DIQQAT E'LON!
Qurilish fakulteti yoshlari diqqatiga!
Dekan kuboki uchun fakultet dekanati hamda tyutorlari tomonidan yoshar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 muhim tashabbus asosida bir nechta loyihalar bo‘lib o‘tishini e'lon qilamiz!
1-tashabbus doirasida “Quvnoqlar va zukkolar”;
2-tashabbus doirasida sport tadbirlari;
3-tashabbus doirasida IT musobaqalari;
4-tashabbus doirasida ”Kitobxonlik“ va “Zakovat” o‘yinlari;
5-tashabbus doirasida “Balli qizlar” musobaqa o‘yinlari bo‘lib o‘tadi!
Ishtirok etishni xohlovchi talabalar fakultet dekanatiga va tyutorlaringizga murojaat qilishingizni so‘raymiz!
Qurilish fakulteti dekanati
Xabaringiz bor 1-dekabr “OITSga qarshi butunjahon kurash kuni” sifatida nishonlanadi.
Bu sanada Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi va Arxitektura fakulteti dekanati hamkorligida “Biz OITS ga qarshimiz” mavzusida rasmlar tanlovi boʻlib oʻtgan edi.
Kuni kecha Arxitektura fakultetida ushbu tanlovning natijalari bo’yicha g’olib deb topilgan talabalarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sh.Uzokov, fakultet dekani D.Kamalova, fakultet tyutorlari ishtirok etib, g’olib deb topilgan talaba yoshlar ragʻbatlantirildilar.
Ko‘rik-tanlov g’oliblariga diplom va estalik sovg’alar topshirildi.
Arxitektura fakulteti
PROFILAKTIKA TADBIRLARI
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti talabalari o‘rtasida o‘g‘irlik, talonchilik, bosqinchilik va bezorilik jinoyatlarini oldini olish bo‘yicha profilaktika inspektori kapitan Sheroz Axmedov hamda viloyat Milliy gvardiya qo‘riqlash boshqarmasi va viloyat IIB, JXX, PPX va JTSB xodimlari bilan hamkorlikda tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
#Bayonot
5 yillik ish stajiga ega xotin-qizlar ham barcha qatori imtihon topshiradi, faqat qo‘shimcha imtiyozdan foydalanishi mumkin
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda 5 yil ish tajribasiga ega boʻlgan ayollar oliy oʻquv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinishi haqida asossiz xabarlar tarqalmoqda. Ushbu notoʻgʻri talqin qilinayotgan xabarlar yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi.
Kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni oliy taʼlim muassasalariga imtihonlarsiz oʻqishga qabul qilish boʻyicha tartib mavjud emas.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-son qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi tasdiqlangan.
Mazkur tartib 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab amaliyotga joriy etilgan boʻlib, ushbu toifadagi xotin-qizlarga jami alohida 500 ta bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlari oliy taʼlim muassasalari kesimida ajratildi.
Ushbu toifadagi xotin-qizlar ajratilgan qabul parametrlariga tanlovlarda ishtirok etishlari uchun dastlab Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tegishli tavsiyanomasiga ega boʻlishlari lozim.
Soʻng tavsiyanomaga ega boʻlgan xotin-qizlar uchun tanlovlar umumiy tartibda davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari (test sinovi, kasbiy (ijodiy) imtihon) doirasida oʻtkaziladi.
Imtihonda eng yuqori ballning kamida 30 foizini toʻplab, ammo talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlar 500 ta bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha alohida qabul parametrlari doirasida, ballar ketma-ketligi boʻyicha tanlovda qatnashadi.
2023/2024-oʻquv yilida ham kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan xotin-qizlar mazkur tartibga muvofiq kirish imtihonlari natijalariga koʻra tanlov asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
“YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINING AMALDAGI IJROSI: ILM VA IZLANISH, RIVOJLANISH HAMDA YUKSALISHNING KAFOLATI” MAVZUSIDA SEMINAR HAMDA YOSH ILM SOHIBLARINI TAQDIRLASH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI
#Seminar #Qutlov #Yoshlar
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurlish universitetida “Yoshlarga oid davlat siyosatining amaldagi ijros: ilm va izlanish, rivojlanish hamda yuksalishning kafolati” mavzusida seminar hamda yosh ilm sohiblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet rektori, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i, fakultet dekanlari, iqtidorli talabalar ularning ilmiy rahbarlari hamda ota-onalar ishtirok etdilar.
“Bugungi kunda universitetda jami 7889 nafar talabalarning 200 nafardan ortig‘i iqtidorli talabalar bo‘lib, ular ilmiy-tadqiqot ishlari bilan muntazam shug‘ullanmoqdalar. Mamlakatimizning Yoshlarga oid Davlat siyosati qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 12-avgustda qabul qilingan “Yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yo‘nalishdagi salohiyatlarini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora tadbirlar tizimi” Qarorida bugungi yoshlarimiz uchun yaratilgan keng imkoniyatdir” – deydi universitet rektori Chidem Turkyilmaz xonim.
Shuningdek, yoshlarga “Start Up” loyihalaridagi ishtirokini qo‘llab -quvvatlash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida universitetda “Inkubatsiya markazi” tashkil qilindi. “Inkubatsiya markazi” qoshida “Master plan” va “Start UP” markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Xalqaro yozgi maktablar va kafedralarda yangi ilmiy markazlar tashkil etilmoqdaligi aytib o‘tildi.
Universitetda iqtidorli yoshlarni grant tanlovlari va magistratura bosqichi tadqiqotlariga faol ishtirokini ta’minlash, “Start Up” loyihalar tayyorlash va ishtirok etish hamda xalqaro tajribasini oshirish maqsadida stajirovkalarga yuborish rejalari hamda iqtidorli yoshlar va yosh tadqiqotchilarni xalqaro tajribasini oshirish maqsadida xorijiy OTMlar va kompaniya vakillari bilan hamkorlik loyihalariga o‘rgatmoqda. Bunga Turkiya-O‘zbekiston hamkorligida bajarilayotgan “Master plan” loyihasini aytish mumkin. Bu loyihaga universitetdan iqtidorli talabalar, yosh tadqiqotchilar va loyihachilar jalb qilingan. Tadqiqotchilarni xorijga stajirovka va malaka oshirishga yuborilmoqda.
Tadbir davomida joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyantlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining O‘zbekiston Respublikasi talabalar uchun ta’sis etilgan Davlat stipendiyasi tanlovining GUVOHNOMASI hamda ularning ota-onalari, ilmiy rahbarlari hamda faol bo‘lgan fakultet dekanlari universitet rektori tomonidan TASHAKKURNOMA bilan taqdirlanadilar.
“Bizning rejalarimiz katta. Bugungi kunda universitetimiz jahon standartlari asosidagi, xalqaro talablarga javob beradigan kadrlar tayyorlashga kirishdi. Jarayon Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 8-noyabr 2022-yilda imzolangan 416-sonli Qarordan keyin o‘ta jadallashdi. Chunki universitetimizga akademik va moliyaviy mustaqillik berilishi bizga katta imkoniyat eshiklarini ochib berdi. Bizda xorij tajribasi va xorijiy professorlar yordamidan foydalanilmoqda. Biz rivojlanishning eng dolzarb pallasidamiz. Buning uchun yoshlarimizdan katta shijoat va harakatchanlik, kreativ fikrlash hamda jonbozlik talab qilinadi. Biz bu ko‘rsatkichlar Sizning har biringizda bor deb hisoblaymiz. Maqsadimiz universitetimizning nufuzini dunyo miqiyosiga olib chiqish” – deya tadbirni yakunladi universitet rektori.
