ALISHER NAVOIY – MILLIY IFTIXORIMIZ
#AlisherNavoiy582yil
2023-yil 9-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining “Besh tashabbus markazi”da buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bagʻishlab “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan davra suhbati oʻtkazildi.
Maʼlumki, XV asr Vatanimiz tarixida Ikkinchi Renessans gullab-yashnagan davr boʻlib, bu yuksalish bevosita Sohibqiron Amir Temurning muborak nomi bilan bogʻliq. Adolat ustuvor boʻlgan jamiyatda taraqqiyot shu darajaga erishdiki, u kunlar nafaqat bizning xalqimiz, balki butun insoniyat tarixining eng shonli sahifalari sifatida abadiyatga muhrlandi. Shu yillarda ijtimoiy hayotning barcha jabhasida qonun ustuvorligi taʼminlandi, ilm-fan, madaniyat va sanʼat gullab yashnadi. Ana shunday olamshumul davrning buyuk namoyandalaridan biri Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hazratlari adabiyotning gultoji sifatida maydonga chiqdi.
Navoiyning insoniy fazilatlari, vatanga boʻlgan cheksiz mehri va eʼtiqodi, yaratgan oʻlmas asarlari tuganmas maʼnaviy mulk sifatida abadiy qoldi. Ana shunday buyuk merosdan yoshlarni bahramand qilish va millatparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvalik ruhini sigdirish ustoz-murabbiylarning muqaddas burchi hisoblanadi.
Davra suhbatida Uchinchi Renessans poydevorini yaratuvchilari boʻlmish yoshlarimizga milliy iftixor tuygʻusi bilan yashash va millat kelajagi uchun daxldorlik tuygʻusini soʻz qudrati bilan singdirishga erishayotgan dotsent A.Quldoshev, dotsent H.Aliqulov, katta oʻqituvchi A.Ziyotovalar tomonidan berilgan maʼlumotlar talabalarga ijtimoiy va ruhiy quvvat berdi.
Davra suhbati qizgʻin kechganligini, hazrat Navoiy merosidan yangi-yangi maʼlumotlarga ega boʻlganliklarini, bunday tadbirlar tez-tez boʻlib tursa maqsadga muvofiq boʻlishini soʻzga chiqqan talabalar minnatdorlik bilan eʼtirof etdilar.
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
“O‘zbekiston bunyodkori” gazetasining navbatdagi sonida SamDAQU “Suv ta'minot, kanalizatsiya va suv resurslarini muhofaza qilish” kafedrasi o‘qituvchisi Farhod Murtazayevning Janubiy Koreyada malaka oshirganligi xususida maqolasi chop etildi.
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
TA'ZIYANOMA
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining “Avtomobil yo‘llari, zamin va poydevorlar” kafedrasining katta o‘qituvchisi Djalolov Tesha Salaevichning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga universitet ma'muriyati va professor-o‘qituvchilari nomidan chuqur hamdardlik bildiramiz.
Janoza marosimi bugun 10.02.2023 yil soat 12:00 da Manzil: Samarqand tumani, Angarolmos mahallasi.
@samdaqueduuz
#GumanitarYordam
Hurmatli univesitet jamoasi!
Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va katta talofatlar ko‘rilgani tufayli insonparvarlik yordami yuborilishi tashkil qilinmoqda.
‼️ Zarur bo‘lgan mahsulotlar RO‘YXATI
Gumanitar yordamni SamDAQU Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limiga topshirishingiz mumkin.
Muddat: har kuni.
To’plangan gumanitar yordam universitet jamoasi nomidan asosiy shtabga yuboriladi.
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
Turkiyada ro‘y bergan kuchli zilzila tufayli yuz bergan talafot oqibatlarini bartaraf qilishda turk xalqiga gumanitar-moliyaviy yordam istagida bo‘lganlar uchun “ZIRAAT BANK UZBEKISTAN” bankida quyidagi maxsus hayriya hisob raqamlarimiz ochildi (foto👆)
Instagram: musiad.uz
Nafs itin qilsang zabun, olamda yo‘q sendek shujo.
