samarqandtumanakm | Unsorted

Telegram-канал samarqandtumanakm - SAMARQAND TUMAN AKM

90

Subscribe to a channel

SAMARQAND TUMAN AKM

🔉🔉🔉🔉O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”  2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori  ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida "Kitobsevar millat" shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi” tashkil etilmoqda.

📚Shu munosabat bilan Siz, aziz kitobxonlarni 2023-yil 22-26-aprel kunlari Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tadigan “Kitobxonlik haftaligi–2024” ga taklif etamiz.

Читать полностью…

SAMARQAND TUMAN AKM

#Kitob targ`iboti Joriy yilning 17-aprel kuni Samarqand tuman Axborot kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish xodimlari "Ezgulik-shiorimiz, ma`rifat qurolimiz" shiori ostida mamlakatimizdagi yangilanish jarayonlari, amlaga oshiralayotgan islohotlar haqida Tumanda joylashgan Davlat Arxivi, Iqtisodiyot va moliya bo`limi, Uztelecom tashkilotlarida kitob targ`iboti olib borildi.

Читать полностью…

SAMARQAND TUMAN AKM

1959- yilda bir necha kemalardan foydalanib birinchi suzuvchi kutubxona xizmati ishga tushirildi. 1963-yil Oma Yardida uzunligi 24 metr bo’lgan kema ichida kutubxona tashkillashtirilgan. Kemaga Vinnes Skyssbatservice egalik qiladi va bu kutubxonadan yoz faslida sayyohlik safarlari uyishtirish maqsadida foydalaniladi.

Читать полностью…

SAMARQAND TUMAN AKM

Dunyodagi eng kichik kutubxona Nyu-York shahrining ko’chalarida qurilgan bo’lib, bu kutubxonada faqatgina bitta kitobxon foydalanishi uchungina yetarli bo’lgan joy ajratilgan. Yorqin sariq rangda plassmasadan ishlangan bu kichik kutubxonaga 40 tagacha bo’lgan kitoblarni joylashtirish imkoniyati bor, bu kutubxonani tashkil etishdan asosiy maqsad bir xil sur`atda yashab kelayotgan shahar aholisini vaqtini unumli o’tkazish , shuningdek kitob o’qishga jalb qilish maqsadida barpo etilgan.

Читать полностью…

SAMARQAND TUMAN AKM

Dunyodagi eng katta kutubxona – Kongress kutubxonasi bo’lib, taxminan 1348342 kilometr uzunlikdagi kitob javonida 158 milliondan ziyod fond bor: 36 milliondan ortiq kitoblar va boshqa bosma materiallar, 3,5 million plastinkalar, 13,7 million fotosuratlar, 5,5 million xaritalar hamda 69 million qo’lyozmalardan iborat

Читать полностью…

SAMARQAND TUMAN AKM

Kutubxona xizmati – kutubxonadan foydalanuvchining ma’lum bir ehtiyojini qondiruvchi kutubxona xizmatining muayyan natijasi (hujjatlarni berish va band qilish, yangi adabiyotlar to‘g‘risida ma’lumot berish, ko‘rgazmalar tashkil etish, maslahatlar berish va h.k.)

Читать полностью…

SAMARQAND TUMAN AKM

Axborot-kutubxona tizimi – axborot-kutubxona tizimi yagona tashkiliy va uslubiy ta’minot asosida faoliyat ko‘rsatuvchi axborot-kutubxona muassasalari majmuidir.

Читать полностью…

SAMARQAND TUMAN AKM

Kitob – insonning eng yaqin doʼsti va maslahatchisi va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai boʼlgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, moʼtabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, oʼqishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan.

Читать полностью…

SAMARQAND TUMAN AKM

Kitoblar oldida hamma narsa yorqin bo’ladi. © Anton Chekhov

Читать полностью…

SAMARQAND TUMAN AKM

Mutolaa yaxshi hikoyago’yga aylantiradi.
Inson kitobni qancha ko’p o’qisa, hikoya qilish qobiliyati shunchalik oshadi. Keraksiz gaplarni kamroq gapirib, keraklilarini yaxshiroq yetkazadigan bo’ladi.

