samdaqueduuz | Unsorted

Telegram-канал samdaqueduuz - SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

6609

© SamDAQU Axborot xizmati Murojaat uchun: @samdaqicontactbot SamDAQU matbuot kotibi: @JavlonRashidovich

Subscribe to a channel

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

TAZIYANOMA

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi dotsenti ustoz Ubaydullo Qosimovning vafoti munosabati bilan marhumning oila a'zolari va yaqinlariga universitet ma'muriyati va professor-o‘qituvchilar nomidan chuqur hamdardlik bildiramiz.

Janoza marosimi bugun 06.02.2023 soat 15:00 da
Manzil: G‘allaorol tumani, Kashshof qishlog'i.


@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

http://www.anso.org.cn/programmes/talent/scholarship/

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

KUN HIKMATI
#motivatsiya

​​Oʻylash oson, harakat qilish – qiyinroq, oʻy-fikrlardan amalga oʻtish – eng qiyini.

Iogann Volfgang fon Gyote


@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

#foydali

6-DARS:
@eduuz tavsiya etadi

Obunachilarimiz taklifiga binoan, “Ibrat farzandlari” loyihasiningibratfarzandlari/videos"> Youtube platformasidagi bepul darslarini kichraytirilgan hajmda kanalimizda berib bormoqdamiz.

Chekka hududlarda ham chet tillarini o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun Ingliz, Nemis, Turk va Rus tillari bo‘yicha OLTINCHI darslar ilova qilinmoqda (video).

Shuningdek, ushbu darslarni Youtube platformasi orqali sifatli formatda ham ko‘rishingiz mumkin:

👉 Ingliz tili; 👉 Nemis tili;

👉 Turk tili; 👉 Rus tili.

1-darslar:👉 /channel/eduuz/11826
2-darslar:👉
/channel/eduuz/11838
3-darslar:👉
/channel/eduuz/11852
4-darslar:
👉 /channel/eduuz/11871
5-darslar:
👉 /channel/eduuz/11917

Foydali bot:👉
@eduuzuniversalbot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

KUN HIKMATI
#Motivatsiya

Bitta bola, bitta oʻqituvchi, bitta kitob va bitta ruchka dunyoni oʻzgartira oladi.

Malala Yusufzay


@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

OGOHLIK — DAVR TALABI
#muloqot

Bugun biz jadal sur’atlar bilan o‘sib kelayotgan yangi axborot-texnologiyalar asrida yashayapmiz. Dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonining o‘ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning nihoyatda o‘tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar manfaatlariga ham xizmat qilayotganini inkor etib bo‘lmaydi. Internit tarmoqlari orqali goh oshkora, goh xufiyona harakat olib borayotgan diniy reaksion oqimlarning soni esa talaygina.

Bugungi kunda dunyoning turli burchaklaridan har xil nomlar bilan chiqayotgan oqimlar, guruhlar islom diniga har xil o‘zgarishlar, qo‘shimchalar qo‘shib ayniqsa yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmoqdalar.

2023-yil 31-yanvar kuni “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 4-sonli talabalar turar-joyida olib borilgan davra suhbatida ana shunday reaksion diniy guruhlarning maqsadlaridan ogoh qilish uchun tashkil etildi. Kafedra mudiri Asliddin Quldoshev tomonidan so‘nggi paytlarda ommaviy axborot vositalarida, internet saytlarida, ijtimoiy tarmoqlarda “salafiylik”, “salafiylar” kabi iboralar tez-tez takrorlanib turishi va ularning islom dini ta’limotlariga musulmonlarning dunyoviy sohalarda taraqqiyotga bo‘lgan intilishiga to‘sqinlik qiluvchi yo‘nalish ekanligini asosli dalillar bilan ma’lumotlar berib o‘tdi.

Shuningdek, kafedra katta o‘qituvchisi Adolat Ziyotova ana shunday oqimlardan biri bo‘lgan “Xizb ut-Taxrir” diniy ekstremistik tashkiloti a’zolari ham bugungi kunda o‘z g‘oya va maqsadlari yo‘lida islom ta’limotiga o‘zgartirish va yangiliklar kiritishga urinishini, g‘arazli niyatlarini amalga oshirish uchun din hukmi va arkonlariga yangilik kiritib, jumladan, “Xalifalikni tiklash musulmonlar zimmasiga Alloh taolo farz qilgan eng muhim amallardandir” kabi islomda bo‘lmagan puch g‘oyalarni ilgari surishini asoslovchi ma’lumotlarni keltirib, talabalarni ogohlikka chaqirdi.