Alisher Navoiy
Nafsni tiyishni ham o‘rganish kerak, aks holda, bir kun kelib, u bizni “tiyib” qo‘yishi mumkin. Chunki nafs nafaqat yeyish-ichishga bo‘lgan maylni, balki boylikka, amalga yoki shon–shuhratga bo‘lgan ishtiyoqni ham alanga oldiradi. Inson o‘z nafsini butun umr tarbiya qilishi lozim. Alisher Navoiy asarlarida ham bu g‘oya asosiy o‘rinda turadi. Buyuk mutafakkirning asarlarida nafs obrazi, ko‘pincha, insonni malomatga qo‘yuvchi vijdon azobi ma’nosida qo‘llaniladi. Va nafsni eng katta dushman sanaydi:
Bo‘lub nafsingga tobi, band etarsen tushsa dushmanni,
Sanga yo‘q nafsdek dushman, qila olsang ani qil band.
Shoirning “Lison ut-tayr” asari go‘yalarida ham Fano vodiysiga yetish bosqichlari, aslida o‘z nafsini yengish kurashlaridir. Asarning ikkinchi bobida tavba zikri bayon etiladi:
Yuz havo boshimg‘a solib nafsi shum,
Xayli shayton aylabon har yon hujum.
Bunda foniy inson holati tasvirini ko‘rishimiz mumkin. Shum nafs boshga har baloni soladi va nafs bor joyda shayton to‘dalari har yondan hujum qiladi. Nafsni yengish yo‘lidagi riyozatga Hudhud tomonidan yetaklanadi. Hudhudning barcha qushlarni yo‘lga da’vat qilishdan maqsadi ham quyidagicha bayon qilingan:
Bo‘lg‘osiz sirri riyozat voqifi,
Shoh birla nafsingizning orifi.
Yo‘l davomida har bir qush uzriga aytgan sabablari ham barchasining havoyi nafsga berilib yashaganligini isbot qiladi. Masalan, bulbul uzriga berilgan Hudhudning javobi:
Sen kibi olamda nodon bo‘lmag‘ay,
Nafsga ma’muri farmon bo‘lmag‘ay.
Inson o‘z vujudidagi nafsi havoni yengmasa, komillik yo‘lidagi har qanday urinishi behudadir. Zotan, nafs har vujudda bor,undan keladigan ziyon-u zahmatni ko‘rib anglash ham ana shu vujud sohibining qulidadir. Hazrat Navoiy nafsni ulonga qiyos qiladi va u chaqib ziyon yetkazmasligi uchun inson o‘zini ehtiyot qilmog‘i lozimligini uqtiradi.
Korrupsiya qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
MAGISTRANTLAR VA DOKTORANTLAR BILAN DAVRA SUHBATI OLIB BORILDI
#Uchrashuv
2023-yilning 7-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida tahsil olayotgan magistrantlar va tadqiqot olib borayotgan doktorantlar bilan “Universitetda Oliy ta’limdan keyingi ta’limni rivojlantirish” mavzusida uchrashuv va davra suhbati o‘tkazildi.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Abror Gadayev boshchiligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi PQ-416-son qarorida belgilangan vazifalar, universitetda Oliy ilm-fan maktabini tashkil etish, magistratura talabalarini ilmiy tadqiqot jarayonlariga va grant loyihalariga jalb etish kabi dolzarb loyihalar shuningdek ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishda doktorantlarning mas’uliyatini oshirish xususidagi masalalar muhokama etildi.
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
Bugun 9-fevral – so‘z mulkining sultoni, buyuk mutaffakkir Mir Alisher Navoiy tavalludiga 582 yil to‘ldi
"Haq yo'lida kim senga bir harf o‘qutmish ranj ila,
Aylamak bo'lmas ado oning haqin yuz ganj ila"
Qabri Afg'onistonda, qalbi esa biz bilan mudom barhayot, ajdod.
