Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar, assalomu alaykum aziz talabalar!
#RektorTabrigi
Mana bir necha soatlardan so‘ng 2022-yilimizni yakunlab 2023-yilni qarshilash arafasidamiz. Yangi yilni menimcha hamma oila davrasida kutib oladi va ushbu bayramni hamma sabrsizlik bilan kutadi deb aytsam mubolag‘a bo‘lmaydi. Sababi yangi yil oilaviy bayramlardan biri hisoblanadi. Dasturxon atrofida barcha qadrdonlar jamlanadi, yil sarhisobi olib borilib qadah so‘zlari aytiladi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida 2022-yilni sarhisob qiladigan bo‘lsak juda omadli va katta yutuqlarni olib keldi. Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi biz uchun muhim bo‘lgan Prezident qarori qabul qilindi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH UNIVERSITETI sifatida qayta tashkil etilib, madaniy meros obyektlarini tiklash, dizayn, arxitektura, qurilish, urbanizatsiya va muhandislik yo‘nalishlariga ixtisoslashtirildi.
Azizlar ijozatingiz bilan bu hammamizning, bizning bir oila bo‘lib harakat qilganimiz natijasi deb e’tirof etmoqchiman. Buning uchun universitetning har bir professor-o‘qituvchisi va xodimiga alohida tashakkur izhor etaman.
Ushbu o‘zgarish juda katta yutuq, shaxsan menga faxr-iftixor bag‘ishladi. Va shu bilan birga bizga endi juda katta mas’uliyat ham yuklaydi. Yangi yilda oldimizga qo‘ygan maqsadlarimiz juda katta! Oilamiz katta, kelajagi porloq karvonda safarga otlanmoqda. Ushbu safarda barcha oilamiz a’zolarini universitetimiz ravnaqi uchun fidokorona harakat qilishga, aziz yoshlarimizdan esa bor kuch-g‘ayratlarini ishga solib yuqori natijalar bilan xalqaro maydonlarda sharafli himoya qilishlariga, oliy ta’li muassasasimiz obro‘ini yanada ko‘klarga ko‘tarishda faollikka chorlab qolaman.
Bundan tashqari universitetimizning bir guruh yoshlari ham ushbu yilda bizni juda xursand qildi. Ularning yutuqlarini alohida ta'kidlab o‘tmoqchiman. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli qaroriga asosan universitetimizda bir nafar Prezident davlat stipendianti, bir nafar Islom Karimov davlat stipendianti hamda uch nafar Beruniy davlat stipendiantlari sovrindorlari bizning yoshlarimiz orasidan munosib ko‘rilgani barchamizni quvontirdi. Avvalo sizga ta’lim tarbiya bergan ota-onangizga hamda ustozlaringizga rahmat, biz bu mehnatlaringizni qadrlaymiz!
Fursatdan foydalanib yana bir bor men sizlarni, siz orqali oila a’zolaringizni kirib kelayotgan yangi yil bilan o‘zim va oilam nomidan chin yurakdan samimiy muborakbod etaman! Ushbu 2023-yil barchamizning oilamizga baxt, faoliyatimizda davomida omad, yaqinlar atrofida doimo quvonch va shodliklarga to‘la yil bo‘lsin!
Hurmat bilan Chidem Janbay Turkyilmaz
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
#Tayinlov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Ibrohim Yo‘lchiyevich Abdurahmonov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlandi va shu munosabat bilan Innovatsion rivojlanish vaziri lavozimidan ozod etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори билан:
- Улугбек Ахмадович Азамов Ўзбекистон Республикаси маданият ва туризм вазирининг биринчи ўринбосари лавозимига;
- Алишер Зафар ўғли Саъдуллаев Ўзбекистон Республикаси ёшлар сиёсати ва спорт вазирининг биринчи ўринбосари – Ёшлар ишлари агентлиги директори лавозимига;
- Шерзод Саиджанович Хидоятов Ўзбекистон Республикаси қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирининг биринчи ўринбосари лавозимига;
- Нозим Бахтиёрович Хусанов Ўзбекистон Республикаси
камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирининг биринчи ўринбосари лавозимига;
- Агриппина Васильевна Шин Ўзбекистон Республикаси мактабгача ва мактаб таълими вазирининг биринчи ўринбосари лавозимига;
- Нарзулло Наимович Обломурадов Ўзбекистон Республикаси табиат ресурслари вазирининг ўринбосари лавозимига тайинланди.
