-gan qo'shimchasi o'tgan zamon sifatdoshi deyiladi. Sabab o'tgan zamon ma'nosida ham, sifatdosh ma'nosida ham kelaveradi va omonim qo'shimcha sanaladi. Sizlar ham shunga asosan, -di shaklini ham shaxs-songa, ham zamon shakliga olamiz deyapsizlar. Mantiqan to'g'ri, 6-sinf eski darslik mashqlarida ham -di shaklini qavs ichida bergan, biroq qo'shimcha sifatida yaqqol ajratib bermagan. Men -di shakli bir vaqtning o'zida 3-shaxs 1 likni va o'tgan zamonni bildiradi dedim, shaklga olganingizda muammo yoq : sintaktik shakl. Ammo turiga ko'ra, baribir o'tgan zamonga olinadi.
6-sinf ona tili o'qituvchi kitobini hech uchratmaganman.
@qiziqarli_ona_tili
❗️5—9-sinf darsliklaridagi 7 soniga❗️
❗️doir ma'lumotlar❗️
1⃣ Nilu - 7 yoshli qo'shni qiz, "Dunyoning ishlari".
2⃣ Hayitvoy - 7- sinf o'quvchisi, "Sariq devni minib".
3⃣ Baho - 7 ta fandan Xoshimjon o'ziga va do'sti Qosimga baho qo'yadi, "Sariq devni minib".
4⃣ Akbarali G'oziyev - 7 yilda shu qadar o'zgarib, qarib qolgan, "Chinor".
5⃣ Hakimjon - 7 yoshida Asqar tog'iga brinchni otib, Alpomish degan nom oladi, "Alpomish".
6⃣ Elchilar - Boybo'ridan 14 ta mahram zakot so'rab kelganida Boysari 7 ta elchini quloq-burnini kesib, ortiga jo'natadi, "Alpomish".
7⃣ Zebi - 7 yilga surgun qilinadi, "Kecha va kunduz" romanida.
8⃣ Navoiy 7 ta turkiy devon yozgan.
9⃣ Oygul bilan Baxtiyor - 7 bo'g'inli usulda yozilgan.
1⃣0⃣ Kichkina Shahzoda - shahzoda 7 ta astroidni kezadi, yettinchi astroid Yer.
1⃣1⃣ Avazxon - 7 yoshda Go'ro'g'li Avazxonni boqib olgan, "Ravshan" dostoni.
@qiziqarli_ona_tili
Mehnat bilan omadni katta farqi bor.
Natijaga erishish uchun mehnat muntazamlikni talab qiladi.
Boshida natija ko'rmasangiz ham ishlashda davom etishga majbur bo'lasiz, chunki vaqti kelib barcha to'kkan terlaringiz yig'ilib-yig'ilib natija beradi.
Omad esa bu siz boshqara olmaydigan narsa. Bir kun keladi, bir kun ketadi. Diqqatingizni boshqara oladigan narsangizga qarating. Muntazam mehnat qiling, va u albatta sizga omad keltiradi.
@qiziqarli_ona_tili
Qoʻllanadimi, qoʻllaniladimi?
Hatto ziyolilar ham yozishda tez-tez xatoga yoʻl qoʻyadigan soʻz bu. Qoʻllanmoq majhul nisbatda, uning aniq nisbatdagi shakli – qoʻllamoq. Qoʻllamoq oʻzbek tilida ikki xil maʼnoda ishlatiladi:
1️⃣ Yoqlamoq, quvvatlamoq, yordam, koʻmak, madad bermoq.
Haq ishni xalq qoʻllar.
Maqol.
Ayollar oʻtmishdan hammadan koʻp zulm koʻrgan, hammadan koʻp jaholatda qolgan. Ularni hurmat qilishimiz, qoʻllashimiz, suyashimiz kerak.
P. Tursun, Oʻqituvchi.
2️⃣ Tatbiq etmoq, ishlatmoq.
Ishda yangi metodlarni qoʻllamoq.
Sugʻorishning yangi sistemasini qoʻllamoq.
[Salimboyvachcha] Attorlik rastasida... zahar sotib olarkan, buni qachon va qanday qoʻllashni aslo oʻylagani yoʻq edi.
Oybek, Tanlangan asarlar.
Javod Koʻchiyev unumsiz yerlarda “Malik”dagi tajribalarini qoʻlladi.
“Oʻzbekiston qoʻriqlari”.