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
#Xalqaro_hamkorlik
Endi “Web of Science” xalqaro ilmiy bazasidan 3 yil bepul foydalanish mumkin
Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Web of Science”ga Oʻzbekiston Milliy obunasini tashkil etish” mavzusida tadbir oʻtkazildi. Unda vazirlik mutasaddilari, “Clarivate” kompaniyasi vitse-prezidenti Xotorn Stiven, Jahon bankining Vazifalar guruhi rahbari Yerali Beksultan hamda oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari masʼullari, olim-tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Batafsil➡️https://edu.uz/uz/news/view/5100
〰️〰️〰️
Предоставлен бесплатный доступ на три года к международной научной базе данных «Web of Science»
Сегодня в Министерстве высшего образования, науки и инноваций состоялось мероприятие на тему «Организация национальной подписки Узбекистана на «Web of Science». В нем приняли участие уполномоченные лица Министерства, президент компании «Clarivate» Хоторн Стивен, руководитель группы Всемирного банка Ерали Бексултан, а также проректоры по научной работе и инновациям ВОУ, заместители директоров НИИ и ученые.
Подробно➡️ https://edu.uz/ru/news/view/5100
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔊 Hurmatli SamDAQU professor-o‘qituvchilari hamda aziz talabalar!
Turkiyada yuz bergan kuchli zilzila oqibatida talofat ko‘rgan insonlarga, qardosh xalqimiz, birodarlarimizga yordam qo‘lini cho‘zmoqchi bo‘lganlar diqqatiga!
Viloyat Savdo-sanoat palatasi binosida har kuni kechki soat 20:00 gacha insonparvarlik yordamlari qabul qilinmoqda.
Murojaat uchun telefon: +99897-923-35-38 Faridun aka
Mo‘ljal: Yoshlar markazi binosi, ofitserlar uyi.
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
Hurmatli SamDAQU oilasi!
Turkiyada yuz bergan zilzila fojiasi uchun hamdardlik bildirgan barcha xodimlarimiz va talabalarimizga oʻz nomimdan va Turk xalqi nomidan minnatdorchilik bildiraman.
Turk xalqi hozir Sizning yordamingizga muhtoj. Yaqin soatlarda bu bo’yicha batafsilroq yana xabar beramiz.
Hurmat bilan SamDAQU rektori
Dr. Chidem Janbay Turkyilmaz
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanloviga arizalar qabuli tugashiga sanoqli kunlar qoldi
Respublika bo‘ylab 3 bosqichda o‘tkaziladigan tanlovga 6-fevral kuniga qadar 37 950 ta ariza qabul qilingan.
Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar mazkur rasmiy sayt orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar IQ-test sinovidan o‘tishlari va o‘z loyihalarini platformaga joylashlari zarur.
Tanlov g‘oliblari har bir bosqichning o‘zida bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.
Ma’lumot uchun:
☎️ +99890 806 63 60
Ro‘yxatdan o‘tish:👉https://vorislar.uz/
✍️✍️✍️
Остались считанные дни до окончания приёма заявок на республиканский конкурс «Наследники Мирзо Улугбека»
По всей республике по состоянию на 6 февраля поступило 37 950 заявок.
Желающие принять участие в конкурсе, должны зарегистрироваться на официальном сайте.
После регистрации заявители проходят тестирование и размещают свои проекты на платформе.
Победители конкурса награждаются на каждом этапе денежными призами.
Для справок:
☎️ +99890 806 63 60
Зарегистрироваться:👉https://vorislar.uz/
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi.
Davlat dasturi loyihasi jami 309 ta band, 7 yo‘nalishdan iborat:
1-yoʻnalish — 22 ta band;
2-yoʻnalish — 18 ta band;
3-yoʻnalish — 113 ta band;
4-yoʻnalish — 82 ta band;
5-yoʻnalish — 21 ta band;
6-yoʻnalish — 30 ta band;
7-yoʻnalish — 23 ta band.
Hujjat loyihasi bilan jamoatchilik.uz platformasi orqali tanishish mumkin. Platformada har kim o‘z g‘oyalari, takliflarini bildirish, izohlar qoldirish imkoniyatiga ega. Buning uchun ro‘yxatdan o‘tish yoki verifikatsiya talab etilmaydi.
⏳ Muhokamalar 2023-yil 17-fevral kuniga qadar davom etadi.
Faol bo‘ling! Har bir fikr muhim!
