ratsional | Unsorted

Telegram-канал ratsional - Mantiq

924

Bu kanalda sizdagi stereotiplar buzilishi, ishonchingizga va orttirgan bilimlaringizga to’g’ri kelmaydigan maqolalar e’lon qilinishi mumkin. Oʻzgarish yoki avvalgidek qolish o'zingizga bogʻliq, zero tirik qolish majburiyat emas. Chat: @ratsional_group

Subscribe to a channel

Mantiq

​​Mantiqni ishlatish nafaqat bahslashishda, balkim muhim tanlovlar qilishda ham foydali.

Hozirgi kunda dolzarb mavzuga aylangan vaksina masalasida ham mantiqni ishlatib qaror qa'bul qilish mumkin:

Vaksina olishni ko'pchilik asoslanmagan faktlarni yoki qo'rquvni deb ortga surib yurishibdi. Bunday "faktlar" orasida vaksinani yangi shtammga qarshi foydasi yo'qligidan tortib, Bill Geyts hammani chiplashtirmoqchi degan bema'niliklargacha topiladi.

Vaksina bu avvalo "kuchsizlashtirilgan" virus. Shunday ekan vaksina qa'bul qilganingizdan so'ng organizmingiz uni qanday qa'bul qilishiga qarab vaksina o'zlashtirish muddati yengilroq yoki og'irroq o'tishi mumkin. Og'irroq kechsa 3-4 kun ko'chaga chiqolmay qolishingiz mumkin.
Shu arzimagan sababni deb ko'pchilik baribir vaksina yangi shtammga qarshi foydasi yo'q, befoyda narsaga 3-4 kun vaqtimni sarflab nima qilaman degan bahonalar bilan vaksina olishmayabdi.

Agar sizda ham shunday fikr bo'lsa quyidagi 3 ta fakt fikringizdan qaytishingizga yordam beradi(agar siz "Bill Geyts hammani chiplashtirmoqchi" deb o'ylasangiz unda yaxshisi vaksina olmaganingiz ma'qul, zora shunday qilib dunyodagi ahmoqlar kamaysa):

1. Yangi shtamm chiqdi degani eskisi yo'qoldi degani emas.
2. Vaksina yangi shtammga qarshi kuchsiz bo'lishi mumkin, lekin bu degani unga qarshi hechnarsa qilolmaydi degani emas, shunchaki sizga yangi shtamm yuqsa eskisidan ko'ra sal kuchliroq o'tish ehtimoli bo'ladi.
3. Vaksina qildirmasdan chetga chiqolmaysiz. (mabodo kerak bo'lib qolsa)

Shunday ekan tekin va navbat kam payti vaksina qildirib oling. Men ham tekinligidan foydalanib birinchi dozani oldim.

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

​​Javob

Kechagi savolga javob berishda, bir qarashda huddi ma'lumotlar yetarli emasdek ko'rinadi. Lekin biroz o'ylab qaralsa, Sanjar yoki uylangan yoki uylanmagan bo'lishi mumkin.
Agar Sanjarni uylangan deb hisoblaydigan bo'lsak, u Bekzodga qarz berdi, (uylangan odam uylanmagan odamga qarz berdi).
Agar Sanjarni uylanmagan deb hisoblasak, Sanjarga Anvar qarz bergan.
Bundan kelib chiqib biz savolga ha deb javob berishimiz mumkin.

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

Bo'sh joyni to'ldiring

- Video uchun 15 kun ma'muriy qamoq.
- Korruptsiya va minglab odamlarni uysiz qoldirganlik uchun ...

*Javobingiz real voqelikka to'g'ri kelishi uchun mantiqni "o'chirib" qo'ying

Mavzuga aloqador post.

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

Yo'q ma'noni ko'rish

Bizning fikrlash uslubimizga kundalik xayotimizdagi voqealar, stereotiplar va boshqa ko'plab omillar ta'sir qiladi. Shuning natijasida biz fikr yuritishda xatolarga yo'l qo'yamiz. Bundan esa marketologlar va shunchaki "aldarko'sa"lar o'z maqsadlari yo'lida foydalanishadi.

Masalan, aviabilet sotuvchi firma o'z reklamasida "Bizdan arzonini topa olmaysiz" deydi. Biz esa buni "bu firmada eng arzon aviabiletlar sotilar ekan" deb tushinamiz. Aslida esa bu firma sotayotgan chiptalar boshqa firmalar sotayotgan chiptalar bilan bir hil narxda bo'lishi, va rekalamada "biz sotayotgan chiptalar narxi boshqalarnikidan farq qilmaydi" deb aytsa ham birinchi aytilgan gaplardan ma'no jixatdan farq qilmas edi.

