qiziqarli_ona_tili | Unsorted

Telegram-канал qiziqarli_ona_tili - Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

6860

Ilk bor Milliy sertifikat joriy qilingan paytdayoq Sertifikat olganman! 4yil ichida oliy toifali ustoz bo'lganman. 500dan ortiq shogirdlarimning sertifikat va toifa olishlariga sababchi bo'lganman. Yoshim 29da. Murojaat uchun: @Madaminovna_Madina

Subscribe to a channel

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Осма дефис қоидаси

Тилимизда икки қисм (ўзак)дан ташкил топган сўзлар қўшма сўзлар дейилади: тоғолча, бешбармоқ, токқайчи, кўзойнак.

Бошқа тиллардан ўзлашган қўшма сўзлар ҳам бор: автопойга, видеоалоқа, видео-конференц-алоқа, видеолавҳа, авиаҳалокат.

Гапда шундай бирикмаларнинг иккитаси кетма-кет келса ва уларнинг иккинчи қисми бир хил бўлса, бу қисмни биринчи сўз бирикмасида тушириб қолдириш мумкин. Бунда биринчи сўздан кейин чизиқча (дефис) қўйилади. Бундай чизиқчани шартли равишда осма дефис деб қўяқоламиз.

Мисол учун: «Радиодастур ва теледастур» демасдан «Радио- ва теледастур» дейиш мумкин.

Автопойгалар ва мотопойгалар 👌
Авто- ва мотопойгалар 👍

Аудиоалоқа ва видеоалоқа 👌
Аудио- ва видеоалоқа 👍

Эконом-класс ва бизнес-класс 👌
Эконом- ва бизнес-класс 👍

1-синф ва 2-синф ўқувчилари 👌
1- ва 2-синф ўқувчилари 👍

1-noyabr va 5-noyabrda 👌
1- va 5-noyabrda 👍


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Assalomu alaykum! Hammaga bugungi til bayramimiz muborak bo'lsin! Olimpiada qatnashuvchilariga omad yor bo'lsin

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

⚡️ "Maktabga yo‘q bir tiyin, to‘yga ming so‘mlab berar,
To‘y qilib, karnay chalurni orzu aylar bizni xalq."

Ilmu ma’rifat ham hunardan qoldi mahrum bizni xalq,
Ma’rifatsizlik balosig‘a yo‘liqg‘an bizni xalq.

Bir kishi millatparast o‘lsa, deyurlar dahriy deb,
Bir kishi millatni so‘ksa, izzat aylar bizni xalq.

Maktab o‘rnig‘a ochildi har mahallada mayxona,
Nafrat etmak nari tursin, shodu xandon bizni xalq.

Maktabga yo‘q bir tiyin, to‘yga ming so‘mlab berar,
Chorasiz mushkul kasalga mubtalodir bizni xalq.

Ibrat olmaydir boshiga shuncha kulfat kelsa ham,
Misli bir kaltak yo‘qotgan ko‘rga o‘xshar bizni xalq.

Ko‘r, desa, farq aylar yo‘li to‘g‘ri ila noto‘g‘rini,
To‘g‘ri yo‘lga boshlasang-da egri xohlar bizni xalq.

Har shaharda ixtilofdan, jiqqa mushtdan so‘z bo‘lar,
Ittifoqdan so‘z ochilsa, misli quyon bizni xalq.

Orzu qilmas o‘g‘lini "maktabda aylay tarbiya",
To‘y qilib, karnay chalurni orzu aylar bizni xalq.

Boshqalar bonka ochib,savdo qilib pul topsa-da,
Topganini shunda berib, och-yalong‘och bizni xalq.

Kes so‘zingni, ey qalam, bas muncha faryoding yetar,
Ko‘p baqirsang, og‘zingga toshlarni otgay bizni xalq.

© Cho‘lpon


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Chiroyli koʻzlar va kirpi

Tipratikan shevada kirpi va kirpitikan ham deyiladi. Bu jonivor tanasining orqa va yon tomonlari tikanlar bilan qoplangan. Biror xavf sezganda boshi va oyoqlarini yigʻib, gʻujanak boʻlib oladi, yum-yumaloq tikanga aylanadi.

Xoʻsh, kirpi soʻzi nimani anglatadi? Bu sutemizuvchiga nega kirpi deb nom berilgan?

Kirpi soʻzi ham tikan maʼnosida. Soʻz tarkibidagi kir shunga dalolat qiladi. Tikan – oʻsimliklarning, shuningdek, baʼzi hayvonlarning ingichka uchli, ninasimon aʼzosi. Uning eng asosiy belgisi – inson tanasiga oson kirishi va azoblashi.

Xoʻsh, chiroyli koʻzlar bilan kirpining nima aloqasi bor? Chiroyli koʻzning asosiy belgilaridan biri uzun kipriklardir.

Kiprik soʻzini Mahmud Koshgʻariy kirpik shaklida keltiradi. Soʻz dastlab shunday koʻrinishda boʻlgan, keyinchalik fonetik oʻzgarishga uchragan. Yogʻmur yomgʻirga aylangani kabi kirpik kiprikka doʻngan. Bu aʼzo ham xuddi tikanga oʻxshash boʻlgani uchun unga kirpik deb nom berilgan.

Sheʼriyatda yor kiprigi oshiq yuragiga tikandek sanchilishi tashbehi ishlatiladi. Demak, bu oʻxshatish shunchaki muqoyasa emas, uning lugʻaviy asoslari ham bor.


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

/channel/milliy_sertifikat_biz_bilan
Bugun soat 20.00da ushbu guruhda esse bo'yicha suhbat olib boramiz. Ishlarimizni rejalashtirib qo'yamiz😉

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Пробел

Пробел — бу сўзлар орасидаги бўш жой, интервал. Афсуски, кўпчилик буни ўз ўрнида ишлата олмайди. Шу боис бугун уни тўғри қўллашни ўрганамиз:

1. Ҳар бир сўз ораси очиб ёзилади:
Хушкелибсиз ❌
Хуш келибсиз ✅

2. Нуқтадан кейин жой очиб ёзилади:
Салом.Бугун душанба ❌
Салом. Бугун душанба ✅

3. Нуқтадан олдин пробел қўйилмайди:
Салом .Бугун душанба ❌
Салом. Бугун душанба ✅

4. Вергул, икки нуқта (:), нуқтали вергул (;), ундов белгиси (!), сўроқ белгиси (?), гап сўнгидаги уч нуқта (...) учун ҳам худди шу қоидалар амал қилади:
Нима ?Ҳа ,майли ❌
Нима? Ҳа, майли ✅

5. Дефис (-) билан ёзиладиган жуфт сўзлар, такрор сўзлар, баъзи қўшимчалар (-ку, -да, -а, -у ва б.) орасида бўш жой қолдирмай ёзилади:
Олди - берди ❌
Олди-берди ✅

Аста - секин ❌
Аста-секин ✅

6. Умуман олганда, дефиснинг икки тарафида ҳеч қачон бўш жой бўлмайди. Фақатгина осма дефис бундан мустасно:
5 - noyabr ❌
5-noyabr ✅

Аудио - ва видеоалоқа ❌
Аудио- ва видеоалоқа ✅

7. Вақт оралиғини ифодалаш учун ишлатиладиган қисқа тире (–) қатнашган сўзлар бўш жой қолдирмай ёзилади:
3 – 4 дона ❌
3–4 дона ✅

1941 – 1945 йиллар ❌
1941–1945 йиллар ✅

8. Гапларни ва гап бўлакларини иккига ажратувчи тире (—) ҳар икки томондан бўш жой қолдириб ёзилади:
Тил—бу миллат ғурури ❌
Тил — бу миллат ғурури ✅

Қарағай—бу дарахт ❌
Қарағай — бу дарахт ✅

9. Қавс ичидаги сўз ёки сўзлар қавсдан ажратмай ёзилади:
( Қавс ичидаги сўз ) ❌
(Қавс ичидаги сўз) ✅

10. Қўштирноқ ичидаги сўзлар ҳам қўштирноқдан ажратмай ёзилади:
« Қўштирноқ ичидаги сўз » ❌
«Қўштирноқ ичидаги сўз» ✅

11. Сон ёки бошқа бирор белгидан сўнг бирикиб келган қўшимчалар ажратиб ёзилади:
15дан зиёд ❌
15 дан зиёд ✅

100%гача ❌
100% гача ✅
(*Фоиз белгисини сон билан қўшиб ёки ажратиб ёзиш борасида турли қарашлар мавжуд)

12. Дона сонлар рақамлар билан ёзилса, та алоҳида ёзилади:
5та ❌
5 та ✅


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Ўзбек тили кунини нишонлаш мақсадида АҚШнинг Тошкентдаги элчихонаси ходимлари оммабоп ибораларнинг асл маъносини топишга ҳаракат қилиб кўришди.

Унда Америка Қўшма Штатларининг Тошкентдаги элчиси Жонатан Ҳеник ва бошқалар иштирок этган. Қизиқарли видео.


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

⚡️ Olimpiadada ishtirok etuvchilar uchun quyidagi talablar va qoidalar mavjud

✅ Ishtirokchilarning javoblar varag'ida bitta savolga ikki va undan ortiq javoblar to'g'ri deb belgilangan bo'lsa, ularning birontasi ham inobatga olinmaydi va ushbu savolning javobi uchun 0 ball qo'yiladi.

✅ Topshiriqlar orasida xato tuzilgan yoki to'g'ri javobi mavjud bo'lmagan savollar aniqlansa, barcha ishtirokchilarga mazkur savol uchun belgilangan ball beriladi (bunda, ishtirokchilar orasida ushbu test topshirig'i uchun ball qo'yilganlarga qayta yana ball qo'shilmasligini nobatga olish lozim).

✅ Agar ishtirokchilar hakamlar hay'ati baholagan ishlariga e'tiroz bildirsalar, ularga hakamlar hay'ati tomonidan shu savol bo'yicha tushuncha berilishi kerak.

✅ Barcha ishtirokchilarning ishlari qayta yig'ib olingandan so'ng, ballar o'zgargan holatlar mavjud bo'lsa, shu asosida yakuniy qaror shakllantiriladi hamda yakuniy qaror va g'olib bo'lgan 3 nafar ishtirokchining javoblar varag'idan nusxa olinib, barchaga e'lon qilinadi.


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

"Agar temir ishlatilmasa, zanglaydi. Agar suv harakatlanib turmasa, ayniydi. Agar kishi fikrlamasa, aqlda ham shunday holat yuz beradi"

© Leonardo Da Vinchi


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

⚡️ 15-oktabr — o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni

✅ 2023-yil 9-oktabr kuni o‘zbek tili va adabiyot fanini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

📱 Ro‘yxatga olish
my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 15-oktabr (to‘lov qilish 16-oktabr) ga qadar davom etadi.

❗️ Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 15-oktabr kuni (shu kuni ham) ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari lozimligini eslatib o‘tamiz.

📆 Test sinovi barcha hududlarda tashkil etiladi va 2023-yil 29-oktabr (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadi.


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Dars boshlandi azizlar

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Roʻyxatdan oʻtish yoʻriqnomasi

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…
Subscribe to a channel