Ilk bor Milliy sertifikat joriy qilingan paytdayoq Sertifikat olganman! 4yil ichida oliy toifali ustoz bo'lganman. 500dan ortiq shogirdlarimning sertifikat va toifa olishlariga sababchi bo'lganman. Yoshim 29da. Murojaat uchun: @Madaminovna_Madina
⚡️ "Maktab" so‘zi - qadimgi yunon tilidagi Scole - dam olmoq degan maʼnoni anglatadi
Mil.avv. I asrda Qadimgi Yunonistonda jamoat joylarida dam olish uchun aylana shakldagi o‘tirg‘ichlar o‘rnatilgan bo‘lgan. U yerda har doim oratorlar(maʼruzachi, vaʼz o‘quvchilar) bo‘lishgan va ularning har doim tinglovchisi bo‘lgan. Chunki ular hayotiy masalar haqida juda foydali maslahatlar berishgan.
Asta-sekinlik bilan o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun maxsus joy talab qilina boshlagan. Shunday qilib dastlabki maktablar vujudga kela boshlagan. Dastlab bu joy nomi sxola deb nomlangan.
@qiziqarli_ona_tili
#нимадир
Бугун қизим Зайнабхоннинг ота-оналар мажлисига бордим. Синфхона шунақаям шовқин, бошим айланиб, мазам қочиб қолди.
Устозларнинг жонига балли...
Қизимнинг устози гапиряпти-ю юзига қараб турибман. "Бечора" деяпман ичимда... Ишқилиб ўзининг болаларига асаби қолдимикан?!
Устози ийманибгина қизимнинг шўхлигини, бўйи баланд бўлгани учун охирги партага ўтказиб қўйганини, у эса ўша жойга ўтирволиб тинмай шўхлик қилаётганини айтди.
Хўп, гаплашиб қўяман дедим. Қирқ дақиқали мажлисда эллик марта эшик очилди, мажлис бошлангунча йигирма марта устознинг телефони хонага кириб чиқди.
"Устоз, мана аям! Гаплашинг!", "Устоз, аям келолмас экан, ўзи тушунтираркан сизга, мана!", " Устоз аям келяптийкан"...
Бир хона ним ярим хотин ўтирдик. Ичида оғирбўйиям бор, чақалоқ кўтариб келганиям. Биринчи партада стулдан ярми оқиб катта бир амаки ўтирибди. Эркаклардан бошқа ҳеч ким йўқ.
Очиғи, Зайнабхонимни синф мажлисида биринчи марта қатнашдим. Дадамиз ҳизмат сафарида бўлгани учун. Боришга бордиму шовқинга бошим оғриб қолиб зўрға ўтирдим.
Нима демоқчиман: яқинда бир ғассол одамнинг интервьюсини кўргандим. Журналист савол берди: "Фаолиятингиз давомида қандайдир мўъжизага ўхшаш воқеалар бўлганми, умуман инсоннинг амали, унинг ҳаётда қандай яшагани у вафот этганида билинади деган гапга қандай қарайсиз?"
Ғассол жавоб берди: Бизни ҳам таажжубга соладиган, ўйлантирадиган воқеалар кўп бўлиб туради. Аммо доим бир нарсага эътибор бераман. Вафот этган одамни ювишга борсам негадир ўқитувчилар жуда нурли бир ҳолатда ётган бўлади. Сезаман: бу одам ўқитувчи бўлса керак... Кейин суриштирсам, чиндан ҳам ўша одам ўқитувчи бўлиб чиқади...
Устозларимиз омон бўлишсин! Кошки, сизларга муносиб раҳмат айтиш қўлимиздан келса...
©️Азизахон Исмоилова
@qiziqarli_ona_tili
❗️Энди дам олиш кунлари кўпроқ бўлади
Бундан буён Ўзбекистонда байрам календарь дам олиш кунига (шанба ёки якшанба) тўғри келса, кейинги иш куни (душанба) ҳам расман дам олиш куни ҳисобланади.