Gapdagi yo'q ma'noni ko'rish nafaqat bizning iqtisodiy xayotimizga, balkim kundalik turmush tarzimizga ham o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi. Er xotin bir birini tushinmay janjal qilishi, qaynona kelin munosabatlarida ham gap ichidan "ilmoq" qidirish odati katta muammolarga olib keladi.

Shunday ekan, gapni tog'ri tahlil qila olish cho'ntagimizga ham, tinchligimizga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi.

Fikrlashdan to'xtamang. Biz bilan qoling.
@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

​​Shubhalanishni bilasizmi?

Ko'pgina hollarda bizning qadryatlarimiz biz yashayotgan jamiyat va ijtimoiy tuzilmaning ta'siri ostida bo'ladi. Yaxshimi yoki yomon bu tuzilmalar o'zlarining afzalliklariyu kamchiliklarini bizning miyamizga abadiy quyib qo'yishga moyildirlar.

Bizning eng ezgu orzularimiz - biz o'qigan kitoblar, kinolar, televediniya, din, atrofimizdagilar komil inson deb hisoblaydigan odamlar ta'siri bilan shakllanadi. Xattoki, yaxshilik va yomonlik tushunchalari, odob ahloq ham bizning madaniy merosimizning bir qismi. Bunday ta'sir shunchalik erta va asta sekinlik bilan bo'ladiki, biz o'z fikrlarimizni yashab turgan jamiyatimiz ta'siri ostida shakllanganini tan olmaymiz. Biz ishonadigan narsalar, hurmat qiladigan kishilar aslida yashab turgan jamiyatimizning natijasi ekanligini bilmaymiz.

Ko'pchilik hali hanuz jinlar mavjudligiga va bu jinlar insonni ichiga kirib olib uni boshqarishi mumkinligiga, bu jinlarni mahsus duolar yordamida haydash mumkinligiga ishonishadi. O'z o'zidan bunday odamlar o'zlari yashab turgan jamiyatning ularning hatti-harakatlariga ta'sirini baholay olishmaydi. Aksariyat odamlar vulqon otilishi, momaqaldiroq va chaqmoq, suv toshqini va boshqa ko'plab talofatlar - xudolar va shaytonning g'azabi deb hisoblashadi, jonsiz narsalarning o'z fikri va hohishi bor, ular o'z istagi bo'yicha harakat qiladilar deb o'ylashadi.

Jak Freskoning "Pulga sotib ololmaydigan barcha yaxshi narsalar" kitobidan parcha.

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

​​Mantiqsiz iddaolar

Ilm fan, inkor etib bo'lmas iddaolarning hechqanday ma'no va mohiyatga ega emasligini tan oladi.

Masalan: "Nimayki sodir bo'lmasin - hammasi yaxshilikka" - ayniqsa katta ko'ngilsizlikni boshdan o'tkazganlar orasida keng tarqalgan g'oya. Bu ularga ko'ngil hastaligida yupanch bo'lishi mumkin, lekin u sof "be'manilik"ning belgilariga ega. Hechqanday tajriba yoki guvoh bu iddaoni inkor eta olmaydi, chunki u "men shunday hisoblayman" degan toifaga kiradi.

© Robert Uilson, "Kvant psixologiyasi"
@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

- Ko'ryabsizmi doktor Stadler, odamlar o'ylashni xohlashmaydi. Ular o'z tashvishlariga qanchalik sho'ng'ishsa, shunchalik kamroq o'ylashni xohlaydilar. Lekin ich-ichlaridan fikr yuritishlari kerakligini tushinadilar va o'zlarini aybdordek his qiladilar. Shuning uchun ularning fikrlamaslik xohishlariga sabab topib bergan har qanday odamni ko'klarga ko'tarishadi va uning aytgan har bir maslaxatiga amal qilishadi; ularning aybini savobga, eng oliy himmatga aylantiradigan istalgan odamni daho deb tan olishadi.

©Ayn Rend, "Atlant qaddini rostladi" (Atlas Shrugged)
@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

Yuqorida aytilgan tadqiqot qatnashuvchilarining ijodlaridan na'muna.

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

​​Sening miyangga joylashib olgan ma'lumotni ximoya qilishni keragi yo'q. Aks holda sen ma'lumotga emas ma'lumot senga egalik qiladi.
©obraz.io

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

​​Yangi yil boshlanganda ko'pchiligimiz kelgusi yil uchun ulkan maqsadlar qo'yganmiz. Sport bilan shug'ullanish, biror yangi narsani o'rganish, yoki bo'lmasam telegramda kanal yuritishni davom ettirish.

