samdaqueduuz | Unsorted

Telegram-канал samdaqueduuz - SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

6609

© SamDAQU Axborot xizmati Murojaat uchun: @samdaqicontactbot SamDAQU matbuot kotibi: @JavlonRashidovich

Subscribe to a channel

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⭕️⭕️⭕️

📣 Yangi Toshkentni birgalikda quramiz!!!

☑️ ''Yangi Toshkent me'moriy qiyofasi'' tanloviga start berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

#talabaga_yengillik
#raqamlashtirish

⚡️150 mingdan ortiq elektron resursga ega yagona elektron kutubxona yaratildi

🔰 Endi unilibrary.uz platformasi orqali talabalar respublikamizning barcha davlat oliy taʼlim muassasalari kutubxonalaridagi o‘quv adabiyotlar hamda ilmiy nashrlaridan onlayn foydalanishlari mumkin.

📌 Platformada:

✅ o‘quv adabiyotlar;
✅ ilmiy maqolalar;
✅ monografiyalar;
✅ dissertatsiyalar;
✅ avtoreferatlar

va boshqa shu kabi 150 mingdan ortiq elektron resurslar jamlangan.

➡️ Shuningdek, hozirda oliy ta'lim muassasalari tomonidan adabiyotlarni raqamlashtirish hamda ushbu platformaga joylashtirish davom etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

TOSHKENTGA SAYOHAT
#IchkiTurizm

Joriy yil 25-26 noyabr kunlari universitet tyutorlari tashabbusi bilan bir guruh talabalarga poytaxtimizning diqqatga sazovor joylari boʻylab sayohat tashkil etildi.

Sayohatning birinchi kunida O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov qarorgohi (Oqsaroy) hududida tashkil etilgan muzeyga tashrif buyurdilar. U yerda talabalar birinchi Prezidentimizning hayoti, ish faoliyati aks ettirilgan manbalar va axborotlar bilan tanishdilar.

Keyingi manzil Innovatsiya vazirligi bo‘ldi. Vazirlikda talabalar “Innovatsion kutubxona”, “Ko‘rgazmalar zali”da o‘rin olgan ixtirolar hamda ishlanmalar bilan tanishdilar. Shuningdek talabalarga mas’ul xodimlar tomonidan amaliy jarayonlar qanday yo‘lga qo‘yilganligi haqida keng tushunchalar berildi.

Kunning tartibidagi rejaga ko‘ra manzili Oliy majlis Senati bo‘ldi...

Batafsil ➡️ ushbu havolada


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta’lim vazirligi tomonidan joriy yil 5-9-dekabr kunlari Boku shahrida “STEAM Azerbaijan” xalqaro festivali tashkil etilmoqda. Ushbu festival o‘n toifali musobaqalar va innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi shaklida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun: “STEAM Azerbaijan” fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika fanlarini birgalikda va integratsiyalashgan holda o‘qitish g‘oyasiga asoslanadi.

“STEAM Azerbaijan” xalqaro festivali to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot bilan quyidagi veb-sahifa orqali tanishish mumkin:

https://saf.steam.edu.az/en

Yuqorida keltirilgan tadbir uchun Ozarbayjon tomonidan mas’ul xodim:
Igrar Nazarov (Играр Назаров);
tel.: +994 50 2722707, +994 50 2510055;
e-mail:
Iqrar.nazarov@arti.edu.az

SamDAQU | Xalqaro hamkorlik bo'limi

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

YOG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI
#AmaliyDars

Xabaringiz bor 15-noyabrdan 15-dekabrgacha Respublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” bo‘lib o‘tmoqda. Shu munosabat bilan Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimi podpolkovnik D.Shakirov, Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik U.Axrorov ishtirok etdilar.

Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalariga 2022-yilning o‘tgan davr mobaynida respublikamizda va viloyat hududida qayd qilingan ayanchli yong‘inlar, uning oqibatlari hamda yong‘inlarni kelib chiqish sabablari, yong‘inlar sodir bo‘lgan obyektlar xususida, shuningdek is gazidan zaharlanishni oldini olish to‘g‘risida batafsil tahliliy axborotlar berildi.