▶️ Majhul nisbatda asosan ikkinchi maʼnosi ishlatiladi. Qoʻllanmoq – ishlatilmoq, foydalanilmoq, tatbiq etilmoq degani.
Qoʻllamoq soʻziga -n majhul nisbat qoʻshimchasi qoʻshilib, qoʻllanmoq shakli hosil qilinadi:
Qoʻllanmoq, qoʻllangan, qoʻllandi, qoʻllanyapti, qoʻllanmoqda, qoʻllanadi...
❗️ Bu soʻzni qoʻllanilmoq shaklida ishlatish xato. Chunki bir soʻzga ikki marta majhul nisbat qoʻshimchasi qoʻshilmaydi. -il ham majhul nisbat yasovchi qoʻshimcha. Masalan, aytildi soʻzida ayt feʼliga ana shu -il qoʻshimchasi qoʻshilgan. Aytildi soʻzini aytilindi deb yozish va aytish kulgili xato. Xoʻsh, aytilindi soʻzining xatoligi aniq sezilyapti. Lekin qoʻllanildi, qoʻllanilgan va qoʻllaniladi kabi soʻzlarning yanglishligini nega oson farqlamaymiz?
Menimcha, bu qoʻllanmoq soʻzini unga maʼno jihatidan ancha yaqin boʻlgan foydalanilmoq soʻziga chogʻishtirish, oʻxshatish sababli yuzaga keladi.
Ushbu janrdan adabiyotda koʻp foydalaniladi.
Ushbu janr adabiyotda koʻp qoʻllanadi.
Foydalan va qoʻllandagi -lan umuman boshqa-boshqa qoʻshimchalardir. Foydalandagi -lan foyda soʻziga qoʻshilib, feʼl yasayapti. Bu feʼlga bemalol majhul nisbat qoʻshimchasi -il ni qoʻshish mumkin. Qoʻllandagi -lan esa yaxlit qoʻshimcha emas, u feʼl yasovchi -la va majhul nisbat yasovchi -n qoʻshimchasidan iborat. Soʻzda majhul nisbat qoʻshimchasi borligi uchun unga yana majhul nisbat qoʻshimchasi tirkab boʻlmaydi.
📌 Demak,
Qoʻllangan, qoʻllandi, qoʻllanyapti, qoʻllanadi ✅
Qoʻllanilgan, qoʻllanildi, qoʻllanilyapti, qoʻllaniladi❌
@qiziqarli_ona_tili
#Adabiyot vaqti
❓Erkin Vohidovning qisman avtobiografik asari qaysi ?
📗"Nido"
❓Aka-uka Grimmlar qalamiga mansub "Botir tikuvchi" ertagining bosh qahramoni kim?
📗Gans ismli tikuvchi
❓"O'zbekiston" qasidasida yozilishicha, sahrolarda kon ochgan inson kim?
📗Habib Abdulla
❓Cho'pday ozg'in, yelkalari turtib chiqqan, qirraburun, ko'zlari charosdek qop-qora , qo'llari uzunligidan tizzasiga tushib turadigan o'n to'rt yoshli bola qaysi asarda uchraydi?
📗"Hellados" asarida Yanguli
❓"Musofir bo'lmasang, musulmon bo'lmaysan" maqoli qaysi asarda uchraydi?
📗"Sariq devni minib"
❓"Tanobchilar" satirik hikoyasida "menga bo'lodur tag'o" deya kim nazarda tutilyapti?
📗Erhubbi
❓Abdulla Qahhorning dastlabki qissasi qaysi?
📗"Qishloq hukm ostida"
❓"Zarbulmasal" asarida aytilishicha, podshohi odilg'a uch toifa odam kerak ekan. Bular qaysilar?
📗Olimi boamal, sohibi ra'y,
munshiyi rostnavis
❓"Jasad bor! Aql bor! Yurak yo'q!" Ushbu misralar qaysi asarda uchraydi?
📗"Yulduzlar mangu yonadi"
❓"Boshini zo'r ishga berib qo'ygan" iborasi kimga tegishli?
📗Cho'lpon
❓Hayotsevarlik, insoniy tuyg'ular Zulfiyaning qaysi she'rining bosh qahramoni?
📗"Baxtim bor, ajoyib kishilar aro"
❓"Mahbub ul-qulub" da yomon nafsni daydi shamol uchirishidan saqlaguvchi deya nima ta'riflanadi?
