🌀Barcha esse turida ishlatsa boʻladigan eng kerakli maqol va iboralar
☘️Har toʼkisda - bir ayb
⚡️Har gulning oʼz isi bor,
Har elning oʼz tusi bor
💦Dardingning vaqti oʼtsa, Tabibdan oʼpkalama
🍂Ikki qoʼchqor kallasi bir qozonda qaynamas
🔥Boyning xoʼrozi ham tuxum qilar
🌱Boyning koʼzi nonda, Kambagʼalniki - imonda
☘Har supraning noni boshqa
🍁Adolat qilichi kesgan qo‘l og‘rimas
🪴Qars ikki qo‘ldan chiqadi
🌹O‘g‘rini o‘g‘ri desang, o‘lgisi kelar, To‘g‘rini o‘g‘ri desang, kulgisi kelar
💧Oyda ham dog‘ bor
💦It qarisa, tozi bo‘lar,
Qiz qarisa, qozi bo‘lar
⌛️Daryoga ot solmasdan avval, kechuvini top.
🧷Magizni bolib yesa, qirq kishiga yetar.
🔗Dunyo yorug' bo'lsin desang, Uyingga chiroq yoq.
🔎Qildan qiyiq qidirma.
🖇Ochiq qolgan qozonni it yalaydi.
🖌Nafsim mening balodir,
Yongan o'tga soladir
📐Hovliqqanga sichqon teshigi ming tanga.
✏️Ikki tarvuz bir qo'ltiqqa sig'mas.
📝Qorni to'qning qayg'usi yo'q.
📖Quruq qo'lga qush qo'nmas.
🔯Adolat qilichi kesgan qo'l og'rimas.
☪Bir sinalgan tajriba Yetti kitobdan afzal.
♋️Tirishgan toshga mix qoqar.
☣Taqlid bilan tong otmas.
🌐O'zolmagan otga uzangi bahona.
Ⓜ️Gap bilan osh pishmas.
🌀Zоyе kеtdi – bеfоyda sarflandi
💤Aravani quruq olib qochmoq
🔺Kasalni tabib emas, habib tuzatar
🔹Osmonga otgan toshing,
Qaytib tushib yorar boshing.
🔶Ko‘pga kesak otma, ko‘muvsiz
qolasan.
▫️Qora bulutdan tiniq
suv tomar
🔷To‘kilgan to‘lmas, yiqilgan to‘ymas.
©Rejasiz ish,
qolipsiz g‘isht.
🟣Qulochingga qarab, ketmon chop.
✔️Maslahatsiz ish — o‘rinsiz
tashvish.
🔔 Toshqin suvning kechigi ham
bo‘lar.
♦️Gapning hissasi yaxshi,
Yo‘lning — qisqasi.
💭Tubsiz quduq bo‘lmas.
💬Tuyani cho‘mich bilan sug‘orib bo‘lmas
➰Oyni etak bilan yopib bo‘lmas.
🔘Tirik bandada tinim yo‘q.
✔️Yurardan avval yo‘l axtar
Musannif: Xurshid Joʻrayev
@qiziqarli_ona_tili
Amudaryo tumani 56-maktab ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Madina Madaminovna.
Navoiy tavalludiga bag'ishlanadi!
@qiziqarli_ona_tili
❤️Bugun soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiyning 583yillik tavalludi butun dunyo boʻylab nishonlanmoqda!
🫠Shunday buyuk insonning avlodi ekanligimdan faxrlanaman
@qiziqarli_ona_tili
#Milliy_sertifikat
#Yozma_savodxonlik
📚 Esse turlari haqida:
✅ Ijobiy va salbiy esse turi
Masalan: Hozirgi kunda sunʼiy intellektdan foydalanish ommaviylashib bormoqda. Sunʼiy intellektning foyda va zararlari nimada?
✅ Muammo va yechim esse turi
Masalan: Hozir kunda global iqlim isib ketishi dolzarb muammoga aylandi. Buning sabablari nimada hamda bu muammoni qanday bartaraf etish mumkin?
✅ Muhokama (argumentli) esse turi
Masalan: Baʼzi odamlar aytishadiki, bolalarga yoshligidan til oʻrgatish lozim. Vaholanki boshqa odamlar ularning til oʻrganishini keyinroqqa surish, yaʼni katta boʻlganda oʻrganish kerak deyishadi. Ushbu ikki xil fikrni muhokama qiling va oʻz fikringizni bering.
