#maqtanish
Hozirgi zamonda yarimta namyogingdan tushunib, darrov istagingni amalga oshirishga urinib ketgan do'sti topish qiyin.
Ammo menda bitta shundayi bor. @Pechorina7 ga: "Akademnashrdan chiqqan "Hukmnoma" va "Mazaxchini o'ldirish" kitoblari "Yosh kitobxon"ga kiritilibdi-ya", degan ishoram yetarli bo'ldi va ikki kitob qo'limga yetib keldi.
Talabalik davridan bir-birimizning didimizdagi kitobni hadiyalashish bizga odat. Bu odat kampir bo'lgunimizgachayam davom etsa kerak)
Rahmat, dugosh. Bilib qo'y: mendaqasiyam bitta😎))
@qodirova_g
Hech e'tibor berganmisiz: Alloh uzoq kutganingizni og'ir vaziyatlaringizda, g'amgin pallangizda beradi.
Balki bu Allohimning "Bandamga og'irliklar ichida yengillik bo'lsin. Bandam suyinsin. Qulim shodlansin. Uni sevishimni, yonidaligimni bilsin" deganidir.
Ahir, sevgan sevilganini tashvish ichida tashlab qo‘ymaydi-ku...
@qodirova_g
Xo'o'o'sh, koperayterlik bo'yicha topgan ilk pulimni nimaga sarflardim? 🤔
Universitetdagi guruh rahbarimizning bir gapi bor edi: birovning shapkasini birovga kiydirma, derdi.
Kiydirib turish kerak. Pul borasida ham ayni shunday qilardim. O'rganganlarim ketidan kelgan mablag' evaziga yana ilm sotib olib, bilimga aylantirardim.
Hozir mini-kursdaman. Mini-kursning "shapka"sini katta kursga kiydirardim.
Shu vaqtgacha eng katta invistitsiyamni ham ilmga tikdim, eng katta foydani ham ilmdan topdim.
Qiziqqan kishiga uning mashaqqati ham rohat aslida...
@qodirova_g
"YOG'DU" SIZGA ZIYO ULASHMOQCHI!
📚Kitob yaxshi, arzon bo'lsa yanayam yaxshi.
"Yog'du" nashriyotidan 1-yanvar munosabati bilan ajoyib % chegirmalar qabul qiling!
Izlagan kitoblaringiz sizni kutyapti. Bitta qo'ng'iroq va ular sizning qo'lingizda. Shoshiling 🔽
+998999999999
50 yoshimga maktub
#paxtadalikdan
"O'tgan yili paxta terib qizimning kontraktini arang to'lab oldim. Bu yil sarpa-surug'ini butlab olsam, marra meniki..."
Qiziq, kontraktga yetarli pul jamg'arib, uni to'lab olish uchun nechi kilo paxta terib, qancha chang yutib, yana qancha yuk ko'tarish mumkin?..
@qodirova_g
@mutolaablogs каналида жозибадорлик етишмаяпти, сўзларни алоҳида қора ҳарфлар ва цитата билан кўрсатиш йўқ! Кирган одам каналга обуна бўлгиси келмайди.
Тавсиям: канални жозибадорлиги устида ишлаши керак
Muttasil ruhiy azob chekkan odam hamisha yangi zarbalarga chogʻlanib turadi. Butun asabini, kuchini boshiga yogʻiladigan kulfatlarini daf qilishga tayyorlab turadi. Ana shunday paytda bir ogʻiz mehribon soʻz, bir ogʻiz iliq kalima asablar ostida yotgan koʻz yoshini siqib olib chiqadi.✍ Said Ahmad "Ufq"
Musahhih, muharri, sahifalovchi, kolumnistman. Ya'ni soham so‘z va kitob bilan bog'liq.
So‘z - kuchli qurol. To‘g‘ri ishlatilsa, har qanday cho'qqiga olib chiqadi. Hozir aynan so‘z bilan bog'liq zamonaviy kasb - kopyrayterlik sohasi taraqqiylasha boshladi.
Bu sohaga @mutolaablogs ni yurita boshlaganimdan qiziqdim va o‘rgana boshladim.
Maxsus kurslarga yozildim. Ko'ramiz. Jarayon hamda natijalarimni bo‘lishib boraman. Yangilik o'rganish kishi ruhiniyam yangilaydi.
@qodirova_g
Ehsonning mukofoti - ehson.
Yaxshilik mukofoti - yaxshilik.
Bugun 30 minglik yaxshilik qilgandim. Aytishgayam arzimaydi. Hozir 3 mln oydan tushgandek kelib turibdi.
#Alhamdulillah
@qodirova_g
Qiziqqonlik bilan hech narsani hal etib bo'lmaydi. Xato ustiga xato qilish mumkin xolos. Xotirjam bo'lish va xotirjam ko'rinish o'rtasida katta farq bo'lsa-da, har ikkisi ham yaxshi natija ko'rsatishi bilan o'xshash.