Mutaxassislar tomonidan yong‘inlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar va baxtsiz hodisalarni oldini olishga qaratilgan harkatlar, kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlar yuzasidan ko‘rgazma materiallari orqali batafsil tushunchalar va tavsiyalar berildi. Tadbir so‘ngida o‘quv amaliy o‘quv mashg‘ulotlar olib borildi.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

📚Nazarov Umarali Abduvaxabovichning fizika-matematika fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

🔻OʻzAning telegram kanallariga aʼzo boʻling

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Ўзбекистон | "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида олиб борилаётган "долзарб 40 кунлик" тадбирлари доирасида тадбирлари давом этмоқда.

/channel/SamTvr

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⏺⭕️⭕️⭕️⭕️

Ayni damda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida yashil makon umummilliy loyihasi doirasida universitet hududida koʻchatlar ekilmoqda, hududda obofonlashtitish ishlari olib borilmoqda.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⭕️⭕️⭕️E'LON!

Universitet hududida Usmonov Dilshodjon Erkinjon o‘g‘liga tegishli ID kartasi (shaxs guvohnomasi) topib olingan.

Murojaat uchun telefon: 930359098 - 904786970

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⭕️⭕️⭕️ ABITURIENTLAR DIQQATIGA!

Qo‘shma ta'lim dasturlari doirasida hujjatlarni qabul qilish boshlandi:
2022-yil 5-noyabrdan – 5-dekabrgacha


SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH UNIVERSITETI QO‘SHMA TA’LIM DASTURI DOIRASIDA O‘QISHGA TAKLIF ETADI!

🇺🇿🇧🇾Belarus Respublikasining, Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda:

🎓 Bakalavriatura:

• Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (suv ta’minoti va oqova suvlarini oqizish); kvota 25 ta;
• Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (issiqlik-gaz ta’minoti va ventilyatsiya); kvota 25 ta;
• Arxitektura (turlari bo‘yicha); (2+3) kvota 25 ta;
• Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha); Kvota 25 ta.

📌 izoh: talabalar Arxitektura yo‘nalishi uchun (2+3) 2 yil SamDAQU da, 3 yil Belarus milliy texnika universitetida, qolgan barcha yo‘nalishlar (2+2) 2 yil SamDAQU da, 2 yil Belarus milliy texnika universitetida ta’lim olishadi.


🇺🇿🇵🇱 Polsha Respublikasi, Belostok texnika universiteti bilan hamkorlikda:

🎓 Magistratura:

• Oqova suvlarni tozalash va suv resurslarini muhofaza qilish; (kvota 15 ta).

📌 izoh: talabalar barcha yo‘nalishlar bo‘yicha (1+1) 1 yil SamDAQI da, 1 yil Belostok texnika universitetida ta’lim olishadi.


Qo‘shma ta’lim dasturi bitiruvchilariga O‘zbekiston va hamkor davlatda tan olinadigan 2 ta diplom beriladi;

Barcha ta’lim yo‘nalishlari shakli: kunduzgi (to‘lov shartnoma asosida)
Barcha ta’lim yo‘nalishlari o‘qitish tili: rus tili

Abiturientlardan talab etiladigan hujjatlar:
1. Pasport nusxasi (asli o‘qishga kirgandan so‘ng ko‘rsatiladi);
2. O‘rta yoki o‘rta maxsus ta’limi diplomi/shahodatnomasi;
3. 3x4 foto;
4. Abiturient xorijiy tilni bilish bo‘yicha sertifikat (agar IELTS/TOEFL ga ega bo‘lsa).

❗️ Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning barchasi elektron tarzda https://forms.gle/qs5LiaRvMEvzpT2i8 sayti orqali qabul qilinadi.


‼️ ESLATMA!
O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha boshqa OTMga o‘qishni ko‘chirish ruxsat etilmaydi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi raqamga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin:
+998 (93) 344 36 08


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Ўзбекистон-Франция саммити: самарали музокаралар, самимий учрашувлар, маданият тантанаси

Узбекско-французский саммит: плодотворные переговоры, искренние встречи, торжество культуры

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

🗣TALABALAR HAFTALIGI: GALAKONSERT
#TalabalarHaftaligi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida 17-noyabr — “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan universitet yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda universitet Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan “Talabalar haftaligi” doirasida bir qator tadbirlar tashkillashtirildi. Xabaringiz bor bu haqda ilgari xabar berib o‘tgan edik.