Facebook|Instagram|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори билан:
- Шахрух Шатургунович Шарахметов Ўзбекистон Республикаси Рақобатни ривожлантириш ва истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш қўмитаси раиси лавозимига тайинланди;
- Содиқ Донақулович Тошбоев Ўзбекистон Республикаси Дин ишлари бўйича қўмитаси раиси лавозимига тайинланди;
- Баходир Абдусаломович Бегалов Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Статистика агентлиги директори лавозимига тайинланди;
- Абдушукур Абдужамилевич Садиков Ўзбекистон Республикаси Миллий антидопинг агентлиги директори лавозимига тайинланди;
- Олим Хайруллаевич Нарзуллаев Ўзбекистон Республикаси Наркотик моддаларни назорат қилиш миллий ахборот-таҳлил маркази директори лавозимига тайинланди.
Facebook|Instagram|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли фармонлари билан:
- Тимур Аминджанович Ишметов Президентнинг иқтисодиёт соҳаларини ривожлантириш, инвестиция ва ташқи савдо сиёсатини амалга ошириш масалалари бўйича маслаҳатчисининг биринчи ўринбосари лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси молия вазири лавозимидан озод этилди;
- Абдукодир Хамидович Тошкулов Президентнинг ёшлар, фан, таълим, соғлиқни сақлаш, маданият ва спорт масалалари бўйича маслаҳатчиси ўринбосари лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Ўзбекистон Республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазири лавозимидан озод этилди.
Facebook|Instagram|Twitter
SAMDAQU PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI E’TIROF ETILDI
#E’tirof
Universitet Kengashining 2-3-sonli yig‘ilishida universitetning “Oliy matematika” kafedrasi katta o‘qituvchisi Kulmirzayeva Gulrabo Abduganiyevna hamda “Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish” kafedrasi katta o‘qituvchisi Odilova Gulbahor Shoirovna MDH davlatlari o‘rtasida Xalqaro Bobek harakati tomonidan o‘tkazilgan “100 yangi chehra — 2022” iqtidorli insonlar xalqaro ensiklopediyasida ishtirok etib I darajali diplom va esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Shuningdek Sultonova Dilshoda Namozovnani “Zinaida Kovalevskaya va Chingiz Axmarovning badiiy merosini o‘rganish” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyasidagi faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.
Ushbu yutuqlar bilan professor-o‘qituvchilarni universitet ma’muriyati e’tirof etdi va chin yurakdan samimiy muborakbod etdi.
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
UNIVERSITET KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
#Kengash #SamDAQU
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining 2-3-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Universitet kengash yig‘ilishi doimgidek yaxshi yangiliklar bilan boshlandi. Faoliyati doirasida yutuqlarga erishgan professor-o‘qituvchilar e’tirof etildi. Shundan so‘ng kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha ma’ruzachilarning ma’lumotlari tinglandi va muhokama etildi.
Kun tartibiga ko‘ra:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus bo‘yicha universitetda olib borilayotgan ishlar xususida Yoshlar masalalari va ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzoqovning;
2. Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining 2021-yilgi reyting natijalari va 2022-yilda kutilayotgan ko‘rsatkichlar to‘g‘risida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Uktam Sirojiddinovning;
3. Universitetda Korrupsiyaga qarshi kurashish, “Komplaens nazorat” tizimi bo‘yicha olib borilgan ishlar to‘g‘risida Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Zikrillo Yasakovning;
4. Universitet kafedralari kesimida professor va dotsent ilmiy unvonlariga tavsiya berish masalasi va turli masalalar bo‘yicha OTM kengashi kotibi Anvar Jo‘rayevning ma’ruzalari tinglandi.
