rahmatillo177 | Unsorted

Telegram-канал rahmatillo177 - ❮꯭❶꯭꯭꯭➣꯭[꯭꯭🥀꯭]꯭ Rahmatillo ➊꯭꯭🖤꯭꯭꯭꯭ོ🥀꯭

0

Subscribe to a channel

❮꯭❶꯭꯭꯭➣꯭[꯭꯭🥀꯭]꯭ Rahmatillo ➊꯭꯭🖤꯭꯭꯭꯭ོ🥀꯭

АЁЛИМ ЯХШИ


Болаларим хақида ширин.
Сураётган хаёлим яхши
Кучадаги шишган лаблардан.
Уйимдаги аёлим яхши.

Мехри сохта мехрибончалар.
Мехр берманг менга қанчалар.
Севаманда уни шунчалар.
Уйимдаги аёлим яхши.

Ярашади бошида румол.
Иш буйурсам олмайди малол.
Нақт мен орзу қилган пок аёл
Уйимдаги аёлим яхши.

Ширин таом пишириб қуйар.
Қадрларим ошириб қуйар.
Дадаси деб чин дилдан суйар.
Уйимдаги аёлим яхши.

Роббим асра зиноли куздан.
Иймон кетиб айрилмай уздан.
Мингта пари минг сулув қиздан.
Уйимдаги аёлим яхши.

Узга қулин тутган эй эркак.
Ожизани қилмагин эрмак.
Мард бул буни тан олиш керак.
Уйингдаги аёлинг яхши

Читать полностью…

❮꯭❶꯭꯭꯭➣꯭[꯭꯭🥀꯭]꯭ Rahmatillo ➊꯭꯭🖤꯭꯭꯭꯭ོ🥀꯭

Sizga yozganlarim hammasi yolg‘on,
Shunchaki ozgina ojizlik holos.
Nimalar deb qo‘ydim o‘zi men nodon,
Hech birin ko‘ngilga olmang, iltimos.

Yuribman...
Kunlarim, tunlarim sokin,
Hamma odam kabi oddiy bir odam.
Hech kim so‘tmayapdi yaralar chokin,
Hech kim qo‘ymayapdi yuzimga qadam.

Bahorni kuzatdim, yozda o‘lmadim,
Ko‘nglimni ko‘mmadi kuzda hazonlar,
Faqat yolg‘izligim yuzimga solib,
Tepib o‘tadilar ba’zan yomonlar.

Qayg‘urmang,
Men endi ko‘nikib ketdim,
Yig‘i ham kelmaydi nursiz ko‘zimga,
Sizku begonasiz endi yettiyot,
Achinmay qo‘yganman o‘zim o‘zimga.

Yuribman...
Tinch yashab,
Faqat har zamon,
Bir senchib qo‘yadi bu hasta yurak.
Endi urishiyu, og‘rishining ham,
Hech farqi yo‘qligin bilmasa kerak.

✍🏻Malika Tavfiq

Читать полностью…

❮꯭❶꯭꯭꯭➣꯭[꯭꯭🥀꯭]꯭ Rahmatillo ➊꯭꯭🖤꯭꯭꯭꯭ོ🥀꯭

Qizlar baribir ayyor bo'ladideeee 🤣🤣🤣🤣

Читать полностью…

❮꯭❶꯭꯭꯭➣꯭[꯭꯭🥀꯭]꯭ Rahmatillo ➊꯭꯭🖤꯭꯭꯭꯭ོ🥀꯭

🔥Ишқни Оналардан ўрганиш керак...

Сохта севгилардан наф йўқдир ахир,
Сўнгида зор йиғлар бечора юрак...
Дунёни танибоқ англадим охир,
Ишқни Оналардан ўрганиш керак...

Беминнат кўпхиммат сабрларга кон,
Уларнинг мехридан роҳатланар жон,
Чин севги қидириб юрган эй инсон,
Ишқни Оналардан ўрганиш керак...

Зарингни кутмайди, ўзингни кутар,
Кетсанг келгунингча соғинчлар ютар,
Сўрасанг ол дея жонини тутар,
Ишқни Оналардан ўрганиш керак...

Ҳасратин айтмайди, айтмайди дардин,
Мехрла артади кўнглимиз гардин,
Бошқа тополмаймиз ундайин мардин,
Ишқни Оналардан ўрганиш керак...

Тунлари исмимиз айтиб Аллоҳга,
Боламни ол дейди ўзинг паноҳга,
Қадрини билайлик қолмай гуноҳга,
Ишқни Оналардан ўрганиш керак...

Дашномни қулоққа илмайдиганлар,
Кўнгилларга шавқат қилмайдиганлар,
Эҳ, вафо нелигин билмайдиганлар,
Ишқни Оналардан ўрганиш керак...

Ишқни Оналардан ўрганиш керак...

📝Муаллиф: Зоҳид Зиё...

Читать полностью…

❮꯭❶꯭꯭꯭➣꯭[꯭꯭🥀꯭]꯭ Rahmatillo ➊꯭꯭🖤꯭꯭꯭꯭ོ🥀꯭

#ПРЕМЬЕРА

🔥Тилга кўчмаган гаплар...
(ОНА...)

Она... Сенга лойиқ фарзандманми айт,
Ўзимча ўйлайман энг ёмони мен...
Шуларни айтмоққа ҳозирланган пайт,
Ёмон болангни ҳам эркалайсан сен...

Она... Хавотирим билан юрасан,
Менчи яллоларга интиламан шод...
Наҳотки билмасам, ўйин-кулгулар,
Сени куттиришга арзимайди дод...