Айтайлик, агар 8 март якшанба кунига тўғри келса, у ҳолда расмий байрам 8 ва 9 март кунлари бўлади. Мазкур ўзгартириш Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодексига киритилди.
@qiziqarli_ona_tili
Guruhga yana 3odam yozilish imkoniga ega! Bugun 21.30da chat bor, ulgurib qolinglar!
@qiziqarli_ona_tili
36-savoldan namuna:
Har uchala so'z o'rnida qo'llana oluvchi so'zni toping.
Fayz kiritmoq
Huzur olmoq
Kayfiyati tushmoq
Javob: ruh
Davraga o'zgacha ruh kiritdi
Otabek Kumush maktubidan o'zgacha bir ruh oldi
Ilyosning ruhi tushdi
@qiziqarli_ona_tili
🌞 Dunyo go'zal...!!!
🌝 Hayot go'zal...!!!
🌼 Bu go'zallikni esa biz, faqatgina, qalbimizdagi go'zallik orqali ko'ramiz...!!!
🌼 Qalbimizda nima bo'lsa, shuni ko'ramiz ..!!!
💐🤲 Tilaklar doimo qalbdan chiqadi ...
Assalomu alaykum qalbi go'zallarim! Kuningiz mazmunli o'tsin!
@qiziqarli_ona_tili
Milliy sertifikat
Mumtoz adabiyot
G'azal tahlili
@qiziqarli_ona_tili
#foydali
Ilon Maskning qoidalari
Space X, Tesla kabi kompaniyalar asoschisi Ilon Maskni tanimaydigan odam bo'lmasa kerak. Uning hayotiy qoidalarini o'rganish sizu-bizga foydali bo'lishi shubhasiz.
1. Birinchi bo‘lib ahmoqligimizni tan olishimiz kerak. Biz albatta o‘zimizdan aqlliroq narsalar yasa olamiz
2. Xato qilishi qo‘rqinchli emas. Bitta narsada ikkita marta xato qilmasa bo‘ldi
3. Kamroq vaqt finanslarga sarflang, kamroq vaqt uchrashuvlarga, kamroq vaqt PoverPointʼga va ko‘proq vaqt sizni kashfiyotlaringizni maksimal ajoyib qiladigan harakatlarga
4. Genri Ford birinchi avtomobilini ixtiro qilib katta ishlab chiqazishni boshlaganda odamlar: "Qo‘ysangchi, ot senga nega to‘g‘ri kelmaydi?" deb aytishgan. U katta va xavfli qadam qilgan, lekin u o‘xshagan
5. Pessimist bo‘lib to‘g‘ri bo‘lgandan ko‘ra, optimist bo‘lib adashgan yaxshi
6. Pullarimni yarimi dunyodagi muammolarni yechishga mo‘ljallangan, ikkinchi yarimi - Marsda shahar qurish uchun.
7. Ilhomlantiruvchi kelajakka ega bo‘lish muhim. Ertalab turib yashashni xohlash uchun sabablar bo‘lish kerak. Agar kelajakda yulduzlar orasida, har xil sayyoralarda hayot bo‘lmasa, menimcha bu juda depressiv kelajak
8. Bitta savatda tuxumlarni ushlash - normal holat, agar savat bilan bo‘layotgan narsalarni boshqarayotgan bo‘lsangiz.
@qiziqarli_ona_tili
Esse uchun chiroyli iqtibos, maqol, kirish so'zlar🥂
🔹"Bahorda mehnat qilgan kuzda hosilini oladi" deb bejizga aytishmagan
🔹Zero yaxshilikka yo'g'rilgan har so'zda shifo bordir
🔹Qalbingga ibodatni, ertangi kuningga oxiratni maqsad qilib qo'y
🔹Solih do'st yolg'izlikdan, yolg'izlik yomon do'stdan yaxshiroqdir
🔹Tuya qarisa, bo'tasiga ergashgani kabi...
