royaltaxi | Unsorted

Telegram-канал royaltaxi - Royal — Nafaqat taksi...

-

Andijon: +998782981111 Namangan: +998782220000 Farg'ona: +998732498888 Asaka: +998742248888 Shahrixon: +998742249999 Marhamat: +998742246666 Quva: +998732421111

Subscribe to a channel

Royal — Nafaqat taksi...

🥳 "Oy haydovchisi" rubrikamizni qarshi oling!

😊 Bu rubrikada har oy eng yaxshi natija ko'rsatgan haydovchimizni aniqlaymiz.

🥇Iyun oyining eng yaxshi haydovchisi Isomitdinov Rustamjon aka bo'ldilar

🚕 Rustamjon akaga RoyalTaxi'da erkin vaqtda ishlash hamda muntazam buyurtmalar yoqar ekan.

🥳 Rustamjon akani tabriklaymiz, kelgusi faoliyatida zafarlar tilaymiz!

@RoyalTaxi

Читать полностью…

Royal — Nafaqat taksi...

🏎💨 Tezlik cheklanmagan mamlakat?

🧐 Germaniya magistral yo'llarida tezlik cheklanmaganligi haqida bilarmidingiz?

😁 Ha shunday, Germaniya avtomagistral yo'llarida tezlik uchun hech qanday cheklov mavjud emas.

20 asrning 30-yillarida tashkil qilingan Germaniya magistral yo'llari mukammal muhandislik namunasidir.

✅ Yo'llar keng, sifatli loyihalashtirilgan. Bu esa haydovchilarga yuqori tezlikda hotirjam harakatlanish va nazoratni ushlab boshqarish imkonini yaratadi.

Siz Germaniya avtomagistralda harakatlangan bo'larmidingiz?
Izohlarda javobingzini kutamiz. 😉


Royal- nafaqat taksi

@royaltaxi

Читать полностью…

Royal — Nafaqat taksi...

Haydovchida qanday ko'nikmalar bo'lishi kerak?

😊 Hushmuomilalik
Haydovchilar kuni bilan turli yo'lovchilar bilan muloqotda bo'lishadi, bu esa ularga yaxshi muloqot qilish ko'nikmasini talab etadi

♻️ Xavfsizlik
Yo'lovchilar uchun xavfsizlik birinchi o'rinda turadi. Haydovchilar yo'l harakati qoidalarini yaxshi bilishi va ularga amal qilib yo'lovchini eson omon manziliga yetkazishi kerak.

🤓 Moslashuvchanlik
Yo'llarda turli qiyin vaziyat va kutilmagan muommolarga duch kelish mumkin. Haydovchi esa mana shunday vaziyatdan chiqish yo'llarini bilishi kerak.

😇 Ozodalik
Mashinaning tozaligi yo'lovchilar uchun doim muhim hisoblanadi. Ular taksiga o'tirganlarida toza va qulay muhitni kutishadi.

Haydovchilar uchun yana qanday ko'nikmalar bo'lishi kerak?
Izohlarda yozib qoldiring 👇


Royal nafaqat taksi..

Читать полностью…

Royal — Nafaqat taksi...

Siz yo'lovchilarning qaysi turiga kirasiz?

😮‍💨 Doim shoshib turadigan yo'lovchilar
Bu turdagi yo'lovchilar doim qayergadir shoshib turishadi: "Hamma narsaga ulgirish zarur" "Shoshib turgandim tezroq haydang"

😇 Hotirjam yo'lovchilar
Har qanday holatda ham hotirjamlikni saqlab qoladigan yo'lovchilar. Manzilga eson omon yetib olsalar bo'ldi: "Iltimos sekinroq haydang"

😀 Quvnoq yo'lovchilar
Ular bilan manzilga yetguncha hech ham zerikmaysiz. Qiziqarli suhbat ketidan qanday yetib qolganingizni bilmay ham qolasiz: "Morojni disez morojni oberaman."

🤭 Kamgap yo'lovchilar
Ko'p gaplashishni yoqtirmaydigan yo'lovchilar. Iloji bo'lsa jimgina maziliga yetib olsa: "Ishqilib haydovchi gap boshlamasada"

😡 Asabiy yo'lovchilar
Har kuni yangi tashvish, Iloji bo'lsa bunday yo'lovchilarga sal muloyimlida gapirgan maqul: "Radioni ovozini pastroq qiling. Oynangizni biroz kotarib oling"

Siz qanday yo'lovchilar toifasiga kirasiz? Iozhlarda yozib qoldiring

@royaltaxi nafaqat taksi..

