samdaqueduuz | Unsorted

Telegram-канал samdaqueduuz - SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

6609

© SamDAQU Axborot xizmati Murojaat uchun: @samdaqicontactbot SamDAQU matbuot kotibi: @JavlonRashidovich

Subscribe to a channel

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

#e’lon

⚡️Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 2023-yil 2-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim — phd.mininnovation.uz orqali hujjatlarni onlayn topshirish boshlandi.

Hujjatlar joriy yilning 15-fevraliga qadar qabul qilinadi.

Mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.

Ma’lumot uchun, yuborilgan hujjatlar ilmiy yoki ta’lim tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi.

👉На русском

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Муқаддас қасамёдига ҳамиша содиқ бўлиб, хизмат бурчини ерда ҳам, кўкда ҳам шараф билан адо этаётган баҳодир ва довюрак ҳарбийларимизга Ўзбекистон Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 31 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муборак бўлсин!

С 31-й годовщиной образования Вооруженных Сил Узбекистана и Днем защитников Родины вас, храбрые наши воины, верные священной присяге, с честью выполняющие свой долг на суше и в воздушном пространстве!

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Universitet Xotin-qizlar masalalari maslahat Kengashi raisi, rektor maslahatchisi Muqaddas Boboqulova Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrik yoʻlladi


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 31 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Праздничное поздравление в связи с 31-летием образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днем защитников Родины

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

DOKTORANTLARIMIZ TURKIYADA MALAKA OSHIRIB QAYTDILAR
#MalakaOshirish

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti bir guruh doktorantlari Turkiyaning Anqara viloyati, Chankaya tumani, Sanjak mahallasida joylashgan “BCT Inshoot Me’morlik Muhandislik Konsalting Anonim Shirkati”da muhandislik, me’morlik va shaharsozlik mavzulari doirasida malaka oshirish kurslarida bo‘lib qaytdilar.

2022-yilning 12-30-dekabr kunlarida universitet tomonidan yuborilgan doktorantlar Narkulov Olmosjon, Yarashev Fozilbek, Ismoilov Arslonbek, Saliyeva Noilya, Toshtemirov Mirjalol 18 kunlik malaka oshirish kurslarida o‘z faoliyatlarini olib bordilar.

Malaka kurslarida bo‘lib qaytgan doktorantimizdan batafsil tafsilotlarni bilish uchun fikrlari bilan tanishamiz:

— Ilk kunimiz “Turk dunyosi me’morlar va muhandislar assotsiyatsiyasi” tashkiloti rahbari Nadir Dogan bilan tanishish bilan boshlandi.. – deydi Olmosjon Narkulov.

Batafsil


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Tyutorlar uchun o‘quv seminar
#seminar

2023-yil 9-yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti bosh binosida tyutorlar uchun o‘quv seminar tashkil etildi.

O‘quv seminarda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sh.Uzokov, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri A.Quldoshev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Ch.Xushmurodova, universitet psixologi S.Otayorov, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi xodimlari va universitetning barcha tyutorlari ishtirok etdi.

O‘quv seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasining ahamiyati hamda ta’lim sohasida belgilangan vazifalar, tyutorning “Vaqt menejmenti”ni to‘g‘ri taqsimlash, undan samarali foydalanish hamda muammolar yechimini maqsadli yo‘naltirish metodikasi, tyutorning “Vaqt menejmenti”ni to‘g‘ri taqsimlash, undan samarali foydalanish hamda muammolar yechimini maqsadli yo‘naltirish metodikasi, ma’naviy va ma’rifiy ishlarni bajarilish mexanizmlari, talabalarda bo‘sh vaqtdan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish usullari, talabalarni madaniy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etishni tartibli tashkil etish mexanizmlari haqida so‘z yuritildi.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Milliy armiyamiz - Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir
#Uchrashuv

2023-yil 6-yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti bosh bino majlislar zalida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida “Milliy armiyamiz - Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir” shiori ostida universitet tyutorlari va xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda Samarqand shahar 1306 harbiy qism kichik serjantlari S.Salimov, B.Anorboyev, N.Nurullayev hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, tyutorlar ishtirok etdi. Uchrashuvda birinchi bosqich talabalarini dars mashg‘ulotlari boshlangach oylik doirasida 3 kunlik o‘quv amaliyotlariga jalb etish, seshanba va juma kunlarini ochiq eshiklar kuni qilish takliflari ilgari surildi.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

❗️Rasman: 2023-yilning 11-yanvardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida dars jarayonlari an’anaviy tarzda belgilangan dars jadvali asosida tashkil etiladi.

