Biz armon yutarmiz. Mayli, yaxshi bor,
Kutarmiz o'n bir oy yana intizor,
Yana diydoringga yetkazsin G'affor,
Borgan kelganingga, ming bor ehtirom,
Alvido Ramazon, Alvido Siyom!
Alvido Ramazon, Alvido Siyom...
#ramadan
Bo'ronli kunda ham
Tinch kunlarda ham,
Ezgan chog'ida ham xijron-u hasrat,
Oddiy bo'lib qolmoq
Kulmoqlik beg'am,
Dunyoda eng oliy, eng buyuk san'at...
Sergey Yesenin
(Erkin Vohidov tarjimasi)
Adashmasam 4-sinf edim, bir sinfdoshim bo'lardi, u bilan judayam qalin edik, maktabni orqasidagi do'konchaga 500 so'mlik "hot dog" yeyishga borsak ham(u paytlar arzonchilik edida), darsga o'tirsak ham, futbol o'ynasak ham, xullas ko'pincha birga bo'lardik.
Ko'p gaplashardik, men unga, u menga "sirchalarimizni" aytardik. Bir kuni nimadir bo'ldiyu, bahslashib qoldik.
Keyin urushdik, hamma joyimiz chang bo'ldi. Ertasi kun maktabga kelganimda, u qolgan bolalarga meni hamma "sirchalarimni" aytib tashlagan ekan. Hammasini. Keyin yana urushgan edik.
Hozir hammamizda huddi shunday, ya'ni doimo birga, biz haqimizda hamma narsani biladigan do'stimiz bor. Bu do'stimiz - ijtimoiy tarmoqlar.
Men o'sha vaqtda, o'ylamasdan hamma narsalarni unga aytganimga qattiq afsuslanganman. Hozirdagi hayotimizni bir qismiga aylangan do'stimiz "ijtimoiy tarmoqlardan" ehtiyot bo'ling. O'ylab ish qiling.
Qarang, hozir eng yaqin do'stingiz (jonlisi) bilmagan narsalarni, shu do'stingiz (ijtimoiy tarmoqlar) biladi.
Masalan, telegramda kimlar bilan gaplashishingizni eng yaqin o'rtog'ingiz biladimi?
Instagramda kimlarni profiliga kirib chiqishingizni, You tubeda qanaqa videolar tomoshi qilishingizni eng yaqin do'stingiz biladimi?
Hatto ota-onamiz bilmaydigan narsalarni, shu (la'nati) do'stimiz (ijtimoiy tarmoqlar) biladi-ey?!
Shuning uchun o'ylab ish qiling.
Ogoh bo'ling.
"So'nggi pushaymon, o'zingga dushman" bo'lishini unutmang.
Xullas, shunaqa.
#ogohbol
#tafakkurqil
#oylabishlat
@shahas_worldview
Yoshlikda katta bo'lishni xohlagan ko'ngil, katta bo'lavergan sari yo'qatayotgan bolalik haqida o'ylab qo'rqa boshlarkan.
Читать полностью…Shu kunlarda nima qilishni bilmay vaqt o'tkazib yuborayotgan bo'lsangiz, buni o'qib ko'ring.(Bismillah)
•
Tug'uldik.
Tirik ekanmiz, hayotimiz, umrimiz doimo nimanidir tanlash bilan davom etadi.
Tongda ko'zingni ochganingdan boshlab tanlov boshlanadi: yoki uxlaysan yoki o'rningdan turib farzni ado etasan. Bu tanlovingga kecha kechasi qilgan tanloving ta'sir etadi.
Ya'ni, agar kecha ko'p ishlagan yoki kech uxlagan bo'lsang, tongdagi tanloving ko'p holatlarda "uxlash" bo'ladi. Ammo baribir senda tanlov bo'ladi. Qat'iyatlilik bilan uyg'onishlikni tanlashing ham mumkin.
Demak, (ko'pincha) tanlovlar uxlaganingga qadar davom etadi va uyg'onganingdan keyingi tanlovingga ta'sir ko'rsatadi.
Va, shunday vaqt keladiki, o'zing bilmagan paytda birdan uxlab qolasan.
Uxlab qolganingni eshitgan atrofdagilar tilida "Inna lillahi va inna ilahi roji'un" kalimasi yig'i aralash aytila boshlaydi.