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
⏺💻 IJTIMOIY SO‘ROVNOMA
SamDAQU psixologi Sardor Otayorov va Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamkorligida “Biz o‘qigan kitoblar sarhisobi” so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda.
Aziz talabalar so‘rovnomada faol va xolisona javoblarni belgilashingizni so‘raymiz.
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
⏺Live #Kengash
Ayni damda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
2023-yil 1-yanvardan Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari amalga oshiriladi
Batafsil infografikada 👆
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
Президент Шавкат Мирзиёевнинг 2022 йилдаги фаолиятида энг муҳим ва ёрқин воқеалар
—
Самые важные и яркие события в деятельности Президента Шавката Мирзиёева в 2022 году
Facebook|Instagram|Twitter
TAʼLIM SIFATINI OSHIRISH — YANGI OʻZBEKISTON TARAQQIYOTINING YAKKAYU YAGONA TOʻGʻRI YOʻLI
#munosabat
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasida taʼlim xizmatlari sifatini oshirish va jamiyatni rivojlantirish boʻyicha muhim vazifalarni belgilab berdi.
Mazkur tadbir mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqea boʻldi. Chunki unda mamlakat hayotining barcha jabhalari qamrab olingan, mavjud vaziyatga oqilona baho berilgan. Mamlakat salohiyati bilim va tafakkurda ekanligiga urgʻu berilib, “Taʼlim sifatini oshirish — Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona toʻgʻri yoʻli” ekanligi taʼkidlandi. Taʼlim sifati uchun bogʻcha tarbiyachisi va maktab oʻqituvchisidan tortib mamlakat taʼlim tizimining barcha bosqichlari mutassadilarining masʼuliyatini oshirish vazifasi qoʻyildi.
“Inson qadri uchun” deb nomlangan 2022-yilning mantiqiy davomi sifatida kirib kelayotgan 2023-yil “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”, deb eʼlon qilinishi biz uchun ham sharaf, ham masʼuliyatdir. Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, mamlakatimiz Prezidenti va hukumati soʻnggi yillarda mamlakatda taʼlim sifatini oshirishga jiddiy eʼtibor qaratmoqda. Oʻylaymanki, kelgusi yilda taʼlim tizimida yanada jiddiy islohotlar hayotga tatbiq etiladi.
Oʻzbekiston taʼlim tizimida islohotlar davom etayotgani va faollashayotganini alohida taʼkidlashni istardim. Zotan, xalqimiz mamlakatimizda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar natijasini koʻrib turibdi. Kelgusi yillarda ham yangi maktablar qurish, taʼlim tizimida islohotlarini davom ettirish, oʻqituvchi va murabbiylar mavqei hamda nufuzini oshirish boʻyicha ham katta rejalar qilinganligi barcha taʼlim sohasi xodimlarini behad quvontirdi. Ayniqsa, oʻqituvchilar obroʻsini yuksaltirishni mamlakatimizning asosiy qonuni – Yangi konstitutsiyamizga muhrlab qoʻyilishi davlatimizda taʼlim sohasiga yuksak eʼtibor qaratilayotganligi ifodasidir.
Oliy taʼlimga nisbat berilsa, taʼlim sifatini oshirish, korrupsiyaga barham berish, universitetlar oʻrtasida haqiqiy raqobat muhitini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Bugungi kunda mehnat bozorining talablari sezilarli darajada oʻzgarib bormoqda, yuqori professional malakaga ega raqobatbardosh kadrlarga boʻlgan ehtiyoj ortib bormoqda. Muvaffaqiyatning asosiy mezoni universitet bitiruvchilariga nufuzli soha korxonalaridan boʻlgan talab, ularning yuqori haq toʻlanadigan ishlarga qabul qilinganligi bilan oʻlchanishi kerak. Chunki, bitiruvchida oliy maʼlumot olganligini tasdiqlovchi diplomining borligi unga ixtisosligiga mos ish topishiga kafolat berolmaydi.
Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek, “...mamlakatimizda oliy taʼlimga oʻqishga kirishdagi korrupsiya deyarli yoʻq boʻldi. Lekin oliy taʼlim muassasalari ichidagi korrupsiya hamon saqlanib qolmoqda”. Taʼlim tizimini, ayniqsa, oliy taʼlimni korrupsiya illatidan butkul halos etishimiz zarur. Bunga faqat targʻibot uchrashuvlarini koʻpaytirish, ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish bilan erishib boʻlmasa kerak. Agar jamiyatda korrupsiyani yoʻqotsak, taʼlim sifatini oshirsak, bu universitetlarimiz manfaatlariga xizmat qiladi, eng asosiysi, yoshlarimizga zamonaviy sifatli taʼlim beriladi.
Uktam Sirojiddinov
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
MDGKU PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI TOMONIDAN MAHORAT DARSLARI TASHKIL ETILDI
#Seminar
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Geodeziya va kartografiya” kafedrasi professor o‘qituvchilari bilan Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti professori “Geodeziya” kafedrasi mudiri Oznamets Vladimir Vladimirovich ishtirokida “O‘qituvchilar va yosh olimlar uchun zamonaviy yondashuvlar, fazoviy ma’lumotlarni qo‘llash sohasidagi dolzarb tadqiqotlar” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Ushbu ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti Kartografiya fakulteti dekani Zagrebin Gleb Igorevich tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.
#SamDAQU #МИИГАиК
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
Delegatsiya a'zolari va SamDAQU rahbariyati bilan suhbat jarayonlaridan.. #fotoreportaj
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
Kirib kelayotgan bayram bilan!
Yangi 2023-yilda obunachilaringiz soni keskin ortib borishini, qamrovlar koʻpayishini, sifatli faol auditoriyaga ega boʻlishingizni va, albatta, baxt va salomatlik tilab qolamiz.
Bizdan anʼanaviy sovgʻa — kanalingiz uchun bu yil qanday oʻtgani haqidagi maktub.
2023-yilda koʻrishguncha,
@TGStat jamoasi
Сифатли таълим вақти келди
—
Пришло время качественного образования
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Tayinlov
Abduqodir Hamidovich Toshqulov Prezidentning yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri lavozimidan ozod etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори билан:
- Акмалхужа Юсупович Мавлонов Ўзбекистон Республикаси Иқтисодиёт ва молия вазирлиги ҳузуридаги Божхона қўмитаси раиси лавозимига;
- Бахромжон Тураевич Норқобилов Ўзбекистон Республикаси Қишлоқ хўжалиги вазирлиги ҳузуридаги Ветеринария ва чорвачиликни ривожлантириш қўмитаси раиси лавозимига;
- Низомидин Жалилович Бакиров Ўзбекистон Республикаси Табиат ресурслари вазирлиги ҳузуридаги Ўрмон хўжалиги агентлиги директори лавозимига;
- Бахтиёр Вахабович Гулямов Ўзбекистон Республикаси Тоғ-кон саноати ва геология вазирлиги ҳузуридаги Тоғ-кон, геология ва саноат хавфсизлиги назорат инспекцияси бошлиғи лавозимига тайинланди.
Facebook|Instagram|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан:
- Ачилбай Жуманиязович Раматов Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари лавозимига;
- Джамшид Анварович Кучкаров Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари лавозимига;
- Жамшид Абдухакимович Ходжаев Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари лавозимига;
- Зулайхо Бахриддиновна Махкамова Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари лавозимига;
- Шерзод Давлятович Кудбиев Ўзбекистон Республикаси иқтисодиёт ва молия вазири лавозимига;
- Лазиз Шавкатович Кудратов Ўзбекистон Республикаси инвестициялар, саноат ва савдо вазири лавозимига;
- Бобир Фархадович Исламов Ўзбекистон Республикаси
тоғ-кон саноати ва геология вазири лавозимига;
- Батир Иркинович Закиров Ўзбекистон Республикаси
қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазири лавозимига;
- Бехзод Анварович Мусаев Ўзбекистон Республикаси камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазири лавозимига;
- Иброхим Юлчиевич Абдураҳмонов Ўзбекистон Республикаси олий таълим, фан ва инновациялар вазири лавозимига;
- Хилола Уктамовна Умарова Ўзбекистон Республикаси
мактабгача ва мактаб таълими вазири лавозимига;
- Азиз Абдукахарович Абдухакимов Ўзбекистон Республикаси табиат ресурслари вазири лавозимига;
- Адхам Ильхамович Икрамов Ўзбекистон Республикаси ёшлар сиёсати ва спорт вазири лавозимига;
- Шерзод Хотамович Шерматов Ўзбекистон Республикаси рақамли технологиялар вазири лавозимига;
- Озодбек Ахмадович Назарбеков Ўзбекистон Республикаси маданият ва туризм вазири лавозимига;
- Жўрабек Турсунпулатович Мирзамаҳмудов Ўзбекистон Республикаси энергетика вазири лавозимига;
- Амрилло Шодиевич Иноятов Ўзбекистон Республикаси соғлиқни сақлаш вазири лавозимига тасдиқланди.
