samdaqueduuz | Unsorted

Telegram-канал samdaqueduuz - SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

6609

© SamDAQU Axborot xizmati Murojaat uchun: @samdaqicontactbot SamDAQU matbuot kotibi: @JavlonRashidovich

Subscribe to a channel

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Turkiya davlat stipendiyalari: Xalqaro talabalar uchun ajoyib imkoniyat!

Turkiya xalqaro talabalarga dunyoning eng nufuzli universitetlarida taʼlim olish imkoniyatini taqdim etadi. Turkiya davlat stipendiyalari bu hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan va iqtidorli talabalar hamda tadqiqotchilarga to‘liq yoki qisqa muddatli o‘qish uchun beriladigan raqobatbardosh dasturdir.

Ariza topshirish muddati:
📝 2025-yil 10-yanvardan – 20-fevralgacha.


Stipendiya o‘ziga xosligi:
Bu stipendiya nafaqat moliyaviy yordam, kontrakt to‘lovi, turar joy va tibbiy sug‘urta bilan taʼminlaydi, balki universitetga joylashish, akademik va madaniy faoliyatlarda qatnashish imkoniyatlarini ham beradi.

Arizalar quyidagi darajalar bo‘yicha qabul qilinadi:
🟢 Bakalavr
🟢 Magistratura
🟢 Doktorantura
🟢 Ilmiy tadqiqotlar (alohida e’lon qilinadi)

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Turkiya davlat stipendiyalari rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarini kuzatib boring. Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

🔊 DIQQAT E’LON!
#Repost #Ulashing

Bugun soat 14:30 da SamDAQU bosh bino 403-xonasida bo‘lib o‘tgan oraliq nazorat vaqtida Akrom Mamarashidovga tegishli Redmi 9A rusumli telefon Redmi 9A rusumli telefonga almashib ketgan.

Bog‘lanish uchun telefon: +99894 417 72 79
_________

Universitet hududida ko‘zoynak topib olingan. Buyum egasi SamDAQU Axborot xizmati - bosh bino 216-xonaga kelib olib ketishingizni so‘raymiz.

@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Chet elda o‘tkazilgan amaliyotlar bo‘yicha hisobot taqdimotlari o‘tkazildi!
#7jan #Hisobot

2024-yil 14–29-dekabr kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida Arxitektura, Qurilish, Iqtisodiyot va boshqaruv, Madaniy meros obyektlarini asrash fakultetilari professor-o‘qituvchilari tomonidan chet elda amalga oshirilgan amaliyot va tajriba almashish jarayonlari bo‘yicha hisobot taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor Jo‘ramirza Qayumov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Mirolim Shodmonqulov, Ta’lim sifatini nazorat qilish kordinatori O‘ktam Sirojiddinov, hamda fakultet dekanlari va boshqa professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Mazkur hisobot taqdimotlari xalqaro tajriba almashish va ta’lim sifatini yanada oshirish yo‘lida muhim ahamiyatga ega.


#SamDAQU #XalqaroHamkorlik #TajribaAlmashinuvi


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

🟥🟥🟥 🟩🟩🟩

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining 2025-yilgi mavsumiga start berildi.

🏆Tanlov g‘olibi bo‘lgan jamoalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:


🔵1-o‘rin – 70 million so‘m;
🔵2-o‘rin – 50 million so‘m;
🔵3-o‘rin – 30 million so‘m.

Nominatsiyalar bo‘yicha:

🔵“Eng faol oliy ta’lim muassasasi” – 15 million so‘m;
🔵“Eng yaxshi erkak roli uchun” – 10 million so‘m;
🔵“Eng yaxshi ayol roli uchun” – 10 million so‘m;
🔵“Jamoa ijodkor talabasi” – 8 million so‘m;
🔵“Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” – 7 million so‘m.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar taʼlim muassasasining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishlari mumkin.


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

SamDAQU doktoranti Xitoyda texnik malaka oshirishni yakunladi!
#6jan #Amaliyot

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti doktoranti Nargiza Sanayeva Xitoy Xalq Respublikasining Chongqing universitetida ilmiy-texnologik hamkorlik doirasida tashkil etilgan texnik malaka oshirish loyihasini muvaffaqiyatli yakunladi.