❗️ Hozirgi kunda MS teslarida essening 3-turi ko'p uchramoqda.
@qiziqarli_ona_tili
⚡️⚡️⚡️#Аттестация_2024! #ПЕДАГОГЛАРГА_ЁРДАМ!
Педагогик маҳоратни аниқлаш бўйича ўтказиладиган малака (тест) синовларига тайёрланиш бўйича тавсиялар ва адабиётлар рўйхати
👉/channel/pka_tdi_uz 👈
Murojaatlar uchun: 👉@pkatdi_bot👈
Attestatsiya savollari yangi darsliklardan tuziladi. Qit'a, fard, g'azal tahlili va matn ustida ishlash ham bor ekan
@qiziqarli_ona_tili
⚡️Tegma noziklar o‘qimasin!
Profilingga 3-4 ta "siqilgan" rasmni qo‘yib olib, o‘zingcha hayotdan xafasan. 2-3 ta xatto o‘zing ham tushunmaydigan "chiroyli" gaplarni bilib olib, "aqlli baxtsiz"ni yoqvolasan! Hayotdan adolat kutib yashaysan. Ammo esingdan chiqarma, hayot senga hech narsani va'da qilmagan!
Ijtimoiy tarmoqlarda kayfiyatingning har bir modulini ommaga ko‘rsatib yurishdan biror naf bor deb o‘ylaysanmi? Hh, ular sening kayfiyatingga "tupurib qo‘ygan"! Hammaga o‘zining muammosi qiziq!
O‘zingni omadsiz, jabrdiyda qilib ko‘rsatish o‘rniga (qo‘pol bo‘lsa ham aytaman) ketingni ko‘tar, harakatga tush! Hayotda har bir narsadan hikmat izla! Hattoki, Alloh yozishni qalbimga solgan mana shu postni o‘qib turganingdan ham bir xayr qidir!
O‘zingning yashashga arzirli orzu-maqsadlaring bo‘lmasa, tug‘ilishing sababchilari — ota-onangning orzu-maqsadlarini amalga oshirish uchun yasha! Ular sendan o‘zing o‘ylaganingdan-da ko‘proq narsa kutishlarini va ular kutayotgandan-da ko‘prog‘i qo‘lingdan kelishiga ishonishlarini mendan ham yaxshi bilasan!
Shunday ekan, har kuningni g‘aflatda o‘tkazmoqlikdan voz kech-da, harakatga tush! Bugunoq, yo‘q, yo‘q, hoziroq!
Lekin shu gaplar ham ta'sir qilmasa, BILGANINGNI QIL!
@qiziqarli_ona_tili
Ko'pchilikni qiynaydigan USLUBIY XATOLAR...
2022-yil 10-sinf darslik asosida...
@qiziqarli_ona_tili
Shosholing, esse darslarimiz chorshanba (7-fevraldan) boshlanadi‼️
@qiziqarli_ona_tili
Esse uchun chiroyli iqtibos, maqollar🥂
🔹Qaysi butaga o't tushsa, o'sha buta kuygani kabi...(ko'proq siyosat uchun ishlatsa bo'ladi, faqat o'zini o'ylaydigan amaldorlar)
🔹Gap--boshqa, ish--boshqa deganlaridek...
🔹Axir "dushmanning sovg'asidan qo'rq, mug'ombirning--navhasidan" deb bejizga aytishmagan (qimor o'yini haqida va tekin yolg'onchi sayt-botlar haqida ishlatsa bo'ladi)
🔹Behbudiy: "Yomonlikka yaxshilik er kishining ishidir, yomonlikka yomonlik har kishining ishidir"
🔹Dardingning vaqti o'tsa, tabibdan o'pkalama deyishgan
🔹Hurmat qilsang, hurmat ko'rasan
🔹Oldingdagi ovni ko'rmasang ham, uzoqdagi yovni ko'ra bil (hammaga ham ishonma, shu maqol ruschasini ma'nosi--oldindan ko'rilgan muammo yarim yechilgandir)
@qiziqarli_ona_tili
Esse uchun chiroyli iqtibos, maqol, kirish so'zlar🥂
🔹"Bahorda mehnat qilgan kuzda hosilini oladi" deb bejizga aytishmagan
🔹Zero yaxshilikka yo'g'rilgan har so'zda shifo bordir
🔹Qalbingga ibodatni, ertangi kuningga oxiratni maqsad qilib qo'y
🔹Solih do'st yolg'izlikdan, yolg'izlik yomon do'stdan yaxshiroqdir
🔹Tuya qarisa, bo'tasiga ergashgani kabi...