📗Hilm
❓Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" romani necha yil davomida chop etilmay yotadi?
📗 Olti yil
❓Musa Jalilning Jiganov bilan hamkorlikda yaratgan asari qaysi?
📗"Oltin soch" operasi
@qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum qadri balandlarim! Sog'-salomatmisizlar? Imtihonga tayyorgarliklar zo'rmi? Allohim ilmingizni ziyoda qilsin! Omad hamroh bo'lsin!
Yanvardagi imtihonga tayyorgarlik ko'rishni istayotganlar uchun InshaAlloh 10-noyabrdan 3oylik yangi guruh tashkil qilyapmiz!
Darslar haftada 4kun kechki payt chat orqali o'tiladi. Darsda:
💥 Qofiya, radif, raviy...
💥 Qit'a va fardlar tahlili
💥 G'azal tahlili
💥 Ona tili gramatikasi
💥 Matn tahlili
💥 Esse yozish ko'nikmasi
💥 5ta badiiy asar bo'yicha savol - javob
💥 Diagnostika testlari tahlili
hamma- hammasi o'rgatiladi.
Kurs oylik to'lovi 150ming, 3oyning 1martalik to'lovi 400ming.
To'lov oldindan.
Agar bizdan shubhangiz bo'lsa🤔, natijalarimizga va o'quvchilarimiz fikrlariga boqing😉.
Karta raqam: 8600 0423 9149 3342
To'lov qilgach, skreenshot va o'zingiz haqida ma'lumot bilan(abituriyent, o'qituvchi, boshlang'ich... Bilim daraja) lichkamga yozasizlar.
Murajaat uchun: @Madina_Madaminovna
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
⚡️⚡️⚡️
Assalomu alaykum qadrdonlarim🤗🤗🤗.
Boshlagan kuningiz xayrli va omadli bo'lsin!
Alhamdulillah deyishni unutmang☺️.
💥💥💥
@qiziqarli_ona_tili
📌Ijodkorlar asarlarining umumiy hajmi📌
❇️Hamid Olimjon ➡️ 10 jild
❇️M.Shayxzoda ➡️ 6 jild
❇️Oybek ➡️ 20 jild
❇️Mirtemir ➡️ 4 jild
❇️E. Vohidov ➡️ 4 jild (Saylanma)
❇️A.Navoiy ➡️ 20 jild (mustaqillik davrida)
❇️Fitrat ➡️ 2 jild
❇️Said Ahmad ➡️ 3 jild
❇️R. Thokur ➡️ 8 jild (o'zbek tiliga tarjima qilinganlari)
❇️A. Oripov ➡️ 4 jild
❇️''Al Jome as-Sahih ➡️ 10 jild
@qiziqarli_ona_tili
#𝑂𝑧𝑔𝑖𝑛𝑎_𝑡𝑎𝑏𝑎𝑠𝑠𝑢𝑚🙃
— 𝐷𝑎𝑑𝑎𝑗𝑜𝑛𝑖𝑚 𝑘𝑒𝑙𝑑𝑖𝑙𝑎𝑎𝑎𝑎𝑟 😍
𝑆ℎ𝑜𝑘𝑜𝑙𝑎𝑑 𝑜𝑙𝑖𝑏 𝑘𝑒𝑙𝑑𝑖𝑛𝑔𝑖𝑧𝑚𝑖? 🥰🤗
— 🤦♂️🤷♂️
— 𝑂𝑙𝑖𝑏 𝑘𝑒𝑙𝑚𝑎𝑑𝑖𝑧𝑚𝑖? 🥺🤯
𝑂𝑦𝑖, 𝑒𝑟𝑖𝑛𝑔𝑖𝑧 𝑘𝑒𝑙𝑑𝑖 😕
@qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum qadri balandlarim! Sog'-salomatmisizlar? Imtihonga tayyorgarliklar zo'rmi? Allohim ilmingizni ziyoda qilsin! Omad hamroh bo'lsin!
Yanvardagi imtihonga tayyorgarlik ko'rishni istayotganlar uchun InshaAlloh 10-noyabrdan 3oylik yangi guruh tashkil qilyapmiz!
Darslar haftada 4kun kechki payt chat orqali o'tiladi. Darsda:
💥 Qofiya, radif, raviy...
💥 Qit'a va fardlar tahlili
💥 G'azal tahlili
💥 Ona tili gramatikasi
💥 Matn tahlili
💥 Esse yozish ko'nikmasi
💥 5ta badiiy asar bo'yicha savol - javob
💥 Diagnostika testlari tahlili
hamma- hammasi o'rgatiladi.
