#Tug'ilgankun
Serqirra ijodkor
Oybek — Oybek tahallusi ostida ijod qilgan shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim va jamoat arbobi Muso Toshmuhammad 1905-yil 10-yanvarda Toshkent shahrida bo‘zchi oilasida dunyoga keldi.
Bolalik yillari haqida keyinroq, o‘zining “Bolalik” (1962 yil) kitobida yozadi va u uchun Hamza nomidagi O‘zbekiston SSR davlat mukofotiga sazovor bo‘ladi. Ijod qilishni O‘rta Osiyo universitetining iqtisod fakultetida tahsil olgan yillari shug‘ullangan. O‘qishni 1930 yili tamomlagan.
Garchi, asosiy ijod yillari 1930-1960-yillarga to‘g‘ri kelsada, “Tuyg‘ular” nomli ilk she’riy to‘plami 1926-yil yozilgan.
Oybek zamonaviy mavzularni ko‘tarib, eski dunyoga qarshi kurashishga chorlagan: “Mash’ala” (1932), “O‘ch” dostoni (1932), “Temirchi Jo‘ra” (1933) shular jumlasidandir.
Yozuvchining birinchi yirik romani “Qutlug‘ qon” bo‘lib, Ikkinchi Jahonda urishi vaqtida O‘zbekistonda yashagan Markaziy Osiyo xalqlari hayotiga bag‘ishlangan.
Shuningdek, urush yillarida “Jigitam”, “G‘alaba biz tarafda”, “Dushmanga o‘lim”, “Vatan haqida” va boshqa vatanparvarlik she’rlarini yozgan.
O‘zbek adabiyotining mumtoz yozuvchisi Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan, 1945 yil yozilgan tarixiy-biografik “Navoiy” romani uchun 1946 yil SSSR davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Bu tarixiy-biografik asar muallifga mashhurlik olib kelgan.
Keyingi yutuqlari uning faol fuqarolik o‘rni hamda yorqin ijodining dalilidir. 1948 yildan Sovet Ittifoqi kommunistik partiyasi a’zosi. O‘zbek SSR FA akademiki (1943). SSSR Yuqori kengashning 5-chi, 6-chi chaqiriq deputati. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1965).
Oybek tarjimon sifatida ham juda taniqli. U o‘zbek tilidan rus tiliga A.S. Pushkinning “Evgeniy Onegin”, V.Gyotening “Faust”, M.Yu.Lermontovning “Maskarad” va M.Gorkiy, V.G.Belinskiy kabi boshqa yozuvchi va adiblarning asarlarini tarjima qilgan.
Jamoatchilik ishlarida ko‘p qatnashgan, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, SSSR orden va medallari bilan mukofotlangan, xususan, Lenin ordeni bilan.
Oybek 1968-yil vafot etgan va Chig‘atoy qabristoniga dafn qilingan.
Oybek xotirasiga Toshkent metropoliteni stansiyasi nomlangan. Yozuvchining uy-muzeyi faoliyat yuritib keladi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt
Qiziqarli kutubxonada
A.S.Pushkin nomidagi Samarqand axborot- kutubxona markazida Samarqand davlat universiteti Urgut filiali talabalari bilan "Qiziqarli kutubxonada" nomli kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi.
Ekskursiya davomida kutubxona haqida ma'lumotlar berib borish bilan birgalikda, talabalar bilan turli xil qiziqarli savol-javoblar tashkil etildi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt
🔥 Kitob asosida ishlangan kinolar haqida bilarmidingiz?
Siz qaysilarni qo‘shimcha qila olasiz? 🤔
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt
#Mutolaa_qilib_sizga_ham_tavsiya_qilamiz!
📜O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira Zuxrobegim Eshonqulovaning sevimli kitoblaridan biri bilan tanishing!
🫵 Siz qaysi kitobni mutolaa qilayapsiz va u kitob sizda qanday taassurot qoldirdi. Biz bilan bo'lishing! 👉 @The_Sun_1999
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt
Kitob mutolaasidagi 7 xato:
1️⃣ O‘z qiziqishlariga zid bo‘lgan kitob tanlash. Bunday tanlov mutolaadan butunlay sovitishi mumkin.
2️⃣ Birov tavsiya qilgan kitobni muqaddimasi va mundarijasini ko‘rmasdan hamda muallifi bilan tanishmasdan xarid qilish.
