ratsional | Unsorted

Telegram-канал ratsional - Mantiq

924

Bu kanalda sizdagi stereotiplar buzilishi, ishonchingizga va orttirgan bilimlaringizga to’g’ri kelmaydigan maqolalar e’lon qilinishi mumkin. Oʻzgarish yoki avvalgidek qolish o'zingizga bogʻliq, zero tirik qolish majburiyat emas. Chat: @ratsional_group

Subscribe to a channel

Mantiq

To'rt toifadagi abiturentlar bor:
1. O'zi harakat qilib o'qiydiganlar - aqliga, bilimiga ishonadigan insonlar.
2. Shpargalka ishlatadiganlar - o'zining epchilligiga, udabburonligiga ishonadigan insonlar.
3. O'rniga boshqa odam kirib ishlab beradigan - puliga ishonadiganlar.
4. Imtihondan bir oy oldin domulloma-domullo yurib o'qitadiganlar - yuqoridagilarda bor hechnarsasi yo'q, Hudodan boshqasi buni o'qishga olib kirib qo'yolmasligini bilgan odamlar.

4-toifadagi tanishlarga postni yuborib qo'yishni aytmasam ham bilasiz )

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

Ma'lumot/bilim kam bo'lgan joyda mo'jiza paydo bo'ladi.

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

#alternativ
Maktab formasi

Maktab formasini yomonlayotganlarning ko'pchilik qismi uning noqulayligi, erkin fikrlashning qisilishi, bolani o'zi xohlamagan narsani kiyishga majburlash degan argumentlar keltirmoqda. Men barcha e'tirozlarni o'rinli deb hisoblayman. Lekin, tanganing faqatgina bir tarafini ko'rib fikr qilishga shoshilmagan ma'qul. Xo'sh, maktabda hamma bir xil formada yurishiga qanday argumentlar bor?

1. Tenglik
Ko'chada yoki ishda sal boshqacharoq kiyinib olgan odamni ko'rsak,darrov uning kiyimi haqida "shivirlash"ni boshlaymiz. Kattalarku boshqalarning gapiga parvo qilmaslikka o'rgangan,ammo bolalarchi? Sal boyroq qatlam bolalari "chiroyliroq" kiyinib kelib, boshqa bolalarning ustidan kulmasligiga javob bera olasizmi?
2. Tanlov mashaqqati.
Ko'chaga chiqayotib nima kiysam ekan, degan savol sizni hech qiynaganmi? O'sha formaga qarshi chiqayotganlarning argumentlarini o'zlariga qarshi ishlataman. Maktab - avvalo, ilm olish uchun. Maktabga borish uchun nima kiysam ekan deb bosh qotirib, vaqt sarflash uchun emas. Buyerda Barak Obamaning gaplarini keltirib o'taman:
"Men nima kiyish yoki nima yeyish haqida o'ylashni yoqtirmayman, mening bundanda muhimroq ishlarim bor"
3. "Tanlov erkinligi".
Tanlov erkinligi deya bong urayotganlar o'zbekning o'g'il - qizlarida (ayniqsa qizlarida) tanlov erkinligi yo'q ekanligidan bexabar ko'rinishadi chog'i. Tanlov erkinligi deganda bolaning emas, balki ularning ota-onalarining tanlov erkinligi deb aytilsa, maqsadga muvofiq bo'lardi. Ixtiyoriy kiyim qo'yib berilsa, dinga mukkasidan ketgan ota-onalar, yosh qizlarini majburlab hijobga o'rantirib qo'yishadi. Erkin kiyinish huquqi berilganda hijobsiz yurgan qizlar avtomatik tarzda yomonotliq qilinadi va ularni jamiyatdan ajratish boshlanadi. Qarabsizki, jamiyat ta'sirida ular ham hijob o'rashga majbur bo'lishadi. Shumi siz jar solayotgan tanlov erkinligi? Men Eron yoki Afg'onistonda yashashni xohlamayman.

Qaror qabul qilayotganda, qanday jamiyatda yashayotganimizni va qanday jamiyat bo'lishga intilayotganimizni ham inobatga olib qo'yaylik.

