samdaqueduuz | Unsorted

Telegram-канал samdaqueduuz - SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

6609

© SamDAQU Axborot xizmati Murojaat uchun: @samdaqicontactbot SamDAQU matbuot kotibi: @JavlonRashidovich

Subscribe to a channel

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

TAYINLOV

Universitet Kengashining tegishli qarori bilan Xodjabekov Muradjon Usarovich Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Mehnat faoliyati davomida SamDAQUda dekan muovini, o‘quv bo‘limi boshlig‘i, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan. Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega.

SamDAQU O‘quv ishlari bo‘yicha amaldagi prorektori Buriyev Xakim Toshimovich o‘z xohishiga ko‘ra egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

#Tayinlov #Prorektor #SamDAQU


SamDAQU matbuot kotibi @JavlonRashidovich

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

ANONS #EFIR

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga OAV vakillari tashrif buyurib universitet faoliyati, talabalalarning yutuqlari va professor-o‘qituvchilar bilan birga amalga oshirayotgan ilmiy-tadqiqotlari xususdida lavhalar tayyorlandi.

Batafsil tez kunda..


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

HIMOYA JARAYONLARIDAN #FOTOREPORTAJ
#DiplomHimoya

SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2023 йил 17 февраль кунги 11-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.

Газетада берилаётган материаллар билан /channel/uzbunyodkor телеграм канали ва uzbunyodkor.uz сайти орқали танишиб боришингиз мумкин.

Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/uzbunyodkor

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

#Magistratura2023 #QishkiQabul

Davlat oliy ta'Iim muassasalariga o'qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqiashtirish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqiangan qaydnomasiga asosan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga magistraturasiga 2022/2023 o'quv yili yanvar oyi qabuli bo'yicha tanlov natijalarini e'lon qilamiz.

SamDAQU qabul komissiyasi


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

✳️STEM соҳасида аёллар учун Британия Кенгаши стипендиялари

🔰STEM - фан, технология, муҳандислик ва математика.

❇️Кетма-кет учинчи йил Британия Кенгаши Америка, Жанубий Осиё, Шарқий Осиё, Ғарбий Болқон, Марказий Осиё, Бразилия, Миср, Мексика ва бошқа мамлакатлардаги аёлларга ёрдам бериш мақсадида Буюк Британиянинг 21 университети билан ҳамкорликда “Аёллар учун STEM” стипендияси дастурини йўлга қўймоқда.

💰Ушбу дастурда барча харажатлар ташкилотчилар томонидан қоплаб берилади. Шунингдек, STEM дастуридаги университетлар дунё рейтингларида юқори ўринларни эгаллаган.

🕐Дедлайн: 2023 йил март.

🎬Видео

➡️Батафсил⬅️

Eyuf.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

BUYUK SIYMOLARNI YOD ETIB
#AjdodlarRuhiniYodEtib

Joriy yilning 14-fevral kuni universitet faollar zalida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan Mir Alisher Navoiyning 582 yilligi va Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yilligi tavalludi munosabati bilan “Buyuk siymolarni yod etib” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzokov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Bayram tadbiri davomida “Ulug‘bek vorislari” teatr jamoasi a’ zolari tomonidan “Navoiy va Guli” monologi, “Navoiy elchilar e’tirofida” sahna ko‘rinishlari, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asaridan “Bobur va Xonzodabegim”ning suhbatidan lavha va “To‘maris” raqs ansambli a’zolari tomonidan “Tanovar” raqsi, Zahiriddin Muhammad Boburning “Lola” va “Rayhonidur” g‘azallaridan qo‘shiqlar ijro etildi.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

#Magistratura_2022_2023

⚡️Magistraturaga qabul natijalari tasdiqlandi

🌎2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyi qabuli bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga yanvar oyidagi qabul natijalari tasdiqlandi.

☝️Talabgorlar magistraturaga qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.

〰️〰️〰️

⚡️Утверждены итоги приема в магистратуру

🌎Полностью рассмотрены заявления зарегистрировавшихся онлайн через электронную систему http://magistr.edu.uz для зимнего приема в магистратуру государственных высших образовательных учреждений на 2022/2023 учебный год.

Итоги январского приема в магистратуру государственных высших образовательных учреждений утверждены соответствующим заключением Государственной комиссии по координации процессов приема на учебу в государственные высшие образовательные учреждения.