@qodirova_g
Yana go‘zal şarkı ko‘tarib keldim🙃
Audio kitoblar tinglashdan ortgan vaqtlarim ba‘zi-ba‘zida ko‘ngil qo‘shiq tilab qoladi. Türk tilidan uzoqlashib ketmaslik uchun ko‘proq turkcha qo'shiqlar tinglayman. Kinosiga esa vaqt yo‘q )
Ne olur ara sıra haberdar et
Pencerelerde bekletme
Hayatına elbet biri girecek
Mutlu ol onu ihmal etme.
Acımazsızsın isyankarsın
Vefasızsın riyakarsın
Hem günahsız hem günahkârsın hayat gibi...
Ne qilar ora-sira xabardor et
Derazalarda kuttirma
Hayotingga albatta kimdir kiradi
Baxtli bo‘l, uni intizor etma.
Beshafqatsan, isyonkorsan
Vafosiz, riyokorsan
Ham gunohsiz, ham gunohkorsan
Hayot kabi...
@qodirova_g
Ne yapsan yap, pişman olacaksın: belki yaptıklarından, belki de yapmadıklarından...
Nima qilsang qil, pushaymon bo'lasan. Yo qilganlaringdan, yoki qilmaganlaringdan...
Dostoyevskiy
Xato qilmoq insonni ulg'aytiradi deyishadi. Ammo ba'zilari qaritadi ham...
@qodirova_g
Koperayterlik bo'yicha yana bir vazifa: "Bu sohada ishlab topgan ilk pulingizni nima qilgan bo'lardingiz?" savoliga javob yozib, blogga joylash ekan.
Aslida @mutolaablogs da ishlab, ikki marta oylik olib, jig'ildonga urib bo'lganman.
Ammo endi rasman koperayter bo'lib boryapman. Shu sababdanam vazifani bajaraman. Blogga joylayman. Chidaysizlar endi☺️
@qodirova_g
"Osmon yiroq, yer qattiq"
Boshingiz tinmay og'riydi, holsizlanasiz, buning ustiga qon bosimi. Vaqtinchalik og'riq bosuvchilar ham foyda bermay qoldimi?
✋Tinchlaning! Bizda chora bor! Hijoma orqali hammasidan qutulasiz. "Hamdard" sihatgohimizda hijoma orqali sizning:
— stress va asab tizimlaringizni normallashtiradi;
— qon bosimingizni yaxshilaydi;
— yurak bezovtaligini me'yoriga keltiradi;
— tetiklashtiradi.
Hoziroq bog'laning va joyingizni band qiling 🔻
📞 +998999999999
Bugun korerayterlikning ikkinchi darsini ko'rdim. Sotuvchi matn tayyorlash topshirildi. Birinchi marta bunday matnlar tayyorladim.
Sizlar ham bir ko'rasizmi? Bu sohani qanchalar eplay olishimni baholaysiz)
Koperayterlik kursiga yozilgandim. Birinchi dars bo‘ldi va vazifaga 50 yoshdagi menga maktub yozish topshirildi.
Kelajakni qanday bo‘lishini Allohdan bo‘lak kimsa bilmaydi. Ammo shunday bo‘lsa ham yozishga tirishdim... Judayam yaxshi yozilgan deya baholandi.
Maktubda nimalar degan bo‘lishim mumkin? Siz nima deb yozgan bo'lardingiz? O‘ylab turing-chi)
@qodirova_g
Demishlarki, o'lim hidini bir bor tuygan, uning dahshatini his qilgan, xavfini sezgan inson hayotga butunlay boshqa ko'zlar bilan boqa boshlarkan.
@qodirova_g
Judayam zerikib (to‘yib) ketganingizda ho‘ng-ho‘ng yig'lab yengillashishingiz uchun qo'shiq olib keldim.
Har birimiz muammolar girdobida qolsak, bolalikka qaytgimiz, onamiz tizzasiga bosh qo‘ygimiz kelib qoladi.
Anne, beni anlayan yok
Omuzumda yüklerim çok
Seninkinde yer kaldıysa
Başımı koysam biraz anne
Ona, meni anglagan yo‘q
Bu yelkamda yuklarim ko‘p
Agar senda bir joy bo‘lsa,
Boshimni qo‘ysam biroz, ona.
@qodirova_g
Har ishda bir xayr bor.
"Allohim, xayrlisini ber", deya duo etish dilga quvvat beradi doim.
@qodirova_g
Magistratura natijalaridan hamon darak yo‘q. Natijamni sezib tursam-da, umid qurg‘ur miltirab qo'ymayapti.
Asli yiqilsam ham achinmayman. Agar imtihon olinganda-yu, yiqilganimda yer tepib, soch yulib, arillab yig‘lasam ham yarashaverardi. Chunki bu haqiqiy mag‘lubiyat, bilimim pastligidan darak bo‘lardi.
