shunday manzillar seni kutyapdi, u bilan bo'layotgan choy ila sokin suhbatingdan bahramand bo'lmoqlik uchun...
#feeling
Tavsiya, shunchaki ko'ring.
O'z hayotingiz haqida fikr qiling.
https://youtu.be/rXYe_PQMelE
Bundan bir necha yil avval menga beriladigan hadyalar shunchaki ko'zga ko'rinarli, uzog'i bir hafta esimda turadigan yoki foydalanadigan narsalar bo'lardi. Abiturentlik yillarimdan buyon hayotimda kitobga muhabbatli kishilar tobora ko'payib kelmoqda. Yil o'tgani sari, men shuni tushunib yetyapmanki, sizga beriladigan hadyalar ham aslida qanday qiymatda, kim ekanligingizni ko'rsatib berar ekan.
Kitob bilan hadyalashing, yaqinlaringizga qandaydir portret hadya qilgandan ko'ra, kitob bering.
Balki, siz sabab ular kitobxon bo'lib ketishar.
Alhamdulillah, oxirgi 3-4 yillardan buyon olgan hadyalarimni eng katta qismini kitoblar tashkil qiladi. Alloh rozi bo'lsin birodarlarimdan, o'tgan yili ham eng xohlab yurgan kitoblarim hadyaga kelganidek, kechagi kunda ham yetishaman deb niyat qilgan kitoblarimga birodarlarim sabab yetishdim, menga kelgan pochta "sms"lariga ko'ra, uzoqdagi birodarlarimdan ham eng manfaatli kitoblar kelyapdi, yetib kelsa bilamiz yanayam, InshaaAlloh.
Alhamdulillah, meni ilmga chorlaydigan shunday birodarlar bilan ne'matlantirgan Allohga hamd bo'lsin, O'zi yaqinlarimdan rozi bo'lsin.
Qadrli bo'ling, hadya bermoqchi bo'lsangiz kitobdan boshlang, qo'shimcha hadyalar unga sherik bo'lsin, mayli kitob o'qimasa ham, hech bo'lmasa bir varoq o'qiydi va hammasiga shu bir varoq sabab bo'lishi mumkin. O'zingiz ham o'qing, atrofdagilaringiz sizga hadya berishmoqchi bo'lganda birinchi hayolidan o'tadigani kitob bo'lsin.
Kitob - eng yaxshi hadyadir.
Hayotimiz davomida biz eng ko'p kechirgan insonlar oxir-oqibat hayotimizdan butunlay chiqib ketadi, agarda, qadrimizni abadiy tark etishgacha tushurib yuborgan bo'lsak, bunda faqatgina o'zimiz aybdormiz.
Qayta-qayta kechirish, bariga ko'z yumish kerak emas, Murod Nazarov aytganidek, vaqtida tashlab ketishni o'rganish kerak.
Biz armon yutarmiz. Mayli, yaxshi bor,
Kutarmiz o'n bir oy yana intizor,
Yana diydoringga yetkazsin G'affor,
Borgan kelganingga, ming bor ehtirom,
Alvido Ramazon, Alvido Siyom!
Alvido Ramazon, Alvido Siyom...
#ramadan
Hozir his qilayotgan og'riqlaringni, g'am-tashvishlaringni, muammolaringni, xullas hammasini kun kelib xursandchilik bilan, mamnun kayfiyatda, balkim shukr bilan, yaxshiyam shunday bo'lgan ekan deya eslaysan, boshqalarga ham aytib berarsan, balkim katta sahnada.
Shunday ekan, og'riqlarni his qil.
Har holatingni qadrla.
Muammolardan qo'rqma.
Bularni har doim yodingda saqla)
Mavjud narsalardan ko'ra mavhum narsalar bizga ko'proq umid bera oladi, masalan baxt tushunchasi.