Firklashdan to'xtamang.
@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

Emotsional bo'rttirish

Bunda juda kam uchraydigan bir voqea shu darajada emotsional bo'rttiriladiki, unday holat juda kam uchrashi ikkinchi masalaga aylanib qoladi.
Misol:
Sen iPhone olishing kerak. O'tgan yili o'rtog'im android telefon olgandi, zaryadi tugab zaryadga qo'yib uxlagan. Ertalab tursa telefoni zaryadda o'chiq yotibdi. Telefonni yoqsa amerikadan katta maoshga ishga taklif qilgan odamning qo'ng'irog'ini o'tkazib yuborgan ekan. Xozir u ishsiz, mardikorlik qilib yuribdi. iPhone bo'lsa telefonni zaryadga ulasang, ma'lum vaqtdan so'ng o'zi avtomatik yonadi.
Ushbu voqeada hissiyot shu darajada bo'rttirilganki, eshitgan odamga xuddi bunday holat har ikkinchi odamda sodir bo'ladigandek ko'rinadi go'yo.

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

Ведется видеонаблюдение/ KAMERA BOR!

Hech qiziqqanmisiz, nega do'konlarda katta qilib bunday yozuv ilib qo'yiladi? Axir kameralarni yashirib qo'yib, o'g'rilarni tutib ularni jazolash mumkinku!

Kasallikni davolashdan ko'ra,uni oldini olgan yaxshiroq deganlaridek, o'g'rilik sodir bo'lgandan keyin o'g'rini ushlab uni jazolagandan ko'ra shunchaki o'sha o'g'rilik bo'lmasligini ta'minlash ancha arzonga tushadi. Undan tashqari, sizdagi bitta kiyim yoki bir dona "redbull" o'g'irlangani uchun, hatto shaxsni yuzi aniq bo'lsa ham, hech kim uni qidirishga resurs sarflashni xohlamayadi. Chunki, bu shunchaki iqtisodiy tarafdan zarar. O'g'ridan undiriladigan jarima uni tutishga ketgan xarajatlarni qoplamaydi.

Qo'rqitish jazolashdan ko'ra ancha arzon va foydaliroq.
Tabiatdagi jonzotlar bu usuldan juda keng foydalanishadi.

Shunday ekan,qo'rqitamiz! Hamma yerda katta qilib "KAMERA BOR" deb yozib qo'yamiz.

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

Ko'nikish

Insonning ajoyib hususiyatlaridan biri bu ko'nikish. Biz yaxshi narsalarga ham yomon narsalarga ham ko'nika olamiz. Bir tarafdan bu juda foydali. Uning yordamida yaqinlarimizni yo'qotganimzni qabul qilamiz, stressli holatlarni unutamiz.

Yomon narsalarga ko'nika olamizmi, demak undan ham yomonlariga ko'nikishimiz mumkin. Ayniqsa u sezdirmay kelsa. Hechkim bir kunda menedjerdan uysiz daydiga, sog'lom odamdan piyonistaga aylanmaydi va hechkim bir kunda ortiqcha 25 kg ortiqcha vazn to'plab olmaydi.

Ko'nikish hissi hammasiga ko'nikishga yordam beradi. Lekin bu juda havfli bo'lishi mumkin. Shuning uchun o'zimizni doimiy ravishda pastga cho'kmayabmizmi tekshirib turamiz.

Buni aniqlashni oson usullaridan biri, ichki ovozimiz nima deyotganiga quloq solish. Agar ichki ovozingiz, "endi doim shunday bo'ladi", "men o'zi shunaqaman, harakterim shunaqa" yoki "buni o'zgartirish meni qo'limda emas" deyotgan bo'lsa, sergaklikni oshirish payti kelgan.

Kelajagingiz o'z qo'lingizda. Har qanday vaziyatni o'zgartirish mumkin, hohish va shunga yarasha harakat bo'lsa bas. Shunday ekan harakatni bugundan boshlang!

Haftangiz yaxshi o'tsin. Chorshanba muborak!

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

Haq bo'lishga intilish

Haq bo'lib chiqish insonning shunchalar kuchli chanqoqlaridan biriki, u o'zini nohaq ekanligini bilib tursada buni tan olishga jurat etolmaydi. Chunki, o'zi uchun haq bo'lishdan ko'ra boshqalar ko'z oldida haqdek tuyilish yoqimliroq. Haq bo'lib ko'rinish uchun esa u harqanday usullar (yolg'ondan tortib mansabini suistemol qilish) dan foydalanadi.

