Диагностик тестда узрли сабаб ва техник сабаблар билан иштирок эта олмаган ўқитувчиларни ушбу кунларда тегишли фан укитувчиларни жалб килинг.
@qiziqarli_ona_tili
#ибрат
Аспирант ва талаба қиз ўғилли бўлишди. "Ўзимиз зўрға яшаяпмиз, боқолмаймиз" деб, бир тўхтамга келишиб, болани "васийлик" идорасига бериб келишди. Гўдакни эса тезда бошқа оила асраб олди. Жуфтликнинг иккинчи фарзандлари — қизи туғилганда моддий танглик бирмунча йўқолган эди, лекин бирга яшай олишмади.
Эр хотини ва қизини қолдириб, уйдан чиқиб кетди. Шу бўйи университетдан ҳам кетиб, ўзини пул топишга урди. Мўмай даромад илинжида ҳар қандай ишни қилди. Аёл эса қизи билан қийналиб бўлсада яшай бошлади, баҳти очилиб қайтадан бошқа одамга турмушга чиқди, яхши одам экан — қизчани ҳам ўз фамилиясига олди.
Асранди бола ҳам, қизча ҳам улғайишди. Айниқса ўзга оилада, мутлақо бошқа одамларни "ота-онам" деб улғайган боланинг ҳам ҳаёти текис кетмади, тиришди- тирмашди, бизнесда ва ниҳоят омадга эришди.
Шундай кунларнинг бирида асраб олган онаси вафот этиш олдидан унга энг катта сирни "асл ота-онаси бошқа одамлар" эканлигини айтди. Мотамдан сўнг йигитча анча ўйланди, ва ниҳоят асл ота-онасини топиши кераклигини тушунди. Қидирув билан шуғулланадиган агентларга мурожаат қиларкан, уларнинг "нима учун уларни топмоқчисиз?" деб берган жўяли саволига шундай деб жавоб берди:
— Мени аборт қилиб юбормаганликлари учун уларга раҳмат айтмоқчиман!!!
Қидирувлар натижасида аввал онасини ва синглисини топди. Ўттиз бир йилдан сўнг учратган онасига ўз "раҳмат"ини айтганда, она ўзини тутиб тура олмади, ўғлини бағрига босишга журъати етмай, ўксиниб узоқ йиғлади...
Синглиси билан ҳам анча тил топишиб олди.
— Отамни ҳам қидириб топмоқчимисиз? — деб савол берди синглиси...
— Кейинроқ, ҳали бунга тайёр эмасман, — деб жавоб берди акаси.
Синглиси отасини ўзи қидириб топмоқчи бўлди, узоқ қийинчиликдан сўнг у ҳақидаги маълумотларни қўлга киритди: отаси ҳозирда - кичкинагина тамаддихонанинг хўжайини экан. Қиз чиройли кийиниб, кўрсатилган тамаддихонага кириб борди. Тамаддихона хўжайини, яъни отаси унга пешвоз чиқди, қизни кибор хонимлардан деб билиб мулозамат қилган бўлди:
— Оҳирги пайтлар, тамаддихонам нозик меҳмонлар тез-тез ташриф буюрадиган гўшага айланиб боряпти, бундан камина жуда ҳурсандман, ким ўйлабди дейсиз, бу емакхонага шунақа машҳур одамлар ташриф буюради деб...
Қиз ажабланиб савол берди:
— Масалан кимлар ташриф буюриб туради бу ерга?!
— Машҳур миллиардер Стив Жобс кунора шу ерга келиб кофе ичиб кетади, — деб мақтанди емакхона хўжайини...
Қиз шу ерда ортиқ жим тура олмади:
— Биласизми аслида Стив Жобс ким?! У сизнинг ўғлингиз бўлади, мен эса қизингиз...
Бир умр пул дардида ўзини ўтдан-чўққа урган, болаларини "боқолмаслиги" сабабли ташлаб кетган отанинг оғзи ланг очилиб қолди...
Ҳа... Бу ўша машҳур Apple компаниясининг асосчиси, суриялик аспирант Абдулфаттоҳ Жандали ва немис миллатига мансуб талаба қиз Жоан Шибленинг фарзанди, Пол Жобснинг асранди ўғли, дунёни ўзгартириб юборган учинчи олманинг эгаси — Стив Жобснинг аччиқ ҳаётидан бир лавҳалар эди...