Она... Ҳанузгача қўлинг меҳнатда,
Айтгин боланг бўлиб фойдам тегдими...
Йиллар залворидан толиқдингми ё,
Менинг ҳасратларим қаддинг эгдими...

Она... Қачон бирга айландик боғлар,
Эсимни танибман ундай куним йўқ...
Кўнгилда минг савол айланади лек,
Сўзлашга келганда чиқар уним йўқ...

Она... Гоҳ гоҳида дилинг яралаб,
Гапларинга кирмай юрганларим бор...
Баъзида пушаймон юрагим ёқиб,
Узрлар сўролмай турганларим бор...

Она... Менга тинчинг етади дейсан,
Ҳимматинг дунёни нурга тўлдирар...
Ҳаттоки сим қоқиб ахвол сўрмадим,
Биргина қўнғироқ кимни ўлдирар...

Она... Интилганим сен эмас, дунё,
Байрам базмларни юрагим суйди...
Хато қилганимни англаб етдиму,
Кейин аламларим қалбимни ўйди...

Она...
Яна узрларда бошимни эгиб,
Қаршингда жимгина маҳзун турибман...
Ҳамма ҳаммасини тушундим бугун,
Борлигинг туфайли яшнаб юрибман...

Она... Сенга лойиқ фарзандманми айт....

📝Муаллиф: Зоҳид Зиё...

Читать полностью…

❮꯭❶꯭꯭꯭➣꯭[꯭꯭🥀꯭]꯭ Rahmatillo ➊꯭꯭🖤꯭꯭꯭꯭ོ🥀꯭

Men qiynalay, xijronlarning koʻngli toʻlsin,
Oʻlsa agar bitta menda gʻurur oʻlsin.
Yaratganim oʻzi sizga xakam boʻlsin,
Gul koʻnglimni oʻyinchoqdek oʻynaganlar.

Qoʻlingizda osmon edi, tashladingiz,
Hislarimni yolgʻon yoʻlga boshladingiz,
Koʻzku mayli, qalbimni ham yoshladingiz,
Gul koʻnglimni oʻyinchoqdek oʻynaganlar.

Tirik yursam, tirikligim sizga malol,
Ichim toʻla javoblari ayon savol,
Yuribsizda bosh koʻtarib siz bemalol,
Gul koʻnglimni oʻyinchoqdek oʻynaganlar.

Aybim nima, aybim sizni sevganimmi,
Kimdir oʻynab yoqqan oʻtda kuyganimmi,
Choʻgʻ qildingiz kuygan tanga kiyganimni,
Gul koʻnglimni oʻyinchoqdek oʻynaganlar.

Qoʻrqmaysizmi?
Vijdoningiz solmasmi dod,
Bir kun kelib oʻch oladi sizdan hayot.
Pushmonlarga doʻst boʻlasiz soʻng umrbod,
Gul koʻnglimni oʻyinchoqdek oʻynaganlar.

✍🏻Malika Tavfiq

Читать полностью…

❮꯭❶꯭꯭꯭➣꯭[꯭꯭🥀꯭]꯭ Rahmatillo ➊꯭꯭🖤꯭꯭꯭꯭ོ🥀꯭

Ishonaman, aytganlaring samimiy
Lekin birdek tutolmaymiz mayli rag’batni
Ehtirosning mahsulidir ahd ila paymon
Ammo o’sha olov bir kun so’nar begumon

Butoqdagi meva rosa pishgandan keyin
Bir kun yerga shart uzilib tushmog’i tayin
Yashash uchun qasamlarni unutish lozim
Qasamlarki shosha pisha ichamiz doim

Yolg’iz bitta rag’bat uchun yashamaymiz bas
Almashinib turar bizda ishtiyoq, havas
Alvon-alvon suratida sevinch va qayg’u
Bir-birini suvoradi, suradi yog’u

Sevinch degan ko’rinadi qayg’uga qarab
Qayg’uni ham sevinch bilan ishi yo’q sira
Hamma narsa muvoqiddir, foniydur hayhot
Qaydan ketsa muhabbatning umriga sabot

Kim kimniki, buni hali yechmoq kerakdir
Taqdirni ishq yuritarmi yo ishqni taqdir
Yiqilganda do’stlaring ham yuzin o’girar
Yuksalganda dushmanlaring do’st bo’lib turar

Xo’sh, nimadir ataymi yo tasodifmi bu
Kimki do’stdan bezor bo’lsa, uning do’sti mo’l
Do’stga muhtoj bo’lib do’stni o’ylagan odam
Oxir dushman qilib qo’yar yolg’iz do’stni ham

Boshlagandim, o’sha gapga qaytaman yana
Dunyo degan tuganmas bir tasodif xona
Kerak paytda bizning izmu-ixtiyorda bas
Orzu qilar, istak qilar mahsuli qolmas

Siz ikkinchi er qilishdan etsangiz xazar
To birinchi bevalikka yetgunga qadar

Taqdir shartlariga berolmay bardosh
Tashlab ketdi mana yosh bir qalam-qosh
Bir deganda ketdi ham do’st ham sirdosh
O’ylab ko’r, sababi nima? Hm maosh

Masofa cheksiz, azizim mensiz
Qaylarda qoldi endi bizni ahdu-paymon
Azizim mensiz, masofa cheksiz
Umr bo’yi bo’lamiz pushaymon
Poyimda dengiz, men esa sensiz
Nega xayollarim narigi sohil tomon
Poyimda dengiz, sohilda yolg’iz
Masofa bepayon, masofa bepayon

official channel for fans / muxlislar uchun rasmiy kanal


Radius21 — Monolog

Читать полностью…

❮꯭❶꯭꯭꯭➣꯭[꯭꯭🥀꯭]꯭ Rahmatillo ➊꯭꯭🖤꯭꯭꯭꯭ོ🥀꯭

Men sizni rostdan ham oʻsha paytlar,
Aqldan ozgulik qadar sevardim.
Tunlari tonggacha mijja qoqmayin,
Faqat sizga atab sheʼrlar yozardim.