📌 Hurmatli talabalar qo‘shimcha ma’lumotlarni fakultet dekanati, mas’ul dekan o‘rinbosarlari hamda guruhlarga biriktirilgan tyutorlardan olishingiz mumkin bo‘ladi.

Ma'muriyat


Universitetning rasmiy ma'lumotlarini kuzatib boring: @samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

#SHOSHILINCH

Xitoy OTMlarida 10 oylik stajirovka o’tash haqida.

Vazirlikdan kelgan xatga asosan 2023/2024 o’quv yili sentabr oyidan boshlab Xitoy Xalq Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida 1 yil davomida stajirovka o’tash (xitoy tili va xitoyshunoslik, muhandislik va texnika yo’nalishlari) bo’yicha stipendiyalar tanlovi elon qilinmoqda.

SamDAQUdan ham 1 (bir) nafar ingliz tilini yuqori darajada biladigan nomzod bo’lishi kerakligi va NOMZODLARNI YOSH O’QITUVCHILAR va OTM XODIMLARI QATORIDAN BO’LISHI TAVSIYA ETILGAN.

O’qish, yashash va stajirovka o’tash bilan bog’liq barcha xarajatlar (viza olish, chiptalar muddatini uzaytirish, ortiqcha yuk hamda Xitoyda tibbiy ko’rikdan o’tish to’lovlaridan tashqari) Xitoy tomonidan qoplanadi.

Stajirovka qatnashchilari uchun Toshkent-Pekin-Toshkent yo’nalishi bo’yicha aviachiptalar xarajatlari (40 ta joy) Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qoplanadi. Qolgan 7 grant uchun aviachipta xarajatlari (borish-kelish) stajirovka qatnashchisi yoki yuboruvchi OTMning o’z hisobidan qoplaydi.

Talablar:
- stajirovka uchun o’tkaziladigan tanlov ishtirokchilari yaqin 3 yil davomida XXR yoki boshqa xorijiy davlatlarning grant yoki stipendiyalarini olmagan bo’lishi kerak;

- stajirovka ingliz tilida tashkil etilishi sabali nomzod ingliz tilini yuqori darajada bilishi zarur;

- nomzod tanlash jarayonida muhandislik-texnik, aniq va tabiiy fanlar yo’nalishlariga urg’u berilgan holda, TANLOVGA IJTIMOIY-SIYOSIY TA’LIM YO’NALISHLARI KIRITILMAGAN;

- Ingliz tili o’qituvchilarini Xitoyda stajirovka o’tash uchun tavsiya etish ushbu stajirovka maqsadlariga mutlaqo mos kelmaydi;

- nomzodlar SamDAQU Xalqaro hamkorlik bo’limiga o’zi haqidagi ma’lumotlarini 13-yanvar sanasiga qadar yuborishi kerak (ismi-sharifi, lavozimi, ma’lumotnomasi - справка объективка, bog’lanish telefonlari);

- nomzodlar suhbat asosida saralab olinadi.

Xalqaro hamkorlik bo'limi
Manzil: SamDAQU bosh binosi 107-xona
Email:
s.samaridinov@samdaqu.edu.uz
Tel: 66 237 05 32

SamDAQU | Xalqaro hamkorlik bo'limi

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

2023-yil 11-yanvardan boshlab oliy hamda professional taʼlim muassasalari va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashgʻulotlari boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni bilan OTM, texnikum, kollej, kasb hunar maktablari va akademik litseylarda oʻquv jarayonini mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tashkil etish tavsiya etildi.

Ushbu jarayonlarni belgilangan tartibda amalga oshirish maqsadida har bir taʼlim muassasasida kecha-yu kunduz faoliyat olib boradigan, malakali mutaxassislardan iborat “Shtab” tashkil etiladi. Anomal sovuq boʻlishi kutilayotgan 10–18-yanvar kunlarida barcha taʼlim muassasalarida har qanday majlislar (jumladan ZOOM shaklida), tadbirlar, masʼullarni asosiy faoliyatidan chalgʻituvchi boshqa yigʻilishlar oʻtkazish taʼqiqlanadi.

