tushunchalar ham o'z vaqtida anglanadi.
shunday tushunchalar borki, uni na kitob o'qishlik bilan, na bir ilmni mukammal egallashlik, na bir kuchli mantiq bilan tushunib bo'ladi.
Uning shunchaki o'z anglanish vaqti keladi.
Allohim… meni sinash ham, siylash ham taqdiring, menga bitganing…. Men sendan bo’lganlariga rozi bo’ldim, rozi bo’lmoqdaman va ishonamanki meni hech qachon tashlab qo’ymaysan…..
#moonlight
Keder ve budalalıktan baska yaşamın anlamı var mıydı?
ya'ni
Yashashlikning qayg'u va ahmoqlikdan boshqa ma'nosi bormidi?
deyapdi.
O'zing xohlagan narsaga erishasanmi yo'qmi, bilmaysan.
Erishgan taqdiringda ham u senda oxirgacha qoladimi yo'qmi, bilmaysan. Bordiyu, umring oxirigacha qolganda ham unda sening uchun hayr bormi yo'qmi, buni ham bilmaysan.
Shunday ekan, "yaxshilik" faqat Allohning sen uchun iroda va ixtiyor etgan taqdiridagina mavjud bo'ladi, tamom.
Ey birodar, Allohning xohish-u irodasi tomon qoch...
#tafakkurqil
Sen Allohdan rozi bo'lsang, U ham sendan rozi bo'ladi.
Senga kelgan ne'matlardagidek musibatlarga ham shod bo'lishing - Allohdan rozi ekanligingdan dalolat.
Aslida, ko'pchiligimizning ko'zimiz, yumilgandan keyin ochiladi.
O'limni eslab turing)
#tafakkurqil
"Kishining fikri faqat bilsagina davomli bo'ladi, faqat amal qilgan kishigina biladi"
Vahb ibn Munabbah
•
Shofe'iy rahimahulloh taolo dedi:
"Sukut bilan gapirishga va fikr bilan xulosa chiqarishga yordam beringlar".
Nima uchun aynan fikr bilan xulosa chiqarish deyildi?
Fikr aslida nima?
Fikrning ma'nosi, uchinchi bir ilm-ma'rifatni holis qilish uchun qalbda ikkita ilm-ma'rifatni hozirlashdan iborat.
Masalan, inson oxiratni bu dunyodan ustun qo'yish yaxshiroq ekanligini bilish uchun unga ikki yo'l bor.
Birinchisi, oxiratni dunyodan ustun qo'yish afzal ekanligini boshqadan eshitib, unga taqlid qiladi va chuqur anglamasdan uni gapini tasdiqlaydi va unga ishonganidan oxiratni ustun qo'yadi. Bu taqlid deyiladi, ammo buni ilm-ma'rifat deb bo'lmaydi.
Ikkinchisi, boqiy qoluvchi narsani tanlash afzal ekanligini aniq bilish.
Undan keyin oxirat abadiy va mangu ekanini to'liq anglash. Shundan keyin ana shu ikki ilm-ma'rifatdan uchinchi ilm-ma'rifatga o'tadi. Bu ilm oxiratni tanlash afzal ekanligidan iborat. Oxiratni tanlash afzal, degan fikr faqat oldingi ikki ilm-ma'rifat tufayli amalga oshadi.
Ikkinchi yo'lda Imom Shofe'iy aytganlaridek fikr bilan xulosa qilindi.
Fikrlash qanday bo'lishligi, fikr qiluvchining shu vaqtgacha shakllantirgan ilm-ma'rifatiga bog'liq bo'ladi.
Fikrlang, tafakkur qiling.
p.s: Post Abu Homid G'azzoliyning "Ihyou ulumiddin" kitobidagi ma'lumotlar asosida yozildi.
Kamida 2 marta har bir jumla ustida fikr qilib o'qing, shunda In shaa Alloh manfaati ko'proq bo'ladi.
#tafakkurqil
Nega tug'uldim?
Qanday yashayabman?
Atrofimdagi insonlar kimlar?
O'tkazgan hayotimda shukr qilib eslaydigan biror to'g'ri yo'l tanlaganmanmi?
Men yaxshi ibodat qilish uchun, yaxshi o'qishlik uchun, insonlarga foydam tegishi uchun kutadigan ideal vaqt, ya'ni "ertaga" qachon keladi o'zi?
Ahir kecha ham shu "ertaga"ni kutmaganmidim?
Undan oldingi kunchi?
Bir yil avvalchi?
Qachongacha kutaman?
Qachongacha "ertaga"ni kutib, "hozir"larimni yo'qotaman?
p.s: Har bir savolni o'qib, chuqur tafakkur qiling. Bularni o'qigandan keyin sizda harakat qilishlik uchun imkon bo'ladi.
Ammo, Azroil oldingizga kelgan payti bularni tushunganingizda, kech bo'lgan bo'ladi.
Hech bo'lmaganda yarim soat ajratib, hamma narsani chetga surib shu savollarni o'zingizga bering.
O'ylang.
#tafakkurqil
Tovus aytadi: "Havoriylar Iso ibn Maryamdan: "Yo Ruhulloh! Bugun yer yuzida sizga o'xshagan kishi bormi?" deb so'rashganida: "Kimning nutqi zikr, sukuti fikr va nazari ibrat bo'lsa, albatta u menga o'xshabdi" dedi.
Abu Homid G'azzoliy
"Ihyou ulumiddin" kitobi
"Tafakkur kitobi" bobidan
-
ba'zida bir chuqurlikka tushib olgim, har joydan ketib, bu joylarni, insonlarni mensiz qoldirish xohishi ortib ketadi.
o'zimdan norozi bo'laman, bu joylar-u insonlar mensiz ancha yaxshi holatda bo'lardi deb hisoblayman. Hisoblamasam ham shunday aslida, his etaman buni.
Tushunilmasman. Hayotimdagi insonlarga, munosabatda bo'lganlarimga e'tibor berib tahlil qilsam, ularga ko'p ziyon bergandekman. E'tiborsizlikda ko'p ayblanganman. Aslida ham shundaydir.
Lekin, men o'zimni shunday tutishim kerak deb hisoblayman, aslida ichimdagilarni bilishsa edi, ammo unda mohiyat yo'qolardi. Ichimdagilar.
Katta mavzu, eng bo'lmag'urisi ham shu.
Nimaga yozayapman?
men achinyapman atrofdagilarimga.
Meni borligimni his qilib yashashayotgani uchun. Meni borligimni bilishgani uchun.
O'ylab ko'rishsin, shuncha yil davomida ularga nimalarni ravo ko'rdim?
Nimaga meni deb hayotlarida ko'p filtrlar qo'yishi kerak?
Ichimdan ezilaman bu savollarni o'zimga berib. Yashagim ham kelmay qoladi, energiyasiz bo'lamanu, biror joyga yotib ko'zimni yumib olaman. Bu hayollardan hech bo'lmasa uyqu bilan qocharman, oz muddatga.
Vaqt o'tib yana boshlanadi.
Boshlanish nuqtasidan oldin nima bo'ladimi?
Aynan biror kishini hayotidaligimni, shuncha vaqtdan buyon uni hayotida men sababli nimalar bo'lgani, his qilgani, cho'kkani, o'ylangani, men esa bu yerda bunga javoban qanday bo'lganim, aslida qanday ko'ringanim haqida o'ylayman.
O'zimdan xafa bo'laman. Yana ketdi...
mensiz hayotingizni tasavvur qiling, ba'zida odam hayollarda bo'lsa ham yengil, oz miqdorda bo'lsa ham har xil bo'lmag'ur hislardan ozod bo'lib turishi ham kerak.
desam biror kun.
mayli, sabr qilingiz.
Bir qiyinchilik ortida yengillik borku)
ham deyman.
shundan, sukut yaxshi edi.
Eri vafot etdi...
Uning ko'ylagini o'ziga joynamoz qilib oldi.. savobi doim yetib tursin deya... qanday go'zal muhabbat.. halol muhabbat..
"Olim, odam va olam"📚
#moonlight✨
Fuzayl ibn Iyoz deydilar:
"Baxtsizlikning besh alomati bor: bag'ritoshlik, ko'z yoshi to'kmaslik, behayolik, dunyoga harislik, uzun va bitmas orzular ummonida suzish".
Axloqus solihiyn kitobi
Shayx Ahmad ibn Muhammad ibn Abdulloh
Kelajagingni bilish uchun pul sarflab folbinga borma, shunchaki atrofingdagi eng yaqin insonlaringga nazar tashla, tamom.
#tafakkurqil
Payg'ambarimiz: "Kim ertalab dunyo g'am-tashvishi bilan uyg'onsa, Alloh uning qalbiga to'rt narsani soladi: "Bir umrga yetadigan mahzunlik, bir umr halos bo'lmaydigan mashg'ullik, bir umr boyimaydigan faqirlik va cheki yo'q orzu-havas"
(Tabaroniy, Ibn Abu Dunyo va Hokim rivoyatlari)
Juma muborak!
Haq mayidin kimsa bir qultum ichar,
Bir emas, ul ikki olamdin kechar.
Ul musaffo may sururi o'zgacha,
Mastligi etgay davom Mahshargacha.
Jaloliddin Rumiy
p.s: Haq mayidan qultumlang birodarlar)
Kechalardan bedor o'taman,
Chorasizlik ruhim ichra zich.
Men bilmayman, kimni kutaman?
Dunyo sog'inch...
Dahshatli sog'inch!...
Usmon Azim
Qadringni kim bildi, bilmadi kimlar,
Kim ibodat qildi uxlamay tunlar,
Kimlar nafsni yengib, poklanib butkul,
Kimlar g'aflat aro yotdi bu tunlar.
Bor yo'g'i bir oyga bo'lding sen mehmon,
Bir oyda minglarni topdirding iymon,
Yil o'tib qaytarsan, yurtga Ramazon...