Men sizni rostdan ham oʻsha paytlar,
Osmonga mengzitib qoʻyganmi edim.
Oq roʻmol yopingan kelinchak misol,
Tavoze, taʼzimda turardi koʻnglim.

Men sizni rostdan ham oʻsha paytlar,
Koʻzim qorasidek avaylar edim,
Bilmasdim,afsuski oʻzidan oʻzga,
Oʻzinga mehribon boʻlmaskan hech kim.

Oʻylasam oʻzimdan kechibman,ammo,
Qadrimni soʻrashga sigʻmabdi haddim.
Axir men rostdan ham oʻsha paytlar,
Aqldan ozgulik qadar sevardim!

✍🏻Malika Tavfiq

Читать полностью…

❮꯭❶꯭꯭꯭➣꯭[꯭꯭🥀꯭]꯭ Rahmatillo ➊꯭꯭🖤꯭꯭꯭꯭ོ🥀꯭

Yozgʻirgani yovdir yolgʻiz ayolning,
Yoniga yoʻlamang niyat boʻlsa kir.
Qaxramoni qilmang shirin xayolning,
Shundogʻam yetarli qiynagan taqdir!

Yer uning tishlaydi qadamlarini,
Xaslar etagiga olar osilib,
Joninga jonman deb aldarsiz, ammo,
Yutgan toshlariga ketmang qoqilib!

Soʻrar kishisi yoʻq deya oʻylamang,
Soqchilari goʻzal ibodatida.
Koʻnglini olishchun yolgʻon soʻzlamang,
U Tangri Taloning ximoyatida!

Oyoq yalang kirmang uning koʻngliga,
Jaroxatlar olib, chekasiz ozor.
U yerda ming boʻlak boʻlgan yuragu,
U yerda shisha dil siniqlari bor.

Asli yolgʻiz emas, uning yori Xaq,
Maxzun koʻngli bilan oʻynashmang, zinhor!
Sizdan ozor yetsa joniga nohaq,
Qabringizda tikka turmogʻingiz bor!

Qoʻying bechorani, Xudodan qoʻrqing,
Hali yarasidan sizib turar qon.
Agar uni baxtli qilolmasangiz,
Baxtsiz qilmaslikka axtaring imkon!


✍🏻Malika Tavfiq

Читать полностью…

❮꯭❶꯭꯭꯭➣꯭[꯭꯭🥀꯭]꯭ Rahmatillo ➊꯭꯭🖤꯭꯭꯭꯭ོ🥀꯭

Ketayapman tunning qo‘yniga,
Vidolashding hotirjam,sekin.
Eshiklarni qulflamay tur,
Hali qaytib kelishim mumkin.

Ketayapman,
Yuklarim og‘ir,
Yerga botib borar qadamim,
Ostonadan hatlagan zahot,
Yana ortga qaytmoq istadim.

Ketayapman,
Ilinjlarimni,
Qolishiga ko‘ndirolmadim,
Sensiz qolgan ilk daqiqada,
Bor ovozim bilan...
Yig‘ladim!

Ketayapman...
Borar yerim yo‘q,
Senga eltar hamma yo‘l, yo Rab,
Bir tirik zot uchramasaya,
Ketay desam boshqa yo‘l so‘rab.

Ketayapman,
Afsuslar tikan,
Yopishadi etaklarimga,
Nahot sevib,sevilganlarim,
Aylandilar ertaklarimga.

Ketayapman,
Mayli, qayt dema,
Faqat sen ham ozgina o‘kin,
Eshiklarni yopmay turaqol,
Balki qaytib kelishim mumkin..

✍🏻Malika Tavfiq

Читать полностью…

❮꯭❶꯭꯭꯭➣꯭[꯭꯭🥀꯭]꯭ Rahmatillo ➊꯭꯭🖤꯭꯭꯭꯭ོ🥀꯭

🦋🌾

❗️Atrofingizda 100ta yalang'och ayol bo‘lsa ham, ko‘zingizni pastga tushirishingiz kerak..!


❗️Atrofingizda 100ta ko‘r bo'lsa ham o‘zingizni yashirishingiz kerak..!

Читать полностью…

❮꯭❶꯭꯭꯭➣꯭[꯭꯭🥀꯭]꯭ Rahmatillo ➊꯭꯭🖤꯭꯭꯭꯭ོ🥀꯭

*МЕНИ ЯХШИ БИЛМАЙСИЗ-ДА*

Кутсам йўллар келмайсиз-да,
Тутсам гуллар олмайсиз-да,
Сизга ошиқ бўлганман мен,
Мени яхши билмайсиз-да

           ✍Абдумуталиб Эргашалиев

Сизга ошиқ бўлолмайман,
Аммо, ишқсиз кулолмайман,
Кўнглингизни ололмайман,
Мени яхши билмайсиз-да.

                                   ✍Дил Афрўз

Эй оҳу кўз, сарви ниҳол,
Сурмоқдасиз кимни ҳаёл,
Рашким ёмон, ишқим мисол,
Мени яхши билмайсиз-да.

       ✍Абдумуталиб Эргашалиев

Кўйимда бўлманг оввора,
Рашк қилиб бўлманг девона,
Ёмон қизман мен,  ёмон-а
Мени яхши билмайсиз-да.