Haq bo'lib chiqish uchun qancha kam kuch talab etilsa shuncha yaxshi. Ayniqsa sizning haqligingizni boshqalar isbotlasa undanda a'lo. Jurnalistlar sizning haq ekanligizni tinmay televizorda takrorlashsa, qo'l ostingizdagilar esa qarorlaringiz naqadar oqilona ekanligini bot-bot eslashsa naqadar yaxshi. Albatta boshqalar yordamida o'zining haq ekanligini isbotlash imkoni nafaqat mansabdorlarda balki oddiy insonlarda ham mavjud. Buni ayniqsa futbol fanatlarida yaqqol ko'rish mumkin. U qo'llab-quvvatlayotgan jamoa g'olib bo'ldi - u haq bo'lib chiqdi. Endi bemalol o'zining haq ekanligini hamma joyda maqtanib "nohaq" bo'lganlarni mazah qilishi mumkin. Minimal harakat evaziga maksimal rohat.

Afsuski doim haq bo'lishga intilish sira ham to'g'ri qaror qabul qilishga yordam bermaydi. Balkim, haq ekanligini, adashmaganligini ko'rsatish uchun u ahmoqona bahonalar o'ylab topadi, bankrot bo'lishi aniq bo'lgan biznesga pul tikishda davom etadi va hali hammasi yaxshi bo'ladi deb o'ziga yoqmaydigan ishda ishlashda davom etadi.

Sizgachi, sizga nima muhim? Adashmaslikmi yoki haq bo'lib chiqish?
@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

Dunyoda 7 mlrddan ortiq odam bor. Ishonaver, qanchalik be'mani fikrda bo'lma, sen bilan hamfikr bo'ladiganlar talaygina.

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

Eng achinarlisi shundaki, axborot jangida doimo, haqiqatni gapirgan taraf mag'lub bo'ladi. Chunki u haqiqat bilan chegaralangan, yolg'onchi bo'lsa istagan axmoqgarchilikni gapirishi mumkin.
© Robert Shekli

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

#hacker #xazil
- hakerlar pulimni o'g'irladi.
- qanday qilib?
- karta raqamlari bilan amal qilish muddatini berdim keyin sms keldi aytdim...

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

Yaxshi odamlar dunyodagi eng kuchsiz va ojiz odamlardir.
Ularning yaxshi ekanliklari ularning ojizliklari. O'z o'zining dushmani.
Istalgan odam ularning yaxshiliklarini o'zlariga qarshi ishlatishi mumkin.

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

Yaxshilik nima?

— Mana shu sening shafqatsizliging. Seni tubanliging va xudbinliging ildizi aynan ana shunda. Agar sen ukangni yaxshi ko'rganingda, ukang bu ishga munosib bo'lmasa-da unga ishni bergan bo'larding, va aynan u bunga noloyiq bo'lganligi — haqiqiy yaxshilik va aka muhabbatining isboti bo'lardi. Shu uchun bo'lmasa yana nima uchun mehr kerak? Munosib odamni taqdirlash — yaxshilik emas. Haqiqiy yaxshilik — nomunosibni rag'batlantirishdir.

© Ayn Rend "Atlant qaddini rostladi"

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

​​Инфоцыган (Infolo'li)

Tasavvur qiling biznes trenersiz.
Mana odam nimadir ish qildi, lekin o'xshamadi. Boshqachasiga urinib ko'rdi, baribir o'xshamadi. Unga nima maslahat berasiz?

Agar siz mutaxassis bo'lsangiz balki nimalar qilganini so'rab u odamning xatolarini ko'rsatib berarsiz yoki boshqa uslublarni taklif qilarsiz. Bu holda tanlov talaygina, har bir shaxsning muammosidan kelib chiqib turli javoblarni berishingiz mumkin.

Agar Infolo'li bo'lsangiz unda ishingiz ancha oson. Har qanday muammoga uchragan odam uchun standart javobingiz bor: "Siz yaxshi harakat qilmagansiz yoki Alloh sizga bermagan". Bunday javob ko'pchilik sodda odamlar uchun yetarli bo'ladi. Agar savol beradigan odam qo'ymay nima qilish kerakligini so'rashda davom etsa, unda "Ustozingizdan so'rab ko'ring, har holda ustoz bilan ishlagandirsiz?" deb javob qilasiz, ustozsiz ishlagan bo'lsa ustidan kulib mazax ham qilib qo'yasiz.

Eng achinarlisi shunda-ki, sodda odamlar haqiqiy mutaxassis va o'zini mutaxassisdek ko'rsatayotgan sharlatanlarni farqiga borolmaydi. Chiroyli gaplar va kelishgan qaddi-qomat bilan odamlarni aldab ularni cho'ntagini qoqayotganlar talaygina.