🔹Ehtiyoting bo'lsa, ehtiyojing bo'lmas
🔹Oy tunda kerak, aql -- kunda
🔹Har kimning tomiga qor yog'sa, o'zi kurardi
🔹Burunni sassiq deb kesib bo'lmagani kabi (masalaning bu yechimi yaxshi emas demoqchi bo'sa)
🔹Uyqu o'rin tanlamas
🔹Oyoq charchasa, tayoq yaragani kabi
🔹Zero kinnachi der: "kasal ko'paysin", go'rkov der: "o'lik ko'paysin"
🔹Oshning ta'mi tuz bilan, suvning ta'mi muz bilan bo'lgani kabi...
🔹Og'riq qayerda bo'lsa, jon o'sha yerda
🔹Ot bo'lmaganda eshak ham ot
🔹Dunyoning kerakligini bozorda bil, oxiratning kerakligini -- mozorda
@qiziqarli_ona_tili
Кайфиятингизни кўтариб, ҳаётингизни нурга тўлдирувчи одатлар.
Омадли ва иши юришган одамга айланишни истайсизми? Қуйидаги одатлар ҳаётингизни тубдан ўзгартириб юбориши мумкин.
1.Фақат яхши нарсалар ҳақида ўйланг, шунда барча орзуларингиз рўёбга чиқади!
2. Ҳар куни хонангизни йиғиштириб, кераксиз эски-туски кийимларни, кераксиз буюмларни олиб чиқиб ташланг.
3.Фаст-фуддан воз кечинг.
4.Ҳар куни бир пайтда ухлаб, бир пайтда уйғонинг.
5.Тонгда бадантарбия қилинг.
6.Ҳар куни 5 та чет эл сўзини ўрганинг.
7.Пулни бекорга совурмай, тежанг.
8.8 соатдан кам ухламанг.
10.Ҳар куни эрталаб югуришни одат қилинг.
11.Уйқу олдидан ҳар куни кечқурун бир стакан кефир (қатиқ) ичишни одат қилинг.
12.Лабингиздан табассум аримасин.
13.Ҳар куни кимгадир озгина бўлса ҳам ёрдам бериб, савоб ишларни амалга оширинг.
14.Гавдангизни тик тутинг, букчайиб олманг.
15.Ҳақоратли сўзларни оғзингизга олманг.
16.Кунига камида 10-15 бет китоб ўқинг.
17.Одамларга мақтов сўзларни айтишдан эринманг.
18.Ҳар куни ота-онангиз учун 1 соат вақт ажратишга ҳаракат қилинг.
19.Ҳар куни бирор янгиликдан хабардор бўлишга интилинг.
20.Кундалик таомномангизда, албатта мева-сабзавотлар бўлишини таъминланг
21.Кунига 1,5 литрдан кам бўлмаган сув ичинг.
22.Эришган муваффақиятларингизни кундалик дафтарингизга қайд этиб боринг.
❤Биз билан бир қадам олдинда бӯлинг
@qiziqarli_ona_tili
Kursga ulgurvolinglar! Bugun 2-test tahlili. Ertaga esse haqida chat qilamiz
@qiziqarli_ona_tili
Hayot go‘zal. Chunki unda hamisha yangi tong bor!
🌞🌞🌞🌞🌞🌞🌞🌞🌞🌞
Har bir yangi kunni bir bayramday qarshi oling!
Doimo ijobiy fikrlang. Bu tong uyg‘onganingizni o‘ziyoq sizni omadli ekaningizdan dalolat.
🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷
Руҳшунослар ошкор этади! Одатда...
🌶... таомга аччиқ қўшиб ейдиганлар ҳаётига рангбаранглик қўшишни истайди.
🥜... ёнғоқ ва шунга ўхшаш қаттиқ меваларни чақиб, истеъмол қилишни хуш кўрувчилар доим ғолиб бўлишга интилади.
🥘... овқатнинг сергўшт бўлишини хоҳловчилар, жаҳлдор ва асабий бўлади.
🥗... мева ҳамда сабзавотларни афзал билганлар эса оғир-босиқлиги билан ажралиб туради.
🍱... ўта рашкчилар ёғли таомларни кўп истеъмол қилади.