                                   ✍Дил Афрўз

Ўт бўлсангиз куйдираман,
Кўзларингиз кулдираман,
Сизни ўзим суйдираман,
Мени яхши билмайсиз-да.
   
       ✍Абдумуталиб Эргашалиев

Афсус жуда қайсардирман,
Ишқ бобида ўжардирман,
Сизни сўйган ажалдирман,
Мени яхши билмайсиз-да.

                             ✍Дил Афрўз

Майли қийнаб жоним олинг,
Минг хижрон, минг кўйга солинг,
Лек,  қайтиш йўқ билиб олинг,
Мени яхши билмайсиз-да.

     ✍Абдумуталиб Эргашалиев

Жонингизни қийнаманг хеч,
Тарк этарман эртами, кеч,
Омонатман бўлмасин кеч..
Мени яхши билмайсиз-да.

                                   ✍Дил Афрўз

Ранжитмасин шўхликкинам,
Десам, сизни кўхликкинам,
Менга жуда моссиз бирам,
Мени яхши билмайсиз-да.

      ✍Абдумуталиб Эргашалиев

Тилайман мен бахтингизни,
Яратгандан тахтингизни,
Ёрга берган аҳдингизни,
Мени яхши билмайсиз-да!

                                   ✍Дил Афрўз

Эритай муз қалбингизни,
Олиб ўзим дардингизни,
Забт этаман қалбингизни,
Мени яхши билмайсиз-да.

      

Читать полностью…

❮꯭❶꯭꯭꯭➣꯭[꯭꯭🥀꯭]꯭ Rahmatillo ➊꯭꯭🖤꯭꯭꯭꯭ོ🥀꯭

𝚈𝚊𝚡𝚜𝚑𝚒 𝚋𝚘’𝚕𝚍𝚒- 𝚜𝚎𝚗𝚍𝚊𝚗 𝚊𝚢𝚛𝚒𝚕𝚍𝚒𝚖, 
𝙺𝚎𝚝𝚖𝚘𝚐’𝚒𝚖 𝚞𝚌𝚑𝚞𝚗 𝚝𝚘𝚙𝚒𝚋 𝚋𝚎𝚛𝚍𝚒𝚗𝚐 𝚢𝚘’𝚕. 
𝙱𝚞 𝚍𝚞𝚗𝚢𝚘𝚍𝚊 𝚜𝚎𝚗𝚒 𝚝𝚘𝚙𝚍𝚒𝚖 𝚍𝚎𝚋, 
𝚈𝚘’𝚚𝚘𝚝𝚒𝚋𝚖𝚊𝚗 𝚘’𝚣𝚒𝚖𝚗𝚒 𝚋𝚞𝚝𝚔𝚞𝚕. 

Читать полностью…

❮꯭❶꯭꯭꯭➣꯭[꯭꯭🥀꯭]꯭ Rahmatillo ➊꯭꯭🖤꯭꯭꯭꯭ོ🥀꯭

Sochimdan ko'p qazo bo'lgan namozlarm
Jannatiy dek xotirjam San nechun qalbm
Sunnat tugul farzmnixam ado etmay
Yig'lolmadm kechir Rabbim Yig'lolmadm

Tark etmagan xali xamon ko'z zinosi
Sinab ko'rdi shayton menda xar balosi
Shuncha gunoh qilibxam yo'q qalb nidosi
Yig'lolmadm kechr Robbim yig'lolmadm

Chin g'am yedim qo'ldan ketgan dunyo uchun
Xis etardm borgansari nafsm kuchun
Jiz etmadm bo'shab qolgan bayting uchun
Yig'lolmadm kechr Robbim yig'lolmadm

Ramazonda kavsh qaytarib xayvonlarday
Bomdodaxam uyqudaman kofirlarday
Xech bo'lmasa bir kun yashab mo’minlarday
Yig'lolmadm kechr Robbim yig'lolmadm

Avzal ko'rdim dunyoga boy istagmni
Yopiq masjid tirnamadi yuragimni
G'am deyayn bundan ortiq qaysi g'amni
Yig'lolmadm kechr Robbim yig'lolmadm


Faxshlar ichra xis etardm xalovatni
Zino ichra qarshi oldim balog'atni
Eslatshsa xamki menga qiyomatni
Yig'lolmadm kechr Robbim yig'lolmadm

Oqib ketsin quroninga boqmas ko'zim
Shaxodatni aytolmaydi burro tilim
Kofirlarday o'lamanda kelsa o'lim
Yig'lolmadm kechr Robbim yig'lolmadm

Menda qolgan musulmonning faqat nomi
Amalsiz musulmonning qay maqomi
Benamozday topshirishim bilib jonni
Yig'lolmadm kechr Robbim yig'lolmadm

Payg'ambarring kim deyishsa aytolmayman
Naxot endi xaq yo'llarga qaytolmayman
Qanday qilib muslimligim isbotlayman
Yig'lolmadm kechr Robbim yig'lolmadm

O'lik qalbim qudratingla uyg'otmasang
Rasululloh kimligini anglatmasang
Yo Allohim o'zing meni yig'latmasang
Yig'lolmadm kechr Robbim yig'lolmadm

Yiğlolmadim...

Читать полностью…

❮꯭❶꯭꯭꯭➣꯭[꯭꯭🥀꯭]꯭ Rahmatillo ➊꯭꯭🖤꯭꯭꯭꯭ོ🥀꯭

🌹🌹🌹🌹🌹🌹 TEKST 🌹🌹🌹🌹🌹🌹

Кўнглим сендан ўзга ёрни хушламаган,
Хануз иймон этагидан тутябсанми?
Қўлларидан номаҳрам зот ушламаган,
Эй қориям сен хам мени кутябсанми?