Ammo universitetdagi ballar haqiqiy bilimni belgilamasligini yaxshi bilaman. Diplom bali 100lar Enshteyn bo‘ladimi shunda? Ahir, ular universitetda o'tilgan hamma fanlarni 100 foiz o‘zlashtirgan bo‘lib chiqadi-da. Mantiqni qara)
Imtihon bo‘lib yiqilganimdayam baribir unday yumalab yig‘lamasdi. Chunki har qanday muvaffaqiyatsizliklarimni sovuqqonlik bilan qabul qilishga o'rganganman. Qaysi biriga kuyinay☺️
O‘zi qariganda magistraturani kim qo‘yibdi menga. 3 yilga kechikdim
@qodirova_g
Online ish qulay. Hozir online ishlash holati ko'paygan. Ammo bitta yomon tomoni ham bor.
Yalqovlashtiradi. 3 yildan beri online ishlayman. Bu 3 yil ichida 3 oygina oflayn ishladim. Shu 3 oyda topgan samaradorligimni 6 oyda topaman odatda.
Chunki online ishlarkansiz, siz baribir ishlamayotgan hisoblanasiz. Uydalik vaqt mayda-chuyda ishlardan ortsangizgina yoki dam olish vaqtingiz hisobiga ishlolsangizgina zimmangizdagi vazifani topshirasiz. Boshqachasiga iloji yo‘q.
Bir vaqtda bir necha joyda ishlasangiz va ularning bittasi oflayn, qolgani online bo‘lsa ham natija chiqarolasiz.
Sababi, siz uydan va uyning ikir-chikirlaridan uzoqlashgan holda, 8 soat davomida o‘z vaqtingizga o‘zingiz hukmronlik qilasiz.
To‘g‘ri rejalay olsangiz 8 soatda dunyoning ishini amallab tashlashingiz mumkin.
Shunday ekan, maslahatim: uyda o‘tiriiiiib ishlayveraman, deya yelkangizga bir qancha online ishlarni ortmoqlamang.
@qodirova_g
Bir muddat o'ziga berkinib yashashning foydali tomoni - ruh yangilanadi.
Butun kechmishlaringni tahlillaysan. Xato-kamchiliklaringni anglaysan. Tuzatishga, hechqursa, takrorlamaslikka ahd qilasan.
Keraksiz odatlar, hislar va hatto odamlarni o'zingdan siqib chiqarasan.
To'g'ri, anchagina tushkunlik, yurak zirqirashi, ezilish, o'zingga ishonchsizlik bo'ladi. Ammo o'tadi.
Qaqnus olovda kuyib qayta tug'ilganidek, o'z yog'ingga jizg'anak bo'lgach, yengil ruh bilan, yangi maqsadlar bilan o'zingga qaytasan.
@qodirova_g
Meni eshik qisganligi rost. Hammaning magistratura mandati chiqdi. Meniki turibdi hali bezrayib.
Katta ehtimol bilan ötolmaganman-ov)
@qodirova_g
Bugun qizim Toshkentga jo‘nab ketdi. İlk marta mendan uzoq masofaga, uzoqroq muddatga (3-4 kun) ayrildi.
Dilbandimga dilim band bo‘lgan ekan. Ko‘nglim huvillab, yonim bo‘shab qolgandek.
Hali meni eslamabdi. Bugun-erta eslamaydiyam. Lekin ikki kundan keyin sog‘inishni, yig‘lashni boshlaydi. Ko‘ngliga hech narsa sig'may qoladi. Hali kichkina-da. 3 yosh.
Farzandlar shunaqa qilib uzoqlashib ketaverarkan-da. Katta bo‘lgani sari yoningizda bo‘lib uzoqlashadi. Shaxsiy fikrlari, shaxsiy mulohazalari paydo bo‘ladi. Sizning ixtiyoringizdan chiqib boradi.
Bunga o'zimizni ko‘niktirishimiz lozim. Ularni hozirgi murakkab zamonning xavf-xatarlaridan faqatgina unga do‘st bo‘lib, tengdoshdek muomala qilib asrashimiz mumkin. Taqiqlasak, battar intiladi. Bo‘sh qo‘ysak, mukkasidan ketadi. Shunchaki zararli yoki foydalini ularning ongiga muhrlashimiz, turli metodlar bilan uqdirishimiz shart. Boshqachasiga yo‘l yo‘q deb o'ylayman.
Hali yoshman. Farzandim ham bitta. Ammo yuqoridagi fikrlarni "aqllilik" qilganimdan emas, o‘z tarbiyamning yutuq va kamchiliklarini ko‘rganimdan, xulosa chiqarganimdan aytyapman.
Book cafeyim maktab yonida. Kuniga 500lab bolalar bilan muomala qilaman. Ularning holatiga, bekor sarf bo'layotgan qimmatli vaqtlariga qarab turib fikrlayman.
Qizimni esa shanba kuni borib olib kelaman. Ruhiy holatiniyam tahmin qilyapman. O'zimiz ham katta bo‘lgan sari ota-onamizdan uzoqlashgandek bo‘ldik. Ammo baribir nimagadir ikkilansak, barmoqlarimiz beixtiyor ularning raqamlarini teradi...
@qodirova_g