Бежиз Қуръони Каримда "очликдан қўрқиб, болаларингизни ўлдирманг, биз сизларни ҳам, уларни ҳам ризқлантирурмиз" деб ёзилмаган...
@qiziqarli_ona_tili
Tekinni qadrlamaymiz
Wills Eye degan mashhur ko’z klinikasi bor. Tekinga o’ta sifatli ma’ruzalar qo’yar edi. Turiptiyu deb ko’rishga yetarlicha vaqt ajratmas edim. Yaqinda ma’ruzalarini pullik qildi. Endi qimmatga bo’lsa ham sotib olyapman.
Ota-onamiz har doim uyda deymiz. Ular bilan suhbatlashgani vaqt ajratmaymiz. Bir kun kelsak uyda ular yo’q. Hech qachon qaytib kelishmaydi.
Bolamiz bilan vaqt ajratmaymiz. Ishni afzal ko’ramiz. Ertaga ular bizdan ko’ra kitobini (telefoni deb o’qilsin) afzal ko’radi. Biz bilan suhbatlashgisi kelmaydi. Bir burchakka kirvolib o’zi bilan ovora bo’ladi.
”Haridorgir” qiz bo’lgani uchun unga qiziquvchi yigitlar ko’p bo’ldi. Bir yaxshi yigit bor edi, qizni hurmat qilar edi. Qizga oila qurishni taklif qildi. Muomalasi juda yaxshi edi. U har doim qizga yordam berishga tayyor edi. Qiz esa u yigit ”erishish oson bo’lgani” uchun uni qadrlamadi. Sal sho’xrog’ini istadi ko’ngli. Sho’xrog’iga turmushga chiqdi, oradan 3-4 oy o’tib eri urishni boshladi, 1 yildan keyin oilasidan ajrashib ketdi.
Bir puldor do’stim 2000$ to’lab biznes treningga bordi. Ertasi kuni gaplashsam ”treningda sen aytadigan gaplar takrorini eshitdim” deydi.
Marafon yugurganlarga havas qilamiz. Bugundan yugurishni boshlashga imkoniyatimiz bor. Ammo bunga harakat qilmaymiz. Ertaga salomatlik sabab hech qachon yugura olmaydigan bo’lamiz.
Stockholmda yashaydigan bir tanishim o’g’liga mentorlik qilishimni so’radi. Yaxshi pul taklif etdi. Men senga yordam beraman degan jiyanim esa, mendan qochib yuradi.
Telefonni tashqarida qoldirib, bir xonada yolg’iz qolib, chuqur o’ylashga harakat qilib ko’rishimiz kerak. O’zimizga ”Hozir menga tekin bo’lgan qaysi ne’matlar qadriga yetmayapman?” degan savolni berishimiz kerak. Javoblarni qog’ozga yozish kerak.
Nimalarni qadrlamayapmiz va buning asorati nima?
Bek Olimjon
Norvegiya
15.12.23
@qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum! Bugun yangi guruhda dars boshlaymiz! Istovchilar 1-darsda qatnashib ko'ringlar, ma'qul kelsa to'lov qilaverasiz
@qiziqarli_ona_tili
🔥Assalomu aleykum!
📌📌📌 Milliy sertifikat olishni maqsad qilganlar diqqatiga!
⚡️15-dekabrdan ochilagan guruhimizga o'quvchilar qabul qilinadi!
📝Kurs davomida:👇
✅ Grammatikaning har bir bo'limi takrorlanadi;
✅ She'riy san'atlar;
✅ G'azal tahlil qilish usullari;
✅ Qit'alar sharhi;
✅ Badiiy va ilmiy matnlar ustida ishlash;
✅ Esse yozish noldan o'rgatilib har bir yozilgan esse batafsil tahlil qilib beriladi;
✅ Diagnostik testlar va ularning tahlili.
KURS KIMLAR UCHUN???
