baxor fasllarni eng qaynoq, eng sertashvish, ayni zamonga eng zavqbahshi. Undan gulyaproqlarni atri, jonbahsh ellarni sho‘hligi, uyg‘ongan xayotning jilvasi... Darahtlar gullaydi, qushlar kuylaydi... Ularni gullarida ham, qushlarning kuylarida ham zurriyod istagining taronasi. Nebaht, tabiat taqozosi bu!
Ushbu parcha haqida noto‘g‘ri hukmlarni ajrating.

🔹1) ushbu gapda qo‘shimchalarni qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud emas;

🔹2) gapdagi barcha tinish belgilari to‘g‘ri qo‘llangan;

🔹3) gapdagi 4 ta so‘zda imloviy xato mavjud;

🔹4) gapda 4 ta fonetik o‘zgarish mavjud;

🔹5) Qaratqich aniqlovchili birikmalarning 2 tasida qaralmish tarkibidagi egalik qo‘shimchasi tushirib qoldirilgan;

🔹6) gapdagi yasama so‘zlar soni 8 ta;

🔹7) gapdagi yasama fe’llar soni yasama otlar sonidan ko‘proq;

🔹8) kompozitsion usulda yozilgan so‘zlardan birining tarkibida omonimlik xususiyatiga ega bo‘lgan so‘z qo‘llangan.


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

“Bu asar o‘qilganda bu dunyoda hech narsa tasodifiy va g‘alat, mantiqsiz yoki adolatsiz emasligiga amin bo‘lasiz”.
Ushbu fikr qaysi asar haqida?


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Zavqiyning "Hajvi ahli rasta" she'rida Qosim, Nusrat, Hoji Hasan obrazlar haqida iliq fikrlar bildirilgan

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

"Avesto" da Mitraning oldida titrovchi obrazlar....(5ta)

1. Axriman
2. Jaholat
3. Tanballik
4. Devlar
5. Yolg'onchilar


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Muqumiyning "Sayohatnoma" asarida "bir pulni yuz yerdin tugar" misrasi Rafqon, Oltiiariq joylarga nisbatan ishlatilgan

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

📢 QUYIDAGI SO'ZLARNING IZOHINI ESLAB QOLAMIZ.

🧿 Akkaunt – ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchining nomi;

🧿 Bloger – o‘z qarashlarini internetdagi ma’lum bir platformada doimiy ravishda e’lon qiladigan kishi;

🧿 Avatarka – foydalanuvchi taqdimoti sifatida tanlangan rasm;

🧿 Fayl – kompyuterda ma’lumot saqlovchi diskning nomlangan sohasi;

🧿 Xeshteg – ijtimoiy tarmoqlarda mavzu bo‘yicha xabarlarni tarqatishda foydalaniladigan yorliq;

🧿 Veb-sahifa – internetdagi hujjat va ma’lumotlar zaxirasi;

🧿 Vebinar – to‘g‘ridan to‘g‘ri mashg‘ulot;

🧿 Dayjest – ma’lum bir mavzu bo‘yicha eng qiziqarli nashrlarni yetkazadigan maqola.



@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Qaysi asarda diniy ma'rifatning ulug' namoyandalari, "xalqparvar siymoolar" Ismoil ota, Avliyo ota, "sharq adabiiyotining vallamatlaridan biri, butun Osiyoni aql-idroki bilan tebratgan" Xo'ja Ahmad Yassaviylar hayoti tilga olingan?

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Zavqiyning "Hajvi ahli rasta" she'rida qaysi obrazlar haqida iliq fikrlar bildirilgan?

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…
Subscribe to a channel