Davra suhbatida talabalar faol ishtirok etib, savol-javoblar qizg‘in bahslarga bog‘landi. Eng asosiysi, talaba-yoshlar buzg‘unchi, yot g‘oyalarga murosasiz qarshi ekanliklarini, ma’naviy dunyoqarshni kengayishiga olib keluvchi tadbirlar va davra suhbatlari ko‘proq uyushtirilishini istagini bildirdilar.

Zero, kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni turli xil buzg‘unchi toifalarning xurujlaridan asrab avaylamog‘imiz, ularni Vatanga sodiq farzandlar qilib tarbiyalash bunga mas’ul ota-onalarning ham, tarbiyachi-o‘qituvchilarning ham, mahalla faollarining ham muqaddas burchi bo‘lmog‘i lozim. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’birlari bilan aytganda o‘z bolamizni o‘zimiz asramog‘imiz lozimligini bugun hayotning o‘zi yana bir bor ko‘rsatib bermoqda.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

OCHIQ MULOQOT: #AntiKorrupsiya

Korrupsion holatlar, xususan, ta’magirlik, poraxo‘rlik va boshqa shuning kabi qonunbuzilishlari ta’limning sifat va samaradorligiga jiddiy zarar yetkazadi.
O‘qib-o‘rganib, o‘z ustida ishlab, yaxshi mutaxassis bo‘lish istagidagi talabaning ezgu niyatlari, istak-xohishlarining so‘ndirilishiga sabab bo‘ladi. Eng achinarlisi, endi bu talabaning ongida o‘ziga bo‘lgan ishonch, intilish, bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqi asta-sekinlik bilan so‘nib boradi hamda jamiyatimizda raqobatbardosh kadrlar safiga kira olmaydi. Shu bilan bir qatorda o‘zining kelajakdagi o‘rnini topish yo‘lidagi to‘siqlarga bardosh bera olmay, taslim bo‘lishiga zamin yaratib beradi.

Mana shunday holatlarni oldini olish maqsadida joriy yilning 30-31-yanvar kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining Qurilishni boshqarish hamda Arxitektura fakultetlari talabalari bilan ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida ishtirokchilar bugun har bir talabani bosh ko‘tarmasdan “ishlash”ga majbur qilayotgan jarayon — oraliq va yakuniy nazoratlarning o‘tkazilishi, talabalarning tayyorgarlik holati hamda kayfiyati haqida o‘z munosabatlarini bildirishdi.

Xabaringiz bor, bunday ochiq muloqotlar universitetimizning har bir fakultetida alohida tartibda, oshkoralik tamoyillariga asoslangan holda o‘tkazilmoqda, talaba-yoshlarning munosabati o‘rganilmoqda…

Bo‘lim tomonidan olib borilgan ishlarning natijalari hamda ushbu muloqotlarda talabalarimiz tomonidan aytilgan fikr-mulohazalar, berilgan takliflar yuzasidan umumlashtirilgan ma’lumotlar tez orada taqdim etiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Assalomu alaykum hurmatli talaba-yoshlar universitetimiz yoshlar yetakchisi Ikrom Davurovni qo‘llab quvvatlaylik!

Havola orqali o‘tib , 1 daqiqa vaqtingizni ajratishingizni iltimos qilamiz))


@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

KUN HIKMATI: HECH QACHON NOLIMANG!
#Motivatsiya

Odamlar sizni kuchli, ijobiy fikrlovchi va energiyaga boy shaxs deb bilishsin.

Doim noliydigan, har narsada maydalashib yomonlik qidiradigan insonlar oʻzidan boshqalarni nari ketishiga sabab boʻladi va kamdan kam holda yutuqqa erishadilar.

Psixologik nuqtai nazarda hamma narsa avval oʻy-hayolda, keyin real hayotda sodir boʻladi. Shuning uchun doim ijobiy fikrlang.

Ruhan kuchli boʻlsangiz, yoʻlingizda uchragan hech bir qiyinchilik sizni orqaga qaytara olmaydi. Nima xohlashingizni tasavvur qiling, buni roʻyobga oshishiga qattiq ishoning, harakatni boshlang va u albatta amalga oshadi.


@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

😎Samarqand yosh ijodkorlar Kengashi tomonidan tashkil etilayotgan anʼanaviy "Uygʻonish" loyihasi 4-mavsumi 1-fevraldan start oladi.

Siz loyiha davomida:
Jamoa bilan ishlash;
Loyihalar tuzish va amalga oshirish;
Jurnalistika;
Notiqlik va sahna madaniyati va boshqa shu kabi shaxsiy rivojlanishga doir bilim va koʻnikmalarni egallash imkoniyati mavjud.

Shuningdek, loyiha doirasida siz uchun kutilmagan sovgʻalarimiz bor😉

Loyiha haqida batafsil maʼlumotni ushbu havoladan topasiz Maʼlumot 👈

⚡️Loyihada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻting:
@uygonish_qabul
+998901929042

Hammasi ZOʻR boʻlishiga javob beramiz 😉

🗣Kanalimizga ulaning:
🕊Telegram |🕊Instagram

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

#live uchrashuvdan..

SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

El e’zoz etgusidir, sen el bilan olsang nafas,
Eldan ayri jannating, taqvo uchun tor bir qafas,
Yo‘ldan ozgan, nafsga qul, hayot yuholar ahliga,
Ol! Debon olamni ber, bo‘ldi, men to‘ydim demas,
Ko‘ngli ko‘p cho‘kkan Nuriyning lekin umidi so‘nmagan,
Bu telba darvesh nazdida nafs - bandasi-odam emas.

Nuriy


🔊 DIQQAT E’LON!

SamDAQU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan navbatdagi tadbir:

Bugun soat 14:00 da universitet kichik faollar zalida “Sizning sharafli mehnatingiz, halol umr yo‘lingiz biz uchun ibrat maktabidir” deb nomlangan loyihaning navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv mehmoni “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi uzoq yillar faoliyat olib borgan ustoz Nuriddin Boboqandov – “Nuriy” bo‘ladilar.

Barcha professor-o‘qituvchilar hamda talabalarni taklif etamiz!


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Prezident qarori bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi.

➖ Komiljon Karimov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga;

➖ Shahloxon Turdiqulova Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari lavozimiga;

➖ Sarvarxon Buzrukxonov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari lavozimiga;

➖ Olimjon Toʻychiyev Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori lavozimiga;

➖ Majid Karimov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

🔹 Sadoqat Siddiqova boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

KUN HIKMATI
#ibrat

Kishiga bilganingni oʻrgat-u, aql oʻrgatma. Boshqalarga quloq tut, biroq aytilgan gaplarning barini toʻgʻri deb oʻylama. Sukut saqlagan kishini bevoqif, koʻp gapirgan kishini aqlli, deb bilma. Hammani oʻzingday koʻr. Kim boʻlishidan qatʼi nazar, kishini past deb topish – axmoqlik, koʻkka koʻtarish – qoʻrqoqlikdir. Ongli ravishda sodir etilgan jasoratgina haqiqiy jasorat, savodsizlikdan kelgan jasorat – jaholatdir.

Mavlono Rumiy


@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Bugun Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Dastlab viloyat faollari Samarqand shahridagi Islom Karimov maqbara-majmuasida yig‘ildi. Islom Karimov qabri ziyorat qilindi, yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirilib, qurʼon tilovat qilindi.

Shundan so‘ng viloyat va shahar hokimliklari, huquq-tartibot idoralari vakillari, harbiylar hamda keng jamoatchilik vakillari Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘ydi.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

KUN HIKMATI
#motivatsiya

Yigirma yildan keyin uchta qilmagan va uchta qilgan ishingiz uchun afsus chekasiz. Yaxshisi, tinch xotirjam hayotdan voz keching. Oldindan harakat qiling! Orzu qiling! Kashf qiling.

Mark Tven


@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

SAMDAQU O‘QITUVCHISI JANUBIY KOREYADA MALAKA OSHIRIB QAYTDI
#MalakaOshirish

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti o‘qituvchisi Janubiy Koreyaning Deajeon shahrida joylashgan “K-water” akademiyasida “O‘zbekistonda suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha trenerlar tayyorlash” dasturi doirasida malaka oshirish kurslarida bo‘lib qaytdi.

Ushbu dasturda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Suv ta’minoti, kanalizatsiya va suv resurslarini muhofaza qilish” kafedrasi o‘qituvchisi Murtazayev Farxod Azgaraliyevich ham ishtirok etdi.

Batafsil ushbu 👉 havolada


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

/channel/wbuzbekistan/952

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

#live

Ayni damda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida Xitoy “ANHUI CONCH CEMENT” kompaniyasining “QARSHI CONCH CEMENT” hamda “TOSHKENT CONCH CEMENT” xorijiy korxonasi vakillari universitet bitiruvchilarini suhbat asosida ishga qabul qilish maqsadida tashrif buyurishgan.

Uchrashuv doirasida universitet rektori bilan muzokaralar ham olib borildi.

Xabar xususida batafsil axborot beriladi..


SamDAQU matbuot kotibi @JavlonRashidovich

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

SIZNING SHARAFLI MEHNATINGIZ, HALOL UMR YO‘LINGIZ BIZ UCHUN IBRAT MAKTABIDIR
#Uchrashuv

To‘g‘ri ishlab, halol yashash saodatini yoshlikdan o‘rgangan odamning umri halovatda bo‘ladi. Adolatsizlik, qonunlarga hurmatsizlik, kasb-u amalga, ishonchga xiyonat qilib bo‘lmasligini o‘qib-uqqan, poraxo‘rlik va korrupsiyaga, suiiste’molchilikka qarshi immunitet hosil qilgan yoshlar kelajakda jur’atli, vijdonli inson bo‘lib yetishadi. Halol mehnat bilan topilmagan boylik totli bo‘lmasligini, hech kimga buyurmasligini, yaxshilik emas, yomonlik va kulfat keltirishini tushunadi.

SamDAQU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Sizning sharafli mehnatingiz, halol umr yo‘lingiz biz uchun ibrat maktabidir” nomli loyihaning navbatdagi mehmoni Boboqandov Nuriddin Akramovich bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ayni yuqorida qayd etilgan haqiqatlar ilgari surildi. Uchrashuvda so‘z olganlar halol mehnat, ilmiy va ijodiy faoliyat uni tom ma’noda baxtiyor etishini, el ichida izzat-hurmatga sazovor qilishini Boboqandov Nuriddin Akramovich siymosida yana bir bor ko‘rish mumkinligini ta’kidlashdi.

Uchrashuvda Boboqandov Nuriddin Akramovich talaba-yoshlarga universitetimiz tarixi bilan bog‘lik ajoyib esda qolarli voqealarni so‘zlab berdi. Ijod namunalaridan o‘qib, she’riyatning, so‘z qudratining jozibali olamiga oshno qildi.

Tadbir so‘ngida Boboqandov Nuriddin Akramovichga talaba-yoshlarni yuksak insoniy g‘oyalar ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy barkamolligini shakllantirishdek eng dolzarb, mas’uliyatli vazifaga qo‘shgan hissasi, ta’lim tizimidagi sharafli va halol mehnatlari uchun universitet rahbariyatining tashakkurnomasi topshirildi. Ustoz siymosini buyoqlarda gavdalantirgan talabalar tomonidan chizilgan ijodiy ishlar sovg‘a sifatida taqdim etildi. O‘z navbatida ustoz ham o‘zining yangi ijod namunalari jamlangan kitoblarni talabalarga hamda tadbir tashkilotchilariga hadya etdi.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

🔊 BITIRUVCHI TALABALAR DIQQATIGA!
#IshgaMarhamat

2023-yilning 2-fevral kuni Xitoy “ANHUI CONCH CEMENT” kompaniyasining “QARSHI CONCH CEMENT” xorijiy korxonasi, bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga tashrif buyurmoqda.

Xitoy mutaxassislari tomonidan sement ishlab chiqarish korxonasiga ishga kiruvchi talabgorlarni ochiq tanlov (suhbat) asosida saralab olinishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan joriy yilning 2-fevral kuni soat 10:00 da universitet bosh binosining 621-xonasida tashkilot mutasaddilari tomonidan suhbat olib borilishini ma'lum qilamiz.

Suhbatga “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish”, “Iqtisod”, “Menejment” ta'lim yo‘nalishlari bitiruvchilarini taklif etamiz.

Universitet “Karyera” markazi bo‘limi


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

📣 «O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2023 йил 31 январь кунги 7-сонида:

✅Биринчи Президент хотираси ёд олинди.

✅Қурилиш соҳасида назорат инспекциясининг сарҳисоб йиғилиши.

✅Жисмоний ва юридик шахслар учун қабул.

✅БСК фаолияти ўрганилди.

✅Оҳангаронда чиқиндидан электр энергияси ишлаб чиқарилади.

✅Фаровонлик юртимиз ободлигига хизмат қилади.