Мен эса бил соғинчдан қон ютмоқдаман,
Садоқатли ошиқ йўлин тутмоқдаман,
Сенла ришта боғламоғим кутмоқдаман,
Эй қориям сен хам мени кутябсанми?

Қандоқ бўлсин юрагимда шубҳадек доғ,
Фақатгина Қуръон бўлса сен кезган боғ.
Жуфт бўлурмиз кўклам қадар Хақ қўйса соғ,
Эй қориям сен хам мени кутябсанми?

Йиллардирким мактуб келар неча-неча,
Гўзаллардан ,мазмун бир: Бахш эт бир кеча.
Рад айларман, сен-чун хирсим  дилдан еча,
Эй қориям сен хам мени кутябсанми?

Хижоб бирла зийнатларин тўсган ғунчам,
Ўн етти йил чин Исломда ўсган ғунчам.
Тақвода ғам мен нодондан ўзган ғунчам,
Эй қориям сен хам мени кутябсанми?

Сени севдим қалбинг Фурқон уққанига,
Волидангдан сенга вафо юққанига.
Ахир ғунча тортар гулга- туққанига,
Эй қориям сен хам мени кутябсанми?

Туғилажак фарзандимга қил ихтиёр,
Ё Раб шу қиз она бўлса мен бахтиёр,
О бу гўзал дуо хануз забонда бор,
Эй қориям сен хам мени кутябсанми?

Юрагимни тешиб ўтмас ғафлатдек ўқ,
Менга нафрат қош чимириб уролмас дўқ.
Сен динимнинг ярми бўлсанг армоним йўқ,
Эй қориям сен хам мени кутябсанми?

Дард-ла нуқта қўйилажак нифоқимга,
Чексиз мехр тўлажакдир нигоҳимга.
Хасрат ўлар сени олсам никоҳимга,
Эй қориям сен хам мени кутябсанми?

Маним қалбим денгизида ишқ урса мавж,
Олажакдир дилда гўзал дуолар авж.
Қилармиз деб биргаликда иккимиз Хаж,
Эй қориям сен хам мени кутябсанми?

Агар менга ёр бўлмоқни кўрмасанг эп,
Юрагимни дард қузғуни битиргай еб.
Шу йигитни ўзим қори қиларман деб,
Эй қориям сен хам мени кутябсанми?

Менга харом ўзга гулга кўзни қадаш,
Ростим шудир не даркордир ўзни алдаш?
О Исо Масиҳнинг онасинга адаш,
Эй қориям сен хам мени кутябсанми?

Мактубимга жавоб битдинг кўзи қора,
Менга ёр бўлмоғингиз-чун, бор бир чора,
Маҳрим-чун ёд олсангиз бас ўттиз пора!
Ёд олгайман, демай соф йўл тутябсанми?
Эй қориям сен хам мени кутябсанми?

🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹

Читать полностью…

❮꯭❶꯭꯭꯭➣꯭[꯭꯭🥀꯭]꯭ Rahmatillo ➊꯭꯭🖤꯭꯭꯭꯭ོ🥀꯭

🥀JIM TURGAN YAXSHI 🥀


Koʻzingni poylagan xaslar yonida,
Xudoni bilmagan pastlar yonida,
Siring saqlolmagan doʻstlar yonida,
Qoʻrqoq deyishsa ham, jim turgan yaxshi.

Gʻiybatlar yogʻilgan sel, jalasida,
Qaygʻular charx urgan, gʻam pallasida,
Yuraging talagan “it” galasida,
Qoʻrqoq deyishsa ham, jim turgan yaxshi.

Tuygʻular javobsiz qolgan onida,
Minnatlar koʻrinsa doʻsting nonida,
Shaytonga dars berar ayol yonida,
Qoʻrqoq deyishsa ham, jim turgan yaxshi.

Qaysidir rejalar puch kelib qolsa,
Vijdonsiz insonlar duch kelib qolsa,
Sukunat saqlashga kuch kelib qolsa,
Qoʻrqoq deyishsa ham, jim turgan yaxshi.

Mugʻombir kimsalar toʻksa yolgʻon yosh,
Oldingda jilmayib, ortdan otsa tosh,
Maqtanchoq kimsalar boʻlsa suhbatdosh,
Qoʻrqoq deyishsa ham, jim turgan yaxshi.

Yuraklar qaqshasa gʻamlar muzida,
Diyonat qolmasa qalblar koʻzida,
Garchi haq boʻlsakda baʼzi, baʼzida,
Qoʻrqoq deyishsa ham, jim turgan yaxshi.

Nomard deyishsa ham, jim turgan yaxshi.

Maktuba SHAYDO
6/07/2024 y

Читать полностью…

❮꯭❶꯭꯭꯭➣꯭[꯭꯭🥀꯭]꯭ Rahmatillo ➊꯭꯭🖤꯭꯭꯭꯭ོ🥀꯭

Devonaman esim og‘di,
O‘zni darddan kelar ko‘rgim.
Ko‘zlarimdan sellar yog‘di,
Jamolingni kelar ko‘rgim.

Oshiqman-u yo‘qdir Laylim
Shiringa-da rag‘bat maylim
Shundoq kechar hayot zaylim
Jamolingni kelar ko‘rgim

Qandoq seni aylamay madh
Yuragimni aylading fath
Ishq qo‘linda balanddir satx
Jamolingni kelar ko‘rgim

Desang sevgan qarolimsan
Demam nafsga qirolimsan
Loyim qorgan kulolimsan
Jamolingni kelar ko‘rgim

Dardim sig‘mas dostonlarga
Bo‘yim yetmas osmonlarga
Yurak to‘la armonlarga
Jamolingni kelar ko‘rgim

Qandoq seni sevmasin dil
Yulduzlarni ko‘kka qandil
Aylading hayratdan lol til
Jamolingni kelar ko‘rgim

O, qadrimni oshirganim
Behishtiga shoshirganim
Ka‘basiga bosh urganim
Jamolingni kelar ko‘rgim

Gunohim ko‘p yuzim qaro
Dilda dard ko‘p qalbim yaro
Lek sevganim jannat aro
Jamolingni kelar ko‘rgim

Al Muhaymin Al Muqaddim
Al Vahidu Al Muntaqiym
Ya Al Musovvir Ar Rohiym
Jamolingni kelar ko‘rgim

Читать полностью…

❮꯭❶꯭꯭꯭➣꯭[꯭꯭🥀꯭]꯭ Rahmatillo ➊꯭꯭🖤꯭꯭꯭꯭ོ🥀꯭

UYLANMASAM BOʻLMAYDI...
 
Talablariga binoan.

Yurakka qil sigʻmaydi,
Kulsam dunyo kulmaydi.
Yorsiz bagʻrim toʻlmaydi,
Uylanmasam boʻlmaydi.

Tunda uyqu yoʻq tuzuk,
Yor topsam, tayyor uzuk,
Qosh kamon, koʻzi suzik,
Uylanmasam boʻlmaydi.

Goʻzallar oʻtar kulib,
Hasta yurakni tilib,
Yosh oʻtar, yurib yurib,
Uylanmasam boʻlmaydi.

Koʻylak kiysam, dazmol yoʻq,
Ochlik ba'zan sanchar oʻq,
Hotin boʻlsa koʻngil toʻq
Uylanmasam boʻlmaydi.

IRODAXON QOSIMOVA.

Читать полностью…

❮꯭❶꯭꯭꯭➣꯭[꯭꯭🥀꯭]꯭ Rahmatillo ➊꯭꯭🖤꯭꯭꯭꯭ོ🥀꯭

«ШУКУР ДЕЙМАН»

Бисмиллах деб, бошлаб ишим,
Кўп бўлсада ғам ташвишим,
Нолимоққа йўқдир хушим,
Берганига шукур дейман.

Озми, кўпми ризқим териб,
Яхши ёмон куним кўриб,
Кибрланмай қаддим кериб,
Юрганимга шукур дейман.

Ёмғир, қорми ёки шамол?
Пешона тер тўкиб ҳалол,
Ҳеч кимсага келмай малол,
Топганимга шукур дейман.

Рўзғор ками тўлмас ахир,
Соғинч эзсса қилиб сабр,
Ўзга юртда мен мусофир,
Бўлганимга шукур дейман.

Кўзи очиқ, кўрлар бисёр,
Билаги зўр, зўрлар бисёр,
Тўғри йўлда доим ҳушёр,
Турганимга шукур дейман.

Кимдир бойлик дардида маст,
Кимга соғлик орзу, ҳавас,
Тонгда туриб эркин нафас,
Олганимга шукур дейман.

Нафсига қул бўлган қанча,
Жисми тирик, ўлган қанча,
Виждоним бут сақлаганча,
Қолганимга шукур дейман.

Иш битгунча севганлар бор,
Севиб фидо бўлганлар бор,
Ҳақ йўлида мен сизни ёр,
Севганимга шукур дейман.

Синовлардан тўлса бардош,
Кутманг сира тўкмам кўзёш,
Фарзим билиб саждага бош,
Қўйганимга шукур дейман.

Отам, онам зўр давлатим,
Улар бор тик, эр савлатим,
Фарзанд бўлиб бурч, зимматим,
Билганимга шукур дейман.

Аллох бериб бир истеъдод,
Шеърлар битиб қилдим ижод,
Ёлғон қолиб, ҳақни  бот-бот,
Ёзганимга шукур дейман...

Abdumutallib Ergashaliyev

Читать полностью…

❮꯭❶꯭꯭꯭➣꯭[꯭꯭🥀꯭]꯭ Rahmatillo ➊꯭꯭🖤꯭꯭꯭꯭ོ🥀꯭

Ba'zan inson manashu inson mani Halolim bo'ladi derkanu
Aslida uning yuragining Jallodi bo'larkan 😥😥🥹🥹🥹

Читать полностью…

❮꯭❶꯭꯭꯭➣꯭[꯭꯭🥀꯭]꯭ Rahmatillo ➊꯭꯭🖤꯭꯭꯭꯭ོ🥀꯭

Oʻtmishga qaytishga ijozat boʻlsa,
Bir bora berilsa bundayin imkon.
Men oʻsha sen bilan uchrashgan kunni,
Qismatdan oʻchirib kelardim,ishon.

Oʻshal kun men oʻshal yoʻldan yurmasdim,
Kiymagan boʻlardim oʻsha koʻylakni.
Juda yarashibdi demas eding sen,
Oʻshal kun sochimda boʻlgan turmakni.

Sen salom bermasding,olmasdim alik,
Titroq kirmas edi tizzalarimga,
Va sen aylanmasding butun umrlik,
Hammadan chiroyli gʻussalarimga.

Qaniydi ijozat boʻlganda bir bor,
Sendan ayiblarni topib kelardim,
Sen izn soʻramay,bir tepib kirgan,
Koʻngil eshiklarin yopib kelardim.

Tutdek toʻkilmasdim hasratlaringda,
Kuyib ketmasmidi kutishlarda jon.
Sen bor qum qasrli mamlakatingda,
Sen bor sayyorada boʻlmasdim,ishon.

Qaniydi,bir bora berilsa imkon...

✍🏻Malika Tavfiq

Читать полностью…

❮꯭❶꯭꯭꯭➣꯭[꯭꯭🥀꯭]꯭ Rahmatillo ➊꯭꯭🖤꯭꯭꯭꯭ོ🥀꯭

Safsar gullar iforini sochgan tunlar,
Siz kimlarga koʻnglingizni ochgan kunlar,
Pok sevgimga toʻlasangiz boʻldi hunlar,
KOʻNGLIM QOLDI, SIZDAN YoMON KOʻNGLIM QOLDI!

Sugʻormasang har giyohni zumda soʻlar,
Bir kalima shirin soʻzdan koʻngil toʻlar,
Vafodorlik boʻlsa agar mencha boʻlar.
KOʻNGLIM QOLDI, SIZDAN YoMON KOʻNGLIM QOLDI!

Koʻzlarimga choʻplar solib tolmagan yor,
Vaʼdasiga aslo vafo qilmagan yor,
Koʻnglimizni bir paqirga olmagan yor.
KOʻNGLIM QOLDI, SIZDAN YoMON KOʻNGLIM QOLDI!

Dehqon uygan hirmonlardek uydirib gʻam.
Kuyga solib kuyladingiz mening nolam.
Kechir deya tiz choʻksa ham butun olam.
KOʻNGLIM QOLDI, SIZDAN YoMON KOʻNGLIM QOLDI!

Rangi roʻyim sariq bersin boʻyoqlarga.
Bardoshim yoʻq ortiq azob qiynoqlarga.
Qadrimizni qoribsizda tuproqlarga.
KOʻNGLIM QOLDI, SIZDAN YoMON KOʻNGLIM QOLDI!

Suyganingiz suymasinlar endi bizdek.
Kuyingizda kuymasinlar endi bizdek,
Ayrilmasin hech oshiqlar ikkimizdek,
KOʻNGLIM QOLDI, SIZDAN YoMON KOʻNGLIM QOLDI!

✍🏻Malika Tavfiq

Читать полностью…

❮꯭❶꯭꯭꯭➣꯭[꯭꯭🥀꯭]꯭ Rahmatillo ➊꯭꯭🖤꯭꯭꯭꯭ོ🥀꯭

Ishqning osmonida parvoz etardik,
Kunda bir visolga imkon kutardik,
Ayrilar ekanmiz sevib netardik,
Begona boʻldik yor, begona boʻldik!

Koʻrmasak koʻzlardan daryolar oqib,
Dunyoga oʻt qoʻyib, olamni yoqib,
Na osmonga boqib, na yerga boqib,
Mastona boʻldik yor, mastona boʻldik.

Yurakka yurakni qoʻshdik qoʻrqmayin,
Ahdu-paymon qildik kiprik qoqmayin,
Endi bir-birovga qoldik yoqmayin,
Hayrona boʻldik yor, hayrona boʻldik.

Ayro boʻlsak lahza yildek oʻtardi,
Sogʻinch xanjar boʻlib, dilga botardi,
Bizga butun olam havas etardi,
Afsona boʻldik yor, afsona boʻldik!

Taqdir bugun judo etmak qasdida,
Bizga bir makon yoʻq osmon ostida,
Ushbu kun bagʻritosh hijron dastidan,
Ming pora boʻldik yor, ming pora boʻldik.

Gʻururga siz ham qul, biz ham qul edik,
Birni siz dedingiz, birni biz dedik,
Tandagi jon kabi omonatmidik.
Ovvora boʻldik yor, ovvora boʻldik!

Begona boʻldik yor, begona boʻldik...

✍🏻Malika Tavfiq.

Читать полностью…

❮꯭❶꯭꯭꯭➣꯭[꯭꯭🥀꯭]꯭ Rahmatillo ➊꯭꯭🖤꯭꯭꯭꯭ོ🥀꯭

bu albatta_meni qarashim...




💁‍♂️Yigitlarning xatosi.......
Uylanishda qiladigan eng katta xato bu onamni xizmatini qilsa bo‘ldi, yaxshi qiz ekanku vaqt o‘tib mehrim tushib qolar, onamga yoqdimi bo‘ldi kabilarga aldanib turmush qurishidir. To‘g‘ri ota-onani xizmati, qizning odobliligi, onangizga yoqishi bu albatta yaxshi, lekin, agar qizda ko‘nglingiz bo‘lmasa yoki uni ko‘rgan paytingiz qalbingiz jumbushga kelmasa vaqt o‘tib ko'nikib ketaman deb o‘zingizni aldamang. Buning oqibatida ba'zi farzandlar otasiz o‘sishiga to‘g‘ri kelyapdi. Sizning birgina yuzaki qabul qilgan qaroringiz kimlarningdir tabassumi ortiga yashiringan dard bo‘lmasin. To‘g‘ri qaror qabul qiling......

🧕Qizlarning xatosi....

Bu borada qizlarda kuzatiladigan xatolar esa ( ba'zida qarorni qiz emas ota-ona qabul qiladi afsuski) otam nima desa shu, oddiy oiladan ekan, juda rashkchi ekan va hokazolar. Otaning roziligini olish kerak lekin ko‘nglingizdagini aytsangiz otangiz ham sizni tushunadi. Hashamatga uchmang iymonli bo‘lsa oddiyhol bo‘lsa ham rozi bo‘ling, (agar ko‘nglingiz bo‘lsa albatta) iymonli va taqvodor yigit sizga hech qachon zulm qilmaydi. Qilmaslikka harakat qiladi. Juda rashkchi ekan demang, zero, rashksiz erkakka Jannat xaromdir. Yoshim katta bo'lib ketyapti, menga kim ham xaridor bo'lardi demang. Ertaga ko'nikib ketaman bilan ish bitmaydi. Qaror qabul qilishda biroz jiddiyroq bo‘ling. Sabrli bo'ling va har narsa o'z vaqtida keladi...

