qiziqarli_ona_tili | Unsorted

Telegram-канал qiziqarli_ona_tili - Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

6897

Ilk bor Milliy sertifikat joriy qilingan paytdayoq Sertifikat olganman! 4yil ichida oliy toifali ustoz bo'lganman. 500dan ortiq shogirdlarimning sertifikat va toifa olishlariga sababchi bo'lganman. Yoshim 29da. Murojaat uchun: @Madaminovna_Madina

Subscribe to a channel

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

📹 Hijo turlari

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

#tuningiz_osuda o'tsin!

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

ARUZ VAZNI 8-asrda arab adabiyotida paydo bo'lgan she'riy tizim, asoschisi - arab musiqashunos va adabiyotshunos olimi Xalil ibn Ahmad. Aruz so'zining ko'p ma'nolari bor. Alisher Navoiy "Mezon ul-avzon" asarida aruz so'zi Xalil ibn Ahmad yashagan joy yaqinidagi vodiy, voha nomidan olinganligini bayon qilgan.

9-asr boshlaridan fors-tojik adabiyotida, 11-asrdan esa turkiy adabiyotda faol qo'llanila boshlangan.

✅ ARUZ VAZNI QISQA VA CHO'ZIQ BO'G'IN (HIJO)LARNING SHE'R MISRALARIDA MUAYYAN TARZDA GURUH BO'LIB TAKRORLANISHIGA ASOSLANADI

.

Aruz vaznini o'rganish uchun quyidagi tushunchalarning ma'nolarini bilib olish lozim: hijo, bahr, rukn, taqte', vasl hodisasi.

✔️ Hijo - aynan bo'g'in.

Aruz vaznida 3 xil hijo bor:
1⃣ CHO'ZIQ HIJO. Matnda "-" belgisi bilan ifodalanadi. Cho'ziq hijo quyidagicha hosil qilinadi.
📌 yopiq bo'g'in orqali ifodalanuvchi cho'ziq hijo. Bunday hijolar yopiq bo'g'in bilan, ya'ni oxiri undosh tovush bilan tugagan barcha so'zlarga tegishli: mak-tab, daf-tar, men, el, goh kabi so'zlar kelsa, hech ikkilanmasdan "-" belgisi bilan ko'rsatish mumkin.
📌 ochiq bo'g'in bilan ifodalanuvchi cho'ziq hijo. Bunday hijoni cho'ziq unlilar hosil qiladi. Bilamizki, tilimizda 6 ta unli tovush bo'lib, ularning cho'ziq yoki qisqaligi so'zlarni talaffuz qilishda aniqlanadi. Faqatgina "o" unlisi deyarli 90% holatda cho'ziq talaffuz qilinadi. Masalan, do-no, bo-bo, sav-do so'zlaridagi o tovushi cho'zib aytilganligi sababli ularni cho'ziq hijo deb belgilaymiz.
Qolgan unlilar esa quyidagi holatlarda cho'ziq hijoni hosil qiladi"
-ko'pincha so'zning oxirida;
-qo'shimcha tarkibida;
-urg'u olganida.
Masalan, ha-yot-ga so'zidagi 1-va 3-bo'g'inlar tilshunoslik nuqtayi nazaridan ochiq bo'g'in hisoblanadi. Ammo aruzshunoslikda -ga bo'g'ini qo'shimcha tarkibida kelayotgani hamda urg'u olganligi uchun cho'ziqroq talaffuz qilinadi hamda cho'ziq hijo bo'ladi.


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Talab va istaklarga binoan bugundan aruz vazni haqida to'liqroq ma'lumot beramiz.


Ps. Ushbu tizim juda katta ma'lumotlarni o'z ichiga olganligi tufayli 3-qismga bo'lgan holda uch kun davomida soat 21.00 da post joylashtiriladi.


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Agar reaksiyalar ko'p bo'lsa, soat 12.00 da test tashlanadi.

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Савол: ёққанда ёки ёғганда?

Бу саволга жавоб матн қайси алифбода ёзилишига қараб турлича бўлади. Биз ҳануз икки алифбодан бирдек фойдаланаётган давлат бўлиб қолаётган эканмиз, ҳар иккисининг қоидаларини билиб қўйганимиз ўринли бўлади.

— Кирилл алифбосида
Ўзаги ғ ҳарфи билан тугайдиган сўзларга -га, -ган, -ганча, -гунча, -гани каби қўшимчалар қўшилса, талаффузда ҳам, ёзувда ҳам товуш алмашиши (қ + қа) кузатилади:
Тоғ + га = тоққа
Ёғ + ган = ёққан
Оғ + гунча = оққунча

— Лотин алифбосида
Ўзаги g‘ ҳарфи билан тугайдиган сўзларга -ga, -gan, -gancha, -guncha, -gani каби қўшимчалар қўшилса, фақатгина нутқда товуш алмашиши кузатилади (q + qa), ёзувда эса аслича қолаверади (g‘ + ga):
Tog‘ + ga = tog‘ga
Yog‘ + gan = yog‘gan
Og‘ + guncha = og‘guncha

— Талаффузда
Аслида, талаффузда ҳам товушлар ўзгаради: боши оққан томонга кетди, қор ёққанда боққа борамиз.

Аммо сўнгги пайтларда аслича айтиш ҳам урфга киряпти. Балки, бир неча йиллар ўтиб, сўзлашувдаги ҳолат таъсирида ёзилганидек айтилиши (bog‘ga, yog‘ganda...) меъёрга айланиб қолар.



Демак, ёзувда:
Қор ёғганда ❌
Қор ёққанда ✅

Qor yoqqanda ❌
Qor yog‘ganda ✅

@ xatoliklar


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

#maxzan
Aytilmagan qoʻnoq – yoʻnilmagan tayoq

Yoʻnilmagan tayoqni butoq-mutogʻi bilan yerga suqilsa, kirmaydi yoxud shox-shabbasi butalmagan yogʻoch eshikdan sigʻmaydi. Bu maqolda aytilmagan yerga boruvchi mehmonni yoʻnilmagan tayoqqa qiyoslanib, “Aytmagan yerga borma, sigʻmaysan, sigʻdirmaydilar, oʻzing noqulay ahvolda qolasan”, deyilmoqchi.

Variantlari:
Aytilgan yerga bor, aytilmagan yerda nima bor?
Aytgan yerga erinma, aytmagan yerda koʻrinma
Er tilagan joyda aziz
Soʻzing qaytar joydan oʻzing qayt
Chaqirgandan qolma, oʻzing bosib borma
Chaqirilgan yerning uzogʻi yoʻq, yoʻling ochiq – tuzogʻi yoʻq
Ochilar qopqani bilib qoq
Eshik ochiq boʻlsa ham, soʻrab kir
Chaqiriqsiz toʻyga borguncha, qazuvsiz goʻrga kir
Indaksiz kelgan – toʻshaksiz oʻtirar

Qopqa – darvoza baʼzan eshik maʼnosida ham qoʻllanadi.
Indak – indov, chaqirish, taklif qilish jarayoni.

Manba: "Maʼnolar maxzani"


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

#Ибрат...

🦋

Кузатсам,  гулдаги капалак,
Кўнглимни ҳайратга тўлдирди..
Учишга,  севишга,  ўлишга,
Бир кунлик умрида улгурди!


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Azizlar shoshiling, milliy sertifikat darsimiz ertadan (6-yanvardan) boshlanadi!
Murojaat uchun:
@Begimqulova_Durdona

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

#Tilla taqinchoqlarni sevguchilar uchun ma'lumot.

Tilla taqinchoqlarni faqat ko'chaga chiqqanda taqing . Sababi u barcha Salbiy energitikalarni o'ziga oluvchi va insonga avtomatik o‘tqazuvchi sanaladi.

Eslang! Biror joyga taqib chiqqanizdan keyin uyga kelganizda, darxol yechgingiz kelganini , undagi og'ir energiyani.


Shu sababdan bunday taqinchoqlarni taqishni tavsiya qilmayman. Lekin sizga juda yoqsa faqat ko'chaga, biror tadbirga taqing . Uyda esa yechib qo‘ying😊

@qiziqarli_ona_tili

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

⚠️«Masnu’» – arabcha san’atli, sersan’at degani. Ham gorizantal, ham vertikal tomonidan o‘qish mumkin bo‘lgan she’r. U murabba’ (to‘rtburchak), musoviyat tarafayn (ikki tomoni ham teng) degan atamalar✅

@qiziqarli_ona_tili

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Miyaning kattaligi insonning intellektual qobiliyatiga ta'sir qilmaydi

@qiziqarli_ona_tili

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Baxt hozir va shu yerda ...
Baxt hozirni his qila olganingda ...
Baxt hozirni to'liq yashay olganingda ...
Baxt shu yerda bo'la olganingda ...

Kelajakda yoki o'tmishda yashamaganingda 》 BAXT !


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

🟢 Qaysi baytda tashbehning asosdan tashqari unsurlari qatnashgan?

1)Ey orazi shamsi qamarim,netti,ne bo'ldi?

Vey tishlari dur-u gavharim,netti,ne bo'ldi?

2)Quyosh yanglig' yuzungizni yorutti,

Falakdek bizni sargardon yarotti;

3)Bo'ying sarvi sanobartek,beling qil,

Vafo qilgan kishilarga vafo qil.

♻️A) 1, 2, 3

♻️B) 1, 2

♻️C) 2 , 3

♻️D) 1 , 2

@qiziqarli_ona_tili

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

#tongni_biz_bilan_qarshilang

Assalomu alaykum qadrlilarim. Boshlangan kuningiz yaxshilar va yaxshiliklarga to'la bo'lsin.


Siz eng yaxshi kanaldasiz!


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Aruz vazni(2-qism)

2⃣ QISQA HIJO. Matnda "V" belgisi bilan ifodalanadi.Ochiq bo'g'inlar qisqa hijo bo'lib keladi. Faqat ular yuqoridagilardan farqli ravishda qisqa talaffuz qilinishi kerak. O unlisi 10% holatda qisqa hijo bo'lib keladi (kam hollarda). Demak, so'zni talaffuziga ahamiyat beramiz va hijolarni aniqlaymiz. Masalan, bo-shim, to-shim so'zlarining birinchi bo'g'ini qisqa hijo hisoblanadi.

Matnda ko'rinishi quyidagicha:
Bo - shim, so - tib, to - shim
V - V - V -

3⃣ OTA CHO'ZIQ HIJO. Matnda ikki xil belgilanadi:
📌 Misra ichida(boshi yoki o'rtasida) - bir cho'ziq va bir qisqa hijo ko'rinishida: "- V"
📌 Misra oxirida - " ~ ". Chunki misra hech qachon qisa hijo bilan yakunlanmaydi.

Ma'lumki, aruzda cho'ziq hijo bir to'liq hijo, qisqa hijo yarim bo'g'inga teng sanaladi. O'ta cho'ziq hijoni esa bir yarim hijo desak to'g'ri bo'ladi.
Quyidagi holatlarda hijolarni o'ta cho'ziq deb hisoblaymiz.
🖌 qator undosh bilan tugagan yopiq bo'g'inlar. Bunda bir bo'g'inda ikki turli undoshlar yonma-yon keladi. Yurt, barg,qadr kabi so'zlar o'ta cho'ziq hijo sanaladi. E'tibor berilsa, bunday so'zlar olinma so'zlar bo'lib, fors-tojik va arab tillaridan o'zlashgandir.
Mazkur so'zlar talaffuz qilinganda "i"tovushi orttiriladi.
Belgilanishi - V (qad-r{i}, meh-r{i} kabi)

🖌 tarkibida cho'ziq unlisi bo'lgan yopiq bo'g'in. Bu bo'g'inning oddiy yopiq bo'g'indan farqi shuki, uning tarkibida nisbatan cho'ziqroq talaffuz qilinuvchi unlilar(asosan o va e tovushlari) qatnashadi: hech,dod,voy va hk.


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Ma'lum sabablarga ko'ra postning davomini uzatishda kechikish bo'lishi mumkin. Buning uchun ma'zur tutasizlar. Kanaldan uzoqlashmang, hijo haqidagi to'liq ma'lumotlar,albatta,uzatiladi.

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

2025-yil 1-martga qadar pedagoglar attestatsiyada ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tishlari mumkin

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlandi.

Attestatsiyada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish 2025-yil 1-martga qadar davom etadi.

Pedagoglar tomonidan yuborilgan murojaatlar:

✅Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining yangilangan interfeysdagi
pedkadr.uzedu.uz platformasi;

✅Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;

✅Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.

Telegram I Facebook I YouTube


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Sizga qaysi mavzularda ma'lumot yoki test savollari va viktorinalar tashkil qilsak manfaatli bo'ladi? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldirsangiz.

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Hurmatli obunachilar, bugun aruz vazni bo'yicha test ishlaymizmi?

Ha - 👍
Yo'q - 👎

Reaksiyalarga qarab testni tashlaymiz yoki yo'q.


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

#maxzan
Avval oʻyla, keyin soʻyla
Jamiyat azolari oʻzaro munosabatlarda soʻzlashish odobiga qatʼiy rioya qilishlari zarurligi taʼkidlanadi. Kishi aytadigan har bir soʻzi(gapi)ni avval oʻylab olishi, soʻng soʻzlashi lozim. Oʻylamay aytilgan soʻz kishini koʻpchilik orasida uyalib qolishiga, hatto fojiaviy ahvolga tushishiga sabab boʻlishi mumkin.

Soʻzni koʻngilda pishqarmaguncha tilga kelturma,
Va har nekim, koʻngilda bor – tilga surma. (Navoiy).

Variantlari:
Oʻylamaguncha soʻylama

Koʻp oʻyla, oz soʻyla

Oʻn qatim oʻyla, bir qatim soʻyla

Dilda pishir, tilda gapir

Oʻynab gapirsang ham, oʻylab gapir

Oʻynab aytsang ham, oʻyingdagini ayt

Tez soʻzlagan tez pushmon boʻlar

Ogʻziga kelgan soʻz arzon, ovulga kelgan boʻz arzon

Oʻylanmagan joydan tulki chiqar, oʻylanmagan soʻzdan kulki (kulgi) chiqar

Anglamay aytgan tinglamay oʻlar, chay namay yutgan kavshamay oʻlar

Manba: "Maʼnolar maxzani"


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

#maxzan
Argʻamchiga qil quvvat

Argʻamchi (arqon) nuqul jundan qilinsa, mustahkam boʻlmaydi, salga uzilib ketadi. Shuning uchun junga ozroq qil (otning yoli yoki dumidan) aralashtirib eshadilar. Shu ozgina qil ham argʻamchini pishiq va baquvvat qiladi.

Majoziy maʼnosi: qiynalib, muhtoj boʻlib turgan odamga ozgina yordamlashib yuborsang, unga ancha kuvvat baxsh etgan boʻlasan, u sening shu ozgina yordaming bilan oʻzini oʻnglab olishi mumkin.

Bu maqolning “Chanqoqqa bir tomchi ham – madad” degan varianti ham mavjud.

Manba: “Maʼnolar maxzani”


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

#xayrli_tong

O'zlarini hech kimga kerak emas deb o'ylaydigan odamlar, aslida ,ko'pincha eng kerakli odamlardir.

Erix Mariya Remark

Assalomu alaykum keraklilarim. Musaffo tong hammaga muborak bo'lsin.


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Milliy sertifikat kursi


📌 Haftada 4 kun  dars:

1. Dushanba
2. Seshanba
3. Payshanba
4. Shanba


💲 Kurs narxi: oyiga 150.000 so'mdan (chegirma narxida)

🔰 Kurs davomiyligi: Milliy sertifikat imtihoniga qadar.

‼️ Darslarning boshlanishi: yanvar oyidan

🚀 Shoshiling, qabul yopilishiga juda kam vaqt qoldi.