Bunday odamlarning barchasida bir umumiylikni ko'rasiz, aniq maslahatlar berish, reja tuzishni o'rgatish, qanday qilib biznes xarajatlarini hisoblashni o'rgatishni o'rniga, turli xil ertaklar, hadislar, o'xshatishlar, hayotidagi qiyinchilik vaziyatlar haqida gapirishni yoqtirishadi(albatta, kalla bo'm-bo'sh bo'lgandan keyin bunday narsani ulardan kutishning o'zi ahmoqlik).

Biznes treningni sifatli yoki sifatsizligini bilishning 2 ta soddagina mezoni bor:
1. Trening aynan bir biznes yo'nalishida bo'lishi kerak. Hechqachon magazinlar tarmog'i ochib yurgan odam sizga qanday qilib IT sohasida yoki qurilish sohasida biznes qilishni o'rgata olmaydi.
2. Auditoriya kichik bo'lishligi. Auditoriya maksimum 30-40 kishidan iborat bo'lishi va barcha savol paydo bo'lgan odamlarda o'z savoliga javob olish imkoniyati yaratilgan bo'lishi zarur. Ko'p odam yig'gan trener katta ehtimol bilan hech narsani tushintirmagani uchun odamlarda savol paydo bo'lmasligini biladi.

Tanlovda adashmang.

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

​​Tuman hokimi xalqaro fan olimpiadasi g'olibiga tashakkurnoma topshirdi.

Bu maqolani o'qigan odam sportchilarga "Taho" berib fan olimpiadachasiga baloni o'qini berishibdi deb fikrlashi turgan gap.
Lekin, shu odamlar o'ziga "Men shu bolani mana shu xabarni o'qimasimdan oldin tanirmidim?", "Sportchilarga muxlislik qilgandek shularga muxlislik qildimmi?" degan savollarni berib ko'rmaydi.

Albatta kimdir nimadir qilsa uni qoralash oson. Lekin muammoning asl ildizi hokimlarda emas, jamiyatning dunyoqarashida ekanligini tushina olamizmi?

Men bu bilan hechkimni oqlamoqchi emasman, shunchaki muammo faqatgina shu "hokim"larda emas, balki xalqimizni dunyoqarashida ekanligini aytmoqchiman.

Barcha boshqaruvchilar mana shu tuman hokimidan o'rnak olib hechyo'q faxriy yorliq berib fan olimpiadasi g'oliblarimizni yurtga tanitishsin. Kelgusida faqat faxriy yorliq emas, boshqa narsalar ham berishsin.

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

Istalgan odam jahl qilishi mumkin. Lekin, kerakli odamga, kerakli darajada, kerakli paytda, kerakli maqsadda va kerakli ko'rinishda o'z jahlini namoyon eta olish - har kimning ham qo'lidan kelavermaydi.

©Aristotel (Djona Lerel, "Qanday qilib qaror qabul qilamiz" kitobidan)

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

​​Shaxsiyatga o'tish

Baxsda g'olib bo'lish uchun raqibning harakteri va shaxsiy sifatlariga e'tiborni qaratish.

"Sen, hudosizlar - tartibli odamlar deb takidlagayabsan. Lekin men seni xotining va farzandingni tashab ketganingni bilaman"

© obraz.io

Bunday manipulyatsiya usulidan ayniqsa diktatorlarning propaganda mashinalari juda keng foydalanishadi. Boshqaruvdagi tuzumga yoqmaydigan har qanday ma'lumotni tarqatgan inson yoki tashkilotni darrov "LGBT", "Amerika josuslari", va "vatan hoyinlari" ga chiqarishadi. Avom xalq esa, bularni berilgan ma'lumotga qanday aloqasi bor ekan deb o'ylab ham o'tirmay, "Xa legebete bo'lsa demak aldayabdi" debqo'yaqoladi.

Ma'lumotni inkor etish uchun shaxsiyatga o'tilmaydi, aksincha, qarshi argumentlar keltiriladi, "Sizning fikringizcha bu ish joyini pora bilan o'z tanishiga berilgan, lekin bizdagi manabu ma'lumotlarga asosan, boshqa bu mansabga mos keladigan kadr bo'lmagan, undan tashqari ishga qabul qilingan kadr manabunday maqtasa arzigulik natijalarni ko'rsatgan".

Baxsda qarshi argument o'rniga raqibni shaxsiyatiga qarata tosh otilyabdimi, bilinki sizni manipulyatisya qilishmoqchi.

Ogoh bo'ling!
@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

#falsafa
Sir saqlashni bilasanmi deb so'ragan odamning o'zi sir saqlashni bilmaydi.

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

#falsafa
Farzand qarzdormi?

Jamiyatimizda farzand ota-onasi oldida qarzdor ekanligi yoshligidan miyasiga quyib kelinadi. Aslidachi?

Aslida, ota-ona farzandi oldida qarzdor. Ular o'z farzandi uchun hamma sharoitlarni yaratib berishga majbur. Chunki farzand dunyoga kelishni o'zi tanlamagan. Aksincha, ota-onasi buni xohlashgan.

Shunday ekan, hozirgi va bo'lajak ota-onalar! Farzandingizga hamma sharoitni yaratib bering!

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

#qiziq
Avtomobil boshqarish uchun maxsus ruxsatnoma (права) talab qilamizu, farzand ko'rish va tarbiyalash uchun hechnarsa so'ramaymiz.

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

O'likni tirikdan farqlab turadigan xislat bu - o'zgaruvchanlik.
"O'lik"lar hechqachon o'zgarmaydilar.
"O'zgarish"dan qo'rqmang. Yashashda davom eting.

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

#falsafa #donogap
Gapirmoqchi bo'lgan gapingni kimdir eshitib qolishidan havotirda bo'lsang, o'sha gapni gapirma.

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

Axmoqlikning besh qonuni.

1. Inson doim uning atrofidagi axmoqlar soni qanchalar ko'p ekanligini pisand qilmaydi.

2. Insonning axmoq bo'lish ehtimoli, uning boshqa fazilatlariga bog'liq emas.

3. Axmoq - bu o'z harakatlari bilan yaqinlari va atrofidagilarning yo'qotishlariga sabab bo'ladigan va shu bilan birga o'ziga hechqanday naf keltirmaydigan xatto zarar keltiradigan odam.

4. Axmoq bo'lmagan insonlar doim axmoqlarning vayronkorlik salohiyatlarini pisand qilishmaydi.

5. Axmoq - eng havfli shaxs turi.

Karlo Chippola, "Axmoqlikning besh qonuni"

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

Eng havfli dushman, yo'qotishga hechnarsasi qolmagan dushmandir.
Bunday dushman harqancha zaif bo'lmasin, u hechqachon jang qilishdan to'xtamaydi. O'zi bilan birga atrofdagilarni ham jarlikka tortishi mumkin, lekin ortga qaytmaydi. U uchun na o'z yaqinlarinig taqdiri, na xalqining taqdiri qiziq emas.
Bunday dushmanga duch kelganda hech ikkilanmay butunlay zararsizlantirish zarur. Aks holda, barcha jabr ko'radi.

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

​​Boshlagan ishingni oxiriga yetkaz.

Yoshligimizdan bizga boshlagan ishimizni oxiriga yetkazishimiz shartligini uqtirishadi. Yarim yo’lda tashlab qo’ydikmi, demak kuchsiz, irodasiz va sabrsizlikda ayblanamiz.

Lekin, har doim ham shundaymi?

Biznes loyihalar yillar davomida ziyonga ishlaydi, egalari bo’lsa shuncha ketkazilgan mehnat va mablag’ni puchga chiqganini tan olmay yana o’sha kelajagi yo’q loyihaga pul tikishda davom etishadi.

Moliyaviy piramida va shunga o’xshash yolg’on qurbonlari allaqachon katta miqdorda pul tikib qo’yishdi, yolg’onchi yana arzimagan miqdorda pul so’rasa ular hech ikkilanmay beraverishadi. Axir katta miqdordagi pulni yo’qotishni tan olgandan ko’ra yana oz miqdorda pul yo’qotib umidni saqlab qolgan yaxshi.

10 yillik azob uqubatlarga to’la bo’lgan munosabatlardan voz hecha olmaymiz. Shuncha umrimizni sarflab qo’ydik, kelgusi yil albatta hammasi yaxshi bo’lib ketadi. Ajrashish esa azobli, odamlar gap so’zlari, ketgazilgan umr to’g’ri qaror qabul qilishimizga halal beradi.