Kurs oylik to'lovi 150ming, 3oyning 1martalik to'lovi 400ming.
To'lov oldindan.
Agar bizdan shubhangiz bo'lsa🤔, natijalarimizga va o'quvchilarimiz fikrlariga boqing😉.
Karta raqam: 8600 0423 9149 3342
To'lov qilgach, skreenshot va o'zingiz haqida ma'lumot bilan(abituriyent, o'qituvchi, boshlang'ich... Bilim daraja) lichkamga yozasizlar.
Murajaat uchun: @Madina_Madaminovna
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
Janubiy Afrikadagi universitetning kirish eshigida shunday yozuv bor:
"Biror davlatni yo‘q qilish qilish uchun atom bombasi yoki uzoq masofali raketa qurollaridan foydalanish shart emas. Faqatgina ta'lim sifatini pasaytirib, imtihonlarda ko‘chirishga (shpargalkadan foydalanishga) imkon berish yetarlidir...
Bemorlar - shifokorlarning qo‘li bilan o‘ladi,
Binolar - muhandislarning qo‘li bilan qulaydi,
Pul - iqtisodchilarning qo‘li bilan yo‘qoladi,
Insoniylik - din vakillarining qo‘li bilan unutiladi,
Adolat - huquqshunoslarning qo‘li bilan toptaladi...
Ta'limning barbod bo‘lishi - xalqning vayron bo‘lishidir!"
@qiziqarli_ona_tili
☀️ Aссалому алайкум. Чоршанба тонги муборак бўлсин 😊👍
Соғ–саломат уйғотган Роббимизга хамдлар бўлсин!
@qiziqarli_ona_tili
#adabiyot vaqti
📌Ijodkorlarning tavallud topgan joylari📌
✔Oybek- "Gavkush" (Toshkent)
♻️Odil Yoqubov- "Qarnoq" (Qadimgi Turkiston)
✔ Usmon Nosir- Namangan
♻️ Mirtemir- "Iqon" (Turkiston)
✔ Asqad Muxtor- Farg‘ona (Asli Tataristonlik)
♻️ O‘tkir Hoshimov- "Do‘mbirobod" (Toshkent)
✔ Antuan De Sent Ekzyuperi- "Lionda" (Fransiya)
♻️ Erkin Vohidov- "Oltiariq" (Farg‘ona)
✔Abdulla Oripov- " Neko‘z" (Qashqadaryo)
✔ Shavkat Rahmon- "O‘sh"
♻️ Halima Xudoyberdiyeva- "Boyovut" (Sirdaryo)
✔Zulfiya- "Degrez" ( Toshkent)
♻️ Pirimqul Qodirov- " "Kengko‘l" (Xo‘jand)
✔ Xayriddin Saloh- Toshkent
♻️ Tompson- Angliya
✔Hamid Olimjon- Jizzax
@qiziqarli_ona_tili
10-noyabrdan yangi guruhni boshlaymiz! 1-dars tekin. Ma'qul kelsa to'lov bilan qolaverasiz! Qani shoshiling! Natijalarni kutib o'tirib o'z vaqtingizni olasizlar
@qiziqarli_ona_tili
📌ADABIYOT_VAQTI_
📎📎NOMI O‘XSHASH ASARLAR
"SHU'LA"
📌“Shu’la” kitobi Maqsud Shayxzoda
📌“Shu’lalar qo‘shig‘i” she’riy to‘plam Xayriddin Saloh
📌“Shu’lalar qo‘ynida” she’riy to‘plam (ilk to‘plami) Mirtemir
"KO'NGIL"
📌“Ko‘ngil deydiki” to‘plam M.Shayxzoda
📌“Ko‘ngil nidosi” to‘plam E.Vohidov
📌“Ko‘ngil naylari” to‘plam Oybek
📚“Istar ko‘ngil” kitobi (1-kitobi) To‘ra Sulaymon
📌“Ko‘ngil ozodadur” asari Xayriddin Sultonov
📌“Ko‘ngil” she’ri Cho‘lpon
"QUYOSH"
📌“Quyosh qoraymas” romani Oybek
📌“Quyosh belanchagi” kitobi A.Muxtor
📌“Quyoshni ko‘ryapman” romani N.Dumbadze
📌“Quyoshli qalam” poema Zulfiya
📚“Shoshma, quyosh” dramasi O‘.Umarbekov
📌“Quyosh maskani” dostoni E.Vohidov