Yaqinlaring seni maxsus yotoqxonaga olib borishadi. Bir xonalik, faqat sen uchun atalgan yotoqxonada yolg'iz o'zing qolasan....
Xullas, Sen o'lding.
Qabrdasan.
Endi senda tanlov imkoni yo'q.
Bir umr davomida qilgan tanlovlaringga qarab, sen uchun bitta tomon beriladi.
Xohlasang xohlamasang bitta, tamom.
Endi tanlov yo'q.
Yoki azob yoki rohat.
Bularni o'qiyabsanmi, demak, hali senda tanlash imkoni mavjud.
Biror narsaga baho berish uchun uning tashqarida bo'lish kerak.
Hayotingga, tanlovlaringga nazar sol.
Qay tomon ketayabsan?
Hozirgi tanlovlaring uchun ertaga qaysi bir tomonni olishing mumkin?
Tiriksan, hali hammasi o'z qo'lingda.
O'zing tanla.
p.s: bu postni shunchaki o'qimang.
Qayta o'qib, chuqur tafakkur qiling.
O'ylang.
Tafakkurda ko'p narsa bor.
Shu o'rinda yana bir narsa esimga tushdi.
Bir mo'min kishi bilan atiest gaplashib qolibdi.
"Tasavvur qil, o'lganingdan keyin qarasang, u dunyo, savol-javoblar yo'q ekan, nima qilasan?" - deb kerilib so'rabdi atiest.
"Tasavvur qil, o'lganingdan keyin qarasang u dunyo, savol-javoblar bor ekan, nima qilasan?" - deb kulibsirab javob beribdi mo'min kishi...
Ana shunaqa.
O'ylab ko'ring)
(Buni tinchroq joyda o'tirib diqqat bilan eshiting, aslida bizga nimalar berilgani haqida o'ylab ko'ring, tafakkur qiling)
@shahas_worldview
Bizda, biz qilayotganlarimizni yoki qilmoqchi bo'lganlarimizni aytib turadigan ikki narsa bor:
Birinchisi Qalb.
Ikkinchisi Nafs.
Biz Qalbni kam eshtadigan bo'lib qoldik...
Tong.
Toza havo, jimjit ko'cha.
Hech kim yo'q, yolg'iz.
Tafakkur daryosiga sho'ng'ib ketasan...
#morning
#relax
Xotira - tubsiz choh, unga qulaysan, qulab ketaverasan, qulashingning cheki ko'rinmaydi...
"Hech"
Murod Chovush
Shunday bo'ladiki, nimadir kamlik qiladi, nimadir yetmagandek bo'ladi.
Bilmoqchi bo'lasan, ammo yo'q.
Foydasiz.
Ikki tarafni o'ylay boshlaysan.
Kamlik qiladigan, o'sha yetmayotgan narsa borligi bu birinchisi, ikkinchisi esa o'sha narsa nimaligini bilmasliging.
To'g'ri, chalkash holat.
Shunday paytda, kim bo'lishidan qat'iy nazar, kimdandir yordam kuta boshlaysan, foyda bermasada kimdandir qandaydir dalda eshitishni xohlaysan.
Aslida, bu ahmoqchilik.
Chunki, o'zing o'zingni tushunmayotgan paytingda, boshqalar seni tushunishiga umid qilish, ahmoqgarchilikdan bo'lak nima bo'lishi mumkin?
So'ngra, o'y-fikrlar ummoniga sho'ngiysan.
O'ylayverasan, o'ylayverasan...
#shunchaki
Yaxshiyam ichki olam bor!
Hech kim sezmaganda u tomon qochadigan olam...
Tashqi olam voqe'liklari falaj qilar darajaga yetganda, taskin beruvchi olam...
Nuri, iliqligi bor olam...
Ichida umid yashirin olam...
Egasidan boshqasiga noma'lum, siri bor olam...
Ruhga dam beradigan olam...
Yaxshiyam Alloh qalblarni bandalari ko'zidan yashirib qo'ygan, buning hikmati shu qadar ko'pki...
#tafakkurqil
"Alloh sizlardan iymon keltirganlarni, xususan, ilmga berilganlarni darajalarga ko'tarur"
(Mujodala, 11)
"Alloh bilmaydiganlarning qalblariga ana shunday qilib tamg'a bosur"
(Rum, 59)
#ilm
#tafakkur
O'tkan asrning mashhur olimlaridan biri Pastor shunday deb yozadi:
"Iymon hech qanday taraqqiyotga to'sqinlik qilmaydi, chunki har bir taraqqiyot Xudoning yaratgan narsalardagi ajoyibotlarni ochib beradi. Agar men bugun kechagidan ko'ra ilmliroq bo'lsam, Allohga bo'lgan ishonchim kechagidan mustahkam bo'ladi"
"Iymon" kitobi
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
#ilm
Bir odam ovqatni chap qo'lida yeyayotganida Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) unga o'ng qo'li bilan yeyishni buyurdilar. U : "o'ng qo'lim bilan yeyolmayman" dedi. Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) : "Yemay ket. Bu kishi kibr sababli o'ng qo'li bilan taom yemaydi" dedilar.
p.s: Aslida, hech kim ona qornidan chapaqay bo'lib tug'ulmaydi. Hech kim.
Bu bolaga yoshlikda berilmagan e'tibor sababli yuzaga keladi.
Hozir turingda, yosh, masalan 2 yoshli bolani yoniga borib unga ruchka yoki qoshiq yoki boshqa biror buyum uzating, u chap qo'lini cho'zadi. Buni bolaning yoshligidan to'g'irlash kerak.
E'tiborli bo'ling. (Bu fikrlar shunchaki yozildi, siz yuqoridagi hadis haqida ko'proq tafakkur qiling)
#Shunchaki, bugun bir "chapaqay" inson bilan ko'rishib qolgan edim.
Yoshligimda maktabdan kelganimdan ovqatlanardim-u, ayam aytgan ishlarni tez-tez qilib ko'chaga yugurardim. Bu ayni quyosh osmonning o'rtasiga kelgan ya'ni kunning eng issiq vaqtlari bo'lar edi. Har doimgidek do'stlarim bilan to'p o'ynaydigan joyga huddi poyezddan qolib ketadigandek yugurardim. Odatda bu paytda hammamizni uyimizdagi kattalar yoki dam olishayotgan yoki ishda bo'lishardi. Ular uyg'onishsa yoki ishdan kelishda ko'pchiligimiz uy-uyimizga jo'nardik.
Baqirib, issiqda qizarib ketib to'p tepayotgan paytimizda kimdir yonimizdan o'tib ketayotgan bo'lsa, "eee issiqda bitta to'pni orqasidan baqir-chaqir qilib yugurgandan ko'ra uylaringga borib uxlasalaring bo'lmaydimi?!!" deyardi. Biz umuman parvo qilmasdan yana odatdagidek o'ynaverardik.
Mana, oradan ancha yillar o'tdi.
Katta bo'ldik. Hozir 7 soat uxlasak ham uyquga to'ymaymiz. Hatto dars paytida ham ko'zlarimiz yumulay-yumulay deb uyqusirab o'tiramiz. Ba'zida yoshlikni "ehh, o'sha vaqtlarda maza qilib uxlasam bo'lmasdimi-aa" deb eslab turamiz.
Xullas shunaqa.
Hayot davomida bizda bor narsalarni qachonki yo'qotmagunimizcha qadrini bilmaymiz. Yo'qotganimizda esa ularni shunchaki afsuslanib eslaymiz.
Eng qizig'i, qanchalik afsuslanmaylik baribir anglamaymiz. Hozirgi bizda bor narsalarni yana yo'qotmagunimizcha qadrini anglamasdan yashayveramiz, yashayveramiz.
Hayot shunday davom etaveradi.
p.s: yaqinlaringizni ular hayotingizdaligida qadrlang)
#uyqusirabyozilganlar
Doim ikki tomondan biri ko'proq og'riqni his qiladi.
Nafs buyrug'i bajarilganidan azob chekadigan qalbning og'rig'ini, qalbning buyrug'i bajarilganidan azob chekadigan nafsning og'rig'i bilan solishtirilganda, nafs qalbdek qattiq og'riqni his qilmaydi.
Bu adolatsizlikmasmi?
Azob bir xil belgilanishi kerakku?!
Yoki adashdimmi?
Haa, balkim shunaqadir.
Balki, faqatgina qalbimiz azob chekayotgani sababli shunday o'ylarmiz.
Nafsimiz azobni his qilmay qo'ygandir-a?
Balki sabab, nafsga qul bo'lib yashalganidan dinkasi qurugan qalb tinmay og'riqlarni his qilib yashaverganidan, nafsning ba'zida chekadigan azoblarini sezmay qolar?
Haa, mayli.
Anchadan buyon aytilmagan so'zimizni aytamiz:
Jimmiz.
Jim.
p.s: o'zimdan boshqa birov tushunmaydigan post bo'ldi menimcha)
Balki qalb bilan o'qib ko'rsangiz tushunarsiz...
#pain
Biz insonlar ko'p narsalarni kech anglaymiz.
Ammo, yashar ekanmiz, bir kun kelib berilgan narsalarni olinishligi, umr tugaganda hech narsamiz qolmasligi va bizga qoladigani mahshardan keyingisi bo'lishligini anglashimiz va shunga qarab harakatga kirishishligimiz, hali kech bo'lmasdan anglagan eng muhim haqiqatimiz bo'ladi.
#tafakkurqil
Илтижо этаман — қуш қилиб ярат,
Тангрим, учмоқликка қанот бер, қанот.
Кўнглимга, кўзимга бепарво қараб,
Мени ер қаърига тортмоқда ҳаёт.
Шаффоф шиддатини дунёга ёйиб,
Шамолли йўлларим узлатга кетди.
Ботиб бораяпман ерга…
Худойим!
Ҳаётнинг қуйқаси бўйнимга етди.
Ерга ботаяпман… Бу тавқе лаънат —
Кенг дунё дегани шунча тормикан?
Тангрим!
Ёлвораман —
Қуш қилиб ярат…
Ерга қўнмайдиган қушлар бормикан?!
Усмон Азим
•
O'shanda Robbing farishtalarga dedi:
"Men quruq loydan, o'zgartirilgan qora balchiqdan bashar yaratuvchidirman. Bas, qachonki uni to'g'irlab bo'lganimda va ichiga O'z ruhimdan puflaganimda, unga sajda qilgan holingizda yiqiling. (Hijr, 28-29)
Insonning asli arzimagan balchiq - loydan iborat edi. Alloh uni qudrati ila inson shakliga keltirdi. Shunda ham u loyligicha qolaverdi. Alloh taolo uning ichiga O'z ruhidan puflaganidan keyingina insonga aylandi. Qadr-qiymat topdi. Farishtalar unga Allohning amri ila sajda qiladigan maqomga erishdi. Demak, insonning qadr-qiymati ruh bilan bog'liq.
"Sunniy Aqiydalar"
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
•
- hech narsa yoqmayabdi, qalbim notinch, nimanidir yo'qotgandekman.
- Qur'on, istig'fordan uzoqlashib qolibsanda...
-Nima bo'lyabdi, ayt menga?!
-Bilmadim nima bo'lyabdi(
-Bil, ayt!
-Bilsam ham, aytgan taqdirimda ham nima qila olarding?
Hech narsa qilolmaysan.
Sababsiz bo'lgan yong'inga hech kim e'tibor qilmasa ham, vaqti kelib o'zi o'chadi. Baribir o'chadi.
To'g'ri, hamma joy vayrona bo'ladi, ammo shu vayronalik boshqa yong'in bo'lmasligini kafolatlaydi.
Ya'ni, yong'in yonsin, to'xtamay yonsin.
Barbir o'chadi va kul bo'ladi, kul esa boshqa yonmaydi.
Keyin esa havotir ham bo'lmaydi, qo'rquv ham.
Tinchi shu aslida)
Boshqa nima bo'ldi deb so'rama, iltimos.
#shunchaki
Aslida, og'riqlar bizni yashashga undaydi.
Chunki, og'riqni his qilib ko'rgandan keyin og'riqsizlikka intilasan.
•Og'riqsizlikka intilish esa - Yashashdir.
Asl ma'no ham shu - Og'riqlardir)
Eng katta urush - qalbing bilan bo'lgan urushdir.
Sen uni, U seni aytganingga ko'nmaydi.
(u-qalb)
Kunim yaxshi o'tsin deganlar uchun ertalabki qilinishi kerak bo'lgan formula:
Farzni ado etish
Qur'on o'qish
Yugurish)