Shuningdek, taʼlim muassasalari binolarining issiqlik tizimlarini barqaror ishlashi taʼminlanadi.

Taʼlim muassasalari rahbarlari va tegishli mahalliy hokimliklar talaba-oʻquvchilarni xabardor qilish, ularni OTM joylashgan hududga yetib kelishini taʼminlash hamda mazkur jarayonlarni shaxsan nazoratga oladilar. Oʻquv jarayonlarini tashkil etishda xudud imkoniyatlari, talabalarning noqulay ob-havo sharoitlarida oliygohlarga yetib kelishlari toʻla inobatga olinishi va bunga zarur shart-sharoitlar yaratilishi lozimligi boʻyicha koʻrsatma berildi.

Oʻquv jarayonini tashkil etishda zaruriyat tugʻilganda oʻquv grafigiga oʻzgartirish kiritish ruxsat beriladi. 20-yanvarga qadar talabalarning imtihonlarga tayyorgarlik koʻrishlari tavsiya etiladi.

Alohida taʼkidlaymizki, 20-yanvarga qadar yakuniy nazorat ishlari tashkil etilmaydi.

Ob-havo sharoitlari tufayli oʻqishga kelolmagan talabalarga oʻquv jarayonlarini boshlash hamda nazorat imtihonlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tegishli masofaviy dasturlar taklif qilinadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

#talabaga_yengillik

⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 20-yanvarga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklariga toʻlov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 20-yanvari etib belgilandi.

➡️Shuningdek, qaror bilan 2022-yil 10-dekabrdan keyin kontraktini toʻlaganlarning toʻlovi ham inobatga olinadigan boʻldi.
✍️✍️✍️

⚡️Срок оплаты контрактов на обучение в вузах продлён до 20 января 2023 года

На основании соответствующего решения Государственной комиссии срок оплаты контрактов в высших образовательных учреждениях для абитуриентов, рекомендованных к обучению на платно-контрактной основе по программам бакалавриата высших учебных заведений, специальностей магистратуры на 2022/2023 учебный год, а также для студентов по дифференцированным ставкам, переводящихся (восстанавливающих) и возобновляющих обучение, продлён до 20 января 2023 года.

➡️Также согласно решению будет учтена оплата, осуществленная после 10 декабря 2022 года.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

#munosabat

Taʼtil davrida talabalarga sharoit yaratiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov
respublikamizning barcha oliy taʼlim muassasalari rektorlari va prorektorlariga uzaytirilgan taʼtil yakuniga kelmay oliygohga kelgan talabalarga tegishli shart-sharoitlar yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Ayni damda qishki taʼtil uzaytirildi, ammo yotoqxonaga ertaroq kelib, oʻqishga tayyorgarlik koʻrish yoki boshqa maqsadli ishlarni koʻzlab hududlardan taʼlim muassasalariga kelib boʻlgan talabalarga qishki qoʻshimcha taʼtilni oʻz yaqinlari bilan birga ota-onalari bagʻrida samarali oʻtkazishlari tavsiya qilinadi va bunga barcha sharoitlar yaratish boʻyicha individual ishlar olib borilmoqda.

Havo haroratining keskin tushishi natijasida mavsumiy yuqumli kasalliklarning avj olishi yuqori ekanligi tushuntirilib, har bir talabaga real vaziyatdan kelib chiqib, xohishlariga koʻra zarur sharoit yaratib berish choralari koʻriladi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan mazkur topshiriq barcha taʼlim muassasalari rahbarlariga berilgan. Shuningdek, talabalarning taʼtillarini samarali tashkil etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Shu oʻrinda, oʻz yashash hududlarida qolgan talabalarga oʻz ustilarida ishlash, kitob mutolaa qilish, onlayn darslar orqali oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirishlari tashkil etiladi.

Talabalar har qanday muammoli vaziyatlarda oʻzlari tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasasi rektoratiga murojaat qilishlari soʻraladi.

