qodirova_g | Unsorted

Telegram-канал qodirova_g - Қодирова | tahrirchi

-

Жонингдан ўтиб кетса ҳам, ўзингни ҳотиржам кўрсат...

Subscribe to a channel

Қодирова | tahrirchi

Har tong shunday perashki pishiraman.

Bir yil oldin turmush o‘rtog‘im bilan "Urfon" bookkafesini tashkil etganmiz. 500ga yaqin kitoblarimni olib borib qo'yganman. Cafe maktab yonida joylashgan.

Perashkilarni ham o‘sha joy uchun pishiraman. Har kun 100 dan ortiq perashki, hot-dog, coffee, shirinliklarim va hokazolar sotiladi. Men o‘quvchi hamda o'qituvchilar uchun oddiy bufetchi opa (ba'zan xola😅)man.

Ular meni hatto universitetda o‘qiganimniyam bilishmaydi. Tasavvur ham qilishmaydi. Ba'zi o'qituvchilar mensimaygina muomala ham qilib qo‘yadi. Bufetchiman-da))

Hammasiga kulib qo‘yaman😊

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Kim qanday vaziyatlarni boshdan kechirganini faqat o'zi biladi, o‘zi his qiladi. Boshqa hech kim...

Hammasi tugadi deyilganan joyda boshqatdan boshlanish yoki davom etishlar sodir bo‘lib ketadi.

Bularni o‘z-o‘zidan, tasodifan bo‘lgan deb o‘ylayapsizmi?

Yo‘q. Siz azobdasiz, yonyapsiz, qiynalyapsiz, o‘lishga-da tayyorsiz, yo‘l topolmayapsiz, ochiq eshik ko‘rmayapsiz. Ammo qalbingizni bir chetida bir nurdek Alloh degan xayol, Alloh degan ilinj turibdi. Demak, aniq qutulasiz.

Siz kutmagan, ko‘rmagan, bilmagan eshik ochiladi. Asta sirg‘alib chiqib ketasiz. Va bir umr o‘sha eshikka, o‘sha Xaloskorga g'oyibona muhabbat va qattiq ishonch bilan yashaysiz.

Endi hech narsadan qo‘rqmay qolasiz. Ozod yashaysiz. Faqat gunoh qilib, Xaloskoringiz qahriga uchrashdan, nazaridan qolishdangina hadikda bo‘lasiz. Bu hadik esa lazzatli...

O‘layotgan joyingizda yashashga buyurildingizmi, demak, siz sevimlisiz❤️

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

500 kishilik kursga yozilgandim. Tanishtiruv bo'ldi. Hammasi 17-18-19 nari borsa 20 yosh.

O'zimni xuddi o'zi qari-yu, ko'ngli yoshligicha qolgan kampirdek his qilyapman.

Davrimiz o'tibdi shekilli)

Bir yil avval ingliz tili bo'yicha qandaydir auditoriyada bo'lgandim. Tanishtirish qismida o'zimni inglizchalab 20 yosh deya tanishtiribman. Universitetda shu yoshimda inglizcha tanishuvlardan miyamga singib qolgan ekan.

Har tugul 20 yosh emasligimni hech kim sezmabdi))

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Yuragingiz taskin topadi, tugunlaringiz yechilib ketadi, kuydirayotgan olov o'chadi.

Hammasini tiniq shuur bilan ko'ra boshlaysiz. Kuchli og'rig'ingiz pasaygandagi rohatni his qilasiz.

Toraygan dunyongiz keng holiga qaytadi. Nafas olayotganingizni va bu katta ne'matligini sezasiz. Ruhingiz tetiklashadi. Qachonki...

Qachonki siz "xayrlisi" va "shukr" so'zlarini chin dildan, his qilib, ongli tahlil bilan ayta olsangiz...

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Bugun rasman kopirayter bo'ldim.

Sizlarga maqtanaman-da. Mahallaga chiqib, xotinlarga aytsam, baribir tushunishmaydi.

Yangi narsa o'rganish doimo yaxshi. Inson ruhan yangilanadi, o'zining qaysidir xususiyat, fazilatlarini kashf etadi.

Men maktab o'quvchisilik vaqtimdan so'zning kuchiga, uning jozibasiga mahliyo edim. Shu sababdan bo'lsa kerak so'z ketidan quvib yuraman. So'z bilan bog'liq sohalarga o'z-o'zidan kirib qolaveraman.

So'zda qudrat bor, so'zda, tilda mislsiz kuch mavjud. Uni qo'llay olish, yaxshilikka yoki yomonlikka, ezgulikka yoki yovuzlikka tomon yo'naltirish o'zimizga — sizga, menga, bizga bog'liq.

Til bayram barcha o'zbek tilini hurmat qilganlarga muborak bo'lsin!

