Камбағал оила фарзандларини чет тили, IT ва касб-ҳунарга ўқитиш учун қўшимча имкониятлар яратилади.
Мутасаддиларга 1 мартгача тўгараклар очиб, камбағал оиладаги 118 минг ёшларни ўқитишни бошлаш топширилди.
Тўгарак харажати 80 фоизгача бюджетдан қопланади.
Камбағал оилалар фарзандларини тайёрлаб, 2025 йилда 3,5 минг ёшларни олийгоҳга грант асосида қабул қилиш зарурлиги қайд этилди.
Олийгоҳ ректорлари ҳам камбағал оиладан жами 4 минг нафар ёшларни ўқитишга бош-қош бўлади. Вазир Қ.Шариповга бу борада тегишли топшириқлар берилди.
Facebook|Instagram|X
Вилоят ҳокимлари бу йил биттадан намунавий кўча қилиб, ногиронлиги борлар учун қулай шароит яратиши керак эди.
Андижон, Самарқанд, Сурхондарё, Тошкент вилоятида бу борадаги ишлар бошланган, қолган вилоятлар лойиҳа ҳам қилмагани, маблағ ҳам бермагани кўрсатиб ўтилди.
Мутасаддиларга бу ишларни икки ойда якунлаб, келгуси йил ҳар бир туманда яна биттадан кўчада қилиш вазифаси қўйилди.
Бош прокурор ўринбосари И.Адҳамовга бу борада ўзгариш қилмаганларга қатъий чора кўриш топширилди.
Facebook|Instagram|X
Маҳалладаги ижтимоий ходимлар уйма-уй юриб, шу йил реестрда бўлмаган яна 95 минг муҳтож одамга ёрдам кўрсатди.
51 минг одамга ногиронлик белгиланди, 26 минги протез олди, ногиронлиги бор 5 минг бола боғча-мактабга жойлашди.
Бундан ташқари, муҳтож бўлмаганларга асоссиз нафақа тўлашнинг олди олинди, қисқарган харажатлар бюджетда қолдирилди.
Уч ой олдин вилоят ва тумандаги 14 минг раҳбар 75 минг камбағал оилага бириктирилиб, улар билан индивидуал ишлаш йўлга қўйилди.
Натижада, шу кунга қадар камбағал оилалардаги 17 минг одам доимий ишга жойлаштирилди, тадбиркорлик ва томорқа орқали 14 минг аҳолининг даромади оширилди, 30 минг бола боғча, тўгарак ва касбга ўқитиш билан қамраб олинди, 45 минг муҳтож аҳолига тиббий ёрдам кўрсатилди.
Facebook|Instagram|X
Bugun, 13-dekabr kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:
☁️ +12°...+4°, Bulutli
Hozir: ☁️ +5°, ↖️ 4.1 m/s
Tong: ☁️ +7°
Kun: ☁️ +12°
Oqshom: ☁️ +9°
Namlik: 18%
Shamol: Janubi-sharqiy, 4.1 m/s
Bosim: 764 mm sim. ust.
Oy: Yosh oy
Quyosh chiqishi: 07:44
Quyosh botishi: 17:08
Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi
Byulleten №347, 12.12.2024
Metodistlar uchun seminar
Toyloq tumanida Maktabgacha taʼlim tashkilotlari metodistlari uchun “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish hamda tarbiyalanuvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish” mavzusidagi seminar oʻtkazildi.
Seminarda viloyatning Samarqand tumani, Samarqand shahri, Payariq, Toyloq, Urgut, Bulungʻur, Oqdaryo,Jomboy tumanlaridan jami 125 nafar metodistlar ishtirok etdilar. Seminar davomida ishtirokchilarga malakali trenerlar tomonidan Maktabgacha ta’lim va tarbiyada metodistning o‘rni va mas’uliyati, Maktabgacha ta’lim tashkilotida maʼnaviy muhitni rivojlantirish hamda tarbiyalanuvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirish va sog‘lom rivojlantiruvchi muhit yaratish asoslari mavzularida treninglar oʻtildi.
Seminar soʻngida ishtirokchilar bilan bahs-munozara, savol-javoblar qilindi.
Расман: Мактаблардаги қишки таътилга ўзгартириш киритилди
Мактабларда III чорак дарслари 13 январдан бошланади
Xayrli tong, azizlar!