❗️Gapim so'ngida shuni aytishim kerakki, qanday inson xohlayotgan bo'lsangiz, avallo o'zingiz shunday inson bo'ling. Oynaga qarab aslida kim ekanligingiz va xohlayotgan insoningizga loyiqmisiz, yo'qmi, adolat bilan ko'rib chiqing. O'zingizni to'g'irlashga bugundan kirishing...

Aslo unutmang⬇️

Tanlovinggiz XATO ❌ bo'lsa
Badali UMRINGGIZ💯 bo'ladi...
Kech bo'lsa bo'lsin lekin aslo xato bò'lmasin .....

Читать полностью…

❮꯭❶꯭꯭꯭➣꯭[꯭꯭🥀꯭]꯭ Rahmatillo ➊꯭꯭🖤꯭꯭꯭꯭ོ🥀꯭

Yaxshi bo’ldi- sendan ayrildim, 
Ketmog’im uchun topib berding yo’l. 
Bu dunyoda seni topdim deb, 
Yo’qotibman o’zimni butkul. 

Yaxshi bo’ldi, yechildi bugun, 
Oyog’imdan bu zanjir, bu g’ul. 
Ikki dunyo seni shohim deb, 
Qul qilibman o’zimni butkul. 

Yaxshi bo’ldi, yomon bo’lsa ham, 
Yuragimni ezsa ham darding. 
Men aqlini topgan telbaday, 
Poylaringdan boshim ko’tardim. 

Kechir, ozor berib mehrim-la, 
Zeriktirdim men-sodda, men- go’l. 
Bu dunyoda seni borsan deb, 
Boshqalardan kechibman butkul. 

Xudoyimning jazosi qutlug’ 
Sendan ketdim, ey qahrli gul. 
Shukr, shukr…Seni yod etib, 
Unutibman Xudoni butkul. 

Shuning chun ham omon bo’l endi, 
Men bariga silkib qo’ydim qo’l. 
Angladimki, seni yo’qotsam, 
Xudoyimni topaman butkul. 

Endi xayr, endi alvido.! 
Bari ro’yo, bari sarob, kul. 
Dargohingga sig’maganimday, 
Yuragimga sig’masman butkul. 

Men mehrmand, telba go’dakday, 
Ko’z yoshimga yomon toyrildim. 
Yaxshi edi… seni topganim, 
Yaxshi bo’ldi-sendan ayrildim. 

✍🏻Malika Tavfiq

Читать полностью…

❮꯭❶꯭꯭꯭➣꯭[꯭꯭🥀꯭]꯭ Rahmatillo ➊꯭꯭🖤꯭꯭꯭꯭ོ🥀꯭

Qo'lda qolgan atirgul:
Oson emas,ota uyga qaytgan qizga

Tashvishlarning hisobida bormi oxir
Bu taqdirning palaxmoni buncha oģir
Sizg kulib turgan bilan kòngli oģrir
Oson emas, ota uyga qaytgan qizga.
〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰
Bir sòz bilan kòzi yoshga tòlib qolar
Hadik bilan yashaydigan bòlib qolar
Gul ochilgan hovlisida sòlib qolar
Oson emas, ota uyga qaytgan qizga
〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰
Jigar aytgan yaxshi sòz ham dashnom ekan
Vaqti kelsa kelinlar ham dushman ekan
Òylarida goh-gohida pushmon ekan
Oson emas, ota uyga qaytgan qizga
〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰
Bir xòrlaydi ado qilar yor degani
Sevaman deb jafo qilar yor degani
Turmush ishi asli nomus or degani
Oson emas, ota uyga qaytgan qizga
〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰
Dilga botar ģiybatchilar otgan toshi
Ba'zan qolar tuhmatlarda ojiz boshi
Tunlar yolģiz yostiģiga oqar yoshi
Oson emas , ota uyga qaytgan qizga
〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰
Ota-ona baribir ham bolam derkan
Ne bòlsa ham kuyib pishib ģamin yerkan
Hamma mehr bergan bilan nimadir kam
Oson emas, ota uyga qaytgan qizga
〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰〰
Kulib tursa baxti bor deb ishonmang siz
Tunlar yiģlab oyga dardin aytgan qizga
Uning qanday dardlari bor tushunmaysiz
Oson emas ,ota uyga qaytgan qizg

Читать полностью…

❮꯭❶꯭꯭꯭➣꯭[꯭꯭🥀꯭]꯭ Rahmatillo ➊꯭꯭🖤꯭꯭꯭꯭ོ🥀꯭

Tasodiflar yoʻq bu dunyoda,
Uchrashmadik ikkimiz bekor.
Allohimning rejalarida,
Biz anglamas buyuk hikmat bor!

Sen qaydayu, men qayda edik,
Goʻyo Quyosh, goʻyo Oy, ayro.
Buni Xudo istamaganda,
Boʻlarmiding qarshimda paydo!

Duch kelmaydi daryoga daryo,
Qushlar sira ketmas toʻqnashib.
Borligimni bilgandek goʻyo,
Kelarmiding davonlar oshib!

Charchagandim yoʻllaring kutib,
Muxabbatning koʻzlari ojiz.
Mana endi bir lahza oʻtib,
Goʻyo eski tanishlardekmiz!

Sen qismatga ishonasanmi,
Koʻrganmisan meni qaydadir!
Bilsang buni moʻjiza emas,
Taqdir derlar, azizim, taqdir!

✍🏻Malika Tavfiq

Читать полностью…
Subscribe to a channel