Bu choralarning barchasi havo haroratining keskin tushishi natijasida talabalar sogʻligiga jiddiy zarar yetkazmaslik maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shu oʻrinda OTMlar rahbariyatiga har bir talaba uchun qoʻshimcha qishki hordiqni samarali tashkil qilish va bunda insoniylik tamoyillariga rioya qilib, masalaga yechim topish qatʼiy belgilandi. Mazkur topshiriq vazirning shaxsiy nazoratida ekanini eslatib oʻtamiz.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Hurmatli professor-oʻqituvchilar, qadrli ota-onalar va talaba-oʻquvchilar!

Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga asosan 10-yanvardan boshlab, havo haroratining keskin pasayishi davrida aholi oʻrtasida, ayniqsa taʼlim tashkilotlarida mavsumiy gripp kasalligining keskin koʻpayishining oldini olish maqsadida oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishki taʼtil muddati 2023-yil 18-yanvarga qadar uzaytirildi.

Dars mashg‘ulotlari 18-yanvardan boshlanadi.

Bu davrda taʼlim tashkilotlari pedagog va boshqa xodimlarga amaldagi ish haqi toʻlovlari saqlanib qoladi.

Shuningdek, taʼtil kunlari talabalar uchun ilmiy maqolalar tayyorlash boʻyicha onlayn seminarlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi.

Talaba-oʻquvchilarning oʻz taʼlim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2023-yilning 18-yanvariga qadar uzaytirildi.

Eng asosiysi, 9-yanvargacha xarid qilingan avia va temir yoʻl chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.

Bundan tashqari, taʼtil uzaytirilishi munosabati bilan avia hamda temir yoʻllarda qoʻshimcha joy (reys)lar ajratiladi.

Ushbu davrda belgilangan dars mashgʻulotlari oʻquv yili davomida tigʻizlashtirib oʻqitiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

#diqqat_tanlov

🎓 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mamlakatimizda amalga oshiralayotgan keng koʻlamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish hamda oʻz iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida “Maʼrifat maydoni” Respublika koʻrik-tanlovini eʼlon qiladi.

🟥Tanlovda sanʼat oliygohlaridan tashqari Respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalari 10 nafargacha boʻlgan talabalardan tashkil topgan jamoalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda jamoalar oʻzaro 3 ta shart boʻyicha bellashadilar:
🔵1-sharti: “Adib hayoti” koʻrgazmali taqdimot chiqish;
🔵2-shart: Tezkor savol-javob;
🔵3-shart “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya”.

🏆 Tanlov gʻoliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🎁 Mintaqaviy bosqichda gʻolib boʻlgan jamoa aʼzolari oʻzi tahsil oladigan taʼlim muassasasining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan planshet, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi.

🟢Respublika bosqichi gʻoliblari esa Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan diplom hamda quyidagi tartibda pul yutuqlari bilan taqdirlanadi.
🟢1-oʻrin 40 million soʻm;
🟢2-oʻrin 25 million soʻm;
🟢3-oʻrin 20 million soʻm;
🟢4-oʻrin 10 million soʻm;
🟢5-oʻrin 5 million soʻm.

Tanlovda ishtirok etish istagidagi talaba-yoshlar oʻzi tahsil olayotgan oliygohning yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻyicha masʼullariga murojaat qilishi mumkin.

📌 Tanlov nizomi

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Energetika vazirligining sovuq kunlarda gaz va elektr energiyaga bo‘lgan talabning oshishi, ularni yetkazib berishda yuzaga kelayotgan muammolar hamda bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan murojaati

Batafsil

▶️@minenergy_uz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Assalomu alaykum hurmatli Universitetimiz erkaklari, qadrli oʻzbek elining mard va jasur oʻgʻlonlari!
#RektorTabrigi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etaman! Siz va siz orqali sizning oilangizga doimo sihat-salomatlik va hamisha baxtiyor kunlar boʻlishini tilayman!

Sizlar borsiz-ki oila deb atalmish qoʻrgʻon mustahkamdir!

Hurmat bilan SamDAQU rektori
Dr. Chidem Janbay Turkyilmaz


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

14 YANVAR — VATAN HIMOYACHILARI KUNI

SamDAQU ma’muriyati barcha yurtdoshlarimizni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 31 yilligi va ushbu sana bilan samimiy muborakbod etadi!


