samdaqueduuz | Unsorted

Telegram-канал samdaqueduuz - SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

6609

© SamDAQU Axborot xizmati Murojaat uchun: @samdaqicontactbot SamDAQU matbuot kotibi: @JavlonRashidovich

Subscribe to a channel

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрида Биринчи Президент Ислом Каримов ҳайкали пойига гулчамбар қўйди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев возложил цветы к подножию памятника Первому Президенту Исламу Каримову в городе Ташкенте.

#Mirziyoyev #marosim #BirinchiPrezident #xotira

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

🔊 DIQQAT E'LON!

SamDAQU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan bugun soat 11:00 da, universitet kichik faollar zalida Qurilishni boshqarish fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Qurilishni boshqarish fakulteti talabalarini ochiq muloqotga taklif etamiz!


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

FREE Sustainability courses from the United Nations.

1. My Sustainable Living Challenge: https://lnkd.in/exai6_yU

2. Sustainable Lifestyles: https://lnkd.in/es_ksmNU

3. Digital Sustainability Learning Path: https://lnkd.in/e3Vu_842

4. Circular Economy and the 2030 Agenda: https://lnkd.in/eHenUJyt

5. Resource efficiency: https://lnkd.in/eXSmNfjT

6. Environmental SDG Indicators: https://lnkd.in/eZf7EVKG

7. The Net-Zero Standard: https://lnkd.in/eKVzhvm8

8. An Introduction to E-Waste Policy: https://lnkd.in/eHKfG3ZS

9. The SDG Primer: https://lnkd.in/eASE3fHT

10. Energy Statistics: https://lnkd.in/eEJvuak5

11. Youth, Peace, and Security Primer: https://lnkd.in/ek4sK4bj

You can also learn more at
https://lnkd.in/egEpx4Ku.

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

SAMDAQU O‘QITUVCHISI KO‘KRAK-NISHONLARI BILAN TAQDIRLANDI
#Qutlov

2023-yil 7-yanvar kuni “Research and publications” hamda 2023-yil 20-yanvar kunlari “SCIENCE BOX” MCHJ ilmiy nashrlar markazi tomonidan ilmiy-amaliy konferensiyalari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu konferensiyalarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi Xafizova Mashxura Aminovna “Ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlar: Muammo va yechimlar” va
“Ilmiy tadqiqotning o‘rni: muammo va yechimlari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasidagi “Ta’lim fidoyisi” xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovlarida ishtirok etdi.

Ushbu tanlovlarda ishtirok etgan Mashxura Xafizovaga esdalik ko‘krak-nishonlari hamda guvohnoma, sertifikat, tashakkurnoma, maqolalar jamlangan to‘plam tantanali ravishda taqdim etildi.

Ushbu yutuqlar bilan Mashxura Xafizovani universitet ma’muriyati professor-o‘qituvchilari hamda talabalari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz!


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⚡️ BARCHA TALABALAR DIQQATIGA!
#rasman

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining kunduzgi, sirtqi hamda magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talabalar uchun yakuniy nazoratlar 2023-yil 6-fevral kunidan boshlanadi.

Hurmatli talabalar yakuniy nazoratlar oʻtkazish grafigi va nazoratni tashkil etish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar fakultet dekanatlari tomonidan e’lon qilinadi.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

🔊 DIQQAT E’LON

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 muhim tashabbusining to‘rtinchi tashabbusi “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish” hamda 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi V bob, 72-maqsadi: “Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni yanada rivojlantirish, Talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng ommalashtirish, “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish” maqsadida 2023-yilning yanvar oyi davomida “Kitobxon yoshlar” onlayn respublika tanlovi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan talabalar mazkur tanlov yakka tartibdagi musobaqa bo‘lib, unda qatnashish uchun ishtirokchilar telegramdagi maxsus @kitobtanlovbot orqali belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari va bot taqdim qiladigan maxsus referalni ulashish orqali tanlov targ‘ibotida qatnashib, kamida 15 referal ball yig‘ishlari kerak bladi.

Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

#foydali

4-DARS:
@eduuz tavsiya etadi

Obunachilarimiz taklifiga binoan, “Ibrat farzandlari” loyihasiningibratfarzandlari/videos"> Youtube platformasidagi bepul darslarini kichraytirilgan hajmda kanalimizda berib bormoqdamiz.

Chekka hududlarda ham chet tillarini o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun Ingliz, Nemis, Turk va Rus tillari bo‘yicha TO‘RTINCHI darslar ilova qilinmoqda (video).

