Фарзанд жуда кучли ришта. Мустаҳкам. Аммо у мажбурият риштаси бўлса, бу катта бахтсизлик.
Эр-хотин ҳар жанжаллашганда "шу бола учун яшаяпман. Бўлмаса бир кун турмасдим" деб айтишдан чарчамайди. Бундан кўнгиллар чил-чил синади...
Бироздан сўнг эса эр қовоқ уйганча, хотин рўмолининг буржига кўзёшларини артиб, бурнини тортганча синавериб сийқаси чиққан кўнгилларини секингина териб оладиларда, яшашда давом этадилар. Бу фожеа...
@qodirova_g
Яхши ният ва мақсадлар билан "Мутолаа" лойиҳасида иш бошладим. Жамоамиз билан Мутолаа блогини ташкил қилдик. Бу ерда мутолаа иловасига юкланган барча китобларга таҳлилий мақолалар, иқтибослар ва қисқа видео контентлар қўйиб борилади. Бундан ташқари турли танлов ҳамда китобхонлик йиғинлари ташкиллаштирилади. Қисқаси, сизларга энг яхшиларини илинамиз...
/channel/mutolaablogs
@qodirova_g
Dunyoda shunday shirin ne'matlar borki, ular uchun har narsa, hatto shaxsiy istaklaringdan ham kechib yuborasan kishi❤️
Читать полностью…“Узундир ичимдан қора кечалар,
Билмайман, мен кетай қайга кечалар,
Қолдирди қалбимда яра кечалар…”
Сўзларику майли, гўзал мусиқаси бор экан!
Ҳақиқий туркий нола…
Muvaffaqiyatlar o'z-o'zidan bo'lib qolmaydi. Tagida katta sabr, g'ayrat, mehnat, mashaqqat yotadi...
Читать полностью…Dün gece ufacık bir çiçek solmuş
Bugün yeniden güneş doğmuş
Bak burada küçük bir kız ölmüş
Ruhu büyüyüp kadın olmuş
Kimse yeni yara açamaz artık
Çok canım yandı acımaz artık
Bugün düşerse yarın kalkar
Bu kız kendine acımaz artık
Kecha oqshom nozik bir gül so'lmish
Bugun yangidan quyosh chiqmish
Qara, bu yerda bir kichik qiz o'lmish
Ruhi ulg'ayib ayol bo'lmish.
Hech kim bir yara ocholmas ortiq
Jonim ko'p yondi, qiynalmas ortiq
Bugun yiqilsa, ertaga turar
Bu qiz o'ziga hech achinmas ortiq...
@qodirova_g
Bugunning o'zidayoq ikki tanishimning o'zini osgani, biri o‘lib, biri o‘lmay qolganini eshitdim...
Ikkisi ham ayol, ikkisi ham ikki-uchtadan farzandli. Bunday voqeani eshitganimiz hamono ularni dor ostiga olib borgan sababga qiziqamiz. Erkakniki mayli, har xil sabab bo‘lishi mumkin. Ammo ayolniki borib baribir bir negizga taqaladi: xo‘rlik, haqorat, tajovuz, umidsizlik...
Ayolni ojiza deymiz. Ammo u uncha-muncha erkak chidash berolmaydigan og'ir kunlarga bardosh beroladi. Juda uzoq qorong‘i tunnellardan yurib boroladi. Faqat o‘sha tunelning oxirida tangadekkina nur uni chorlab turgan bo‘lsa bas. Ammo o‘sha nur yo'qolib qolsa bormi!!!
O‘sha nurni mehr, umid deylik. Yomon kunlar bir kun o‘tib ketishiga ishongan ayol joniga qasd etmaydi. Yaqinlariyu juftidan mehr olib yurgan ayol hayotidan voz kechmaydi. Nohaq zulmlardan bezmagan ayol arg‘amchiga osilmaydi.