Demak boshladik. Sog'lom ovqatlanamiz, ertalablari yuguramiz. Kayfiyat a'lo. Ahir zararli odatdan qancha uzoqlashsang uni qilishga bo'lgan ishtiyoq tobora so'nib oxir oqibat butunlay yo'qolib ketadi.

Lekin amalda esa buni teskarisini kuzatish mumkin. To'g'ri, boshida barchasi o'ylaganimizdek ketadi. Lekin vaqt o'tib "yomon odatlar"ni takrorlash istagi juda kuchayadi va boshqaruvni yo'qotamiz. Bora deymizu shirinliklar yeymiz, mashg'ulotlarni o'tkazib yuboramiz, post yozgimiz kelmay qoladi.

Bu juda achinarli xolat. Atigi bir martagina rejadan chetlashganimizga barchasini tashlab qo'yamiz.

Aslida odat bu - shakllantirilgan shartli refleks. Qiyinchilik esa odat unutilishining shartli qismidir. Miyyamiz bor kuchini ishga solib o'zining avvalgi sharoitiga qaytishga urinadi.

Agar yangi yilda nimanidir o'zgartirishni niyat qilgan bo'lsangiz unda buning "azobi"ga ham tayyor turing. Yodingizda tuting, bundan so'ng siz butunlay yomon odatlardan qutilasiz. Yomon odatdan butunlay qutilishdan avval doim rejalarimizni birrovga buzib olamiz...

Ko'zlagan maqsadingiz sari harakatlanishdan to'xtamang!
@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

#qiziq_savol
Bir qiz onasini taziyasida bir notanish yigitni yoqtirib qolibdi. Oradan ikki xafta o'tgandan so'ng u o'z opasini o'ldiribdi. Savol: qiz nega bunday qilgan?

(Bu savolni javobini manyaklar osongina topishadi)
@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

Osongina mo'may daromad topaman deb shu saytga nomer va kodni kiritgan Pinokkio lar rosa ko'payib ketdi.

Tekin pishloq faqat qopqonda bo'ladi

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

​​Be'mani maqtov yohud maddohlik ildizi

Bugun meni bir taksist manzilimga yetkazib qo'ydi. Shu taksistdan juda katta minnatdorman, malades, zo'r taksist ekan...

Yuqoridagi minnatdorchilikni o'qigan inson darhol "nega bu odam taksistga bunchalar minnatdorchilik bildirmoqda, nima taksist uni bekorga olib boribdimi?" degan savolni berishi aniq. Lekin, huddi shunday minnatdorchilikni boshqa kontekstda va boshqa kasb egasiga nisbatan ko'rganida (masalan hokimlarning qandaydir ishni muvoffaqqiyatli tugatganini ko'rganda) unda hech qanday savol paydo bo'lmaydi, qaytaga bu minnatdorchilikka qo'shib yana 10 marta raxmat aytadi.

Xo'sh muammo nimada? Ahir har ikki kasb egasi ham o'z ishini bajardi holosku? Nega birinchi maqtov be'manidek, ikkinchisi bo'lsa o'rinli maqtovdek ko'rinyabdi?

Muammo shundaki, taksistlar salkam 100% hollarda yo'lovchilarni o'z manzillariga "bexato" yetkazib qo'yishadi. Hokimlar esa, taksistlardan farqli o'laroq doim ham loyihalarni qoyilmaqom bajarishmaydi (balkim bunga tabiiy omillar sabab bo'lar, balkim massonlar sababchidir?). Shuning uchun birinchi kasb egalarining muvoffaqqiyati uncha ko'zga ko'rinmaydi, ikkinchi kasb egalarining muvoffaqqiyatini bo'lsa, mo'jizadek baholaymiz.

Albatta, yosh bolani ilk bor ko'rpachani ho'l qilib qo'ymagani uchun uni ko'klarga ko'targudek maqtaymiz. U ulg'ayganidan so'ng esa, bu maqtovlar be'manidek ko'rinishi tabiiy.

Xulosa shuki, kimnidir maqtayotganingizda "Katta odam ko'rpachani ho'l qilmagani uchun maqtamayabsizmi" o'ylab ko'ring.

Biz bilan bo'ling. Mantiqiy fikrlashni o'rganing.
@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

​​Mantiqiy xatolar

Ikki bir biriga yaqin bo‘lgan mantiqiy xatolar "Bema'nilikka tushirish" va "Poxol qo‘riqchi" haqida. Bu ikki xato bir biriga o‘xshab ketgani tufayli har ikkisini birdan ko‘rib chiqamiz.

Bemaʼnilikka tushirish
Bunda argumentni shunday «sayqallanadi-ki» u butunlay bemanidek tuyila boshlaydi. Misol:
— Bu tizimni ishlatib biz o‘g‘rilikni kamaytiramiz.
— Bo‘lmagan gap! Hech bir tizim dunyodagi o‘g‘riliklarni 100% bartaraf etolmaydi. (kamaytiradi degan so‘z, 100% darajasiga bo‘rttirildi)
— Men butunlay to‘xtatadi demadim, balki kamaytiradi dedim. Keyin butun dunyoda emas, faqat o‘zimizning hududda.
— Boshqacha qilib aytganda hech kimga keraksiz tizim, tushinarli... (butunlay to‘xtatmaydi degan jumla foydasi yo‘q darajasigacha tushirildi)

Poxol qo‘riqchi
Bunda argument boshqa bir argument bilan almashtiriladi va o‘sha argumentga qarshi hujum uyushtiriladi.
Misol:
— Insonning mehnatiga to‘lanadigan haq o‘sha mehnatga yarasha bo‘lishi kerak. Masalan menga bu yerda yaxshi haq to‘lashmasa, men hech ikkilanmay chet elga ishga ketgan bo‘lardim.
— Sening darding faqat pul. Yaxshi haq to‘lashsa do‘stingni ham sotasan. (mehnatimga yarasha haq to‘laydigan joyda ishlayman degan argument hamma narsani pul bilan o‘lchayman deganiga alishtirildi)

Yana ko‘proq misollarga ega bo‘lish uchun izohlarda istalgan mavzuda o‘z argumentlaringizni yozib qoldiring. Yoki o‘zingiz mana shunday dialog tuzishga urinib ko‘ring.

Sizni aldashlariga yo‘l qo‘ymang - mantiqiy fikrlashni o‘rganing.
@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

​​Stereotiplar

Stereotiplar qarama qarshi faktlarning mavjudligiga qaramay kuch to'plab yashashda davom etishi mumkin.

Biz juda kam hollarda o'z tasavvurimizni o'zgartiramiz. Aksincha, biz osongina o'z hotiralarimizni - o'zimiz ko'rgan va eshitgan narsalarni tasavvurimizga moslash uchun o'zgartirib qo'yamiz. Ko'plab hollarda bizning biror bir voqea haqidagi hotiralarimiz reallikka to'g'ri kelmasligini payqamaymiz ham. Aynan shuning uchun stereotiplar shu qadar bardoshli. Shuning uchun, qanday o'ylayotganimiz va eslayotganimizni kuzatib borishimiz zarur.

Stereotiplarsiz bizda kimnidir yomon ko'rishga, toshbo'ron qilishga, quvib chiqarishga va qirib tashlashga ancha kam sabab bo'ladi.

Xalpern Dayana, "Tanqidiy fikrlash psixologiyasi" kitobidan.

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

​​Haqiqat nisbiy emas

Optimist:
- Stakan yarmi to'la.
Pessimist:
- Stakan yarmi bo'sh.
Ratsionalist:
- Sen stakanni to'ldirayotganmiding yoki bo'shatayotganmiding?

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

#savol
Anvar Sanjarga qarz berdi.
Sanjar esa Bekzodga qarz berdi.
Anvar uylangan. Bekzod esa uylanmagan.

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan kelib chiqib, quyidagi savolga javob toping:
Uylangan odam uylanmagan odamga qarz berdimi?

1. Ha
2. Yo'q
3. Ma'lumotlar yetarli emas

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

​​Insonlar harqancha "avvalo o'zingdan boshla" deb qichqirishmasin, ko'p hollarda bu gaplarni boshqa insonlarga qarata gapirishadi.

Ko'pchilik hali-hanuz o'zlarining xulq-atvorlari sababini bilishmaydi va bu ularni tizimning bir bo'lagiga aylantiradi. Biz nimaniki bilmasak, uni "boshqara" olmaymiz.

Fikrlash davomida odamlar mantiqni ishlatishadi va bu ko'p hollarda sofizmga olib keladi. Lekin bu fanni kim biladi? Kim mantiqiy xatolar nima ekanligini ayta oladi? Kim bu narsani hayotda kerakli bo'lgan muhim narsa deb biladi va murakkab muammolarni hal qilishda undan foydalanadi? Deyarli hechkim (99% desam ham ko'p yanglishmagan bo'laman).

Kimga shifo so'rab murojaat etishni hohlardingiz: Mohir vrachgami yoki u-bu kimdan ba'zi narsalarni eshitib olgan chala tabibgami?

Insonlar ham huddi chala tabibdek fiklarining "mohir" ustalari.

Voqelikning bu tarzda bo'lishi meni qoniqtirmayabdi. Siznichi? Ularnichi? Sizning va ularning bo'lajak avlodlarinichi?

