#танқид
Биласизми, бизда нимага кўп топшириқларни пастдаги ходимлар тамоман тескарисини қилади? Аслида, бу масаланинг кўп сабаблари бор, лекин энг асосийларидан биттаси орада ўртакашларнинг кўплигида.
Масалан, вазир ўринбосарига айтади, ўринбосар ёрдамчига, ёрдамчи бошқарма бошлиғига, бошлиқ ўринбосарига, ўринбосар бўлим бошлиғига, бошлиқ ҳам ўринбосарига, ўринбосар бош мутахассисга...
Битта топшириқ тепадан пастга камида 15 та мияда айланиб келади. Бунинг натижасини эса видеодан билиб олишингиз мумкин...
Нишонига тегадиган гаплар фақат бизда: @nishondagi_gaplar_tegadi
— Устоз, пулимни қаерга беркитсам ҳеч ким топа олмайдиди?
— Китоблар ичига беркит иним.
— Китоблар ичига?
— Ҳа, хотиржам бўл, одамлар китоб очиб ўқишдан қўрқиб қолишган...
Ана шундайлар турига кириб қолмайлик яхшилар... Ассалому алайкум!
Urra! 5555 ta bo‘ldik!
In shaa Alloh kanalimiz bundan-da rivojlanadi:)
Kanalimiz orqali nimadir o'rganayotgan yoki bilimingizni mustahkamlayotgan bo‘lsangiz bo'ldi, bizga aynan shu kerak☺️☺️
Alloh barchamizning ilmimizni ziyoda qilsin🤲
@qiziqarli_ona_tili
B
BAD — BA’D
Bad — yomon, yaramas.
Ba’d — keyin, so‘ng.
BADNAFAS — BADNAFS
Badnafas — nafasi sovuq.
Badnafs — nafsi buzuq.
BAKOR — BEKOR
Bakor — koriga yaramoq.
Bekor — ishsiz.
BAZUR — BAZO‘R
Bazur — bahuzur, bemalol.
Bazo‘r — zo‘rg‘a, arang, zo‘r bilan.
BAYON — BOYON
Bayon — biror voqea yoki hodisani ifodalab berish. Bayon yozish. Bayon qilmoq.
Boyon — boylar.
BAK — BARG
Bak — suv, umuman, suyuqlik solinadigan idish.
Barg — o‘simliklar yaprog‘i.
BAL — BALL
Bal — katta bazm, raqs kechasi.
Ball — biror hodisa, yer qimirlash, shamol kabilarning, shuningdek, o‘quvchilarning bilim darajasini va xulqi
raqam bilan ko‘rsatadigan baho.
BANDA — BANDI
Banda — din. qul, odam.
Bandi — asirlikka tushgan, tutqun. Bandi qilib olmoq. Bandi bo‘lmoq.
BANK — BANKA
Bank — davlat pul mablag‘larini to‘playdigan va taqsimlaydigan muassasa.
Banka — metall yoki shishadan yasaltan silindrik idish. Shisha banka. Tunuka banka.
BANT — BAND
Bant — sochga taqiladigan lenta.
Band — biror ish bilan mashg‘ul, modda, paragraf.
BARDA — BARDI
Barda — pivo, aroq pishirganda chiqadigan quyqa, to‘pon. Barda mollar uchun to‘yimli ozuqadir.
Bardi — uzun bargining ikki cheti arrasimon bo‘lib o‘sadigan ko‘p yillik yovvoyi o‘simlik, qiyoq o‘t.
BARMOQ — BORMOQ
Barmoq — a’zo.
Bormoq — borish.
BЕTON — BIDON
Beton — sement, suv, shag‘al qorishmasi va shu qorishmadan quyiladigan fundament, devor va shu kabilar.
Bidon — sut, suv va boshqa suyuqliklar saqlanadigan qopqoqli tuynukli idish.
BIKIR — BIKR
Bikir — pishiq, baquvvat.
Bikr — iffatli, bokira.
BOB — BOP
Bob — asarning bir qismi, bo‘lagi, bo‘limi.
Bop — mos, munosib.
BOD — BOT
Bod — med. revmatizm.
Bot — tez, tez-tez; ko‘p vaqt o‘tmay.
BORLIK — BORLIQ
Borlik — bor bo‘lish, mavjudlik. Otabek shu odamning yurak dardi borligini birinchi bilardi
Borliq — olam, dunyo.