Eshitmoq - kishini boyitadi
Kamtar odamlar koʻp gapirishdan qochadilar; ular koʻp eshitmoqni istaydilar va yoqtiradilar.
Eshitmoq – kishini boyitadi; gapirmoq – sayozlatadi.
Koʻp gapirgan – koʻp yanglishadi. Koʻp yegan – koʻp yiqiladi. Tan kasalining asosi – koʻp yemak, qalb kasalining sababi – koʻp demak. Koʻp demak – soʻzga magʻrurlik, koʻp yemoq – nafsga bandalik.
Odam uchun bu sifatlar keraksiz va barchasi xudparastlikka oiddir.
Alisher NAVOIY, “Mahbub ul-qulub”.
#Yashil makon
Toyloq tuman Axborot-kutubxona markazida "Yashil makon" loyihasi asosida kutubxona hududiga archa daraxtlari ekildi. Ijtimoiy tarmoqlarimizni kuzatishda davom eting!
Instagram / Telegram/ Web saytt
#Targ‘ibot
Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashaylik!
Bugun 45-umumiy o'rta ta'lim maktabida ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat kengashideputati, tuman ayollar targ'iboti guruhi rahbari M.Yo'ldosheva, Milliy gvardiya xodimi, mahalla faollari ishtirok etdi.
Tadbirda so'zga chiqqanlar yoshlar o‘rtasidagi turli xildagi noxush holatlarning oldini olish, ularning bandligini ta'minlash, yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarning sodir etilishini bartaraf etish, giyohvandlik va ularning xulq-atvoridagi salbiy oqibatlari, diniy ekstremizm va aqidaparastlik g'oyalarining tarqalishi, shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazadigan fan to'garaklariga jalb qilish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.
Bugun, 11-dekabr kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:
☀️ +3°...-7°, Ochiq havo
Hozir: ☀️ -7°, ↖️ 3.1 m/s
Tong: ☀️ -2°
Kun: ☀️ +2°
Oqshom: ☀️ 0°
Namlik: 34%
Shamol: Sharqiy-janubi-sharq, 2.5 m/s
Bosim: 776 mm sim. ust.
Oy: Yosh oy
Quyosh chiqishi: 07:43
Quyosh botishi: 17:08
Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi
Byulleten №345, 10.12.2024
UzAuto Motors шартномаси олинган, лекин пули ўз вақтида тўланмаган Chevrolet Cobalt GX-STYLE AT PLUS ва Chevrolet Cobalt GX-MIDNIGHT AT автомобиллари 11 декабрь куни соат 10:00да savdo.uzavtosanoat.uz портали орқали қайта контрактацияга қўйилишини маълум қилди.
Читать полностью…#Тезкор
❗️“Uzbekistan Airways” талабалар учун республика бўйлаб амалга ошириладиган ички авиақатновларга 50 фоизлик чегирма эълон қилди
Чегирма 2024-йил 23-декабрдан 2025-йил 7-январгача ички рейслар учун амал қилади. Чипталарни сотиш муддати 10.12.2024 дан 01.07.2025 гача.
Toyloq tuman 33-DMTT 36-maktab majburiy bir yillik ta'lim guruhi tarbiyalanuvchilari 10-dekabr Õzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasini 32-yilligi munosabati bilan "DAVLAT RAMZLARI MUQADDAS" nomli tadbirda Õzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasini kuylash jarayonidan foto lavha.
Musiqa xodimi:Umarova Dilrabo.
Tarbiyachi:Tangirova Nilufar.
🇺🇿10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun!
O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi 1992-yil 10-dekabr kuni qabul qilingan.
Madhiya Mutal Burxonov musiqasi, Abdulla Oripov sheʼri asosida yaratilgan.
ТАБРИКЛАЙМИЗ!
Ҳурматли Музаффар Абдусатторович!
Таваллуд кунингиз муборак бўлсин. Сизга узоқ умр, тани сиҳатлик, эзгу ниятлар ижобатини тилаймиз. Хонадонгиздан шоду-хуррамлик, тинчлик хотиржамлик, дастурхонингиздан қут-барака аримасин. Оллоҳ берган умрни яқинларингиз, дўстларингиз меҳр-ардоғи ила сермазмун ва бахтли ҳаёт кечиринг.