Hamkorlik rivoji Xitoyning Chunsin shahri va O‘zbekiston o‘rtasidagi shaharsozlik sohasidagi hamkorlik tobora mustahkamlanmoqda. 2024-yilda O‘zbekiston 35 nafar olimni Xitoyga yuborib, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va shaharlarning barqarorligini ta’minlash bo‘yicha Xitoy tajribasini o‘rgandi.

Hamkorlikning yangi qirralari 2020-yilda Chunsin va Toshkent viloyati o‘rtasida birodarlik munosabatlari o‘rnatilgandan buyon bu aloqalar izchil rivojlanmoqda. 2024-yil avgust oyida Chunsin universiteti o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda Shaharsozlik bo‘yicha Xitoy-O‘zbekiston qo‘shma laboratoriyasini tashkil etdi.

Ushbu muvaffaqiyat nafaqat doktorantlarimizning ilmiy salohiyatini oshirishda, balki xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadamdir.


#SamDAQU #XalqaroHamkorlik


SamDAQU Axborot xizmati

@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

📚 Oraliq nazorat jadvali
#7jan #OraliqNazorat

🔔 Eslatma: 2025-yil 8-11-yanvar kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida oraliq nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

📝 8-11 - yanvar kunlari bo‘lib o‘tadigan oraliq nazorat jadvali.

Barchaga muvaffaqiyat tilaymiz!


#SamDAQU #Imtihonlar


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Turkiyada o‘tkazilgan amaliyotlar bo‘yicha hisobot taqdimotlari o‘tkazildi!
#6jan #Hisobot

2024-yil 14–29-dekabr kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining kichik faollar zalida Arxitektura fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Turkiyada amalga oshirilgan amaliyot va tajriba almashish jarayonlari bo‘yicha hisobot taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Mirolim Shodmonqulov, Ta'lim sifatini nazorat qilish kordinatori O‘ktam Sirojiddinov, Arxitektura fakulteti dekani Dilnoza Kamalova va boshqa professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Taqdimotlar davomida quyidagi kafedralar vakillari o‘z amaliyot natijalari bilan o‘rtoqlashdilar:

🟢 “Arxitektura” kafedrasi: Najib Ibragimov, Aziz Toxirov, Saadin Aliev va Maxbura Maxamovalar Yildiz texnik universiteti hamda Istanbul Sabahaddin Zaim universitetida o‘tkazilgan amaliyot bo‘yicha hisobotlarini taqdim etdilar.
🟢 “Shaharsozlik” kafedrasi: Farrux Madiev va Rasul Achildiev Yildiz texnik universitetida o‘tkazgan amaliyotlari haqida ma’lumot berishdi.
🟢 “Interer dizayni” kafedrasi: Rafoat Shamsieva va Feruza Abdullaevalar Me’mor Sinan nafis san’atlar universitetidagi tajribalari bilan bo‘lishdilar.

Professor-o‘qituvchilar Turkiya universitetlaridagi o‘quv jarayonlari, ta’lim dasturlari, pedagogik tajribalar hamda amaliyotlarda qo‘llanilgan innovatsion uslublar haqida batafsil ma’lumot berdilar. Shuningdek, ular olgan bilimlari asosida universitetimiz o‘quv jarayonlariga tatbiq etish uchun o‘z takliflarini taqdim etdilar.

Mazkur hisobot taqdimotlari xalqaro tajriba almashish va ta’lim sifatini yanada oshirish yo‘lida muhim ahamiyatga ega.


#SamDAQU #XalqaroHamkorlik #TajribaAlmashinuvi


SamDAQU Axborot xizmati

@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

👥 DIQQAT EʼLON
#DissertatsiyaHimoyaOldiSeminari

Talabgor Mirjalol Toshtimerov Ergash o‘g‘lining “Binolarda havoni sovutish va namlash samaradorligini oshirishda energiya tejamkor usullarini yaratish” 05.09.03 – “Issiqlik ta’minoti. Ventilyatsiya, konditsionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.26/27.02.2020.Т.109.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy semenari 2025-yil 10-yanvar soat 14:00 da Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining bosh binosi birinchi qavat 114-xonasida bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

👤 Ilmiy rahbar: Texnika fanlari doktori, professor Boboyev Sobirjon Murodullayevich
📍 Manzil: Samarqand shahri, SamDAQU bosh bino.

