shayxontohur_txtb | Unsorted

Telegram-канал shayxontohur_txtb - Shayxontohur TXTB

381

Ассалому алайкум азиз юртдошлар! Ушбу каналда туман тасарруфидаги умумтаълим мактабларида таълим сифатини ошириш мақсадида амалга оширилаётган ишларни тўғридан-тўғри кузатиб борасиз. Биздан узоқлашманг! t.me/Shayxontohur_TXTB

Subscribe to a channel

Shayxontohur TXTB

🇺🇿O‘zbekiston bo‘ylab har bir viloyat, tuman, shaharlar kesimida “Qizlar ovozi” klubi koordinatorlari saralab olinishi belgilandi.

📣Shu asosda Toshkent shahar “Qizlar ovozi” klubi koordinatorlarining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. 100 nafar qizlar orasidan 15 nafar qizlar birinchi bosqichda saralab olinib, keying bosqichga yo‘l olishgan edi.

📆2-may kuni raqobatga boy o’tgan tanlovdan keyin mana shu 15 nafar qizlar orasidan eng kuchli 5 nafar qizlar “Qizlar ovozi” klubi koordinatorlari sifatida tanlab olindi.

💠Xususan, Bosh koordinator - Saydullayeva Dilshoda Farhodovna, Ta'lim yo'nalishi koordinatori - Rozubayeva Mohinur Tursunboy qizi, IT va media yo'nalishi koordinatori - Shuxratova Shaxina Baxadirovna, Bandlik va tadbirkorlik yo'nalishi - Shoquchqorova Guljamol Kamol qizi, Sport va salomatlik yo'nalishi koordinatori - Egamberdiyeva Laylo Yodgor qizi tayinlandi.

Barcha ishtirokchilarimizni tabriklaymiz.

Bizning sahifamiz 📺
🔵 @Davronbek_Melikuziyev

Читать полностью…

Shayxontohur TXTB

/channel/Davronbek_Melikuziyev

Читать полностью…

Shayxontohur TXTB

Расмий муносабат

✅Ёлғон хабарлардан кимга фойда?!

❇️Куни кеча ижтимоий тармоқнинг Эффект Макаренко телеграмм каналида Шайхонтоҳур туманидаги 169-мактабда юқори турувчи ташкилотлар томонидан текширишлар ўтказилаётгани ҳамда ўқувчилар учун дарсликлар етишмаслиги ҳақида хабар чоп этилганди.

Мазкур ҳолат юзасидан Тошкент шаҳар халқ таълими бош бошқармаси Ишчи гуруҳи ўрганиш олиб борди. Унга кўра, аноним (номаълум муаллиф) ёзилган ушбу хабар ўз исботини топмади. Мактабда таълим сифати ва самарадорлигини ошириш мақсадида барча шарт-шароитлар яратилган бўлиб, дарс жараёнларига ҳеч қандай салбий таъсир ўтказилмаётганлиги, 1-11 синф ўқувчилари юз фоиз дарсликлар билан таъминлангани аниқланди.

Шу ўринда, Эффект Макаренко телеграмм канали каби айрим ижтимоий тармоқ саҳифалари “ижодкорлари”га билдириб қўйишни истардикки, ўзингиз таълим соҳасига ёрдамку беролмайсиз, ҳеч бўлмаса машаққатли ва шарафли касб эгаларининг ишига халақит қилмасликларини сўраб қолардик. Юқоридаги каби қуруқ уйдирмадан иборат ёлғон ахборот ва хабарлар тарқатиб бошқаларнинг қимматли вақтларини ўғирламасангиз айни муддао бўлур эди. Зеро, бугун халқ таълими тизимида юз бераётган ижобий ўзгаришларда фаол иштирок этаётган педагогларимизнинг ўзгалар асабини бузиб, қимматли вақтларини ўғирлайдиган бу каби ёлғон хабарларни ўқишга ҳам фурсатлари йўқлигини унутмасангиз бас!