9-17 noyabr kunlari o‘tkazilgan tadbirlarda talabalar sportning “Kibersport”, “Armwrestling”, “Shaxmat-shashka”, “Stol-tennisi”, “Voleybol” hamda “Futbol” turlari bo‘yicha shuningdek “Munozara”, “Zakovat”, “QVZ” o‘yinlarida jamoaviy hamda yakka tartibdagi birinchilik uchun o‘zaro bahslashdilar.

Joriy yilning 17-noyabr kuni SamDAQU katta faollar zalida yuqorida sanab o‘tilgan tadbirlarda birinchilikni qo‘lga kiritgan yakka tartibdagi talabalar hamda jamoalar taqdirlandilar. Dastlab “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan ushbu galakonsertda universitet rektori Chidem Turkyilmaz sana munosabati bilan talabalarni samimiy qutladi. So‘ngra universitet birinchi prorektori Sherzod Uzoqov bilan birgalikda g‘oliblarga diplomlar hamda bir martalik Buxoro viloyatiga sayohat uchun sertifikatlarni topshirdi.

Taqdirlash marosimi yakunlangach tadbirning badiiy qismi boshlandi. Badiiy qismda universitet faol talabalaridan tashkil topgan ijodiy jamoalar yig‘ilganlarga xushkayfiyat ulashdilar. Ayniqsa universitet bitiruvchisi hamda do‘sti bo‘lgan Anisjon Xidirov jonli ijrodagi kuy-qo‘shiqlari bilan yanada a’lo kayfiyat bag‘ishladi.

⬜️ Batafsil fotogalereya


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⭕️⭕️⭕️ E'LON!

Rost24.uz sayti tomonidan “2022-yilning eng namunali vazirligi” tanlovi oʻtkazilmoqda

Mazkur sayt jamoatchilik soʻrovnomasi asosida 2022-yilda faol ishlagan, tizimda yangiliklar qilgan, aholi, ayniqsa yoshlarning talab va istaklarini amalga oshirishda yetakchi boʻlgan vazirlikni aniqlamoqda.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda 25 ta vazirlik faoliyat olib bormoqda.

Sizda ham ushbu vazirliklar orasidan eng faoliga ovoz berish imkoniyati mavjud.

Imkoniyatdan foydalanib, vazirligimizni qoʻllab-quvvatlaymiz!

👉 OVOZ BERISH 👈

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

TA'ZIYANOMA

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Tabiiy fanlar” kafedrasi sobiq dotsenti Abdullayev Omon Abdullayevich 79 yoshida vafot etdi.

Marhumning oila a'zolariga universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilari nomidan chuqur hamdardlik izhor etamiz.

Janoza: ertaga 22-noyabr 2022-yil soat 12:00 da.
Manzil: Samarqand shahar, Lolazor ko‘chasi 56-uy.

@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2022 йил 18 ноябрь кунги 93-94-сонларии мутолаа учун ҳавола қилинади.

Газетада берилаётган материаллар билан /channel/uzbunyodkor телеграм канали ва uzbunyodkor.uz сайти орқали танишиб боришингиз мумкин.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/uzbunyodkor

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Xabaringiz bor Dekabr boshida OTMlar intelektual olimpiada oʻtkazilmoqda. Klubdagi mavsumiy oʻyinlar davomida terma jamoa uchun yetarli bazani shakllantirgan boʻlsakda, shaxmat va shashka boʻyicha aniq oʻyinchilarimiz hamon aniq emas.

Shu sababli ertaga 30-noyabr kuni soat 15:10 da 5-tashabbus zalida qizlar va oʻgʻil bolalar uchun alohida shaxmat va shashka musobaqasini oʻtkazamiz. Musobaqa davomida oʻzini koʻrsatgan talabalar shaxmat va shashka oʻyini uchun OTMlar oʻrtasidagi intellektual olimpiadaga saralab olinadi.

Barcha SamDAQU talabalarini (magistr va bakalavr) ertangi musobaqada kutib qolamiz.

Eslatma: Shaxmat boʻyicha intelektual olimpiadaga bitta OTMdan 2 ta( bitta oʻgʻil bola, bitta qiz bola) ishtirokchi;
Shashka boʻyicha intelektual olimpiadaga 2 ta (bitta oʻgʻil bola, bitta qiz bola) ishtirokchi qatnashadi.


