samdaqueduuz | Unsorted

Telegram-канал samdaqueduuz - SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

6609

© SamDAQU Axborot xizmati Murojaat uchun: @samdaqicontactbot SamDAQU matbuot kotibi: @JavlonRashidovich

Subscribe to a channel

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Davlat xizmatchilari soni bosqichma-bosqich 30-35% gacha qisqartiriladi.

“Albatta, kim ishlaydi, deyishingiz mumkin. Topiladi ishlaydiganlar. Davlat tashkilotlari va shtatlar qisqartirilishi ortidan tejab qolingan mablagʻlar ijtimoiy sohalarga yoʻnaltiriladi, davlat xizmatchilari maoshlari oshiriladi. Shunga yarasha masʼuliyati ham oshiriladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

2023-yildagi ustuvor vazifalarning eng birinchisi — ixcham va samarali davlat boshqaruvini tashkil etish.

Demak, koʻp vazirlik, qoʻmita va davlat tashkilotlari yopilib, shtatlar maksimal qisqartirilsa kerak.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti hajmi ilk bor 80 milliard dollardan oshdi (2018-yilda 52 milliard dollar boʻlgan).

Iqtisodiyotimizga shu yilning oʻzida 8 milliard dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar kirib keldi, eksportimiz esa, 19 milliard dollarga yetdi (2018-yilda 14 milliard dollar boʻlgan).


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга ва Ўзбекистон халқига Мурожаатномаси бошланди.

Мурожаатноманинг жонли трансляциясини қуйидаги манбаларда:

"O'zbekiston 24", "O'zbekiston" (сурдотаржима билан), "Yoshlar", "Mahalla", "Madaniyat va ma'rifat", "O'zbekiston tarixi", "Sevimli", "Milliy", "Zo'r TV";
"Toshkent", "Dunyo bo’ylab", "Mening yurtim" (русча таржимаси билан);
"Foreign Languages", "UzreportTV" (инглизча таржимаси билан) телеканалларида;
Президент матбуот хизматининг Facebook'даги саҳифасида;
Президент матбуот хизматининг YouTube'даги каналида томоша қилинг.

Началось Послание Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Олий Мажлису и народу Узбекистана.

Смотрите прямую трансляцию Послания:

на телеканалах "O'zbekiston 24", "O'zbekiston" (с сурдопереводом), "Yoshlar", "Mahalla", "Madaniyat va ma'rifat", "O'zbekiston tarixi", "Sevimli", "Milliy", "Zo'r TV";
"Toshkent", "Dunyo bo’ylab", "Mening yurtim" (с русским переводом);
"Foreign Languages", "UzreportTV" (с английским переводом);
на официальной странице пресс-службы Президента в Facebook;
на канале пресс-службы Президента в YouTube.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⭕️⭕️⭕️E'LON

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga joriy yilning 19- dekabr kuni soat 9:30 da Turkiya Respublikasi Xorijlik Turklar va qavm jamiyati idorasi delegatsiyasining tashrifi rejalashtirilgan.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari tomonidan taqdimotlar o‘tkazish, xususan, Turkiyada tahsil olish tartibi va Turkiya OTMlarining ta’lim grant dasturlari, Turkiyada stajirovka o’tash masalalari to‘g‘risida ma’lumot berish mavzulari kiritilgan.

Qatnashish istagida bo'lgan barcha barcha professor o'qituvchilar hamda talabalarni kichik faollar zalida kutib qolamiz.

SamDAQU | Xalqaro hamkorlik bo'limi

@samdaqu_xhb

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

🇶🇦JCH-2022! 🇶🇦 vs 🇶🇦

Zalda talabalar kayfiyati a’lo!
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

https://www.uni-weimar.de/en/civil-engineering/institute/fib/ibausil/

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

🇶🇦 JAHON CHEMPIONATI — 2022!
Bugun, katta futbol bayrami yakunlanadi FINAL!

🇶🇦 ARGENTINA - FRANSIYA 🇶🇦

Hurmatli SamDAQU talabalari!