@uzbyuksalish
MUROJAAT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rishga xizmat qilmoqda. Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo‘lga qo‘yish orqali davlat boshqaruvida samarali va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Oliy ta’lim muassasalarida ham Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limlari tashkil etildi.
Hurmatli Ustozlar! Qadrli talaba-yoshlar!
Universitetimizda kuzgi semestr tugashi munosabati bilan talabalarning tegishli fanlar bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarining o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadidagi yakuniy nazoratlar bo‘lib o‘tmoqda. Jarayonning shaffof, xolis va adolatli o‘tishini ta’minlash siz bilan bizning qo‘limizda. Afsuski, jarayonoldi kuzatishlarining natijalariga ko‘ra ko‘ngilni xira qiladigan ba’zi noxush holatlarning guvohi bo‘ldik. Ayni vaqtda ushbu holatlar belgilangan tartibda o‘rganilmoqda…
Korrupsiya balosidan qutulish, islohotlarni uning changalidan qutqarish sharafli burchimiz ekanligini hammamiz birdek tushunmog‘imiz shart. Aks holda, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmay, poraxo‘rlik va ta’magirlikdan tiyila olmayotgan shaxslar jazoga tortilishi muqarrar!
Hurmatli Ustozlar! Qadrli talaba-yoshlar!
O‘z faoliyatingiz davomida poraxo‘rlik, ta’magirlik va qonun buzilishlarining boshqa har qanday ko‘rinishlariga duch kelsangiz, noqonuniy xatti-harakatlarning guvohi bo‘lsangiz, biz bilan bog‘laning.
Bog‘lanish uchun aloqa manbalari:
Telefon: (66) 237-36-25;
Telegramm bot: @samdaqi_antikorrupsiya_bot;
Elektron pochta: anticorruption@samdaqi.edu.uz
Zikrilla YASAKOV
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
#diqqat
E ’LON
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida mavjud bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlari bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi
Batafsil👉 https://bit.ly/3GMQhri
Kanalimizga qo‘shiling
👇👇👇
/channel/samiibuz
Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Janbay Turkyilmaz xonimning tavallud topgan kuni munosabati bilan universitet rahbariyati, ishchi xodimlari, professor-o‘qituvchilari hamda talabalar nomidan muborakbod etamiz!
Chidem Turkyilmaz xonim sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, universitet taraqqiyoti yo‘lida kuch-quvvat tilaymiz!
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
#TavalludKun #SamDAQU #rektor
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2023 йил 10 февраль кунги 10-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.
Газетада берилаётган материаллар билан /channel/uzbunyodkor телеграм канали ва uzbunyodkor.uz сайти орқали танишиб боришингиз мумкин.
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/gazetalar_sharhi
/channel/uzbunyodkor
🔊 DIQQAT O‘ZMUDAN TANLOV!
#logotip #tanlov
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining logotipini yaratish boʻyicha tanlov eʼlon qiladi! Tanlov g‘olibiga 10 million so‘m mukofot!
Tanlovda professor-oʻqituvchilar, professional dizaynerlar va soha mutaxassislari, talaba-yoshlar bilan birga barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin.
Logotip yaratish boʻyicha tanlov shartlari 👉 bu yerda;
Tanlovda loyihalar bir bosqichda 2023-yil 1-fevraldan 15-fevral soat 23:59 gacha qabul qilinar ekan.
Natijalar 2023-yil 1-mart kuniga qadar O‘zbekiston milliy universiteti rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.
OʻzMU Axborot xizmati
P.s: SamDAQU professor-o‘qituvchilari hamda talabalarini ushbu tanlovda faol ishtirok etishlarini so‘rab qolamiz.
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
🔊 Muhtaram fuqarolar! #eslatma
📌 Postga qo‘shimcha: Turkiya fuqarolariga yordam qilish maqsadida asosan, Qishki kiyimlar (kattalar va bolalar uchun) mo‘ljallangan:
- ust kiyimlar;
- palto-kurtkalar;
- botinka-etiklar;
- jemper-sviterlar;
- shim-qo‘lqop-sharf;
- beret-qalpoqlar;
- ishlatilmaydigan qishki poyabzallar kerak.
Qishdan eson-omon chiqib olishlari uchun yordam qo‘lini cho‘zsak maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ashyolar bilan ko‘rsatiladigan yordamlarni Turkiya Bosh konsulxonasiga yetkazishingiz mumkin.
Turkiya Bosh konsulxonasining quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Qo‘shimcha ma‘lumotlar uchun: +99897-186-70-71
🔊 Muhtaram fuqarolar!
2023-yil 6-fevral kuni Turkiyada sodir bo‘lgan yirik zilzilalardan jabr ko‘rgan hududlarga yordam berish maqsadida xayriya aksiyasi boshlandi.
Moddiy yordam ko‘rsatish niyati bor fuqarolarimiz o‘z xayriyalarini “Uzbekistan Ziraatbank” filiallari orqali o‘tkazma to‘lovisiz Turkiyaga yetkazib berishlari mumkin.
Ashyolar bilan ko‘rsatiladigan yordam uchun quyidagi ehtiyojlar ro‘yxatini qat’iy e’tiborga olgan holda, ehtirom bilan so‘raladi.
1. Qishki kiyimlar (kattalar va bolalar uchun): -palto-kurtkalar, -plashlar, -botinka-etiklar,-jemper-sviterlar, -shim, -qo‘lqop, -sharf, -beret-qalpoqlar, -paypoq, -ichki kiyimlar;
2. Boshqa ashyolar: -palatka-chodir, -krovat, -to‘shak (palatka uchun), -odeyalo-ko‘rpalar, -maxsus uyqu qoplari, -(katalitik) pech-isitgichlar, -balon, -termos, -qo‘l chiroq-fonarlar, -power bank
-generator;
3. Oziq-ovqat qutisi (Muhlatga chidamli ozuqalar - konservalar): - bolalar ovqatlari, - tagliklar, -tozalash va gigiena materiallari, - Ayollar gigiena ashyolari.
Ashyolar bilan ko‘rsatiladigan yordamlarni Turkiya Bosh konsulxonasiga yetkazishingiz mumkin. Biroq, katta hajmli ashyolarni yetkazib berish uchun, iltimos Turkiya Bosh konsulxonasining quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Qo‘shimcha ma‘lumotlar uchun: +998 97 186 70 71
Hurmat bilan e’tiboringizga taqdim etiladi.
T.R. Ziraat Banki A.Ş.
Anqara davlat korporativ filiali hisob raqamlari:
TURK LIRASI: TR73 0001 0017 4555 5555 5552 04;
USD: TR 46 0001 0017 4555 5555 5552 05;
EURO: TR 19 0001 0017 4555 5555 5552 06;
Bank SWIFT kodi No: TCZBTR2A
Ushbu jo‘natilgan mablag‘lardan hech qanday komissiya undirilmaydi.
“BIZ YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!”
#Targ‘ibot
Joriy yilning 8-fevrak kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti katta faollar zalida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda profilaktika inspektori tomonidan “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida targ‘ibot tadbiri, sport o‘yinlari hamda targ‘ibot aksiyalari o‘tkazildi.
Maʼlumki har tomonlama rivojlanish uchun inson mustahkam sogʻlik va jismoniy barkamollikka ega boʻlishi kerak. Faqat inson organizmiga halokatli taʼsir etuvchi zararli odatlar (kashandalik, ichkilikbozlik, giyohvandlik va boshqa) uygʻun va har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish masalasini hal etishga toʻsqinlik qilishi hech birimizga sir emas. Zararli odatlardan eng ko‘p uchraydigani bu chekish hisoblanadi. Hozirgi kunda yoshlar orasida bu holat borgan sari ommalashib bormoqda. Bunday zararli odatlar esa tobora insonni asta-sekinlik bilan givohvandlik girdobiga olib boradi. Uchrashuvda mas’ul xodimlar tomonidan yuqoridagi kabi ma’lumotlar to‘g‘risida yoshlarga batafsil axborotlar yetkazildi.
Shuningdek yoshlarga “Giyohvand moddalar o‘zi nima?”, “Ular qanday oqibatlarga olib keladi?” degan savollarga videoroliklar orqali hayotiy misollar namoyish etildi. Ushbu giyohvand moddalar shunday og‘uki, ular taʼsirida inson ongi va xulqida oʻzgarishlar sodir boʻladi. Giyohvand moddalar qabul qiluvchilar unga tobe boʻlib qoladilar va oʻz xatti-harakatlarini boshqara olmaydi. Dastlab og‘uni isteʼmol qiluvchilar undan osonlikcha vos kechish mumkin deb oʻylaydilar, lekin uni goh-gohida qabul qilib turish ham tobelikka olib keladi. Organizm yana takror, har takrorlanganda esa katta miqdordagi dozani talab qila boshlaydi.
Ma’lumot uchun: Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining qayd etishicha bir yil mobaynida dunyo boʻyicha 5.5 trillion dona sigaret ishlab chiqarilar ekan va bu tamaki mahsulotlari umumiy hajmining 96% ni tashkil qilar ekan. Hisob-kitoblarga qaraganda, bir kecha-kunduzda sayyoramiz boʻylab 15 milliard dona sigaret sotib olinadi. Buning uchun esa kuniga oʻrtacha 1.3 milliard AQSH dollari sarflanar ekan.
Siz uchun hech kim yaxshi, goʻzal dunyoni yaratib bermaydi. Lekin har birimiz giyohvandlik yoki go‘zal hayotni tanlash imkoniyatiga egamiz!
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
So‘z mulkining sultoni, buyuk mutaffakkir Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlanadi!
SamDAQU Yoshlari kanali
@samdaquyoshlari
⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2023 йил 7 февраль кунги 9-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.
Газетада берилаётган материаллар билан /channel/uzbunyodkor телеграм канали ва uzbunyodkor.uz сайти орқали танишиб боришингиз мумкин.
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/gazetalar_sharhi
/channel/uzbunyodkor
Ҳурматли юртдошлар!
🇹🇷Туркиянинг жануби-шарқий вилоятларида рўй берган кучли зилзила оқибатида кўплаб инсонлар қурбон бўлгани ва катта талофатлар кўрилгани туфайли Ўзбекистон Савдо-саноат палатаси ҳамда «Ёшлар — келажагимиз» жамғармаси томонидан қардош турк халқига Ўзбекистондаги икки давлат ишбилармонлари UTID, TOBB ETÜ TASHKENT, DEIK, MUSIAD номидан инсонпарварлик ёрдами юборилиши ташкил қилинмоқда.
‼️ Зарур бўлган маҳсулотлар РЎЙХАТИ
Гуманитар ёрдам бериш истагида бўлганлар, қуйидаги манзилга ташриф буюришлари сўралади:
Манзил: Тошкент тўқимачилик ва енгил саноат институти технопарки. Тошкент шаҳри Яккасарой тумани Бобур кўчаси 30-уй.
📍41.2876656,69.248298,14z/data=!4m6!3m5!1s0x38ae8b260b220561:0x6fa3decc49ab80bc!8m2!3d41.2892816!4d69.2510555!16s%2Fg%2F11sby5zt55?hl=ru-uz">ЖОЙЛАШУВ
Вақт: 08 февралдан бошлаб ҳар куни соат 10:00 дан 20:00 га қадар.
☎️ Батафсил маълумот учун:
(78) 150 60 06, 1094
🕊 /channel/uzbturkfriendship
Turkiyaning janubi-sharqiy qismidagi viloyatlarda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida koʻplab odam qurbon boʻlgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar koʻrilgani munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurlish universiteti jamoasi nomidan Turkiya xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz.
Qardosh Turkiya xalqiga chuqur taʼziya izhor etamiz, vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz, jabrlanganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tilaymiz.
SamDAQU matbuot kotibi @JavlonRashidovich
KUN HIKMATI
#ibrat
Ushbu suratda birgina kitobning butun boshli devorga taʼsiri tasvirlangan.
Endi butun boshli kitoblarni hayotimizni qanday oʻzgartirishini taʼsavvur qilavering. Shuning uchun koʻproq kitob oʻqing!