Читать полностью…

Royal — Nafaqat taksi...

Assalomu alaykum!

Barchani muborak Ramazon Hayiti bilan chin dildan samimiy tabriklaymiz! Honadoningizga barakot, sog'lik salomatlik, farovon turmush va boshqa ezgu tilaklarimizni tilab qolamiz!

Hurmat bilan @royaltaxi jamoasi!

Читать полностью…

Royal — Nafaqat taksi...

Chin qalbdan muqaddas Ramazon oyi bilan tabriklaymiz!

Alloh tutgan ro'zangizni dargohida qabul qilsin 🙏

@royaltaxi

Читать полностью…

Royal — Nafaqat taksi...

Bahmal yopib yillarga,
Adir dala qirlarga
Gullar olib qo’llarga
Navro’z keldi azizlar!

Quyosh separ nurlarin
Yerga zarrin nurlarin,
Erkalatib hurlarin,
Navro’z keldi azizlar!

RoyalTaxi jamoasi sizni Navro'z bayrami bilan tabriklaydi 🌷
Оmad, baxt va sog'liq tilaymiz 🙏

@royaltaxi

Читать полностью…

Royal — Nafaqat taksi...

Oh, bahor, naqadar go‘zal zamon!... Hamma xursand, tabassum va shod... Do‘stlar qo‘lida gullar, atrofda muhabbat hukmron!

©Timon va Pumba

🌸🌸🌸

Biz eslatamiz, yilning har qanday vaqtda taksida yurish qulay va yoqimli!

1187 qisqa raqamiga qo'ng'iroq qilib yoki ilova orqali taksiga buyurtma bering 🚕

@royaltaxi

Читать полностью…

Royal — Nafaqat taksi...

RoyalTaxi jamoasi Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaydi!

Barcha himoyachilarga omad, sihat-salomatlik va tinch osmon tilaymiz 🙏

@royaltaxi

Читать полностью…

Royal — Nafaqat taksi...

Hurmatli yurtdoshlar!

Sizlarni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan tabriklaymiz 🇺🇿

Konstitutsiyamiz mamlakatimizning har bir fuqarosi erkinligi va huquqlarini kafolatlaydigan asosiy qonundir!

Barcha vatandoshlarimizga tinchlik va mehr-oqibat, omad va farovonlik  tilaymiz 🤲

@royaltaxi

Читать полностью…

Royal — Nafaqat taksi...

Bugun biz 6 yoshdamiz 🥳

Bizni tanlaganingiz va shu vaqt davomida biz bilan birga bo'lganingiz uchun tashakkur!

@royaltaxi

Читать полностью…

Royal — Nafaqat taksi...

Bugun sizga taksilar va taksi haydovchilari haqidagi filmlarni taqdim etamiz 🚕

Читать полностью…

Royal — Nafaqat taksi...

Aziz vatandoshlar, sizni davlat tili kuni bilan tabriklaymiz!

Til nafaqat muloqot vositasi, bu rivojlanish ham vositasidir.
Unutmang, biz tilimiz orqali an’anaviy bilim va madaniyatimizni saqlab qolamiz 🇺🇿

Vataningizni seving, tilingizni biling va madaniyatingizni ulug'lang!

@royaltaxi

Читать полностью…

Royal — Nafaqat taksi...

31-mart kuni soat 14:00 da Farg'ona shaxri AsiaUz savdo markaziga RoyalTaxidan Dubayga 10 ta yo'llanma sohiblarini aniqlash uchun Mittivine jamoasi tashrif buyurmoqda! Siz ham Royal chaqirsangiz shovga albatta keling!

Читать полностью…

Royal — Nafaqat taksi...

Kosmosni birga zabt etamiz

🌐 22 dekabr kuni "ICT FERGANA 2021" haftaligining robototexnika yo'nalishi doirasida hamkor tashkilotlar bayroqlari:
- iTeach Academy;
- Barkamol avlod bolalar maktabi;
- Royal taxi
"Nazar X" loyihasi ishtirokida stratosferaga aerostat uchiriladi.
Mehmonimiz esa Ziyodillo Butaxonov. Barcha qiziquvchilarni taklif qilib qolamiz.