🖌Тошкент шаҳар ХТББ Матбуот хизмати

👉Каналимизга уланинг ва дўстларингизга улашинг:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Shayxontohur TXTB

🇺🇿 Бугун ватанимиз байроғи қабул қилинган кун!!!

1991 йил 18 ноябрь —
Ўзбекистон Республикасининг “Давлат байроғи тўғрисида”ги қонуни қабул қилинган кун.

Барча юртдошларимизни ушбу сана билан табриклаймиз! Ўзбекистондаги тинчлик ва осойишталик бардавом бўлсин, байроғимиз баланд-баландларда ҳилпирайверсин!

Читать полностью…

Shayxontohur TXTB

Ҳурматли обуначилар. Кутубхона сайтига кўплаб турли сохаларга оид ресурслар жойлаштирилган. Улардан Сиз кутубхона сайтига кириб, эркин, рўйхатдан ўтмасдан фойдаланишингиз мумкин.
🌐asosiy saytimiz www.pedkutubxona.uz
/channel/pedkutubxona/4045
https://www.facebook.com/Respublikailmiykutubxonasi
https://www.instagram.com/respedkutubxona/
Дўстларингизга, яқинларингизга ҳам юборинг.

Читать полностью…

Shayxontohur TXTB

“Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining 3-mavsumining 2-bosqichida qatnashishni unutmang!

🏃‍♂️ Olimpiada Innovatsion rivojlanishi vazirligi, Innovatsiyalar Milliy ofisi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida matematika fanidan o‘tkaziladi.

🗓 Olimpiada bugun 13-noyabr kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha khiso.uz onlayn olimpiadalar platformasida oʻtkaziladi.

🖥 Olimpiadaga @khiso_uz_bot orqali roʻyxatdan oʻtish shart!

Olimpiada 1-sinfdan 8-sinfgacha boʻlgan oʻquvchilar qatnashishi mumkin. Batafsil qoidalar va olimpiada oʻtkazilish tartibi.

💡
Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan batafsil tanishib chiqing: 👉 YO‘RIQNOMA

Telegram kanalga a'zo bo‘ling va olimpiadalardan eng birinchi xabardor bo‘ling: 👉 @khiso

Читать полностью…

Shayxontohur TXTB

⚡️10-11 noyabr kunlari Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti o‘tkaziladi

Sammitda Yevroosiyoning muhim strategik hududlarida joylashgan turkiy dunyo mamlakatlari rahbarlari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston tashkilotning muhim a’zolaridan biri hisoblanadi. Shu paytga qadar davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 30 dan ortiq tashabbusning aksariyati amaliyotga joriy etilgan.

@alisher_sadullaev

Читать полностью…

Shayxontohur TXTB

— Фарзандимиз бирор иш қилмоқчи бўлса, "Тегма, қўлингдан келмайди, бузиб қўясан, масаллиқни увол қиласан..."
— Мактабда ўқувчи икки бетлик иншо ёзади, педагог қизил ручкада тўртта хатони белгилаб қўяди...

Биринчи навбатда ота-она, ўқитувчилар авлодларни руҳиятини, ўзига ишончини  пасайтириб юборади. Ўша 4 та хатони "қизил" ручкада белгиламанг, 2 бет ижодини қадрланг, 96 та тўғрисини кўрсатинг, хатоларини ўзи англаб олади!

Хато қилишдан чўчитманг, қилган хатосидан хулоса қилиб тузатишни ўргатинг! Болалар улғаяди, онг остида ўзига ишонч паст бўлади. Хаётида бирор тўсиққа учраса, тамом, кўз олдига 96 та ютуғи эмас, 4 та хатоси келаверади!

Омадсизлигига атрофдагиларни айблайди! Энг дахшатлиси, бир умр бирга яшаган жуфтини барча яхшиликларини, биргина хатоси туфайли унутиб, "Сиз билан яшаб нима кўрдим?!" дейишгача боради.