Bugun universitet katta faollar zalida katta ekranda Jahon chempionatini birga ko‘rishga nima deysizlar?

Universitet yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va marifat bo‘limi hamda Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkiliy ishlar hozir ayni jarayonda, xabarni kuting.. 😉

SamDAQU matbuot kotibi @JavlonRashidovich

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

🎗 YILNING ENG YAXSHI UNIVERSITET REKTORI 2022 V AN'ANAVIY KO'RIK TANLOVI

Chidem Janbay Turkyilmaz, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektoriga baho bering.

❗️Eslatma: Ushbu so'rovnomada xolis fikr bildirishingizni iltimos qilib qolamiz. Nufuziga qarab emas mehnatiga qarab baho bering. Natijalari rasmiy sahifalarda e'lon qilinadi.

🏆 G'oliblar Oltin statuetka, Diplom, OTM talabalari uchun 14 million so'mlik sertifikat hamda esdalik sovg'alar bilan tantanali ravishda taqdirlanadilar.

👉O'Z NOMZODINGIZNI QO'LLAB-QUVVATLANG👈

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGA KURASHAMIZ!
#Tanlov

Xabaringiz bor universitetimizda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” bo‘limi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi e’lon qilingan edi. Oylik davomida universitetda bo‘lim tomonidan bir qator tadbirlar amalga oshirildi.

Ushbu oylik doirasida SamDAQU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan joriy yilning 14-dekabr kuni universitetimiz fakultetlari jamoalari o‘rtasida “Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz” mavzusida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.

Bu tanlovda Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakultetining “Temuriylar” jamoasi,
Arxitektura fakultetining “Arxitektorlar” jamoasi, Qurilish fakultetining “Respect” jamoalari ishtirok etdilar.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

1-o‘rinni “Arxitektorlar” jamoasi;
2-o‘rinni “Temuriylar” jamoasi;
3-o‘rinni “Respect” jamoasi egalladi.

Shuningdek tadbir so‘ngida haftalik doirasida “Eng yaxshi rasmlar”, “Eng yaxshi videorolik”, “Eng yaxshi insho”, “Eng yaxshi prezentatsiya” nominatsiyalarida g‘olib bo‘lgan talabalarga diplom va tashakkurnomalar hamda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

KO‘RIK-TANLOV “KONSTITUTSIYA – BAXTIMIZ QOMUSI”
#Tanlov

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan universitet katta faollar zalida “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” shiori ostida ko‘rik tanlov bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda har bir fakultetdan bitta terma jamoa ishtirok etib 3 shart bo‘yicha bellashdilar. Dastlab jamoalar tanishtiruv, konstitutsion huquqiy savollarga javob berib va so‘ngi shartda erkin mavzu bo‘yicha sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar.

Demak ko‘rik tanlov natijasiga ko‘ra:

1-o‘rinni MKQ fakultetining “Temuriylar” jamoasi;
2-o‘rinni Qurilishni boshqarish fakultetining “Ekonomist” jamoasi;
3-o‘rinni Arxitektura fakultetining “Femida” jamoasi qo‘lga kiritdi.

Bo‘lib o‘tgan tanlovda jamoalarga hamakamlar hay’ati tomonidan diplom hamda tashakkurnomalar topshirildi.


SamDAQU Yoshlari kanali
@samdaquyoshlari

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

❗️ Davlat tashkilotlariga Yangi yil korporativlari qilish taqiqlandi

Aytishlaricha, Bosh vazir Abdulla Aripov topshirigʻi bilan barcha turdagi davlat tashkilotlari va hokimliklarga byudjet va undan tashqari mablagʻlar hisobidan Yangi yil bayrami munosabati bilan korporativ yigʻilishlarni tashkil etish, bayram dasturxonini yozish va mushakbozlik uyushtirish taqiqlandi.

Bu haqda, huquqshunos Xushnudbek, Qobil Xidirov yozgan manbaga tayanib xabar bermoqda.