⏰ Loyiha soat 10:00da Marg'ilon raqamli texnologiyalar markazida bo'lib o'tadi.

Bizni kuzatishda davom eting:
@rtm_margilan

Читать полностью…

Royal — Nafaqat taksi...

😊 Qurbon hayit bayramingiz muborak bo'lsin!

🥳 Muborak Qurbon hayit bayrami bilan barchani chin dildan samimiy tabriklaymiz!

Bayram kuni safarlarni biz bilan amalga oshiring
1187 orqali buyurtma bering

@RoyalTaxi

Читать полностью…

Royal — Nafaqat taksi...

Tezlik uchun cheklov nimaga kerak?

👨‍👩‍👦 Yaqinlarimiz xavfsizligi uchun:
So'ngi 4 oyda piyodalar bilan bo'g'liq 800 dan ortiq yoʻl-transport hodisalari ro'y bergan, va 500 yaqin inson halok bo'lgan. Bu yerda barchamizning yaqinlarimizdan biri bo'lishi mumkin edi.

📸 Jarimasiz Havotirsiz hayot uchun:
So'ngi 6 oy ichida foto va video maxsus vositalari orqali aniqlangan yo‘l harakati qoidabuzarliklari 1 763 691ta holatda 724.6 mlrd. so‘mlik jarimalar qo'llanilgan.

😊 Haydovchilar salomatligi uchun:
Shaharda yuroqi tezlikda harkatlanish ko'ngilsiz hodisalar ehtimolini oshiradi. O‘tgan 10 oyi mobaynida jami 7681ta YTH ro‘y bergan. Ularda 1964 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 6886 kishi turli darajada tan jarohati olgan.

♻️ O'zaro hurmat uchun uchun:
Shahar ko'chalarida sekin va tartibli harakat qilish orqali biz tirbandliklarni kamaytirishimiz va atrofdagilarga hurmat ko'rsatishimiz mumkin.

Sizningcha yana qanday sabablar bor?

Royal nafaqat taksi..

Читать полностью…

Royal — Nafaqat taksi...

🥳 1-Iyun xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

🎈Kichkintoylarni bugungi bayram bilan tabriklaymiz. Yuzlaridan tabbasum va quvonch arimasin.

☺️ Farzandlarimiz xavfsizligiga hissa qo'shib kelayotganimizdan xursandmiz

Royal nafaqat taksi

@royaltaxi

Читать полностью…

Royal — Nafaqat taksi...

🥳 Barcha bitiruvchilarni tabriklaymiz

🎈Ko'z ochib yumguncha bolalik davri tugab, kotta hayotga ilk qadamlarini qo'yayotgan barcha bitiruvchilarni chin dildan qutlaymiz.

☺️ Kelgusi o'qish va ishlaringizga omad va ulkan zafarlar tilab qolamiz

@Royaltaxi

Читать полностью…

Royal — Nafaqat taksi...

💧 Ko'p suv iching

Iftorlik va sahаrlik orasida iloji boricha ko'proq suv iching (kamida 10 stakan)

Lekin suvni ham ehtiyotkorlik bilan va asta-sekin ichish kerak, agar siz bir qultumda juda ko'p suyuqlik ichsangiz, organizm suv zaharlanishiga olib kelishi mumkin

☀️ Saharlik tavsiyalari

Saharlik paytida yengil ovqat iste'mol qilish tavsiya etiladi

Saharlikga sabzavot, don, sut mahsulotlari, yong'oq va tuxum qo'shsangiz yaxshi bo'ladi

🌙 Iftorlik tavsiyalari

Iftorlikni xurmo bilan boshlash kerak

Go'sht yaxshi pishirilgan bo'lishi kerak. Yog'li go'shtni iste'mol qilish tavsiya etilmaydi. Terisiz tovuq va baliqlarga ustunlik berish kerak. Sabzavotlarni ham unutmang

🏃 Jismoniy faollik

Iftordan keyin piyoda yurish yaxshi yechim bo‘ladi – kechqurun imkon qadar faol bo‘lish tavsiya etiladi

Kun davomida og'ir jismoniy mashqlar suvsizlanishga olib kelishi mumkin

🫠 Haddan tashqari qizib ketishdan saqlaning

Haddan tashqari issiqlik va suvsizlanishni oldini olish uchun kun davomida salqin soyada bo'lish tavsiya etiladi

🙅‍♂️ Qanday mahsulotlardan ovqatlanmaslik yaxshiroq

❌ Kolbasa mahsulotlari
❌ Zaytun
❌ Tuzlangan bodring, pomidor va boshqa sho'r mahsulotlar
❌ Souslar
❌ Xamirlik taomlar
❌ Fast-fud

Ramazon oyi barchamizga muborak bo'lsin 🙏

@royaltaxi

Читать полностью…

Royal — Nafaqat taksi...