-
Oʻgʻuz Atay shunday savol beradi:
Nega kutganlarimiz doim voz kechib boʻlganimizdan soʻng keladi?
sen qancha tayyorlanma, zo'r bo'lma, tanish bilishlaring ftfilyonta bo'lmasin, kelajagingda seni sindiradigan, bukadigan, halloslatadigan nuqtalar barbir keladi, barbir.
tayyor tur; to'satdan bo'ladigan falokatlarga, ayriliqlarga, qilinadigan noto'g'ri tanlovlarga, bariga.
Oʻylab qarasam, sinovlar ham neʼmat ekan…
Kimgadir Alloh umuman nazar solmaydi. Hastalik, faqirlik yoki shunga oʻxshash narsalar bilan ham sinamaydi.
Tashlab qoʻyilganlik hissi...
sokin inson bo'lsam deyman.
yonimga kelgan inson, sakinatni his etsin.
Sokinlikning ovozini eshita olsin.
Shunchaki men bilan o'tirgisi kelsin, kelaversin.
Suhbat bo'lsa agar ham kulsin, ham o'ylasin, ham g'amgin bo'lsin, ham jim bo'lib qolsin. Har biri his etsin.
hayotim ham shunday bo'lsa.
Sokin.
halol bir ish bilan oilamni boqsam, mayli ishim ko'p bo'lsin, biridan biriga ulgurish uchun harakat qilay, insonlar ishlarim natijasidan hayrli manfaat ko'rsin.
Barokatli bo'lsam.
Men borgan biror davrada qandaydir o'zgarish bo'lsin. Bir xil bo'lmasin, men borsamda muhit o'zgarsa, jarayon o'zgarsa.
Oilam ham sokin bo'lsa.
Biz har joyga borishimiz shart emas. Bizni borishimiz kerak bo'ladigan joylarimiz bo'lishi shart. Masalan Azonga, Qamarga, har hafta, qanday?
Zerikarli bo'lmasa.
Har kunim bir xil bo'lmasa.
Boriladigan joyga oldin ham, kech ham bormasam.
O'z vaqtida borsam, o'z vaqtida chiqsam.
Ko'p qolmasam.
Men uchun shundaylar hayrlimi, hayrsizmi, men bular ila yashay olamanmi, yashay olmaymanmi, shular bo'lsada menga yoqadimi, yoqmaydimi, menga ayon emas Robbim.
Sen bilguvchisan.
Men niyat qildim, xolos.
Sen yetkazguvchisan.
Shularning hayrlisiga, O'zingning hayrlilaringga yetkaz Robbim.
Allohumma aamin.
Qornim to'q, qalbim och,
Yuzim yalang'och,
Shubhasiz, eng faqir
O'zimman, demak.
Peshonamni silang –
Bu menga zo'r toj,
Qandayin toledir
Nabiydan ko'mak.
Yo Rasulalloh sollallohu alayhi va sallam
Marhabo, ruhimning
xushyor tabibi,
Ming jonlar fidodir,
jonga kelsangiz.
Bitta o'kinchim bor,
Alloh Habibi,
Ko'nglimni Robbimga
bog'lab bersangiz.
#moonlight 🌙✨
O'zidan qoniqmaslik va noshukurlik har doim insonni zo'riqtiradi. O'zingizdan yuqorida(siz har tomonlama ideal) deb bilgan insonlaringizda ham qandaydir muammo va kamchiliklar bor aslida. Ular shunchaki hammani oldida yig'lashmaydi, dardlarini hammani oldida dasturxon qilishmaydi. Vaholangki, ularning hissiyotlari, qiyinchiliklari, muammolaridan sizning xabaringiz yo'q.
Biror narsaga kimdir ega, siz ega emassiz, ammo xohlaysiz.. mayli siz havas qiling, harakat qiling. Erishasiz.
Ammo hasad qilmang, kuyib, yonib o'zingizga azob yaratmang.
Sizga havas qiladiganlar bor.
Sizda bor narsalarga havas qiladiganlar bor.
Sizning hayotingizga havas qiladiganlar bor.
Sizning hayotingizdagi insonlarga havas qiladiganlar bor..
Hayotingizdagi shukr qilinadigan narsalarni elementlarigacha sanangchi. Ishonaman har birimizda shukr qilishga arzirli ko'plab sabablar bor. Shunchaki biz faqat o'zimizdan yuqori insonlar bilan o'zimizni solishtirib noshukurlik qilamiz. Aslida o'sha bizdan yuqori pag'onada turgan inson ham shu pag'onaga birdan ko'tarilib qolmaganku. Qancha qiyinchiliklar bilan erishgan bu natijaga.
O'zingiz uchun baxtni o'zingiz yaratasiz. Dunyoga, insonlarga qay nazar bilan boqsangiz ular ham sizga shunday javob qaytaradi..)
Hurmat qilishini, ishonishini, eng yaqini deb hisoblashini, duo qilishini va shunga o'xshashlarni qayta-qayta izhor qiladiganlardan qo'rqib qolganman.
Va shuni bilingki, bular kabilani qayta-qayta aytmagan, yuzaga chiqarmagan odam sizga e'tiborsiz ekanligini belgisi emas.
Ilming, farosating, tafakkuring, samimiyliging uchun sevil. Boshqa xususiyatga bo'lgan sevgi o'zgaruvchidir.
Читать полностью…o'zingdan ham charchaysan ba'zida.
qilishing kerak bo'lgan qarorlar ko'pligi, ikkilanishlar, ular haqida o'ylab o'tkazayotgan umring, ilmda, taqvoda sustliliging, sog'lom hayot tarzidan yiroqliging, faqat jisming bilan ovvora bo'ling ruhingni unutganliging, nafsing ila jangda har doim mag'lub bo'layotganliging, o'tayotgan vaqtning qadrini ba'zi-ba'zida esingga tushib qolishi, ertani kutishing, bugunni kech deb bilishing va hakazolar...
ancha davom ettirish mumkin.
yuqoridagi "song"ni har bir ritmida xuddi shu so'zlar yozilganidek.
eng og'ir charchoq ham shu aslida, o'zingdan charchashing...
#think
21-yilim, Alhamdulillah.
Vaqt tez, umrimiz bekatlarida birma-bir oldinga siljiyapmiz. Har bekatda topgan va yo'qotganlarimiz haqida o'ylaymiz. Eslaymiz.
Xohishlarimiz, fikrlarimiz, qarorlarimiz o'zgarib bormoqda.
Nima bo'lganda ham, istagimiz va maqsadlarimiz U zotning yo'lida bo'lsin, O'zi bizni xayrli yo'lga yo'naltirsin, bir soniya bo'lsada o'z holimizga tashlab qo'ymasin.
#2023
#21years
•
ko'z ochasan, soat 03:48.
ayang oshxonada.
oila davrasi.
ne'matlar, yeguliklar.
to'qlik hissi.
Navaytu an asuma...
oilang ila bomdod.
kun.
Uning rizosi uchun sabr.
Rohat.
charchoq.
...asr,
soat 18:07.
"qancha vaqt qoldi?"
uyga shoshilish.
oila davrasi.
Allohumma laka..
Xurmo.
duo.
Suhbat.
5 daqiqada to'qlik his qilish.
Oilang ila shom.
Yengillik.
Jamoat,
20 rakat.
Qur'on,
Sakinat.
Bu jarayonlarni kelasi yil his qilamizmi yo'qmi, O'ziga ayon, ilohim yetkazsin.
Qilgan amallarimizni, duolarimizni dargohida qabul qilsin.
qiyinchilik vaqtingda, bemorlik holatingda, muammolar qurshovida nur bilan ochiq turgan, har qanday holatingda seni o'ziga chaqiradigan yo'l - sabab o'laroq faqatgina ota-onangga eltadigan yo'ldir.
boshqasi bekor.
Faqatgina ularga farqi yo'q - kunduz yoki kechqurun, betobmisan yo salomat, puling bormi, yo'qmi, manfaat yetkazasanmi yo zarar, o'tmishda xato qilganmisan, qilmaganmisan, har qanday holatda ular seni doimiy, o'zgarmas holatda qabul qila olishadi.
•
Ramazon.
Bu oy boshqa oylardan qanday jihatdan farq qiladi. Tashqi tarafdan qaralsa faqatgina ro'za va taroveh. Bu hadisdan ma'lum "Alloh taolo sizlarga o'zining ro'zasini farz qildi. Men esa uning qiyomini (tarovehini) sizlar uchun sunnat qildim" - deganlar Rasululloh sollallohi alayhi vasallam.
Ammo, chuqurroq o'ylab qaralsa, bu oy bizning gunohlarimizni yuvib olishga, iymonimizni ziyoda qilishga, g'aflat pardalarini qalbdan ketkazishga beriladigan imkondir.
Mashinani ma'lum bir muddatda ta'mirlab turishingiz kabi, inson o'laroq - o'zimizni shu oyda "ta'mirlab" olishimiz kerak.
Bu oyning xususiyatlari haqida gapirib, oxiriga yetmaymiz.
Shunday ekan, ramazondan keyinga sura olish mumkin bo'lgan ishlarni ortga suring, uncha zarurat bo'lmagan ishlaringizni kamaytiring, ramazon oyi uchun qo'lingizdan kelgancha vaqtingizni o'zingizni "ta'mirlash" uchun ajrating, taqsimlang.
Ramazonni shunday tayyorgarliklar bilan kutib olaylik, shunda InshaaAlloh ramazonning haqiqiy ruhiga, barokatiga, nuriga yuqori darajada erishamiz.
O'zingizni ramazon oyi uchun forig' qiling. Ertadan, dushanbadan, imtihondan keyin va shunga o'xshash bahonalarni yig'ishtirib, ayni shu oy uchun Allohdan quvvat so'rab, reja qiling, fikrlaringizni amallarga aylantiring.
Alloh barchamizni ushbu rahmatga to'la vaqtlarga yetkazsin, ramazonga tayyorlanishimizda ilohiy ilhom va quvvat bersin.
•
Sabr musibatning birinchi zarbasida sinaladi.
Ilk zarbaga chidolmay, o'zingni har ko'yga solsang-u, vaqt o'tib undan keyingilariga chidashing sabr emas, prosta ko'nikib qolganingdir.
Ishonch to'g'ridan-to'g'ri irodani o'z ta'siriga oladi. Kishi ishonchi yetgani darajasida amal qiladi.
-
afsuslanishlar sababi o'laroq o'tkazilgan vaqtlar turadi.
Munosabatlardami u, ilm olishlikdami, sport bilan shug'ullanishdami, hammasida shunchaki noto'g'ri o'tkazilgan vaqt afsuslantiradi odamni, boshqa biri emas.
To'g'ri yo'lda sarflashlikni nasib etsin, barokat bersin.
#duo
Allohim…
Birodarlarimga yetgan, yoki endi yetadigan musibatlarni bilmayman, ularni qiynayotgan muammolardan xabarim yo'q, ammo Sen hammasini bilasan.
Men ularning sukutini eshitsam, Sen ularning duolarini eshitasan.
Men ularning kulgusini ko'rsam, Sen ko'z yoshlarini ko'rasan, men ularning amallarini ko'rsam, Sen qaysi birini qabul qilishni bilasan.
Men ularning yuz go'zalligini bilaman, Sen qalbdagi yaralaridan xabardorsan.
Ularning gunohlarini kechir Robbim, ularga ishlarida yordam ber, ularni hursand qil, ularga ikki dunyoda ham baxt ber..
Amiyn.
ketishing kerak bo'lgan joydan tezroq ket.
Ko'p kutma, maydalashma.
shunda boradigan keyingi joyingga kech qolmaysan.
yaxshiroq o'yla qaytadan.
"Ey Robbim, shubhasiz men uchun O'zing tomoningdan tushiradigan har qanday yaxshi narsaga muhtojdirman"
Qosos, 24.