Barcha qiziquvchi yosh olimlar hamda professor-o‘qituvchilarni taklif etamiz.



SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

❗️ Eslatma: Erta barcha uchun ish kuni!

Yangi yil bayrami munosabati bilan berilgan dam olish kunlari o‘z nihoyasiga yetdi.

🗓 3-yanvar (juma) va 4-yanvar (shanba) kunlari barcha xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi. Bu qoidalar besh kunlik va olti kunlik ish rejimida ishlovchi barcha xodimlarga taalluqli.

O‘z vazifalaringizni vaqtida rejalashtirishni unutmang va ish haftasini samarali boshlang!



SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

⚡️2025-yil — “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o’zbek xalqiga yo’llagan yangi yil tabrigida ma’lum qildi.

#Live #2025Yil


🕊📱📱 @NiyatovAbror

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Yangi yilga bir soniya!
#NoComment

2025-yil eshik qoqmoqda! Har biringizga baxt, ilhom va muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yangi yil barcha orzu va maqsadlaringizni ro‘yobga chiqaradigan yorqin davr bo‘lsin!


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

❄️ SamDAQUda qish nafasi: go‘zallikni his qiling
#15dec #FotoReportaj

☃️ Bugun Samarqand shahrida qish yana o‘zini eslatdi. Obunachilarimizga SamDAQUning eng chiroyli va taassurotli manzaralarini aks ettirgan sara fotolarni havola etamiz.

Qalinroq kiyinishni unutmang.



SamDAQU Axborot xizmati

@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

SamDAQU doktoranti Nargiza Sanayeva Xitoyda amaliyot o‘tamoqda
#14dec #Amaliyot

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti doktoranti Nargiza Sanayeva Xitoy Xalq Respublikasining Chongqing universitetida amaliyot o‘tayapti. U Xitoy-O‘zbekiston “Shahar zilzilabardoshligi” ilmiy-texnologik hamkorlik va texnik malaka oshirish loyihasida faol ishtirok etmoqda.

Mazkur amaliyot jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-apreldagi qarori asosida tasdiqlangan bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” doirasida tashkil etilgan. Ushbu loyiha doirasida Nargiza Sanayeva zilzilabardoshlik sohasida ilg‘or ilmiy yondashuvlarni o‘rganmoqda.

Ushbu faoliyat SamDAQUning seysmik xavfsizlik sohasidagi ilmiy salohiyatini oshirishga hamda mamlakatimizda zamonaviy va barqaror inshootlar qurilishiga zamin yaratadi.

#SamDAQU #XalqaroHamkorlik


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

#islohotlar_samarasi #medialoyiha

Matonat

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamkorlikda “Matonat” loyihasini taqdim etdi.

Mazkur ko‘rsatuv “Parij-2024” yozgi paralimpiya o‘yinlari g‘oliblari, chempionlarimiz haqida hikoya qiladi.

🎬 Batafsil

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

👥 DIQQAT EʼLON
#DissertatsiyaHimoyaOldiSeminari

Talabgor Shaxnoza Turakulova Marufovnaning “Kompyuterda modellashtirish asosida osma po‘lat konstruksiyalarni hisoblash usullarini takomillashtish” mavzusidagi 05.09.01 – “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining muhokamasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.26/26.01.2023.Т.109.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminari 2025-yil 10-yanvar soat 14:00 da Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining kichik faollar zalida bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

👤 Ilmiy rahbar: Texnika fanlari nomzodi, dotsent Fridman Gennadiy Salomonovich

📍 Manzil: Samarqand shahri, SamDAQU kichik faollar zali.

Barcha qiziquvchi yosh olimlar hamda professor-o‘qituvchilarni taklif etamiz.