©obraz.io

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

Sofizm — biror beʼmani fikrni asoslovchi muhokama yoki xulosa. Sofizmda yolg'on muhokama chin muhokamadek ko'rsatiladi yoki mantiq qonunlarini buzib xulosa chiqariladi.

Misollar:

Shoxdor odam:
- Sen biror narsani yo'qotmagan bo'lsang demak u narsa senda bor to'g'rimi? Sen "shoxing"ni yo'qotmagansan, bundan chiqdi seni shoxing bor!
Izoh: Yo'qotmagan narsangiz hali sizda bor emas, bejizga birorkim nimadir yo'qotdim desa, unga hazillashib "Yo'qolmasdan avval bormidi" deb savol bermaymiz.

Paydo bo'lgan pul:
- Ota onangizdan 25 mingdan qarz oldingiz, 50 ming bo'ldi, 45 mingga bozorlik qildingiz, qolgan 5 mingdan 3 mingini do'stingizga qarz berdingiz. 2 mingni esa ota onangizga ming so'mdan qaytib berdingiz. Shunda ulardan 24 mingdan qarzingiz qoldi. Bu 48 ming degani, do'stingizga bergan 3 mingni qo'shsak 51 ming bo'ladi, ming so'm qayerdan keldi?
Izoh: Ota onangizdan 24 mingdan jami 48 ming qarzingiz bor, siz bu 48 mingdan 45 mingni bozor qilishga sarfladingiz va 3mingni do'stingizga berdingiz. Bo'ldi hechqanday boshqa harajat qilmadingiz.

Sofizmdan odatda sharlatan va firibgarlar keng foydalanishadi. Ularning aldoviga tushib qolmaslik uchun mantiq qonunlarini yaxshilab o'rganish zarur.

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

​​Buyruqning kuchi

Stenli Milgremning itoatkorlikni o'rganishga qaratilgan tadqiqotida qatnashuvchilarga test topshirayotgan talabani kuzatish va har bir yo'l qo'ygan xatosi uchun "jazolash" vazifasi qo'yiladi. Jazo esa maxsus tugmani bosish orqali amalga oshiriladi. Tugma bosilganda talabaga 15 volt tok zaryadi yuboriladi, va har bir xato uchun tok zaryadi 450 voltga yetgunga qarad 15 voltdan oshirib boriladi. Qatnashchilarga bu tadqiqotni og'riqning hotiraga ta'sirini o'rganish deb tushuntiriladi.
Havotirga o'rin yo'q, test topshiriyatogan talaba aslida aktyor va u xato uchun hechqanday zaryad olmaydi, shunchaki og'riqni ijro etib beradi xolos.

Tekshiruvdan maqsad, qatnashchilar jazo bilan qanchalik uzoqqa borishlarini bilish edi. Hayratlanarlisi shundaki, qatnashuvchilarning 48% qismi "talabaning" dod-voylariga qaramay jazoni 450V gacha davom ettirishdi.

Bundan kelib chiqadiki, insonlar "shunchaki buyruqni bajarayotgan"liklari paytida, o'z harakatlari qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini hecham o'ylashmaydi. Shuyerdan oddiy xalqqa qarata o'q otish, gumondorlarni o'lgudek kaltaklash xolatlari uchraydi.

Shunday ekan xar birimiz o'z qilayotgan ishimizga avvalo o'zimiz javob berishni o'rganishimiz, harqanday buyruqni shubha ostiga qo'yishni o'rganishimiz zarur.

Fikrlashdan to'xtamang.

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

​​Mish-mish tarqatish uchun "shablon".

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

Agar direktor majlisda "Voy, o'g'lim slaydlarni almashtirib qo'yibdi, xozir keraklisini topib kelaman" desa - bu uning ishchilarida yengil muloyimlikni chaqiradi. Ahir hammamiz ham insonmiz, hammamiz ham adashishimiz mumkin.

Agar bunday xolat hamkasbimiz bilan yoki hudo ko'rsatmasin qo'l ostimizdagilar bilan sodir bo'lsa bormi, darhol u haqda "yaxshi" fikrlarni o'ylay boshlaymiz: "Shunaqayam mas'uliyatsiz bo'ladimi, majlisdan oldin materiallarini tekshirib ham ko'rmagan".

Bir hil xatoga uni kim tomonidan sodir etilganiga qarab har-hil yondoshamiz.

Bu borada ham qiziq bir tajriba o'tkazilgan. Unda ishtirokchilardan ikki talabaning suhbati yozilgan audioni tinglash so'ralgan. Audioni tinglashdan avval ishtirokchilarga talabalardan biri testda eng yuqori natija, ikkinchisi bo'lsa maymundan sal aqlliroq natja ko'rsatganligi aytib o'tilgan. Intervyu ya'kunida shovqin va stakanning singani bilan talabalardan birining "Eh palakat, ustimga kofe to'kib yubordim" degan gapi eshitiladi.

Shunday qilib agar kofeni aqlli talaba to'kib yuborgan bo'lsa tajriba qatnashchilari bu talabaga yanada yaxshiroq munosabatda bo'lishni boshlashdi. Qoyilmaqom aql sohibi, lekin bizga o'xshab sodda va kulgili xatolar qilarkan. Lekin, kofeni ikkinchi talaba to'kib yuborgan bo'lsa uning shundoq ham yo'q obro'si yer bilan bitta bo'lardi: "Ahmoq, xatto bitta kofeni eplab icholmaydi".

Bunday holat atrofimizda ko'plab uchraydi. Kimlar uchun arzimagan kichik xatoga yo'l qo'yish ishidan ayrilishiga sabab bo'lsa, boshqalarga esa minglab odamlarni uysiz qoldirgan xatoga yo'l qo'yish ham arzirli jazoga sabab bo'lolmaydi.

Xatoga uni sodir etgan insonning martabasiga qarab emas, xato keltirib chiqargan muammolarga qarab baxo berishni o'rganishimiz zarur.

Fikrlashdan to'xtamang.
@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

​​Brazerton eng keng tarqalgan kognitiv xato - bu eng tanish bo'lgan narsalarda ham o'z tushinchasini yuqori baholash deb xisoblaydi. Masalan umrimiz davomida "ixtiro" qilmaslikni takidlashadigan oddiygina velosipedni olaylik. Rebekka Louson o'z tadqiqotida qatnashuvchilarga velosipedning ya'kunlanmagan chizmasini beradi (biriktirilgan rasmga qarang) va uni ya'kunlashni sor'aydi. Yetishmayotgan qismlarni shunchaki sxema tarzida chizib qo'yish zarur edi. Siz ham chizmani davom ettirishga urinib ko'ring.

Chizmani chizishdan avval barcha qatnashuvchilar o'zlarining velosiped bilan tanishlik darajalarini 7 ballik tizimda 4-5 bahoga baholashgandi. Lekin testni bajarganlarning 40% qismida chizilgan velosiped harakatga kelishiga hechqanday imkoniyat yo'q edi. Xatto keltirilgan chizmalardan qaysi biri eng to'g'ri ekanligini tanlash vazifasi qo'yilganda ham 40% qatnashuvchi kamida bir marta xatoga yo'l qo'ydi. Tadqiqot tugagandan so'ng qatnashchilar hayrat bilan "Men buni bilmasligimni bilmas ekanman" deya iqror bo'lishdi.

Tarix, tibbiyot, astronomiya va fizika siz bilmaydigan yanada ko'p narsalar bor ekanligini ko'rsatib beradi.

Dushanba muborak!

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

​​Fitna nazariyasi (теория заговора)

Kimdir gapirmagan gapini uni gapirdi deyish yanglishishning boshlanishi bo'lsa, fitna nazariyasiga ishonish yanglishishning eng cho'qqisidir.

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

​​20 asr o'rtalarida oddiygina uy bekasi bo'lgan Doroti Martin o'z sektasi (o'z g'oyalari asosida birlashgan kichik guruh)ni tuzadi. Unda odamlar dunyoning ya'kunini kutib, bor budlarini sotishardi, va ularni Klarion sayyorasidagi o'zga sayyoraliklar qutqarib olib ketishiga ishonishar edi.

Xullas boshqa sektalardan farq qilmaydigan yana bir sekta. Uning o'ziga hos jixati shundaki, bu sektaga psixolog Leon Festinger a'zo bo'lgandi. U o'sha e'lon qilingan dunyoning oxiri bo'lishi kerak bo'lgan kun kelganda sekta a'zolari nima qilishini o'rganmoqchi edi.

Shunday qilib 21-dekabr 1954-yil ham o'tdi. Sekta ishongan dunyoning oxiri ham sodir bo'lmadi. Ho'sh, sekta a'zolari "Biz ahmoq ekanmiz" deyishdi deb o'ylaysizmi? Albatta yo'q. Ahir ular shuncha qiyinchiliklardan o'tishdi, vaqt va mablag'larini sarflashdi. Hammasi bekor ekanligini tan olish mumkin emas.

Aynan shu sabab odamlar boshqalar uchun g'irt be'mani bo'lgan illuziyalariga ishonishda davom etishadi. Sekta a'zolari ham - aynan ularning qilgan xatti harakatlari Yerni qutqarib qolganiga chin dildan ishonishdi.

Yangi kun muborak!
@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

#hazil
Universtitetdagi o'qituvchim aytganidek:

Bilimli odam o'z ishi bilan shug'ullanadi, bilmaydigan odam esa boshqalarga o'rgatadi...
Albatta bu gaplar menga taaluqli emas.

O'ylaymanki bu gaplar menga ham taaluqli emas.
@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

​​Pul daraxti

Pinokkio, senda besh tilla tanga bormi? Uni ming tilla tanga qilishni hohlaysanmi? Buni yo'li juda oson. Bir sehrli dala bor. Unga borib shu besh tilla tangangni ko'mamiz, uni sug'oramiz, qarabsanki bir soat ichida har bitta tangangdan besh yuzta tanga hosil beruvchi daraxt o'sib chiqadi. Faqat sekin, hechkim eshitib qolmasin. Bu juda katta sir. Buni bizdan boshqa hechkim bilmaydi...
© Pinokkio ertagidan

Buni o'qigan harqanday odam bu g'irt yolg'on ekanligini bilishadi. Tangadan pul daraxti o'sib chiqmaydi. Pinokkioni laqillatishayotgani kundek ravshan. Shunga qaramay sodda Pinokkio bu yolg'on qurboniga aylanadi. Tomoshabinni bo'lsa ensasi qotadi:
- Ahir voqeani sal reallikka yaqinlashtirish mumkin ediku?
- Shunaqayam laqma bo'lasanmiya Pinokkio...

Hayotda esa bundanda axmoqona sxemalarga ishonuvchan odamlar bor:
- Sizning afrikadagi qarindoshingizdan besh million dollar me'ros qoldi. Bu me'rosni olish uchun atigi o'n dollar hujjatlarning harajatini qoplasangiz kifoya.
- Yuz dollar sarmoya kiritib har oy besh yuz dollardan daromad olishni istaysizmi? Setevoy marketing bilan bu juda oson.
- "Fano" dorilari bilan siz nafaqat sog'lom bo'lasiz, balki pul ishlashingiz ham mumkin. Arzimagan ikki millionga bizdan dorilarimizni sotib olib hamkorimizga aylanasiz va har bir olib kelgan yangi haridoringizdan besh yuz ming so'mdan pul topasiz.
- "Chujoy dom" loyihasi bilan siz o'z uyingizga ega bo'lishingiz mumkin. Shunchaki manabunday ahmoqona sxemamizga ishonsangiz kifoya.

Bunday "oson pul topish sxemalari"ni cheksiz davom ettirish mumkin. Bu sxemalar orqali xaqiqatda pul ishlab topayotganlar bo'lishi mumkin, lekin ular nimani evaziga pul topishyabdi? O'zlarining yaqinlarini aldab, Pinokkiodagi "Tulki" va "Mushuk" obraziga aylanib pul topishmoqda. Bu sxemalarni o'ylab topganlar bo'lsa, hechqanday ortiqcha ish qilmay kun sari ko'payib borayotgan "lox"larni sog'ib borishmoqda holos.

Bu sxemalar odamlarni aldayotgan bo'lsa nega haligacha yo'qolib ketmagan, nega aldanganlar ular ustidan arz qilishmagan? degan o'rinli savol paydo bo'ladi. Gap shundaki, biz o'zimizning obro'yimizni shu darajada qadrlaymizki, Pinokkioga o'xshab aldanganimizni birov bilmasligi uchun borimizdan kechishga tayyormiz.

Ba'zan o'xshatma ertaklar odamlarga yetib borishi qiyin. Pul daraxti o'smaydi degandan ko'ra "Ahmoq bo'lmang odamlar, hechqayerda birov sizga mana ol deb pul ushlab turmaydi, pul topishning yo'li faqat mehnat qilish, ko'zingizni oching, aldanmang, kallangizni ishlating" deyish foydaliroq bo'ladi.

Aldanib qolmang.
@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

#hazil
Guruhlarda "Bu xatni 10 ta odamga yubormasang yomon boʻladi" degan xabarlarni tarqatuvchilarning miyyasi.

P.S. Agar shu postni 10 ta odam bilan boʻlishmasangiz, siz ham shunday boʻlib qolishingiz mumkin.

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

​​Stereotip nima?

Bu shunday narsaki, unda malum bir jixatga ega guruhga qandaydir yorliqlar biriktiriladi (yuqoridagi misol: bizning dinda bo'lmaganlarning barchasi eng yovuz odamlar). Bunda hamma odam har hil ekanligi hisobga olinmaydi. Ko'p xollarda esa bu stereotiplar insonning shaxsiy dunyoqarashidan boshqa tasdiqga ega emas.