3️⃣ Sahifalari oppoq bo‘lgan kitobni yorug‘lik tik tushadigan joyda mutolaa qilish (bu ko‘zga zarar va mutolaa zavqini kesadi).
5️⃣ Kichkina shriftli kitobni nimyorug‘ joyda o‘qish (bu ham ko‘zni charchatadi va og‘ritadi).
5️⃣ Kitobni yotgan holatda o‘qish. Bunday mutolaa uzoqqa bormaydi va tezda uxlab qolish bilan yakunlanadi.
6️⃣ Mashinada kitob mutolaa qilish (ko‘z uchun zararli).
7️⃣ Shovqin suronli joylarda mutolaa qilish miyani charchatishi sababli iloji boricha tinch va sokin joylarda kitob mutolaa qilish lozim.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt
#OAV_nigohida
DIYOR YANGILIKLARI | KITOB TAQDIMOTI O‘TKAZILDI
#Samarqandmtrk
5.01.2024-YIL
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt
#Ilmdagi_ayollar
Fidoyi inson va mehribon ustoz
Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat-axborot kutubxona markazida "Fidoyi inson va mehribon ustoz" nomli davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbati davomida Sanoat Zoxidovaning "Современные методы лечения послеоперационных вентралных грыж" kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi.
Tadbir davomida, Sanoat Zoxidovaning hayoti va ish faoliati to'g'risida videorolik namoyich etilib, qahramonimiz bilan birga ishlagan hamkasblari, ustozlari, do'stlari, oila a'zolari Sanoat Zoxidovaning ibratli hayot yo'li haqida ta'kidlab o'tishdi. Tadbir yakunida, Sanoat Zoxidova "Современные методы лечения послеоперационных вентралных грыж" kitobini kutubxona fondiga sov'ga qildi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt
#Infografika
#Dekabr_oyi
A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xizmatlarining bir oylik faoliyati raqamlarda.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt
🖇Ko'chma kutubxona
📌 Aholiga axborot -kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha "Moviy jamadon tashrifi" loyihasi asosida A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Samarqand shahar "SamRavshan Osh" MCHJ da ko'chma kutubxona tashkil etildi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt
#Infografika
#Dekabr_oyi
2023-YIL YAGONA RO‘YXATGA OLISH ABONEMENTI SEKTORINING DEKABR OYI KO‘RSATKICHLARI
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt
Ko'chma kutubxona
Kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida A.S. Pushkin nomidagi AKM xodimlari tomonidan ommani ayniqsa, yoshlar ong-u tafakkuri, dunyoqarashini kengaytirish va ularning kitob mutolaasiga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida Samarqand tumani “Talibarzu”MFY da ko'chma kutubxona tashkil qilindi.
Ko’chma kutubxonaga AKM fondidagi badiiy adabiyotlar taqdim etildi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt
Aziz hamkasblar! Muhtarama do’stlar! Qadrli kitobxonlar!
Mamlakatimizning ko'p asrlik tarixida mutlaqo yangi sahifa ochgan, erkin va farovon hayot qurish yo'lini ochib bergan O'zbekiston davlat mustaqilligining 32-yillik bayrami barchamizga muborak bo'lsin!
Shunday qutlug’ damda yurtimizga tinchlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilab qolamiz!
Barcha ezgu ishlarimizda Yaratganning o'zi qo'llasin, o'zi madadkor bo'lsin!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo'lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt
Ko'chma kutubxona
Kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida A.S. Pushkin nomidagi AKM xodimlari tomonidan ommani ayniqsa, yoshlar ong-u tafakkuri, dunyoqarashini...
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt
#Elon
✅2023-yil 31-avgust A.S.Pushkin nomidagi axborot - kutubxona markazida «Tozalik kuni» bo’lganligi sababli ushbu kuni foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatilmaydi.
Shuningdek, Mustaqillik bayramida quyidagi 3 kun dam olish kuni bo’ladi:
✅ 1-sentyabr, juma – bayram (ishlanmaydigan) kuni;
✅ 2-sentyabr, shanba:
a) 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun Farmonga (https://lex.uz/uz/docs/6324664) muvofiq qo‘shimcha dam olish kuni;
b) 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun odatdagi dam olish kuni;
✅ 3-sentyabr, yakshanba – barcha uchun odatdagi dam olish kuni.
Ma’muriyat
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt
“Turkiy adabiyotlar durdonalari” to‘plamining bibliografik sharhi bo'lib o'tdi
A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida AOKA hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan A.S.Pushkin nomidagi...