RoyalTaxi o'z xodimlarini va barcha taksi haydovchilarini tabriklaydi 🚕

Sizga ravon yo'llar va xushmuomala mijozlar tilaymiz!

@royaltaxi

Читать полностью…

Royal — Nafaqat taksi...

Barcha ayollarni 8-mart bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz 🌷

Omad, baxt, sog'lik va barcha harakatlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz 🙏

@royaltaxi

Читать полностью…

Royal — Nafaqat taksi...

Zahiriddin Muhammad Bobur — (1483 yil 14 fevral — 1530 yil 26 dekabr) — buyuk o'zbek shoir, mutafakkir va davlat arbobi. Hindiston va Afg'onistonning podishoxlari. Boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi.

Sizlarga Bobur g‘azallaridan birini taqdim etmoqchimiz:

Xati binafsha, xadi lola, zulfi rayhondur,
Bahori husnda yuzi ajab gulistondur.

Engi, mengi oyu dagʻi yuzi, soʻzi gulu mul,
Qadi ravonu tani jonu erni marjondur.

Qoshida chin, koʻzida kiynu angabin labida,
Soʻzida zahru lekin tilida darmondur.

Qoshinggʻa koʻp bora olmon, netay oraliqda,
Yoshim tishing duridin ayru bahri ummondur.

Oʻtumni tez etasen har tarafgʻa sekritib ot,
Samandi noz inonini bir beri yondur.

Ne nav' vasf qilay suvrating latofatini
Ki, husnunga sening, ey ruh, aql hayrondur.

Jafovu javr agar qilsa, Boburo, netayin,
Ne ixtiyor manga, harne qilsa sultondur.

@royaltaxi

Читать полностью…

Royal — Nafaqat taksi...

Agar biror narsangizni taksida unutgan bo'lsangiz, xavotir olmang - sizga o'xshagan odamlar ko'p. Bugun biz taksi salonidagi eng nostandart va tez-tez unutilgan narsalarni muhokama qilamiz.

RoyalTaxi avtomobillarida eng ko'p unutiladigan narsalar

💸 hamyonlar
📱 mobil telefonlar
📷 kameralar
🎒 ryukzaklar va sumkalar
📂 hujjatlar bilan papkalar
📦 narsalar bilan qutilar
🧳 bagaj
👔 kiyimlar
🗝 kalitlar
🎧 naushniklar
👓 ko'zoynaklar

Taqdim etilgan ro'yxatga diqqat bilan qarasangiz, bu narsalarni yo'qotish holatlari juda oddiy ko'rinishini aytishingiz mumkin. Ammo eng g'ayrioddiy unutilgan narsalar haqida bilib olsangiz, nima deysiz? Masalan:

🐇 Qafasdagi tirik quyon
Taksi haydovchisi tezda egasiga qo‘ng‘iroq qildi, lekin unutilganini bir necha soatdan keyin qaytarib berishi ma'lum bo'ldi.Yo'lovchilarning hech biri noodatiy hamroh haqida shikoyat qilmagan

👶 Portativ kresloda uxlab yotgan chaqaloq
Hikoya yaxshi yakunlandi: haydovchi onaga qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lganida, u 10 daqiqadan so‘ng o‘zi qaytib kelgan. Bola, xayriyatki, uyg‘onmagan

RoyalTaxi-da unutgan narsangizni qanday qaytarish mumkin

🚕 To'g'ridan-to'g'ri haydovchiga qo'ng'iroq qiling.
Haydovchi darhol telefonni ko'tarmasligi va keyinroq qo'ng'iroq qilishi mumkin, chunki u yangi buyurtma olib, boshqa yo'lovchini olib ketishi mumkin.

👩‍💻 Dispetcherga qo'ng'iroq qiling, telefon raqamingizni, taksi haydovchisining mashina va  telefon raqamini ayting. Bunday holda, dispetcher haydovchi bilan o'zi bog'lanadi va unutilgan narsangizni siz uchun qulay joyga olib kelishini so'raydi.