@samdaqueduuz
XUSHXABAR
#qutlov
O‘zbekiston Respublikasi Maxpirat nomidagi O‘rta Osiyo xalqlari tarixi instituti Turon fanlar akademiyasi prezediumining qaroriga binoan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Qurilish mexanikasi va materiallar qarshiligi” kafedrasi professori Kupaymurod Ismayilov Turon fanlar akademiyasining AKADEMIK ilmiy unvoni va Turon fanlar akademiyasi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ushbu yutuq bilan professor Kupaymurod Ismayilovni universitet ma’muriyati va professor-o‘qituvchilari nomidan muborakbod etamiz!
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
KUN HIKMATI
#motivatsiya
Quyosh nurlarini berkitib bo‘lmaganidek, haqiqatning chirog‘ini ham so‘ndirib bo‘lmaydi.
Abulqosim Zamaxshariy
@samdaqueduuz
XITOY KORXONASI TOMONIDAN BITIRUVCHILAR ISH BILAN TA’MINLANADI
#IshgaMarhamat #XorijiyKompaniya
Joriy yilning 3-fevral kuni Xitoyning “ANHUI CONCH CEMENT” korxonasining Qarshi hamda Toshkent filiallari mutasaddilari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga tashrif buyurdi. Xabaringiz bor, bu haqda qisqa anons bergan edik.
Joriy o‘quv yilida bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida “QARSHI CONCH CEMENT” MCHJ hamda “TOSHKENT CONCH CEMENT” MCHJ xorijiy korxonasining mas’ul xodimlari dastlab universitet rektori Chidem Turkyilmaz bilan uchrashuv olib bordi.
Uchrashuvda taʼlim, fan va ishlab chiqarishni oʻzaro integratsiyasi boʻyicha muhokama olib borildi. Muhokamalarda xalqaro loyihalar ustida hamkorlik qilish va mustahkamlash, oliy maʼlumotli sifatli kadrlarni tayyorlash, ilmiy tadqiqot ishlarini korxona bazasida amalga oshirish hamda talabalar amaliyoti (stajirovka)ni oʻtkazish boʻyicha keng qamrovli muzokaralar olib borildi.
Rektor qabulidan so‘ng xitoylik mutaxassislar tomonidan sement zavodlariga tanlov asosida ishga kiruvchi talabgorlarni kelgusida ishga joylashishini inobatga olgan holda (haq to‘lanadigan amaliyot o‘tash bo‘yicha) talabgorlar suhbat asosida saralandi.
Suhbat jarayonlarini “Qarshi Conch Cement” MCHJ dan kadrlar resusrlari bo‘yicha direktori Jiao Xiaofei, kadrlar bo‘yicha bosh menejer Xue Kang, sement mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i Guan Liangliang, hamda “Toshkent Conch Cement” MCHJdan kadrlar resusrlari bo‘yicha direktori Hu Yuanqi, Ta’minot bo‘limi boshlig‘i Feng Zhanli hamda tarjimon Hai Nilar olib bordilar.
Suhbatda jami 84 nafar bitiruvchi talabalar ishtirok etib, shundan 59 nafari 5340500 - “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” ta’lim yo‘nalishidan, 21 nafar 5230100 - “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishidan va 4 nafari 5340900 - Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish ta’lim yo‘nalishidan kelgan talabalar tashkil etdi.
Kelgusida ushbu talabgorlarning qobiliyati hamda suhbat natijasiga ko‘ra yuqorida ko‘rsatilgan korxonalar tomonidan ishga qabul qilinishi rejalashtirildi.
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
TAʼZIYANOMA!
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining “Suv taʼminoti, kanalizatsiya va suv resurslarini muhofaza qilish” kafedrasi mudiri, akademik Boboyev Sobirjon Murodullayevichning onasi Xosiyat onaning vafoti munosabati bilan marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga universitet ma’muriyati va professor-o‘qituvchilari nomidan chuqur hamdardlik bildiramiz.
Janoza marosimi bugun 06.02.2023-yil soat 12:00 da.
Manzili: Pastdargʻom tumani, Xoncharvoq qoʻrgʻoni.
@samdaqueduuz