Яна бир бор туғилган кунингиз муборак бўлсин!
Ҳурмат билан Тойлоқ туман ҳокимлиги жамоаси.
Президент бу йил ижтимоий ҳимоя бўйича қилинган 34 та муҳим янгиликка қўшимча 28 та янги ташаббусни илгари сурди.
Келгуси йилда 1 миллион 200 минг аҳолини камбағалликдан чиқариш учун таълим, тўгарак, касб-ҳунар, тиббиёт масалаларини ҳал қилиш ва яшаш шароитини яхшилаш зарурлиги таъкидланди.
Тойлоқ ва Косонсойда “Илк ривожланиш марказлари” очилиб, камбағал оиладаги ва ногиронлиги бўлган 4 минг 200 нафар болага боғча таълими берилди.
Вилоят ҳокимларига ўзидаги ҳар бир туманда биттадан шундай тажрибани ташкил қилиш топширилди.
Мактабгача ва мактаб таълими вазири Ҳ.Умарова 2025 йилда камбағаллик юқори 1 мингта маҳаллада биттадан оилавий боғча фаолиятини йўлга қўяди.
Янги йилдан оилавий боғча ўринларини 15 фоизига камбағал оила фарзандлари қабул қилинади ва боғча тўлови қисман қоплаб берилади.
Facebook|Instagram|X
Йиғилишда ҳамма раҳбарлар ҳам эҳтиёжманд аҳолини ишли қилиб, даромадини кўпайтириш, уларга манзилли ижтимоий хизмат ва ёрдамлар кўрсатишни тўғри ташкил қила олмаётгани кўрсатиб ўтилди.
Хусусан, камбағал оилаларга бириктирилган раҳбарларнинг 1 минг нафари натижа кўрсата олмади. 184 нафари ушбу оилалар хонадонига бирор марта ҳам бормаган.
Ногиронлиги бор шахслар бандлиги даражаси республикада 20 фоизга етгани билан, бу ишлар Жалақудуқ, Чимбой, Пастдарғом, Чортоқ ва Денов туманларида қониқарсиз.
Мутасаддиларга ушбу туманларни намунали қилиш, ҳар бир масъулга аниқ вазифа белгилаш топширилди.
Шунингдек, келгуси йил Инвестиция дастурига кирадиган 598 та ижтимоий объект лойиҳаси ногиронлиги бор одамларга мослаб ишлаб чиқилмагани танқид қилинди.
Ушбу вилоят, туман ҳокимларига хатоларни тўғрилаш топширилди.
Facebook|Instagram|X
#Tabriklaymiz
TUG‘ILGAN KUNINGIZ BILAN!
Hurmatli Norqulova Ma'mura Tohirovna!
Sizni muborak tavallud ayyomingiz bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik hamisha oilangiz baxtiga sogʻ-omon boʻlishingizni tilab qolamiz.
Hurmat bilan, 6-maktab jamoasi.Toʻgʻilgan kuningiz bilan!
HAMYON TOPIB OLINGAN
Fuqaro Ra'no Boymatovaga tegishli hamyon Toyloq tumani Vorsin MFYda topib olingan. Hamyonda fuqaroga tegishli 1 ta ID karta (pasport), 1300 AQSH dollari, 12 000 so'm pul, 4 ta plastik kartochkasi bo'lgan.
Yuqoridagi fuqaroni taniydiganlar bo'lsa fuqaroga xabar qilishda sizdan yordam so'raymiz. Quyidagi telefon raqamiga murojaat qilish orqali o'z buyumini olishi mumkin.
Telefon: +998914730055 (topib olgan fuqaroning raqami)
@qushchinor_uz
Kimlar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olishi mumkin?
👩👦👦 Qonunchilikka ko‘ra, vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega.
🗣 Ushbu pensiyani olishi mumkin bo‘lgan shaxslar ro‘yxatini ushbu link orqali bilib olishingiz mumkin.
Toyloq tuman Pensiya jamgarmasi bo
lim boshlig`i: F.Raimkulov.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt
E'LON
SAYYOR QABUL O‘TKAZILADI
Joriy yilning 12-dekabr kuni soat 10:00 dan boshlab Samarqand viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i A.Abdullayev ishtirokida viloyat aholisi uchun Toyloq tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi binosida sayyor qabul o‘tkaziladi.