Shuningdek, ushbu darslarni Youtube platformasi orqali sifatli formatda ham ko‘rishingiz mumkin:

👉 Ingliz tili; 👉 Nemis tili;

👉
Turk tili; 👉 Rus tili.

1-darslar:👉 /channel/eduuz/11826
2-darslar:👉
/channel/eduuz/11838
3-darslar:👉
/channel/eduuz/11852

Foydali bot:👉
@eduuzuniversalbot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

#foydali

@eduuz tavsiya etadi

Chet tillarini sodda, tushunarli tarzda o‘rganishni istagan yoshlar uchun “Ibrat farzandlari” loyihasi yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.

Obunachilarimiz taklifiga binoan, endilikda loyihaningibratfarzandlari/videos"> Youtube platformasidagi darslarni kichraytirilgan hajmda kanalimizda berib boramiz.

Chekka hududlarda ham chet tillarini o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun Ingliz, Nemis, Turk va Rus tillari bo‘yicha birinchi darslar ilova qilinmoqda (video).

Shuningdek, ushbu darslarni Youtube platformasi orqali sifatli formatda ham ko‘rishingiz mumkin:

👉 Ingliz tili;

👉 Nemis tili;

👉 Turk tili;

👉 Rus tili.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

MUROJAAT

Manbalarda vaqt o‘tkir qilichga o‘xshatilgan. Undan ma’rifat yo‘lida unumli foydalanish zarur. Aks holda, u inson zarariga xizmat qiladi.
Ma’naviyat doimo bizga saboq berib kelgan, jumladan, nafs, ta’magirlik, zamonaviy tushunchalar bilan aytganda korrupsiayaviy holatlar va ularning ayanchli oqibatlaridan ham…

Ma’naviyat ustuvorligi bilan jamiyatimizda bu kabi unsurlardan ma’lum darajada g‘olib chiqishga erishib kelmoqdamiz. Ammo, haqiqatda hali qilinadigan ishlar ham, hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar ham bisyor. Jamoamizda faoliyat yuritayotgan, o‘zini ana shu jamoaga daxldor deb bilgan har bir professor-o‘qituvchi, ishchi-xodim va talaba hammamiz bir tanu bir jon bo‘libgina ularni ildizi bilan yo‘q qilishimiz mumkin.

Milliy tiklanishdan milliy yuksalish yo‘liga o‘tayotgan O‘zbekiston uchun ma’naviy tarbiya bugun har qachongidan ko‘ra ham ahamiyatlidir. Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya sustlashgan muhitda halollik va vijdoniylik ildizlariga zarar yetadi, oshkoralik yo‘qolib, shaffoflik tamoyillari “sindiriladi”.

Qadrli hamkasblar! Aziz Ustozlar!
Hurmatli talaba-yoshlar!

Biz — ta’magirlik, poraxo‘rlik va qonun buzilishlarining boshqa har qanday ko‘rinishlariga nisbatan ma’naviy immuniteti asrlar davomida shakllangan yuksak ma’rifatli xalqning farzandlarimiz. Universitetimiz maqomiga putur yetkadigan, obro‘sizlantirilishiga sabab bo‘ladigan turli salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka, ta’lim va tarbiyaning ustuvorligiga erishish yo‘lida faqatgina maqsadli, oliy va ezgu harakatlarni amalga oshirishga chaqiraman.

Hurmat bilan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzakov


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Bugun, 24-yanvar – Xalqaro ta’lim kuni ekan

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan taʼlimning tinchlik va taraqqiyot yoʻlidagi ahamiyatini eʼtirof etgan holda 2018-yil 3-dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan 24-yanvar “Xalqaro ta’lim kuni” deb eʼlon qilingan.

Uning nishonlanishi nafaqat insoniyatning ilm-maʼrifatga tashnaligi, balki xalqaro hamjamiyat eʼtiborini taʼlim sohasidagi mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan.

Ma’lumot o‘rnida, bu yilgi beshinchi Xalqaro ta’lim kuni “Insonga sarmoya kiritish, ta’limga ustuvor ahamiyat berish” mavzusida nishonlanadi.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

#tavsiya

Davlat oliy ta’lim muassasalarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

O‘zbekistonda rasmiy axborotning birinchi manbasi — axborot xizmatlari hisoblanadi. Hozirgi kunda barcha davlat oliy ta’lim muassasalari telegramda o‘z sahifalarini yuritmoqda.

Mazkur telegram kanallarida muassasa faoliyati, yangiliklar, muhim e’lonlar, muhokamalarga sabab bo‘layotgan mavzularga oid rasmiy munosabatlardan boxabar bo‘lish imkoniyati mavjud.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda respublikamizda 114 ta davlat oliy ta’lim muassasalari faoliyat olib boradi.

Davlat oliy ta’lim muassasalarining rasmiy kanallariga a’zo bo‘lishni tavsiya qilamiz👇

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2023 йил 20 январь кунги 4-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.

Газетада берилаётган материаллар билан /channel/uzbunyodkor телеграм канали ва uzbunyodkor.uz сайти орқали танишиб боришингиз мумкин.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/uzbunyodkor

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

#Ilmiy_faoliyat
#foydali

📢Oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari izlanuvchilari diqqatiga!

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Jahon Bankining Oʻzbekiston milliy innovatsiya tizimini modernizatsiya qilish loyihasi hamda “Clarivate Analytics” kompaniyasi hamkorlikda ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar va olimlarga Web of Science xalqaro ilmiy resurslaridan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

Xalqaro miqyosda tan olingan ushbu ilmiy iqtiboslar bazasi ijtimoiy-gumanitar va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha 12 000 dan ortiq jurnal hamda 148 000 ga yaqin konferensiya materiallarini izlash imkoniyatini beradi.

Eslatib o‘tamiz, Web of Science bazasi tashkilotlar IP-adresiga bogʻlangan boʻlib, undan foydalanishda parol talab qilinmaydi. Ushbu mavzuga oid qoʻshimcha maʼlumotlar va sizni qiziqtirayotgan savollarga javoblarni ushbu havola orqali olishingiz mumkin 👉/channel/Web_of_Science_Uz

➡️На русском

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Aziz Samarqandlik yoshlar !

☝️Sizda yurtimizning innovatsion jozibadorligiga munosib hissa qo'shadigan iqtisodiy samaradorlikka ega innovatsion yoki startup loyiha bormi ?

Uni amalga oshirishda yordam qidiryabsizmi ?
Unda bu dastur aynan siz uchun !

📌 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Samarqand viloyati Yoshlar texnoparkida "InnoX" biznes-inkubator dasturiga start berilganligini ma'lum qilamiz.

Dastur ishtirokchilari:

👉1) Samarqand viloyati Yoshlar texnoparki ko'magidagi Inkubator va aksellerator dasturlarida ishtirok etish;
👉2) Individual va jamoaviy mentor va trekerlik yordamidan foydalanish;
👉3) Bepul workshop va trening darslarida ishtirok etish;
👉4) Loyihani rivojlantirish va real bozorga chiqarish.

🟩 Dasturda ishtirok etish mutlaqo bepul, "InnoX" inkubator dasturi Samarqand viloyati Yoshlar texnoparkida amalga oshiriladi.

Loyihada ishtirok etish:

1️⃣ 2023-yilning 25-yanvariga qadar ariza yuborish;
2️⃣ Bootcampda ZOOM orqali ishtirok etish;
3️⃣ Offline ravishda loyihalarning dastlabki taqdimoti (Pitch) ni o'tkazish;
4️⃣ Inkubator va aksellerator dasturlari;
5️⃣ Demo-Day orqali tayyor loyihalar taqdimoti subsidiyalarga ega bo'lishdan iborat.

💥 Shoshiling hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va o‘z imkoniyatlaringizdan foydalanib qoling !

🧑‍💻 DASTURDA ISHTIROK ETISH UCHUN JORIY YILNING 25-YANVARIGA QADAR QUYIDAGI MANZILDAN ELEKTRON RAVISHDA RO'YXATDAN O'TISHINGIZ SO'RALADI

Samarqand viloyati Yoshlar texnoparkida “InnoX” “Biznes inkubator dasturi uchun ro`yxatdan o'tish ilovasi !

🎹 Ma`lumot uchun : @samytp_uz
📞88 934-55-05

📍Manzil: Samarqand shahar Universitet xiyoboni, 15- uy

Mo`ljal: SAMDU tarix fakulteti kirish binosi.

💬 Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

"Мамлакат энергетика тизими бундай синовларга тайёр эмаслигини кўрсатди".

"Юксалиш” умуммиллий ҳаракати аномал совуқ оқибатларини юмшатиш бўйича қатор таклифларини илгари сурди. Таклифлар шу кунларда республика бўйлаб кузатилаётган электр энергияси, газ ва иссиқлик таъминоти билан боғлиқ муаммоларга аҳолининг эътирозлари, фикрларига таяниб ишлаб чиқилди.

@uzbyuksalish

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

30-yanvar: O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavallud topgan kun

Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov 1938-yilning 30-yanvar kuni Samarqand shahrida tugʻilgan.

Islom Karimov 78 yoshida, 2016-yilning 2-sentabr kuni vafot etgan.

Islom Karimov o‘zining yorqin hayotida O‘zbekiston Respublikasiining taraqqiyoti uchun samarali faoliyat yuritgan, shu bois 2017-yil, 25-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIRINCHI PREZIDENTI ISLOM ABDUG‘ANIYEVICH KARIMOVNING XOTIRASINI ABADIYLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA”gi qarori qabul qilingan.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

KUN HIKMATI: Muomala madaniyati haqida

- “Kofe bering!” deb murojaat qilsangiz, kofe narxi - 6 ming so‘m bo‘ladi;
- “Iltimos, kofe bering!” deb murojaat qilsangiz, kofe narxi - 4 ming so‘m bo‘ladi;
- “Xayrli tong. Bitta kofe bering, iltimos! Rahmat sizga!” deb murojaat qilsangiz, kofe narxi - 2 ming so‘m bo‘lar ekan..

Izoh: Doimo xushmuomala bo‘ling, hayotingiz yengillashadi azizlar!


@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

TALABALAR BILAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
#DavraSuhbati #AntiKorrupsiya

2023-yil 24-27-yanvar kunlari Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi hamda Qurilish fakultetlari tyutorlari, guruh sardorlari va faol talabalari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan ushbu suhbatda 2022-2023-o‘quv yili kuzgi semestr yakuni bo‘yicha oraliq va yakuniy nazoratlarga talabalarning tayyorgarlik holatlari o‘rganildi.

Jarayonning ochiq va shaffof, odilona va adolatli o‘tkazilishi talabalarning fanlarni o‘zlashtirish darajasi bilan belgilanishi suhbat ishtirokchilari tomonidan e’tirof etildi. Suhbat davomida talabalarning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan birinchi oraliqlar haftasi haqidagi fikr-mulohazalari o‘rganildi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi, taklif va mulohazalar esa mas’ullar tomonidna yozib olindi.

Suhbatda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi qoshida tashkil etilgan talaba-yoshlar klubi faoliyati haqida talabalarga ma’lumotlar berilib klubning 2023-yilga mo‘ljallangan ish rejasi muhokama qilindi. Talaba-yoshlar klubining boshqaruv tarkibi qayta ko‘rib chiqildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

SHAFFOFLIK VA XOLISLIK BOSH MEZONIMIZDIR
#AntiKorrupsiya

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi mas’ul xodimlari “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasining professor-o‘qituvchilari bilan muloqot olib bordi.

Muloqotda universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha siyosati, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi Nizom talablari xususida so‘z yuritildi.

Keyingi haftadan boshlanishi kutilayotgan oraliq va yakuniy nazoratlarning ochiq va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini xolis baholash har bir professor-o‘qituvchining burch hamda vijdon ishi ekanligi alohida ta’kidlandi.

Zero, ta’magirlikning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabat universitetning har bir ishchi-xodim, professor-o‘qituvchi hamda talabasida shakllanishi lozimdir.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2023 йил 27 январь кунги 6-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.

Газетада берилаётган материаллар билан /channel/uzbunyodkor телеграм канали ва uzbunyodkor.uz сайти орқали танишиб боришингиз мумкин.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/gazetalar_sharhi
/channel/uzbunyodkor

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

KUN HIKMATI
#psixologik_maslahat

Sabr qil!
Gar nasibing boʻlsa, qismat boʻladi.
Imtihoning boʻlsa, jannat boʻladi.

Mavlono Rumiy


@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

TOJIKISTONNING BIR GURUH TALABALARI SAMDAQUDA MALAKA OSHIRDILAR
#XalqaroHamkorlik

Xabaringiz bor “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 416-sonli Prezident qarori imzolangan va ushbu qarorning “Yo‘l xaritasi”sida asosiy maqsadlaridan biri bu xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish etib belgilangan.

Shu munosabat bilan joriy yilning 12-22-yanvar kunlari Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida joylashgan Akademik M.S.Osimi nomidagi Tojikiston texnika universitetining professor-o‘qituvchilar va talabalardan iborat delegatsiyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti taklifiga binoan tashrif buyurdilar.

Batafsil ushbu 👉 havolada


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

#foydali

2023-yilning 1-yarmida chet tillaridan milliy sertifikat uchun o‘tkaziladigan imtihonlar
sanasi bilan tanishing

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari 2023-yilning 1-yarmi davomida har oyda bir marotaba tashkil etiladi.

Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan (👆).

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

To‘lov kontrakt summasining 35% moddiy yordam olish uchun qabul boshlandi.

🔰 Qurolli Kuchlar tarkibida muddatli harbiy xizmatni o‘tab Mudofaa Vazirligining tegishli tavsiyanomasi asosida bakalavriatni kunduzgi shakliga o‘qishga qabul qilingan barcha talabalar uchun

🖇 Yoshlar Ittifoqi tomonidan to‘lov kontrakt summasining 35% moddiy yordam sifatida to‘lab berilishidan xabardormisiz?

➖ Batafsil maʼlumot uchun Yoshlar yetakchisi Ikrom Davurovning @Davuroff telegram manzili orqali bogʻlaning.


SamDAQU Yoshlari kanali
@samdaquyoshlari

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2023 йил 24 январь кунги 5-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.

Газетада берилаётган материаллар билан /channel/uzbunyodkor телеграм канали ва uzbunyodkor.uz сайти орқали танишиб боришингиз мумкин.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/uzbunyodkor

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

TA'ZIYANOMA

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Oliy matematika” kafedrasining sobiq dotsenti Ernazar Jumanovning vafoti munosabati bilan marhumning oila a'zolariga universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilari nomidan chuqur hamdardlik izhor etamiz.

Janoza: ertaga 22-yanvar 2023-yil soat 12:00 da.
Manzil: Navbahor restorani yonida. Mo‘ljal “Optovik” savdo markazi

@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Vengriya grant dasturi uchun hujjatlarni qabul qilish muddati uzaytirildi

Vengriya hukumatining “Stipendium Hungaricum” grant dasturiga hujjatlar qabuli joriy yil 16-yanvargacha davom etishi ma’lum qilingan edi.

Ayni paytda, vengriya tomoni hujjatlar qabulini joriy yil 23-yanvar soat 14.00gacha (Markaziy Yevropa vaqti bilan, Toshkent vaqti bilan esa – 18.00) uzaytirganini ma’lum qilamiz.

Hujjatlar https://stipendiumhungaricum.hu/apply/ platformasi orqali topshiriladi.
————
Срок приёма заявок на венгерскую программу грантов продлен

Ранее было объявлено, что в качестве крайнего срока приёма документов на венгерскую правительственную стипендиальную программу “Stipendium Hungaricum” было установлено 16 января т.г.

Сообщаем о том, что в настоящее время венгерская сторона продлила срок приёма документов до 14.00 часов 23 января т.г. (по европейскому времени, а по ташкентскому времени – 18.00).

Документы подаются через онлайн платформу https://stipendiumhungaricum.hu/apply/

👉@eduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

ESLATMA: TO‘LOV-KONTRAKT MABLAG‘LARINI TO‘LASHNING OXIRGI MUDDATI 20-YANVAR

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalarining ayrim toifadagi talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 20-yanvari etib belgilangan.

Bu uzaytirish bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga:

➖to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar;
➖o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan);
➖va qayta tiklangan talabalar uchun.

Ushbu munosabat bilan, talaba-yoshlardan to‘lov-kontrakt mablag‘larini joriy yilning 20-yanvar kunidan kechiktirmasdan to‘lashlari so‘raladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

DIQQAT E’LON!

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti 2022-2023 o‘quv yili bahorgi semestrida talabalar o‘qishini tiklash uchun hujjatlar qabuli boshlanganini ma’lum qiladi.


O‘qishni tiklash uchun quyidagi hujjatlar universitetga shaxsan kelib topshirilishi kerak:

1) Ariza (qabul komissiyasida yoziladi);
2) Akademik ma’lumotnoma yoki baholash daftarchasi nusxasi;
3) Talabalar safidan chetlashtirish haqidagi buyruqdan ko‘chirma;
4) Pasport nusxasi.


Hujjatlar “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi NIZOMga muvofiq 2023-yil 25-yanvar ish kuni oxiriga qadar SamDAQU, Qurilish fakulteti dekanati binosi (1-qavat)da qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumotlar uchun komissiya a’zolariga murojaat qilishingiz mumkin.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2023 йил 17 январь кунги 3-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.

Газетада берилаётган материаллар билан /channel/uzbunyodkor телеграм канали ва uzbunyodkor.uz сайти орқали танишиб боришингиз мумкин.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/uzbunyodkor

Читать полностью…
Subscribe to a channel