✅Иморатни қурмасдан, шароитни ўйлаш кун талабидир.

✅Ҳудудлардан дараклар.

✅Вохада сув ва электр муаммосини хал этса бўлади.

✅Уй-жойларга замонавий коммунал хизматлар кўрсатиляпти.


Газетада берилаётган материаллар билан /channel/uzbunyodkor телеграм канали ва uzbunyodkor.uz сайти орқали танишиб боришингиз мумкин.

Kanalga ulanish👇👇
/channel/gazetalar_sharhi
/channel/uzbunyodkor

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

🗓2022-yilda eng yaxshi faoliyat olib borgan
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasasidagi yoshlar yetakchisiga ovoz beramiz❗️

✅ So‘rovnomada g'oliblikni qo'lga kiritgan oliy ta’lim muassasasidagi yoshlar yetakchisi
🗓 O‘zbekiston yoshlar ittifoqining viloyat Kengashi tomonidan taqdirlanadi.

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

TA'ZIYANOMA

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Madaniy meros obyektlarini asrash va loyihalash” kafedrasining katta oʻqituvchisi Mamatqulov Oʻktamning otasi Oʻsar xoji boboning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga universitet rahbariyati va professor-oʻqituvchilari nomidan chuqur hamdardlik izhor etamiz.


Janoza: Ertaga 1-fevral 2023-yil soat 13:00 da.
Manzil: Urgut tumani tersak 2.
Mo‘ljal: yangi most.

@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

❗️Hurmatli fuqarolar! Hurmatli universitet professor-o‘qituvchilar hamda aziz talabalar firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmang!

Hushyor bo‘ling, ogoh bo‘ling!
Shuningdek kiber havfsizlik bo‘yicha huquqiy ongni oshirish uchun ushbu kanalni tavsiya etamiz:
👉 @cyber_102

Hurmat bilan universitet profilaktika inspektori kapitan Sheroz Axmedov


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

XUSHXABAR
#qutlov

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Shahar qurilishi va xo‘jaligi” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi Ab'erqul Xudayberdiyev Taras Shevchenko nomidagi Luganskiy milliy universitetining “EDUCATION AND PEDAGOGICAL SCIENCES” Xalqaro ilmiy jurnaliga tahrir hay'at a'zoligiga qo‘shildi.

Ushbu yutuq bilan Ab'erqul Xudayberdiyevni universitet ma'muriyati professor o‘qituvchilari hamda talabalari nomidan muborakbod etamiz!


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Joriy yilning 31-yanvar kuni 17:00 da “Vatandoshlar” jamoat fondi tashabbusi bilan Yaponiya milliy universiteti doktoranti, Nissan Motors korporatsiyasi bosh moliya menejeri Ashrafbek Olimov bilan Fondning @vatandoshlar_fond telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali “Xalqaro kompaniyalarda Xalqaro Moliya boshqaruvi sirlari” (avtosanoat misolida) mavzusida tashkil etiladigan onlayn muloqotda mashinasozlik va moliya boshqaruvi sohasida tahsil olayotgan va shu sohalarga qiziqish bildirgan talaba-yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

SAMDAQU | XALQARO HAMKORLIK BO'LIMI

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

🔊 DIQQAT E'LON!

SamDAQU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan bugun soat 11:00 da, universitet kichik faollar zalida Arxitektura fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Arxitektura fakulteti talabalarini ochiq muloqotga taklif etamiz!


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

“TASVIRIY SANʼAT” KAFEDRASI O‘QITUVCHISI “INTELLEKTUAL IZLANUVCHI” DEB E’TIROF ETILDI
#Qutlov

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Tasviriy sanʼat” kafedrasi katta o‘qituvchisi Sultanov Akram Namazbayevich “Best publication” ilmiy tadqiqotlar markzining tegishli qaroriga asosan MDH davlatlari miqyosida “INTELLEKTUAL IZLANUVCHI” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ushbu yutuq bilan Akram Sultanovni universitet ma’muriyati va professor-o‘qituvchilari hamda talabalari nomidan muborakbod etamiz!


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Президент Шавкат Мирзиёев Ислом Каримов номидаги Илмий-маърифий ёдгорлик мажмуасига ташрифи чоғида Биринчи Президент музейини ташкил этиш ишлари билан ҳам танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев в ходе посещения Научно-просветительского комплекса имени Ислама Каримова также ознакомился с ходом работ по созданию музея Первого Президента.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…
Subscribe to a channel