Tandagi ogʻriqqa doim davo topasan. Dori.
Koʻngil ogʻrigʻini na dori qoldirar, na tamaki…
Baridan charchaganingda, hech vaqong qolmaganida, oʻzingni eng omadsiz va keraksiz hisoblab, hammasiga nuqta qoʻymoqchi boʻlganingda, shoshma, men yoningda boʻla olaman, deydigan kimingizdir bormi?
Chindan shunday odamlar mavjud va ular uchun davom eting.
P/s: meni noma’lum doʻstim, menga musiqalaringni ulash @iqtibosrobot
“Hammasi yaxshi boʻladi”. Aslida ham shundaymi? Yoʻq, hech vaqt hammasi yaxshi boʻlmagan, bundan soʻng ham yaxshi boʻlmaydi. Hammasi yaxshi boʻladi deyish, chorasiz qolgan vaqting umidni oʻldirib qoʻymaslik uchun, xolos. Qachondir hammasi yaxshi boʻlib ketishiga umid bogʻlash qanaqadir achinarli va kulguli.
Читать полностью…Yangi narsa sotib olmaslikka ikki xil ta'rif berish mumkin. Biri - qurumsoqlik, harajat qilishdan qochish. Ikkinchisi - oʻzidagini qadrlash, bori bilan qulaylik his qilish.
P/s: ustimdagi finkaga 2 yildan oshdi. Taqib yurgan koʻzoynagimga 4 yil boʻldi.
Men qaysi toifaman? Qurumsoq yoki oʻzida bor narsaga oʻrganib qoluvchi?
Faslning 4 ga bo‘linishi bu mukammallik belgisidir. Hamma narsa o‘zining bahoriga, yoziga, kuziga va qishiga ega. Hatto ishqning ham o‘z bahori bo‘ladi. Ishq o‘zining bahorida kurtak yoza boshlaydi... Kurtaklar esa o‘sib-unib, o‘zidan ifor taratadi. Biz bu ifordan mast bo‘la boshlaymiz. Lekin, bilasizmi, irmoqlar, ariqlar, daryolarning suvi bahor faslida anchayin toshqin, shu bilan birgalikda loyqa ham bo‘ladi. Bu obi-hayotning eng tiniq bo‘ladigan vaqti kuz-qish oylaridir. Ishqda ham shundaydir, balki. Ishq ham o‘zining kuzida, qishida mukammallik kasb etar. Kim biladi deysiz!
Sh.R | @Badiiyiqtibos
Ba'zan bariga qoʻl siltashni istaysan. Hech nimadan umid koʻrmaysan. Atrof zim-ziyo. Shunda harakat qilishing uchun yorugʻlik koʻrinadi. Barini davom ettirasan.
Читать полностью…Umrim bekor oʻtmayotgan ekan..
Oʻylab qarasam, 50'dan ortiq kishiga yapon tilini oʻrgatib, ularga qaysidir ma'noda koʻmak beribman. Bayramlarda 先生(ustoz) deb yoʻqlab turishadi... Ochigʻi, ustoz deyishsa, oʻzimda gʻalati hislarni tuyaman... Bir qancha oʻquvchilarim Yaponiyaga kelib, oʻqib, ishlashni ham boshlashgan... Men ham oʻquvchilarimdan qolmay deb Yaponiyaga kevoldim... bir oʻquvchimiz Ustoz deb Aeroportdan kutib oldi va menga juda koʻp yordam berdi. Alloh oʻzi qoʻllasin u kishini.
1 oydan buyon playlistga yangi music qoʻshilmayapti, balki sizda bordir? Share Me @Iqtibosrobot
Читать полностью…Oʻtgan yili shu vaqtlarda Netflixning "Dark" seriesiga mukkamdan ketgan edim... "Dark" TOP darajadagi series. So that, Always recommend you.
Читать полностью…Umuman, vaqt tez oʻtyapti. You know. So that, hayotingdagi daqiqalarni musiqa bilan chiroyli xotiralarga muxrla.
Читать полностью…If I stay with you, if I'm choosing wrong
I don't care at all
If I'm losing now, but I'm winning late
That's all I want
Now we need some space, 'cause I feel for you
And I wanna change
Growing up alone, it seems so short
I can't explain
Whatever happens in the future, trust in destiny
Don't try to make anything else even when you feel
I don't care at all
I am lost
I don't care at all
Lost my time, my life is going on
I will be so strong, looking for a new version of myself
Cause now all I want is to be a part of my new world
Whatever happens in the future, trust in destiny
Don't try to make anything else even when you feel
I don't care at all
I am lost
I don't care at all
Why not have it all
I am lone
I don't care at all
Lost my time, my life is going on
Umr oʻtmoqdadir, umr oʻtmoqda…
Odam yoshi va qalb yoshi bir-biriga mos boʻlmaskan hech. Qalbim mendan bir necha barobar tezroq qariyotgandek goʻyo…
Men Shohruxman.
Yangi jamoada ilk qadam oʻzingizni tanishtirishdan boshlanadi. Va sizdagi ilk vazifa oʻz ismingizni bir necha kun oʻtib qayta soʻrashlariga oʻrin qoldirmaslik. Yangi joyda ish/oʻqish boshladingiz, va ismingizni qayta-qayta unutib qoʻyishib soʻrashyaptimi, demak, bu joydagi ilk magʻlubiyatni qabul qilib oldingiz. Universitetga kelib birinchi kuni olgan maslahatimiz shu edi. 日本に来て良かった。
Hayot qisqa. Dunyo keng.
Bugun uchratgan odamingizni ikkinchi marta uchratish imkoni deyarli 0'ga teng.
Deyarli bir yilga yaqin vaqt davomida yashayotgan shahrimdan koʻchish arafasidaman. Birga ishlab, vaqt oʻtkazgan odamlarni boshqa koʻrmaslikni oʻylash biroz gʻalati kayfiyat beradi. Shu kunlarda shunaqa mood menda.
Faslning 4'ga boʻlinishi - bu mukammallik belgisi emas. Mukammal narsa, shaxs aslida yoʻq. Uni oʻylab topishgan. Benuqson narsa faqatgina xayolda mavjud. Inson shaxsiyatini boʻlib oʻtgan voqealar shakllantiradi. U eng boshidan shunday boʻlmaydi.
Fikrlar tarqoq. Yozayotganlarimda ma'no mavjud emas. Xoʻsh, nima uchun ma'no boʻlishi kerak?
Uzoq joyda yurganingda kistangda puling, yeyishga ovqating, yashashga joying boʻlsa ham nimadir yetishmaydi ekan...
Читать полностью…Ikki yil avval qanday kayfiyatda eshitganim aniq esimda emas-u, lekin ajoyib music, qayta kashf qildim..
Читать полностью…Bir kun,
boshqacha bo'ladi hammasi,
boshqacha aylanar dunyolar, rostim,
Ungacha kulmayman,
bu kunlarimga
Ravo ko'rmagayman kulgu ovozin...
Bir kuni chinorlar gullaydi vaqtli,
Ko'kka singib ketar adoqsiz tuman.
Bugunga aylangan ertalar haqqi,
Men unda yig'lashni bilmayman.
Xudo yorlaqagan yo'llarim bordir,
Bir kun parvoz qilar qanotsiz jussam.
Meni kuzakda ham topa olmaysan,
Sendan yuz buraman, azizim g'ussa.
Aziz Nur