Facebook|Instagram|Twitter
BIRINCHI PROREKTOR JAMOAGA TANISHTIRILDI
#Kengash #TashkiliyMasala
Xabaringiz bor Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ–416-son, 08.11.2022-y.)ga ko‘ra Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti sifatida qayta tashkil etilib, madaniy meros obyektlarini tiklash, dizayn, arxitektura, qurilish, urbanizatsiya va muhandislik yo‘nalishlariga ixtisoslashtirildi.
Shuningdek, universitetimiz Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimiga o‘tkazildi. Universitet tuzilmasida Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor lavozimi joriy etilishi haqida ko‘rsatilgan edi.
Yuqoridagi qarorga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘iga asosan Ibragimov Botir Dastamovich Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlanganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.
Universitet Kengashining 2-3-sonli yig‘ilishida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi Unda Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor Botir Ibragimov universitet jamoasiga tanishtirildi.
Botir Ibragimov 1983-yilda tug‘ilgan. 2006-yilda Toshkent avtomobillar-yo‘llar instituti bakalavr, 2008-yil shu institutning magistraturasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Toshkent davlat transport universitetida kafedra mudiri hamda fakultet dekani lavozimlarida faoliyat yuritgan. Texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega.
#Tayinlov #BirinchiProrektor #SamDAQU
SamDAQU matbuot kotibi @JavlonRashidovich
SAMDAQU PROFESSORLARI TANIQLI OLIMLAR ENSIKLOPEDIYASIDA
#E’tirof
O‘zbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasining 1-tomi chop etildi. Ushbu ensiklopediyaning sahifalaridan SamDAQUning ikki nafar professorining faoliyati ham o‘rin oldi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Kengashining 2-3-sonli yig‘ilishida professor, texnika fanlari nokmzodi Jo‘raqulov Doniyor Ochilovichni hamda professor, Arxitektura fanlari doktori Uralov Axtam Sindarovichni ushbu katta yutuq bilan universitet ma’muriyati e’tirof etdi va chin yurakdan samimiy muborakbod etdi.
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
DAMASHQ UNIVERSITETINING PROFESSORI TALAL AVVAD TASHRIF BUYURDI
#seminar #hamkorlik
Joriy yilning 28-dekabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga Damashq universitetining professori Talal Avvad tashrif buyurdi.
SamDAQU ilmiy-tadqiqotchilariga Damashq universitetining professori Talal Avvad tomonidan “Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorsozlikning dolzarb masalalari”, “Tarixiy me’moriy obidalarni qayta tiklash” mavzularida ma’ruza darslari tashkil etildi.
Ma’ruza davomida universitet professor-o‘qituvchilari bilan mavzuga oid savol-javoblar hamda munozaralar olib borildi. Shuningdek SamDAQU professorlari Z.Sirojiddinov, I.Shukurov, A.Xasanovlar tomonidan bu dolzarb masalalar yechimlarini topishda universitetlar orasida hamkorlik olib borish kerakligi ta’kidlandi.
