Bugun 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni!
#AntiKorrupsiya
Dunyoning rivojlanishi hamda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida korrusiyaga qarshi kurashda birlashmog‘imiz lozim!
Korrupsiya – bu har bir jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishini izdan chiqaruvchi eng xavfli jinoyatdir!
Hech qaysi mamlakat, biron-bir hudud yoki jamiyat yo‘qki u korrupsiyaga qarshi immunitetga ega bo‘lsa. Birlashgan millatlar tashkilotida barcha davlatlar hamkorlikda, ta'lim, tibbiyot, sud-huquq, demokratiyaning rivojlanishiga korrupsiyaning kirib borishiga asosiy e'tiborini qaratuvchi tadbir ishlab chiqilgan. Xalqaro tadbir o‘zining e'tiborini korrupsiyaning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda eng katta to‘siq bo‘lishga qaratadi.
Shu munosabat bilan 2003-yil 9-dekabr kuni Meksikada BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasi imzolangan va ushbu kun Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida e'lon qilingan. Shu tariqa 2004-yil 9-dekabr kunidan boshlab Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanmoqda.
Xalqaro kunlar nima uchun kerak?
Xalqaro kunlar keng jamoatchilikni muammolardan xabardor qilib borish, global muammolarni hal qilish maqsadida siyosiy kuch va vositalarni safarbar qilish, shuningdek insoniyat yutuqlarini namoyish qilish hamda ularni ulug‘lash uchun kerak.
Bosh assambleyaning rezolyusiyasida ko‘rsatilganidek ushbu xalqaro kunni tashkil etishdan maqsad korrupsiya muammosiga kuchli (yoki muhim) e'tibor qaratish, shuningdek korrupsiya va unga qarshi kurashishda Konvensiyaning o‘rni(roli)ni kuchaytirishdan iboratdir. Rezolyusiyada ushbu kunni keng nishonlash va tegishli tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar yo‘q.
Korrupsiya jamiyat, davlat hokimiyati organlarining manfaatlariga qarshi qaratilgan noqonuniy faoliyatning maxsus ko‘rinishi ekanligini tushunish muhimdir; u mansabdor shaxs va fuqaro (mijoz)ning o‘zaro kelishuvga erishib til biriktirishidir. Undan olinadigan moddiy va nomoddiy imtiyozlar noqonuniy bo‘lib, ularning atrofida axloqsiz ijtimoiy muhit yuzaga keladi.
Korrupsiyaning shakllari turlicha, ammo korrupsiya oqibatlari har qanday mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga, mamlakat aholisiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
Shu sababli bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashda jamiyatda korrupsiyaga qarshi huquqiy ongni shakllantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda, ya'ni korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi insonning o‘zida ichki rad etishni shakllantirmoq kerak.
Bugungi kunda har bir fuqaroda: “poraxo‘r mansabdor shaxs bo‘lish nafaqat xavfli balki sharmandali hamdir, ammo halol yashash foydali va obro‘lidir”degan ichki ishonchni shakllantirish korrupsiyaga qarshi davlat siyosatining asosiy vazifasi hisoblanadi.
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
⚡️ “BIZNES MARAFON” FINAL
📆 Bugun soat 16:00 da Samarqand shahridagi 39.6589273,67.0632918,15z/data=!4m12!1m6!3m5!1s0x0:0xefb3f1513a718167!2z0JrQvtC90LPRgNC10YHRgSDQptC10L3RgtGALCDQodCw0LzQsNGA0LrQsNC90LQ!8m2!3d39.6589273!4d67.0632918!3m4!1s0x0:0xefb3f1513a718167!8m2!3d39.6589273!4d67.0632918">«Buyuk ipak yo'li» xalqaro turistik majmuasi Kongress markazi binosiga barchangizni taklif etamiz!
📝 Biznes marafonda ishtirok etish uchun telegramdagi t.me/biznesmarafon_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:✅️
Telegram | Facebook | Instagram | ykfoundation">TikTok | YouTube | Sayt | Twitter
TAZIYANOMA
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Oliy matematika” kafedrasining dotsenti Safarov Raxmon domlaning umr yo‘ldoshi Safarova Buviroziya onaning vafot etganligi munosabati bilan Universitet maʼmuriyati, va professor-o‘qituvchilari nomidan marhumaning oila a’zolari hamda yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.
Janoza bugun soat 14-00 da.