SamDAQU Axborot xizmati

@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

📚Fayziyev Zafar Xaydarovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

🔻OʻzAning telegram kanallariga aʼzo boʻling

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

👥 Barchaga va’da qilgan animatsion filmimiz premyeraga tayyor. Tomosha qilib, fikr-mulohazalaringizni bildirsangiz xursand bo‘lamiz.

Boisi hali bu kabi dolzarb mavzularda yana animatsion filmlar yaratiladi, takliflaringiz esa faoliyatimiz uchun zarurdir.

🔹 Albatta, ko‘ring: https://youtu.be/Fbb9ORcLHpI



SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

🎓 E’lon: Yaponiya ta’lim dasturlari bo‘yicha qabul boshlandi!
#YaponTili #XalqaroAmaliyot

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi 2025-yil uchun quyidagi o‘quv dasturlari bo‘yicha qabul jarayonini e’lon qiladi.

🟢 “Yapon tili va madaniyati” – oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun.
🟢 “O‘qituvchilar uchun amaliyot dasturi” – boshlang‘ich, o‘rta maktab, litsey yoki kollej o‘qituvchilari uchun.

Imtiyozlar:
✈️ Xalqaro aviaqatnovlar,
🏠 Yashash va ta’lim xarajatlari Yaponiyaning hukumat tomonidan qoplanadi.

Hujjatlarni topshirish muddati:
2025-yil 27-yanvar kuniga qadar.

Batafsil ma’lumot uchun:
🌐 Yaponiyaning Toshkentdagi elchixonasi rasmiy veb-sayti.

Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!


#SamDAQU #XalqaroTa’lim #YaponiyadaAmaliyot


SamDAQU Axborot xizmati

@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

SamDAQUning Xitoydagi amaliyot natijalari
#6jan #Amaliyot

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti, Xitoy Xalq Respublikasining Nanjing Politexnika institutida “Qurilish muxandisligi”, “Atrof-muhit muhandisligi” va “Ijtimoiy va tabiiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari amaliyot bo‘yicha hisobot taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Mirolim Shodmonqulov, Qurilish fakulteti dekani Javlonbek Suyunov va boshqa professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Taqdimotlar davomida quyidagi kafedralar vakillari amaliyot natijalari bilan o‘rtoqlashdilar:

🟢 “Qurilish muxandisligi” kafedrasidan: Muradjon Xodjabekov, Shavkat Bo‘ribayev, Perviz Ahmedzade, Sherzod Yaxshiboyev, Azamat Otaqulov.
🟢 “Atrof-muhit muhandisligi” kafedrasidan: Husniddin Artikboyev.
🟢 “Ijtimoiy va tabiiy fanlar” kafedrasidan: Isomiddin Ergashev.

Professor-o‘qituvchilar Nanjing Politexnika institutida o‘quv jarayonlari, ta’lim dasturlari, pedagogik tajribalar hamda amaliyotlarda qo‘llanilgan innovatsion uslublar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Institutning Xalqaro ta’lim maktabi direktori Shang Weilai bilan uchrashilib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish, yangi adabiyotlar yaratish, laboratoriya mashg‘ulotlari va ilmiy tadqiqot jarayonlarida hamkorlikda ilmiy ishlar olib borish va doktorantlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

#SamDAQU #XalqaroHamkorlik


SamDAQU Axborot xizmati

@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Yilning eng ijodkor ayoli!
#YilAyoli2024 #IjodkorAyollar

“Yil ayoli – 2024” tanlovining “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli” nominatsiyasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti professori, arxitektura fanlari doktori (DSc) Dilshoda Sultonova g‘olib deb topildi!

Dilshoda Namozovna tanlovda o‘zining ijodiy asarlari, katalog va kitoblari, shuningdek, ilmiy patentlari bilan muvaffaqiyatli ishtirok etdi va ulkan natijalarga erishdi.

27-dekabr kuni Toshkent shahridagi Kasaba uyushmasi saroyida bo‘lib o‘tgan tantanali taqdirlash marosimida u o‘z mukofotini qabul qilib oldi.

Professor Dilshoda Sultonovani ushbu yorqin g‘alaba bilan tabriklaymiz va unga yangi ijodiy va ilmiy yutuqlar tilaymiz!


#SamDAQU #IjodkorAyollar #Faxrimiz


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

👥 Diqqat muhim e’lon!
#Eslatma

📑 Eslatib o‘tamiz, barcha oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilangan.

📝 Qishqi ta’til yakunidan so‘ng, 2025-yilning 8, 9, 10 va 11-yanvar kunlari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan barcha talabalari uchun 2-oraliq nazoratlar haftaligi boʻladi. 11-yanvar shanba kuni ham imtihonlar boʻladi.

👤 To‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan universitet talabalari uchun yana bir eslatma, hurmatli to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan universitet talabalaridan o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirishlarini so‘raymiz.


👤 Hurmat bilan universitet ma’muriyati


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

👥 DIQQAT EʼLON
#DissertatsiyaHimoyaOldiSeminari

Talabgor Arslon Ismoilov Isomiddin o‘g‘lining “Avtomobil gaz to‘ldirish kompressor stansiyalarida tabiiy gazni tejash usullarini ishlab chiqish” 05.09.03 – “Issiqlik ta’minoti. Ventilyatsiya, konditsionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.26/27.02.2020.Т.109.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy semenari 2025-yil 10-yanvar soat 12:00 da Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining bosh binosi birinchi qavat 114-xonasida bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

👤 Ilmiy rahbar: Texnika fanlari doktori, professor Boboyev Sobirjon Murodullayevich
📍 Manzil: Samarqand shahri, SamDAQU bosh bino.

Barcha qiziquvchi yosh olimlar hamda professor-o‘qituvchilarni taklif etamiz.



SamDAQU Axborot xizmati

@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

👥 Diqqat! Tanlovga qo‘shiling!
#Tanlov

🖋 Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Talaba klublari bo‘limi badiiy ijodga qiziquvchi barcha ijodkorlar uchun SHE’RIY IJOD TANLOVI e’lon qiladi!

Tanlov shartlari:
➡️ Universitet, Samarqand shahri yoki ona diyorimizni madh etuvchi kamida 4 kupletdan iborat she’r yozing.
➡️ She’rni 2025-yil 1-fevralga qadar @Talaba_klublari_bolimi telegram manziliga yuboring.

Mukofot:
🏆 1-o‘rin sohibi 2 000 000 so‘m pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi!

🗒 Tanlangan ijodiy ish “Ulug‘bek yulduzlari” vokal ansambli tomonidan qo‘shiq matni sifatida foydalaniladi.

Qo‘shimcha talablar:
She’r bilan birga F.I.Sh, telefon raqam va o‘qish yoki ish joyini ko‘rsating.


Bu ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang va o‘z ijodingizni namoyish eting!

#SamDAQU #TalabaKlublari #IjodTanlovi


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Yangi yil muborak bo‘lsin!
#Tabriknoma

2025-yil sizga baxt, muvaffaqiyat va yangi imkoniyatlar olib kelsin! Yangi yilni birgalikda yuksak marralarga erishib qarshi olamiz.

Hurmat bilan SamDAQU Axborot xizmati jamoasi


#SamDAQU #YangiYilMuborak


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

❄️ SamDAQUda qish nafasi: go‘zallikni his qiling
#15dec #NoComment


SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

👥 DIQQAT EʼLON
#DissertatsiyaHimoyaOldiSeminari

Talabgor Sattorov Akbarali Bahodirovichning “Parrandachilik binolarida energiya tejamkor havoni mo‘tadillash sistemalarini tadbiq qilish” 05.09.03 – “Issiqlik ta’minoti. Ventilyatsiya, konditsionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.26/27.02.2020.Т.109.01 raqamli ixtisoslashgan ilmiy kengash qoshidagi ilmiy semenari 2024-yil 20-dekabr soat 14:00 da Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining bosh binosi birinchi qavat 114-xonasida bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

👤 Ilmiy rahbar: Texnika fanlari doktori, professor Boboyev Sobirjon Murodullayevich
📍 Manzil: Samarqand shahri, SamDAQU bosh bino.