📌“Qora quyosh” dostoni M.Yusuf
📌“Quyosh kechasi” romani N.Dumbadze
📌“Quyosh bilan suhbat” she’riy to‘plam U.Nosir
"YO'L"
📌“Yo‘lchi” she’r U.Nosir
📌“Yo‘l” she’r A.Muxtor
📚“Yo‘l” she’r A.Said
"HAYOT"
📌“Tingla, hayot” to‘plami Mirtemir
📌“Yangroq hayot” dostoni X.Saloh
📌“Hayotga chaqiriq” hikoyalar to‘plami A.Muxtor
📌“Hayotga muhabbat” hikoya Jek London
“Shimoliy hayvonlar hayoti” asari E.S.Tompson
📌“Yovvoyi hayvonlar hayoti” asari E.S.Tompson
📌“Adabiyot – hayot darsligi” kitobi O.Sharafiddinov
📚“Hayotiylik jozibasi,
sxematizm inersiyasi”
kitobi O.Sharafiddinov
📌“Hayot bilan hamnafas” kitobi O.Sharafiddinov
📌“Hayot varaqlari” 1-kitobi Zulfiya
📌“Hayot bo‘stoni” qissa L.Bat
"QORAQALPOQ"
📌“Qoraqalpoq daftari” to‘plami Mirtemir
📌“Qoraqalpoq qissasi” qissa A.Muxtor
📌“Qoraqalpoqni ko‘p
maqtamang ko‘zimcha”
she’ri I.Yusupov
"MUHABBAT"
📚“Muhabbat” hikoyasi O‘.Hoshimov
📌“Muhabbat” to‘plami S.Ahmad
📌“Muhabbat” kitobi E.Vohidov
📌“Muhabbat” she’ri M.Yusuf
📌“Muhabbat” qissa A.Avloniy
📌“Nasoyim ul-muhabbat” asari A.Navoiy
📌“Hayotga muhabbat” hikoyasi Jek London
📚“Ikki muhabbat” hikoyalar to‘plami Odil Yoqubov
📌“Chin muhabbat” pyesasi Odil Yoqubov
📌“Muhabbatnoma” asari Xorazmiy
📌“Birinchi muhabbatim” she’ri A.Oripov
"VATAN"
📌“Vatan” she’ri A.Avloniy
📌“Vatan” she’ri Zebo Mirzo
📌“Vatanim” she’ri Rustam Musurmon
📌“Vatanim” she’ri Muhammad Yusuf
📌“Vatanni suymak” lavhasi A.Avloniy
📌“Vatan nadir” she’ri Sirojiddin Sayyid
"QO'SHIQ"
📌“Sirdaryo qo‘shiqlari” kitobi To‘ra Sulaymon
📌“Oqshom qo‘shiqlari” she’riy to‘plami R.Thokur
📌“Saylov qo‘shiqlari” she’riy to‘plami (30-yillar) M.Shayxzoda
📌“Tonggi qo‘shiqlar” romani R.Thokur
📌“Qanoatlan, qo‘shiqlarim” to‘plami Turob To‘la
📌“Bolgar qo‘shiqlari” hikoyalar to‘plami O‘lmas Umarbekov
📌“Tirik qo‘shiqlar” to‘plami G‘.G‘ulom
📌“Qo‘shiqlar kitobi” she’riy to‘plami H.Hayne
📌“Tong qo‘shig‘i” she’riy to‘plami Zulfiya
📌“Tog‘ qo‘shig‘i” she’riy kitobi Rasul Hamzatov
📌“Sartarosh qo‘shig‘i” she’ri T.To‘la
📌“Shu’lalar qo‘shig‘i” she’riy to‘plami Xayriddin Saloh
📌“Qizlar qo‘shig‘i” she’riy to‘plami Zulfiya
📌“Qo‘shiqlarim sizga” asari E.Vohidov
📌“Suratlar va qo‘shiqlar” romani R.Thokur
"CHO'L"
📌Cho‘l burguti” to‘plami S.Ahmad
📌“Cho‘l to‘rg‘ayi” o‘zbek tiliga tarjima
qilingan to‘plami
📌I.Yusupov
📌“Cho‘l havosi” qissa 📔O‘.Hoshimov
📌“Cho‘li Iroq” qissa O‘.Umarbekov
"YULDUZ"
📌“Mitti yulduz” to‘plami A.Oripov
📌“Mening yulduzim” Kitobi E.Vohidov
📌“Mirrix yulduziga” she’ri Fitrat
📌“Yulduzli tunlar” romani P.Qodirov
📌“Yuksak yulduzlar” she’riy kitobi R.Hamzatov
📌“Yulduzlar mangu yonadi” qissasi Tog‘ay Murod
📌“Yulduzlar” hikoyalar to‘plami O‘.Umarbekov
📌“Yulduzim” she’ri A.Muxtor
"YURAK"
📌“Yurak” she’riy to‘plami U.Nosir