Наргиза Қурбонова

/channel/Shayxontohur_TXTB

Читать полностью…

Shayxontohur TXTB

🖐 Besh tashabbus olimpiadasi Toshkent shahar bosqichiga start berildi

🗓 Musobaqa va tanlovlarning Toshkent shahar bosqichlari quyidagi sanalarda o'tkaziladi:

🏓 Stol tennisi musobaqasi
🗓 7-noyabr 12:00
📍 O'zbekiston stol tennisi federatsiyasi

Shaxmat va shashka musobaqasi
🗓 8-noyabr 11:00
📍 O'zbekiston shaxmat federatsiyasi

⛹️ Voleybol musobaqasi
🗓 9-10-noyabr 11:00
📍 Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalashtirish muhandislari universiteti

🏃‍♀️ Yengil atletika musobaqasi
🗓 11-noyabr 11:00
📍 Olimpia zahiralari kolleji

🏀 Stritbol musobaqasi
🗓 12-noyabr 11:00
📍 Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti sport majmuasi

🏋️‍♀️ Milliy kurash musobaqasi
🗓 14-noyabr 11:00
📍 Xalqaro kurash federatsiyasi

🏋️‍♂️ Street Workout musobaqasi
🗓 15-noyabr 11:00
📍 Milliy Gvardiya sport majmuasi

📘 Yosh kitobxon tanlovi
🗓 16-noyabr 11:00
📍 Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy Kutubxonasi

🖥 Kibersport musobaqasi
🗓 16-noyabr 11:00
📍 “Ciberium” internet klubi

🪕 Xalq va zamonaviy cholg‘u asboblari tanlovi
🗓 21-22-noyabr 11:00
📍 O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi

💃 Yoshlar “Raqs" festivali
🗓 23-24-noyabr 11:00
📍 O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi

⁉️ “Zakovat” intellektual o‘yini
🗓 25-noyabr 11:00
📍 “Zakovat” binosi

🎭 “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi
🗓 26-noyabr 11:00
📍 Toshkent shahar yoshlar markazi

❗️Diqqat, o'zgaruvchan ob-havo va boshqa texnik sabablarga ko'ra joylashuv va vaqtlarda o'zgarish bo'lishi mumkin. Bu haqida musobaqa o'tkazilishidan 1 kun oldin xabar beriladi.

📺 Tanlov va musobaqalarni o'tkazish tartibi, qoidalar va boshqa ma'lumotlarni 📺 YouTube sahifamizdagi qo'llanmalar orqali bilib olishingiz mumkin.

Telegram sahifamiz @yoshlarplatformasi

🕊Telegram📱Facebook📱Instagram📺YouTube🕊Twitter

Читать полностью…

Shayxontohur TXTB

Ҳеч бир бандани Аллоҳ тўғри йўлидан адаштирмасин 🤲

Читать полностью…

Shayxontohur TXTB

Тошкент шаҳар Шайхонтоҳур тумани 34-сонли умумтаълим мактабида 5 та муҳим ташаббуснинг 3 йўналиши ижросини таъминлаш мақсадида:
📃 8-9-10-11- синфларнинг энг иқтидорли ўқувчилари сараланди, улар ўз синфлари номидан беллашувда қатнашдилар
📃 Беллашув 3 босқичда ташкил этилди
👍 Ўқувчилар томонидан power point дастури орқали берилган мавзуга намойиш тайёрлаш ва ҳимоя қилиш шарти иштирокчиларни барчасида кучли қизиқиш уйғотти
✅ Беллашув якунига кўра ғолиблар аниқланди;
✍ 1- ўрин 9-б синф ўқувчиси Ҳақназаров
👍 2-ўрин 10-б синф ўқувчиси Эрнашхўжаев
👍 3-ўрин сохиби Комилхоновлар деб топилди.                                    👍 уларга эсдалик совғалари топширилди
👍 Беллашув мактабнинг информатика ва математика метод бирлашма раҳбари
Н.Лочинова  томонидан ташкиллаштирилди.