@royaltaxi

Читать полностью…

Royal — Nafaqat taksi...

O'ylaymizki, bu maslahatlar sizga foyda keltiradi!

📍 Taksiga buyurtma berishdan oldin, manzilni boshlang'ich va tugash nuqtalarini to'g'ri ko'rsatganingizni tekshiring

🚕 Xavfsizligingiz uchun, hatto orqa o'rindiqda ham xavfsizlik kamarlarini taqish kerak

🫗 Mashinada suvdan boshqa hech narsa yemaslik va ichmaslik tavsiya etiladi. Yo'lda oziq-ovqat va ichimliklar sizning buyumlaringizni va salonni iflos qilishi mumkin

🚦 Agar juda shoshayotgan bo'lsangiz ham, haydovchidan yo'l harakati qoidalarini buzishni so'ramasligingiz kerak

😤 Mashinada oddiy va har qanday turdagi elektron sigaretlarni chekish tavsiya etilmaydi. Chunki sizdan keyin bolalar yoki tamaki tutuniga allergiyasi bo'lgan odamlar o‘tirishi mumkin

💸 Agar yoningizda mayda pul bo'lmasa, bu haqda oldindan xaydovchini ogohlantirganingiz ma'qul, bu vaqtingizni tejaydi

🚧 Taksidan tushganingizda ehtiyot bo'ling va xavfsizlik choralariga rioya qiling, noto'g'ri joylarda va yo'lda tushmang

@royaltaxi

Читать полностью…

Royal — Nafaqat taksi...

Eng yaxshi yo'llar qayerda ekanligini bilasizmi? Bugun biz sizlarga yo'l sifati bo'yicha mamlakatlar reytingida birinchi o'ntalikdagi mamlakatlarni taqdim etamiz!

1️⃣ o'rin: Singapur 🇸🇬
Indeks: 90.9

2️⃣ o'rin: Niderlandiya 🇳🇱
Indeks: 90.5

3️⃣ o'rin: Shveytsariya 🇨🇭
Indeks: 88.0

4️⃣ o'rin: Gonkong 🇭🇰
Indeks: 85.6

5️⃣ o'rin: Yaponiya 🇯🇵
Indeks: 84.8

6️⃣ o'rin: Avstriya 🇦🇹
Indeks: 83.5

7️⃣ o'rin: Birlashgan Arab Amirliklari 🇦🇪
Indeks: 83.4

8️⃣ o'rin: Portugaliya 🇵🇹
Indeks: 83.2

9️⃣ o'rin: Janubiy Koreya 🇰🇷
Indeks: 81.6

Читать полностью…

Royal — Nafaqat taksi...

Haftaning birinchi ish kuni, biroz kulish vaqti keldi 😉

Читать полностью…

Royal — Nafaqat taksi...

31-mart kuni soat 18:00 da Andijon shaxri Navruz Mall savdo markaziga RoyalTaxidan Dubayga 10 ta yo'llanma sohiblarini aniqlash uchun Mittivine jamoasi tashrif buyurmoqda! Siz ham Royal chaqirsangiz shovga albatta keling!

Читать полностью…

Royal — Nafaqat taksi...

😉 Dubayga ketdik!

Quyidagi shartlarni bajaring va Dubayga sayohat uchun yo'llanmalardan birini yoki boshqa qimmatbaho sovg'alardan biriga ega bo'lish imkoniyatini qo'lga kiriting.

Aksiyada qatnashish shartlari:
● RoyalTaxiga 2022-yil 17-yanvardan 17-martga qadar 60 tadan ziyod buyurtma berishingiz zarur
● @royaltaxi rasmiy telegram kanaliga a'zo bo'lishingiz kerak
● Ushbu xabarni 3 ta kontaktingizga yuborishingiz lozim

G‘oliblar 21-mart Navro'z bayramida Random.org tizimi yordamida aniqlanadi. G'oliblarni aniqlash jarayonida @royaltaxi telegram kanaliga a'zoligi va ushbu postni 3 ta kontaktga yuborilganligi qat'iy tekshiriladi.

Читать полностью…

Royal — Nafaqat taksi...

RoyalTaxi 5 yoshda! Tanlovingiz uchun raxmat! Ishonchingiz uchun raxmat! Milliy brendni qo'llab-quvatlaganingiz uchun raxmat!

Читать полностью…
Subscribe to a channel