📌“Er yurak” kitobi S.Ahmad
📌“Chin yurakdan” she’riy to‘plami A.Muxtor
📌“Yurak va aql” kitobi E.Vohidov
📌“Yurak yonmog‘i kerak” pyesa O.Yoqubov
📌“Yuragimga yaqin kishilar” she’riy to‘plami Zulfiya
📚📚📚📚📚
@qiziqarli_ona_tili
Yangi guruhga yozilmoqchilar, kimga ssilka bermadim yangi guruh uchun qayta yozvoringlar! Guruh to'lsa dars boshlab yuboramiz! Shoshiling! Eng yaxshi investitsiya bilimga yo'naltirilganidir
@qiziqarli_ona_tili
#DTM savollari
"Ko'ngillarning sururi ilmdandur, ko'rar ko'zlar nuri ilmdandur" Ushbu bayt kimning qalamiga mansub?
✅Furqat
Zohido, ishq-u muhabbat ahlini ma’zur tut,
Yor ko‘yida na bo‘ldi Shayx San’on oqibat?
Misralar muallifi deb tushdi.
✅Nodira
Qisqabo’y,go’shtdor va oqtanlik
✅Zaynab
Qishloqimiz kishilari " qaysi janrda?
✅Hikoya
Mashhur grek asotirlari qahramoni Gerostrat kimning qaysi sherida uchraydi?
✅ G'afur G'ulom " Vaqt "
"Podshohlik qon bilan suģoriladigan oģochdir" "Abulfayzxon" asarida kimning tilidan aytilgan?
✅Ulfat
" Yangi do‘stlar topganingda eskisini unutmaslik kerak". Ezopning qaysi masalida?
✅"Cho'pon va yovvoyi echkilar"
Kimning g‘azalida Shayx Sa'non va Sulaymon kabi tarixiy shaxslar keltirilgan?
✅Nodira
Buxoriyning onasi tushiga qaysi payģambar kirib òģlining tuzalib ketishi haqida aytgan?
✅Ibrohim a.s.
"Ustuna"radifli ģazal kimning qalamiga mansub?
✅Ogahiy
Azbarxòja, Qosimbek qaysi doston qahramonlari?
✅ "Kuntug'mish"
"Kecha va kunduz" asarida Maryam Miryoqubni nima deb atagan?
✅Jakov
"Baxtsiz kuyov" "Juvonboz"asarlari muallifi kim?
✅A. Qodiriy
" Yulduzlar mangu yonadi" asarida Bori polvonni kurashda kim yenggan?
✅Ismoil polvon
Polvonlar tasvirlangan asar?
✅ "Yulduzlar mangu yonadi"
Õzidan kattalarni kõrganda xovva-xovva,kichiklarni kõrganda yõq-yõq deydigan obraz qaysi?
✅Razzoq sõfi
Haydar, Shokir, Nurxon qaysi asardan?
✅"Uloqda".
"Jamila", "Yuzma-yuz" asarlari muallifini toping.
✅Ch. Aytmatov
Birovga tili bilan ozor bermasa ham qilig'i bilan, yurish-turishi bilan odamlarning me'dasiga tegadigan obraz
✅Inoyat oqsoq
➖Asrora raqsga tushayotgan Adolni kimga o‘xshatadi
Tamaraxonimga
@qiziqarli_ona_tili
Jentra, Nexia 3, Spark va 🕋 UMRAGA 2 KISHILIK ZIYORAT QILISH imkoniyatini qoʻldan chiqarmang
❄️ Grafus.uz Qishki Konkursga start berdi
🥇 1- Jentra avtomobili
🥈 2- Nexia 3 avtomobili
🥉 3- Spark avtomobili
🔅 4- 7000 $ pul mukofoti
🔅 5- 5500$ pul mukofoti
🔅 6- 4500$ pul mukofoti
🔅 7- 6500_4500 tagacha sotilgan mahsuloti uchun 7000 so'mdan pul mukofoti
4500ta sotgan adminga 2 kishilik umra sayohati
🔅 8- 13 pro max telefoni
🔅 9- Iphone 13 telefoni
🔅 10- Dubayga sayohat
🔅 11- Samsung galaxy a14 telefoni
🔅 12- Xiaomi redmi 12c
🔅 13- Har bir sotgan mahsuloti uchun 6000 so'mdan pul mukofoti.
