Bo'sh qolma.
Bo'sh qolsang o'ylaysan.
O'ylasang "problema" paydo qilasan.
"Problema"lar yana o'ylovga chorlaydi va sen uchun bu yana bir "problema"dir.
Shu uchun, bo'sh qolma, nimadir yaxshiroq ish bilan band bo'l, avvalo buni duolaringda so'ra, xayrlisini so'ra, aktiv hayotga qayt; o'qi, ishla, ibodatingni qil, dam ol, yasha, maza qil.
Boshqalar hayotiga qiziqma, odamlarga aralashib qolma, yaqinlaring va oilangni xursand qil, ular bilan band bo'l, ularga qara, termul, diydoriga to'y, ba'zida yolg'iz qol, yig'lab ol, osmonga qara, gapir, maza qil. O'yla, qachon oxirgi marta bir nuqtaga termulib o'yga berilganingda, birdan "Alhamdulillah" deb sergak tortding? Ichingdan nafas ila "Alhamdulillah"ni og'riqlar, o'ylar, charchoqlar chiqib ketgudek bo'lib qachon aytding?
Xullas, yasha, yashashlikni, tirikligingni his qil!
- bu mamlakatni senga eng ko’p sevdirgan sabab nima?
- masjidlari, azoni, dengizi... va undagi xotiralar, yaqinlarim bilan o'tgan go'zal kunlar.
📎 Shahardagi mashaa Alloh masjidlardan biri
Odamlar bilan aralashib qolma.
Odamlar o'rtasiga tushma.
Odamlardan masofa saqla.
Odamlardan uzoqroqga chiqib tur.
Bilki, sen uchun Alloh, ota-onang, juftingdir yaqin.
Ulardir sening boring.
Ular ila yasha.
Qolganidan yoki kecha, yoki bugun, yoki ertaga, bir marta bo'lsa ham ko'ngling qoladi.
Yanayam o'zing bilasan.
Endi eshtilmasmi taroveh azon?
Tun-u kun bizlardan o'tdiku oson,
Saharlik, iftorlarni qumsayman hamon, Robbim bizdan rozi bo'l,
Xayr, Ramazon...
2024.
Qaniydi barcha qo'rquvlarim Sendan bo'lsa. Og'riqlarimga malhamni Sendan izlasam, aytolmay qolganlarimning zarrasigacha Senga ma'lumligini bila turib xatolarga yo'l qo'ymasam.
Qabul qilolmagan o'zligim - aslida Sening eng go'zal suratingligiga shubha qilmasam.
Muhabbatingni his qila turib bo'shliqni boshqa bo'laklar bilan to'ldirishga intilmasam.
Qochmasam, o'zim bo'lsam, qolsam shu zulmatda va Seni topsam o'sha yerdan.
Qaniydi...
#dil'dan #moon
Barcha daraxtlarga bitta shamoldir,
Barcha shamollarga bitta men, o'zim..
Usmon Azim
Har saharda
daraxtlarga tirmashgan goʻzal
suvlar bilan chiqaman uydan.
Har saharda
quyosh kabi porillab turgan
soʻzlar bilan chiqaman uydan.
Har saharda
har giyohda tovlanib yongan
ranglar bilan chiqaman uydan.
Ammo yomon,
oʻlimdan-da yomondir har shom
bitta oʻzing kirmogʻing uyga...
Shavkat Rahmon
#thestranger
G'ururning xususiyatlaridan biri munosabatlarni shunchaki sukut bilan, jimlik bilan to'xtatish, yo'qotib yuborishdir.
Читать полностью…-
Oldin bemalol, hech narsani his qilmay tez-tez yurgan yo'llaringdan vaqtlar o'tib hayajon, o'ylar bilan, sekin qadamlar bilan yurasan. Chunki, u yerda xotiralar bor. U yerda boshqa topa olmaydiganing sen bor. Sen his qilmay qo'ygan holatlaring bor u yerda, o'tmishda qolgan. Go'yoki, u xotiralarni faqatgina shu yo'lda his qila olasan kishi.
#memory
xotiralarning kitob bilan bog'liqlari boshqalariga qaraganda anchagina go'zalroqdir.
Читать полностью…Tushuna olish hammaning ham qo'lidan kelmaydi.
Shu uchun ham Jorj Oruell bekorga shunday demagan:
"Inson sevilishdan ko'ra tushunilishga muhtojdir."