☝️О результатах приема в магистратуру абитуриенты могут узнать через личный кабинет на платформе magistr.edu.uz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⚡️Respublikamizda talabalar soni 1 mlndan oshdi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022/23-o‘quv yili boshiga respublikamizda faoliyat yuritayotgan 191 ta oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 million nafardan oshgan.

Shundan:

🧑‍🎓Talaba yigitlar – 544,8 ming nafar;
👩🏻‍🎓Talaba qizlar – 495,6 ming nafar.

🗓 2021-yilning 1-yanvar holatiga xorijda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni 85,9 ming nafarni tashkil etgan.

Manba


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

HIMOYA JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA
#DiplomHimoya

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining Axitektura fakultetida ta’lim oluvchi beshinchi bosqich talabalarining bitiruv malakaviy (diplom) ishi himoya jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

#live #fotoreportaj


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

#MenDonorman #aksiya

Samarqand viloyat Qon quyish stansiyasida “MEN DONORMAN” shiori ostida donorlik xayriya aksiyasi tashkil etildi. Bu aksiyada Mizro Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining “Yoshlar ittifoqi” a’zolari, universitet professor oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlari faol ishtirok etdi.

Ushbu aksiyada ko‘zlangan maqsad talabalarni va universitet jamoasini donor bo‘lishga, har bir insonga o‘z yordam qo‘lini cho‘zish mumkinligini ko‘rsatish edi.

“— Men har yili ikki marta qon topshiraman, bu ham oʻzimning sogʻligimga va boshqa bir bemorlarning sogʻligiga yaxshi tasir eʼtishidan xursandman'” — deydi SamDAQU yoshlar yetakchisi Ikrom Davurov.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Latviya hukumati grant taqdim etadigan yozgi maktablar roʻyxati eʼlon qilindi!

Latviya hukumati 2023-yilning yozida Latviyada oʻtkaziladigan 9 ta yozgi maktablar uchun grantlar taqdim etmoqda. Maktablar ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Bu yozgi maktablarda talabalar, OTM oʻqituvchilari va tadqiqotchilari qatnashishi mumkin.

Grant yutib olganlarga 1000 yevro mablagʻ ajratiladi va bu mablagʻ quyidagilarni toʻliq qoplaydi:
– Maktabga qatnashish haqi
– Turar joy
– Oziq-ovqat
– Seminar va maʼruzalar
– Ekskuriyalar
– Va boshqa madaniy tadbirlar

Arizalar 2023-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil ma'lumot uchun ⬇️

https://www.viaa.gov.lv/en/list-summer-schools

SAMDAQU | XALQARO HAMKORLIK BO'LIMI

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

KUN HIKMATI
#motivatsiya

Muvaffaqiyatga erishishni istaysizmi? U holda oʻzingizga toʻrtta savol bering: Nimaga? Nega shunday boʻlmasin? Shuni men qilsam-chi? Hozirni oʻzida qilsam-chi?

Jimmi Din


@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

INSONPARVARLIK YORDAMI

Ayni kunlarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti bosh binosida tashkil etilgan shtabda, Turkiyaning janubi-sharqiy qismida ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida talofat ko‘rgan qardoshlarimizga insonparvarlik yordamini ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan guruh tomonidan, xalqimizdan qilinayotgan yordam qabul qilinmoqda.

Ushbu ofatdan zarar ko‘rgan birodar xalq vakillari qismatiga O‘zbek xalqi befarq emas. Xususan Oliy ta’lim vakillari, ziyolilar ham.

Bugun SamDAQU shtabi Samarqand viloyatida joylashgan bir nechta oliy ta’lim muassasalari, jumladan Samarqand davlat chet tillar instittuti, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalari universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali vakillaridan insoparvarlik yordamini qabul qildi.

Ko‘ngillar tomonidan olib kelingan zarur ashyolar hamda buyumlar tez kunlarda shtabda umumlashtirilib, Turkiyaga elchilxonasi orqali yuboriladi.

#UzbekistanTurkiya #Insonparvarlik #Ehson


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

🔊 E'longa qo‘shimcha: Turkiya Tashqi ishlar vazirligidan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kungacha zilzila hududida eng kerakli materiallar:

- qishki chodir;
- isitgich;
- ko‘rpa;
- generator;
- qopko‘rpa.

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

🔊 DIQQAT E'LON!

“Surxon Sanoat Qurilish” Kompaniyasi
tarkibida mavjud tashkilotlari boʻyicha boʻsh ish oʻrinlar ROʻYXATIni e'lon qiladi.

Hurmatli bitiruvchilar batafsil ma'lumotlar uchun SamDAQU Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

Manzil: bosh bino 221-xona.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

TYUTORLAR KENGASHI

Joriy yilning 16-fevral kuni universitet besh tashabbus markazida Tyutorlar Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida arxitektura fakulteti tyutorlarining universitet talabalarini darsdan bo‘sh vaqtlarida 5 tashabbus doirasida akademik guruhlarda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlari tinglandi.

Yig‘ilishni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzokov kirish so‘zi bilan ochib berdi va tyutorlarga talabalarni darsdan bo‘sh vaqtlarida 5 tashabbus doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish samaradorligini yanada oshirish vazifalari bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tildi.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⚡️ДИҚҚАТ ЭЪЛОН!

🇬🇧Буюк Британиянинг Йорк университети бакалавриат, магистратура ва докторантура босқичида ўқишни истайсизми?

🔖Жорий йилнинг 23 февраль куни соат 15:00 да Буюк Британиянинг нуфузли Йорк университети (University of York) Халқаро қабул бўйича менежери Ник Скивингтон иштирокида “Йорк университетида таълим олиш имкониятлари" мавзусида ZOOM платформаси орқали вебинар ташкил этилиши режалаштирилган.

🔘Йорк университетида ўқишни режалаштирган барча тадқиқотчилар, илмий изланувчилар, ёшлар ва мутахассисларни ушбу онлайн учрашувга таклиф этамиз.

📍Онлайн семинарга кириш:
https://us06web.zoom.us/j/83337116519?pwd=dSsrT0R2QnF3MkloS00xRWtqWUthUT09

Код: 654347

Онлайн семинар идентификатори: 861 6673 9052

Eyuf.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga
bilim va tarbiya tufayli erishiladi.

Shavkat Mirziyoyev
 
Assalomu aleykum hurmatli universitetimiz professor-o’qituvchilari, ishchi-xodimlari va qadrli talabalar.

Xabaringiz bor, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi PQ-416-sonli “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti etib qayta tashkil etildi. Bugungi kunda univesitetimizda xalqaro kasb standartlari asosida oliy ma’lumotli mutaxassis-kadrlarni tayyorlash bilan birga ta’lim-tarbiya jarayonlarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida olib borish, talabalarda yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, Vatanga muhabbat va sadoqat, xalq manfaatlari uchun xizmat qilish tuyg’usi bilan yashaydigan kadrlarni ham tarbiyalashimiz lozim.

Afsuski, butun bir jamoa ana shunday mas’uliyatli transformatsiya jarayonlarini kechirar ekan, ko’z yumib ketishimiz imkonsiz bo’lgan ayrim noxush holatlar ham ro’y bermoqda. Hammamizga ma’lumki, ayni kunlarda universitetimizda kuzgi semestr tugashi munosabati bilan talabalarning tegishli fanlar bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarining o’zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida tashkil etilgan yakuniy nazoratlar bo’lib o’tmoqda. Yakuniy hazoratlarni o’tkazish jarayonining shaffof, xolis va adolatli o’tishini ta’minlash bizning birinchi galdagi eng muhim vazifamiz hisoblanadi.

Afsuski, ushbu jarayonlarning o’tkazilishi bilan bog’liq ayrim noxush holatlar ham aniqlandi. Ushbu holatlar belgilangan tartibda o’rganib chiqilib, ta’magirlikka yo’l qo’ygan, o’zining sharafli kasbiga xiyonat qilgan xodimlarimiz bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilishga qaror qilindi. Shu bilan birga, ushbu holatlarni o’rganish natijalarida to’plangan ma’lumotlarni tegishli idora vakillariga ham taqdim qilinishini ma’lum qilamiz.

Hurmat bilan
Universitet rektori Ch.J.Turkyilmaz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

🔊 DIQQAT E'LON!

Ushbu ro‘yxatdagi talabalardan universitet g‘aznasiga, kelib ijara uchun to‘lovlarini olib ketishlarini so‘raymiz.

Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

https://uzbunyodkor.uz/2023/
“O‘zbekiston bunyodkori” газетасининг 2023 йилги тўплами

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

#talabaga_yengillik

⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 15-martga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka, professional ta’lim muassasalariga (kollej, texnikum) o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 15-marti etib belgilandi.