Manzil: Joʻra Zokirov koʻchasi 17-uy.
🇺🇿 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!
Barcha yurtdoshlarimizni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti jamoasi nomidan Bosh qomusimiz qabul qilinganining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
⭕️⭕️⭕️E’LON!
Aziz talabalar, talabalar turar joylarida o‘rnatilgan WI-FI routerlariga quyidagi login va parollar orqali internetga ulanishingiz mumkin.
Ushbu login va parollar vaqtinchalik hisoblanadi va tez kunlarda yangi login va parollar haqida ma’lumot keyinroq beriladi.
WI-FI: SAMDAQU
Parol: Samdaqu@2023
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
👨💻Bugun hamma xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak! Bu haqda huquqshunos Xushnudbek eslatmoqda.
Mehnat kodeksining 121-moddasiga binoan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.
Ertaga 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, yaʼni ishlanmaydigan bayram kuni. Demak, bugun ishga chiqqan barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor.
📌 Shuningdek talabalar uchun ham dam olish kuni hisoblanadi.
SamDAQU matbuot kotibi @JavlonRashidovich
⭕️⭕️⭕️E'LON!
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat axitektura-qurilish universiteti 2022-2023 o‘quv yilida professor-o‘qituvchilar hamda talabalarga Autodesk mahsulotlarida bepul litsenziya asosida foydalanishni taqdim etadi
#Yangilik
✅️Endilikda professor-o‘qituvchilar va talabalar litsenzilayaga ega 45 turdagi Autodesk mahsulotlaridan bepul foydalanishlari va o‘rganishlari mumkin bo‘ladi.
Ushbu dasturlar yordamida siz muhandislik, raqamli arxitektura va boshqa sohalarda o‘z tajribangizni oshirib turli xil tanlovlarda ham ishtirok etishingiz mumkin.
👨💻 Professor-o‘qituvchilar uchun arxitektura, muhandislik, ishlab chiqarish va qurilish kurslari, Autodesk mahsulotlaridan talabalarga foydalanishni o‘rgatish, o‘qituvchi resurslari uchun foydalanishga tayyor o‘quv darsliklarni o‘rganish yo‘llaridan foydalanishlari mumkin.
Litsenziyaga ega dasturlarda siz sanoatlashgan qurilish o‘quv dasturlari ya’ni Autodesk Digital Constructuion resurslaridan foydalana olasiz.
Dasturlar ichida Tinkercad dasturiy ta’minoti talabalar uchun o‘quv dasturini ishlab shiqishda amaliy ko‘mak berish uchun taqdim etiladi.
Bundan tashqari Fusion 360 dasturi orqali amaliy ishlanmalar, o‘quv rejalar va savollarni muhokama qilish uchun butun dunyo bo‘ylab hamkasblar bilan onlayn uchrashishingiz va muloqot qilishingiz mumkin.
✅💻 Autodesk mahsulotlarini qanday yuklab olish haqida batafsil video qo‘llanma Universitet platformalarida tez orada e’lon qilinadi.
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️E’LON!
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda ToshkentboshplanLITI davlat unitar korxonasi hamkorlikda “Yangi Toshkent” loyiha tanlovini e’lon qiladi.
Batafsil ma’lumot va ro’yxatdan o’tish uchun hayotlab@boshplan.uz bilan bog’lanishingiz mumkin.
📝Tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni: 2022-yil 15-dekabr.
Tanlov bo‘yicha yuzaga keladigan savol-javoblar joriy yilning 10-dekabr kuni ToshkentboshplanLITI davlat unitar korxonasi qoshidagi “Hayot Lab” loyiha ofisida bo‘lib o‘tadi.
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
XALQARO HAMKORLIK: ONLAYN UCHRASHUV
#XalqaroHamkorlik
Joriy yilning 1-dekabr kuni Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti bilan zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Onlayn uchrashuvda Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Svetlana Shvedova bilan SamDAQU birinchi prorektori Sherzod Uzoqov Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakulteti dekani Bahodir Norqulov Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Sardor Samaridinov muloqot qildilar.
Muloqot davomida kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan hamkorlik malasalalari o‘rganib chiqildi va muhokama etildi. MDGKU tomonidan Geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan zondlash sohasida kadrlar tayyorlash uchun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tarmoq universiteti (MDH) kontseptsiyasi loyihasi taklif sifatida kiritildi.
Ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlarning milliy iqtisodiyotlarini barqaror rivojlantirish va fazoviy ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va qo‘llash sohasida texnologik yetakchilikni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
❄️ Talabalar va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun qishki ta’til 26-dekabrdan boshlanadi
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining tegishli buyrugʻi bilan oliy oʻquv yurtlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil muddati 2022-yilning 26-dekabridan 2023-yilning 9-yanvariga qadar etib belgilandi.
Bu haqda bugun AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Axborot xizmati rahbari Mo‘min Ibodov ma’lum qildi.
Batafsil ushbu ➡️ havolada
SamDAQU matbuot kotibi @JavlonRashidovich
Talabalar, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilari uchun qishki ta’til 26-dekabrdan boshlanadi
Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri matbuot kotibi Mo‘min Ibodov AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
Shuningdek, talaba va oʻquvchilarni qishki taʼtil vaqtida doimiy yashash joylariga borib kelishini tashkil etishga yaqindan yordam berish uchun OTMda Ishchi guruhlar, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida esa alohida shtab tuziladi.
👉Matn shaklida o‘qish
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#diqqat_tanlov
🎓 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi , Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi oliy taʼlim muassasalari teatr studiyalari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi talabalar teatr studiyalari” koʻrik-tanlovini eʼlon qiladi.
🏆 Tanlov gʻoliblari diplom, esdalik sovgʻalari hamda pul yutuqlari bilan taqdirlanadi:
🔵“Milliy an'ana va qadriyatlarni tarannum etganligi uchun” nominatsiyasi — 30 mln. soʻm;
🔵“Dolzarb mavzuning sahnaviy talqini” nominatsiyasi — 40 mln. soʻm;
🔵“Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasi — 60 mln. soʻm.
🟢Eng faol ishtirokchilar ham quyidagicha taqdirlanadi:
🔴“Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” nominatsiyasi — 4 mln. soʻm;
🔴“Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasi — 8 mln. soʻm;
🔴“Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasi — 8 mln. soʻm;
☝️Ishtirok eting va gʻolib boʻling. Oʻz iqtidoringizni namoyon qilish vaqti keldi!
📌 Nizom bilan tanishish
👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
YOSHLARNI BIR MAQSAD YO‘LIDA BIRLASHTIRA OLGAN-ZAKOVAT O‘YINI
#Zakovat
🔰 1-dekabr “Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “ZAKOVAT” turniri bo‘lib o‘tdi.
🔸O‘yin juda ham qiziqarli hamda koʻp tortishuvlarga boy boʻlib, talaba yoshlar bilimlarini yanada oshirishga sabab bo‘ldi. Qiziqarli va murosasiz o‘tgan bellashuvda Samarqand iqdisodiyot va servis institutining “LEGION” jamoasi mehmon jamoa sifatida ishtirok etdi.
📌O‘yin natijalariga ko‘ra:
1-o‘rinni - Alliance (SamDAQU);
2-o‘rinni - Legion (SamISI);
3-o‘rinni - Aysberg (SamDAQU) qo‘lga kiritdilar.
SamDAQU Yoshlari kanali
@samdaquyoshlari
#Bilasizmi
🏢 Yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo'lgan bino va inshootlarni loyihalashtirishda ularga tutash hududlarning ko'kalamzorlashtirish (daraxtlar, butalar, boshqa o'simliklar va nihollarni ekish) maydonlari loyiha uchun ajratiladigan yer uchastkalari umumiy maydonining 25 foizidan kam bo'lishiga yo'l qo'yilmaydi.
❕Ekspluatasiya muddatini o'tab bo'lgan va ma'nan eskirgan bino va inshootlarni renovasiya qilish bundan mustasno.
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot_lotin
#qulaylik
⚡️@eduuzuniversalbot yangilandi
Unda talabalar va abituriyentlarni 2022-yil qabuli bo‘yicha qiziqtirgan eng muhim maʼlumotlarni oson topish mumkin.
BAKALAVR:
📊 2022-2023 o‘quv yili o‘tish ballari (yo‘nalishlar bo‘yicha);
✅ Fanlar majmuasi—2022;
✅ Qabul kvotalari—2022 (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy);
✅ Darsliklar ro‘yxati - 2023;
🏛 OTM haqida maʼlumotlar (joylashgan manzili, sayt va ijtimoiy tarmoqlari, undagi mavjud yo‘nalishlar v.h).