#SamDAQU #DavlatStipendiantlari
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
SHOIR VA YOZUVCHILAR BILAN UCHRASHUV
#BadiiyKecha
2023-yil 24-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti kichik faollar zalida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 13-fevraldagi 4/18-3/3-1-sonli xatiga asosan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda shoir va yozuvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzokov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Charos Xushmurodova, Xalqaro Turon yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va jurnalist Zubaydulla Ibragimov, Xalqaro Turon yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Turon” fanlar akademiyasi akademigi shoir Xo‘roz Abdusalomov, “Tasviriy san’at” kafedrasi professori, arxitektura fanlari doktori, “Turon” fanlar akademiyasi akademigi Dilshoda Sultonova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida shoirlar o‘zining yutuqlarini aytib o‘tib, ijodiy faoliyatidagi Vatan, mehr-muruvvat, do‘stlik, haqida she’rlaridan o‘qib berdilar. Shuning bilan birga, yoshlar o‘rtasida adabiyotimiz va madaniyatimizning buyuk namoyondalarning ijodiy mehnatlari bilan tanishtirish, ularning ongiga milliy urf-odat va qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat, e’tibor tuyg‘usini kuchaytirish va boy meroslarimizni targ‘ibot qilish, yoshlarni kitob bilan do‘st bo‘lishga shuningdek, jahon adabiyoti ijodiyotiga bo‘lgan e’tiborini oshirish bilan birga she’r yozish sirlari bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi. Ijodiy uchrashuv so‘nggida shoir va jurnalist Zubaydulla Ibragimov qalamiga mansub “Umidvor ko‘ngil” she’riy to‘plami hamda “Samarqand mushoirasi” nomli she’rlar to‘plami universitet kutubxonasiga taqdim etildi.
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
Tesla stajirovka dasturi 2023
Kerakli davlatlar: barcha mamlakatlar.
Davomiyligi: 3-12 oy.
Tesla barcha kelib chiqishi, millati, irqi va jinsi vakillari uchun ochiq. Tesla stajirovkalari butun dunyo bo'ylab Osiyo, Evropa, Amerika va Shimoliy Amerika kabi ko'plab mamlakatlarda mavjud.
Amaliyot davomida ishtirokchilar Tesla bilan real vaqt rejimida tajriba orttirishlari, uning ish muhitida qanday ishlashini o‘rganishlari mumkin bo‘ladi.
Afzalliklari:
- Turar joy
-Stajirovka dasturi davomida stipendiya.
Qo'shimcha ma'lumot: https://www.tesla.com/en_ae/careers/internships
✅ Respublika yosh olimlar Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📱 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
🔊 DIQQAT E'LON!
2023-yil 24-fevral soat 14:00 da Universitet faollar zalida “Yoshlarga oid davlat siyosatining amaldagi ijrosi: Ilm va izlanish, rivojlanish hamda yuksalishning poydevoridir” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.
Ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli talabalalar, fakultet dekanlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, nomdor davlat stipendiyalari sohiblari hamda ularning ota-onalari va ilmiy rahbarlari ishtirokidagi uchrashuvga barcha talaba-yoshlarni taklif etamiz.
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
TOJIKISTON RASSOMLARI BILAN IJODIY HAMKORLIK
#IjodiyHamkorlik
Joriy yilning fevral oyida Tojikiston Respublikasi, Dushanbe shahrida “Kecha, bugun, ertaga mininatyura san’ati” mavzusida Xalqaro konferesiya bo‘lib o‘tdi.
“Serena” mehmonxonasining majlislar zalida bo‘lib o‘tgan anjumanda O‘zbekiston Respublikasi elchisi, Fransiya va Rossiya olimlari hamda professor Dilshoda Sultonova (SamDAQU), mininatyurachi Murodjon Qo‘shayev, Jumaboy Abduraufov, Nikolay Sultanov, Turon Fanlar Akademiyasi va O‘zbekiston Badiiy Akademiya Samarqand viloyat bo‘limi a’zolari ishtirok etdilar.
Anjumanda professor Dilshoda Sultonova ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. O‘zbekiston miniatyura san’atida XIV asrdan XXI asrgacha ijod qilgan rassomlar hayoti va ijodi va kelajakdagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar, xususan Chingiz Ahmarovning shogirdi rassom Namozboy Sultonov ijodi va SamDAQU “Tasviriy san’at” kafedrasining bugungi yutuqlari to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Anjuman davomida “Ustoz-shogird” an’ananasiga ko‘ra Dilshoda Sultonova o‘z shogirdi Qo‘shayev Murodjon bilan kitoblari va san’at asarlaridan ko‘rgazmalar tashkil etdi. Dilshoda Sultonova anjuman tashkilotchilari Iraj Ayniy va Sarvinoz Hojiyevalarga o‘z esdalik kitoblarini taqdim etib, xalqaro konferinsiyaning maxsus diplom va sertifikatlariga ega bo‘ldi.
Dushanbe shahridagi Bolalar san’at maktabi hamda Dizayn oliygohi talabalariga DIlshoda Sultonova shogirdi Qo‘shayev Murodjon bilan birgalikda mahorat darslari olib borildi. Safar davomida shahar arxitekturasi va madaniyati bilan yaqindan tanishib qaytdilar.
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
Prezident: Har bir oliygoh bitiruvchilari o‘z yo‘nalishlaridagi IT dasturlarda ishlashni o‘rganishi kerak
Ayni paytda Prezident raisligida raqamlashtirish bo‘yicha 2023-yilgi vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Davlatimiz rahbari yoshlarni ITga o‘qitish, ularga ishlashi uchun sharoit va mahsuloti uchun bozor yaratish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, har bir oliygoh bitiruvchilari o‘z yo‘nalishlaridagi IT dasturlarda ishlashni o‘rganishi kerakligi qayd etildi.
Misol uchun, qurilish loyihalari uchun chizmalar chizish, smetalar tuzish, infratuzilmani yaratish ixtisoslashtirilgan dasturlar asosida 1-2 oyda yakuniga yetkazish mumkin. Xorijda yoshlar bunday dasturlarni oliygohda o‘rganib chiqishi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu munosabat bilan Oliy ta’lim va Raqamlashtirish vazirliklariga:
– qurilish, geologiya, mashinasozlik, transport kabi yo‘nalishlarda muhandis-texnologlarni tayyorlash uchun zamonaviy dasturiy mahsulotlarni o‘rganib, yangi o‘quv yilidan oliygohlarda joriy qilish;
– IT park va uning filiallarini bunday oliygohlarga bog‘lab, o‘qituvchi va talabalarni yangi dasturlarda ishlashga o‘rgatish topshirildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
SHOXZOD PULATOV: MAQSADIM ARXITEKTURA VA DIZAYN OLAMIGA O‘Z HISSAMNI QO‘SHISH
#AudioIntervyu
Xabaringiz bor fevral oyi davomida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ishlarining himoya jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
SamDAQU Axborot xizmati 5-bosqichni tamomlagan Shoxzod Pulatovning diplom ishi hamda fikrlari bilan qiziqib audio intervyu tayyorladi. Yuqoridagi videoda bitiruv malakaviy ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
Qahramonimizning portfoliosi: @pulatov_arch_design
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
Oliy darajadagi Oʻzbekiston-Misr muzokaralari yakuni boʻyicha hujjatlar imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniyat va taʼlim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan Qoʻshma bayonotni qabul qildilar.
—
По итогам узбекско-египетских переговоров на высшем уровне состоялась церемония подписания документов.
Главы государств приняли Совместное заявление, направленное на расширение сотрудничества в политической, торгово-экономической, инвестиционной, культурной и образовательной сферах.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2023 йил 21 февраль кунги 12-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.
Газетада берилаётган материаллар билан /channel/uzbunyodkor телеграм канали ва uzbunyodkor.uz сайти орқали танишиб боришингиз мумкин.
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/uzbunyodkor
#diqqat_tanlov
🚗 “Spark” avtomobiliga ega boʻlmoqchimisiz?
Shoir va yozuvchilar hayoti, ijodi haqida bilim va imkoniyatlaringizga ishonasizmi? Unda “Ilhom” mukofoti tanlovida ishtirok etib, oʻzingizni sinab koʻring!
✅“Ilhom” mukofoti shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini oʻrganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar oʻtkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi.
➡️Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:
🟢1-oʻrin – “Spark” avtomobili;
🟢2-oʻrin – 30 mln soʻm pul mukofoti;
🟢3-oʻrin – 15 mln soʻm pul mukofoti.
➡️Tanlov 2 bosqichda oʻtkaziladi:
🔴1-bosqich – oliy taʼlim muassasasi miqyosida saralash bosqichi;
🔴2-bosqich – asosiy tanlov bosqichi hisoblanadi.
🏆“Ilhom” mukofoti bilan taqdirlash har yili Adiblar xiyoboni ochilgan kun – 20-mayda “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida amalga oshiriladi.
🔵Shoshiling, 15-martga qadar OTMning yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullariga ariza bilan murojaat qiling!
📌Tanlov nizomi bilan tanishish👈
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bilasizmi
❇️ Endilikda “kontrakt”dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish uchun soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz portali orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.
✅ Batafsil
SamDAQU matbuot kotibi @JavlonRashidovich
DIQQAT E'LON!
Qurilish fakulteti yoshlari diqqatiga!
Dekan kubigi uchun fakultet dekanati hamda tuytorlari tomonidan yoshar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 muhim tashabbus asosida bir nechta loyihalar bo‘lib o‘tishini e'lon qilamiz!
1-tashabbus doirasida “Quvnoqlar va zukkolar”;
2-tashabbus doirasida sport tadbirlari;
3-tashabbus doirasida IT musobaqalari;
4-tashabbus doirasida ”Kitobxonlik“ va “Zakovat” o‘yinlari;
5-tashabbus doirasida “Balli qizlar” musobaqa o‘yinlari bo‘lib o‘tadi!
Ishtirok etishni xohlovchi talabalar fakultet dekanatiga va tuytorlaringizga murojaat qilishingizni so‘raymiz!
Qurilish fakulteti dekanati
Bugun xalqimizning atoqli shoirasi Zulfiya tavallud topgan kun
#Zulfiya #Bahor
Bahor keldi seni soʻroqlab
Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2023 йил 28 февраль кунги 14-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.
Газетада берилаётган материаллар билан /channel/uzbunyodkor телеграм канали ва uzbunyodkor.uz сайти орқали танишиб боришингиз мумкин.
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/uzbunyodkor
Demak boshladik...
Oʻtgan mavsumdagi zakovatchilar allaqachon millionlarni oʻziniki qilib boʻlishdi. Bu safar bu pullar sizniki boʻlishi mumkin. Sababi biz qaytdik.
SamDAQU Zakovat klubi bilimdonlari uzoq kuttirmasdan, bahorni Zakovat bilan qarshi oladi!
1-mart, Chorshanba kuni soat 17:00 da klubimizning birinchi tur oʻyinlariga start beramiz.
Roʻyxatdan oʻtish shart emas, aytilgan vaqtda aytilgan joyga kelsangiz boʻldi.
Manzil: SamDAQU 5 tashabus faollar zali.
Navbatchi - Temurjon Ibodullayev.
P.S: Klubda muntazam ishtirok etgan va oʻzini koʻrsata olgan bilimdonlar talabalar ligasi va OTMlar oʻrtasidagi intellektual olimpiada uchun SamDAQU Zakovat terma jamoasiga saralab olinadi.
Barchangizni oʻyinimizda kutamiz.
@samdaqi_zakovat
🔊 DIQQAT E'LON!
#IlmiySeminar
2023-yil 27-fevral kuni soat 14:00 da Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti katta o‘qituvchisi Burxonov Xurshid Rashidovichning 05.09.03 - –“Issiqlik taʼminoti. ventilyatsiya, konditsionerlash. Gaz taʼminoti va yoritish” ixtisosligidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Asfalt-beton zavodlaridan ajralib chiqadigan chang-gazlarni tozalash usullarini tadbiq etish” mavzusidagi tayyorlangan dissertatsiya ishining universitet kafedralararo ilmiy Kengashida muhokamasi bo‘lib o‘tishini ma’lumi qilamiz.
Ilmiy rahbar: texnika fanlari doktori, professor, Boboyev Sobirjon Muradullayevich
Ish bajarilgan tashkilot: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
Manzil: SamDAQU bosh binosining 4-qavat “Issiqlik gaz ta’minoti, ventilyatsiya va servis” kafedrasining 419-xonasi.
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2023 йил 24 февраль кунги 13-сони мутолаа учун ҳавола қилинади.
Газетада берилаётган материаллар билан /channel/uzbunyodkor телеграм канали ва uzbunyodkor.uz сайти орқали танишиб боришингиз мумкин.
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/uzbunyodkor
🔊 DIQQAT E'LON!
SamDAQU teatr jamoasiga yangi talantlar, iste’dodlar saralanmoqda!
Jamoaga qo‘shilish istagida bo‘lgan yoshlarni quyidagi telefon raqami orqali bog‘lanishlarini so‘raymiz.
Bog‘lanish uchun telefon: +998915517582
SamDAQU Yoshlari kanali
@samdaquyoshlari
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti 2022-2023 o‘quv yilida professor-o‘qituvchilar hamda talabalarga
AchiCAD (graphisoft) mahsulotlarida bepul litsenziya asosida foydalanishni taqdim etadi.
ArchiCAD - bu arxitektura va qurilish muhandisligi sohalari uchun mo’ljallangan dasturiy vosita hisoblanadi.
Bu bino va inshootlarni kontseptual bosqichdan qurilish bosqichigacha loyihalash imkonini beradi.
ArchiCADning yangi versiyasi har yili chiqariladi, hozirgi kunda eng so'nggi versiyasi ArchiCAD 26
Talabalar va professor-o'qituvchilar universitet tomonidan berilgan elektron pochta manzillari bilan graphisoft.com saytida ro'yxatdan o'tishlari kerak.
Agar istovchilar bo’lsa, 408-auditoriyada o’rnatilgan kompyuterlarda ArchiCAD bilan ishlashingiz mumkin.
Talaba/o’qituvchi maqomini tasdiqlovchi hujjatingizni "google drive" yoki "yandex disk"ga yuklashingiz va havolani tegishli bo'limga qo'yishingiz kerak.
Hurmet bilan
Dr. Chidem Janbay Turkyilmaz
#tavsiya
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi tomonidan oliy taʼlim tizimidagi islohotlar mohiyati, ilgʻor xorijiy tajribalar tahlili, tizimda mavjud muammolarning ilmiy yechimlari, taklif, innovatsion yangiliklar, oʻziga xos yondashuvlar uchun minbar — “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnali nashr qilinmoqda.
📖 Yangi formatdagi ilmiy, oʻquv-uslubiy, tahliliy jurnal yiliga 4 marta oʻzbek, rus va ingliz tillarida chop etilib, unda ekspertlar bilan bo‘lgan intervyularni QR kod orqali YouTube hostingida ham ko‘rish imkoniyati yaratilgan.
📞 Mazkur minbarda oʻz fikr, izlanish va takliflaringiz bilan chiqish qilmoqchi boʻlsangiz +998 (71) 207-03-43 (125) telefon raqami hamda rmxat@edu.uz elektron pochtasi yoki @EduJournalBot ga murojaat qilishingiz mumkin.
⭐️ Jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya qilingan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.
➡️ Nashrga obuna @EdujournalObunaBot yoki www.edujournal.uz sayti orqali rasmiylashtiriladi.
💻Jurnalning elektron shakli bu yerda: /channel/edujournal_uz/28
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
XITOYNING XORIJIY KORXONASI BITIRUVCHILARNI ISH BILAN TA’MINLAMOQCHI
#Hamkorlik
Joriy yilning 21-fevral kuni ООО “HENGYUAN CEMENT” MCHJ xorijiy korxonasining ishlab chiqarish bo‘lim boshlig‘i Cheng Shuang Xi boshchiligidagi delegatsiya vakillari Mirzo ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad xorijiy korxonaga yosh malakali kadrlarni jalb qilish, ularni ish bilan ta’minlash bo‘lib, shu masala xususida universitet rahbariyati bilan muzokara olib borildi.
Muloqoqt mobaynida tomonlar o‘zaro manfaatli bo‘lgan kelishuvlarni amalga oshirishga kelishildi, hamkorlik o‘rnatish istagi bildirildi. Muzokaralar so‘ngida esdalik sovg‘alari hamda esdaliik uchun foto muhrlandi.
Shundan so‘ng “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” kafedrasi bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi, uchrashuvda xorijiy korxona to‘g‘risida bitiruvchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
O‘ZBEKISTON24: MAXSUS REPORTAJ
#OAVnigohida
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Axborot xizmati hamda OAV vakillari hamkorligida universitet faoliyati, talabalalarning yutuqlari va professor-o‘qituvchilar bilan birga amalga oshirayotgan ilmiy-tadqiqotlari xususdida maxsus reportaj tayyorlandi.
#SamDAQU #OAV #Reportaj
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
🔊 DIQQAT IJTIMOIY SO‘ROVNOMA!
Ushbu so‘rovnoma siz tahsil olayotgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida korrupsion holatlarni kuzatish hamda o‘qituvchilar tomonidan o‘tilayotgan darslar sifatini aniqlash maqsadida anonim ravishda o‘tkazilmoqda.
Ta’lim xizmatining asosiy iste’molchisi sifatida sizning ushbu so‘rovnomada qo‘yilgan savollarga ro‘y-rost, vijdonan va xolis bildirgan fikrlaringiz o‘ta muhim bo‘lib, universitetida ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
So‘rovnomani to‘ldirish uchun 👉 havola
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
🔊 DIQQAT E'LON!
Ismoilov Maʼmurjon Muxtorovichning texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi toʻgʻrisida
Ismoilov Maʼmurjon Muxtorovichning “Issiqlik taʼminoti tizimlarida yassi quyosh kollektorlarining ishlash parametrlarini optimallashtirish orqali ularning samaradorligini oshirish” mavzusidagi 05.09.03–“Issiqlik taʼminoti. Ventilyatsiya, konditsionerlash. Gaz taʼminoti va yoritish” (texnika fanlari) ixtisosligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishining himoyasi Mirzo ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.26/27.02.2020.T.109.01 raqamli ilmiy kengashning 2023-yil 28-fevral soat 11:00 dagi majlisida boʻlib oʻtadi.
Manzil: 140147, Samarqand sh., Lolazor koʻchasi, 70-uy.
SamDAQU bosh bino, kichik majlislar zali.
Telefon: (+99866) 237-18-47, faks: (+99866) 237-19-53,
e-mail: http://samgasi_atm@edu.uz.
SamDAQU Axborot xizmati
@samdaqueduuz
TA’ZIYANOMA
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi oʻqituvchisi Muradova Margʻuba Iskandarovnaning onasi Gulchehra Murodovaning vafoti munosabati bilan marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga universitet ma’muriyati hamda professor-oʻqituvchilari nomidan chuqur ta'ziya izhor etamiz.
@samdaqueduuz