SamDAQU matbuot kotibi @JavlonRashidovich

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

#Tanlov

Shaxmat bo‘yicha “Eng yaxshi o‘quv-metodik qo‘llanma” tanloviga hujjatlar qabuli davom etmoqda

📖 Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha “Eng yaxshi o‘quv-metodik qo‘llanma” tanlovida ishtirok etishga taklif etadi.

📚 Tanlovning umumiy talablari va unda ishtirok etish bo‘yicha shartlar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin 👉 Batafsil ko‘rish

🔚 Ishtirok etish uchun tayyorlangan takliflar joriy yilning 18-dekabr kuniga qadar Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markaziga adabiyot.edu.uz elektron platformasi orqali taqdim etiladi.

☎️ Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 71-207-03-43 (108)

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⚡️ Imkon.uz oʻzbek milliy ijtimoiy tarmoqlari yana bittaga koʻpaydi!

Tarmoqning hozirgi kunda faqat web sahifasi faoliyat koʻrsatmoqda, mobil ilovalar yaratuvchilar tomonidan tez kunlarda taqdim etilishi kutilmoqda.


SamDAQU Yoshlari kanali
@samdaquyoshlari

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

🇺🇿 10 dekabr — O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun
#madhiya #30yil

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi haqidagi qaror 1992-yilning 10-dekabrida Oʻzbekiston Respublikasining Yuqori Kengashinig 11-chaqirigʻida qabul qilingan.

Ushbu madhiya 1992-yildan hozirgi paytgacha Oʻzbekiston Respublikasining madhiyasi hisoblanadi.

Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov soʻzi, Oʻzbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov musiqasi.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Vazirlik va idoralar soni hozirgi 61 tadan 28 tagacha kamaytiriladi. 2 baravardan koʻproq.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⚡️ Shavkat Mirziyoyev 2023-yilni “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb eʼlon qilishni taklif etdi.

SamDAQU matbuot kotibi @JavlonRashidovich

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Shavkat Mirziyoyev: “Aholimiz — bizning boyligimiz”

Prezident oʻz soʻzini aholimiz soni 36 mlnga yetgani haqidagi maʼlumotdan boshladi:

“Behisob shukur, bu yil aholimiz 36 milliondan oshdi. Har yili safimizga qariyb 900 ming yangi avlod qoʻshilmoqda.

Bizning eng katta boyligimiz bu — aholimiz. Ularni asrab-avaylashimiz zarur.

Oʻzbekiston deb atalmish katta va inoq oilaning har bir aʼzosi tinch va farovon hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish uchun tinimsiz izlanayapmiz”, - dedi Prezident.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

#Murojaatnoma

Bugun, 20-dekabr soat 11:00 da Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi MTRK teleradiokanallari, shuningdek, nodavlat telekanallar hamda prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri jonli efirda namoyish etiladi.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

🇶🇦 Jahon chempionati — 2022!

🇬🇹 ARGENTINA mutloq jahon chempioniga aylandi!

Bugungi futbol kechasini tashkil etgan universitet birinchi prorektori Sherzod Uzoqovga yoshlar yetakchisi Ikrom Davurov va barcha tashkilotchilarga talabalarga minnatdorlik izhor etamiz!


SamDAQU Yoshlari kanali
@samdaquyoshlari

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

🇶🇦 JCH -2022! FINAL!

🇶🇦 ARGENTINA - FRANSIYA 🇶🇦

Ayni damda universitet katta faollar zalida futbolning finalini universitet talabalari bilan birga tomosha qilmoqdamiz. Talabalar bilan birgalikda universitet birinchi prorektori Sherzod Hamidovich, Yoshlar yetakchisi Ikrom Davurov ham bor.

SamDAQU matbuot kotibi @JavlonRashidovich

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

🇶🇦 JAHON CHEMPIONATI — 2022! FINAL!

🇶🇦 ARGENTINA - FRANSIYA 🇶🇦

Universitet katta faollar zalida barcha universitet talabalarini FUTBOL KECHASIga taklif etamiz!