Bunday xatolar katta masshtablarda ham kuzatiladi. Urushda allaqachon 10 ming askarni yo’qotgan qo'mondon, yana 20 ming askarni to'g'ri o'lim maydoniga badarg'a qiladi.

Boshlagan ishni oxiriga yetkazishdan ko'ra, maummoga to'g'ri baho berib uni tashlab keta olish ko'proq jasorat talab etadi.

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

Harakat qilish yoki jim turish

Kaneman va Tverski tajribasida odamlar A kompaniyaning aksiyalariga ega bo'lishganini tasavvur qilishgan. Ularga bu aksiyalarni B kompaniyaning aksiyalariga almashtirish imkoni bo'lgan lekin ular bunday qilishmagan. Natijada yil oxirida ular 1200$ kam foyda ko'rishgan.

Shundan so'ng ularga C kompaniyaning aksiyalari borligini va uni D kompaniyaning aksiyalariga alishtirishlarini tasavvur qilishga yordam berishgan. Natija esa yana o'sha, ular aksiyalarni alishtirib baribir 1200$ kam foyda qilishdi.

Tajribadan avval 10 odamdan 9 tasi ikkinchi holatda ko'proq afsuslanishlarini aytishgan. To'g'rida, ahir ular ham harakat qilishdi ham yutqazishdi.

Ammo tajriba hayotda hammasi boshqacha ekanini ko'rsatdi. Biz ko'proq o'zimizning harakatsizligimizdan afsuslanamiz.

Yangi ishga o'tishga bosh tortganimizdan, yangi kasb o'rganishga eringanimizdan, yangi munosabatlar boshlashga qo'rqqanimizdan va nihoyat majlisda turib o'z fikrimizni bildirmaganimizdan afsuslanamiz.

Yana shuni inobatga olish kerak-ki, harakatimiz tufayli afsuslanishimiz vaqt o'tgan sari so'nib borsa, harakatsizligimizdan afsuslanishimiz faqat kuchayadi.

Sabab juda oddiy. Avvalgi tajribamizni esga olar ekanmiz miyamiz bizga sabablar topishga urinadi. Harakat qilgan paytimiz bu sabablarni topish ancha oson. Balki hammasi zo'r bo'lmas, lekin sabablar topiladi. Lekin, hech narsa qilmasak bu usul ish bermaydi.

Unutmang, biz ko'proq sodir bo'lmagan ishlardan afsuslanamiz. Bu barcha uchun o'rinli. Shunday ekan qo'rqmang, yangi ishlarni boshlang, harakatda bo'ling.

Dam olish kuningiz yaxshi o'tsin.
@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

#falsafa
Hayot hechkimni ayamaydi.

Kimlar yeyishga narsa yo'qligidan qiynalsa, kimlar yeyishga narsa ko'pligidan tanlolmay qiynaladi...

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

#xazil #blackhumor
Go'rkov bo'lish ham qiyin. Ota-onasi yo'q yoshlarga tekin go'r qazib beraman deb piar qiladigan bo'lsang, seni noto'g'ri tushunishadi.

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

Abdug'ani internetda fan olimpiadasi g'oliblariga arzimagan tashakkurnoma va televizor berilganini ko'rib g'azablanib barcha ijtimoiy tarmoqlarda izohlar, maqolalar yozdi. Endi bemalol dam olsa bo'ladi.
Televizorni yoqqandi, fan olimpiada g'oliblari haqida ko'rsatuv berayotgan ekan. Heh dedida, futbolga o'tkazib maza qilib hordiq chiqardi.

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

Soliq to'lovchilarni puliga olingan narsalarni soliq to'lovchilarniki deyilmas ekan, demokratiya degan narsadan umid qilmang.

Postni olimpiada g'oliblariga berilayotgan "Prezident sovg'asi"ga aloqasi yo'q.

@ratsional

Читать полностью…

Mantiq

Lotokratiya
(Qur'a tashlash, lotoreya yordamida tanlash)

Siyosiy amaldorlarni ko'pgina davogarlar orasidan tasodifiy usulda tanlash.

Qadimgi Gretsiyada qur'a tashlash demokratiyaning asosiy xususiyati hisoblangan.

Korrupsiyaga va o'z mansabini suiiste'mol qilishga qarshi kurashda yaxshi vosita hisoblanadi.

(Tez orada bo'lib o'tadigan saylovning bu postga aloqasi yo'q)

@ratsional

Читать полностью…
Subscribe to a channel