@samdaqi_zakovat

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

#Tanlov #Maqola

✅️ “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnal tahririyati 2022-yil 4-soni uchun maqolalar tanlovini eʼlon qiladi!

Tanlovga Respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, ilmiy izlanuvchilari va boshqaruv xodimlari qatnashishi mumkin.

Tanlov mukofot jamgʻarmasi 10 million soʻm:

1-oʻrin 5 000 000 (besh million) soʻm
2-oʻrin 3 000 000 (uch million) soʻm
3-oʻrin 2 000 000 (ikki million) soʻm

⚠️ Muddat 2022-yil 20-dekabrga qadar davom etadi.(o'sha kuni ham)

📲 Maqola yuborish:👉 @EduJournalBot

Batafsil ushbu 👉 havola orqali bilib olishingiz mumkin.

www.edujournal.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

🎓 Talabalar o‘rtasida Prezident sovrini uchun Intellektual olimpiada o‘tkaziladi!

Joriy yil dekabr oyi boshida Toshkent shahrida talabalar o‘rtasida Intellektual olimpiada bo‘lib o‘tadi.

🎓 Intellektual olimpiadaga ta’lim yo‘nalishidan qat’i nazar, respublikadagi barcha OTM (davlat, nodavlat OTMlar, ularning filiallari, xorijiy OTMlar va ularning filiallarida bakalavriat va magistratura bosqichida ta’lim olayotgan) talabalari jalb etiladi.

Olimpiada ishtirokchilari quyidagi 6 turdagi o‘yinda bellashadi:
🔵1) "Zakovat" o‘yinining sportcha versiyasi;
🔵2) Breyn-ring;
🔵3) Shaxsiy o‘yin;
🔵4) Erudit-kvartet;
🔵5) Shaxmat;
🔵6) Shashka.

☝️Olimpiadada har bir OTMdan 12 nafar ishtirokchi (7 nafari – "Zakovat", breyn-ring, shaxsiy o‘yin, erudit-kvartet uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shaxmat uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shashka uchun; 1 nafar OTM murabbiyi) qatnashadi.

❗️1-dekabrga qadar har bir OTM belgilangan tartibda tashkilotchilarga ariza yo‘llashi lozim bo‘ladi.

👉 Tanlov nizomi bilan tanishish

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Men o‘z kelajagimni korrupsiyasiz quraman!
#Uchrashuv

SamDAQU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi bilan hamkorlikda “Men o‘z kelajagimni korrupsiyasiz quraman” mavzusida universitet birinchi bosqich talabalari bilan oʻz ilmiy iqtidori hamda ilmga boʻlgan ragʻbati orqali ezgu maqsadlari yoʻlida harakat qilayotgan bir guruh iqtidorli yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Talabalarni ilmga rag‘batlantirish, shaffof va sog‘lom, har qanday illatlardan holi bo‘lgan ta’lim-tarbiya muhitini shakllantirishga qaratilgan ushbu tadbirda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i U.Xushvaqtov, Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i F,Qosimova, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Z.Yasakov hamda bo‘lim xodimlari, fakultet dekan muovinlari hamda tyutorlar ishtirok etdilar.

Tadbirning asosiy mehmonlari sifatida taklif etilgan bir guruh yosh iqtidor sohiblari jumladan Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Nigora Nabiyeva, 2017-2018-o‘quv yilida Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi, 2020-2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sovrindori hozirgi kunda universitet tayanch doktoranti Temur Fozilov, 2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sovrindori magistrant Jasur Turdimurodov, 2020-2021-o‘quv yilida Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori magistrant Matluba Alijonova, 2021-2022-o‘quv yilida Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori, 2022-2023-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga nomzod 401-iqtisodiyot guruhi talabasi Diyora Sherzodova, “Start UP” loyihasi bo‘yicha INNOWEEK xalqaro tanlov ishtirokchisi 201-BvaIQ guruhi talabasi Abduqodir O‘rinboyev, “Yangi iste’dodlar-2022” Respublika tanlovi 1-o‘rin g‘olibi 301-MKQ guruhi talabasi Abduaziz Abduxalikov, “Yangi isteʼdodlar-2022” Respublika tanlovi gʻolibi, 2022-2023-oʻquv yili uchun Beruniy stipendiyasiga nomzod 301-MKQ guruhi talabasi Azizbek Mahmudov taklif etildi. Yosh olimlar erishgan yutuqlari, bosib o‘tgan yo‘llari xususida talabalarga so‘zlab berdilar.