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2023 йил 13 январь кунги 2-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.

Газетада берилаётган материаллар билан /channel/uzbunyodkor телеграм канали ва uzbunyodkor.uz сайти орқали танишиб боришингиз мумкин.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/uzbunyodkor

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

#e’lon
#tanlov

⚡️Talabalar va o‘quvchilar diqqatiga!

“MIRZO ULUGʻBEK VORISLARI” tanlovida qatnashing va o‘z iste’dodingizni ro‘yobga chiqaring!

🗣Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralar hamkorligida yurtimizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish maqsadida “MIRZO ULUGʻBEK VORISLARI” respublika tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlov 16-25 yoshgacha bo‘lgan talaba-o‘quvchi yoshlar o‘rtasida 3 bosqichda tashkil etilib, har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar mazkur sayt yoki telegram-bot (@vorislar_tanlovi_bot) orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar:
+998 97 411 93 54 | +99890 806 63 60

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Tyutorlar Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
#majlis

Joriy yilning 7-yanvarida kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti bosh bino majlislar zalida Tyutorlar Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tyutorlar Kengashining kun tartibida “Talabalarni boy tarixiy, milliy va diniy an’analarimizga yot bo‘lgan illatlar, yani terrorizm, diniy aqidaparastlik, ommaviy madaniyat, missionerlik, narkomaniya, protetilizmga qarshi olib borilayotgan ishlar”, “Talabalarning ota-onalari bilan ularning farzandlari tarbiyasidagi o‘rni, majburiyatlari, mas’uliyati to‘g‘risida”gi uchrashuvlari bo‘yicha Qurilish va Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi fakultetlari tyutorlarining hisobotlari tinglandi.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2023 йил 10 январь кунги 1-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.

Газетада берилаётган материаллар билан /channel/uzbunyodkor телеграм канали ва uzbunyodkor.uz сайти орқали танишиб боришингиз мумкин.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/uzbunyodkor

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

RASMIY XABAR

Bugungi kunda Samarqand viloyatida jami 13 ta oliy ta’lim, 73 ta o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi hamda 1255 ta umumta’lim maktablari mavjud.

Joriy yilning 11-yanvar kunidan 950 ta umumta’lim, 71 ta o’rta-maxsus ta’lim va 13 ta oliy ta’lim muassasalarida an’anaviy shaklda darslar boshlanishini ma’lum qilamiz.

Shuningdek, havo harorati keskin sovigan vaqtda transportda borish qiyinligi, masofa uzoqligi va zarur issiqlik bilan ta’minlash imkoniyati cheklanganligi sababli 97 ta umumta’lim va 2 ta o’rta-maxsus ta’lim muassasalarida 13-yanvardan hamda 208 ta umumta’lim muassasalarida 18-yanvardan o’quv jarayoni boshlanadi.

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Erkinjon Turdimov: Bugungi qorli kunlarda hammamiz birlashib, tezkor harakat qilishimiz shart!

-------

Эркинжон Турдимов: В сегодняшние снежные дни мы все должны объединится и действовать оперативно!

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

📙 Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti psixologidan “Samarali ta’til” shiori ostidagi onlayn tavsiyalarni e’tiboringizga havola etamiz!
#Murojaat

Hurmatli talaba-yoshlar qo‘shimcha ta’tilni o‘zingiz uchun yana bir imkoniyat deb qabul qiling! Ta’tilni samarali o‘tkazish uchun nimalar qilishim mumkin? - degan savolga quydagicha javob berish mumkin:

- o‘z salomatligimni yanada yaxshilash (shifokor ko‘rigidan o‘tish, biror joyim bezovta qilsa yaxshilab davolanish), axir, sog‘ tanda - sog‘lom aql, deb bekorga aytilmagan!