Sizni har doim, har qanday vaziyatda tushunadigan insonga rahmat aytib qo'ying.
2020-yildan buyon Muhammadloiq qorini qiroatlarini jonli eshitishlikni niyat qilardim. Har Toshkentga borganimda faoliyat yuritadigan masjidlariga borib qiroatlarini kutganman, nasib qilmagan. Yaqinda Samarqandga kelganlarini ham kech eshitdim.
Kecha Shayx Alijon qorining o'zimizni hududga kelishlaridan xabardor bo'lib, bugun vaqtliroq borishga harakat qilgandim. Borsam odam ancha, ichkari to'la. Masjid hovlisiga o'tirdim.
Bir vaqt, Kahf surasi o'sha men xohlagan jonli qiroat bilan boshlanib ketdi...
Mashinada "padyom"dan tushganda bo'ladigan hissiyot borku, o'sha aralash nimalardir bo'ldi menda.
Undan keyin o'sha telefonda eshitilgan va yillardan buyon taqlid qiladiganim azon eshitildi. Xatmona o'qildi.
Shayx Alijon qoriga sherik bo'lib Muhammadloiq qori ham kelgan ekanlar.
Bu kishilarning ta'siri, ularning suhbatlaridan olinadigan hislar boshqacha baribir.
Alhamdulillah.
-
shu yerda qoldirgim keldi.
masalan, oldin 2 yil o'qishdan yiqilsang, nisbatan odatiy hol edi. o'qishni bitirguncha hech bo'lmasa oxirgi kursligingda pul topib o'zingni eplasang, "vuxx" eding. 24 yoshda uylansang, odatiy.
hozir 18 yoshda o'qishga kirishing kerak, 19 yoshdan pul topishing kerak, 20 yoshda uylanish mavzusi "uje" ochildi...
Bu shunchaki oxirgi 3-4 yil ichida bo'lgan o'zgarish, yana 3-4 yildan keyin nima bo'ladi?
yashash tezlashib ketyapdi...
Alloh - mehribon)
-Barcha aytilishi kerak bo'lgan gaplarni birgina shu jumla ichiga ko'mgandekman.
#dil’dan #moon
fikrlar chalkash, yo'llar shunchalik ko'pki qay biridan yurish tugul, ular haqida o'ylab ko'rish uchun ancha kuch kerak.
Ayni hamma ish yoki o'qishdan chiqgan vaqtda bekatga kelgan avtobusdaysan, insonlar o'rnida o'ylar, muammolar, ikkilanishlar, harakatdan to'suvchi omillar qiyosdir.
Bekatlar ko'paygani sari insonlarga qiyos qilganlarimiz ham ko'payadi. Bekat bu umr yoshingdir, hayotingdagi bahorlardir.
Katta bo'lsam erkinroq bo'laman, yashash osonlashadi deya o'ylaganlaring har bir keyingi bekatga yetkaningda seni xo'rsinishga majbur qiladi.
Shuncha aytganlarim ichida xotiralar haqida so'zlamasam-a?
haa, bu umuman boshqa mavzu endi, xotiralar...
Tirikligingdir bu xotiralar aslida, ular bo'lmasa yashashdan ne naf, o'ylachi?
Bir zum ko'zingni yumda, har birini esla.
U vaqtlardagi zavqlanishga sabab narsalar,
U vaqtlardagi ta'mlar, senga buyuriladigan ishlar,
U vaqtlardagi tilaklaring, kutuvlaring,
U vaqtlardagi insonlaring, yaqinlaring...
U suhbatlar, u tabassumlar, u savollar, hammasi haqida o'yla...
Bir kishi nimagadir yetishishini kutib, vaqt tezroq o'tishini xohlaydi.
Boshqa bir kishi nimadandir ayrilishidan qo'rqib, vaqt sekin o'tishini xohlaydi.
Alamlisi, vaqt ikkalasiga ham e'tibor bermay, o'zligicha o'taveradi.
#archive
Keyin aytaman deya aytiladigan gaplar, qilaman deyilgan ishlar, borish rejalangan joylar, o'qiyman degan kitoblar, hammasi bora-bora o'z kuchini yo'qotib, unutib yuborilmoqda. Bir yil oldingi kutuvlar, niyatlar, kayfiyatlar, qilinadigan odatiy ishlar bora-bora o'zgarib ketmoqda.
Bir gap bilan aytganda, hayot meni o'z ritmiga tushurib, xohlasa u tomon, xohlasa bu tomonga qarata uloqtiryapdi. Bir yildan keyin bundan yaxshi yoki battar bo'lishimiz mumkin.
Bilmadim, ba'zida kuchim qolmadi, taslimman deb shunchaki hammasiga qo'l siltab borligi ham, yo'qligi ham bilinmaydigan bir kimsa o'laroq yashagim ham kelib qoladi.
Allohning O'zi to'g'ri, xayrli yo'lga yo'naltirsin.
#minusmood
oldinlari uyda kuni bilan bemalol yura olardim, xohlasam televizor ko’rardim, xohlasam uxlardim, xohlasam biror do’stimni uyiga borib darvozasidan bemalol baqirib chaqirib gaplashardim yoki biror joyga ketardik, masalan futbol o’ynashga.
oldinlari sirlasha olar edim, ichimdagilarni chiqara olardim.
o’sha vaqtlarda ishonuvchan edim va arzimas holatlardan zavq olardim.
oldinlari hayotimda noshukrchiligim kamroq edi, bu kam, u kam degan sabablar bilan siqilmas edim, oddiy hayotdan zerikmas edim.
Endichi?
Uyda o’tirolmaysan, erkakni noni ko’chada, ishlash kerak. Shunga ko’nikdik, kechasi uyga kelishga, ertalab ketishga. Do’stlaring ham sen kabi, ba’zilarini qachon ko’rganing-u, gaplashganingni eslolmaysan ham. Sirlaringchi? Qancha gaplar ichingda ko’milib, yo’qolib ketdi, ularni aytishlikdan qo’rqmaysan, shunchaki boshqalardan qizg’onasan. Ayta olmaysan.
Zavq olishga vaqting yo’q, odatiy ishlaring, o’ylaring bilan vaqt qanday o’tganini ham bilmaysan kishi, bundan bir oy oldim haqida gap ketsa hammasi xuddiki kecha sodir bo’lgandek tuyuladi, “ya Astag’furillah” deb qo’yasan ba’zida hayron bo’lib. Har narsa sen uchun kamdek hozir, nimalardir yetishmaydi doimo. Shular sababidan ham ba’zida siqilasan, o’ylanib qolasan.
Xush keldik hayotga.
Buyog’iga xotiralar bilan yashaydiganimiz hayotga xush keldik.
O’sha xotiralarim ichida seni alohida o’rning bor, alohida…
Rahmat.
#feeling
#memory
Oxirgi yillarda oliygohda o'qish haqida juda ko'plab fikrlar tarqaldi. Tizim, sifat, ichki muhit, 4 yillik umr va shunga o'xshash xususiyatlar haqida salbiy fikrlar qayta-qayta takrorlandi. Bu borada farqli bo'lib, "Osmondagi bolalar" loyihasida Anvar aka (29-sonda) o'rinli fikrni keltirgandilar. ("Oliy ta'lim kerakmi?" nomli qisqa video ham joylangan)
Shundan kelib chiqib, oldindagi 2 oydan ziyodroq bo'lgan, mendagi kabi mustaqil va eng yaxshi davrining deyarli oxirgisi o'laroq hisoblangan ushbu muddatni qadrlashimiz va undan maksimal foydalanishimiz kerak. Qadriyat va o'zbekligimizdan kelib chiqib, yetamiz deya yaxshi niyat qilgan kelasi yildan bunday erkinlik yo'qoladi. Karyera, oila, ro'zgor, ota-ona xizmati va shunga o'xshashlar haqida o'ylashimiz kerak va talab bo'lib qoladi.
Shunday ekan, tengdoshim, oldindagi shu qisqa muddatni hammasini o'tkazgan yillarimiz kabi dam olishga yoki ishlashga va shunga o'xshashlarga emas, balki o'rganamiz deb ortga surgan bilimlarga, balkim kasblardir, xullas shular uchun sarflashimiz kerak.
Balkim, butunlay o'rganish uchun vaqtimiz yoki kuchimiz yetmay qolar, ammo hech bo'lmasa shu yo'lni ta'mini his etgan bo'lamiz.
"Detox" qilishga, rivojlanishga eng yaxshi hisoblanmish ushbu 2 oy muddatni manfaatli o'tkazishingizni tilab qolaman.
Biz uchun ham duo qilib qo'ying.
#think