Barcha qiziquvchi yosh olimlar hamda professor-o‘qituvchilarni taklif etamiz.



SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Talaba-qizlarni baxtsiz hodisalardan asrash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi
#12dec #DavraSuhbati

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida 2-sonli talabalar turar joyida universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Adolat Ziyotova, dekan maslahatchilari Shohida Yuzboyeva, Nilufar Shodmonqulova va profilaktika inspektori Nargiza Primova bilan hamkorlikda talaba-qizlarni turli baxtsiz hodisalardan asrash maqsadida tushuntirish ishlari olib borildi.

Talaba-qizlarga tushkunlik holatlari yoki muammoli vaziyatlar, turli shaxslar tomonidan tazyiq-zo‘ravonlikka uchraganlarida xotin-qizlar maslahat kengashi va talaba-qizlar uchun ajratilgan profilaktika inspektoriga murojaat qilishlari mumkinligi va bu murojaat sir saqlanishi haqida ogohlantirildi.

#SamDAQU #XotinQizlarFaoliyati


SamDAQU Axborot xizmati

@samdaqueduuz

Читать полностью…

SamDAQU │ Rasmiy kanal ©

Texnologiya va ijtimoiy tarmoqlar: Bizning ruhiy sog‘ligimizga qanday ta’sir qilmoqda?
#PsixologMinbari

Hozirgi kunda texnologiya va ijtimoiy tarmoqlar hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Lekin ular bilan bog‘liq stress va salbiy ta’sirlarni inkor etib bo‘lmaydi.

Stressning asosiy ko‘rinishlari:
“Like” va obunachilar soni uchun tashvish: Ijtimoiy qabul qilinishga bo‘lgan qattiq istak va natijadagi ruhiy zo‘riqish.
Ideal hayot illyuziyasi: Boshqalarning “mukammal” hayotini ko‘rib, o‘zingizni noqulay his qilish.
Doimiy xabarlar bosimi: Notinchlik va tinimsiz javob berishga bo‘lgan ehtiyoj.
Diqqatning pasayishi: Texnologiyalar orqali ko‘p vazifani bajarishga urinish xotira va diqqatga zarar yetkazadi.
Akademik va ish samaradorligining pasayishi: Doimiy foydalanish stress, ichki bezovtalik va unumdorlikni kamaytiradi.


Ruhiy salomatlikni saqlash uchun maslahatlar:
➡️ Qadriyatlaringizga sodiq bo‘ling: Ijtimoiy tarmoqlardagi “ko‘rinish” o‘rniga haqiqiy hayotingizga e’tibor qarating.
➡️ Cheklangan foydalanish rejasi: Telefondan foydalanish vaqtini oldindan rejalashtirib, nazorat ostida saqlang.
➡️ Kunlik vaqt chegarasi: Gajetlardan kuniga 2-3 soatdan ortiq foydalanmaslikka harakat qiling.
➡️ Kechki soatlarda texnologiyadan uzoqlashish: Tungi soat 22:00 dan keyin gajetlarni chetga qo‘ying, sog‘lom uyquni ta’minlang.
➡️ Real muloqot va jismoniy faoliyat: Oila va do‘stlar bilan jonli suhbatlar, shuningdek, sport bilan shug‘ullanishni odat qiling.

Gajetlar – bizning xizmatkorimiz bo‘lishi kerak, egamiz emas! Texnologiyani boshqarishni o‘rganing, shunda u sizning hayotingizga ijobiy hissa qo‘shadi. Texnologiya o‘z o‘rnida bo‘lganda hayot sifatini oshiradi, ammo muvozanatni yo‘qotganimizda zarar keltirishi mumkin.
Diqqatli va ongli foydalanishga intiling!


Sardor OTAYOROV
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti psixologi

Foto: Axborot xizmati tomonidan sun'iy idrok yordamida tayyorlandi.


#SamDAQU #PsixologMaslahati #TexnologiyaVaRuhiySalomatlik


SamDAQU Axborot xizmati

@samdaqueduuz

Читать полностью…
Subscribe to a channel