Ma’ruza darslaridan so‘ng professor Talal Avvad SamDAQU rektori Chidem Turkyilmaz qabulida bo‘ldi. Rektor professor Talal Avvad bilan kelajakda universitetlar o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha memorandumlar tuzish hamda hamkorlik aloqalarini kengaytirish to‘g‘risida fikr almashdilar.
Uchrashuv so‘ngida Chidem xonim professor Talal Avvadga avvalo tashrif uchun minnatdorlik izhor etib, shu kabi ma’ruza darslarini universitetimiz yosh ilmiy-tadqiqotchilariga yanada kengroq va ko‘proq o‘tkazishni taklif etdi.
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
TA’ZIYANOMA
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Iqtidorli talabalar boʻlimi boshligʻi Qosimova Farogʻat hamda Reja-moliya boʻlimi boshligʻi Qosimov Abduvahobning onasi Shaxribonu ayani vafot etgani munosabati bilan universitet ma’muriyati va professor-oʻqituvchilari nomidan hamdardlik izhor etamiz.
Janoza marosimi bugun soat 13:00 da.
Manzil: Urgut tuman, Tersak 2 qishlogʻi.
🏛 Bugun soat 14:30 da Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining kichik faollar zalida universitet kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
#KengashSamDAQU
💼 Kun tartibida quyidagi masalalar o‘rin olgan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus bo‘yicha universitetda olib borilayotgan ishlar xususida;
2. Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining 2021-yilgi reyting natijalari va 2022-yilda kutilayotgan ko‘rsatkichlar;
3. Universitetda Korrupsiyaga qarshi kurashish, “Komplaens nazorat” tizimi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
4. Universitet kafedralari kesimida professor va dotsent ilmiy unvonlariga tavsiya berish masalasi va turli masalalar muhokamasi o‘rin olgan.
SamDAQU matbuot kotibi @JavlonRashidovich
Ислоҳотлар самараси: олий таълим мисолида
#Mirziyoyev #YangiUzbekiston #islohotlar #oliytalim
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#abituriyentga_qulaylik
⚡️@eduuzuniversalbot yangilandi
Unda abituriyentlar 2023/2024-oʻquv yili bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga test topshiriladigan fanlar majmuasi hamda test savollari tushadigan darsliklar roʻyxatini oson topishi mumkin.
Shuningdek:
🏛 OTM haqida maʼlumotlar (joylashgan manzili, sayt va ijtimoiy tarmoqlari, undagi mavjud yo‘nalishlar v.h);
✔️Xorijiy hamda nodavlat OTMdan oʻqishni koʻchirish boʻyicha 2022-yil uchun oʻtish ballari.
☝️@eduuzuniversalbot biz sanamagan yana koʻplab qulayliklarga ega.
Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
MOSKVA DAVLAT GEODEZIYA VA KARTOGRAFIYA UNIVERSITETI BILAN XALQARO HAMKORLIK O‘RNATILDI
#XalqaroHamkorlik
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti va Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti bilan Xalqaro hamkorlik o‘rnatildi.
Hamkorlik hujjatlarini SamDAQU rektori Chidem Turkyilmaz va MDGKU delegatsiya rahbari Svetlana Shvedova imzoladilar. Tomonlar hujjatlar imzolanishidan so‘ng, universitet ramzlari tushirilgan esdalik sovg‘alari bilan almashdilar. Shuningdek tadbir so‘nggida esdalik uchun foto muhrlandi.
#SamDAQU #МИИГАиК
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Chidem Turkyilmaz qabulida Geodeziya, kartografiya, kadastr va yerni masofadan zondlash sohalarida kadrlar tayyorlash boʻyicha Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Tarmoq universitetining delegatsiyasi bilan kelajakda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda amalga oshiriladigan loyiha hujjatlari muhokama etildi.