🍢... кабоб ва дудланган гўшт ишқибозларининг тасаввури кенг бўлиб, романтикага мойил.
🥓... денгиз маҳсулотларини кўп истеъмол қиладиганлар орзулар осмонида учиб юради.
🍶... сут маҳсулотларини хуш кўрувчилар маъсулиятли ва ғамхўр бўлади.
@qiziqarli_ona_tili
/channel/milliy_sertifikat_biz_bilan
@qiziqarli_ona_tili
#MULOHAZA
"QO'YIB YUBORISH" QOBILIYATI
🐒 Hindistonda maymunlarni qo’lga olishning bitta hiyla-nayrangi mavjud. Ovchilar kokos yong’og’ini olib, uni ichini maymunlar qo’li sig’adigan darajada o’yishadi.
Keyin boshqa uchidan ikkita kichik teshik ochiladi va shu teshiklardan arqon o’tkaziladi. Bir daraxtning shoxida arqon yordamida kokos osiladi va kokosga 🍌banan joylashtiriladi.
Maymun kelib, qo’lini kokos yong’og’iga tiqadi 👋 va bananni ushlaydi✊, ammo uni kokos yong’og’i ichidan tortib ololmaydi. Teshik kaft sifatida kirish uchun qilingan, ammo musht sifatida chiqolmaydi.
Maymun ozod bo’lishi uchun qilish kerak bo’lgan yagona narsa, bananni qo’yib yuborishdir. Biroq, ko’plab maymunlar bunday qilmaydi va ovchilarga o’lja bo’lishadi.
🎓 «Qo’yib yuborish» qobiliyati eng muxim kalitlardan biridir.
Ko’pincha ongimiz bizni aqlimizga qaramasdan, maymunlarning mushti kabi bizni asir qiladi.
Bizning ongimiz doimo ma’lum fikrlar, hissiyotlar va vaziyatlarga bog’liq bo’lib, ularni yana tasavvur qilishga majbur qiladi. Yoki, aksincha, ularni yo’qotish uchun harakat qilishadi, chunki ular unga yoqimsiz ko’rinadi.
Shunday ekan, donolik bilan fikr yuritib, o’ylab ko’raylik. Biror narsani olaman deb, uning o’ziga asir tushib qolmaylik.
@qiziqarli_ona_tili
✅ Milliy sertifikat testi boʻlimlar boʻyicha taqsimoti:
I. Tilshunoslik nazariyasi (12 ta topshiriq)
II. Adabiyot nazariyasi va adabiyot tarixi (5 ta topshiriq)
III. O‘qish savodxonligi (15 ta topshiriq)
IV. Lingvistik va badiiy tahlil (12 ta topshiriq)
V. Yozish savodxonligi (1 ta topshiriq)
@qiziqarli_ona_tili
O'tmish... Qish... Oppoq qor va bolalik xotiralar...
@qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum
, barchaga xayrli kun tilayman! Test va tahlil guruhida chat orqali
💥Vaqtni to'g'ri taqsimlash
💥 Til bo'limlari
💥 G'azal tahliliga qanday yondashish
💥Matnlar
💥 Esseni qanday yozish, yuqori ball olish sirlari
BARCHASI o'rgatiladi.
45talik testlar ishlab tahlil qilamiz.
Guruh 1oy davom etadi.
Darslar kechki payt olib boriladi.
To'lov atiga 100ming Murajaat uchun:
@Madina_Madaminovna
Bu oxirgi guruh, oldimizdagi imtihon uchun boshqa kurs ochmaymiz!
@qiziqarli_ona_tili
Qisqa eksperiment
— Sentabr тарафдорлари қандай ёзишади:
Sentabrda Kosta Tanshan kanonlaridan keldi va budjet doirasida 100 duym joyga stajka quydi, lustra ildi va aluminiyli eshik oʻrnatdi.
— Sentyabr тарафдорлари қандай ёзишади:
Sentyabrda Kostya Tyanshan kanyonlaridan keldi va byudjet doirasida 100 dyuym joyga styajka quydi, lyustra ildi va alyuminiyli eshik oʻrnatdi.