↪️Shuningdek, qaror bilan 2023-yil 20-yanvardan keyin kontraktini toʻlaganlarning toʻlovi ham inobatga olinadigan boʻldi.

〰️〰️〰️

⚡️Срок оплаты контрактов продлен до 15 марта

🔰На основании соответствующего решения Государственной комиссии последним днём оплаты контрактов в высших образовательных учреждениях для абитуриентов, рекомендованных к обучению на платно-контрактной основе по программам бакалавриата и магистратуры на 2022/2023 учебный год, в том числе по дифференцированным ставкам, переводящихся (восстанавливающих) и возобновляющих обучение в профессиональные образовательные учреждения (колледж, техникум), а также оформления приёма в студенты установлен до 15 марта 2023 года.

↪️Также согласно решению будет учтена оплата, осуществленная после 20 января 2023 года.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

UNIVERSITET RAHBARIYATINING KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH BO‘YICHA QILGAN MUROJATIGA #MUNOSABAT

Assalomu alaykum aziz ustozlar!
Hurmatli hamkasblar!

Darhaqiqat, so‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilmoqda.

Rahbariyatning professor-o‘qituvchilarga korrupsiyaning oldini olishga qarata qilgan Murojaatnomasi “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari texnologiyasi” kafedrasi jamoasi ko‘nglidagi gap bo‘libdi.

Murojaatnomada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmoni asosida ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar alohida ta’kidlangan.

Ma’lumki, sharqda o‘qituvchi, ustoz hamisha donishmandlik, axloqiy poklik, halollik ramzi bo‘lib kelgan. Taassufki, ayrim ta’magir, ta’limga tasodifan kirib qolgan, o‘z manfaatini xalq manfaatidan ustun qo‘yadigan kimsalar tufayli ta’lim muassasalari xalq nazarida ma’lum darajada obro‘sizlandi. Ilmni har doim hamma narsadan ustun qo‘yib kelgan, nopok ishlardan hazar qilgan, ma’naviyati va madaniyati yuksak bo‘lgan o‘zbek xalqi uchun korrupsiya mutlaqo yarashmaydigan illatdir. Ayniqsa, endigina hayot yo‘llarida qadam tashlayotgan, beg‘ubor qalbi, musaffo ko‘zlari ila o‘z kelajagiga ishonch bilan boqib turgan yosh yigit-qizlarni korrupsiya domiga tortish bu – eng mudhish jinoyat sanaladi!

Buyuk kelajakni har tomonlama yetuk va yuksak malakaga ega mutaxassis kadrlarni tayyorlamasdan qurish mumkin emasligi ma’lum. Shu bois, mamlakatimizda sog‘lom va har qanday illatlardan xoli bo‘lgan ta’lim-tarbiya muhitini shakllantirish bugun har birimizning muhim va ustuvor vazifamiz bo‘lmog‘i lozim.

Bu borada kafedramizda bir qator ijobiy ishlar olib borilmoqda. Xususan, 2022-2023-o‘quv yili boshida jamoamiz bilan yig‘ilish o‘tkazib, korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tegishli qaror qabul qildik. Yo‘nalish bo‘yicha talabalarimiz orasida anonim so‘rovlar o‘tkazib turibmiz. Kafedrada o‘tkaziladigan yig‘ilishlarimizda korrupsiyaning oqibatlari yuzasidan suhbatlar uyushtirilib kelinmoqda.

Aziz ustozlar, hurmatli hamkasblar!

Korrupsiyaviy munosabatlarga asoslangan har qanday tizim,
u sog‘liqni saqlash va yoki ta’lim tizimi bo‘ladimi, qat’iy nazar, to‘la-to‘kis taraqqiyotga erisha olmasligini anglab yetmog‘imiz lozim. Anglash va bu baloga qarshi kurashni, avvalo, o‘zimizdan boshlashimiz kerak bo‘ladi. Bu kurash oddiy kundalik hayotimizdagi holatlardan boshlanadi.

