@mutolaablogs каналида жозибадорлик етишмаяпти, сўзларни алоҳида қора ҳарфлар ва цитата билан кўрсатиш йўқ! Кирган одам каналга обуна бўлгиси келмайди.
Тавсиям: канални жозибадорлиги устида ишлаши керак
Muttasil ruhiy azob chekkan odam hamisha yangi zarbalarga chogʻlanib turadi. Butun asabini, kuchini boshiga yogʻiladigan kulfatlarini daf qilishga tayyorlab turadi. Ana shunday paytda bir ogʻiz mehribon soʻz, bir ogʻiz iliq kalima asablar ostida yotgan koʻz yoshini siqib olib chiqadi.✍ Said Ahmad "Ufq"
Musahhih, muharri, sahifalovchi, kolumnistman. Ya'ni soham so‘z va kitob bilan bog'liq.
So‘z - kuchli qurol. To‘g‘ri ishlatilsa, har qanday cho'qqiga olib chiqadi. Hozir aynan so‘z bilan bog'liq zamonaviy kasb - kopyrayterlik sohasi taraqqiylasha boshladi.
Bu sohaga @mutolaablogs ni yurita boshlaganimdan qiziqdim va o‘rgana boshladim.
Maxsus kurslarga yozildim. Ko'ramiz. Jarayon hamda natijalarimni bo‘lishib boraman. Yangilik o'rganish kishi ruhiniyam yangilaydi.
@qodirova_g
Ehsonning mukofoti - ehson.
Yaxshilik mukofoti - yaxshilik.
Bugun 30 minglik yaxshilik qilgandim. Aytishgayam arzimaydi. Hozir 3 mln oydan tushgandek kelib turibdi.
#Alhamdulillah
@qodirova_g
Qiziqqonlik bilan hech narsani hal etib bo'lmaydi. Xato ustiga xato qilish mumkin xolos. Xotirjam bo'lish va xotirjam ko'rinish o'rtasida katta farq bo'lsa-da, har ikkisi ham yaxshi natija ko'rsatishi bilan o'xshash.
@qodirova_g
Yana go‘zal şarkı ko‘tarib keldim🙃
Audio kitoblar tinglashdan ortgan vaqtlarim ba‘zi-ba‘zida ko‘ngil qo‘shiq tilab qoladi. Türk tilidan uzoqlashib ketmaslik uchun ko‘proq turkcha qo'shiqlar tinglayman. Kinosiga esa vaqt yo‘q )
Ne olur ara sıra haberdar et
Pencerelerde bekletme
Hayatına elbet biri girecek
Mutlu ol onu ihmal etme.
Acımazsızsın isyankarsın
Vefasızsın riyakarsın
Hem günahsız hem günahkârsın hayat gibi...
Ne qilar ora-sira xabardor et
Derazalarda kuttirma
Hayotingga albatta kimdir kiradi
Baxtli bo‘l, uni intizor etma.
Beshafqatsan, isyonkorsan
Vafosiz, riyokorsan
Ham gunohsiz, ham gunohkorsan
Hayot kabi...
@qodirova_g
"Asaxiy books"dan yana sovg'a menga. Birinchi muhabbatimdan pochta olgandek his qilaman har gal. Bu safar ham meni unutishmabdi.
"Talaba"ni bitta tanishimdan olib o'qiy boshlagandim. Negadir o'ziga jalb qilgandi Bu kitob. Endi o'zimniki bor.
Tugatgach fikrlarimni o'rtoqlashaman va'da)
@qodirova_g
Menga o'xshab ko'p siqilib yurolmaydigan, to'g'rirog'i siqilishga vaqti bo'lmaydigan, yig'lashga g'ururi yo'l qo'ymaydiganlar bormi👀
@qodirova_g
20 yoshgacha tug‘ilgan kuningiz kelsa, xursand bo‘larkansiz.
Undan keyin katta bo‘lishni istamay qolarkansiz...
@qodirova_g
Туғилган кунимга оригинал табрик:
Табриклайман, онаси. Катта қиз бўлгин. Ҳаётимга келганингдан бери тўкилиб адо бўлай деган, қолган-қутган сочларимни асраб қолар даражада эсли бўлгин.