BOSHIDA — BOSHDA
Boshida — oldida.
Boshda — avval, daslab.
BOG‘LIQ — BOG‘LI
Bog‘liq — bog‘langan.
Bog‘li — bog‘i bor.
BURJ — BURCH
Burj — esk. Yulduzlar turkumi, to‘dasi. O‘n ikka burj.
Burch — vazifa, iftixor.
BURUL — BURIL
Burul — xotdor, ko‘kish.
Buril — burilmoq.
BUROV — BIROV
Burov – burish.
Birov – kimdir.
BUT — BUD
But — to‘liq bekami ko‘st.
Bud — bor-yo‘q narsa.
BURISH — BURUSH
Burish — burmoq fe’lidan, harakatni bildiradigan ish oti.
Burush — yuzdagi ajin, tirish.
BURG‘U — BURGI
Burg‘u — qadimgi cholg‘u asbobi.
Burgi — parma.
BUYUK — BUYUQ
Buyuk — ulkan, katta.
Buyuq — esk. qattiq sovuq, izg‘irin.
BUQ’A — BUQA
Buq’a — madrasadagi.
Buqa — yosh erkak qoramol.
BO‘YICHA — BO‘YINCHA
Bo‘yicha — ko‘ra, binoan.
Bo‘yincha — arava qo‘shilganda otning bo‘yniga osiladigan asbob
@qiziqarli_ona_tili
ALIMЕNT — ELЕMЕNT
Aliment — o‘zidan ajralgan xotiniga (sag‘ir, balog‘atga yetmagan bolalari uchun) yoki mehnatga yaroqsiz
oila a’zolariga, yoxud xotin tomonidan ilgarigi eriga qonun asosida to‘lab turiladigan nafaqa.
Element — xim. Oddiy vositalar bilan bo‘lib bo‘lmaydigan modda.
ALO — A’LO
Alo — ustiga: Nur alo nur.
A’lo — eng yaxshi, ajoyib.
ALPOZ — ALFOZ
Alpoz — vaziyat, ahvol, holat.
Alfoz — esk. so‘zlashuvdagi ibora.
AMIR — AMR
Amir — Sharqning ayrim musulmon mamlakatlarida xonlik yoki podsholik unvoni va shu unvon egasi.
Amr — buyruq, farmon, farmoyish.
ANONIM — OMONIM
Anonim — nomsiz, imzo qo‘yilmagan. Anonim xat.
Omonim — shakl jihatdan bir va mazmun jihatdan turlicha bo‘lgan so‘z.
ANGAR — ANGOR
Angar — dial.: ekin maydoni, ekinzor, dala.
Angor — aft-angor, bashara, qiyofa.
ANQO — ANQOV
Anqo — afsonaviy qush.
Anqov — ovsar.
ARIQ — ORIQ
Ariq — maxsus suv yo‘li.
Oriq— ozib ketgan, ozg‘in, eti qochgan.
ARKON —ARQON
Arkon — esk. ustun, tayanch, suyanchiq; atoqli arbob; arkoni davlat — davlat arboblari.
Arqon — odatda kanop o‘simligidan yoki turli ip, junlardan pishitilib, eshiladigan yo‘g‘on chilvir.
ARPA — ARFA
Arpa — bug‘doysimon g‘alla o‘simligi va uning hosili.
Arfa — uch burchak shaklidagi nohin bilan chalinadigan musiqa asbobi.
ARTIKL — ARTIKUL
Artikl — ba’zi tillarda ot oldidan qo‘llanadigan grammatik ko‘rsatkich.
Artikul — mahsulot yoki tovarning xili, turi, tipi.
ARTISH — ARCHISH
Artish — tozalash.
Archish — po‘slog‘ini olmoq.
ASIL — ASL
Asil — haqiqiy, tabiiy.
Asl — biror narsaning asosi, asos. Asl nusxa.
ASIR — ASR
Asir — asirlikka tushgan odam, tutqun.
Asr — yuz yillik.
ATO — OTA
Ato — in’om, sovg‘a.
Ota — farzandli er kishi.
ATOQLI — OTOQLI
Atoqli — atoqli ot — gram. biror predmetga maxsus quyilgan nom.
Otoqli — dong taratgan, ko‘zg‘a ko‘ringan, mashhur. Otoqli olim.