Manzil: Toyloq tumani, Bog‘izog‘on qo‘rg‘oni
Qo‘shimcha ma’lumot uchun tel:
+998 66 234-61-69
+998 66 234-61-84
Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi
Samarqand viloyat It va mediya yo‘nalish sardori Hakimjonov Fayozjon hamda Yashil makon yo‘nalishi sardori, 58-maktab o‘quvchisi Isroilova Ruxshona respublika sardorlar saylovining final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Читать полностью…#Targ'ibot
TARGʻIBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
46-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tumandagi bosh mutaxassisi N. Mamaraimov, Milliy gvardiya xodimi, mayor I.Mavlonov, Xalq deputatlari Viloyat kengashi deputati, tuman ayollar targ‘ibot guruhi rahbari M. Yo‘ldosheva ishtirok etdi.
Anjumanda so‘zga chiqqanlar bitiruvchilarning oliy o‘quv yurtlariga kirish qamrov darajasini oshirish,ularning bandligini ta’minlash,yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning sodir etilishini bartaraf etish,diniy ekstremizm va aqidaparastlik g‘oyalarining tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida
🔹Samarqand viloyati Statistika boshqarmasining 2024-yil 22-noyabrdagi № 88-Sh sonli buyrug‘iga asosan Kurbonov Sherzod Taylonovich 2024-yilning 22-noyabridan Toyloq tumani statistika bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga o‘tkazildi.
🔹Sh. Kurbonov tayinlovga qadar boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limida mutaxassis lavozimida faoliyat olib borgan.
🔹Samarqand viloyati Statistika boshqarmasi jamoasi Kurbonov Sherzod Taylonovichni yangi lavozim bilan muborakbod etib, kelgusi ish faoliyatiga omadlar tilab qoladi.
Ob-havo keskin sovigan kunlarda aholini uzluksiz energiya resurslari bilan taʼminlash maqsadida zarur choralar ko‘rilmoqda
Soʻnggi kunlarda respublika hududiga sovuq havo oqimi kirib kelishi natijasida energiya resurslariga boʻlgan talab sezilarli darajada oshib bormoqda. Bugungi kunda aholining tabiiy gaz kunlik isteʼmoli oʻtgan haftadagiga nisbatan 20 foiz, elektr energiyasi isteʼmoli esa 15 foiz ortgan.
Bunday vaziyatda tizim korxonalari tomonidan elektr va gaz uzatish tarmoqlaridagi ishlarni tezkor hamda sifatli tashkil qilish, isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash maqsadida tizimda doimiy ravishda zarur choralar koʻrib borilmoqda.
Sovuq kunlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nosozliklarni bartaraf etish uchun elektr va gaz taʼminoti korxonalarida tun-u kun faoliyat yuritadigan 7 ta maxsus brigadalar tashkil etildi, ular kerakli avtotransport vositalari va zaxira qurilmalari bilan toʻliq taʼminlandi.
Maʼlumot uchun: elektr taʼminoti korxonalariga 2 ta avtotransport hamda 1 ta maxsus texnika, gaz taʼminotiga – 2 ta avtotransport va 5 ta maxsus texnika biriktirilib, 2 ta payvandlash apparati bilan taʼminlangan.
Aholi hamda ijtimoiy soha obyektlariga energiya resurslarini barqaror yetkazib berish boʻyicha soha obyektlarida 24 soatlik ish rejimiga oʻtilgan va doimiy nazorat oʻrnatilgan. Sodir boʻlgan avariyaviy holatlarni zudlik bilan bartaraf etish choralari koʻrilib, avariyani bartaraf etishning oʻrtacha vaqti oʻtgan yildagi 3-3,5 soatdan joriy yilda 1-1,5 soatgacha qisqartirildi.
Shuningdek, oldingi yillarda generatsiya quvvati tanqisligi tufayli majburiy cheklovlar kiritilgan boʻlsa, yangi ishga tushirilgan quvvatlar hisobiga joriy yilda cheklovlar kiritilishi bartaraf etildi.
Havo haroratining keskin pasayishi natijasida isteʼmolchilarning tabiiy gazga boʻlgan talabi keskin oshib, respublika gaz transport tizimi obyektlari maksimal quvvatlarda ishlashiga, shu jumladan, gazni yer osti saqlash omborlaridan rejalashtirilgan maksimal kunlik gaz olinishiga va tarmoqqa uzatilishiga qaramay, quvurlarda gaz bosimining pasayishi kuzatilmoqda.