O‘yin boshlanish vaqti soat 20:00 da!
LIVE!
#BirgaKo‘ramiz #FIFA2022 #WorldCup

SamDAQU matbuot kotibi @JavlonRashidovich

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Shanba imtihonlarining bir qismini payshanba kunlari, bazilarini esa juma kunlari qabul qilamiz. Ertaga dekanlardan kerakli ma'lumotlarni olasiz. Faqat bu imtihonlar oxirgi soat sifatida payshanba va juma kunlari o'tkaziladi.

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

SAMDAQU YOSHLARI BUXORODA!
#Ziyorat #IchkiTurizm

Xabaringiz bor 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan yoshlar uchun bir qator tadbirlar tashkil etilgan edi. Ushbu tadbirlarda faol ishtirok etib, bir qator yoshlar Buxoro shahriga bir martalik sayohat sertifikatlarini yutib olishgan edi.

Shu munosabat bilan ayni damda SamDAQUning faol yoshlari Buxoroga tashrif buyurishgan. Batafsil keyinroq..


SamDAQU Yoshlari kanali
@samdaquyoshlari

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️E’LON!

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining oliy ta’limdan keyingi ta’lim tayanch doktorantura (PhD) talabgorlari uchun mutaxassislik fanlaridan kirish imtihonlari hamda (DSc) doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hamda stajyor tadqiqotchi talabgorlar bilan suhbat

❗️2022-yil 19-dekabr kuni soat 10:00 da (universitet bosh binosining 7-qavatida) bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

Jarayonni onlayn kuzatish uchun havolalar:
https://rtsp.me/embed/s5GhBtf7/
https://rtsp.me/embed/NBFs2KBZ/


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

#WENHUI
UNESCOning Osiyo va Tinch okeani mintaqaviy ta’lim byurosi 2022 yil uchun «Ta’limni qayta tiklash uchun ta’lim innovatsiyalari» mavzusida «Wenhui» mukofotiga tanlov e’lon qilinganligini ma’lum qilgan. Mukofot Osiyo va Tinch okeani mintaqasida UNESCOga a’zo davlatlar fuqarolari (2 nafar) yoki tashkilotga ta’lim innovasiyalaridagi ilg’or yutuqlari uchun beriladi. Mukofot miqdori 20 000 AQSh dollarini tashkil qiladi.

Mukofotga nomzodlik shaklini to’ldirishda quyidagi hujjatlarga e’tiborli bo’lish zarur:
1. Konsepsiya;
2. Nomzodlik shakli;
3. Innovatsiyalar xulosasi uchun shakl;
4. Tez-tez so’raladigan savollar.

Bundan tashqari, mukofotga da’vogarlik qilayotgan nomzod quyidagi mezonlarga mos kelishi lozim:
• Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi UNESCOga a’zo davlatlar fuqarolari bo’lishi;
• XXI asrda ta’lim sohasidagi ilg’or tajribalarga mos keladigan hamda ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan innovatsion amaliyotlar ishlab chiqqan va joriy qilgan bo’lishi;
• nomzodlarning innovatsiyalari Osiyo va Tinch okeani mintaqasida ta’lim imkoniyatlari va sifatiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan bo’lishi;
• ta’limni ommalashtirish, ta’lim sifatini oshirish va ta’limni rag’batlantirishga qat’iyatli munosabatda bo’lishi va h.k.

Ariza beruvchilar barcha talab qilinadigan materiallarni «Wenhui» mukofoti kotibiyati elektron manziliga ( Wenhui.Award@unesco.org ) 2023 yil 27 yanvar 24.00 ga qadar (Bangkok vaqti (UTC+7) taqdim etishlari lozim.
Tanlov to’g’risidagi to’liq ma’lumotni quyidagi veb-sahifa orqali olishingiz mumkin:
https://bangkok.unesco.org/content/wenhui-award-2022-callapplications-nominations-educational-innovations-learning-recovery-unesco.