@qiziqarli_ona_tili
Barchasi sizlar uchun...
Kanalimiz linkini do‘stlaringizga ulashishni unutmang, zeroki boshqalar ham bilimga ega bo'lishsin☺️☺️☺️
@qiziqarli_ona_tili
O'tilgan mavzu bo'yicha. Ba'zi nisbat qo'shimchalarining shakldoshligi:
-dir:
1. Nisbat--> Bolaga ovqat ye+dir.
2. Bog'lama--> Na+dir millat qudratining tamadduni?
3. Gumon olmoshi--> Nelardan+dir ko'ngil bo'lib g'ash...
4. Gumon yuklamasi--> Urug'+ing+dir, aymog'+ing+dir, biror og'zi maymog'+ing+dir
-ar:
1. Zamon —> daryo oq+ar
2. Sifatdosh —> oq+ar daryo
3. Orttirma nisbat —> Uni fikridan qayt+ar+di+m
4. Fe'l yasovchi —> Devor oq+ar+di
-t:
1. Orttirma nisbat:--> Bolani o'yin+a+t.
2. Fe'l yasaydi--> Idishni suv bilan to'l+a+t
-ir:
1. Fe'l yasovchi: Bo'ladigan gapdan gap+ir.
2. Nisbat: Seni qoch+ir+ish shart emas.
@qiziqarli_ona_tili
⚡️ 2024-yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
✅ 2024-yil fevral-may oylarida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.
📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.
📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891
❕ Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.
@qiziqarli_ona_tili
S I N T A K S I S :
🌸 K E S I M 🌸
‼️Kesim doim gapning oxirida keladi (she’riyatda ba’zan joyi o’zgarishi mumkin) va uning tagiga ikki chiziq chiziladi;
‼️Kesim ifodalanishiga ko’ra ikki xil:
✅1) Fe’l kesim
✅2) Ot kesim
‼️Fe'l kesim 2 xil ifodalanadi:
✅1) SOF FE’L bilan.
✅2) RAVISHDOSH (-guncha) bilan.
‼️Ot kesim qolgan barcha so’z turkumlar, sifatdosh va harakat nomi bilan ham ifodalanadi.
‼️Kesim tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi:
✅1) Sodda kesim
✅ 2) Murakkab kesim
‼️Murakkab fe’l kesim 2 xil ifodalanadi:
✅1) Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi bilan
✅2) Fe’l bo’lgan iboralar bilan
✅ 3) Qoshma fellar
‼️Murakkab ot kesim 5 xil ifodalanadi:
✅1) ot (fe’l bo’lmagan so’z) +edi/ekan/emish
✅2) bo’lmoq, hisoblanmoq, sanalmoq
✅3) harakat nomi +kerak/lozim/zarur/shart
✅4) Fe’l bo’lmagan ibora
✅5) Sifatdosh + edi/ekan/emish/emas bilan
‼️Ega va kesim o’rtasida tire qo’yiladi, agar:
✅1) Kesimlik qo’shimchasi (-man, -san, -dir) bo’lmasa
✅2) Ega ko’rsatish olmoshi (u, bu, mana shu) bilan ifodalansa Ega va kesim o’rtasida tire qo’yilmaydi:
✅1) ega kesim orasida ham yuklamasi bo’lsa
✅3) kesim sifat, ravish, tartib son bo’lsa
@qiziqarli_ona_tili
❇️HOZIRGI YOSHLAR UCHUN LUG‘AT❇️
❗️Quyida menga deyarli har kuni keladigan xabarlardagi imloviy xato so‘zlarni imlo qoidasiga muvofiq ishlatiladigan asli bilan e'tiboringizga havola qilyapman. Ushbu lug‘atdagi qaysi so‘zni xato ishlatayotgan bo‘lsangiz, to‘g‘ri yoziladiganini bilib olib, bundan keyin xatosiz yozishga odatlaning! Onamizni hurmat qilib, aytganiga kiramiz, Til ham onamiz-ku!..
❗️Izoh: Quyida birinchi xato so‘zlar, keyin ularning to‘g‘ri variantni berildi.