- o‘z mutaxassisligim bo‘yicha ilmiy kitob o‘qish, ayni paytda jahonda va yurtimizdagi eng kuchli mutaxassislarning bir necha ilmiy maqolalari (ijtimoiy tarmoqlardan faydalanib yoki ilmiy jurnallar orqali) bilan tanishish, shuningdek, ma’naviy ozuqa olish uchun biror badiiy kitobni mutolaa qilish;

- qarindoshlar, qo‘ni-qo‘shnilar, mahalladagi beva-bechora, yetim-miskinlar, bemorlar holidan xabar olish. Chunki, inson atrofdagilarga qancha yordami tegsa, o‘zini shuncha kerakli va baxtli his qiladi;

- Universitetda o‘tazilayotgan onlayn tanlovlarda ishtirok etish. Bu o‘z navbatida imkoniyatlarimni sinovdan o‘tkazishga, individual fikr va g‘oyalarimni bildirishga, ijodkorligimni oshirishga yordam beradi!

Ro‘yxatni davom ettirishni sizning ixtiyoringizga qoldiraman va maroqli hordiq tilayman!

Hurmat bilan universitet psixologi Sardor Otayorov.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

#Xushxabar

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida faoliyat yuritib kelayotgan Nazarov Umarali Abduvaxobovichni fizika-matematika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olganligi munosabati bilan universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilari nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Umarali Abduvaxobovichning kelgusi ilmiy faoliyatida muvaffaqqiyatlar tilaymiz!


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Ma’lumki, Vengriya hukumati o‘zining “Stipendium Hugaricum” ta’lim grantlari dasturi doirasida ushbu mamlakat OTMlarida o‘qish uchun 2019/2020- o‘quv yilidan boshlab har yili O‘zbekiston fuqarolariga kvota ajratib kelmoqda.

Ushbu stipendiya dasturi doirasida Vengriya tomoni O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun 2023/2024 o'quv yilida quyidagi tartibda jami 170 ta ta'lim grantlarini taqdim etadi:
20 ta o'rin – bakalavriat;
10 ta o'rin — bakalavriat magistratura bilan birlashtirilgan, ya'ni, hujjatlar bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha topshiriladi, unga magistratura (OTM – One time master) ham kiradi, o'qish muddati ta'lim yo'nalishiga qarab 5 yoki 6 yil;
60 ta o'rin – magistratura;
60 ta o'rin – doktorantura (PhD);
20 ta o'rin — jismoniy tarbiya universitetida o'qish uchun (Budapesht shahrida).

Grantlardan Vengriya universitetlarida qisqa muddatli kurslar uchun ham foydalanish mumkin.

Hujjatlar onlayn tartibda 2023-yil 16-yanvar soat 14.00ga qadar (Markaziy Yevropa vaqti bilan) qabul qilinadi.

Oʻz kasbiy faoliyatini respublikada, ayniqsa, oliy, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimida, respublika ilmiy markazlarida va shu kabi muassasalarda davom ettirmoqchi boʻlgan talabgorlarga tanlov jarayonida ustivorlik beriladi.

Shuningdek, muhandislik-texnika, tibbiyot, farmatsevtika, biotexnologiya, kimyo, geologiya, fizika, axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt, energetika, muqobil energiya manbalari va boshqa shu kabi yoʻnalishlarga hujjat topshirganlarga ustuvorlik beriladi.

Batafsil ma'lumot - stipendiumhungaricum.hu

"Arizalar qabuli to'g'risida e'lon" ("Applications for Call" – hujjatlarni topshirish tartibi) bilan tanishib chiqishingizni so 'raymiz.
Stipendium Hungaricum veb-saytida keltirilgan –
https://stipendiumhungaricum.hu/apply/

SamDAQU | Xalqaro hamkorlik bo'limi
@samdaqu_xhb

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⚡️Qishki taʼtil uzaytirildi

Oʻzbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha boʻgʻindagi taʼlim muassasalarida qishki taʼtil muddati 17-yanvarga qadar uzaytirildi.

Oʻqish jarayonlari 18-yanvar, chorshanba kunidan boshlanadi.

Manba: OʻzA


SamDAQU matbuot kotibi @JavlonRashidovich

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2022 йил 30 декабрь кунги 100-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.

Газетада берилаётган материаллар билан /channel/uzbunyodkor телеграм канали ва uzbunyodkor.uz сайти орқали танишиб боришингиз мумкин.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/uzbunyodkor

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

❄️ YANGI 2023-YILINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

☃️ SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…
Subscribe to a channel