MAGISTRATURA:
✅ Fanlar majmuasi—2022;
✅ Qabul kvotalari—2022
✅ Oʻtish ballari—2021 (OTM kesimida).
Shuningdek:
✔️Xorijiy hamda nodavlat OTMdan oʻqishni koʻchirish boʻyicha 2022-yil uchun oʻtish ballari;
✔️Professional taʼlim muassasalari va akademik litseylar haqida maʼlumot, ularga 2022/2023-oʻquv yilida oʻqishga qabul qilish boʻyicha kvotalar va fanlar majmuasini bilishingiz mumkin.
☝️@eduuzuniversalbot biz sanamagan yana koʻplab qulayliklarga ega.
Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bugun 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni!
#AntiKorrupsiya
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2022 йил 8 декабрь кунги 96-97-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.
Газетада берилаётган материаллар билан /channel/uzbunyodkor телеграм канали ва uzbunyodkor.uz сайти орқали танишиб боришингиз мумкин.
Ушбу pdf файл газета таҳририяти томонидан тақдим этилди.
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/gazetalar_sharhi
👨⚕️ Salomatligingizga e'tiborli bo‘ling!🙏
Assalomu alaykum hurmatli o‘qituvchilar va aziz talabalar!
#RektorTabrigi
8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yillik bayrami bilan universitetimiz jamoasini, talabalarini va barcha o‘zbek xalqini chin dildan muborakbod etaman!
Konstitutsiya — har bir mustaqil demokratik davlatning asosiy qonuni hisoblanadi. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beruvchi qonunlar jamlanmasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga bugun 30 yil to‘ldi! Yurt mustaqilligi, o‘zbek xalqining tinch-osoyishta hayoti, fuqarolarining huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini mustahkam kafolati bo‘lib kelmoqda! O‘zbekistonda qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lida yangilanayotgan Konstitutsiya Vatan taraqqiyoti va xalqning farovonligi uchun mustahkam huquqiy kafolat bo‘lib xizmat qilishiga ishonchim komil.
Hurmatli Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda Konstitutsiyada belgilab olingan ezgu maqsadlarni roʻyobga chiqarish, mamlakatdagi tinchlik va barqarorlikni, millatlar va dinlararo doʻstlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash, aholi farovonligini oshirish, yangi uy-joylar barpo etish, ish oʻrinlarini koʻpaytirish boʻyicha katta-katta vazifalar oʻzining aniq ifodasini topib kelmoqda.
Fursatdan foydalanib men o‘zim hamda oilam nomidan yurtdoshlarimizni, universitetimiz professor-o‘qituvchilari va xodimlarini hamda aziz talabalarini ushbu ulug‘ kun bilan chin qalbimdan samimiy yana bir bor tabriklayman! Barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik va farovonlik tilayman!
Hurmat bilan Chidem Janbay Turkyilmaz
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
Ўзбекистон халқига байрам табриги
—
Праздничное поздравление народу Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#live
Ayni damda universitet katta faollar zalida “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi” deb nomlangan koʻrik-tanlov boʻlib oʻtmoqda.
SamDAQU Axborot xizmti
@samdaqueduuz
🇺🇿 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun
Shu munosabat bilan Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti katta faollar zalida bugun soat 15:00 da “Konstitutsiya –baxtimiz qomusi” shiori ostida ko'rik-tanlov boʻlib oʻtadi.
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduz
❄️SAMDAQU TALABALARI VA QOR
#fotogalereya
☃️ Kuni kecha Samarqand shahrida birinchi qor tushdi. Obunachilarimizga SamDAQU talabalarining hissiyotlari aks etgan eng sara fotolarni havola etamiz.
SamDAQU Yoshlari kanali
@samdaquyoshlari
“BARKAMOL TALABA QIZLAR — UNIVERSITET ZIYNATIDIR!”
#Uchrashuv
Joriy yilning 1-dekabr kuni universitet faollar zalida universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi tashkilotchiligida universitet talaba-qizlari va onalari bilan “Barkamol talaba qizlar - universitetimiz ziynatidir!” mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sherzod Uzoqov ochib berdi va ularni farzandlarining yutuqlari bilan qutladi.
Universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi Muqaddas Boboqulova o‘zining “Barkamol talaba qizlar - universitet ziynatidir!” mavzusidagi ma’ruzasida mamlakatimizda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tiborning asoslari, Prezident qaror va farmoyishlari hamda ularning amaldagi ijrosi, xususan universitetimizda xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar va xususan universitetning ko‘pchilik talaba-qizlari haqiqiy ma’noda oliygohning ziynati ekanligi yuzasidan faxr bilan ma’lumot berdi.