Nega stereotiplar yomon?
Stereotiplar bizni boshqa odamlardan nafratlanishga, ularni kamsitishga yoki ularga qanday yashash kerakligni uqtirishimizga undaydi. Nafaqat boshqa odamlar xatto o'z oila azolarimizga nisbatan ham adolatsizlik qilishga majbur qiladi (ayollar faqat uyda o'tirishi kerak, qiz bola o'qib olim bo'larmidi, farzandning kelajagini ota-ona hal qilishi kerak).

Stereotiplarni qanday aniqlaymiz?
Sizda o'rinli savol tug'ilishi mumkin, qanday qilib masalan chindan ham yomonlikni va stereotipni farqlashimiz mumkin? Buning yo'li bor: biror narsa sizning nafratingizni qo'zg'asa, o'zingizga nega bu narsa mening nafratimni qo'zg'ayabdi deb savol bering. Shundan so'ng qanday javob berayotganingizga e'tibor bering, agar javoblaringiz quyidagilarga mos kelsa, demak sizdagi nafrat aslida jamiyat tomonidan miyangizga quyilgan stereotipdir:
1. Javob bera olmayabsiz, shunchaki yomon ko'rasiz. Nafratingizni argumentlar bilan ifodalay olmaysiz (menga shunchaki bu narsa yoqmaydi, axir men o'zim hal qilamanku menga nima yoqish nima yoqmasligini?).
2. Argumentlaringiz shaxsiy fikringizdan boshqa narsa emas, ya'ni ilmiy tarafdan tasdiqini topmagan (men shunday deb hisoblayman, har kim o'z fikriga ega bo'lish huquqiga ega) va reallikka to'g'ri kelmaydi.
3. Argumentlaringiz boshqa bir odamning gaplaridan boshqa narsa emas (chunki qo'shnim shunaqa degan, bilasanmi u juda boy va ko'p narsani biladi)
4. Chunki yoshligimizdan bu narsa yomon deb o'rgatilgan (ota bobolarimiz bu ishlarni qoralagan, bu bizning mentalitetga to'g'ri kelmaydi).

Albatta buni aniqlash oson emas, bularni aniqlay olish va analiz qilish uchun insonda mantiqiy fikrlash rivojlangan bo'lishi zarur. Mantiqiy fikrlashning birinchi qadami esa, har bir bilgan va ishongan narsangizni shubha ostiga qo'ya olishdir.

Fikrlashdan to'xtamang. Dunyoni o'zgartirishni o'zimizdan boshlaylik.
@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

​​Keyin != natijada (keyin bo'ldi degani uning natijasida bo'ldi degani emas)

Xauzer va Sponding maymunlar ko'z oldida pichoq va olmani parda ortiga yashirishardi. Keyin esa parda ortidan ikkiga bo'lingan olmani olishardi. Pichoqning kesish hususiyatidan xabardor primatlar bu holatni hotirjam qa'bul qilishardi. Lekin, parda ortiga olma va bir stakan suv yashirib ikkiga bo'lingan olma olishganlarida - maymunlar hayron qolishardi.

Eng ko'p uchraydigan sabab va natija xatoligidan biri bu - hodisa keyin bo'ldimi demak u avvalgi hodisaning natijasi. Aynan shu yerdan barcha irimlar kelib chiqadi: qulog'ing qiziyabdimi - demak kimdir gapiryabdi, qora mushuk yomonlik alomati va hokazo...

Arfikadagi qabilalardan biri bitlar odamning sog'lik ko'rsatkichi deb hisoblagan. Nega? Chunki odam kasal bo'lganda uning harorati ko'tarilgan (albatta bu qabila tana haroratini o'lchashdan xabari bo'lmagan). Shunday qilib odamning harorati biroz oshishi bilan uning bitlari qochishni boshlagan. Qabiladagilar bo'lsa bitlar qochib ketgandan so'ng odam kasal bo'lganini ko'rishgan. Bundan ular bitlar sog'likni ta'minlovchi qumursqalar deb o'ylashgan va ularga alohida g'amho'rlik qilishgan.

Biz albatta maymunlardan va afrikalik qabiladan ko'ra aqlliroqmiz, lekin yoshligimizdan har narsada sabab va uning natijasini ko'rishga odatlanganmiz. Har joyda beihtiyor mantiqiy bog'liqlikni topamiz. Insonga uni o'rab turgan olamning tasodifiy ekanligini tan olish qiyin. Shuning uchun odam uni tartiblashga harakat qiladi.

Kinnachiga kirib chiqganimizdan keyin sog'ayib qolsak kinna foyda berdi deymiz, sog'aymasak nafasi kuchliroq kinnachini qidiramiz. Folbinni gapi to'g'ri chiqib qolsa darrov u qilgan bashoratni eslaymiz, to'g'ri chiqmasa u bashoratlar hayolimizdan ham chiqib ketadi.

@ratsional

Читать полностью…
Subscribe to a channel