Siz bilan bizga tom ma’nodagi kelajagimiz quruvchilari bo‘lgan sifatli mutaxassis kadrlarni tayyorlashdek mas’uliyatli topshiriq berilgan. Bu ulkan ishonch, qolaversa, bizning vakolat hamda vazifamiz bilan belgilanadigan vijdon ishi hisoblanadi. Shunday ekan, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi birgalikda kurashaylik.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida “Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir”, degan edilar. Darhaqiqat, sifatli ta’lim, bu – sifatli, bilimli, o‘z iqtidor kuchiga, ilmiga, eng asosiysi, o‘ziga yuksak ishonchi bo‘lgan mutaxassis demakdir. Ta’lim sifatiga asoslangan tizimda taraqqiyot yo‘lidagi barcha salbiy illatlar o‘z –o‘zidan barham topishi shubhasizdir.

Baxtiyor SAIDMURATOV
SamDAQU “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari texnologiyasi” kafedrasi mudiri


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

11 FEVRAL — ILM-FAN SOHASIDAGI AYOLLAR VA XALQARO QIZLAR KUNI
#XalqaroForum

Joriy yilning 13-fevral kuni “Ipak yo'li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Jamiyatda ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalarning barqaror rivojlanishida xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida Xalqaro forum o‘tkazildi.

11 fevral – Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni munosabati bilan tashkil etilgan xalqaro forumda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining olima ayollari ham faol ishtirok etib, Toshkent shahridagi Markaziy studiyada zoom platformasi orqali uzatilgan xalqaro forum ishini onlayn kuzatib borishdi.

Ilm-fan sohasidagi samarali faoliyati uchun soha vakillari hamda ilmiy izlanish olib borayotgan xotin-qizlarning bir guruhi viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Bugun 14-fevral shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun
#Bobur540yil

Har kimki vafo qilsa, vafo topqisidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqisidur,
Yaxshi kishi koʻrmagay yomonligʻ hargiz,
Har kimki yomon boʻlsa jazo topqisidur.



SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

HIMOYA JARAYONLARI BO‘LIB O‘TMOQDA
#DiplomHimoya

Ayn damda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining Axitektura fakultetida ta’lim oluvchi beshinchi bosqich talabalarining bitiruv malakaviy (diplom) ishi himoya jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

#live #fotoreportaj


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

#SamDAQU_OAV_Nigohida

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida ʻʻBIZ YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZʼʼ shiori ostida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar OAV nigohida


SamDAQU Yoshlari kanali
@samdaquyoshlari

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

#Insonparvarlik


Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalari universiteti rektori Xudoynazar Yunusov va universitet birinchi prorektori Alibek Gaffarov insorparvarlik yordamini ko‘rsatish maqsadida SamDAQUga tashrif buyurdilar.

SamDAQU rahbariyati bilan ko‘rishib, shtabda faoliyat yuritayorgan faollardan ko‘ngil so‘radilar.

Professor Xudoynazar Yunusov: — Biror bir bayram yoki tantana, ilmiy anjuman va konferensiyalarga taklif etilganimizda uzrli sabablarga ko‘ra kelolmay qolsak kechirilar, ammo bunday vaziyatda albatta bir-birimizga yordam berishimiz, dalda bo‘lishimiz kerak. Men o‘zim hamda universitet jamoasi nomidan SamDAQU rektori Chidem Turkyilmaz xonim hamda Turkiya xalqiga chuqur hamdardlik bildiraman.

#UzbekistonTurkiya #SamDVMCHBU #SamDAQU #Ehson

SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

DIYOR YANGILIKLARI | AXBOROT XIZMATI XODIMLARI MALAKASINI OSHIRDI
#samarqandmtrk

Manba 9.02.2023-YIL


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

TAYINLOV

Universitet rektorining tegishli buyrug‘i bilan Safarov Bahodirxon Shahriyorovich Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Safarov Bahodirxon 1977-yilda tug‘ilgan. 1999-yilda Samarqand davlat universiteti bakalavr, 2001-yil shu universitetning magistraturasini, 2004-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Samarqand bo‘limining aspiranturasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha iqtisodchi.

Mehnat faoliyati davomida SamDUda uzoq yillar kafedra mudiri, fakultet dekani lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan. Professor ilmiy unvoniga ega. Iqtisodiyot fanlari doktori.

SamDAQU Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha amaldagi prorektori Rajabov Adhamjon Hamdamovich o‘z xohishiga ko‘ra egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

#Tayinlov #Prorektor #SamDAQU


SamDAQU matbuot kotibi @JavlonRashidovich

Читать полностью…
Subscribe to a channel