Читать полностью…

Shayxontohur TXTB

Тошкент шаҳар Шайхонтоҳур тумани ХТБ тасарруфидаги 180-А сонли умумтаълим тармоқ мактабида 2-ноябр куни мактаб директори Д. Н. Тухтаева, ММИБДЎ М. М. Камаретдинова, касаба уюшма раиси Н. Н. Собирова, мактаб кутубхоначиси Д. Акромова, она тили ва адабиёти ўқитувчилари иштирокида  ,, ЁШ КИТОБХОН" танлови бўлиб ўтди. Танловда мактабнинг 9-10-11 синфнинг билимдон ўқувчилари ўзаро беллашдилар, ғолиб ўқувчилар мақтов ёрлиғи билан тақдирландилар.

Читать полностью…

Shayxontohur TXTB

#Yosh_kitobxon

❇️ Yoshlarning bilimi va dunyoqarashini oshirish, o'zbek hamda jahon badiiy adabiyotiga bo'lgan qiziqishini uyg'otish maqsadida barcha bilim dargohlarida "Yosh kitobxon" ko'rik-tanlov bo'lib o'tmoqda.

✅ Shayxontohur tumani 82-sonli umumta'lim maktabida joriy yilning 2-noyabr sanasida 9-11-sinf o'quvchilari o'rtasida "Yosh kitobxon" ko'rik-tanlovi o'tkazildi.

❇️Mazkur tanlovdan foto lavhalar.




✍82-maktab matbuot xizmati
/channel/IDUM_82

Читать полностью…

Shayxontohur TXTB

Shayxontohur tumani 59-sonli DIUMda 2022-yil 1-noyabr kuni 9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida yozuvchi, adib va mutafakkirlarimizning adabiy merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o‘rganish, o‘quvchilar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Yosh kitobxon” ko‘rik tanlovining maktab bosqichi o‘tkazildi.

Читать полностью…

Shayxontohur TXTB

Shayxontohur tumanidagi 39-sonli umumta'lim maktabida 01.11.2022 kuni 9-10-11-sinf o'quvchilaridan 18 nafari ishtirokida yozuvchi, adib va mutafakkirlarning adabiy merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o'rganish , o'quvchilar o'rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida "Yosh kitobxon" tanlovining maktab bosqichi o'tkazildi.

Читать полностью…

Shayxontohur TXTB

/channel/Davronbek_Melikuziyev

Читать полностью…

Shayxontohur TXTB

Qabul davom etmoqda❗️

💢 Yurtimizda so'nggi yillarda ilm-fanga e'tibor mutlaqo o'zgardi.Kundan kunga qator maktablar, o'quv markazlari qad rostlamoqda

Sizning ham farzandingiz, Prezident maktabi va Ixtisoslashtirilgan maktablarda tahsil olishini hohlaysizmi?

Bu borada sizga Orbital Education o'quv markazi ajoyib imkoniyatlarni taqdim etadi.

Farzandingiz bizda quyidagi fanlardan tahsil oladi.

🔸Matematika
🔸Tanqidiy fikrlash
🔸Logika
🔸 Ingliz tili


Muhimi Kuchli nazariy bilim va undan ham zo'r amaliyot, keng dunyoqarash🧑‍💼👩‍💼

Ta'limga yo'naltirilgan sarmoya eng yaxshi investitsiyadir.👍
☺️ Eslatib o'tamiz, qabulga ulgura olmagan 3,4,5,6,7‐ sinf o'quvchilari uchun qabul davom etmoqda.

Orbital Education— farzandining kelajagiga bee'tibor bo'lmagan ota-onalar tanlovi.

📍Manzil: Toshkent shaxri
📍Mo'ljal: Chorsu bozor chorrahasi, Globusdan o'tganda

📞 Hoziroq qo'ng'iroq qiling:
+998957804500

/channel/Sarhumdon_yangiliklari

Читать полностью…

Shayxontohur TXTB

SHAYXONTOHUR TUMANI 169-MAKTABGA JAHON SHAXMAT CHEMPIONLARI TASHRIFI VA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG’I QABUL QILINGANLIGINING 31 YILLIGIGA BAG’ISHLANGAN YANGI O’ZBEKISTON YOSHLAR SPORT BILAN HAMNAFAS SHIORI OSTIDAGI MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRDAN LAVHALAR.