🔹assalom-u ale(y)kum — assalomu alaykum (undov so‘z)
🔹axa — aha (undov so‘z)
🔹xa — ha (tasdiq so‘z)
🔹hop, hup, ho‘p, xop, xup — xo‘p (tasdiq so‘z)
🔹raxmat — rahmat (undov so‘z)
🔹hudo — Xudo (doim bosh harfda yozing)
🔹Allox, Ollox — Alloh, Olloh (doim bosh harfda yozing)
🔹hohlasa, hoxlasa, xoxlasa — xohlasa (fe'l)
🔹hop (xop, hup, xup) boladi (buladi) — xo‘p bo‘ladi (undov so‘z)
🔹uzur — uzr (ot)
🔹yahshi, yahwi, yaxwi — yaxshi (sifat; undov so‘z)
🔹kup, kop — ko‘p (ravish)
🔹tugri, tug‘ri — to‘g‘ri (sifat; modal)
🔹hom — xom (sifat)
🔹hijolat — xijolat (sifat)
🔹aqilli — aqlli (sifat)
🔹ona-tili va adabiyot(i) — ona tili va adabiyot (ot)
🔹taxlil — tahlil (ot)
🔹umur — umr (ot)
🔹xam — ham (yuklama)
🔹xamma — hamma (olmosh)
🔹hayr — xayr (undov so‘z)
🔹hayrli (hayirli) — xayrli (sifat)
🔹xozir — hozir (ravish; sifat)
🔹boldi — bo‘ldi (fe'l)
🔹hato — xato (ot)
🔹tushinarli — tushunarli (sifat)
🔹ruhsat — ruxsat (ot)
🔹maslaxat — maslahat (ot)
🔹tahmin — taxmin (ot)
🔹chunaman — tushunaman (fe'l)
🔹axmoq — ahmoq (sifat)
🔹gurux — guruh (ot)
🔹xayot — hayot (ot)
🔹hayol — xayol (ot)
🔹hulq — xulq (ot)
🔹halq — xalq (ot)
🔹hush kelibsiz — xush kelibsiz (undov so‘z)
🔹muhlis — muxlis (ot)
🔹yuq, yoq — yo‘q (modal so‘z; inkor so‘z)
🔹repititor — repetitor (ot)
🔹to‘g‘irlamoq — to‘g‘rilamoq (fe'l)
🔹baht — baxt (ot)
🔹iloxim, illoxim — ilohim (undov so‘z)
🔹hursand, hursan — xursand (sifat)
🔹zor, zur — zo‘r (sifat)
🔹oqimiz, uqi(y)miz — o‘qiymiz (fe'l)
🔹osha, owa — o‘sha (olmosh)
🔹fikir — fikr (ot)
🔹xarakat — harakat (ot)
🔹hol — xol (ot)
🔹holos — xolos (yuklama)
🔹jovob — javob (ot)
🔹baxona, boxona — bahona (ot)
🔹uhlamoq — uxlamoq (fe'l)
🔹xaqiqat(an) — haqiqat(an) (modal so‘z)
🔹maxalla — mahalla (ot)
🔹sog buling (boling) — sog‘ bo‘ling (fe'l)
@qiziqarli_ona_tili
📚2. QO'SHMA FE'LLAR
▪️ Ikki asosdan tashkil topgan fe'llar QO'SHMA FE'LLAR deyiladi.
▪️ Qo'shma fe'llarning tarkibiga ko'ra ikki turi mavjud:
1. Fe'l bo'lmagan so'z + fe'l shaklidagi qo'shma fe'llar.
Masalan:
▪️ Ot+fe'l: havas qilmoq, taklif qilmoq
▪️ Sifat+fe'l: norozi bo'lmoq, yaxshi ko'rmoq
▪️ Taqlid so'z+fe'l: chirs etmoq, taq etmoq
▪️ Undov so'z+fe'l: oh urmoq, dod solmoq
2. Fe'l + fe'l shaklidagi qo'shma fe'llar.
Masalan: olib bermoq, sotib olmoq, kelib ketmoq...
▪️ Bunday qo'shma fe'llarning ikkinchi qismi o'z ma'nosida qo'llanmaganda (atash ma'nosini yo'qotganda) ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi hosil bo'ladi.
Masalan: o'qib chiqdi (o'qidi, lekin chiqmadi, yig'lab yubordi (yig'ladi, lekin yubormadi).
▪️ Qo'shma fe'llar quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Asoslari hamisha ajratib yoziladi.
2. Bitta so'roqqa javob bo'ladi.
3. Ikki asosdan iborat bo'ladi.
4. Bitta sintaktik vazifa bajaradi.
5. Ikkala asosi ham ma'no mustaqilligiga ega bo'ladi.
6. Asoslari orasida boshqa so'z va qo'shimchalarni qo'llab bo'lmaydi.
7. Asoslari bitta urg'uga ega bo'ladi.
@qiziqarli_ona_tili
❇️Orttirma nisbat haqida❇️
🔰-sat qo'shimchasi faqat ko'rmoq fe'ligagina qo'shiladi.
🔰-ir shakli (-t) (-ch) (-sh) undoshi bilan tugagan fe'llargagina qo'shiladi.
🔰-iz shakli (-q) (-m)undoshi bilan tugagan fe'llargagina qo'shiladi.
🔰-t shakli (-r) (-y) undoshi bilan tugagan fe'llardan keyin ham kela oladi.
🔰-dir qo'shimchasi esa jarangli undosh bilan tugagan bir bo'g'inli fe'llarga qo'shiladi: kuldir, yozdir
‼️Ba'zan fe'l asosiga orttirma nisbat hosil qiluvchi birdan ortiq qo'shimchalar qo'shilishi mumkin: o'qit- o'qittir-o'qitkiz
(Bunday👆holatda orttirma nisbat ma'nosi kuchayadi)
‼️solishtirmoq, surishtirmoq, yig'ishtirmoq fe'llari orttirma nisbat shaklida emas, aniq nisbatda.
@qiziqarli_ona_tili
Titul varaq.
Bòyashni mashq qilamiz.
So'raganlar uchun maxsus...🔥
@qiziqarli_ona_tili
"O'zbeklar" hikoyasi savol-javob:
1. Paxtaga qayerga boradi?
Bo‘ka rayoniga✅
2. Novcha, oriq, 3 yil universitetga kirolmagan obraz kim?
O'rmon✅
3. Kim nuqul Remark bilan Xemingueyni o‘qib: "Bizning yozuvchilarimiz yolg‘onchi",-deb yurardi?
Komsorg Azimjon✅
4. Qoraqalpoq kursdoshi kim?
Saparboy✅
5. Bostirma deb o‘ylagan uychaning oldida nima tikilgan?
O‘rmak✅
6. Oyog‘ida eski kirza etik, uzun sochlari uchida sochbog‘, rangi o‘ngib ketgan ko'ylagi g‘ijim obraz oilasida nechta jon bo'ladi?
3 jon✅
7. Uyat ..... qattiq?
O‘limdan✅
8. Medpunktlaring markazda ekan. Bu yer .....
Kamchatka✅
9. Tomoqqa bog'lashga dori sifatida nima beradi?
Ituzum✅
10. Bobosi nima uchun "xalq dushmani" deb otilib ketgan?
Bosmachilarning otlariga xashak bergani uchun✅
11. 11 qursoqni boqaman, deb umrini toq o'tkazgan obraz tildan tersak chiqsa qanday davolardi?
Gulbo‘tani quritib-ezib, kukunini separdi✅
12. Nozik, xayolparast odamlarni nima deb atash o‘shandan rasm bo‘la boshlagan edi?
"Shoir" deb atash✅
13. Nimani yorib yesangiz mazasi tilni yoradi?
Tuynak✅
14. Aft-basharasi kir, telpagining qulog‘i peshonasiga tushgan 10-11 yoshlardagi bolakay kimning o‘g‘li edi?
Botir cho‘ponni✅
15. Kimning ordeni bor, lekin qo‘ylari kam?
Eshimboyning✅
16. 10-11 yoshlardagi bolakayning ukasi nima uchun o‘ladi?
Chala tug‘ilganligi uchun✅
17. Bitta gektarchi karis 6ta kuchukni sotib olib ketgandi deb aytgan obrazning ismi nima?
Abduqodir ✅
18. Abduqodirda qaysi kitob bor va uni kim tashlab ketgan?
"Robinzon Kruzo" o‘tgan yili bitta Felsher tashlab ketgan.
19. Botir cho‘pon oshga chaqirganida ular nechtaligini aytadi?
20ta✅
20. O'zbekning odati shu-da: ... qanday odat haqida so‘z ketgan?
Bolamga bo‘lsin deydi✅
21. Bir kilo paxtaga qancha pul to'lashadi?
10 tiyin✅
22. "Rais" degan laqabi bor, o‘zi ehtiyotkor, "qirqoyoq kiradi", deb kechasi qulog‘iga paxta tiqib yotadigan obraz kim?
Mirzag‘olib✅
23. Qo‘zini qayerdan topganligini aytadi?
Shodito‘qaydan✅
24. Hikoya kimning tilidan aytiladi?
Ergashvoy✅
Kamina kanal adminkasi tomonidan Shukur Xolmirzayevning "O‘zbeklar" hikoyasidan tuzilgan savol-javoblar...
#Milliy_sertifikat
#Yozma_savodxonlik
📚 Esse turlari haqida:
✅ Ijobiy va salbiy esse turi
Masalan: Hozirgi kunda sunʼiy intellektdan foydalanish ommaviylashib bormoqda. Sunʼiy intellektning foyda va zararlari nimada?
✅ Muammo va yechim esse turi
Masalan: Hozir kunda global iqlim isib ketishi dolzarb muammoga aylandi. Buning sabablari nimada hamda bu muammoni qanday bartaraf etish mumkin?
✅ Muhokama (argumentli) esse turi
Masalan: Baʼzi odamlar aytishadiki, bolalarga yoshligidan til oʻrgatish lozim. Vaholanki boshqa odamlar ularning til oʻrganishini keyinroqqa surish, yaʼni katta boʻlganda oʻrganish kerak deyishadi. Ushbu ikki xil fikrni muhokama qiling va oʻz fikringizni bering.
❗️ Hozirgi kunda MS teslarida essening 3-turi ko'p uchramoqda.
@qiziqarli_ona_tili
I
IJOBIY — IJODIY
Ijobiy — yaxshi, durust, ma’qul.
Ijodiy — ijodga oid. Ijodiy ish baholandi.
ILIK — ILK
Ilik — ichida yog‘i bo‘lgan suyak. Ilikni qoqib yemoq.
Ilk — dastlabki, boshlang‘ich. Ilk ijod. Ilk bahor.
INDAMOQ — UNDAMOQ
Indamoq — ovoz chiqarmaslik, gap ochmaslik.
Undamoq — biror narsaga da’vat etmoq.
J
JAZLIK — JAZLIQ
Jazlik — bir ovqatga loyiq jaz.
Jazliq — odatda to‘qim tagiga solinadigan namat-taglik (ot asbobi).
JAYRON — JIYRON
Jayron — kiyikning bir turi.
Jiyron — qizg‘ish tusli ot.
JODI — JODU
Jodi — beda, makkajo‘xori kabilarning poyasini maydalaydigan qo‘l asbobi.
Jodu — sehrli, afsunkor, fusunkor, maftun qiladigan.
JO — JOY
Jo — dilga jo qilmoq, ko‘ngilga joylashtirmoq
Joy — biror narsa joylashadigan makon, o‘rin.
JUDA — JUDO
Juda — nihoyatda, eng.
Judo — biror narsa yoki kimsasidan ayrilmoq ayirmoq, judo bo‘lmoq. Judo qilmoq.
@qiziqarli_ona_tili
Ikkinchi hikoya.
Shukur Xolmirzayev "Ot egasi" hikoyasi
👉@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
Bugun ko'pchilikni chalg'itib qo'yadigan -ar qo'shimchasi haqida biroz gaplashamiz
a) -ar qo'shimchasi fe'l so'z turkumiga oid bo'lgan so'zga qo'shilib, hali amalga oshmagan harakatni ifodalasa, u holda kelasi zamon shakli:
Balki, u bugun biznikiga kelar.
b) -ar qo'shimchasi boshqa so'z turkumlaridan fe'l hosil qilsa, u holda so'z yasovchi qo'shimcha:
Qishda bog'imizdagi daraxtlar oqardi.
c) -ar qo'shimchasi fe'l so'z turkumidagi so'zga qo'shilib, bajaruvchi ta'siri bilan boshqa bir shaxs yoki narsa tomonidan bajarilgan harakat va holatni ifodalasa, orttirma nisbat shakli hisoblanadi:
Anvar, ukangni qaytar.
d) -ar qo'shimchasi fe'l so'z turkumiga oid bo'lgan so'zni sifatga xoslab kelsa, unda sifatdosh shakli hisoblanadi:
Ko'rar ko'zim o'zingsan, bolam.
@qiziqarli_ona_tili
Harakat nomi va birgalik nisbatning farqlash
Fe'lning otga xoslangan shakli bo'lgam harakat nomi -sh, -ish, -v, -uv, -moq qo'shimchalari yordamida hosil qilinadi.
Harakat-holat jarayonida bajaruvchining qay darajada ishtirok etishini ifodalovchi nisbat shakllaridan biri birgalik nisbatdir. U harakat-holatni bajaruvchilari birdan ortiq ekanligini ifodalaydi va -sh, -ish qo'shimchalari orqali hosil qilinadi.
Demak, nisbat va harakat nomi shakllari -sh, -ish qo'shimchalari orqali hosil qilingan shakliy jihatdan bir-biriga o'xshab qoladi. Lekin grammatik ma'no baribir ularni farqlab beradi.
Ma'lumki, harakat nomi fe'l vazifa shakllari orasida zamon, shaxs-son va maylni ko'rsatmaydigan yagona vazifa shakl hisoblanadi. Ya'ni harakat nomiga zamon, shaxs-son va mayl qo'shimchalari qo'shilmaydi. U ismlar tarkibiga kirgani uchun ismning munosabat shakllari kelishik va egalik shakllari orqali grammatik ma'no kasb etadi.
Birgalik nisbat shaklida esa xususiyat mavjud emas. Ya'ni bu shakl zamon, shaxs-son va mayl qo'shimchalarini qabul qila oladi.
Xulosa: qachonki -sh, -ish qo'shimchalari orqali hosil qilingan so'zni harakat nomi yoki birgalik nisbatdagi fe'l ekanligi bilmayotganimizda, shu qo'shimchalardan keyin qo'shilayotgan shakllarga e'tibor berishimiz kerak. Agar -sh, -ishdan keyin egalik va kelishik shakllari kelsa, bu harakat nomi; agar -sh, -ishdan keyin zamon, shaxs-son va mayl shakllari kelsa, bu birgalik nisbatdagi fe'l hisoblanadi.
Misol uchun:
• O'qishning foydalari ko'p. (harakat nomi)
• Bolalar kitobni birga o'qishdi. (birgalik nisbat)
@qiziqarli_ona_tili
#Juda_kerakli
🔷Fe"lning zamon shakllari🔷
❇️Hozirgi zamon❇️
✅Harakat-holatning gap aytilayotgan paytda sodir bo’layotganini ifodalovchi fe’l shakli hozirgi zamon shakli deyiladi .
Hozirgi zamon shakli fe’l asosiga –moqda , -yotir(-ayotir) , -yap , -yotib(-ayotib) kabi qo’shimchalarini qo’shish orqali hosil qilinadi .
🔷Men o’qi+moqda+man (yoz+moqda+man)
Biz o’qi+moqda+miz (yoz+moqda+miz)
🔷Sen o’qi+moqda+san (yoz+moqda+san)
Siz o’qi+moqda+siz (yoz+moqda+siz)
🔷U o’qi+moqda+0 (yoz+moqda+0 )
Ular o’qi+moqda+0 (yoz+moqda+0 )
🔷Men o’qi+yotir+man (yoz+ayotir+man)
Biz o’qi+yotir+miz (yoz+ayotir+miz)
🔷Sen o’qi+yotir+san (yoz+ayotir+san)
Siz o’qi+yotir+siz (yoz+ayotir+siz)
🔷U o’qi+yotir+0 (yoz+ayotir+0 )
Ular o’qi+yotir (yoz+ayotir+0 )
🔷Men o’qi+yap+man (yoz+yap+man)
Biz o’qi+yap+miz (yoz+yap+miz)
🔷Sen o’qi+yap+san (yoz+yap+san)
Siz o’qi+yap+siz (yoz+yap+siz)
🔷U o’qi+yap+ti (yoz+yap+ti)
Ular o’qi+yap+ti (yoz+yap+ti)
🔷Men o’qi+yotib+man (yoz+ayotib+man)
Biz o’qi+yotib+miz (yoz+ayotib+miz)
🔷Sen o’qi+yotib+san (yoz+ayotib+san)
Siz o’qi+yotib+siz (yoz+ayotib+siz)
🔷U o’qi+yotib+di (yoz+ayotib+di)
Ular o’qi+yotib+di (yoz+ayotib+di)
💢Diqqat!!! Hozirgi zamon qo’shimchasi undosh bilan tugagan fe’l asoslariga qo’shilib –ayap holida talaffuz qilinsa ham , hamma vaqt –yap shaklida yoziladi : bor+ayap+man(bor+yap+man) , kel+ayap+ti(kel+yap+ti)
♨️Diqqat!!! O’zbek tilidagi to’rtta fe’l (yot , tur , o’tir , yur ) -ib(-b) o’tgan zamon qo’shimchasi bilan qo’llansa ham , hozirgi zamon davom ma’nosini ifodalashi mumkin .
Darvoza oldida katta it yot+ib+di . Ikki kishi ko’chada tur+ib+di . Ular bekatda o’tir+ib+di . Tashqarida kimdir yur+ib+di .
@qiziqarli_ona_tili
📚 FE'LLARNING TUZILISHIGA KO'RA TURLARI
1. SODDA FE'LLAR
▪️ Birgina asosdan tashkil topgan fe'llar SODDA FE'LLAR deyiladi: yugurmoq, pasaymoq, kiyinmoq.
▪️ Sodda fe'llar tub va yasama bo'ladi.
▪️ Sodda tub fe'llar birgina asosdan iborat bo'ladi, tarkibida shakl yasovchi qo'shimcha bo'lishi mumkin, lekin fe'l yasovchi qo'shimcha bo'lmaydi, asosi hamisha fe'l bo'ladi.
Masalan: so'ra+ma+di+k, ayt, kiy+in+tir+ish+di.
▪️ Sodda yasama fe'llar birgina asosdan iborat bo'ladi, tarkibida shakl yasovchi qo'shimcha va fe'l yasovchi qo'shimcha bo'ladi. Asosi hech qachon fe'l bo'lmaydi.
Masalan: Gul+la+di, salom+lash+moqchi+man.
▪️ Sodda tub fe'llar asos holatda harakat-holatni anglatadi, sodda yasama fe'llar esa asos holatida harakat-holatni anglata olmaydi.
@qiziqarli_ona_tili
✨❀ ✨SO‘Z BIRIKMALARI TASNIFI ✨❀ ✨
💥So‘z birikmalari hokim so'zning ifodalanishiga ko'ra otli so‘z birikmalari va fe’lli so‘z birikmalariga bo‘linadi.
💥Otli birikmalarda - hokim so‘z ot va otlashgan so‘zlar, harakat nomi bilan ifodalanadi.
💥Otli birikmalarda hokim so‘zning ifodalanishi: baland bino, asalday shirin, intizomda birinchi, bolalarning hammasi, mеnda ko‘p, sеnga kеrak.
• OT bilan – go'zal o‘lka, shahar ko‘chalari, maktab bolalari, fakultet o‘qituvchilari.
• SIFAT bilan - asalning shirini, talabalarning a’lochisi, hammadan katta
• OLMOSH bilan – qizlarning har biri, o'tirganlarning hammasi, shularning barchasi.
• SON bilan – olmaning yarmi, topshiriqning uchdan biri, talabalarning uchtasi...
• TAQLID SO‘Z bilan – shamolning g'uv-g'uvi, mashinaning pat-pati, yulduzning yalt-yulti
• HARAKAT NOMI bilan: maktabda o‘qish, piyoda yurish, ko'chada sayr qilish
🔰Fe’lli birikmada – hokim so‘z fe’lning vazifa shakllari (sof fe’l, sifatdosh, ravishdosh) shakllari bilan ifodalanadi: kitobni o‘qish , ishni bajarib, tеz kеlgan, daftarga yozmoq
• SOF FE’L bilan – daftarga yozmoq, stulda o‘tirmoq, o'rnidan turmoq
• RAVISHDOSH bilan – tez-tez yurib, darsdan qaytguncha, ko'chada yura-yura
• SIFATDOSH bilan – mehnatda sinalgan, oftobda toblangan, umid bilan yashayotgan
⛔️Eslatma⛔️
🔰Tobe so‘zning qanday sintaktik vazifada kеlayotganligiga ko‘ra so‘z birikmasi uchga bo‘linadi:
• ANIQLOVCHILI birikma: qizil qalam, ukamning daftari;
• TO‘LDIRUVCHILI birikma: kitobni o‘qimoq, qalam bilan yozmoq;
• HOLLI birikma: tеz kеlmoq, yurakdan kuylamoq;
@qiziqarli_ona_tili