PS: @kopirayterkundaligi Ezoza opa, tashakkurlarim. Bergan ilmingizga rozi bo'ling!

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Bu postimni ustozam ko‘rsa, nima deyishi aniq: "Nima, siz kursni bitirishingiz bilan ish beruvchilar eshigingizga yalinib kelishlarini, darrov 1000 dollarlik ish taklif qilishlarini kutganmidingiz. Izlanasiz, harakat qilasiz, kerak bo‘lsa xumdek boshingizni ko‘zadek qilasiz".

To‘g‘ri-da. Hamma sohaning boshlanishida qiyin davr bo‘ladi. Esimda bir bet textni 500 so'mdan o‘qib yurgan vaqtlarim.

Mahoratli muharrir va sahifalovchi bo‘lib yetishgunimgacha bosib o'tilgan yo'lim Alloh, o‘zim va asabiylashaverib sochi oqarishgacha yetgan ustozim Xurshid akaga ayon))

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Ko'pincha: "Qilsangiz bo'ladi, faqaaat biroz qiyin-da", deyilgan narsalar o'ta qiyin yoki butkul imkonsiz bo'ladi.

Aytayotgan odam sizning umid shamingizni o'chirib qo'ygisi kelmay, iltifot ko'rsatgan chiqadi)

Xayrli kun!

PS: Menga qolsa baribir qilib ko'rgan yaxshi. Zarracha umidingiz bormi, urinib ko'ring. Hechqursa, keyinchalik "balki bo'lardi" demaslik uchun!

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

#shunchaki

Hozirgi kunda ortiqcha olaxurjun hech kimga kerak emas. Kundan-kun beshafqatga aylanib, ojizlarni yamlamay yutayotgan bu hayotda o'z oyog'ingda tura olishing judayam muhim.

Ertaga yo'lda yakka qolib ketsang, bemalol davom eta olish darajasiga yetishga majbursan. Aks holda yiqilgan yeringdan birov seni suyab, turg'azishi dargumon.

O'z ustingda ko'p ishlashing, ojizlar safidan kuchlilar qatoriga amallab o'rnashishing, o'z muvozanatingni mustahkam tiklashing shart. Yo'qsa piypalanasan.

Hozir suyanching bordir, tog'ing mustahkamdir. Ammo bu hayot. Ertangi kunga kim kafolat beradi?
Ayol ko'p narsaga majbur qoladi. Ayol avvalo o'zini tutishga, kuchli bo'lishga majbur! Zulmatda nur topishga majbur!

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

#maqtanish

Hozirgi zamonda yarimta namyogingdan tushunib, darrov istagingni amalga oshirishga urinib ketgan do'sti topish qiyin.

Ammo menda bitta shundayi bor. @Pechorina7 ga: "Akademnashrdan chiqqan "Hukmnoma" va "Mazaxchini o'ldirish" kitoblari "Yosh kitobxon"ga kiritilibdi-ya", degan ishoram yetarli bo'ldi va ikki kitob qo'limga yetib keldi.

Talabalik davridan bir-birimizning didimizdagi kitobni hadiyalashish bizga odat. Bu odat kampir bo'lgunimizgachayam davom etsa kerak)

Rahmat, dugosh. Bilib qo'y: mendaqasiyam bitta😎))

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Hech e'tibor berganmisiz: Alloh uzoq kutganingizni og'ir vaziyatlaringizda, g'amgin pallangizda beradi.

Balki bu Allohimning "Bandamga og'irliklar ichida yengillik bo'lsin. Bandam suyinsin. Qulim shodlansin. Uni sevishimni, yonidaligimni bilsin" deganidir.

Ahir, sevgan sevilganini tashvish ichida tashlab qo‘ymaydi-ku...

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Xo'o'o'sh, koperayterlik bo'yicha topgan ilk pulimni nimaga sarflardim? 🤔

Universitetdagi guruh rahbarimizning bir gapi bor edi: birovning shapkasini birovga kiydirma, derdi.

Kiydirib turish kerak. Pul borasida ham ayni shunday qilardim. O'rganganlarim ketidan kelgan mablag' evaziga yana ilm sotib olib, bilimga aylantirardim.

Hozir mini-kursdaman. Mini-kursning "shapka"sini katta kursga kiydirardim.

Shu vaqtgacha eng katta invistitsiyamni ham ilmga tikdim, eng katta foydani ham ilmdan topdim.

Qiziqqan kishiga uning mashaqqati ham rohat aslida...

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Buyurtmalar bo'lsa "hay" devoraverasizlar😂

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

"YOG'DU" SIZGA ZIYO ULASHMOQCHI!

📚Kitob yaxshi, arzon bo'lsa yanayam yaxshi.

"Yog'du" nashriyotidan 1-yanvar munosabati bilan ajoyib % chegirmalar qabul qiling!