Birinchi navbatda aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini (tibbiyot, maktab, maktabgacha taʼlim, oliy taʼlim muassasalari va boshqalar) tabiiy gaz bilan taʼminlash ustuvor vazifamiz ekanligini inobatga olib, hududlardagi mahalliy hokimliklar bilan birgalikda ishlab chiqilgan reja-grafiklarga muvofiq, isteʼmol yuqori boʻlgan ayrim hududlardagi avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga qisqa muddatli cheklov kiritilishi rejalashtirilmoqda.
Bu boʻyicha viloyatlar va tumanlar hokimliklari rasmiy axborot manbalarida tegishli tartibda maʼlumot berib borilishi yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, yurtdoshlarimiz aholiga yonilgʻi quyish, gaz toʻldirish hamda elektr quvvatlash shoxobchalari haqida onlayn maʼlumot berib borish maqsadida ishlab chiqilgan “Avto24” ilovasi yordamida shoxobchalar faoliyati bilan bogʻliq barcha maʼlumotlarni onlayn rejimda kuzatishlari mumkin.
Qolaversa, elektr taʼminoti bo‘yicha savollarga vazirlikning 1154 qisqa raqami, Toyloq tuman elektr ta’minoti korxonasining 66666-57-60 ва 66666-57-11 telefon raqamlariga yoki “Telegram”dagi @HET_admin administratorga hamda gaz taʼminoti boʻyicha esa 1104 va 104 qisqa telefon raqamlari, Toyloq tuman gaz taʼminoti korxonasining 55-704-08-46 telefon raqamiga yoki “Telegram”dagi “@hududgaz_murojaat_bot”ga murojaat qilish imkoniyati yaratilgan.
Hurmatli isteʼmolchilar, avvalambor aholini uzluksiz energiya resurslari bilan taʼminlash maqsadida koʻrilayotgan birinchi navbatdagi choralarni toʻgʻri tushungan holda,
Sizdan:
– elektr qurilmalari va isitish moslamalariga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishni;Читать полностью…
– resurslardan imkon qadar samarali va tejamkorlik bilan foydalanishni;
– nostandart, energiya samarasiz qurilmalardan foydalanmaslikni;
– qurilmalardan foydalanilmayotgan vaqtlarda ularni tarmoqdan ajratib qoʻyishni;
– is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan berilayotgan tavsiyalarga qatʼiy rioya qilishingizni soʻraymiz.
NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Toyloq tumani 2-sektor hududidagi Vorsin mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda tuman prokurori o‘rinbosari I. Sobirov va tuman, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan elektr, gaz, chiqindi va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.
Ijrosi muddat talab qilinadigan masalalarni hal etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Ayni damda 21 umumiy o'rta ta'lim maktabining 4 "A"sinf o'quvchilari tomonidan "Konstitutsiya-baxtimiz qomusi!"deb nomlangan tabdir namoyish etilmoqda.
Tadbir psixologik tahlil qilindi.
F.S.Xudaynazarova
Sizni jamoamiz nomidan tug‘ilgan kuningiz bilan chin yurakdan tabriklaymiz! Sizga mustahkam sog‘lik, kelgusi ishlaringizda kattadan-katta muvaffaqqiyatlar tilab qolamiz! Namunali xulqingiz va mehnatsevarlik kabi ijobiy xislatlaringiz bilan bundan buyon ham jamoamiz ishchi-xizmatchilari diqqat markazida qolishingizga tilakdoshmiz.
Tug‘ilgan kuningiz bilan!
9 декабрь - Халқаро коррупцияга қарши курашиш куни
2003 йил 9 декабрь куни Мексикада БМТнинг коррупцияга қарши конвенцияси имзоланган ва ушбу кун Халқаро коррупцияга қарши курашиш куни сифатида эълон қилинган.
Шу тариқа 2004 йилдан буён 9 декабрь Халқаро коррупцияга қарши курашиш куни сифатида эътироф этилади.
———
9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
2003-yil 9-dekabr kuni Meksikada BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasi imzolangan va ushbu kun Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida eʼlon qilingan.
Shu tariqa 2004-yildan buyon 9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida eʼtirof etiladi.