☎️ Murojaat uchun:
@Begimqulova_Durdona

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Assalomu alaykum! Ertadan Milliy sertifikat guruhimizda darslar boshlanyapti. Qo'shilmoqchilar @Begimqulova_Durdona

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Sizga kelajagingizdan xat kelgan ekan, bir o‘qib ko‘ring:

Hurmatli o‘zim. Men — 10 yildan keyingi senman. Ya’ni, sen bu xabarni o‘qiyotgan vaqtingdan 10 yil keyingi holatingman. Senga aytar gaplarim bor.

Avvalo, hammasi uchun rahmat senga. Bilasanmi nega rahmat?

• Taslim bo‘lmaganing uchun rahmat!
• Qiyin vaqtlarda maqsadlarimizdan voz kechmaganing uchun rahmat!
• Tishingni-tishingga qo‘yib, odamlarni gaplariga ahamiyat bermaganing uchun rahmat!
• O‘z g‘oya va qarorlaringga ishonganing uchun rahmat.

Kunlar o‘tdi, ko‘p maqsadlarimizga erishdik, odamlar hayotimizga keldi-ketdi va shu vaqt davomida men 3ta haqiqatni angladim:
1. Hurmatli men, o‘tmishim, shuni unutdagingki, hammasi niyatdan boshlanar ekan. Niyatingni doim pok saqla. Ibodat ham niyat bilan boshlanadi, taomlanish ham, ish ham. Shunday ekan har bir ishingdan avval go‘zal niyat qil.

2. O‘tmishdagi men, iltimos ota-onamizni qadrla. Hozir ularni yuzlariga ajin tushgan, sochlari oqargan, quvvati ketgan. Bilasanmi, mana shu quvvatni barchasi biz uchun sarflandi. Iltimos, imkoning boricha ko‘proq ularni xursand qil.

3. Iltimos, to‘xtama. Bu hayotda har qanday yutuqni ortida tinimsiz harakat turar ekan, shunga guvoh bo‘ldim. Har qanday yo‘nalishda, har qanday ishda go‘zal niyat bilan boshlab, ishni sevib, hech qachon tashlab qo‘ymagin.

… Exxxe, hozir sening holatingni ko‘rib juda kulaman. Kechalari potolokka qarab uxlay olmayotgan kunlaringni tomosha qilaman, ichingdagi dardlaringni aytishga odam topolmay yurgan vaqtlaringni kuzataman-da "qani endi bilganingda edi, seni qanday porloq kelajak kutayotganini, zarra siqilmas eding" deyman, kulib)

Hayotingdan ketayotgan insonlarga achinishingga ham kulgim keladi. Nega bilasanmi? Chunki, ozgina vaqt o‘tgandan keyin ular hayotingdan ketgani uchun Hamdlar aytasan. Alloh chevar zot…

Zo‘r kunlar bor oldimizda sen hali ko‘rmagan. Ota-onamizni Hajga olib borib, ularni duolarini olish zavqini his qilasan hali, kechasi daftaringga yozgan maqsadlaring amalga oshgandagi quvonchni his qilasan hali. Uxlolmay, siqilib o‘tkazgan tunlaring esa oila, farzandlaring bag‘rida sakinat bilan o‘tadigan tunlarga alishadi hali… ishon.

Faqat eng muhimi — iltimos, to‘xtama. O‘zingni sev, oilangni qadrla, o‘z qarorlaringga ishon.

Porla, zero seni porloq kelajaging kutmoqda!

●Anvarov kanalidan chopildi

O'qib ta'sirlandim...

Madina Madaminovna


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

#Xayrli_tong

🧡 Boshqalarga qulay bo'lishi emas, o'zingizga yoqishi uchun harakat qiling


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Ixlos — so'ligan bo'lsada, gulni go'zal holatda ko'ra olishingdir.
Vafo — gulni hidlash uchun bir paytlar egilganingni unutmasligingdir.

@qiziqarli_ona_tili

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

🟢 Quyidagi baytda qo'llangan o'xshatish san'ati vositasi to'g'ri ko'rsatilgan javobni toping

♻️A)bo'yi sanubar

♻️B)chehrasi oy

♻️C)yanglig'

♻️D)quyosh,chehra

@qiziqarli_ona_tili

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…
Subscribe to a channel