Shuningdek, to’liq ma’lumot quyidagi ijtimoiy tarmoqlardagi havolalarda
mavjud:
https://facebook.eom/unescobangkok/posts/pfbid034oCqWVL8JJt8M44D8OULLc
DBw

https://twitter.com/unescobangkok/status/1585904282939052032

Barcha kerakli hujjatlar, materiallar va zarur ma’lumotlar ilovada yuborilmoqda.

SamDAQU | Xalqaro hamkorlik bo’limi
@samdaqu_xhb

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⭕️⭕️⭕️E’LON!
#IlmiySeminar

2022-yilning 16-dekabr kuni soat 11:00 da
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura- qurilish universiteti o‘qituvchisi Fayziyev Zafar Xaydarovichning 05.05.06 - “Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Faol elementlarga ega bo‘lgan o‘z-o‘zini drenaj qiluvchi gelioqurilmalarning gidrodinamik rejimlarini takomillashtirish” mavzusidagi tayyorlangan dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.

Ilmiy rahbar: texnika fanlari doktori, professor, Rashidov Yusuf Karimovich
Ish bajarilgan tashkilot: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti

Manzil: SamDAQI bosh binosining 4-qavat “Issiqlik gaz ta’minoti, ventilyatsiya va servis” kafedrasining 419-xonasi.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⭕️⭕️⭕️ELON!

Universitet hududida Jumanazarov Ravshanbekka tegishli (Anorbank) karta topib olindi. Karta egasi bosh bino 216 -xonadan olib ketishi mumkin.

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

💰1 млрд ғолибига айланинг: Қурилиш вазирлиги “Янги Тошкент меъморий қиёфаси” танловига старт берди

Б
угун, 10 декабрь куни “ТошкентбошпланЛИТИ”да ушбу танловни ўтказиш босқичлари, йўналишлари, танловда иштирок этиш шартлари бўйича иштирокчиларга тушунтириш берилган.

Лойиҳачилардан тарих, туризм ва тeхнология йўналишларининг мавзуси ва функцияларидан келиб чиқиб, Учинчи ренессанс ғоясига муносиб бетакрор лойиҳаларни ишлаб чиқиш талаб этилмоқда.

Энг муносибларга тақдим этилувчи супер қийматдаги мукофотлар:

Ҳар бир йўналиш бўйича:

1-ўринга – 1 млрд. сўм миқдорида

2-ўринга – 300 млн. сўм миқдорида

3-ўринга – 100 млн. сўм миқдорида

Махсус ўрин эгаларига 50 миллион сўмдан пул мукофотлари топширилади.

Танловда рўйхатдан ўтишнинг сўнгги куни: 2022 йилнинг 15 декабрь куни.

Танловда иштирок этиш шартлари билан hayotlab@boshplan.uz электрон почта манзили орқали батафсил танишишингиз мумкин.

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni! #MUROJAAT

Korrupsiya-davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfdir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab “9-dekabr — Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida nishonlanib kelinmoqda.

Korrupsiya — fanga, ta’limga, tadbirkorlikka, sog‘liqni saqlashga va boshqa ko‘plab sohalarga jiddiy zarar yetkazadi. Mamlakat korrupsiyalashgan tizimda muvaffaqiyatli rivojlana olmaydi. Chunki u umumiy boylikning qisqarishiga yoki turg‘unligiga olib keladi.

Hurmatli professor-oqituvchilar, ishchi – xodimlar! Qadrli talaba-yoshlar!

Universitetimizda sog‘lom va har qanday illatlardan xoli bo‘lgan ta’lim-tarbiya muhitini shakllantirish bugun har birimizning eng muhim va ustuvor vazifamizdir. Bu yo‘lda to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etishga, ta’lim tizimimizning sofligi va shaffofligini ta’minlashga barchamiz birdek mas’ulmiz!

Korrupsiyaga qarshi kurashishda birlashaylik!

SamDAQU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…
Subscribe to a channel