Ba'zan "Alloh kifoya qilsin", deb yuborging keladi. Ammo bu jumlaning zalvorini his qilganingdan va buning bir uchi borib o'zingning joningni achitishini bilganingdan o'zingni bosishga majbur bo'lasan...
@qodirova_g
#musiqa
Funda Arardan çok güzel ṣarkı. Dinlen ve hoşlanın)
Sen yoktun ben yalnız kalmayı öğrendim,
Acıya duvar gibi durmayı ögrendim...
Sen yo‘q eding, men yolg‘iz qolmoqqa o‘rgandim,
Azobga devor kabi turmoqqa o'rgandim...
@qodirova_g
Judayam zerikib (to‘yib) ketganingizda ho‘ng-ho‘ng yig'lab yengillashishingiz uchun qo'shiq olib keldim.
Har birimiz muammolar girdobida qolsak, bolalikka qaytgimiz, onamiz tizzasiga bosh qo‘ygimiz kelib qoladi.
Anne, beni anlayan yok
Omuzumda yüklerim çok
Seninkinde yer kaldıysa
Başımı koysam biraz anne
Ona, meni anglagan yo‘q
Bu yelkamda yuklarim ko‘p
Agar senda bir joy bo‘lsa,
Boshimni qo‘ysam biroz, ona.
@qodirova_g
Har ishda bir xayr bor.
"Allohim, xayrlisini ber", deya duo etish dilga quvvat beradi doim.
@qodirova_g
Magistratura natijalaridan hamon darak yo‘q. Natijamni sezib tursam-da, umid qurg‘ur miltirab qo'ymayapti.
Asli yiqilsam ham achinmayman. Agar imtihon olinganda-yu, yiqilganimda yer tepib, soch yulib, arillab yig‘lasam ham yarashaverardi. Chunki bu haqiqiy mag‘lubiyat, bilimim pastligidan darak bo‘lardi.
Ammo universitetdagi ballar haqiqiy bilimni belgilamasligini yaxshi bilaman. Diplom bali 100lar Enshteyn bo‘ladimi shunda? Ahir, ular universitetda o'tilgan hamma fanlarni 100 foiz o‘zlashtirgan bo‘lib chiqadi-da. Mantiqni qara)
Imtihon bo‘lib yiqilganimdayam baribir unday yumalab yig‘lamasdi. Chunki har qanday muvaffaqiyatsizliklarimni sovuqqonlik bilan qabul qilishga o'rganganman. Qaysi biriga kuyinay☺️
O‘zi qariganda magistraturani kim qo‘yibdi menga. 3 yilga kechikdim
@qodirova_g
Online ish qulay. Hozir online ishlash holati ko'paygan. Ammo bitta yomon tomoni ham bor.
Yalqovlashtiradi. 3 yildan beri online ishlayman. Bu 3 yil ichida 3 oygina oflayn ishladim. Shu 3 oyda topgan samaradorligimni 6 oyda topaman odatda.
Chunki online ishlarkansiz, siz baribir ishlamayotgan hisoblanasiz. Uydalik vaqt mayda-chuyda ishlardan ortsangizgina yoki dam olish vaqtingiz hisobiga ishlolsangizgina zimmangizdagi vazifani topshirasiz. Boshqachasiga iloji yo‘q.
Bir vaqtda bir necha joyda ishlasangiz va ularning bittasi oflayn, qolgani online bo‘lsa ham natija chiqarolasiz.
Sababi, siz uydan va uyning ikir-chikirlaridan uzoqlashgan holda, 8 soat davomida o‘z vaqtingizga o‘zingiz hukmronlik qilasiz.
To‘g‘ri rejalay olsangiz 8 soatda dunyoning ishini amallab tashlashingiz mumkin.
Shunday ekan, maslahatim: uyda o‘tiriiiiib ishlayveraman, deya yelkangizga bir qancha online ishlarni ortmoqlamang.
@qodirova_g
Bir muddat o'ziga berkinib yashashning foydali tomoni - ruh yangilanadi.
Butun kechmishlaringni tahlillaysan. Xato-kamchiliklaringni anglaysan. Tuzatishga, hechqursa, takrorlamaslikka ahd qilasan.
Keraksiz odatlar, hislar va hatto odamlarni o'zingdan siqib chiqarasan.