— Кирилл алифбосида:
Сентябрда Костя Тяньшань каньонларидан келди ва бюджет доирасида 100 дюйм жойга стяжка қуйди, хоналарга люстра илди ва алюминийли эшик ўрнатди.
Xulosa o'zingizdan😉😉
@qiziqarli_ona_tili
😮Ibn Rushddan qancha kitob o‘qigani haqida so‘rashganda, shunday degan ekan:
"Ikki kecha kitob o‘qiy olmaganman xolos:
Nikoh kecham va otam vafot etgan kechada.
⚡️Siz ham mutolaani odatga aylantiring!
😇 Ikki kun kitob mutolaasini kunlik vazifa qilsangiz, uchinchi kuni kuningizni shu qismini sogʻina boshlaysiz.
@qiziqarli_ona_tili
📝QISQACHA MA'LUMOTLAR⬇️
📌Odamlarni pardek yengil deyish quyidagi asarlarda uchraydi:
✅“Ufq”
✅“Dasht-u dalalarda” (M.M.Do‘st)
📝QISQACHA MA'LUMOTLAR⬇️
📌Simni ilonga o‘xshatish uchraydigan asarlar:
✅“Urushning so‘ngi qurboni”
✅“To‘qqizinchi palata”
📝QISQACHA MA'LUMOTLAR⬇️
📌“Otello” tragediyasida vafot etgan obrazlar quyidagilar:
✅Emiliya
✅Rodrigo
✅Dezdemona
✅Otello
⚡️Yaqinlarga ulashamiz⤵️
⏬⏬⏬⏬⏬⤵️
/channel/qiziqarli_ona_tili
❇️Iboralar va ularning izohlari❇️
aravangni tort – jo‘nab qol, harakat qil;
aravani quruq olib qochmoq – uddalay olmaydigan ish yoki narsa haqida ortiq darajada maqtanmoq;
arpasini xom o‘rmoq – nima yomonlik qilmoq;
baland oxurdam yem yemoq – hayot darajasi, maishati yuqori bo‘lmoq;
boshi osmonga yetmoq – nihoyatda xursand bo‘lmoq;
boshi yostiqqa tegmoq – kasal bo‘lmoq;
boshini aylantirmoq – esankiratmoq;
bo‘yniga olmoq – e’tirof qilmoq, biror holatga rozi bo‘lmoq;
ipidan ignasigacha – butun tafsiloti bilan, mayda-chuydagacha, batafsil;
es-hushini yo‘qotmoq – 1) behush bo‘lmoq; 2) esankiramoq;
gap sotmoq – 1) bo‘lar bo‘lmas, keraksiz gaplarni gapirmoq; 2) gapirmoq, so‘zlamoq;
gullab qo‘ymoq – sirni fosh qilmoq, g‘ayrishuuriy ravishda oshkor qilmoq, sirini aytib qo‘ymoq;
ilon po‘st tashlaydi – chiday olmaslik, toqat qilib tura olmaslik;
ishtahasi karnay – 1) ishtahasi juda yaxshi; 2) xohishi zo‘r;
ichi qora – yomon niyatli, boshqalarga yaxshilikni ravo ko‘rmaydigan;
kavushini to‘g‘rilab qo‘ymoq – haydab yubormoq;
ko‘kka ko‘tarmoq – ortiq darajada maqtamoq;
ko‘kragini yerga bermoq (ko‘kragini zaxga bermoq) – tushkunlikka tushmoq, qiynalmoq, azob chekmoq;
ko‘zi yetdi – ishondi, ishonchi hosil bo‘ldi;
ko‘nglini yozmoq – xafachiligini tarqatmoq;
loy bo‘lmoq – uyatdan mulzam bo‘lmoq, xijolatli ahvolga tushmoq;
me’dasiga tegmoq – 1) yoqmay qolmoq; 2) tanasi qabul qilmay qo‘ymoq;