Читать полностью…

SAMARQAND TUMAN AKM

9-aprel-Sohibqiron Amir Temur(1336-1405) tavallud topgan kun! Buyuk sarkarda va davlat arbobi 9-aprel Samarqand tuman Axborot kutubxona markazi hamda tumandagi 21-IDUM o`quvchilari bilan hamkorlikda buyuk sarkarda Amir Temur tavaluddining Amir Temur 688-yoshda deb nomlangan tadbir bo`lib o`tdi.Tadbir davomida o`quvchilar Amir Temur hayoti va uning bosib o`tgan yo`llari va sahna ko`rishnishlari namoyish etdilar.

Читать полностью…

SAMARQAND TUMAN AKM

“Yoshlarni kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini kuchaytirishga,

ularning kitob bilan doʻst boʻlishiga, aholining

kitobxonlik saviyasini yana-da oshirishga alohida

eʼtibor qaratish lozim”.

Sh.Mirziyoyev

Читать полностью…

SAMARQAND TUMAN AKM

Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yiligi munosabati bilan booktrailer

Читать полностью…

SAMARQAND TUMAN AKM

"Shaxsan men Sohibqiron bobomiz bizga meros qilib qoldirgan "Tuzuklar"ni o'qisam, xuddiki o'zimga qandaydir katta ruhiy kuch-quvvat topgandek bo'laman"
Islom Karimov
Kitob taqdimoti
9-aprel Buyuk sarkarda Amir Temur tavalludiga bagishlab Samarqand tuman Axborot kutubxona markazi, Fondlarni to'ldirish, saqlash va ularqa ishlov berish xizmati xodimlari va 38-IDUM maktab o'quvchilari bilan Amir Temur Ko'ragonining "Temur tuzuklari" kitobini taqdimoti o'tkazildi.

Читать полностью…

SAMARQAND TUMAN AKM

Kitob bu inson orqali ko’riladigan dunyodir.

I.E. Bobel

Читать полностью…

SAMARQAND TUMAN AKM

🔈Китобсевар миллат шиори остидаги IV Республика «Китобхонлик ҳафталиги» бошланади

📚Жорий йил 22-26 апрель кунлари Ахборот ва оммавий коммуникациялари агентлиги ташаббуси билан Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ҳамда Тошкент шаҳрида анъанавий IV Республика «Китобхонлик ҳафталиги» бўлиб ўтади.

✔️ Ҳафталик доирасида республика миқёсидаги нашриётлар томонидан чоп этилган янги маҳаллий ва хорижий китоблар тақдимоти, китобсеварлар учун турли маҳорат дарслари, мутолаа тадбирлари, ёзувчи ва адиблар билан учрашувлар, давра суҳбатлари ва бошқа қатор маънавий-маърифий, маданий дастурлар ўрин олган.

📔 Барча китобсеварларни зиё ҳафталигига, мутолаага таклиф қиламиз!

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт

Читать полностью…

SAMARQAND TUMAN AKM

#Yo`l-yo`lakay Samarqand tuman Axborot kutubxona markazi 2024-yil 16-aprel kuni Yurtimizda yoshlarni ayniqsa xotin-qizlarni kitobga, mutolaaga bo`lgan qiziqishini oshirish maqsadida aholiga axborot kutubxona xizmatini ko`rsatishni yanada rivojlashtirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda '"Kitob sevar millat" umummilliy g`oyasini ro`yobga chiqarish maqsadida Tuman tashkilotlarida "Gulobod MFY"da jadidlar adabiyoti va Turkiy adabiyot durdonalaridan "Yo`l-yo`lakay kitob o`qiymiz" loyihasi doirasida targ`ibot ishlari o`tkazildi.

Читать полностью…

SAMARQAND TUMAN AKM

Dunyoning eng baland kutubxonasi Xitoyning Shanxay shahridagi JW Marriott mehmonxonasining 60-chi qavatida yerdan 230,9 m balandlikda joylashgan, u Ginnesning rekordlar kitobiga eng baland kutubxona sifatida kiritilgan.