🔹Ehtiyoting bo'lsa, ehtiyojing bo'lmas
🔹Oy tunda kerak, aql -- kunda
🔹Har kimning tomiga qor yog'sa, o'zi kurardi
🔹Burunni sassiq deb kesib bo'lmagani kabi (masalaning bu yechimi yaxshi emas demoqchi bo'sa)
🔹Uyqu o'rin tanlamas
🔹Oyoq charchasa, tayoq yaragani kabi
🔹Zero kinnachi der: "kasal ko'paysin", go'rkov der: "o'lik ko'paysin"
🔹Oshning ta'mi tuz bilan, suvning ta'mi muz bilan bo'lgani kabi...
🔹Og'riq qayerda bo'lsa, jon o'sha yerda
🔹Ot bo'lmaganda eshak ham ot
🔹Dunyoning kerakligini bozorda bil, oxiratning kerakligini -- mozorda
@qiziqarli_ona_tili
Esse uchun chiroyli iqtibos, maqol, kirish so'zlar🥂
🔹 ... ni takomillashtirish uchun mislsiz ko'nikmalarni egallash imkonini taqdim etadi
🔹(Yosh avlod, tadbirkorlar, ishbilarmonlar) uchun mutlaqo farqli stimullar yaratadi = ko'p imkoniyatlar ochib beradi
🔹Bu (kommunizm, gender tengligi, inson huquqi) bo'yicha durustroq g'oyalar o'ylab topish sari qo'yilgan ilk qadamdir
🔹Dono odam dushmandan ham ko‘p narsa o‘rganadi. (ARISTOFAN)
🔹Terаn dаryо tinch оqаr deganlaridek
🔹Ulug’lik yоshdа emаs, bоshdа.
🔹o'z aql-u zakovati bilan dunyo tamadduniga munosib ulush qo'shgan ... (olim, yozuvchi ismi, ajdodlarimiz)
🔹bu fikr/statistika/manba o'quvchi/insonni mushohadaga chorlaydi
🔹"......" degan fikrlari har bir isnonda iftixor tuyg'usini jo'sh urdiradi
🔹qalbini ma'nan boyitish bilan bir qatorda insonni .....ga undaydi
🔹Xotin aljiydi, el aljiydi deganidek
🔹maqtov osh bilan non bo'lmagani kabi (ququq so'z haqida)
🔹Zero kimning aravasiga chiqsang, o'shaning qo'shig'ini ayt deganlaridek (ikkiyuzlamachilarga ishlatsak bo'ladi)
🔹Yolg'iz yigit yov olmagani kabi (hamjihatlik ustun qo'yilsa)
🔹Axir kerakli toshning og'irligi yo'q deyishadi (foydasi zararidan ustunroq)
🔹Xalqimiz "Zamoning tulki bo'lsa, sen tozi bo'l" deyishgan (holatni o'z foydasiga ishlatish)
Kanalimiz a‘zolari bular faqat sizlar uchun yuklab olishingiz mumkin!
Kanalimizga do'stlaringizni taklif qilishni unutmang...
@qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum, hammaga xayrli kech!
Shoshiling 4 kishi qabul qilinadi❗️
Esse yozishni biz bilan maksimal darajada o‘rganing...
@qiziqarli_ona_tili
💡💡💡SINONIMLAR
✅Bechora: sho‘rlik, boyaqish, aftoda, ojiz, notavon;
✅To‘satdan: qo‘qqisdan, tuyqusdan, favqulodda, daf'atan, ilkisdan, tasodifan;
✅Beqiyos: mislsiz, benihoya;
✅Ishqiboz: shinavanda, muhlis, havaskor, ixlosmand;
✅Juda: bag‘oyatda, g‘oyatda, eng, toza, rosa, biram, chunon, g‘irt, o‘ta, uvvalo, zap;
✅Xuddi: aynan, naq, rosa, g‘irt, qoq, baayni;
✅Dovrug‘: ovoza, dong, nom, shon, shuhrat;
✅Majol: mador,kuch,
✅Suq:ochkòz ,ochofat,
✅Niyat: maqsad, muddao;
✅Fahm-farosat,tamiz,did;
✅Fahm-zehn,idrok, uquv;
✅Dovruq:nom,dong,shon,shuhrat,ovoza;
✅Nola- fiģon, oh-voh, nolish, faryod, afģon, dod;
✅Tez- jadal, ildam, shitob, zud, shaxd;
✅Xat-maktub, noma;
✅Mashģul-band, ovora, andarmon;
✅Kuch-quvvat,mador, majol;
✅Kuch-qurb, qudrat;
✅Dushman- aģyor, yoģiy;
✅Nuqson-ayb, kamchilik, qusur, illat,nuqs;
@qiziqarli_ona_tili
Ijodimga shubha qilsang, xohlagan tomoningdan o'qi...degan joyidan
@qiziqarli_ona_tili
Esse yozishda ko'mak beradigan ba'zi tavsiyalar.
Kanalimizga ulanish
@qiziqarli_ona_tili
So'zlarning munosabat shakl yasovchi qo'shimchalari
📌 Turlovchi qo'shimchalar:
egalik
kelishik
bog'lama
📌 Tuslovchi qo'shimchalar;
Zamon
mayl
shaxs-son
@qiziqarli_ona_tili
Она тили ва адабиёт фани ўқитувчилари учун малака (тест) синовларига тайёрланиш бўйича тавсиялар ва адабиётлар рўйхати
Читать полностью…#attestatsiya
#malaka_toifasi
📣 Joriy yilgi malaka sinovlari uchun zarur adabiyotlar ro‘yxati tasdiqlandi
✅ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori asosida joriy yilning mart-may oylarida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyadan o‘tkazilishidan xabaringiz bor.
✍️ Shu munosabat bilan vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan umumta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazishga doir sinov materiallari ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
❗️Ushbu o‘quv adabiyotlari va sinov materiallari malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.
👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/announces/1470
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
❇️Iboralar va ularning izohlari❇️
aravangni tort – jo‘nab qol, harakat qil;
aravani quruq olib qochmoq – uddalay olmaydigan ish yoki narsa haqida ortiq darajada maqtanmoq;
arpasini xom o‘rmoq – nima yomonlik qilmoq;
baland oxurdam yem yemoq – hayot darajasi, maishati yuqori bo‘lmoq;
boshi osmonga yetmoq – nihoyatda xursand bo‘lmoq;
boshi yostiqqa tegmoq – kasal bo‘lmoq;
boshini aylantirmoq – esankiratmoq;
bo‘yniga olmoq – e’tirof qilmoq, biror holatga rozi bo‘lmoq;
ipidan ignasigacha – butun tafsiloti bilan, mayda-chuydagacha, batafsil;
es-hushini yo‘qotmoq – 1) behush bo‘lmoq; 2) esankiramoq;
gap sotmoq – 1) bo‘lar bo‘lmas, keraksiz gaplarni gapirmoq; 2) gapirmoq, so‘zlamoq;
gullab qo‘ymoq – sirni fosh qilmoq, g‘ayrishuuriy ravishda oshkor qilmoq, sirini aytib qo‘ymoq;
ilon po‘st tashlaydi – chiday olmaslik, toqat qilib tura olmaslik;
ishtahasi karnay – 1) ishtahasi juda yaxshi; 2) xohishi zo‘r;
ichi qora – yomon niyatli, boshqalarga yaxshilikni ravo ko‘rmaydigan;
kavushini to‘g‘rilab qo‘ymoq – haydab yubormoq;