Tadbir so‘ngida ilmni har doim hamma narsadan ustun qo‘yib kelgan, nopok ishlardan hazar qilgan, ma’naviyati va madaniyati yuksak bo‘lgan xalqning farzandlari uchun korrupsiya mutlaqo yarashmaydigan illat ekanligi ta’kidlandi.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

📚Xoliqov Dilshod Shukurullayevichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

🔻OʻzAning telegram kanallariga aʼzo boʻling

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⭕️⭕️⭕️E’LON!
Talabalar diqqatiga!

Hurmatli universitet talabalari,

Dars mashg’ulotlaridan keyin AutoCAD, 3DMax, ArchiCAD va boshqa arxitektura va qurilish sohasiga oid dasturlarda mustaqil ishlashingiz uchun universitetimizning bosh o’quv binosida joylashgan 408-516 kompyuter zallari hamda internetdan foydalanish uchun 623-kompyuter zalidan foydalanishingiz mumkin.

Eslatma: Ushbu kompyuter zallaridan kech soat 20:00dan keyin foydalanmoqchi bo’lgan talabalar Universitet rektoratidan ruxsat olishlari kerak.

Hurmat bilan
Universitet ma’muriyati


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

SAMDAQUDA KOʻCHAT EKISH MARAFONI OʻTKAZILMOQDA
#YashilMakon

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida universitet maydonida 600 ta ko‘chat tuplari ekilmoqda.

Loyiha doirasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xodimlari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda talabalari faol ishtirok etishmoqda.

Marafon tafsilotlari har soat yangiliklarda “Oʻzbekiston 24” telekanalida va “Oʻzbekiston” telekanali hamda mahalliy teleradiokanallarida onlayn efirga uzatib borildi.

Ma’lumot o‘rnida bugun respublikamizning 14 ta oliy taʼlim muassasasida ham “Yashil makon” loyihasi doirasida koʻchat ekish marafoni boʻlib oʻtmoqda.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⭕️⭕️⭕️E’LON!
#IlmiySeminar

2022-yil 28-noyabr kuni soat 12:00 da
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti doktoranti Aytmuratov Bahadirning 05.09.03-“Issiqlik ta’minoti. Ventilyatsiya, konditsionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish” ixtisosligidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Quyoshli issiqlik ta'minoti tizimlari uchun o‘z-o‘zini tartibga soluvchi faol elementli suvli issiqlik akkumuluyatorlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.

Ilmiy rahbar: texnika fanlari doktori, professor, Boboyev Sobirjon Muradullaevich
Ish bajarilgan tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida bajarilgan

Manzil: Universitet bosh binosining majlislar zali (2-qavat)
28-noyabr. 2022-yil 12:00 da

Ushbu seminarni zoom dasturi orqali onlayn kuzatish mumkin:
Konferensiya identifikatsiyasi: 270 038 7790
Parol: 12345

_____

Shuningdek 2022-yil 28-noyabr kuni soat 12:00 da Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura- qurilish universiteti doktoranti Ismoilov Ma’murjon Muxtorovichning 05.09.03-“Issiqlik ta’minoti. Ventilyatsiya, konditsionerlash.Gaz ta’miniti va yoritish” ixtisosligidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Quyosh kollektorlаrini buzilishdаn himoyalаsh uchun energiya tejаmkor vа ishonchli oʼzini oʼzi drenаj qilаdigаn gelioqurilmаlаr” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.

Ilmiy rahbar: texnika fanlari doktori, professor, Rashidov Yusuf Karimovich
Ish bajarilgan tashkilot: Toshkent arxitektura qurilish institutida bajarilgan

Manzil: Universitet bosh binosining majlislar zali (2-qavat)

Ushbu seminarni zoom dasturi orqali onlayn kuzatish mumkin: 28-noyabr. 2022-yil 12:00 da


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⭕️⭕️⭕️E'LON!

2022-yl 23-24 noyabr kunlari soat 15:00 da SamDAQU sport zalida 1-dekabr ”Xalqaro OITSga qarshi kurashish” kuni munosabati bilan SamDAQU talaba yoshlari o‘rtasida basketbol sport turi bo‘yicha guruhlararo sport musobaqalari o‘tkaziladi.