To'g'ri, anchagina tushkunlik, yurak zirqirashi, ezilish, o'zingga ishonchsizlik bo'ladi. Ammo o'tadi.
Qaqnus olovda kuyib qayta tug'ilganidek, o'z yog'ingga jizg'anak bo'lgach, yengil ruh bilan, yangi maqsadlar bilan o'zingga qaytasan.
@qodirova_g
Meni eshik qisganligi rost. Hammaning magistratura mandati chiqdi. Meniki turibdi hali bezrayib.
Katta ehtimol bilan ötolmaganman-ov)
@qodirova_g
Bugun qizim Toshkentga jo‘nab ketdi. İlk marta mendan uzoq masofaga, uzoqroq muddatga (3-4 kun) ayrildi.
Dilbandimga dilim band bo‘lgan ekan. Ko‘nglim huvillab, yonim bo‘shab qolgandek.
Hali meni eslamabdi. Bugun-erta eslamaydiyam. Lekin ikki kundan keyin sog‘inishni, yig‘lashni boshlaydi. Ko‘ngliga hech narsa sig'may qoladi. Hali kichkina-da. 3 yosh.
Farzandlar shunaqa qilib uzoqlashib ketaverarkan-da. Katta bo‘lgani sari yoningizda bo‘lib uzoqlashadi. Shaxsiy fikrlari, shaxsiy mulohazalari paydo bo‘ladi. Sizning ixtiyoringizdan chiqib boradi.
Bunga o'zimizni ko‘niktirishimiz lozim. Ularni hozirgi murakkab zamonning xavf-xatarlaridan faqatgina unga do‘st bo‘lib, tengdoshdek muomala qilib asrashimiz mumkin. Taqiqlasak, battar intiladi. Bo‘sh qo‘ysak, mukkasidan ketadi. Shunchaki zararli yoki foydalini ularning ongiga muhrlashimiz, turli metodlar bilan uqdirishimiz shart. Boshqachasiga yo‘l yo‘q deb o'ylayman.
Hali yoshman. Farzandim ham bitta. Ammo yuqoridagi fikrlarni "aqllilik" qilganimdan emas, o‘z tarbiyamning yutuq va kamchiliklarini ko‘rganimdan, xulosa chiqarganimdan aytyapman.
Book cafeyim maktab yonida. Kuniga 500lab bolalar bilan muomala qilaman. Ularning holatiga, bekor sarf bo'layotgan qimmatli vaqtlariga qarab turib fikrlayman.
Qizimni esa shanba kuni borib olib kelaman. Ruhiy holatiniyam tahmin qilyapman. O'zimiz ham katta bo‘lgan sari ota-onamizdan uzoqlashgandek bo‘ldik. Ammo baribir nimagadir ikkilansak, barmoqlarimiz beixtiyor ularning raqamlarini teradi...
@qodirova_g
Husn ham muhim. Ammo husnga yarasha axloq yo farosat bo'lmasa, chiroyning harorati keskin tushadi. Sovuqlashadi...
@qodirova_g
Foydali tavsiya:
Agarda ayol birovga tegishli bo‘lsa, u sevganining yanada ko‘proq orzusiga aylanadi — bu azaliy qoida.
Tahrirga endi kirib kelayotgan musahhih fikrlari))
Shogirdlarga qarab turib, muharririmiz sochlarini oqartirib tashlaganim yodimga tushib, kulib qo'yaman😊
@qodirova_g
#nazm
Kurashsiz, mehnatsiz shodlik, kulgini
O'g
irlik mol deyman, qilaman hazar.
Qalbimning parchasi singmasa agar -
Rozimasman birov hadya etsa zar...
✍ Saida Zunnunova
@qodirova_g
#tilchining_bolasi
Uzum uzarkanman, pastda idish ko‘tarib turgan qizim:
- Voy, og'ir ekan, ayajooon. Manging, - dedi.
Kulvordim. Oling demoqchi edi. OL+INGni nazarda tutib, to'g'ridan to‘g‘ri MANG+ING bo‘ladi deb o‘ylagan.
Yosh olimcham mening sohamdan ketadimi deyman. Hozirdan yangi grammatik qoidalarni kashf qilvoryapti))
@qodirova_g