Qurilishni boshqarish fakultetining xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha dekan maslahatchisi Adolat Ziyotova oilada kamol topayotgan qizlarga beriladigan sharqona tarbiya asoslari, bo‘lajak oila bekalarining erta turmushga berishda kelib chiqadigan muammolar, oilali talaba xotin-qizlarga yurtimizda yaratilgan imkoniyatlar, gender tenglik, zo‘ravonlikka qarshi kurashish va uning oldini olishning huquqiy asoslari xususida keng tushuncha berib o‘tdi.
Yig‘ilish so‘ngida 100 ga yaqin faol talaba qizlarning onajonlariga universitetning “Tashakkurnoma”lari taqdim etilib, o‘z qizlariga zamonaviy bilim olishlarida, ularning ijtimoiy va siyosiy faolliklarini ta’minlashda namuna bo‘layotgan onajonlari e’tirof etilib taqdirlandi.
So‘zga chiqqan onajon va buvijonlar o‘tkazilgan tadbirdan xursand ekanliklarini, farzandlari ta’lim olayotgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining Chedim Turkyilmaz rahbarligidagi jamoa va talaba-qizlarga mehribonlik ko‘rsatayotgan universitet xotin-qizlar kengashiga minnatdorchilik tuyg‘ularini izhor etdilar.
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
#Talabaga_yengillik
TALABALARGA 50% CHEGIRMA
Respublika oliy ta‘lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki ta’til mobaynida mahalliy yo‘nalishdagi temiryo‘l qatnovlari uchun 50% chegirma e'lon qilindi.
Chegirmalar 22.12.2022-yildan 10.01.2023-yilgacha amal qiladi.
Chiptalarni sotib olish uchun pasport bilan temir yo‘l kassalaridan yoki chipta.railway.uz sayti orqali xarid qilishishingiz mumkin.
Qo’shimcha ma’lumotni Aloqa markazining 1005 raqami orqali bilishingiz mumkin.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1-DEKABR XALQARO OITSGA QARSHI KURASHISH KUNI
#stopOITS #stopOIV
Har yili 1-dekabr sanasi an'anaviy ravishda “OITSga qarshi butunjahon kurash kuni” sifatida nishonlanadi. Bu sanada OITS bilan og‘riganlarni qo‘llab-quvvatlash, xastalik alomatlari, undan saqlanish bo‘yicha ogohlikni oshirish masalalariga jamoatchilik e'tiborini qaratish maqsad qilinadi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi va Arxitektura fakulteti dekanati hamkorligida “Biz OITS ga qarshimiz” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sh.Uzokov, fakultet dekani D.Kamalova, fakultet tyutorlari va Arxitektura fakulteti talaba yoshlari ishtirok etishdi.
Tanlovni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sh.Uzokov ochib, bugungi ko‘rik-tanlovni o‘tkazilish maqsadi haqida ma’lumot berib, tanlov ishtirokchilariga omad tiladi.
Tanlovdan so‘ng viloyat OITSga qarshi kurashish dispanseri xodimlari bilan davra suhbati tashkil etildi. Suhbatda talabalarga OITS virusi va uning yuqish yo‘llari haqida batafsil tushunchalar berib o‘tildi.
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
#bilasizmi
🟥Bugun 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni
Jahon hamjamiyatini ogohlikka chaqirish, aholining orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) haqidagi xabardorlik darajasini oshirish, shuningdek, bu dardga chalingan insonlarga tibbiy, moddiy va ruhiy yordam koʻrsatishni ta’minlash maqsadida 1988-yilda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan har yilning 1-dekabr sanasi Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan.
BMTning OITSga qarshi kurash tashkiloti (UNAIDS) tashabbusi bilan bu sana “Xalqaro hamjihatlik, umumiy mas’uliyat” shiori ostida oʻtkaziladi.
Ma’lumotlarga koʻra, bugungi kunda dunyoda OITSga chalingan bemorlar soni 38 million kishidan oshadi.
👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Кўринмас қотилдан огоҳ бўлинг! Видеони охиригача кўринг! Дахшати видео охирида.
Бошқа янгиликлар👇
Facebook | Telegram | instagram | Youtube