🔅 14- 50 tadan ko'p sotgan har admin uchun T800 smartwatchlari va airpods
💡Shartlar oddiy:
Saytimiz orqali eng koʻp mahsulot sotib limitlarni toʻldiring va gʻolib boʻling.
📆 Boshlanish sanasi: 02.11.2023
🏁 Tugash sanasi: 12.02.2024
🛒Grafus.uz
✅”ME’MOR” romanidan
parcha xususida savol-javoblar
❓Iste’dodli me’mor,buyuk imoratlar qurish,gòzallik yaratishdan boshqani bilmaydigan ijodkor
✔️Najmiddin Buxoriy
❓Me’morning saltanatga qarshi guruhlarga qòshilib,qasd qilganlardan biri sifatida qatl etilgan òg’li
✔️Nizomiddin
❓Badavlat xonadonning lòmbillagan òg’li
✔️G’avvos Muhammad
❓Insofli va diyonatli aravakash yigit
✔️Horunbek
❓”Dòzax”deb nomlanuvchi yer
✔️Qizilqum chòli
❓Yòl bòyi oh-voh qilgan,Hirotga qaytaman deb faryod qilgan, chidamsiz va injiq obraz
✔️G’avvos Muhammad
❓Xuroson va Movarounnahr chegarasi
✔️Karki shahri
❓Me’morning qizi
✔️Badia
❓Me’morning fikrlarini indamay eshitgan,uni qòllab-quvvatlagan rafiqasi
✔️Ma’suma beka
❓Qiyinchilik kórmagam xomsemiz odam
✔️G’avvos Muhammad
❓Badianing muhabbatiga sazovor bòlgan buxorolik yigit
✔️Zulfiqor
❓Bòrondan sòng suv olib kelishga boradi
✔️G’avvos Muhammad
❓Doimo loyqa oqadigan daryo
✔️Jayhun(me’mor aytadi)
❓Qayerda bòron bòladi
✔️Xalach tomonda
❓Me’mor fikricha,suvi totli daryo
✔️Zarafshon
❓Asardagi nishopurlik yigit
✔️Zavrak
❓Ilon-u ajdarhodan qòrqmaydigan, gapirmay turolmaydigan odam
✔️Zavrak
♻️Asardagi maqol va iboralar:
1️⃣Dard ustiga chipqon-G’avvos Muhammad
2️⃣Podshoga yaqin yurmoq ajdarga yaqin bòlmoqdan xavfli- Me’mor òg’liga aytadi
3️⃣Har tòkisda bir ayb-Ma’suma
beka nutqi
@qiziqarli_ona_tili
#mativatsiya
Garvard talabalariga motivatsiya beruvchi so‘zlar. Ushbu 15 ta qoida har bir talabaga tavsiya etiladi.
1. Agar sen hozir uxlab qolsang, albatta tushingda orzuingni ko‘rishing mumkin. Agar sen o‘zingda iroda topib, uyquni bilim olishga almashtirsang, unda sen orzuingni amalga oshira olasan.
2. Sen juda kech bo‘ldi deb o‘ylaganingda, aslida hammasi uchun hali erta.
3. Bilim olish azob deb o‘ylaysanmi? Yo‘q, u vaqtinchalikdir, bilmaslik azobi esa ¬bir umrlikdir.
4. Bilim olish bu vaqt o‘tishi emas, balki u tirishqoqlikdir.
5. Hayot bu faqat bilim olish degani emas, ammo, lekin, biroq agar sen hayotning shu qismidan ham o‘ta olmasang va nolisang, unda savol tug‘iladi sen o‘zi nimaga qodirsan?
6. Zo‘r g‘ayrat va shijoat yig‘indisi bu rohatdir.
7. Kimki barchasini oldindan va shijoat bilan bajarsa, shu insongina o‘z omadidan baxra olishi mumkin.
8. Barcha narsaga ulgurish hammaning ham qo‘lidan kelmaydi. Biroq, omad o‘z ustida doim ishlaydigan va qat’iy insonlar bilan birga bo‘ladi.
9. Vaqt to‘xtamaydi, uni to‘xtatishga ham urinma, faqat undan unumli foydalanishni o‘rgan.
10. bugungi so‘laklaring ertaga ko‘z yoshga aylanadi.
11. O‘z kelajagiga nimadirni sarflaydigan inosnlar bular – realistlardir.
12. Sening maoshing hajmi bu sening biliminga nisbatan proporsionaldir.
13. Bugungi kun hech qachon qaytarilmaydi.
14. Hatto hozir sening dushmanlaring kitob varaqlayapti.
15. Peshonang terlamasa, pul topishing juda qiyin.
@qiziqarli_ona_tili
Ilm talabidagi tolibi ilm zehningizni muhofaza qiling..
Inson zehnini Alloh taolo shunday yaratgan-ki, har bir narsani eslab qolish qobilyatiga ega. Siz esimdan chiqdi deb o'ylaysiz lekin hofizangiz hech qachon zehningizdan uloqtirmaydi. Zehningizni bir chetida qolaveradi. Shuning uchun aytiladi-ki, bekorchi bo'lgan bo'lmagan narsani o'rganavermang, kitob ekan deb o'qiyvermang, film ekan deb tomosho qilavermang, suhbat ekan deb hamma bilan ham gaplashib o'zingizni miyyangizga keraksiz ma'lumotlarni yig'avermang.
Agarda xotirangizga hamma narsani joylayversangiz u kerakli narsalarni qabul qilmay qo'yadi.
Siz hozirda zehnim past Qur'on yodlasam darrov esimdan chiqib ketayapti deysiz.
-Yo'q aslo sizni zehningiz past emas, Alloh taolo hammaga bir xil zehn beradi. Ba'zilar zehnini muhofaza qiladi va charxlaydi, yodlash va eslab qolish qobilayati ustida tinmay ishlaydi. Be'mani narsalardan uzoq bo'ladi..
Bizni zehnimiz past emas..
Shunchaki zehnimiz keraksiz narsalar bilan to'ldirib olganmiz. Gunohlar bilan esa zehnimizni zang bostirganmiz. Afsuski bu haqiqat...
Ertalab yodlangan informatsiya yaxshi joylashadi. Nega bilasizmi?
Chunki Kechqurun yaxshi uxlab ertalabga zehn tetiklashadi. O'zini g'uborlardan oz bo'lsada tozalaydi. Agar kun bo'yi zehningizni muxofaza qilsangiz, bora-bora zehn o'zini tozalaydi. Idishga toza suv quyaversangiz ichidagi loyqa suv o'z-o'zidan chiqib ketadi...
Zehn hech qachon unutmaydi dedik. Kerakli ma'lumotlar zehningizga joylanaversa keraksiz ma'lumotlar zehningizni bir chetida uyum bo'lib turadi va kerakli ma'lumotlarga joy ochiladi.
Gunohlar sababli ham zehnimiz pasayadi..
Shuni unutmang..
Ba'zi odamlarni qariganda eslay olmay qoladi deyishadi. Hatto o'z farzandlarini ham eslay olmay qolarkan..
Ko'pchilik ulamolar buni gunohlar sababli deyishgan...
Davomi bor..
@qiziqarli_ona_tili
-gan qo'shimchasi o'tgan zamon sifatdoshi deyiladi. Sabab o'tgan zamon ma'nosida ham, sifatdosh ma'nosida ham kelaveradi va omonim qo'shimcha sanaladi. Sizlar ham shunga asosan, -di shaklini ham shaxs-songa, ham zamon shakliga olamiz deyapsizlar. Mantiqan to'g'ri, 6-sinf eski darslik mashqlarida ham -di shaklini qavs ichida bergan, biroq qo'shimcha sifatida yaqqol ajratib bermagan. Men -di shakli bir vaqtning o'zida 3-shaxs 1 likni va o'tgan zamonni bildiradi dedim, shaklga olganingizda muammo yoq : sintaktik shakl. Ammo turiga ko'ra, baribir o'tgan zamonga olinadi.
6-sinf ona tili o'qituvchi kitobini hech uchratmaganman.
@qiziqarli_ona_tili