Читать полностью…

Shayxontohur TXTB

📢 “Kitob.uz” Respublika bolalar elektron kutubxonasi platformasida umumiy o'rta ta'lim maktablarining 1-11-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan barcha darsliklarni yangilangan formatda topishingiz mumkin.

🖥 “Kitob.uz”ni kuzatishda davom eting, siz izlagan barcha darslik va kitoblar doimiy ravishda joylab borilmoqda!

📞 71 2020909
🌐
itsm.uz I 📒Facebook I ✈Telegram I 📹Instagram I 📹YouTube

Читать полностью…

Shayxontohur TXTB

🇯🇵 Япония ривожининг оддий сирлари

▪️ Японияда бошланғич синфларга токи олтинчи синфгача "Ахлоқ томон йўл" дастури остида дарс ўтишади. Бунда ўқувчилар фақат ахлоқ ва кишилар билан муомалани ўрганишади.

▪️ Биринчи синфдан учинчи синфгача имтиҳон бўлмас экан. Чунки бу вақтда мақсад тарбия қилиш, тушунчаларни ундириш ва шахсиятни шакллантиришдир.

3. Японлар бой бўлишига қарамасдан уларда хизматкорлар йўқ. Уй ва болаларга ота-она масъул бўлади.

4. Япон ўқувчилари устозлари билан бирга хар куни 25 дақиқа мактабни тозалаш билан шуғулланишади. Бу уларни тозаликка ҳарис бўлиб, камтарин бўлиб ўсишларига ёрдам беради.

5. Япон ўқувчилари мактабга ўзлари билан зарарсизлантирилган тиш чўткасини олиб боришдари керак. Овқатдан сўнг тишларини ювиш учун. Улар ёшликдан саломатликларига эътиборли бўлишга кўниктирилади.

6. Мактаб мудирлари ўқувчилардан ярим соат олдин овқатланишади. Бу билан овқат болаларга зарар берадими йўқми, шуни аниқлаб беришади. Улар ўқувчиларни Япония келажаги деб билишар, уларни ҳимоя қилиш лозим деб эътиқод қилишади..

👉 /channel/Shayxontohur_TXTB

Читать полностью…

Shayxontohur TXTB

✨ Ўзбекистон Республикаси «Таълим тўғрисида»ги Қонуни, Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 11 майдаги «2022-2026 йилларда Халқ таълимини ривожлантириш бўйича Миллий дастурни тасдиқлаш тўғрисида»ги ПФ-134-сон Фармони ижросини таъминлаш мақсадида Шайхонтоҳур тумани халқ таълими бўлими тасарруфидаги 39-сонли умумий ўрта таълим мактабида “Таълим-тарбия тизими: тараққиётнинг янги босқичи" мавзусида ўқув-амалий семинар ташкил этилди.
⚡️ Ўқув-семинар Шайхонтоҳур туманидаги мактаб директорлари ва ўринбосарлари салоҳиятини оширишга, таълим сифатини янада юқори даражага кўтаришга ҳамда келгусида долзарб вазифаларни белгилаш мақсадида ўтказилди.
❗️ Шунингдек, семинарда Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси, Халқ таълими вазирлиги, Тошкент шаҳар халқ таълими бош бошқармасининг раҳбарияти ва масъул ходимлари томонидан таълим сифатини оширишдаги долзарб масалалар ва вазифалар мавзуларида ўқув маърузалари ва тренинглари билан иштирок этишди.

Читать полностью…

Shayxontohur TXTB

132-maktab va institut hamkorligi

5 muhim tashabbus ijrosini ta'minlash maqsadida Shayxontohur tumanida joylashgan 132-o'rta ta'lim maktabi 🎭 teatr jamoasi va TKTI Menejment va kasb ta'limi fakulteti 🎭 teatr studiyasi o'rtasida tashkil etilgan bellashuvi "Mahalla" telekanalida

@Maktab132_hayoti

Читать полностью…

Shayxontohur TXTB

Инсон онасидан кўрмаган, ололмаган меҳрни узоқ излайди ва афсуски тополмайди.
Кўнгли кемтик бола ҳар шамолда парчаланадиган, тўзиб кетадиган мўрт бўлиб қолади. Ҳаёт синовларида кучли, бардам туриш учун қийналади.
Шунинг учун, болангизни бошқалардан кўра доно, одобли бўлишга мажбурлаб уни меҳрингиздан бебаҳра қолдирманг.
Қатъиятли, қаттиққўл бўлинг, лекин буларданда ортиқроқ МЕҲРИБОН она бўла олинг.

Эсингизда бўлсин, онаси севмаган кишини ҳеч ким севмайди...!

/channel/Shayxontohur_TXTB

Читать полностью…

Shayxontohur TXTB

✅Яқинда пойтахтимизнинг Шайхонтоҳур туманидаги 82-сонли умумтаълим мактабининг она тили ва адабиёт метод бирлашмаси томонидан ўтказилган қатор очиқ дарслар ва ёш мутахассислар учун семинар-тренинглар ҳақида хабар қилгандик.

🎥Тадбирлар тафсилотлари билан O’zbekiston 24 телеканалида намойиш этилган репортаж орқали танишинг.

🖌Тошкент шаҳар ХТББ Матбуот хизмати

👉Каналимизга уланинг ва дўстларингизга улашинг:
👉 /channel/ToshkentshaharXTBB

Читать полностью…

Shayxontohur TXTB

🔔Xorijiy tillar bo‘yicha onlayn olimpiadalar marafonining asosiy kuni!

🗓 Bugun 3-noyabr kuni soat 16:00 dan 21:00 gacha khiso.uz platformasida o‘quvchilar, talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida 🇺🇸 ingliz tili va 🇷🇺rus tili fanlaridan olimpiada o‘tkaziladi.

📌 Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishishni unutmang.

📹 Olimpiada ishtirok etish mutlaqo bepul!

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish @khiso_uz_bot orqali amalga oshiriladi.

⬇️ Barcha o‘qituvchilar soat 21:00 da QR kodli sertifikat yuklab olishadi.

✝️ Telegram kanalga a'zo bo‘ling va olimpiadalardan eng birinchi xabardor bo‘ling: ➡️ @khiso

Читать полностью…

Shayxontohur TXTB

Тошкент шаҳар, Шайхонтоҳур туманидаги 186-умумий ўрта таълим мактабида санъатимизнинг севимли санъаткорлари, соҳибжамол актрисаларимиз:
1. Ўзбек Миллий Академик драма театри ва кино актрисаси - Вазира Юнусова;
2. Ўзбек Миллий Академик драма театри ва кино актрисаси - Зебинисо Холиқова билан мактаб ўқитувчи ва ўқувчиларининг ижодий учрашуви бўлиб ўтди.
Шайхонтоҳур туманидаги 186-умумий ўрта таълим мактабининг директори - Шакархон Хасанова тадбирга масъул бўлди.
Шайхонтоҳур туманидаги 186-умумий ўрта таълим мактаб директорининг маънавий-маърифий ишлар бўйича ўринбосари - Ҳидоятхон Нурмуҳамедова ва мактабнинг ижодий-маданий масалалар бўйича тарғиботчиси, журналист - Музаффар Муҳаммадназар ижодий учрашувни ташкиллаштиришди ва ўтказишди.

Читать полностью…

Shayxontohur TXTB

🇺🇿Shayxontohur tumanidagi 192-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Oktyabr — ona tili va adabiyoti hamda oʻzbek tili fanlari oyligi” ning yakuniy festivali boʻlib oʻtdi.

🖇Festivalda Adolat sotsial demokratik partiyasi vakillari, Yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash boʻlimi vakillari, Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti musiqa fakulteti ustoz va talabalari ishtirok etishdi.

📚Tadbirda maktab oʻquvchilari hamda oʻqituvchilari tomonidan Alisher Navoiy gʻazallari, ona tilimiz va vatanimizni madh etuvchi sheʼrlar yod olindi. “Farhod va Shirin” dostonidan, “Oʻtkan kunlar” romanidan, “Suyunchi” filmidan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

Тelegram | Facebook | Instagram |Twitter

Читать полностью…

Shayxontohur TXTB

🇺🇿🤝🇫🇷 Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi va Fransiya elchixonasi tomonidan YANGI loyiha!

Xalqaro fransuz tili oʻqituvchilari kuniga bagʻishlangan maxsus “Envolez-vous pour la France” tanloviga start beramiz! Gʻoliblar 2022-yil dekabr oyida Fransiyaning Nitsa shahriga yoʻl olishadi!

Tanlov ikki bosqichdan iborat:

1-bosqich shartlari:

1. Ishtirokchilar 2 yil va undan yuqori pedagogik tajribaga ega universitet yoki maktabda fransuz tili oʻqituvchisi boʻlishi lozim;
2. B1 va undan yuqori xalqaro sertifikatga ega boʻlishlari kerak (DELF, DALF, TCF);
3. Tanlov ishtirokchisi ilgari Fransiya hukumati yoki Agentlik tomonidan taqdim etilgan grantlar sohibi boʻlmagan boʻlishi lozim.

2-bosqich shartlari:
1. Saralangan ishtirokchilar Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari tomonidan suhbatdan oʻtadilar

🏆Tanlov gʻoliblari 2022-yil 24-noyabrda xalqaro fransuz tili oʻqituvchilari kunida eʼlon qilinadi!

🕒 Tanlovga arizalar 31 oktyabr 23:59 gacha qabul qilinadi!

Tanlovga roʻyxatdan oʻtish uchun havola 👉 LINK
Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun + 998 90 9373917 raqamiga murojaat qiling

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish Agentligining rasmiy sahifalariga ulaning

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube| 🌐

Читать полностью…

Shayxontohur TXTB

Shayxontohur tumani 34 A- sonli tarmoq maktabda bugun " Yosh kitobxon" tanlovi bo'lib o'tdi. Tanlovda 5 ta kitobxon o'quvchi ishtirok etdi. Ulardan quyidagi 3 ta o'rin olgan o'quvchilar " Diplom " bilan taqdirlandi:
1- o'rin 10-"B" sinf o'quvchisi Abdullayeva Munzifa
2-o'rin 10 - "A" sinf o'quvchisi
Baxtiyorova Laylo
3-o'rin 7 -"A" sinf o'quvchisi
Sodiqov Ismoil
Qolgan qatnashuvchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Читать полностью…

Shayxontohur TXTB

❇️ Toshkent shahar Shayxontohur tumani 102-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida 1-noyabr kuni maktabning MMIBDO' S.Qurbonova, maktab kasaba uyushma raisi: D.Alibaeva, maktab kutubxonachisi M.Maqsudova, ona tili va adabiyot o'qituvchilari ishtirokida o'quvchilar o'rtasida "Yosh kitobxon" tanlovi bo'lib o'tdi.
❇️  Tanlovda maktabimizning   9-10-11-sinf bilimdon o'quvchilari o'zaro bellashdilar. 
📚 "Yosh kitobxon" tanlovida quyidagi o'quvchilar faxrli o'rinlar olishdi:
🥇 1-o'rin Nosirova Ominaxon 9-"V" sinf
🥈 2-o'rin Anvarova Xabiba 10-"A" sinf
🥉 3-o'rin Ortiqova Mushtariy 9-"V" sinf.
📚Tanlovda faol ishtirok etib, faxrli o'rinlarni egallagan o'quvchilar faxriy yorliq va estalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi🏆🏆🏆
📚 Tanlov o'quvchilarda yaxshi taassurot qoldirdi va kitobga bo'lgan mehrini yanada uyg'otdi📖📚📙

Читать полностью…
Subscribe to a channel