Izlagan kitoblaringiz sizni kutyapti. Bitta qo'ng'iroq va ular sizning qo'lingizda. Shoshiling 🔽

+998999999999

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

50 yoshimga maktub


Mana, bu yil 50 yoshga ham to'lding. Ortga astoydil qayrilib qarasang qaragudek yosh. O'tgan umringni taftish qilib, saragini sarakka, puchagini puchakka ajratgudek yashab o'tilgan yillar.

Ammo biror yilini puchak deyishga til bormaydi. Chunki esingni taniganingdan harakatda, biror foydali narsani o'rganishga intilishda bo'lding. Ko'plab muvaffaqiyatlarga erishding. Muvaffaqiyatsizliklarni tajriba darsi deb bilding.

Nimagaki qo'l ursang, ter to'ksang, hech biri beiz ketmadi. Zarar bilan yakunlanmadi. Foydasi bo'lmadi degan mehnating sal keyinroq boshqa jabhada, boshqa yo'nalishda mevalarini berdi.

Mana hozir ortingda tahrir va tahlil qilgan yuzlab kitoblaring, yozgan minglab maqolalaring, yetishtirgan ko'plab shogirdlaring va 4 jildli umr daftaring bor.

Umring davomida so'z doimiy hamrohing bo'ldi. Bir umr so'z ustida ishlading. So'z o'qiding, so'z tahrirlading, so'z tahlillading, so'z yozding.

Shaxsiy hayotingda ham, ish faoliyatingda ham dovulli davrlar bo'ldi. Muammolar girdobida qolding. Ana shu dovul-u girdoblardan ham so'z ortiga berkinib jon saqlading. Sevimli mashg'ulotlaringdan panoh topding.

- Mazmunli yashay oldimmi? degan savolga javobing qanday?

- Ha, sermazmun umr kechirdim. Oilam, kitoblarim, kasbim, hunarim bilan men 50 yillik umrimni dunyoning eng chiroyli ranglari bilan bezadim.


Hammasi uchun O'ziga tashakkur❤️

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

#paxtadalikdan

"O'tgan yili paxta terib qizimning kontraktini arang to'lab oldim. Bu yil sarpa-surug'ini butlab olsam, marra meniki..."

Qiziq, kontraktga yetarli pul jamg'arib, uni to'lab olish uchun nechi kilo paxta terib, qancha chang yutib, yana qancha yuk ko'tarish mumkin?..

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Biyday dalada shunday go‘zallikni paydo qilib qo‘ygan Alloh, sevimli bandalarining taqdirlarini bundan-da go‘zal gullar bilan chamanzorga aylantirib qo‘yolmaydimi?!

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Sen meni shunchaki yaratganing yo'q, shunchaki yashashni men odat qildim!

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Bilaman, ba'zan muammoga duch kelsak, falokatga yo'liqsak, musibatga tushib qolsak, isyonga ketamiz.

Aybdor qidiramiz. Natijalarning sabablarini tahlillay boshlaymiz. Undoq bo'lmaganda bundoq bo'lmasdi. Shundoq qilmaganimda boshqacha kechardi kabilarni o'ylaymiz.

Yo'q, baribir nima qilsangiz ham natija shunday bo'lardi. Ishoning. Rizqdan qochib-qutulib bo'lmaydi. Rizq deganda biz faqat yaxshiliklarmas, bizga hikmat bo'ladigan muammo va sinovlarni ham tushunishimiz shart.

Chin dildan "xayrlisi" deng-da, chindan ham xayrli taraflarini ko'ra boshlaysiz.

Sinovlar bilan kuchli bo'lasiz, sovuqqonlashasiz, o'sasiz, donolashasiz, eng muhimi, gunohdan qaytasiz.

Shuncha xayr kerakmi sizga?

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Boychechakni tutdilar,
Simyog'ochga osdilar,
Qilich bilan chopdilar,
Bahmal bilan yopdilar...

Qattiq yerdan qatalab chiqqan boycheeeeechak,
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boycheeeeechak.


Xalqimiz naqadar donishmand, naqadar ziyrak ekan.

Avvallari bu satrlarni shunchaki eshitib, aytib qo'yaverardim.

Bir kun qizim aytib yurganini eshitib qoldim. Satrlarni chalkashtirib yuboraverdi. O'zim jiddiy yodlatmoqchi bo'ldim. Shu bilan birga tahlil qila boshladim.

Hayotda inson o'z o'rniga ba'zan qatalab, ba'zan yumalab erishadi. Yuksaklikka kimlardir qatalab chiqqan, kimdir yumalab chiqqan.

Yoki bir inson vaziyatga qarab ba'zan osonlikda, ba'zan qiyinchilikda o'sgan. Qorliklarni, sovuqlarni pisand etmay, bardosh bilan o'z missiyasini, ya'ni bahordan darak berish vazifasini uddalagan.