misi chiqmoq – soxtaligi, yolg‘onligi fosh bo‘lmoq;
oyoq qo‘ymoq – biror ishga kirishmoq;
og‘zi ochilib qolmoq – hayron bo‘lmoq;
og‘ziga tolqon solmoq – mutlaqo gapirmaslik;
og‘zining tanobi qochmoq – juda xursand bo‘lmoq, suyunib ketmoq, iljaymoq;
og‘zi qulog‘iga yetmoq – behad suyunmoq, xursandchiligi tufayli lab-lunjini yig‘ishtirib ololmaslik;
pixini yorgan – o‘taketgan uddaburon, quv;
podadan oldin chang chiqarmoq – ro‘yobga chiqishi aniq bo‘lmagan narsa haqida hovliqib gapirib yubormoq;
po‘stagini qoqmoq – ayovsiz tanqid qilmoq;
qildan qiyiq axtarmoq – deyarli aybi yo‘q odamni faoliyatidan ayb topishga harakat qilmoq;
quloq solmoq –1) eshitib e’tiborini qaratmoq; 2) quloq tutib eshitmoq, tinglamoq; 3) diqqat bilan tinglamoq, uni hisobga olmoq, amal qilmoq;
qulog‘iga tanbur chertmoq – tinglovchining befarqligi, loqaydligidan norozi bo‘lmoq;
qo‘li dard ko‘rmasin – qo‘li gul ijrochiga, o‘z kasbining ustasiga yaxshilik tilab aytiladigan maqtov;
qo‘li egri – o‘zgalarning haqini, mulkini o‘g‘irlaydigan, mayda o‘g‘ri;
qo‘yi mingga yetmoq – behad sevinmoq;
so‘z bermaslik – 1) gapirishga imkon bermaslik; 2) va’da bermaslik;
taqdirga tan bermoq – 1) o‘z qismatiga, ko‘rguliklariga xudoning irodasi, xohishi deb rozi bo‘lmoq; 2) umuman ko‘nikmoq, chidamoq;
tegirmonga tushsa butun chiqadi – har qanday noqulay, yomon holatdan qutulishni yo‘lini topadi;
tepa sochi tikka bo‘lmoq – g‘oyat achchiqlanmoq, g‘azabga kelmoq;
tishini tishiga qo‘ymoq – bor kuch imkoniyati bilan o‘zini tutmoq, chidagan holda tutmoq;
tulki qiziga to‘y berdi – laylakqor yoqqanda, yerda qordan nishona bo‘lmagan holat;
tuyog‘ini shiqillatmoq – jo‘nab qolmoq, yo‘qolmoq, ketmoq; to‘n bichmoq – xulosa qilmoq;
yaxshi ko‘rmoq – 1) biror narsani, kishini yaxshi ko‘rmoq, ma’qul ko‘rmoq; 2) muhabbat qo‘ymoq;
yer bilan yakson qilmoq – yo‘q qilmoq; terisiga sig‘maslik – nihoyatda xursand bo‘lmoq;
yer ostida ilon qimirlasa bilmoq – nihoyatda ziyrak, sezgir;
yerga urmoq – qadrini kamsitmoq, tahqirlamoq;
yerga ursa ko‘kka sapchimoq – o‘taketgansho‘x, o‘taketgan betinim;
yulduzni benarvon uradigan– o‘taketgan olg‘ir;
yuragi orqaga tortmoq – qattiq cho‘chish holatiga tushmoq;
yuragi toza – pok, yuragida kiri yo‘q, birovga yomonlikni ravo ko‘rmaydigan, dili pok, dali-g‘uli;
o‘pkasini cho‘pga ilmoq – shoshilib yurmoq, hovliqmoq (o‘pkasini qo‘ltiqlamoq ko‘rinishida ham qo‘llanadi);
o‘takasi yorilmoq – nihoyatda qo‘rqmoq.