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt
Ko‘zni quvnatadigan kitob do‘konlari...
Shu do‘konga kirib qolsangiz bormi, nechta kitob xarid qilgan bo'lar edingiz?
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt
Ekskursiya
Ertaklarga bo'lgan muhabbat uzoq bolalikda, g'ayrioddiy qahramonlar va ularning sirli sarguzashtlari bilan tanishganimizda paydo bo'ladi. Biz ular haqida qayg'uramiz, g'ayrioddiy voqealarning davomini o'ylab topamiz, xuddi shu ajoyib voqealar ishtirokchisi bo'lishni orzu qilamiz. Qolgan umri davomida mo'jizalar va go'zal ertaklarga bo'lgan ishonch hech qayerda yo'qolmaydi.
Bugun markazimizga Samarqand shahar 29-umumta'lim maktabining 2-sinf o'quvchilari tashrif buyurishdi.
Ekskursiya davomida kutubxona haqida ma'lumotlar berib borish bilan birgalikda, bilimga chanqoq bolalar uchun turli xil qiziqarli o'yinlar va savollar tashkil etildi. Faol bolajonlar kutubxona tomonidan taqdirlandilar.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt
#Mushohada
Insonlarni kitob kabi anglang. Muqovasiga qarab aldanmang, ichini oʻqib chiqqachgina mohiyatini bilarsiz...
- Rumiy
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt
#Tonggi_mutolaa
☕️QAHVA FALSAFASI
Oliy o'quv yurtini imtiyozli tamomlagan bir guruh yigit- qizlar bir paytlar ustozlari bo'lgan qari professorni ko'rgani borishibdi. Suhbat chog'ida ular hayotdagi qiyinchiliklar va muammolar haqida gapirishibdi. Professor esa ularga qahva taklif qilibdi va uni olib kelish uchun oshxonaga chiqibdi. Patnisga bitta choynak qahva va turli xil: billur, chinni, plastmassa, zarhalli, oddiy va boshqa chashkalar qo'yibdi. Patnisni olib kirib o'rtaga qo'ygach, shogirdlar chashkalarni tanlabdi, qahva quyib chiqilgandan so'ng professor ularga debdi:
- E'tibor qiling, patnisdagi chiroyli va qimmat chashkalarni tanlab oldingiz, oddiy va arzonlari esa qoldi. Men sizlarga chashka emas, qahva taklif qilgandim. Chashkalarning qimmat yoki arzonligi qahva mazasini o'zgartirmaydi. Lekin siz yaxshi chashkalarni tanlab olishdan tashqari, boshqalarga qanday chashkalar tushganini ham kuzatyapsiz.
Endi o'ylab ko'ring, hayotni qahva deb tushunsak, chashkalar esa ish, pul, martaba, kiyim-kechak, uy va boshqa narsalardir. Qahvaning kelib chiqishi va tayyorlanishi uning egasiga bog'liq. Agar inson tabiatan yaxshi bo'lsa, qahvasi sifatli, ya'ni hayoti mazmunli bo'ladi. Agar buning aksi bo'lsa, u qahvani har qancha qimmatbaho chashkaga quymasin, baribir bemaza bo'lib qolaveradi. Siz asosiy e'tiborni chashkalarga emas, qahvaga qarating.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt
#Tabrik
8-yanvar - Prokuratura organlari xodimlari kuni
Hurmatli prokuratura organlari xodimlari va faxriylari!
Kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklaymiz!
O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni – bu bayram shaxs huquq va erkinliklari hamda jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishdek sharafli kasb egalarining bayrami. Prokuratura xodimlarining eng sharafli va mas’uliyatli vazifalaridan biri bu - qonuniylik va huquq-tartibot muhofaza qilishdir.
Kasbning mas’uliyatini anglagan holda, chuqur hurmat bilan prokuratura organlarida faoliyat olib borayotgan har bir xodimning oilasida tinchlik-xotirjamlik, osoyishtalik va sog‘lik-salomatlik hamda tanlagan kasblaridan doimo o‘zlari kutgan yutuqlarni qo‘lga kiritib, faxrlanib yurishlariga tilakdoshmiz. Siz va yaqinlaringizga baxt-omad, muvaffaqiyat va farovonlik tilaymiz!
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt
#Infografika
A. S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot – kutubxona markazi fondiga kelib tushgan gazetalar
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt
📜Go'zal qalb qissasi..!