Zulmat hayotidan chiqib ketishga jur'at etayotgan ayollarimizni sabrsizlikda ayblaymiz. Ammo ular eng sabrlilari, aqllilaridir. Ular o‘z umidlari tugagan chegarani vaqtida anglaydilar va vaqtida qo‘l siltaydilar. Hozir oyog'i bilan chiqib ketmasa, bir kun tobuti chiqishini, hayotini orzulariga qo‘shib arqonga osishlarini bilib turadilar. Ayol hamma mehnatga chidaydi. 100 xil ish qildiring. O‘sha 100 xilidan atigi bittasi o‘zi sevib bajaradigani bo‘lsa bas. O'shandan olgan energiyasi bilan har qanday mehnatdan charchamaydi. Ayolning jisminigina emas, ruhiniyam parvarish qilinmog‘i lozim...
@qodirova_g
Sezen Aksuden çok güzel şarkı...
Sen ham mening kabi haqiqatni bilasan...
@qodirova_g
#nazm
Ko'ksimda bir qush - uchadi tinmay.
Yuksak-yuksaklarda uchar - ko'rar tush...
Uchadi yarador bo'lganin bilmay,
Uchib ketayotib o'ladi bu qush.
✍ Usmon Azim
@qodirova_g
#Anna_Karenina
Bo‘g‘zimga tosh qadaladi, yopilar kitob,
Titranaman.
O‘qib bo‘lmas, yo‘q undan nari.
Bilmam buncha qayga shoshar, gursillab yurak,
Go‘yo, undan o‘tgandayin poyezd relslari…
Qish. Peterburg. Ojizgina nur sochar Quyosh.
Qorparchadan akslangan zulmattob kunlar.
Kaminda jim so‘nar olov, sovuydi qahva,
Sog‘inch aro, kutish aro daydiydi tunlar…
Sovuq hisni cho‘g‘latolmas bu qaynoq bazm,
Chappor urib aylanadi shubha va xayol.
Bunda hissiz qalblar bari gulgun va shodmon,
Yolg‘iz baxtsiz – borin ishqqa baxsh etgan ayol…
Anna, sizni o‘rtagan dard menga ham tanish,
Bir olovki, hamon tinmay dilga o‘t qalar.
Anna, men ham bir insonni Xudoday sevdim,
O, baribir Xudo bo‘lmas ekan bandalar!..
Peterburgmas, butun yerni qoplagandek qish,
Qatra nur ham aziz bo‘lar ekan bu damda.
Anna, qanday mumkin axir ishq deb o‘rtanish,
Chor tarafda Vronskiylar to‘lgan olamda…
Bu olomon buncha shodmon, buncha beparvo,
Shamdek so‘nib borishimni kuzatarlar jim.
Anna, sizdek jonimga qasd qilolmadim-u,
Faqat,
Yuragimni poyezd ostiga otdim…
Go'zal Ro'ziyeva
@qodirova_g
#Таассуф
Ҳар кунгидек ишга шошиб келар эканман ортимда йиғлаб гапираётган аёл товушини эшитдим. Аёл шу қадар ўпкаси тўлиб гапирардики, минг уринса ҳам дувиллаб тўкилаётган ёшларини яширолмасди. Ўфка, алам, афсус қоришиқ эди унинг овозида:
-Касал бўлиб қолдим, биттаям доримни олиб бермади. Касалвандсан, браксан дейди доим. Бир нарса десам аямай уради. Кеча эрталаб ухлаб қолибман. Қайнам жавраб ўғлини чақирди. Кийиниб чиққунимча куёвингиз келиб тепиб кетди. Нафас ололмай қолдим. Шу туриш қолиб кетдим. Кейин мажбур сизларни чақирдим...
Аёл велосипед орқасида ўтириб кетарди. Билишимча, рулдаги отаси. Умуман, буни билиш қийинмасди. Агар аёлнинг овозни "беззвук" қилиб қўйилса ҳам уни отаси тинглаётганини англаш қийинмас. Чунки ота рулни бор кучи билан қаттиқ ушлаган, қовоқлари уйилиб пешонаси тиришган, тобора қадди букчайиб бораётганди. Гўё унинг елкасига тўнналаб юк ортилгану қизи гапиргани сари бу юк кўпайиб борарди. Ота йўлдан кўзини узмасди. Бир сўз ҳам демасди. Жим, айни пайтда чорасиз...
Бу ҳолнинг оғирлигини қиз ўстирган ва ўстираётганлар жуда яхши англайди. Еру кўкка ишонмаган, эркалаб-суйиб, фахрланиб катта қилган қизингни кимдир хўрлаб-хақоратлаб турсаю, бунга аралашолмасанг, азобку!