ko‘kka ko‘tarmoq – ortiq darajada maqtamoq;
ko‘kragini yerga bermoq (ko‘kragini zaxga bermoq) – tushkunlikka tushmoq, qiynalmoq, azob chekmoq;
ko‘zi yetdi – ishondi, ishonchi hosil bo‘ldi;
ko‘nglini yozmoq – xafachiligini tarqatmoq;
loy bo‘lmoq – uyatdan mulzam bo‘lmoq, xijolatli ahvolga tushmoq;
me’dasiga tegmoq – 1) yoqmay qolmoq; 2) tanasi qabul qilmay qo‘ymoq;
misi chiqmoq – soxtaligi, yolg‘onligi fosh bo‘lmoq;
oyoq qo‘ymoq – biror ishga kirishmoq;
og‘zi ochilib qolmoq – hayron bo‘lmoq;
og‘ziga tolqon solmoq – mutlaqo gapirmaslik;
og‘zining tanobi qochmoq – juda xursand bo‘lmoq, suyunib ketmoq, iljaymoq;
og‘zi qulog‘iga yetmoq – behad suyunmoq, xursandchiligi tufayli lab-lunjini yig‘ishtirib ololmaslik;
pixini yorgan – o‘taketgan uddaburon, quv;
podadan oldin chang chiqarmoq – ro‘yobga chiqishi aniq bo‘lmagan narsa haqida hovliqib gapirib yubormoq;
po‘stagini qoqmoq – ayovsiz tanqid qilmoq;
qildan qiyiq axtarmoq – deyarli aybi yo‘q odamni faoliyatidan ayb topishga harakat qilmoq;
quloq solmoq –1) eshitib e’tiborini qaratmoq; 2) quloq tutib eshitmoq, tinglamoq; 3) diqqat bilan tinglamoq, uni hisobga olmoq, amal qilmoq;
qulog‘iga tanbur chertmoq – tinglovchining befarqligi, loqaydligidan norozi bo‘lmoq;
qo‘li dard ko‘rmasin – qo‘li gul ijrochiga, o‘z kasbining ustasiga yaxshilik tilab aytiladigan maqtov;
qo‘li egri – o‘zgalarning haqini, mulkini o‘g‘irlaydigan, mayda o‘g‘ri;
qo‘yi mingga yetmoq – behad sevinmoq;
so‘z bermaslik – 1) gapirishga imkon bermaslik; 2) va’da bermaslik;
taqdirga tan bermoq – 1) o‘z qismatiga, ko‘rguliklariga xudoning irodasi, xohishi deb rozi bo‘lmoq; 2) umuman ko‘nikmoq, chidamoq;
tegirmonga tushsa butun chiqadi – har qanday noqulay, yomon holatdan qutulishni yo‘lini topadi;
tepa sochi tikka bo‘lmoq – g‘oyat achchiqlanmoq, g‘azabga kelmoq;
tishini tishiga qo‘ymoq – bor kuch imkoniyati bilan o‘zini tutmoq, chidagan holda tutmoq;
tulki qiziga to‘y berdi – laylakqor yoqqanda, yerda qordan nishona bo‘lmagan holat;
tuyog‘ini shiqillatmoq – jo‘nab qolmoq, yo‘qolmoq, ketmoq; to‘n bichmoq – xulosa qilmoq;
yaxshi ko‘rmoq – 1) biror narsani, kishini yaxshi ko‘rmoq, ma’qul ko‘rmoq; 2) muhabbat qo‘ymoq;
yer bilan yakson qilmoq – yo‘q qilmoq; terisiga sig‘maslik – nihoyatda xursand bo‘lmoq;
yer ostida ilon qimirlasa bilmoq – nihoyatda ziyrak, sezgir;
yerga urmoq – qadrini kamsitmoq, tahqirlamoq;
yerga ursa ko‘kka sapchimoq – o‘taketgansho‘x, o‘taketgan betinim;
yulduzni benarvon uradigan– o‘taketgan olg‘ir;
yuragi orqaga tortmoq – qattiq cho‘chish holatiga tushmoq;
yuragi toza – pok, yuragida kiri yo‘q, birovga yomonlikni ravo ko‘rmaydigan, dili pok, dali-g‘uli;
o‘pkasini cho‘pga ilmoq – shoshilib yurmoq, hovliqmoq (o‘pkasini qo‘ltiqlamoq ko‘rinishida ham qo‘llanadi);
o‘takasi yorilmoq – nihoyatda qo‘rqmoq.
‼️Esse yozishda foydasi tegadi☺️☺️
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum kanalimiz a‘zolari!
Sizlarga aytganimdek, badiiy asarlar bo'yicha savol-javoblarni boshlaymiz...
Avvalo hikoyalardan boshlaymiz‼️
Kanalga sertifikatga tayyorlanayotgan do‘stlaringizni taklif qiling...
@qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum barchaga!