Esse yozishda foydasi tegadi☺️☺️
@qiziqarli_ona_tili
Sintaksis mavzusini puxta va oson o'rganishingizda yordamchi🤓
Biz bilan o'z bilimingizni mustahkamlab boring,bilimdonlar😊
@qiziqarli_ona_tili
Esse uchun chiroyli iqtibos, maqol, kirish so'zlar🥂
🔹 ... ni takomillashtirish uchun mislsiz ko'nikmalarni egallash imkonini taqdim etadi
🔹(Yosh avlod, tadbirkorlar, ishbilarmonlar) uchun mutlaqo farqli stimullar yaratadi = ko'p imkoniyatlar ochib beradi
🔹Bu (kommunizm, gender tengligi, inson huquqi) bo'yicha durustroq g'oyalar o'ylab topish sari qo'yilgan ilk qadamdir
🔹Dono odam dushmandan ham ko‘p narsa o‘rganadi. (ARISTOFAN)
🔹Terаn dаryо tinch оqаr deganlaridek
🔹Ulug’lik yоshdа emаs, bоshdа.
🔹o'z aql-u zakovati bilan dunyo tamadduniga munosib ulush qo'shgan ... (olim, yozuvchi ismi, ajdodlarimiz)
🔹bu fikr/statistika/manba o'quvchi/insonni mushohadaga chorlaydi
🔹"......" degan fikrlari har bir isnonda iftixor tuyg'usini jo'sh urdiradi
🔹qalbini ma'nan boyitish bilan bir qatorda insonni .....ga undaydi
🔹Xotin aljiydi, el aljiydi deganidek
🔹maqtov osh bilan non bo'lmagani kabi (ququq so'z haqida)
🔹Zero kimning aravasiga chiqsang, o'shaning qo'shig'ini ayt deganlaridek (ikkiyuzlamachilarga ishlatsak bo'ladi)
🔹Yolg'iz yigir yov olmagani kabi (hamjihatlik ustun qo'yilsa)
🔹Axir kerakli toshning og'irligi yo'q deyishadi (foydasi zararidan ustunroq)
🔹Xalqimiz "Zamoning tulki bo'lsa, sen tozi bo'l" deyishgan (holatni o'z foydasiga ishlatish)
@qiziqarli_ona_tili
Kanalimizda MSning qaysi bo'limi bo'yicha chat uyushtirishimizni xohlaysiz?
Komentda yozib qoldiring
@qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum
, barchaga xayrli kun tilayman! Test va tahlil guruhida chat orqali
💥Vaqtni to'g'ri taqsimlash
💥 Til bo'limlari
💥 G'azal tahliliga qanday yondashish
💥Matnlar
💥 Esseni qanday yozish, yuqori ball olish sirlari
BARCHASI o'rgatiladi.
45talik testlar ishlab tahlil qilamiz.
Guruh 1oy davom etadi.
Darslar kechki payt olib boriladi.
To'lov atiga 100ming Murajaat uchun:
@Madina_Madaminovna
Bu oxirgi guruh, oldimizdagi imtihon uchun boshqa kurs ochmaymiz!
@qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum qadri balandlarim! Barchaga bugungi kun xayr va barokati yor bo'lishini tilayman!
@qiziqarli_ona_tili
Kanal shu guruhga bog'landi
@qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum
, barchaga xayrli kun tilayman! Test va tahlil guruhida chat orqali
💥Vaqtni to'g'ri taqsimlash
💥 Til bo'limlari
💥 G'azal tahliliga qanday yondashish
💥Matnlar
💥 Esseni qanday yozish, yuqori ball olish sirlari
BARCHASI o'rgatiladi.
45talik testlar ishlab tahlil qilamiz.
Guruh 1oy davom etadi.
Darslar kechki payt olib boriladi.
To'lov atiga 100ming Murajaat uchun:
@Madina_Madaminovna
Bu oxirgi guruh, oldimizdagi imtihon uchun boshqa kurs ochmaymiz!
@qiziqarli_ona_tili
Gapni sintaktik tahlil qiling:
Mingbuloq o'zi yaxshi, suv serob, lekin qarovsiz.
@qiziqarli_ona_tili