Loyiha yordamida:
- MDH tarmoq universiteti geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash sohalarida kadrlar tayyorlash uchun MDHga aʼzo davlatlarning taʼlim va sanoat tashkilotlari konsorsiumini yaratish;
- MDH mamlakatlari universitetlarining milliy iqtisodiyot ehtiyojlarini yuqori aniqlikdagi va dolzarb, ishonchli va sifatli geofazoviy axborot va unga asoslangan texnologiyalar bilan samarali qondirish uchun yagona ilmiy-taʼlim makonini yaratish;
- Kadrlar salohiyatini barqaror rivojlantirish, yuqori malakali muhandis kadrlar qayta ishlab chiqarishni ta’minlash va malaka oshirish tizimini shakllantirish bo‘yicha tarmoq strategiyasini ishlab chiqish;
- Oliy taʼlim va doktoranturaning barcha darajalarida qoʻshma taʼlim dasturlarini (JEP) yaratish va amalga oshirish, jumladan, malaka oshirish, qoʻshimcha kasbiy taʼlim va akademik almashinuvning tarmoq miqyosidagi tizimini, shu jumladan, eng yaxshi milliy va xalqaro mutaxassislar almashinuvi dasturlarini shakllantirish, amaliyotlar;
- Soha manfaatlari yo‘lida innovatsion va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, xalqaro ilmiy jamoalar va laboratoriyalar, startap-studiyalar, malaka oshirish markazlarini tashkil etish;
- Milliy darajada hamda Hamdo‘stlik darajasida ham barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun sanoat texnologiyalarini ilgari surish va muvofiqlashtirilgan yondashuvlarni shakllantirishga qaratilgan muntazam forumlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish;
- Potensial talabgorlar, bitiruvchilar va boshqa manfaatdor tomonlar o‘rtasida sanoat kasblari va yutuqlari maqomini targ‘ib qilish va mustahkamlashga erishish;
- Gibrid va masofaviy formatdagi taʼlim dasturlarini oʻzlashtirish, shuningdek, bilim va ilgʻor tajriba almashish uchun onlayn xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beruvchi tarmoqqa oid raqamli axborot-taʼlim platformasini yaratish;
- Barcha ta’lim turi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsad qilingan.
#Geodeziya #Kartografiya #XalqaroHamkorlik #SamDAQU #МИИГАиК
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
MOSKVA DAVLAT GEODEZIYA VA KARTOGRAFIYA UNIVERSITETI DELEGATSIYASI TASHRIF BUYURDI
#XalqaroHamkorlik
Joriy yilning 22-dekabr kuni Geodeziya, kartografiya, kadastr va yerni masofadan zondlash sohalarida kadrlar tayyorlash boʻyicha Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Tarmoq universitetining delegatsiyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida bo‘ldi.
Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti(MDGKU)ning a’zolari delegatsiya rahbari, xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori Shvedova Svetlana Viktorovna, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Ponomareva Inna Vitalievna, “Geodeziya” kafedrasi mudiri professor Oznamets Vladimir Vladimirovich, Kartografiya fakulteti dekani Zagrebin Gleb Igorevich tashrif buyurdilar.
Dastlab delegatsiya tarkibi SamDAQU kichik faollar zalida universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Uchrashuvda ikki tomon rahbarlarining nutqlari tinglandi, shuningdek delegatsiya a’zolari tomonidan tashrifning asosiy maqsad va vazifalari xususida so‘z yuritildi.
Ushbu loyiha kordinatori MDHga aʼzo davlatlarning geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha tayanch tashkiloti Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti hisoblanadi.
Loyihaning asosiy maqsadlaridan biri MDH Tarmoq universiteti geodeziya, kartografiya, kadastr va yerni masofadan turib zondlash sohalarida kadrlar tayyorlash bo‘yicha MDHga aʼzo davlatlarning taʼlim va sanoat tashkilotlari konsorsiumini yaratish hisoblanib hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlarning milliy iqtisodiyotlarini barqaror rivojlantirish va fazoviy ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va qo‘llash sohasida texnologik yetakchilikni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Uchrashuv so‘nggida Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti xususida batafsil taqdimotlar, taqdimotdan so‘ng tezkor viktorina o‘yinlari o‘tkazildi. Tezkorlik bilan javob bergan ishtirokchilarga universitet ramzi tushurilgan esdalik sovg‘alari topshirildi.
#Geodeziya #XalqaroHamkorlik #SamDAQU #МИИГАиК
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz