14217
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali. Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Bir uxlab turgunimizcha OpenAI (ChatGPT) asoschilaridan biri va kompaniya rahbari Sam Altmanni ishidan haydashibdi. Bu yangilikdan keyin kompaniyaning ikkinchi asoschisi Greg Brockman ham kompaniyani tark etgan.
Qaror qabul qilgan OpenAI boshqaruv kengashi Altmanni kengash bilan shaffof muloqot qilmaganlikda ayblagan.
Qiziq, Altman oxrigi yilda OpenAIning yuziga aylangan, uning boshchiligida yaratilgan ChatGPT dasturi esa Sunʼiy intellekt sohasida inqilob qilishga ulgurgan edi.
Kuzatib boramiz.
🎙 Senior dasturchilikka yo'l
😀 MohirDev dasturchilar uchun navbatdagi podkastni taqdim etadi.
🔥 Humoyun Inoyatov Epam Systems kompaniyasida senior dasturchi, GDG Tashkent a'zosi va ko'plab dasturchilarning ustozi.
🗣 Suhbat davomida oliygohlarda o'qish va netvorking, loyihalarda ishlab tajriba olish, startaplar va senior dasturchi maqomigacha bo'lgan yo'lni bilib olasiz.
👉 Premyera bugun soat 21:00'da MohirDev YouTube kanalida bo'lib o'tadi.
🔔 Eslatmani yoqib qo'yish
Dasturlashni o'rganayotgan do'stlaringizga ulashib qo'yishni unutmang
⚡️ Registration for the DevFest Tashkent '23 is OPEN!
It's that time of the year - DevFest is coming to Tashkent once again, this time on an even larger scale!
Join us for a day of unparalleled talks and networking as we bring under one roof the brightest minds in the local and international tech community.
Why you should come to DevFest Tashkent '23?
🚀 BIGGEST SPEAKERS
Mark McDonald and Martin Görner from Google, Tilek Mamutov from Outtalent, Jitendra Gupta from KPMG and other top speakers, including 9(!) GDE(Google Developer Experts)s in Machine Learning and other spheres will share their first-hand experience with you!
🚀 BIGGEST VENUE
Renowned Panorama Cinema Palace will be your venue for the upcoming DevFest Tashkent '23!
🚀 BIGGEST NETWORKING
Last year we had more than 2000 participants, and this year, we expect this number to go over 3000!
Hurry up to get your FREE TICKET via the link below:
https://devfest.gdgtashkent.uz/
👀 Date: November 25, 2023
🕙 Time: 09:00 - 18:00
📍 Venue: Panorama Cinema Palace
🙌 See you at DevFest Tashkent '23!
@gdgtashkent
Етакчи IT-компаниялар тақдимоти ва Алгоритм & Моҳирдев ҳамкорлигида гибрид таълим ўқув маркази очилиш маросими бўлиб ўтди
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook |Twitter | YouTube
Kursga link 👉 https://mohirdev.uz/kurslar/prompt/
Читать полностью…
Namanganda katta ochilishga tayyorgarlik, ustozlarga masterklasslarni ham oʻtdik.
Ertaga 14:00 barchangizni tadbirda kutib qolamiz.
✍️Roʻyxatdan oʻtish
Manzil: https://maps.app.goo.gl/nuLDDjYVbAyuEhqY9
🔥 20 daqiqa ichida minimum 100,000 so’m to’lov qilib o’z joyingizni band qiling va barcha bonuslarga ega bo’ling.
👉 Qolgan summani 10-noyabrgacha to’lashingiz kerak bo’ladi.
To’lov qilish tartibi:
@mohirdevsotuv_bot ga o’ting
1. Ma’lumotlaringizni to’ldiring
2. Ko’rsatilgan Payme yoki UZUM servisi orqali to’lovni amalga oshiring
3. Skrinshotni botga yuboring
Demak, bugun soat 20:00 da Sun'iy Intellekt haqida Webinar.
Suhbat davomida quyidagi mavzularga to'xtalamiz:
- Sun’iy Intellekt nima?
- Sohada qanday yo'nalishlar bor?
- SI’ni qaysi sohalarda samarali ishlatish mumkin?
- Qanday qilib mutaxassis bo'lish mumkin? (Roadmap)
- Mohirdevda yangilangan Data Science va SI kursi taqdimoti.
Suhbat mohirdev mohirdev">Youtube kanalida bo'lib o'tadi.
Savollaringiz bo'lsa izohda qoldiring 👇
Bugun Data Science kursi talabasiga tanbeh berishimaga toʻgʻri keldi. Bu gaplar boshqa kurslarda oʻqiyotgan va umuman barcha ilm olayotganlarga tegishli.
Audio qisqa mazmuni: Mustaqil oʻrganish koʻnikmasi yoʻq insonlardan yaxshi dasturchi chiqmaydi.
Siz nima deb oʻylaysiz?
Audio 👇
Sardor ogʻaning gapida jon bor.
Dasturlashni oʻrganib, bir umr dasturchi boʻlishga mahkum emassiz. Qaysidur bosqichda oʻzingizning startupingizni yoʻlga qoʻyib, biznesga oʻtib ketish imkoniyati ham bor.
Afsuski, bizda startup yoki umuman tadbirkorlik tushunchasi toʻgʻri shakllanmagan. Tadbirkorlik haqida yuzaki tushunchaga egamiz, tadbirkor deganda faqat doʻkon/bozordagi savdogarlarni tushunamiz.
Aslida, global miqyosda qaraydigan boʻlsak eng katta va boy bizneslar bu aynan AyTi bizneslar (Apple, Google, Meta, Amazon, Facebook, Alibaba ...). Ular ham qachonlardir dasturchi va muhandislar tomonidan startup koʻrinishida boshlangan.
Bizda esa bir kasb egasi faqat maoshga yashashi kerak degan tushuncha shakllangan.
Toʻgʻri, startup qilish, oʻz biznesini koʻtarish hammaga ham emas. 90% startuplar 3-4 yilga ham bormay toʻkilib ketadi. Lekin qolgan 10% ham iqtisodga millionlab dollar foyda keltiradi. Bir marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan insonlar esa koʻpincha 2-3 urinishda oʻta muvaffaqiyatli biznes qurishadi. Ya'ni muvaffaqiyatsizlik ham aslida yaxshi tajriba.
Oʻzbekistonda yildan-yilga xakatonlar soni oshib, yaxshi loyihalar chiqayapti. Afsuski, kamdan-kam loyiha startupga aylanib, davom etayapti. Aksar asoschilar xakatonda olingan pullarni loyiha rivojiga emas, shaxsiy ehtiyojlariga sarflab, loyihani esdan chiqarayaptilar. Bunda albatta faqat ularning aybi emas, koʻpchilik startup qilishni bilmaydi. Yuqorida aytganimdek tadbirkorlik haqida tushunchaga ham ega emas.
Xullas, mohirdev bu muammoni ham hal qilish ustida bosh qotirayapti. Yil oxirida Oʻzbekistonda startup eco-tizimini rivojlantirish uchun yoshlarga startup qurishni oʻrgatuvchi loyihani taqdim qilamiz.
Loyiha bir nechta venchur fondlar, xalqaro akselerator dasturlar va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda qilinmoqda. Hozirgacha, Oʻzbekistonda muqobili yoʻq loyiha boʻladi.
Kuzatib, boring. Tafsilotlarini yana e'lon qilamiz.
Xavfsiz kelajak uchun 5 ta asosiy ko'nikmalar:
1. Algorithms and data structures
2. Python development
3. Machine learning / AI development
4. Relational and non-relational databases
5. Cloud computing.
Nima uchun Python? Chunki bu oddiy, nihoyatda mashhur va undan foydalanib kelajakni yaratyapmiz. Agar siz AI/ML ga qiziqmasangiz e’tibor bermang.
@svpino
Udevs jamoasi oflayn Project Management kursini boshlayotgan ekan. Mentorlar sohada ishlab turgan insonlar, MyTaxi, Lebazar, TBC Bank, Billz, Safia va boshqa 90 dan ortiq loyihalarda ishlagan mutaxassislar.
Xullas, sohaga kiraman deganlarga va oflayn kurs qidirib yurganlarga tavsiya qilaman.
To'liq ma'lumot: https://telegra.ph/Project-management-05-20-2
🏆 Mohir.ai loyihasi UzTelecom Pitch Day 2-oʻrinni egalladi. 🎉🎉🎉
Читать полностью…
Harakat qilyapman lekin qo'limdan kelmayapti
Dasturlashga qiziqishim katta, lekin qiyinlik qilyapti 😞
FAANG kompaniyalariga kirish uchun Leetcode yechishga harakat qilyapman, lekin o'xshamayapti 😣
Har xil kompaniyalarda interview qilyapman, lekin har doim rad javobini olyapman 🥺
Dasturchilik men uchun emasmi?
Shu ma'nodagi savollar ko'p ko'p kelib turadi. Bu savolga javobni men bilmayman. Lekin sizlar bilan o'zimning ba'zi bir muvaffaqiyatsizliklarim bilan ulashmoqchiman.
5-6chi sinflarda Turk Litseyiga kirishga juda qattiq tayyorgarlik ko'rganmiz sinfdoshlar bilan. Ularning hammasi kirgan. Mendan tashqari. Ozgina bal yetmay qolgan. Omadni qarangki, 2 hafta o'tar o'tmas litseydan telefon qilib qo'shimcha sinf ochilishini va u sinfga meni ham qabul qilishganini aytishgan.
Turk Litseyda o'qib yurgan paytimda ingliz tilidan olimpiadaga chiqishga rosa harakat qilganman. Lekin bir kursdoshim testlarda mendan ko'proq bal to'plab litseyimiz nomidan olimpiadaga chiqqan. Ingliz tilini vaqtincha tashlab rus tilidan qatnashganman o'shanda.
Global Solutions kompaniyasiga adashib kirib qolganman. 3 oydan keyin haydalganman.
Delivery Hero kompaniyasiga 2 marta kira olmaganman. 3chi urinishda o'tib ketganman.
Amazonga birinchi topshirganimda interviewdan o'ta olmaganman.
Blinkist, Hello Fresh kabi kompaniyalarning birinchi interviewsidan uyog'iga o'tmaganman.
Lekin har bir rad javobi turtki bo'lgan va hozirgi holatimga olib kelgan.
Ishonchim komil, siz bilgan eng zo'r dasturchilar ham karyerasi davomida juda ko'p rad javobini olishgan. Hulosa qilish esa sizdan.
Siz qayerdan rad javobini olgansiz?
@jakhonrakhmonov
“Жобс Гейтсдан таълим ҳақида сўради ва у бўлажак мактаблар ҳақидаги ўз тасаввури билан ўртоқлашди. Унга кўра ўқувчилар маъруза ва видеодарсларни уйда томоша қилади, мактабга эса мунозараларда иштирок этиш ва саволлар бериш учун боришади. Улар икковининг фикрича, компьютерлар ҳозирча таълим олиш жараёнига ҳайрон қоларли даражада кам таъсир кўрсатмоқда”
- Уолтео Айзексон, “Стив Жобс”, 2011.
Qachonlardir Stiv Jobs va Bill Geyts bashorat qilgan tizimni Oʻzbekistonda ilk bor Mohirdev yoʻlga qoʻydi.
🤔 Namanganda IT sohasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani” axborot kutubxona markazida yetakchi IT kompaniyalar taqdimoti hamda Algoritm & Mohirdev hamkorligidagi gibrid ta’lim o‘quv markazi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/3486/
#digital
#namangan
📌 Telegram | Facebook | Instagram | digitaluz">Youtube | digital_uz_">Threads | Twitter
Sirini aytaman, biz hafta boshida Prompt Engineering kursini chiqargan edik. Sam ham shuni kutib turgan ekan, ChatGPTni Oʻzbeklarga ham ochib yubordi.
Читать полностью…
Kecha EPAM prezidenti bilan suhbat bo’lib o’tdi. Suhbatning asosiy mavzusi Falastin-Isroil mojarosi va kompaniyaning Linkedin sahifasida Isroilni qo’llab quvvatlab qo’ygan mojaroli posti haqida bo’ldi.
Suhbat detallarini ochiqlab o’tirmayman. Oxirgi qarorim: Xayr endi EPAM.
💣 3 DAQIQADA BOSHLAYMIZ
👉 https://www.youtube.com/live/HajJFFe9_Wk?si=SFmP6QueYBAQVKMf
Sun'iy Intellekt sohasini o'rganmoqchimisiz, lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi?
🔥 5-noyabrda bo'lib o'tadigan maxsus master-klassda barcha savollaringizga javob olasiz.
Master-klass onlayn bo'lib o'tadi.
🤩 Yangilangan "Sun'y Intellekt va Data Science" kursining taqdimoti ham aynan ushbu master-klass so'ngida bo'lib o'tadi.
Master-klass qatnashuvchilariga maxsus chegirma va bonuslar tayyorlab qo'yilgan.
Qatnashish uchun kanalga qo'shiling: /channel/+RFC3qD9TMWxjNTE6
MohirDev platformasini Namanganda qarshi oling
🔥 Algoritm Ta'lim o'quv markazi MohirDev onlayn ta'lim platformasi bilan hamkorlikda birinchi bor gibrid ta'lim tizimini yo'lga qo'ymoqda.
👉 8-noyabr, soat 14:00'da markaz ochilish marosimi bo'lib o'tadi
✍️ Ro'yxatdan o'tish
🎁 Maxsus sovg'a va bonuslar, kurslar haqida ma'lumot olish imkoniyatini o'tkazib yubormang
Oxirgi jumla menga juda yoqdi, haqiqatdan kelajakni sun'iy intellekt muhandislar shakllantirayapti. Bugun biz ko'rib turgan hamma SI dasturlar (ChatGPT, Bard, Midjourney va hokazo) barchasi SI muhandislar tomonidan, Python dasturlash tilida yozilayapti.
SIdan kamida to'g'ri foydalanish 21-asr uchun eng muhim ko'nikmaga aylanayapti. Biz ham zamon bilan hamnafas yurib, tez kunda yangilangan Data Science va Sun'iy intellekt kursini taqdim qilamiz.
Endi kursimizda nafaqat SI yaratish balki undan to'g'ri foydalanish haqida ham to'liq tushunchalar beriladi.
Xullas, kanalni kuzatib boring, oldinda ko'p yangiliklar kutmoqda.
ICT Week 2023 tadbirini ham tamomlab oldik. Mubolagʻasiz eng faol stend Mohirdevniki boʻldi 😎
Читать полностью…
Birozdan soʻng boshlaymiz:
https://www.instagram.com/mohirdev?upcoming_event_id=18061175548458168
Barcha gʻoliblar:
🥇pointAI
🥈mohir.ai
🥉Sugʻurta bozor
Tabriklaymiz 🎉