shahas_worldview | Unsorted

Telegram-канал shahas_worldview - Another World

-

• (Tushunilmas nimalardir jamlangan boshqacha dunyo...) • Connection: @tieupwith_bot

Subscribe to a channel

Another World

Yo asling kabi ko'rin, yo ko'ringaning kabi bo'l.

Читать полностью…

Another World

@shahas_worldview

Читать полностью…

Another World

Allohning zikri ila qalblar taskin topmasmi?

Читать полностью…

Another World

Yozilgan bo'lsa qayerga qochay?
Yozilmagan bo'lsa nimadan qo'rqay?

#mymotivatsion

Читать полностью…

Another World

Shunday gaplar borki, ularni aytasiz, lekin hech nima aytmagandek boʻlasiz...
Shunday sukutlar borki, ular bilan hamma narsani aytgandek boʻlasiz...

Читать полностью…

Another World

-Manzil qayerligini bilmay, qadam bosib ketaverishlikda ma'no bormi?
-Ha, bordek ko'rinadi shekilli, insonlar islomsiz yashayabdiku)

Читать полностью…

Another World

Jimgina, ko'zni yumib eshiting)

Читать полностью…

Another World

@shahas_worldview

Fikrlar: @tieupwith_bot

https://telegra.ph/Ming-quyosh-shulasi-Xolid-Husayniy-review-02-24-2

Читать полностью…

Another World

Ular tirik, yashayabdi!

Читать полностью…

Another World

قَدْ كَفَانِي عِلْمُ رَبِّي
مِنْ سُؤَالِي وَاخْتِيَارِي
فَدُعَـائِي وابْتِهـَالِي
شَـاهِدٌ لِي بِافْتِقَارِي
شَـاهِدٌ لِي بِافْتِقَارِي

Читать полностью…

Another World

My Lord show me right from wrong
Give me light make me strong
I know the road is long
Make me strong

Juma Mubarak!
Assalomu alaykum va Rahmatullahi va Barokatuhu)

Читать полностью…

Another World

Abu Zar (r.a) dan rivoyat qilinadi:

Rasululloh (sollalohu alayhi vasallam) aytadilar:
"Ey Abu Zar, ertalab (barvaqt) turib, Allohning Kitobidan bir oyat o'rganishing, sen uchun yuz rak'at nafl namoz o'qishingdan yaxshiroq. Ertalab (barvaqt) turib amal qilinadigan yoki qilinmaydigan ilmdan bir bob o'rganishing sen uchun ming rak'at nafl namozi o'qishingdan yaxshiroqdir"
(Imom ibn Moja rivoyati)

Assalomu alaykum.
Kunimiz hayrli va barokatli bo'lsin)

Читать полностью…

Another World

Xullaskalom, .....


Читать полностью…

Another World

Zikr - qalb hotirjamligining formulasidir.


Assalomu alaykum va Rahmatullohi va Barokatuhu.
Juma qutlug' bo'lsin!

Читать полностью…

Another World

2020, kim uchun qanday bilmadim, men uchun yaxshi yil bo'ldi.

Ko'p narsani angladim.
Tushundim.
Shu yilni ko'p muddatini yolg'iz o'tkazdim.
Bir o'zim...

Atrofimdagi men yaqin deb bilgan insonlarimning mendan qanchalik uzoqliklarini, mendan uzoq bo'lgan insonlarning aslida menga qanchalik yaqinliklarini angladim.

Yo'qotishlar bo'ldi. Tark etishlar bo'ldi.
Chidadim. Ko'p narsani angladim.
Ba'zida ich-ichimdan alam, azob chekdim. Ba'zida esa tafakkur bilan bunday azoblar, og'riqlardan halos bo'ldim.
Xa, tafakkur bu davo.
Tafakkur esa - Islomda!


Haqiqatlarni angladim.
Aslida, biz insonlar yolg'onlarni sevamiz.
Yolg'onlar bizni hayotimizni sohta chiroyliklarga to'ldirarkan, ammo buni sohtaligini sezib ham shu asnoda hayot masofalarini bosib o'taverarkanmiz.
Haqiqatlarchi?
Yo'q, haqiqatlar bilan umrguzaronlik qilishni istamaymiz. Bundan qo'rqamiz.
Tinchi deb, shirin yolg'onlar bilan o'zimizni aldab yashaveramiz, yashayveramiz.

Ammo, omonatmiz.
Omonat.
Bugun bormiz, ertaga bor yoki yo'qligimiz faqat Unga ayon.
Faqat U zot biladi.

ps: 10 kun o'tkan bo'lsada, shunchaki yozgim keldi 2020-yil haqida.
Aslida ko'p narsa yozmoqchi edim.
Yozdim ham.
Keyin yana o'chirdim. Qisqa qildim.
Fikrlar chalkash, ko'ngilda xiralik, nimadir joyida emasdek g'oyo.
Sababi o'zimga ham ayon emas.


#nothing

Читать полностью…

Another World

Unutmang, inson yuksalishi, ma'naviyatli bo'lishi uchun unga ikki narsa kerak:

Birinchisi - Iymon.
Ikkinchisi - Ilm.


#tafakkurqil

Читать полностью…

Another World



Qandaydir tushkun vaziyatda, mahzun holatingda hech kimdan yordam kutma. Kutgan taqdiringda ham ular senga sen bilgan narsalaring bilan, o'zlari amal qilmaydigan so'zlar bilan dalda berishmoqchi bo'ladi va sen bularni "rahmat" bilan qa'bul qilasan, ammo mahzunliging yana davom etadi.

Bilasanmi senga kim yordam beradi?
O'zing!
Senga faqat o'zing yordam bera olasan.
Senga faqat o'zing - Iymoning yordam bera oladi va aynan shu paytda Iymon lazzati qanday ekanligini his qilasan.

Demak, Qandaydir tushkun holatdasan, o'zingga murojaat qilasan, o'zing Bu Iymoningdir.
O'sha o'zing seni mahzunlikdan halos etuvchi yo'lga olib boradi.
Bu yo'l yagona yo'ldir va bundan boshqa yo'llar senga kifoya qilmaydi.

Qanday yo'l ekanligiga qiziqayabsanmi?
Qiziqma, buni Iymoningni o'zi biladi, olib borganda bilib olasan)


#chalkashfikr
#morning
•@shahas_worldview

Читать полностью…

Another World

Bir nafaslik yo'l ekan,
Ikki dunyo orasi...

#rain

Читать полностью…

Another World

So'zsizlik ham o'z lug'atiga ega.
So'zsizlikning tilini tarjimonsiz tushunadiganlar, so'zlamaslik naqadar baxt ekanligini bilishadi.

Читать полностью…

Another World

...
We have one time to understand

Читать полностью…

Another World

Ibratdir,
Ibratdir Xudoni bilmay yurganlar...
Umr shom -
Biz zumda o'tib ketarkan,
Vijdon azobiga botib ketarkan...

Читать полностью…

Another World

Shu desangiz, ko'proq kuzataman:
Insonlarni, holatlarni, harakatlarni.
O'ylayman. Nahot?! Nahot biz shunchalikka yetib keldik?!

Tafakkur ishga solinsa, o'ylansa, ko'p narsadan ko'ngil qoladi.
Tushunib yetiladi. Shu darajada ich-ichingiz to'lib ketarkanki, hammasini birovga baqirib aytgingiz kelarkan. Bor ovoziz bilan. Ammo, nimadir ichingizdagilarni aytishga to'sqinlik qilib, "temir darvoza" kabi to'sib turarkan. Qo'rqarkansiz bir narsa deyishga. Sababi esa, siz aytmoqchi bo'lganlarning hammasi "haqiqatlar" bo'larkan, insonlar esa haqiqatlarni osonlikcha qa'bul qilmaydilar. Manashu qo'rquv, ichdagi "temir darvoza" bo'larkan.

Bilasizmi hozir insonlar tinglashiga nima yaxshi, ular nima tinglashni xohlashadi?
Bilib turib ishonadigan "cho'pchaklar", nafsiz ulama "so'zlar", vaqtinchalik kayfiyat, asl tagiga bir ma'nosi yo'q "chiroyli gaplar", hayolan baxt ato etadigan sohta hissiyotli bir nimalar....
Xullas, eshtadiganimiz, gapiradiganlarimiz shular bo'lib qoldi hozirgi davrlarda...
Hamma haqiqatlardan yoki qo'rqadi yoki haqiqatligini anglashdan qochadi.

Qiziq-a?

Yana bir qiziq tomoni, hozir hamma to'g'ri fikrlaydi, o'zicha. Hattoki jinnilar ham.
Qaytishmaydi. Oldilariga aniq qilib keltirib bersangiz ham, fikrlari noto'g'riligini isbot qilsangizsam, aytadiganlari:
"Yo'q, meni fikrim to'g'ri!"
Oxiri bir xo'rsinib, hammasini ichingizga yutib, "seniki to'g'ri" deysiz. Taslim bo'lasiz.
Qarabsizki o'sha "axmoqona, o'zicha o'ylangan noto'g'ri fikr" 2 kundan keyin insonlar orasida "Eng to'g'ri fikr" bo'lib suzib yuradi. Taslim bo'lgan haqiqat esa shu "fikrlar" tagida ko'milib, qolib ketadi, chirib yo'qoladi.
Tamom.

@shahas_worldview

Читать полностью…

Another World

Tugadi.

Oxirida Jalilxonning Maryamga yozgan xatidan qattiq ta'sirlandim. Vujudim titradi, ko'p narsalarni his qildim, o'yladim.

Xatni o'qib bo'lib, 20 daqiqacha kitobni qo'limga ham olmadim.

Keyin yana mutolaani boshlab, tugatdim.

Asar ta'siri haliyam davom etyabdi.

Nimalardir yozmoqchi bo'ldim.
Yozolmadim.

Kechroq "Ming quyosh shu'lasi" haqida gaplashamiz. (Balkim ertaga)

Читать полностью…

Another World

G'azablanyabman.
Rashidni o'ldirgim kelyabdi.
Keyingi sartda Rashidni raketalar o'ljasiga aylanib, parcha-parcha bo'lib, hatto kafanga ham o'ralmay, itlarga yem bo'lishini kutib o'qiyabman.

Shunchalik adolatsizlik!
Shunchalik iflosliklar!

Oldin Jalildan, endi esa Rashiddan, undan tashqari ahmoq politsiyachilardan nafratlanyapman.

Avval Maryamga, keyin Layloga, mana endi ulardan ko'proq norasida g'odak Azizaga achinyabman.
His etganlarimni ta'riflab berolmayman.
Kichkina go'dak Azizaga qattiq rahmim kelyabdi, u kechirayotgan azoblarni eslasam, ko'zimga yosh kelyabdi.
Ishqilib, o'lmasin.
Borsam-u, kel qizaloq deb qo'limga olib uni azoblardan halos etsam...

Rashidni esa pichoqlab tashlasam!
Qari chol, to'nkaa, erkak nomi senga harom!

Asabiy holatda, "Ming quyosh shu'lasi" (Xolid Husayniy) kitobi mutolaasi davomida yozildi.

Mutolaa davom etadi.

@shahas_worldview

Читать полностью…

Another World

Assalomu alaykum va Rahmatullohi va Barokatuhu.

Aziz dindoshlar :)
Juma Muborak!

@shahas_worldview

Читать полностью…

Another World

Ko'zlarni yumib,
with headphones)

Читать полностью…

Another World

Bugun havo ajoyib.
Mening "inmyWorld" kunim bugun.

Naushnik bilan, qandaydir biror yumush sabab emas, shunchaki yolg'izlikni his qilish uchun ko'chaga chiqing.
Piyoda yuring.
Atrofni kuzating.
Bu, bu, bu...
Xullas, musiqa bilan, o'z dungoingizga sho'ng'igancha uzoq-uzoq masofalarga qarab, sekin, to'xtamay yuravering.

Dunyo tashvishlaridan uzuling.
His qiling.
Kuzating.
Qay ahvoldaliningizni anglang.
O'zingiz bilan gaplashing.
Osmonga qarang.

Bugun siz uchun #inmyWorld kuni bo'lsin. Bugun o'z dunyoingizda yolg'iz bo'ling.

#inmyWorld

Читать полностью…

Another World

-Bomdod paytidagi havo nega toza bo'ladi?
-Chunki, munofiqlar hali uyg'onishmagan bo'ladi.

Читать полностью…

Another World

Allohning zikri ila qalblar taskin topmasmi?
(Rad, 28)

Читать полностью…

Another World

Qish quyoshi ☀️❄️

#moonlight

Читать полностью…
Subscribe to a channel