Eng boshidagi satrlarda esa men ko'plab ayol-qizlarimizning taqdirini tushundim...

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

— Yakshanba kuni kuningni qanday boshlaysan?

Yakshanbani dam olish kuni deya e'lon qilgan odamni "alqashdan"😩

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Ustozimiz: "Xizmatingizni kamida 10 ta joyga taqdim qiling" deya vazifa bergandi.

Basharam bujmayib bittasiga taqdim qildim. O‘zimni xuddi qichimagan joyni qashlayotgandek, yoki bilib turib begona eshikni taqillatayotgandek his qilyapman.

Mayli, ko‘raveraylikchi))

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

#Аёлларга

Доим банд бўлинг, токи майдагаплигу ғийбатга вақтингиз қолмасин.

Доим банд бўлинг, токи эришаётган катта-кичик муваффақиятингиздан энергия олинг.

Доим банд бўлинг, токи эрингиз сизни эгов дея атамасин.

Доим банд бўлинг, токи вижир-вижир фисқу фасодга, қайнона, овсин, қўшнилар билан жанжаллашишга вақтингиз ҳам, тоқатингиз ҳам бўлмасин.

Доим банд бўлинг, токи ўзингиздан, ҳаётингиздан мамнун яшанг.

Фақат битта шарт: машғулотингизнинг сифатига эътибор беринг. Сиз нима билан бандсиз. Бирор касб, ҳунар, ҳам моддий, ҳам маънавий эҳтиёжингизни қондирувчи машғулот биланми ёки ҳар кунлик майда-чуйда ишлар биланми?

Шунчаки фойдали машғулот билан шуғулланиш аёлга энергия, хурсандчилик ва мамнунлик беради. Ўзидан кўнгли тўлган аёлнинг атрофидагилар ҳам қадрлай бошлайди. Чунки у нимадир қиляпти, ниманидир уддалаяпти...

@qodirova_g

Ulashib qo'ying😊

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

#shunchaki

Boshingizga kelgan musibatlarga ham "mayli, xayrlisi" demoqqa kuch topyapsizmi?

Demak, siz o'zingiz o'ylaganingizdan-da kuchliroq shaxssiz.

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Ne yapsan yap, pişman olacaksın: belki yaptıklarından, belki de yapmadıklarından...

Nima qilsang qil, pushaymon bo'lasan. Yo qilganlaringdan, yoki qilmaganlaringdan...

Dostoyevskiy

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Xato qilmoq insonni ulg'aytiradi deyishadi. Ammo ba'zilari qaritadi ham...

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Koperayterlik bo'yicha yana bir vazifa: "Bu sohada ishlab topgan ilk pulingizni nima qilgan bo'lardingiz?" savoliga javob yozib, blogga joylash ekan.

Aslida @mutolaablogs da ishlab, ikki marta oylik olib, jig'ildonga urib bo'lganman.

Ammo endi rasman koperayter bo'lib boryapman. Shu sababdanam vazifani bajaraman. Blogga joylayman. Chidaysizlar endi☺️

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

"Osmon yiroq, yer qattiq"

Boshingiz tinmay og'riydi, holsizlanasiz, buning ustiga qon bosimi. Vaqtinchalik og'riq bosuvchilar ham foyda bermay qoldimi?

✋Tinchlaning! Bizda chora bor! Hijoma orqali hammasidan qutulasiz. "Hamdard" sihatgohimizda hijoma orqali sizning:

stress va asab tizimlaringizni normallashtiradi;

— qon bosimingizni yaxshilaydi;

— yurak bezovtaligini me'yoriga keltiradi;

— tetiklashtiradi.


Hoziroq bog'laning va joyingizni band qiling 🔻

📞 +998999999999

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Bugun korerayterlikning ikkinchi darsini ko'rdim. Sotuvchi matn tayyorlash topshirildi. Birinchi marta bunday matnlar tayyorladim.

Sizlar ham bir ko'rasizmi? Bu sohani qanchalar eplay olishimni baholaysiz)

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Koperayterlik kursiga yozilgandim. Birinchi dars bo‘ldi va vazifaga 50 yoshdagi menga maktub yozish topshirildi.

Kelajakni qanday bo‘lishini Allohdan bo‘lak kimsa bilmaydi. Ammo shunday bo‘lsa ham yozishga tirishdim... Judayam yaxshi yozilgan deya baholandi.

Maktubda nimalar degan bo‘lishim mumkin? Siz nima deb yozgan bo'lardingiz? O‘ylab turing-chi)

@qodirova_g

Читать полностью…

Қодирова | tahrirchi

Demishlarki, o'lim hidini bir bor tuygan, uning dahshatini his qilgan, xavfini sezgan inson hayotga butunlay boshqa ko'zlar bilan boqa boshlarkan.

@qodirova_g

Читать полностью…
Subscribe to a channel