Musobaqalarda talabnomalarni tegishli tarzda topshirgan barcha guruh talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Murojaat uchun tel: 90-604-58-56


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⭕️⭕️⭕️E’LON!

Bugun soat 11:00 da SamDAQU kichik faollar zalida korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida “Men o’z kelajagimni korrupsiyasiz quraman” nomli uchrashuv boʻlib oʻtadi.

Uchrashuvda SamDAQUning 1-bosqich talabalari bilan oʻz ilmiy iqtidori hamda ilmga boʻlgan ragʻbati orqali ezgu maqsadlari yoʻlida harakat qilayotgan bir guruh yoshlar uchrashishadi.
 

SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Germaniyaning Potsdam amaliy fanlar universiteti va Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura - qurilish universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O’zbekistonda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishda innovatsion uslublar va tadqiqotga asoslangan ta’lim” loyihasi doirasida Germaniyaning Fachhochschule Potsdam Amaliy fanlar universitetida bir oydan uch oygacha bo’lgan grant almashinuv dasturiga hujjat topshirish imkoniyati mavjud.

BATAFSIL TALABLAR HAMDA MA’LUMOTLAR ILOVADA ⬇️

SamDAQU | Xalqaro hamkorlik bo'limi
@samdaqu_xhb

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Ўзбекистон делегацияси Парижда илиқ кутиб олинди. Президент Шавкат Мирзиёев расмий ташрифнинг биринчи кунида Франция тараққиёт агентлиги раҳбари ва ушбу мамлакат ишбилармонлари билан учрашувлар ўтказди.

В Париже тепло встретили делегацию Узбекистана. Президент Шавкат Мирзиёев в первый день официального визита провел встречи с главой Французского агентства развития и деловыми людьми этой страны.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⭕️⭕️⭕️E’LON!

Bugun soat 14:00 da institutning kichik majlislar zalida yongʻin xavfsiligi oyligi doirasida “Yongin xavfsizligi qoidalariga rioya qiling” mavzusida Samarqand viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodim va mutaxassislari ishtirokida seminar boʻlib oʻtadi.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⭕️⭕️⭕️Universitet hududida Tursunboyeva Saidaga tegishli humo kartasi topib olingan.

Murojaat uchun
@samdaqicontactbot

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

TALABALAR HAFTALIGI: QVZ
#TalabalarHaftaligi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida 17-noyabr — “Talabalar haftaligi” doirasida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovda Arxitektura fakultetining “Trenddagi talabalar”, MKQ fakultetining “Jarchilar”, Qurilish fakultetining “Yangi bojalar” hamda Qurilishni boshqarish fakultetining “Winners” jamoalari “Rektor kubogi” uchun o‘zaro bellashdilar. Jamoalar odatdagidek 3 shart bo‘yicha quvnoqlik hamda zukkoliklarini namoyon etdilar.
Demak natijalar quyidagicha:

1-o‘rin — Qurilish fakultetining “Yangi bojalar” jamoasi;
2-o‘rin — Qurilishni boshqarish fakulteti “Winners” jamoasi;
3-o‘rin — MKQ fakulteti “Jarchilar” hamda Arxitektura fakultetining “Trenddagi talabalar” jamoasiga nasib etdi.

Aytish mumkinki ushbu o‘yinda debyutant bo‘lgan “Winners” jamoasiga biroz omad yetishmadi, ammo ushbu jamoa o‘yin davomida o‘z chiqishlari bilan muxlislarning olqishlariga sazovor bo‘ldi va o‘yin kashfiyoti bo‘ldi. Jamoa a’zosi Lazizbek Turdibekov o‘yindagi zukkoligi uchun “Eng quvnoq yigit” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi. Shuningdek “Eng quvnoq qiz” nominatsiyasini “Trenddagi talabalar” jamoasi a’zosi Farangiz Xolmamatovaga nasib etdi.

G‘oliblar 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan SamDAQU katta faollar zalida tashkil etiladigan galakonsertda taqdirlanadilar.

➡️ Batafsil 👉 Fotogalereya


SamDAQU Yoshlari kanali
@samdaquyoshlari

Читать полностью…
Subscribe to a channel