Bir kuni bir badavlat kishi kambag'al odamga bir savat aynigan ovqat berdi. Kambag'al odam yuzida tabassum bilan savatni olib, qasrdan chiqib ketdi. Borib, savatning ichidagi narsalarini bo'shatib, tozaladida, unga eng chiroyli gullardan solib, yana qasrga qaytdi. Gul solingan savatni haligi badavlat kishiga berdi. Badavlat kishi bundan ajablanib, "Men senga savatda aynib qolgan ovqat bergan edim, sen bo'lsa savatni chiroyli gullar solib qaytaribsan?" dedi. Shunda kambag'al: "Har bir inson qalbida borini ulashadi. Qalbi go'zal bo'lsa go'zallikni, qalbi qabih bo'lsa qabohatni ulashadi", deb javob berdi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt
#Infografika
#Dekabr_oyi
A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi Huquqiy axborot sektorining dekabr oyi ko'rsatkichlari
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt
"Surur", "Umr karvoni" nomli she'riy, "Tong yulduzi bolalari" tarjima kitoblarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Bugun A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va jurnalistlar uyushmasi a‘zosi, shoir va tarjimon Toshpo‘lat O‘RXUNning "Surur", "Umr karvoni" nomli she'riy, "Tong yulduzi bolalari" tarjima kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
#Infografika
#Dekabr_oyi
A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyati AKMi Axborot-kutubxona fondini saqlash xizmatining dekabr oyi ish faoliyati
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt
Kutubxonachilikka baxshida umr
Kutubxonachilik sohasida 41 yil faoliyat yuritgan, A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazining nafaqadagi faxriy xodimi Shertayeva Muxabbat opa "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Viloyat axborot-kutubxona markazi jamoasi, Shertayeva Muxabbat opani chin yurakdan tabriklaydi.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt
#New_books
Kitob barcha yosh toifasi uchun eng a’lo tuhfa, shunday emasmi? kitobning qadri, uning qiymati oshsa oshadiki, lekin hech qachon o'lmaydi. Buning isboti o'laroq, siz yashar ekansiz, albatta, ma'naviy ozuqaga muhtojlik sezasiz, qay shaklda bo'lmasin kitob mutolaa qilishga harakat qilasiz. Chunki kitob mutolaasi sizni ma'naviy yuksaklikka chorlaydi va kutubxona esa bu yo'lda ko'prik vazifasini o'taydi. Shuningdek, shunday insonlar ham borki, ular nafaqat o'zlari kitob mutolaa qiladilar, balki boshqalarning ham kitobxon bo'lishini istaydilar. Shunday insonlardan biri, shoir va nosir, Oliy majlis senati a'zosi, «Zarafshon» hamda "Самаркандский вестник" gazetalarining bosh muharriri, «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi Farmon Toshev viloyat axborot-kutubxona markaziga o'zlarining turli mavzularda yozilgan kitoblarini sovg'a qildilar.
Farmon Toshevga viloyat axborot-kutubxona markazi jamoasi xayrli ishlari uchun minnatdorchilik izhor etadi!
"Yoz - kitob bilan soz" tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
Bugun o ‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, mutolaa madaniyatini oshirish...
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt
Qiziqarli kutubxonada ekskursiyasi davom etmoqda
A.S.Pushkin nomidagi Samarqand axborot- kutubxona markazida Samarqand shahar SOS bolalar mahallasi bilan birgalikda "Qiziqarli kutubxonada" nomli kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil qilindi...
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️
Telegram | Instagram | Facebook | libsamarkand5464/videos">YouTube | Web Sayt
#Chellenj
“Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun”
🌅Mustaqillik –bu xalqimizning tanlagan yoʻli, mashaqqat ila erishgan tinch-osoyishta hayoti.
🌅Mustaqillik –bu shunchaki bayram emas, milliy ozodlik kurashi yoʻlida jon berganlarning yodini chuqur anglash. Uni yurakdan his qilish va bugungi kunga shukrona bildirish kuni.
🌅Mustaqillik buyuk neʼmat va erkinlikdir
🌅Mustaqillik bu boshqalarning aralashuvisiz yoki homiyisiz harakat qilish, qilish va tanlash qobiliyatidir.
🌅Mustaqillik huquq demakdir
🌅Mustaqillik- oʻz taqdiriga oʻzi egalik qilish huquqi
🌅Mustaqillik - ko'hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an'analarimiz
🌅Mustaqillik har bir insonning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalarda isteʼdod va qobiliyatini toʻla namoyon etishi....
👉http://t.me/Shodiyeva_Z_N