Читать полностью…

SAMARQAND TUMAN AKM

Dunyodagi eng qadimgi kutubxona Misrning Sinay shahridagi Sulton Ketrin monastirida joylashgan bo’lib , u 6-asr o’rtalarida qurilgan va dunyodagi Vatikandan keyin ikkinchi eng yirik dinga oid qo’llanma va kitoblar jamlanmasiga ega bo’lgan kutubxonadir. Bu kutubxonadan faqatgina rohiblar hamda olimlargagina foydalanishga ruhsat berilgan.

Читать полностью…

SAMARQAND TUMAN AKM

Axborot-kutubxona faoliyati – axborot-kutubxona, axborot-resurs markazlari va kutubxonalarning tarmog‘i, axborot-kutubxona fondlari, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish, kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqot va metodik ta’minotini tashkil qiluvchi faoliyat sohasi.

Читать полностью…

SAMARQAND TUMAN AKM

Kutubxona abonenti – kutubxona tomonidan doimiy foydalanuvchi sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy yoki yuridik shaxs.

Читать полностью…

SAMARQAND TUMAN AKM

Kitoblar bilan bilish – bu aql -idrokka ega bo’lishdir.

Читать полностью…

SAMARQAND TUMAN AKM

#Xon atlas haftaligi Samarqand tuman Axborot kutubxona markazi mahalla faollari ham "Xon atlas haftaligi" tadbirlarida faol ishtirok etib milliy qadriyatlarimiz o'zbekona kiyinish madaniyatini milliy an'analarimizni keng targ'ib qilish orqali urf-odat va qadriyatlarimizga xos betakror kiyinish uslublarini namoyish qildilar.

Читать полностью…

SAMARQAND TUMAN AKM

Mutolaa yaxshilik qilishga undaydi
Faol kitobxonlar xayriya ishlari bilan boshqalarga nisbatan uch marta ko’proq shug’ullanishadi. Mutolaa muhtoj insonlarga yordam qo’lini cho’zishga undaydi.

Читать полностью…

SAMARQAND TUMAN AKM

Mutolaa yozuvchilik qobiliyatini rivojlantiradi.
Kitob o’qish jarayonida muallifning yozish uslubi ham o’quvchiga ta’sir ko’rsatadi. Musiqa tinglash jarayonida musiqachining uslubi tinglovchiga o’tgani singari yozuvchining uslubi ham o’quvchining yozish uslubiga ta’sir o’tkazadi.

Читать полностью…

SAMARQAND TUMAN AKM

Har koʻngilning orzusi shul erur obi hayot,

Qadrini bilgan kishiga shubhasiz jondir kitob.

Koʻzning nuri, dil sururi dillarning darmonidir,

Har qorongʻu dilga goʻyo mohitobondir kitob.

Har balodan asraguvchi eng muhim qimmat yarogʻ,

Tiyri vahshat xanjarizillatga qalqondir kitob.

Har kishi yoshlikda qilsa vaqtida gʻayrat agar,

Tez zamondaoshno boʻlmogʻi osondir kitob.

"X. X. Niyoziy"

Читать полностью…

SAMARQAND TUMAN AKM

#Sadriddin Ayniy Samarqand tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan Sadriddin Ayniy tavalludiga bag`ishlab tayyorlangan videorolik.

Читать полностью…

SAMARQAND TUMAN AKM

Adabiy badiiy kecha
9-aprel Buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 688- yiliigiga bagishlab Samarqand tuman Axborot kutubxona markazi 22-maktab bilan hamkorlikda adabiy badiiy kecha o'tkazildi.

Читать полностью…

SAMARQAND TUMAN AKM

#Kitob va rasmli ko`rgazma Samarqand tuman Axborot kutubxona markazida Buyuk davlat arbobi sohibqiron Amir Temur bobomiz tavalludining 688-yilligi munosabati bilan "Adolatli buyuk sarkarda" nomli ko`rgazma tashkil etildi.📘📘📘📘📘

Читать полностью…

SAMARQAND TUMAN AKM

Ilmu ustod kitob hurmati – hammasidan zarur bu bob hurmati.

Kim esdan chiqarsa bu uch hurmatin,

Chekar hayotida kamlik zillatin.

Kamoliddin Binoiy

Читать полностью…
Subscribe to a channel