6294
AI, startup va dasturlash haqida o’zbek tilida tajribalarimni ulashaman 15+ yil IT tajriba AI bilan birga rivojlanamiz 🚀
Alisher akaga, PHP deb yozsangiz $15 chegirma qilib berishadi)
Читать полностью…
Kunlik mayda ishlar kod yozayotganda fokusni sindiradi: eslatma qo'yish, xabarga javob yozish, kerakli narsani qidirish. Har biri bir daqiqa, lekin fokusni qaytarish ancha uzoq ketadi.
Bunday ishlarga o'zimizni qora ko'zlar Raya nomi AI assistant qilishibdi
/channel/uzdevid/653
Microsoftda global nosozlik: Outlook, Teams, Copilot ishdan chiqdi
Nosozlik Yaponiya hukumat platformasi va Avstraliya xavfsizlik idoralariga ham ta’sir qildi. Microsoft 365 bilan integratsiyalashgani uchun OpenAI va Anthropic xizmatlarida ham uzilishlar bo’ldi.
O'zgarishlarga yana ham tayyor turamiz. Chunki Nvidia CEOsi ishdan ketdi.
Bizga issiq sovug'i bormi deyishingiz mumkin.
Menimcha, ha, bor.
Sizningchachi? Izohlar qismida fikrlashamiz go go
Maktabdagi informatika darsi
yoxud zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi kerak?
Informatika fani qiziq fan.
Choy damlash algoritmi.
1. Chovgumga suv olamiz.
2. Qaynatish uchun gazga qo‘yamiz.
3. Suv qaynab chiqqach, choynakka biroz qaynoq suv solamiz.
4. Choynakni chayib tashlaymiz.
5. Choynakka quruq choy solamiz.
6. Choynakka qaynagan suv solamiz.
7. Yetilishini 3 daqiqa kutamiz.
Endi siz avvalgidek chovgum tepasida kutib o‘tirmaysiz. Borib boshqa ishingizni qila olasiz. Aylanib qaytib kelib, davom eta olasiz.
Zamon ham, dasturlash ham o‘zgardi.
Bizga yaxshi ustozlar kerak,
Ko‘p kerak,
Ularni biz o‘qitishimiz kerak,
Har bir Informatika o‘qituvchisi "Python"ni bilishi kerak.
Senior dasturchiman deganlar yordam qilishi kerak.
Binance platformasi PHPda qilingan shekilli a)
Читать полностью…
1-2 kun yo'q bo'lsang shuda)
Dushanbadan ta'tilga chiqqandim.
Aql berish vaqti)
1-ni tanlaganlar - tushunyapsizmi, back/front/mobile uchalasini ham bitta odam qilyapti, ovoz berganlarning 1/3 qismi allaqachon very full stack bo'lishibdi, chunki shu tarafga ketyapmiz, bu degan ular allaqachon bir nechta dasturchilarni ishdan bo'shatilishiga sababchi bo'lishgan)
2-ni tanlaganlar ham 1/3 qismi ekan, bunday dasturchilar tezroq 1-dagidek ishlashga o'tishmasa, tez kunlarda xayrlashishlari mumkin. Chunki .md fayl uzatib vaqt ketqizgandan ko'ra, bitta odam tez va sifaTltli qiladi, baribir o'sha md faylni olgan odam uni ochib o'qimaydi, to'g'ri claude/codexga tashlaydi
3-ni tanlaganlarga bo'lsa, ularga ham 2-chini tanlaganlarga aytgan gapim)
Sizlar katta ehtimol bilan jiddiy yoki kattaroq loyihada ishlaysiz)
Lekin, 1ga harakat qilaverish kerak.
Fikr jangi qilamizmi, gapingiz bo'lsa kommentga o'ting😂
Manashu haqida post yozaman deb, kalkulyator misolini kim kanalida keltirgan ekan deb qidirsam, o'zimni ikkinchi yopiq kanalim chiqdi)
2 yarim yil oldin, yozmoqchi bo'lgan postimni qisqa qilib yozib qo'ygan ekanman.
Ha do'stlar, bu holat boshqacharoq haqqatdan. Sohadan ko'pchilikni siqib chiqarib yuboryapti. Katta korxonalar back/front/mobile qilib 3 ta dev kerak edi, endi 1 taga tushyapti.
Claude jamoasini o'zida ham loyihalarning kodining ~90 foizi Claude code bilan qilinar ekan.
Yaqinda Claude desktop appda kichik UI o'zgarish qilishgan edi, reply bilan bog'liq. Bu noqulay edi, nega bunaqa o'zgartirishdi ekan deb yurgandim.
Yaqinda oxirgi versiyani o'rnatdim, yana oldingidek joyiga qaytibdi.
Menga qiziq joyi, o'sha noqulay UI/UX o'zgarishni Claudeni o'zi qildimikin yoki unga shunday bo'lsin deb buyruq berildimikin?
Twitter Teslani yangi taqdim qilgan mashinasiga ishlangan videolarga to'lib ketdi
Читать полностью…
Men: Claude mendan so'ragan narsani o'qimasdan "Yes" ni bosib yuborganimda...
Читать полностью…
Tesla raketani dvigatelini mashinalarga qo'yishni boshlabdi)
Raketada uchish orzuyingiz bormidi - unda Tesla mining
Menimcha bu mashina sotuvga chiqmasa kerak, shunchaki ko'rgazma uchun deb o'yladim. (Adashibman, oldindan buyurtma ochilgan ekan)
Traktorga malibuni motorini qo'yishni keragi yo'q)
Benchmark nima? 🧪
Yangi model chiqsa telegram kanallarda darrov postlar yozamizku, har xil sonlarni, %larni ko'rsatib. Yonidagi ustundagi bilan solishtiramiz, undan salgina baland ko'rsatgich turgan bo'ladi. Keyin biz ooo mana, undan zo'ri chiqibdi deymiz. Lekin aslida shu sonlar nimani anglatadi?
Model chiqqanda “SWE-bench 75%” deyishadi. Bu nima?
Tasavvur qiling: 500 ta buzilgan mashina. Har birining nimasi buzilgani yozilgan. Modelga “tuzat” deyiladi - o’zi ochadi, ko’radi, sinaydi, qayta tuzatadi.
Keyin tekshiruvchi keladi: tormoz ishlayaptimi? Chiroq yonyaptimi? Boshqa joyi buzilmadimi? Hammasi joyida - 1 ball. Bittasi ham xato - 0.
350 tasini tuzatdi - 70%.
Yangi model 400 tasini tuzatdi - 80%. Mana “agentic coding’da yaxshilandi” degani shu.
Yana misol: masalan 1000 ta matematikaga oid qiyin masalalar va ularning yechimlar bor. Modelga shu masalalarni yechish vazifa qilib beriladi. Qanchasini to'g'ri yechishiga qarab shu % sonlar aniqlanadi.
Tasavvur qiling, komandada 3 ta dev bor: back/front/mobile. 3 tasini darajasi ham o'zini yo'nalishida yaxshi.
2 tasini ketqizib, qolgan bittasiga Claude 20x dan 2 ta akkaunt olib berilmoqchi.
Diqqat savol: Kimni qoldirib, kimlarni ketqizgan eng yaxshi yechim? 🥹
Daxshat.
Bizda deyarli ishlatishmaydi)
Hatto ishlamay qolganini sezishganiyam yo'q😅
GitHub'da kiberhujum: 60 mingdan ortiq repozitoriy xavf ostida!
Hakerlar juda yashirin sxemadan foydalanishdi: zararsiz ko'ringan Pull Request'lar orqali tizimga kirib, GitHub Actions ish jarayoniga zararli skript joylashgan.
Natijada AWS, Google Cloud va Azure xizmatlariga tegishli maxfiy tokellar va parollar o'g'irlanib, 4,800+ ta akkaunt jabr ko'rgan. Hujumchilar iz qoldirmaslik uchun jurnallarni ham tozalab ketishgan. Xavf ostida nafaqat dasturchilar, balki npm va PyPI orqali kutubxona tarqatuvchilar ham bor.
💡 Xulosa: GitHub Actions uchun berilgan ruxsatlarni, secrets'larni va begona pull request'larni tekshirib chiqing va qattiq cheklovlar o'rnating. Xavfsizlik hech qachon ortiqcha emas!
Claude endi meetup/call larda qatnashadi
Anthropic yangi imkoniyatni sinovga chiqardi - Claude Meetings.
Endi Claude video qo’ng’iroqqa oddiy ishtirokchi kabi qo’shilib, suhbatni kuzatadi, savollarga javob beradi va ishni uchrashuv paytidayoq boshlab yuboradi.
Eng qulay tomoni - qayd yozish endi hech kimning zimmasida emas. Qaydlar va vazifalar ro’yxatini Claude o’zi tuzadi, uchrashuv tugagach esa hammasi claude.ai’dagi alohida sahifada jamlanadi: qaydlar, transkript va yaratilgan hujjatlar. Muhokama davomida jamoa Claude bilan birga hujjat yoki whiteboard tuzishi ham mumkin.
Hozircha funksiya faqat Google Meet’da ishlaydi va Team hamda Enterprise tariflarida beta sifatida ochilmoqda. Boshqa platformalar keyinroq qo’shilishi va’da qilingan.
Forbes yozishicha, AQShda kannabis narxi keskin tushib ketgach, yetishtiruvchi kompaniyalar ulkan sanoat binolarini sun’iy intellekt data-markazlariga aylantirishga urinmoqda.
Nega bu g‘oya jozibador? Bu binolarda kuchli elektr ta’minoti, optik tola, suv va iqlim nazorati allaqachon bor. Zarar keltirayotgan "o‘lik aktiv" AI serverlari uchun ijaraga berilsa, ancha barqaror daromad manbaiga aylanishi mumkin.
Lekin amalda to‘siqlar katta:
• Quvvat yetishmaydi: AI klasterlari bunday obyektlar mo‘ljallanganidan ancha ko‘p elektr talab qiladi.
• Maydon kichik: ko‘p binolar data-markaz uchun torlik qiladi.
• Qayta jihozlash qimmat va uzoq davom etadi.
Xullas, qog‘ozda hisob-kitob chiroyli, ammo texnik va energetik cheklovlar hozircha bu rejaning yo‘lini to‘smoqda.
90 yoshida, 43 - marta marafonni yakunlabdi otaxon.
Hammaga Assalomu alaykum.
Qisqa tanaffusdan so'ng yana "krug"ga qaytdim)
Nvidia bilan bog'liq xabarlarni o'qiyotgan bo'lsangiz kerak, shu kompaniya tinch bo'lsinda ishqilib, hammamiz shu kompaniyaga kundan kun bog'lanib bormoqdamiz.
Otning o'limi itning bayrami - deyishadiyu)
Ot tirik, tomirda tromb bor ekan, allaqachon stena qo'yib davolab qo'yishdi)
🚨 PHP2Shell - internetning 70% xavf ostida
PHP'da ikkita kritik zaiflik topildi (CVE-2026-109618, CVE-2026-109619).
Xavflilik - 9.2/10.
Masshtab shunchalikki:
• Niderlandiya parlamenti saytini o'chirdi
• Finlyandiyada davlat xizmatlari to'xtadi
• NSA va CISA: "Yangilang yoki serverni o'chiring"
• Zaiflikni AI topdi - hujumchilardan oldin
Patch chiqdi. Hoziroq yangilang:
PHP 8.5.12 / 8.4.27 / 8.3.36 / 8.2.35
PHP 8.1 va eskiroq - rasmiy patch yo'q. Upgrade vaqti keldi.
Yana PHP o'ldi deyishadi. Hazillashmang PHP bilan)
Nuruddinni 2.5 yil oldingi posti
Читать полностью…
Claude ishlashi 3 barobar tezlashibdi
Читать полностью…
#kunhazili
Bittasi O'zbekistonga Teslaning yangi uchar mashinasini olib kelib, tilni tagiga nosni urib uchib ketibdi)
OpenAI va Anthropic matematiklarga AI isbotlarini tekshirish uchun 5 milliondan dollar beradi
Simons Foundation (Lean'ni moliyalashtirgan fond) 15 million dollarlik tashabbus boshladi: 5 million - OpenAI, 5 million - Anthropic (pul + compute + Claude), qolgani - fondning o'zi. Pul ochiq tanlov orqali workshoplar va dasturlarga ketadi, tadqiqotchilar modellarga bepul kirish oladi.
Nega? 6-oktabrda OpenAI bir yo'la 722 ta AI yozgan matematik qo'lyozma chiqardi. Matematiklar norozi bo'ldi: AI isbot yozishni arzonlashtirdi, lekin tekshirish hali ham odam vaqtini talab qiladi - bunday hajmni mutaxassislar tekshirib chiqolmaydi. Bu tashabbus o'sha tanqidga javob.
Foydasi: tekshirish muammosiga nihoyat resurs ajratildi, pulni kompaniyalar emas, mustaqil fond taqsimlaydi, AI isbotlari uchun umumiy standartlar paydo bo'ladi.
Xavfi: 15 million bu masshtab uchun kam, matematiklar AI uchun "bepul tekshiruvchi"ga aylanib qolishi mumkin, pul bergan tomon baholashga bilvosita ta'sir qilishi mumkin.
Birinchi marta AI kompaniyalari "isbot chiqardik" bilan cheklanmay, uni tekshirishga ham pul beryapti. Yetarlimi - ko'ramiz.
Menga qiziq bo'lgan narsa, Telegram jamoasi Claude/Codex ishlatarmikin yo'qmi?
Ishlatmayotganga o'xshayapti, sababi relizlar, yangilanishlar juda sekin bo'lyapti bularda. Yoki sezmayapmizmikin biz?
Shaxsiy agentingizga hamma ishlarni ham qildiravermang)
Читать полностью…
Yandex taksi 2 kun ishlamadiku, o'sha paytda MyTaxining ko'rsatgichlari haqida post tayyorlashibdi Spot.
Yurtimiz tinch bo'laversin, datasentrlarimiz ishlashdan to'xtamasin.
O'zimiznikiga baribir mehr boshqachada.
Yurt tinch sen tinch)
Uzr, xato ketgan ekan, *jschilarni davri tugayapti ekan)
PHPchi va backendchilar ko'p yashasin)