1⃣ Abituriyentlarga
2⃣ Talabalarga
3⃣ Ona tili va adabiyot o'qituvchilariga
4⃣ Boshlang'ich sinf o'qituvchilariga
👆Kurs haqida:
✅ Haftada 3 kun juft kunlari: soat 🕰 20:00 da
✅ Jonli videochatda
Darsni birinchi urinishdayoq 83.6foiz (esse 22.75) ball bilan Milliy sertifikat olgan, ko'plab yuqori natijalar egasi Madina Madaminovna o'tadi
💸Oylik to'lov - 150 ming so'm
💥Biz bilan talabalik tomon qadam tashlang yoki Milliy sertifikat olib, ustamaga ega bo'ling!!!🤲🤲🤲
🎇Siz bu kurs orqali faqat yutasiz! Yangi BBA testlari ham, katta ehtimol bilan attestatsiya testlari ham Milliy sertifikat tipida bo'ladi.
Qatnashish uchun @Madina_Madaminovna profiliga yozing
@qiziqarli_ona_tili
#Tabrik
8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!
Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati bo‘lgan, biz uchun ozod va obod hayot qurish yo‘lini ochib bergan Konstitutsiyamiz bilan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak arziydi.
Asosiy qonunimiz – millati, tili va dinidan qat’i nazar, yurtimizda yashayotgan har bir inson tengligini kafolatlab, tinchlik va zamonaviy demokratik taraqqiyotning asosiy garovi bo‘lib kelmoqda.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan barcha O‘zbekiston ahlini samimiy tabriklaydi!
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
@qiziqarli_ona_tili
⚡️ 2024-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
✅ 2024-yilning 1-yarmida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.
👨🏻💻 Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.
📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
❕ Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
@qiziqarli_ona_tili
5-dekabrdan yangi guruh ochiladi.
🔥G'azal tahlili
🔥Esse
🔥Qit'alar
🔥She'riy san'atlar
🔥Matn ustida ish
🔥Badiiy asarlar
🔥Diagnostika testi ishlash va tahlil
Hammasi o'rgatiladi. Darslar haftada 4kun Seshanba payshanba shanba yakshanba kunlari kechki payt(soati kelishiladi) videochat orqali olib boriladi.
Oylik to'lov: 150ming
Murajaat uchun: @Madina_Madaminovna
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
🇺🇿MODAL SO'ZLAR 🇺🇿
Modal so'z - Bayon qilinayotgan fikrga so'zlovchining ishonch, gumon, quvonch, afsuslanish munosabatini yoki fikrning tartibi, xulosasini bildirgan so'zlar.
Es : Modal so'zlar gap tarkibida boshqa so'zlardan vergul bilan ajratiladi !!!
1.Albatta, inson mehnati bilan yuksaladi
2.Inson, albatta, mehnati bilan yuksaladi
3.Inson mehnati bilan yuksaladi, albatta
Modallarning ma'no turlari :
1.Ishonch : shaksiz, albatta, shubhasiz, so'zsiz
2.Gumon : ehtimol, balki, chamasi, aftidan, shekilli
3.Tasdiq : haqiqatan, darhaqiqat
4.Fikrni xulosalash : xullas, demak, umuman
5.Fikrning tartibi : avvalo, avvalambor
6.Fikrning dalillanishi : masalan, jumladan
7.Achinish : attang, afsus
8.Quvonch : xayriyat
Modal so'z 2 ga bo'linadi :
1.Sof modal - faqat modal ma'no uchun xoslangan so'zlar.
M : haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalo, avvalambor, xullas, masalan, koshki
2.Vazifadosh modal - Modal ma'noda ham qo'llanadigan mustaqil so'zlar.
M : aftidan, chamasi, ehtimol, shubhasiz, umuman, taxminan
1.Bo'ron bo'lishi ehtimol, qizim (mustaqil so'z)
Ehtimol, bu undan esdalik (modal)
2.Uning chamasi to'g'ri chiqdi (mustaqil so'z)
Chamasi, hammasi bormagan
3.Uning aftidan yolg'oni sezildi(mustaqil so'z)
Aftidan, bu atayin qildi (modal)
4.G'olib chiqishimiz shubhasiz (mustaqil so'z)
Shubhasiz, biz g'olib chiqamiz(modal)
5.Aftidan bilinib turardi (mustaqil so'z)
Aftidan, bu yolg'on (modal)
6.Sendan umuman qo'rqmayman(mustaqil so'z)
Umuman, gaplari to'g'ri
Tasdiq so'zlar - ha, xo'p, mayli
Inkor so'zlar - yo'q, mutlaqo
Bu so'zlar -mi yuklamasi orqali ifodalangan gapga javob bo'ladi
@qiziqarli_ona_tili
Alloh uchun do‘stlashgan ikki cho‘pon bo‘lgan ekan. Bir kuni ikkovlon so‘zlashib o‘tirib, biri dardini aytib qolibdi:
— Do‘stim, men oshiq bo‘ldim...