Биз аёллар бир-биримизнинг дардимизни тушунамиз. Жабрланган жинсдошларимизнинг ҳолига қараб ҳар аёлнинг бир чиғириқдан ўтиши бор, яхши бўлиб кетади. Сабр қилса бўлмайдими, деймиз. Аммо ўша чиғиқдан соғлиғини, қадр-қийматини, ғуруру орзуларини тўкиб, йўқотиб ўтишини ҳисобга олмаймиз.
Кўплаб эркаклар кўчадан орттириб келган "нервчит"ларининг аламини ҳам келиб аёлидан олади. Ёмоннинг кучи япалоққа етар экан. Аёлнинг жони қирқта бўлгани билан қалби битта. Бу қалб сингач, синиқлари бир кун келиб қизингизда қайтиб келиб, юрагингизга санчилишини ҳам ҳисобга олиб қўйинг, ҳурматли эркаклар!..
@qodirova_g
Qirgʻizistonlik rejissyor Ruslan Akun suratga olgan "Jannat onalar oyog'i ostida" (Бейиш — эненин таманында) filmi O'zbekiston kinoteatrlarida namoyish etila boshlaganidan ko'p o'tmay tarmoqlarga chiqarib yuborilibdi.
Hozircha o'zim duch kelmadim, ammo filmni to'liq va sifatli formatda tashlab berishgan taqdirdayam ko'rmoqchi emasman. Reja qilib qo'yganman, nasib etsa, filmni oilam bilan kinoteatrga tushgan holda tomosha qilaman.
Do'stlar, sizga ham tavsiya, mualliflik huquqi, ijodkorlar mehnatini hurmat qiling. O'g'ri kanallar va shaxslarga esa shunchaki "yo'q" deng.
Katta qiziqish va muhokamalarga sabab bo'layotgan filmni kinoteatrga borgan holda tomosha qilib, ijodkorlar mehnatini hurmat qilishimiz, bu huquqlar buzilishiga befarq emasligimizni ko'rsataylik.
Unutmaslik kerak, O'zbekistonda kinoni o'ldirgan, yaxshi san'at asarlari yaratilishiga to'siq bo'layotgan omillardan biri ham shunday o'g'riliklar va ularning tomoshabin tomonidan qo'llab-quvvatlanishi aslida.
@haqiqatdaIlyos
Nihoyat hayotimga bir yangilik, yangi muvaffaqiyat va boshqa yutuqlarga erishishga bo'lgan turtki kirib keldi. O'zimni zanglay boshlagan tunukadek his qilayotgandim, ochig'i. O'tgan yili turk tilini katta ishtiyoq bilan boshlab 5 oy o'qidim. Har kecha 3-4 soatlab dars, kunduzi uyga vazifalar bilan kechdi 5 oyim. Bolam yosh edi. Yozi bilan kasaldan bo'shamadi. Bir qo'limda 39 isitma bilan bolam ingradi, ikkinchi qo'limda telefon orqali dars kechdi.
5 oylik kursni o‘qituvchim Sohiba Soliyeva bilan yakunladik. O‘quvchining bilim olishida o'qituvchining o'rni katta. O‘quvchining ilmga bo‘lgan tashnaligini qondira olish muhim. Ustozim menikini qondiribdiki sal kam bir yildan so'ng topshirgan imtihonimning javobi ijobiy chiqibdi.
Imtihondan juda yomon kayfiyatda chiqqandim. Yaxshi bajarolmadim, qiyin savollar tushdi degandim. Yaxshi natijadan umid uzgandim. Ammo Alloh ol qulim deb tursa, omad kularkan. Albatta, mehnatlar samarasiz qolmas ekan. Ustozimgayam tashakkurlar aytaman.
🎗Har sohaning qonuniy tartib va qoidalarini bilish ham vaqtingizni, ham naqdingizni tejaydi
❗️Advokat va yurist xizmatlari pulli bo'lgani holda...
⚖Biz sizga bepul huquqiy maslahat berishga qaror qildik.
