❗️#PSIXOLOGIK_TEST
🍀 Daraxtlardan birini tanlang va xarakteringizning o'zingiz bilmagan qirralari haqida bilib oling
Psixologiyadan testlar kanali
@qiziqarli_ona_tili
A)
Izoh: bu gapda tire tushirilgan: Yer- don ,dehqon bo'lsa xazinabondir.
(birinchi gapda ot-kesim bog'lamasiz qo'llangani va o'xshatish mazmuni bo'lgani uchun egadan keyin tire qo'yilishi kerak)
B)
Izoh: bu gapda vergul tushirilgan: Erkin o'g'lingman, qabul et, O'zbegim jon, o'zbegim.
(gap o'rtasida kelgan undalmani ajratish uchun har ikki tomonidan vergul qo'yilishi kerak)
D)
Izoh: bu gapda vergul tushirilgan: Poytaxt bo'lish uchun, avvalambor,poytaxtlik maqomi kerak.
(gapda o'rtasida kelgan kiritmani ajratish uchun har ikki tomonidan vergul qo'yilishi kerak)
To'g'ri javob: C) Hech kim: na Dilobar, na Gulnoza ertalab kelmadi.
Izoh:Bu gapda tinish belgisi bilan bog'liq xatolik mavjud emas.
(uyushiq bo'laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi bo'lakdan keyin ikki nuqta ishlatiladi)
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
💔 Bugunini yashay olmagan , uni his qila olmagan odam , o'sha kunim bebaraka , besamar o'tdi deydi.
@qiziqarli_ona_tili
Qiziqarli psixologik fakt
"Siz bilasizmi, inson miyasi yolg‘on so‘zlaganda boshqalarga qaraganda ko‘proq energiya sarflaydi?"
🔍 Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yolg‘on gapirish vaqtida miyada bir vaqtning o‘zida bir nechta jarayonlar sodir bo‘ladi:
1⃣ Haqiqatni eslash.
2⃣ Yolg‘onni yaratish.
3⃣ Uni haqiqatga moslashtirish.
4⃣ Keyinchalik yolg‘on oshkor bo‘lmasligi uchun uni saqlash.
🔎 Shu sababli yolg‘on so‘zlayotgan odamlar ko‘pincha tez charchaydilar va o‘zlarini noqulay his qilishadi.
💬 Siz nima deb o‘ylaysiz, haqiqatni gapirish hayotni osonlashtiradimi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!
@Diyora_Yuldashevaa
🎤🎧Pedkadrda bo'layotgan muloqotda
✅ Yaqin kunlarda 70 foiz tasdiqlanishi aytildi
✅ 2 yilga amal qilar ekan
✅ Spetsifikatsiya esa yanvar oyi oxiri yoki 10-fevralgacha e'lon qilinar ekan.
✅ Barcha toifalar emas, faqat oliy toifali o'qituvchilarga berilishi kutilmoqda ekan.
✅ Oldin oliy toifa bo'lganlar ham, umrbod toifa olganlar ham qayta topshirib 86dan o'tsa berilar ekan
✅ 2025-yilda ,albatta, joriy etiladi.
✅ Psixologlar toifasi bo'yicha ham imtihon tashkil etiladi
✅ Toifa testlari aprel-may oylarida bo'lib o'tadi.
✅ Test formati o'tgan safargidek bo'ladi
35 /5/10
@qiziqarli_ona_tili
Xotirangizga ishonmang. Kundalik tuting va eng asosiy har kunlik ishlaringizni yozib boring . Bugungi ishni ertaga qo'ymang. Bu stressni keltirib chiqaradi.
Zinhor boshqa kunni tashvishini qilib shoshilmang. Axir , har narsani o‘z vaqti bor.
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
🔘Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog'liq xatolik mavjud emas?
♻️Yer don, dehqon bo'lsa xazinabondir.
♻️Erkin o'g'lingman,qabul et,O'zbegim Jon o'zbegim.
♻️Hech kim:na Dilobar,na Gulnoza ertalab kelmadi.
♻️Poytaxt bo'lish uchun avvalambor poytaxtlik maqomi kerak.
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
#Tafakkur
BUZGʻUNCHILARDAN BO‘LMANG!
💬Ikki yigit suhbatlashdi.
- Qayerda ishlaysan?
- Falon joyda.
- Oyliging qancha?
- 300 ming.
- Atigi 300 mingmi? Oz-ku? Shunchani qanday yetkazasan? Bu gapni eshitib ishini yomon ko‘rdi. Maoshini ko‘tarishlarini talab qildi. Boshlig‘i bosh tortdi. Ishdan bo‘shatdi. Ishi, oz bo‘lsa ham puli bor edi. Endi tamoman ishsiz qoldi!
💬Bir ayol boshqasidan so‘radi.
- Yaqinda farzandli bo‘ldingiz. Tuqqaningizda eringiz nima sovg‘a qildi?
- Hech nima.
- Shu to‘g‘rimi? Yo‘q, o‘zingiz ayting? Siz ne azoblar bilan unga farzand tug‘ib bersangiz-u, u arzimagan bo‘lsa ham sovg‘a bermasa? Nima, sizni qadringiz yo‘qmi? Bu gaplar uni yuragini qizdirdi. Eri ishdan qaytganida g‘azab bilan kutib oldi. Urishishdi. Janjallashishdi. Oxiri sovg‘a o‘rniga taloqqa erishdi.
Bu muammo qayerdan paydo bo‘ldi o‘zi? Tanimagan, bilmagan bir ayolning og‘zini bir chetidan oson chiqqan gaplaridan. U shunchaki aytdi-ketdi.
💬Ota xotirjam yashardi.
Undan so‘rashdi:
- Nimaga o‘g‘lingiz sizni ko‘rishga tez-tez kelib turmaydi?
-Ishi qiyin. Bo‘sh vaqti kam.
-Siz uchun ham vaqti yo‘qligiga ishonasizmi?
Ota farzandidan oldin rozi edi. Endi undan gina qilishni boshladi. Qalbidagi musaffolik ketdi. Loyqalandi.
IBRAT
Bunaqa savollar hammamizga beriladi. Har kuni. Har doim. «Nimaga buni sotib olmaysan?». «Nimaga buning yo‘q?». «Qanday qilib eringga chidaysan?». «Haydavor uni, xotin bo‘lmaydi, u». «Qanday qilib shunga yo‘l qo‘yding?»... Ham eshitamiz, ham aytamiz. Biz uni eshitayotgan odamga qanday ta’sir qilishi xayolimizga ham kelmaydi. Oddiy so‘z bilan bir insonning hayotini ag‘daramiz. Nabaviy axloq qoidalardan biri: «Buzg‘unchilardan bo‘lmang»ga amal qiling.
📚 @kitob_nuri
@qiziqarli_ona_tili