— Alloh xayrli qilsin! Nega mahzunsan? Kimga oshiq bo‘lding?
— Podshohning qiziga. Unga yetishish mening buyuk orzuim.
— Shunaqami? Nima qilsak ekan? Ha, topdim. Bir paytlar men safarda orif zot bilan birga bo‘lgan edim. O‘sha zotdan so‘raymiz.
Ikki do‘st o‘sha orif zotning oldiga borib, vaziyatni tushuntirishibdi.
— Buning yo‘li oson, — debdi orif zot. — Falon yerdagi g‘orga borasan, qirq kun tinmay “Alloh, Alloh, Alloh” deysan.
Yigit rozi bo‘lib, orif aytgan ishni boshlabdi. O‘n kun o‘tibdi, o‘n besh kun o‘tibdi. Yigit garchi tili “Alloh” desa-da, xayolida podshohning qizini tasavvur qilib zikrni davom ettiraveribdi. 25 kunlardan keyin butun shahar bu darveshning holidan ogoh bo‘lib, so‘zlay boshlabdi: “Ko‘rdingizmi, bir darvesh g‘orda tunu kun Allohni zikr etyapti. Qandayin go‘zal!”
Yigit odamlarga e’tibor bermas, holdan toyib qolgan bo‘lsa ham, podshohning qizi visolida, tinmay zikr etar va qirqinchi kunni astoydil kutar edi.
Bu gap-so‘zlar podshohning saroyiga ham borgach, vazirlar:
— Podshohim, bilasiz, valiylar kelgan joylarga Allohning barakasi nozil bo‘ladi, odamlarda muhabbat paydo bo‘ladi. Qanday qilib u zotni shahrimizda olib qolsak ekan? — deyishibdi.
— Saroyim oldiga bir saroy qursak, qabul etarmikan?
— Yo‘q, orif zotlar mol-dunyoga qarashmaydi.
— Vazirlikni bersam-chi?
— Uni ham qabul etmaydi.
— Unda nimani maslahat bersasizlar?
— Karimangizni unga nikohlab bering.
— Agar valiy zot qabul qilsalar, bu menga ham sharaf.
Qirqinchi kun yetib kelibdi. Shu kunda podshoh va uning a’yonlari, yigitning do‘sti darveshning huzuriga borishibdi. Yigit tasbeh bilan hamon zikr qilardi. Yigit zikrni to‘xtatishi bilan podshoh salom berib, so‘rabdi:
— Hazrat, sizning bu yurtda bo‘lishingiz bizga sharaf. Buyuring, sizga bir saroy qurdiraman.
— Keragi yo‘q.
— Unda keling, yurtni birga boshqaraylik.
— Yo‘q.
— So‘nggi umidim shuki, mening bir qizim bor. Garchi sizga loyiq bo‘lmasa-da, uni nikohingizga olsangiz.
— Yo‘q.
Shunda cho‘ponning do‘sti yugurib, uning oldiga kelibdi-da, so‘rabdi:
— Qirq kunki, zahmat chekib shu podshohning qizi uchun zikr etding-ku. Endi nega undan voz kechyapsan?
Do‘sti tabassum qildi-da, shunday javob berdi:
— Men qirq kun podshohning qizi uchun “Alloh” deganimga huzurimda podshohu vazirlar tiz cho‘kyapti. Agar Alloh uchun “Alloh” desaydim, nelar bo‘lmasdi...
@qiziqarli_ona_tili
Telegramimda buzilish bo'lib guruhlar o'chib ketibdi. Yangi guruhga a'zo bo'lmoqchilarga qaytadan ssilka berib chiqaman hozir. (Texnik nosozlik uchun uzr so'rayman )
@qiziqarli_ona_tili
😇 Ҳаётингизни битта сўз билан ўзгартириш мумкинлигини биласизми?!
🙃 Масалан, кўпчилигимиз жуда кўп такрорлайдиган гаплар бор: "ишга бориш учун эрта туришим керак", "бизнесимни ривожлантириш учун одамларга телефон қилишим керак", "уйдагилар учун овқат қилишим керак" ва ҳоказо, керак, керак керак...