Siz kutgan super yangilik🔊🔊🔊
Bilasizki, Milliy sertifikat imtihonlarida asosiy ball beruvchi ham asosiy muammo ham Essedir! Shu sabab iltimoslarga ko'ra 11-fevraldan esse guruhi tashkil qilyapmiz☑️☑️
Birinchi darsda, avvalo, chat orqali umumiy tushunchalar, nozik jihatlar, yuqori ball olish sirlari o'rgatiladi❕
♻️Esse darslari haftada 3 kun:
Dushanba ✅
Payshanba ✅
Yakshanba✅
Va har bir darsda berilgan mavzuga yozgan esselaringizni o'zim Madina_Madaminovna (Esse ball 22.75 ) tekshirib, tahlil qilib beraman.
Vaqt va imkoniyatni hisobga olgan holda guruhga ko'pi bilan 10ta odam olamiz.❗️❗️❗️
Narxi: 70ming
Murajaat uchun:
@durdona_1505
@qiziqarli_ona_tili
Koʻpchilik sana yozganda quyidagi xatolarga yoʻl qoʻyadi:
1. Sana soʻzini notoʻgʻri qoʻllash
Aksar odamlar sana deganda faqatgina kunning oʻzini tushunar ekan. Menimcha, sana bu – yilning qaysi kuni ekanligi. Yil, kun oy birgalikda sanani tashkil etadi.
2. Sanani xato yozish
Aksar oʻzbeklar sanani kun, oy, yil tartibida yozib qoʻyadi – 29-yanvar 2024-yil tarzida. Bu usul oʻzbek tilining uslubiga xos emas. Oʻzbek tilida sana aytilganda avval yil, keyin kun, keyin oy aytiladi. Shuning uchun 2024-yil 29-yanvar, deya yozish toʻgʻri boʻladi.
3. Sanani xato qisqartirish
Koʻpchilik sanani kun, oy, yil tarzida qisqartirar ekan – 29.01.2024. Bu Britaniya ingliz tilisi yoxud rus tili uslubi hisoblanadi. Ularning ogʻzaki nutqida ham avval kun, keyin oy, keyin yil aytiladi. Qisqartirishlari ham shunga hamohang. 01.29.2024. deya qisqartiradiganlar esa Amerika ingliz tilisi qoidasiga amal qilishlarini bilishmasa kerak.
Oʻzbek tilida avval yil, keyin kun, keyin oy aytilar ekan, qisqartirish ham shunga mos boʻlishi kerak – 2024.29.01. Bunday qisqartirish usuli amalda ekanini Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan 2020-yilda chop etilgan “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qoʻllanmasidan bilib olsa boʻladi. Istalgan hujjat ostiga qoʻyilgan sanan yil, kun, oy tartibida.
Koʻpchilik ona tili darslarida sanani soʻz bilan yozish majburiymi deb soʻraydi, shaxsan men bunday tartibga duch kelmaganman. Oʻqituvchi nimani istasa shuni qilaveradi. Soʻz bilan yozilsin, degan tartib biror hujjatda koʻrsatilmagan. Tavsiya etilgan boʻlishi mumkin (fan xususiyatidan kelib chiqib). Lekin men har doim qisqartmasidan foydalanaman va buni fojia deb hisoblamayman.
Shokir Tursun qarashlari
@qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum barchaga!
Siz kutgan super yangilik🔊🔊🔊
Bilasizki, Milliy sertifikat imtihonlarida asosiy ball beruvchi ham asosiy muammo ham Essedir! Shu sabab iltimoslarga ko'ra 11-fevraldan esse guruhi tashkil qilyapmiz☑️☑️
Birinchi darsda, avvalo, chat orqali umumiy tushunchalar, nozik jihatlar, yuqori ball olish sirlari o'rgatiladi❕
♻️Esse darslari haftada 3 kun:
Dushanba ✅
Payshanba ✅
Yakshanba✅
Va har bir darsda berilgan mavzuga yozgan esselaringizni o'zim Madina_Madaminovna (Esse ball 22.75 ) tekshirib, tahlil qilib beraman.
Vaqt va imkoniyatni hisobga olgan holda guruhga ko'pi bilan 10ta odam olamiz.❗️❗️❗️
Narxi: 70ming
Murajaat uchun:
@durdona_1505
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili