Savol. 2025-yil 1-yanvardan boshlab Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan berilgan ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan yetarli ball toʻplagan pedagoglarga 50 % miqdorida ustama toʻlanishi belgilandi. Bu amaliyot 2024-yilda olingan sertifikatlar uchun ham qoʻllaniladimi? Yaʼni ular ham 50 % miqdorida ustama oladimi?
Javob.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 37–son Farmoni 12-bandiga koʻra 2025-yil 1-yanvardan boshlab Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan berilgan milliy sertifikatga ega “Ona tili va adabiyot hamda Tarix” fani oʻqituvchilariga 50 foiz miqdorida ustama toʻlanishi belgilandi.
Bu imtiyozdan barcha ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari pedagoglari foydalanishlari mumkin. Sizga 2025-yil 1-yanvargacha 20 % miqdorida ustama to'lanadi hamda undan keyin ham shu sertifikatingiz uchun 50 % foiz miqdorida (sertifikat amal qilish muddatigacha) ustama to'lanadi.
Kanal: Xalqaro va milliy sertifikat
@qiziqarli_ona_tili
Bizning miyamiz aslida og'riqni his qilmaydi.
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
Bo‘lmangiz mag‘ruri husn, ey sho‘xlarkim, bog‘ aro
Siz kebi bilturg‘i gullardin biri paydo emas.
Bu dunyo va undagi go‘zalliklar o‘tkinchi, ular bilan mag‘rurlanish yaramaydi, bog‘da ham har yili yangi gullar ochiladi, avvalgi gullardan kelasi yil nom-nishon ham qolmaydi, shunday ekan, inson o‘tkinchi narsalarga aldanib qolmasligi, o‘zini haqiqiy ishq uchun tayyorlamog‘i kerak.
Maqta' g‘azalning avvalgi baytlariga xulosa tarzida yangraydi:
Manga gulrux soqiyu bulbulg‘a gul tutti qadah,
Mast erur ul ham Navoiydek, vale rasvo emas.
Menga gul yuzli soqiy, bulbulga esa gul qadah tutdi, u ham Navoiydek mast, lekin u kabi rasvo emas. Irfon tilida soqiy ma'rifat mayini tarqatuvchi, bulbul esa ishq yo‘lida afg‘on chekuvchi, sukr yo‘lidagi oshiq solik (ishqini faryod chekib izhor qiluvchi) timsolini ifodalaydi. Demak, baytdan kelib chiqadigan umumiy xulosa: Bulbul ishq to‘la qadahni guldan olayotgan bo‘lsa, oshiq ma'rifat mayini piri komil qo‘lidan olyapti. Bulbul ham ishq yo‘lida mast, lekin uning ishqi lirik qahramon darajasida emas, u hali Navoiydek rasvo bo‘lgani yo‘q, zero oshiqlikning kamoli ishq yo‘lida qanchalik “rasvo” bo‘lganligi bilan belgilanadi.
Umuman olganda, ushbu g‘azal real insoniy kechinmalar tasviri bilan birga haqiqiy ishq yo‘lida mutlaq Go‘zallik mazharini izlash yo‘lidagi oshiqning maqom bosqichlaridagi holatlarini ham o‘zida aks ettiradi.
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
1. Taralayotgan xushbo‘y hidni shamol keltirayotgani yo‘q, balki Laylo o‘z sunbul sochlarini yoygan, tog‘da ochilgan qizil lola emas, balki uni Majnunning qoni qizartirgan.
2. Nastarin gulining ko‘zgusida aslida bir tomondan men, bir tomondan yorim turib, chehraning aksini namoyon qilganmiz, bu aslo ra'no gulining aksi emas.
3. Bog‘ ichra yorimni gulga o‘xshatgani uchun betoqat va beqaror bo‘lgan qush bu ko‘nglim qushidir, bulbuli shaydo emas.
4. Sunbul gulining ustidan shamol esgach, nigorimning kokilini yodga oldim va dimog‘im oshufta, ya'ni aqlim parishon bo‘ldi, bu aslo kasallikdan emas.
5. Nargis gulining oltin jomi oldida mening jonim garovga qo‘yilgan harir pardaga o‘xshaydi, buni siz may suzgich deb o‘ylamang.
6. Fig‘onlaringda bulbulning nolasidek shodlik yo‘q, deb aytma, agar uning nolasi xursandlik paydo qilmasa, mening fig‘onlarim ham qayg‘u keltiruvchi emas.
7. Ko‘nglim bo‘stonida gulni sarv ustida deb tasavvur qilib ko‘rdim, lekin rostini aytsam, u mening gul yuzli sarvqomat yorimdek zebo emas ekan.
8. Ey sho‘xlar, husningizga bu qadar mag‘rur bo‘lmang, bog‘ orasida siz ,kabi bulturgi gul yo‘q.
9.Menga gul yuzli soqiy,bulbulga esa qadah tutdi,u ham Navoiydek mast,lekin u kabi rasvo emas
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
#Antiqa_savol
Nima sotib olinganda qora, ishlatilganda qizil, tashlab yuborilganda kulrang bõladi?
@qiziqarli_ona_tili
بِسْــــــــــــــــــــــمِ اﷲِارَّحْمَنِ ارَّحِيم
☘"Bismillah"da tuganmas bir quvvat,doimiy bir barokat bordir
☘"Bismillah" har xayrning boshi.Ahli ilm bu muborak kalimani islom nishoni bilgani kabi,butun mavjudotning "lisoni hol ila virdi zabonidir",deya e'tirof etishgan.
☘"Bismillah"da "zikr","shukr","fikr"ga yo'l ochilgandir.
☘Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh
☘Xayrligim xayrli tong, juma muborak bo'lsin!
@qiziqarli_ona_tili
💥 Vaqtdan unumli foydalaning! Yangi yilda yangi natijalaringiz bilan ğalaba qiling⚡️
Olğa! @Madaminovna_Madina
@qiziqarli_ona_tili
Oylikdan to'lov qilaman deganlarga rozilik bermoqchimiz!Attestatsiya va Milliy sertifikat birlashgan guruhi dushanbadan faoliyat boshlaydi. Bu ikkalasiga ham tayyorgarlik ko'rayotgan ustozlarga katta imkoniyat. Bundan tashqari alohida attestatsiya yoki alohida MS uchun tayyorlanmoqchi bo'lganlarga hech qanday noqulaylik tug'dirmaydi. Avval umumiy darslar teng o'tilib keyin alohida kunlarga qo'yiladi.
1darsga qatnashib umumiy hamma savollarizga javob olib keyin to'lov qisayz ham bo'ladi
@qiziqarli_ona_tili
🔹O'zbek folklorida turlar va janrlar quydagicha:
🔸1) Epik tur: mif, afsona, rivoyat, ertak, lof, naql, terma, doston, latifa...
🔸2) Lirik tur: marosim folklorining barcha ko'rnishlari, bolalar folklorining kopgina turlari, qo'wiqning hamma xili, ashula va shu kabilar.
🔸3) Dfammatik tur: og'zaki drama, qog'irchoq o'yini, askiya, xalq teatrlari va wu kabilar.
🔸4) Maxsus tur: maqol, matal, topishmoq.
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
Sertifikat va malaka oshirish kursi!
Sizni Milliy Sertifikat + Attestatsiya Birlashgan kursimizga taklif etamiz! O'zingizni yangi imkoniyatlar bilan tanishtiring va professional rivojlanish yo'lingizni boshlang. Kursda:
✅ Milliy Sertifikat olish imkoniyati
✅ Attestatsiya jarayoni o‘tishi
✅ Zamonaviy metodika va tajribali o'qituvchilar
✅ Tezkor va qulay o'quv tizimi
✅ Amaliy mashg'ulotlar va bilimlarni mustahkamlash
📅 Kurs boshlanish sanasi: 13-yanvar
💻 Kurs onlayn shaklda bõladi!
Yangi imkoniyatlar sizni kutmoqda!
Hozir ro'yxatdan o'ting! 👇
@Madaminovna_Madina
Natijalarni kõrish uchun: /channel/Madina_Madaminovna_otziv
@qiziqarli_ona_tili
🔘Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog'liq xatolik mavjud emas?
♻️Yer don, dehqon bo'lsa xazinabondir.
♻️Erkin o'g'lingman,qabul et,O'zbegim Jon o'zbegim.
♻️Hech kim:na Dilobar,na Gulnoza ertalab kelmadi.
♻️Poytaxt bo'lish uchun avvalambor poytaxtlik maqomi kerak.
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
G‘azalning umumiy ma'no-mohiyati
Ushbu g‘azal mavzusiga ko‘ra oshiqona bo‘lsa-da, unda tabiat tasviri yor go‘zalligi va oshiq ruhiy holati ta'rifi bilan uyg‘unlashib ketgan, shu ma'noda u ko‘proq peyzaj yo‘nalishidagi she'rlarni eslatadi. G‘azal usluban ta'rif va tavsifning umumlashmasidan iborat: unda insoniy sifatlar ham, tabiat manzaralari ham, oshiqning iztirobli tuyg‘ulari bayoni ham birday ob'ekt bo‘lib xizmat qilgan.
G‘azalning o‘ziga xosligi va Navoiy dahosining buyukligi shundaki, unda zohiriy va botiniy ma'nolar, ya'ni majoziy ishq va ilohiy ishq tasviri bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilmaydi, aksincha, har ikki ma'no bir- birini to‘ldirib, uyg‘unlashib ketadi. Boshqacha qilib aytganda, bir g‘azalning o‘zida majoziy ishq tasviridan ilohiy ishq tasviriga yoki aksincha holatga o‘tiladi, kitobxon goh bu ma'nodan, goh u ma'nodan, goh har ikkisidan zavqlana oladi (Najmiddin Komilov).
G‘azal matla'sida mumtoz adabiyotdagi an'anaviy oshiq-ma'shuq obrazlari lirik qahramon va uning sevgilisi timsolini ifodalab keladi, unga ko‘ra bahor faslida havoning gullar vositasida xushbo‘y hid taratishi tabiat hodisasi bo‘lmay, balki Layloning sunbuldek sochidan taralgan ifordandir. Tog‘ bag‘ridagi qizillik ham Laylo ishqida ko‘ksi yara bo‘lgan Majnunning qonidan, lolalarning qip-qizil bo‘lib ochilib yotishidan emas.
Navbatdagi baytda guli ra'no va unga xos tasvir timsoli yetakchilik qiladi:
Nastaran ko‘zgusida bir sari men, bir sari yor
Chehra aksin ko‘rguzupturbiz guli ra'no emas.
Unga ko‘ra, oshiq va ma'shuqa chehrasining ko‘zgudagi aksi ra'no gulini eslatadi. Savol tug‘iladi: nima uchun aynan ra'no guli? Chunki ra'nogulda qizil va sariq rang omuxta bo‘lgan. Shoir guldagi bu xususiyatni hisobga olib, uning qizilligini yorning chehrasiga, sariq rangini esa o‘zining za'faron yuziga qiyos qilyapti. Baytning botiniy ma'nosi ham bor. Ra'nogul tasavvufda ulug‘vor go‘zallik, mutlaq jamol (Yaratgan)ning ramzini ifodalaydi. Shunga asoslanib, baytni quyidagicha talqin qilish ham mumkin:
Nastarin gulining ko‘zgusida bir tomondan men, bir tomondan yorim turib, chehraning aksini namoyon qilganimiz, lekin bu hali ra'no guli degani emas, ya'ni haqiqiy ishqning mazhari emas: hali bizning ishqimiz majoziy bo‘lib, komillik kasb etgani, ya'ni kamolotga erishgani yo‘q.
Sunbul ustidin nasim eskach, nigorim turrasin
Yod qildimkim, dimog‘ oshuftadur, savdo emas.
Baytning zohiriy ma'nosiga ko‘ra, sunbul gulining ustidan shamol esgach, nigorimning kokilini yodga oldim va dimog‘im oshufta, ya'ni aqlim parishon bo‘ldi, bu aslo kasallikdan emas.
Botiniy ma'noga ko‘ra, tasavvufda zulf parishonlik va hijron ramzi.
Shu sababli oshiqning holi parishon, o‘zi devonavash. Bu devonalik kasallikdan emas, demoqchi shoir, balki ishq tufaylidir, zero aql jununi bilan ishq jununining farqi bor.
Beshinchi baytda chiroyli poetik tasvirga guvoh bo‘lamiz:
Nargis oltun jomining ollida kofuriy harir
Pardayi jonimdurur marhun, qadahpolo emas.