🫶 Аслида биргина мана шу "керак" сўзини "имконият" сўзига алмаштирсак, турмушимиз ёрқинроқ бўлади. Сизда эрталаб туриб, ишга бориш имкони бор, бизнесда янги ҳамкор топиш имкони бор, фарзандларингиз учун таом тайёрлаш имкони бор... қандай ажойиб!
🫰 Ёдда тутадиган муҳим нуқта, БИЗ ТАНЛАГАН ҲАР ҚАНДАЙ ФИКРЛАШ ТАРЗИ ҲАҚИҚАТГА АЙЛАНАДИ.
🤗 Кунингиз баракага бой бўлсин!
@qiziqarli_ona_tili
Qishdan zavq oling! Dunyo aholisining qariyb yarmi umrida hech qachon qor ko'rmagan ekan!
@qiziqarli_ona_tili
Albatta, buni o‘qib ko‘ring!
Bir yil yoʻqotmaslik uchun oʻqituvchi boʻlgan "mutaxassis" bolalaringizni oʻqitadi — Komil Jalilov
Bilim va malakalarni baholash agentligi taklif etayotgan "avval test, keyin oliygoh" tizimi bo'yicha ta'lim masalalari bo'yicha ekspert Komil Jalilov ham o'z fikrlarini bayon qilgan ekan.
..."Bir yil yoʻqotmaslik uchun". Yaʼni oʻqishga kirishdan maqsad — oʻqishga kirib olish. Bir yil yoʻqotmaslik. Qaysidir sohaga qiziqish, shu sohada yaxshi mutaxassis boʻlish, nimagadir erishish istagi emas. "Bir yil yoʻqotmasdan" "oʻqishga kirib olish" — qadriyat.
Keling, oʻsha Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili misol sifatida keltirgan vaziyatni koʻraylik. Kimyo va biologiyadan test topshirib kirish mumkin boʻlgan bir qancha yoʻnalishlar bor: tibbiyot, veterinariya, agronomiya, zooinjeneriya, ekologiya, pedagogika (shu fan oʻqituvchisi) va hokazo. Bularning hammasi — har xil kasblar, har xil sohalar. Har xil qiziqish va layoqatni talab qiladi.
Abituriyent kimyo va biologiyadan test topshira olishi uning bu yoʻnalishlardan istaganida oʻqib keta olishini (shunchaki diplom uchun OTMga kelib ketishi emas, aynan boʻlajak mutaxassis uchun kerakli bilim va koʻnikmalarni egallashini) anglatmaydi.
Endi tasavvur qiling, shifokorlikka (veterinariyaga, biotexnikaga ...) qiziqqan abituriyent kerakli ball toʻplay olmagani uchun "bir yoʻl yoʻqotmaslik" maqsadida oʻqituvchilikka (agronomlikka, ekologga ...) oʻqishga kirdi.
Bir doʻstim taʼbiri bilan aytganda, "umumiyat-la olganda ... instituti (shu yerda istalgan oliygoh nomi boʻlishi mumkin) hovlisiga bogʻlangan .... ham (shu yerda doʻstim bir jonzot nomini ishlatdi) toʻrt yildan keyin diplom oladi"gan, baholash tizimi oʻz funksiyalarini bajarmaydigan, sifat nazorati falajlangan tizimimiz uni toʻrt yildan keyin "mutaxassis" qilib chiqaradi.
"Bir yil yoʻqotmaslik" uchun oʻqituvchi boʻlgan (aniqrogʻi, oʻqituvchilik diplomini olgan) "mutaxassis" bolalaringizni oʻqitadi, "injener" siz oʻtadigan koʻpriklarni quradi, "farmatsevt" siz yoki bolalaringiz ichadigan dorilarni chiqaradi. Shunday jamiyatda yashashdan qoʻrqmaysizmi?
Oʻz-oʻzini anglash, oʻzining kuchli va zaif tomonlarini tahlil qilish, oʻz oldiga maqsadlar qoʻya olish ham muhim hayotiy koʻnikma. Maktabdan yosh avlodda bu koʻnikmalarni shakllantirish oʻrniga "bir yil yoʻqotmaslik" degan notoʻgʻri qadriyatni endi taʼlim siyosati darajasiga chiqaryapmiz" — deydi ta'lim bo'yicha ekspert Komil Jalilov
@qiziqarli_ona_tili
5-dekabrdan yangi guruh ochiladi.
🔥G'azal tahlili
🔥Esse
🔥Qit'alar
🔥She'riy san'atlar
🔥Matn ustida ish
🔥Badiiy asarlar
🔥Diagnostika testi ishlash va tahlil
Hammasi o'rgatiladi. Darslar haftada 4kun Seshanba payshanba shanba yakshanba kunlari kechki payt(soati kelishiladi) videochat orqali olib boriladi.
Oylik to'lov: 150ming
Murajaat uchun: @Madina_Madaminovna
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
Bugun 21.00da dars. Guruhga qo'shilish uchun imkoniyat bor faqat 4kishiga. Shoshiling! Maqsad sari olg'a intilishdan cho'chimang!
@qiziqarli_ona_tili
⚡️Modal so‘zlar haqida
Modal so'zlar – ifodalanayotgan fikrga so'zlovchining turli munosabatlarini (ishonch, gumon, achinish) bildiruvchi so'zlardir.
1⃣Fikrning aniqligini ifodalaydigan modal so`zlar:
a) fikrning rostligi tasdiqlanadi: darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda, filhaqiqat (arx.);
b) fikrning qat’iyligi ta’kidlanadi: shubhasiz, shaksiz, so'zsiz
c) anglatilayotgan voqelikning yuzaga kelishi tabiiy ekanligini bildiradi: tabiiy, o'z-o'zidan.
d) fikrning chinligi eslatiladi: to'g'ri, hoynaxoy, muhaqqaq (arxaik), aslida, darvoqe, rostdan.
2⃣. Fikrning noaniqligini ifodalaydigan modal so'zlar:
a) fikrning taxminiyligini bildiradi: shekilli, chamasi, chog'i;
b) fikrning gumonli ekanligini bildiradi: ehtimol, balki;
c) fikrning tusmolli ekanini bildiradi: aftidan;
d) fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham bildiradigan: har holda, har qalay.
3⃣. Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor, birinchidan, ikkinchidan.
4⃣. Fikrning dalillanishi: masalan, jumladan
5⃣. Xulosa: xullas, demak, nihoyat, xullas kalom.
6⃣. Achinish: afsus, attang, esiz.
7⃣. Zaruriyat: kerak, zarur, lozim.
8⃣. Quvonch: xayriyat.
9⃣. Mavjudlik va mavjud emaslik: bor, yo'q.
❗️Modal so'zlarning ko'pchiligi mustaqil so'zlardan o'sib chiqqan.
Masalan:
👉1) ot turkumidan: aftidan, haqiqatan, mazmuni, ehtimol, darhaqiqat;
👉2) sifatdan: yaxshi(ki), to'g'ri, so'zsiz, shubhasiz, tabiiy;
👉3) ravishdan: nachora, nahot;
👉4) bog'lovchidan: ayniqsa, aksincha.
👉5) so'z birikmasidan: har qalay, har holda;
👉6) gapning modal so'zga aylanishi: holbuki (Hol buki);
👉7) so'z tushirish natijasida hosil bo'lgan: o'z-o'zidan (aniq so'zi tushib qoladi).
Modal so'zlar sof va vazifadosh modal so'zlarga bo'linadi.
Haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalo, xullas, masalan so'zlari sof modal so'zlar hisoblansa, modal ma’noda ham qo'llanadigan aftidan, chamasi, balki, ehtimol, shubhasiz kabi so'zlar vazifadosh modal so'zlar hisoblanadi.
@qiziqarli_ona_tili
#Yangilik
Respublikadagi barcha ustozlarni diagnostik testdan oʼtkazish haqida.
Test hamma joyda bir xil vaqtda boʼlib oʼtadi.
Test soni-50 ta
40 ta mutaxassislik fanidan
5 ta pedagogika
5 ta psixologiya fanidan
Orasida pisa savollari ham boʼladi.
Jami :1 soat⏰ vaqt beriladi
💻📱Testni uyda yoki ish joyingizda kompyuter, telefon orqali kirsa boʼladi
Natijalar ommaviy eʼlon qilinmaydi, faqat oʼzingiz bilasiz va bu natijalar toifangizga taʼsir qilmaydi.
@qiziqarli_ona_tili