🔸Ta'lim
🔹Mehnat huquqi
🔸Soliq
🔹Qarz
🔸Ma'muriy huquqbuzarlik
🔹Oila huquqi (nikoh, nikohdan ajrashish, aliment)
🔸Meros
🔹va boshqa huquqiy munosabatlar
🎁Bonus: Ariza va sud uchun kerakli hujjatlar roʻyxati ham bepul tuzib beriladi. Bu faqat 1-martdan ramazon oyi oxirigacha amal qiladi.
LINK 👉 @YuristFayzullo
Savollar uchun: @YuristMaslahatirobot
Yurist Fayzullodan bepul huquqiy maslahat oling
Qanot yozib uzoq-uzoqlarga uchging keladi. To'xtab turgan yering seniki emasligini, loyiq yerdamasligingni ich-ichingdan his qilasan. Uchishga intilasan. Qadrlanadigan, salohiyatlaringni bor bo'yicha ko'rsatib beradigan, rivojlanadigan, yonadigan muhitingda bo'lishni judayam xohlaysan. Ammo qanotlaring bog'liqligi, qachon yechilishi aniqmasligi yodingga keladi. Shunda yurak-yurakdan o'kinasan. Qafasingga o'zingni qattiq-qattiq urgancha unsiz o'kirasan. Qafasdalik juda yomon, muhitning qafasi undan ham chirkin. Chorasizlik alam...
@qodirova_g
“Кимдир илк қадамни қўймоғи керак. Қуруқ саволлар, гумонлар, хавотирлардан қутулиб бошламоғи керак дунёга кўз очишни, ўқишни ўзбекнинг оналари ҳам! Кимдир, аёл ё бокира бир қиз, Ватан учун ўлмоғи керак-ку туғишдан ортиб! Мен она бўлмоқдан кўра, шу миллат учун юксак ўқимоқни афзал кўрдим! Ё хато қилдимми, ота? Фақат қулфарзанд туғмоқ шарафми бу қопқондаги юртда? Оналар шундоқ ҳам кўп-ку, ичлари тўла бола! Мен улар туққан болаларни тўпламоқчи эдим илмга, маърифатга, аммо қаршимда турибди бир ўқ ва бахтиқаро ота!”
Жавлон Жовлиев "Қўрқма"
@qodirova_g
Har doim hayotimni yangidan boshladim deganingizda, albatta, nimadir o'zgargan bo'ladi: yo tuyg'ular, yoki tartib, yoki o'zingiz...
@qodirova_g
Ne bilursizki kun misli muhabbat yuzidin
Qora tunlar neki bir hastadilon o'tgusidir...
#Alhamdulillah
Har doim to‘g‘ri yo‘ldan og‘ishayotganimni his qilganimda Allohga dildan murojaat qilib, yo‘limdan adashishimga yo‘l qo'ymasligini, tavfiqidan mosivo qilmasligini va hayrli amallargagina chorlashini yolvorib so'rayman. Pinhona so‘zlashaman. U esa meni hech qachon javobsiz qoldirmagan. Yo bandasi, yo hayrga boshlovchi hodisasi vositasida to‘g‘ri yo‘lga boshlab turgan. Qalbimdan o'tkinchi havaslarni quvgan O'ziga shukr...
@qodirova_g
Biz bu kartoshkajon bilan nimalar qildik, nimalar qilmadik. Men asosan tunda ishlayman. To‘g‘rirog‘i, tunni qulog‘idan tortib ishlataman. Faqat tunda o‘zimni o‘zimnikidek his qilaman. Nimaiki qilgan bo'lsam tungi sokinlik va bir likopcha kartoshka bilan qildim shu paytgacha.
Avval o‘quvchilikdagi uzun mutolaalar, keyin abituriyentlikdagi mulohazalar, talabalikdagi bedorliklar, o'nlab ishlardagi xodimaliklarning barchasi tun va kartoshka bilan bog'liq. Kompyuter yo telefon klaviaturasimi, ya da oddiy ruchkami farqi yo‘q. Tun shivirlaydi men yozaman. Kunduz kuni bo'yi o'tirib to‘plolmagan fikrlarim ketma-ketlikda tizilib kelaveradi. Kartoshka va bedorlik bo‘lsa bas. Ilhom ham bilib qolgan. Kartoshka isi keldimi, chopqillab yonimga yuguradi. Necha yillik refleks ahir...
Инсон вужудида бир гўшт борки, агар у оғриса бутун тана карахтлашади, оёқда мадор, қўлда қувват қолмайди. Бу гўшт - қалб. Қалб масаласи бу - руҳ масаласи демак.
Барчамизнинг руҳимиз тетик, танимиз соғ бўлсин!
@qodirova_g
Xudbin
Kelmang, yaqinlashmang, olmang xavotir,
Sizga ham yuqmasin kuyindi isi.
Bilmam, qachon bo’lgan bu yong’in sodir,
Men bir yonib ketgan uyman, azizim.
Sevgilim achindi va ketdi tashlab,
Ammo mahshargacha sovimaydi cho’g’.
To’g’ri, endi menda bo’lmaydi yashab,
Shukr, uning boshqa boshpanasi yo’q.
✍️MehrNoz
@mehrnoz_abbos
Penceresiz kaldım, anne
Penceresiz kaldım, anne
Uçurtmam tellere takıldı
Hani benim gençliğim nerde?
Derazasiz qoldim, ona
Derazasiz qoldim, ona
Qanotlarim simlarga tiqildi
Qani mening yoshligim, ona?..
Hech kimsaning qanotlari uchish oldidan simlarga tiqilib, qayrilmasin...
#Retro
Ah canım sevgilim
Derin bir okyanustayım
Hiç kimse gelmiyor, bırak beni konuşayım
En azından bugün, bugün de sonbahardayım
Soracak olursan ben şimdi uzaklardayım...
Oh jonim, sevgilim
Chuqur bir okeandaman
Hech kim kelmayapti, ushla meni gaplashayin
Eng ozida bugün men kuzdaman
So'raydigan bo'lsang gar, men hozir uzoqlardaman...
Nihoyat 4 yillik mehnat samarasini bugun qo'lga oldik. Avvalo ota-onamga, ustozlarimga va albatta o'zimga tashakkur bildiraman!
Читать полностью…"Qo'rqma" asarining hali Word varianti qo'limga kelib tushganda va uni sahifalashim kerakligi aytilganda faylning kattaligi va texnik muammolari judayam ko'pligidan erinib ketgandim. Sahifalab ham bo‘lingandan so'ng bir nusxasi Javlon akaga jo'natildi. Oradan ikki-kun o‘tgach esa Shavkat Dõstmuhammad qimtinibgina asarni qayta tahrirlab keltirganini ma'lum qildi. Mayda-chuyda o‘zgartirishlar ko‘pligidan asabiylashib to‘g‘rilab chiqdim. Undan so'ng Asaxiydagi jamoamiz bilan ham besh karra qayta o'qib, imlosini to‘g‘rilab chiqdik.
Eng qizig'i asarni har o‘qiganimda har safar hayajonlanar, Shavkat akaga qilgan zardalarimdan hijolat tortar edim. Chunki bu asar millatimizning ayni ko‘zgudagi aksi edi. Unda meni qiynagan savollarga javoblar, o'ylantirib yurgan mavzular bor edi. Kitob bosilib, jamoatchilikka tortiq qilingandan so'ng ham qayta-qayta o‘qidim.
Fikrlarim to‘lib-toshganidan taqrizlar yozdim. Qo‘rqmani maqtaganlarini eshitsam yoki ko'rsam, o‘zimni maqtashayotgandek suyindim. Tanqid qilganlarni itdek qopdim. Fikrlari xato ekanini isbotlashga urindim. Umuman, bu asarga qancha mehnatim sarf bo‘lgan bo‘lsa har gal mingdan-ming rozi bo‘ldim.
"Qo‘rqma"ga film ishlanib, kecha taqdimoti bo‘lib o'tibdi. Judayam xursand bo‘ldim. O‘zbek adabiyotida shunday asarlar ko‘payaversin!
https://youtu.be/PYNopQErSuQ?si=0irl2nS2zssMl8nv
Farzandim tug'ilganda:
"Hozir yaxshi payti. Unchalik qiynamaydi. Ikki-uch yoshga kirganda ko'rasan", deyishganda ishonmagandim...
Bekor qilgan ekanman((
Videoda chupachups ilinjida shantaj qilayotgan qizim)
Qurumsoq odamdan oliyjanoblik kutish - ahmoqlik.
Tejamkorlik va ziqnalikning katta farqi bor!
@qodirova_g