Baytdagi tasvirga ko‘ra, nargis gulining oltin jomi yonida turgan narsa may suzgich emas, balki oshiqning garovga qo‘yilgan nozik jonidir. Ushbu tasvirni konkretlashtirishga harakat qilamiz. Ma'lumki, mumtoz adabiyotimizda nargis guli keng qo‘llanilgan timsollardan bo‘lib, u ko‘proq yorning ko‘ziga nisbat berilgan. Ushbu g‘azalda esa nargis gulining kosasi oltin qadahga o‘xshatilgan. Nargis guli bahor faslida gullagan vaqtida, poyasining pastki qismidagi bandli, patsimon oq rangli barglari qurib qoladi. Shoir bu o‘rinda ana shu bahoriy hodisaga ishora qiladi: nargisning oltin jomi oldida turgan oq xushbo‘y barglarini may suzgich deb o‘ylamang (qadimda mayni uning quyqasi, ya'ni durdidan tozalash uchun usti oq nafis mato yoki dokadan o‘tkazib, suzganlar), u mening garovga olingan nozik jonimdir. Odatda, garovga olingan narsa, omonat bo‘ladi, shoir ushbu omonatlilikni nargisning gullagandan keyin qurib, to‘kilib ketadigan nimjon barglariga o‘xshatyapti. Oshiqning joni ishq yo‘lida shunchalik omonat…
Maqta'dan avvalgi bayt navoiyyona falsafaning badiiy talqinini o‘zida aks ettiradi:
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
(“G‘aroyib us-sig‘ar”, 228 g‘azal)
Sunbulin Laylo ochiptur, yel abiroso emas,
Dog‘ini Majnun qonatmish, lolayi hamro emas.
Nastaran ko‘zgusida bir sari men, bir sari yor
Chehra aksin ko‘rguzupturbiz guli ra'no emas.
Gulni o‘xshatqan uchun yorimg‘a go‘yo bog‘ aro,
Muztarib ko‘nglum qushidur, bulbuli shaydo emas.
Sunbul ustidin nasim eskach, nigorim turrasin
Yod qildimkim, dimog‘ oshuftadur, savdo emas.
Nargis oltun jomining ollida kofuriy harir
Pardayi jonimdurur marhun, qadahpolo emas.
Dema, afg‘onimda bulbul nolasidek yo‘q nishot,
Bu ham anduhzo emas, gar ul nishotafzo emas.
Gulni sarv uzra xayol ettim ko‘ngul bo‘stonida,
Rost aytay: sarvi gulro‘yum kebi zebo emas.
Bo‘lmangiz mag‘ruri husn, ey sho‘xlarkim, bog‘ aro
Siz kebi bilturg‘i gullardin biri paydo emas
Manga gulrux soqiyu bulbulg‘a gul tutti qadah,
Mast erur ul ham Navoiydek, vale rasvo emas.
Lug‘at:
1.Abiroso – anbardek xushbo‘y 2.Lolayi hamro – qizil lola
3.Nastaran – gul nomi, siren' 4.Muztarib- iztirob chekuvchi, parishon, betoqat, beqaror
5.Turra – kokil, soch o‘rimlari; zulf
6.Oshufta – giriftor, devona, oshiq 7.Kofuriy – oq xushbo‘y modda (kofur)ga o‘xshash
8.Marhun – garovga qo‘yilgan, garovga berilgan 9.Qadahpolo – may suzgich 10.Nishot – shodlik, xursandlik 11.Anduhzo – g‘am orttiruvchi, qayg‘u keltiruvchi
12.Nishotafzo – xursandlik paydo qiluvchi 13.Bilturg‘i – bulturgi, o‘tgan yilgi
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
A)
Izoh: bu gapda ikki nuqta tushirilgan:Hamma narsa: uylar,devorlar, daraxtlar qorong'ilikka jimgina cho'kdi. (uyushiq bo'laklardan oldin umumlashtiruvchi bo'lakni ajratish uchun undan keyin ikki nuqta qo'yilishi kerak)
C)
Izoh: bu gapda tire tushirilgan:Muloyimlik-rizq sari yetaklovchi kalit.(ot-kesim bog'lamasiz qo'llanganida egadan keyin tire qo'yilishi kerak )
D)
Izoh: bu gapda vergul tushirilgan:Xullas,shuni bilginki,qars ikki qo‘ldan chiqadi.
To'g'ri javob: B
Izoh: Bu gapda tinish belgisi bilan bog'liq xatolik mavjud emas.
(uyushiq bo'laklardan keyin kelgan umumlashtiruvchi bo'lakdan oldin tire ishlatiladi)
@qiziqarli_ona_tili
Oylikdan to'lov qilaman deganlarga rozilik bermoqchimiz!Attestatsiya va Milliy sertifikat birlashgan guruhi dushanbadan faoliyat boshlaydi. Bu ikkalasiga ham tayyorgarlik ko'rayotgan ustozlarga katta imkoniyat. Bundan tashqari alohida attestatsiya yoki alohida MS uchun tayyorlanmoqchi bo'lganlarga hech qanday noqulaylik tug'dirmaydi. Avval umumiy darslar teng o'tilib keyin alohida kunlarga qo'yiladi.
1darsga qatnashib umumiy hamma savollarizga javob olib keyin to'lov qisayz ham bo'ladi
@qiziqarli_ona_tili
Qõshaloq bayram!
🤔 Tasavvur qiling: Ikki karra muvaffaqiyatga erishdingiz! Ya'ni ham Milliy sertifikat oldingiz ham toifangizni oshirdingiz. Qõshaloq bayram qilasizmi😄.
😇 Sizga shunday bayramga chipta bermoqchimiz, ya'ni milliy sertifikat va attestatsiyaga tayyorlov uchun birlashgan kursga taklif qilamiz! Sizdan faqatgina ozgina xohish va mehnat qilish kerak bõladi. Axir, natijada qõshaloq bayram qilamizku🥂, rozimisiz🤗
👣 Demak birinchi qadamni tashlang:
⏰ Hozirni õzida õrningizni band qiling, axir vaqt kutib turmaydi, har bir soniyangizdan foydalanib qoling!
😃 Kurs narxi: 180ming
🤩 Madina Madaminovnadan natijaga chiqqanlar
✍️ Yozing: @Madaminovna_Madina
@qiziqarli_ona_tili
♻️Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog'liq xatolik mavjud emas?
♻️A)Hamma narsa uylar,devorlar,daraxtlar qorong'ilikka jimgina cho'kdi.
♻️B)Na qor,na yomg'ir,na to'fon va na bo'ron-hech narsa dovyuraklarni qo'rqitolmaydi.
♻️C) Muloyimlik rizq sari yetaklovchi kalit.
♻️D) Xullas shuni bilingki,qars ikki qo‘ldan chiqadi.
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
☀️QUYOSH
☀️1Quyosh kechasi-Nodar Dumbadze
☀️2Bobo quyosh-Halima Hudoyberdiyeva
☀️3Quyosh qoshiği-Oybek
☀️4Quyoshni kõryapman-Nodar Dumbadze
☀️5Quyosh bilan suhbat-Usmon Nosir
☀️6Quyosh maskani-Erkin Vohidov
☀️7Quyosh qoraymas-Oybek
☀️8Quyoshli qalam-Zulfiya
☀️9Shoshma quyosh-Õlmas Umarbekov
☀️10Qora quyosh-Muhammad Yusuf
☀️11Quyosh belanchagi-Asqad Muxtor
☀️12Quyosh soati-Omon Matjon
♥️MUHABBAT
❤️Muhabbat-she'riy tôplam .Erkin Vohidov
❤️Muhabbat-she'r. Muhammad Yusuf
❤️Muhabbat-hikoyalar tõplami.Said Ahmad
❤️Muhabbat-hikoya.Õtkir Hoshimov
❤️Muhabbat-qissa.Abdulla Qahhor
🫧Shu'la🫧
🫧Shu'la - kitobi.M.Shayxzoda
🫧Shu'lalar qõshiği- she'riy tõplam. Xayriddin Saloh
🫧Shu'lalar qôynida- ilk she'riy tõplam.Mirtemir
🍃🍃🍃🍃Yodgor🍃🍃🍃🍃
🍃Yodgor-qissa.Ğafur Ğulom
🍃Yodgorlik-tõplam.Mirtemir
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
Lahzaga haykal qo'ygan ijodkorning avtobiografik asari?
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili