shohruxplaylist | Unsorted

Telegram-канал shohruxplaylist - Playlist

-

Subscribe to a channel

Playlist

Tandagi ogʻriqqa doim davo topasan. Dori.
Koʻngil ogʻrigʻini na dori qoldirar, na tamaki…

Читать полностью…

Playlist

Baridan charchaganingda, hech vaqong qolmaganida, oʻzingni eng omadsiz va keraksiz hisoblab, hammasiga nuqta qoʻymoqchi boʻlganingda, shoshma, men yoningda boʻla olaman, deydigan kimingizdir bormi?

Chindan shunday odamlar mavjud va ular uchun davom eting.

P/s: meni noma’lum doʻstim, menga musiqalaringni ulash @iqtibosrobot

Читать полностью…

Playlist

audio/flac, 738.1 kbps

Читать полностью…

Playlist

“Hammasi yaxshi boʻladi”. Aslida ham shundaymi? Yoʻq, hech vaqt hammasi yaxshi boʻlmagan, bundan soʻng ham yaxshi boʻlmaydi. Hammasi yaxshi boʻladi deyish, chorasiz qolgan vaqting umidni oʻldirib qoʻymaslik uchun, xolos. Qachondir hammasi yaxshi boʻlib ketishiga umid bogʻlash qanaqadir achinarli va kulguli.

Читать полностью…

Playlist

Ha. Men shunaqa musiclar ham eshitaman.

Читать полностью…

Playlist

Yangi narsa sotib olmaslikka ikki xil ta'rif berish mumkin. Biri - qurumsoqlik, harajat qilishdan qochish. Ikkinchisi - oʻzidagini qadrlash, bori bilan qulaylik his qilish.

P/s: ustimdagi finkaga 2 yildan oshdi. Taqib yurgan koʻzoynagimga 4 yil boʻldi.
Men qaysi toifaman? Qurumsoq yoki oʻzida bor narsaga oʻrganib qoluvchi?

Читать полностью…

Playlist

Kim yuborgan boʻlsa ham rahmat)

Читать полностью…

Playlist

Faslning 4 ga bo‘linishi bu mukammallik belgisidir. Hamma narsa o‘zining bahoriga, yoziga, kuziga va qishiga ega. Hatto ishqning ham o‘z bahori bo‘ladi. Ishq o‘zining bahorida kurtak yoza boshlaydi... Kurtaklar esa o‘sib-unib, o‘zidan ifor taratadi. Biz bu ifordan mast bo‘la boshlaymiz. Lekin, bilasizmi, irmoqlar, ariqlar, daryolarning suvi bahor faslida anchayin toshqin, shu bilan birgalikda loyqa ham bo‘ladi. Bu obi-hayotning eng tiniq bo‘ladigan vaqti kuz-qish oylaridir. Ishqda ham shundaydir, balki. Ishq ham o‘zining kuzida, qishida mukammallik kasb etar. Kim biladi deysiz!

Sh.R | @Badiiyiqtibos

Читать полностью…

Playlist

Ba'zan bariga qoʻl siltashni istaysan. Hech nimadan umid koʻrmaysan. Atrof zim-ziyo. Shunda harakat qilishing uchun yorugʻlik koʻrinadi. Barini davom ettirasan.

Читать полностью…

Playlist

Umrim bekor oʻtmayotgan ekan..

Oʻylab qarasam, 50'dan ortiq kishiga yapon tilini oʻrgatib, ularga qaysidir ma'noda koʻmak beribman. Bayramlarda 先生(ustoz) deb yoʻqlab turishadi... Ochigʻi, ustoz deyishsa, oʻzimda gʻalati hislarni tuyaman... Bir qancha oʻquvchilarim Yaponiyaga kelib, oʻqib, ishlashni ham boshlashgan... Men ham oʻquvchilarimdan qolmay deb Yaponiyaga kevoldim... bir oʻquvchimiz Ustoz deb Aeroportdan kutib oldi va menga juda koʻp yordam berdi. Alloh oʻzi qoʻllasin u kishini.

Читать полностью…

Playlist

1 oydan buyon playlistga yangi music qoʻshilmayapti, balki sizda bordir? Share Me @Iqtibosrobot

Читать полностью…

Playlist

Oʻtgan yili shu vaqtlarda Netflixning "Dark" seriesiga mukkamdan ketgan edim... "Dark" TOP darajadagi series. So that, Always recommend you.

Читать полностью…

Playlist

Ba'zan odamga koʻp narsa kerak boʻlmaydi. Toza havo. Music. Va tamaki.

Читать полностью…

Playlist

Umuman, vaqt tez oʻtyapti. You know. So that, hayotingdagi daqiqalarni musiqa bilan chiroyli xotiralarga muxrla.

Читать полностью…

Playlist

If I stay with you, if I'm choosing wrong
I don't care at all
If I'm losing now, but I'm winning late
That's all I want

Now we need some space, 'cause I feel for you
And I wanna change
Growing up alone, it seems so short
I can't explain

Whatever happens in the future, trust in destiny
Don't try to make anything else even when you feel

I don't care at all
I am lost
I don't care at all
Lost my time, my life is going on

I will be so strong, looking for a new version of myself
Cause now all I want is to be a part of my new world

Whatever happens in the future, trust in destiny
Don't try to make anything else even when you feel

I don't care at all
I am lost
I don't care at all
Why not have it all
I am lone
I don't care at all
Lost my time, my life is going on

Читать полностью…

Playlist

Umr oʻtmoqdadir, umr oʻtmoqda…

Odam yoshi va qalb yoshi bir-biriga mos boʻlmaskan hech. Qalbim mendan bir necha barobar tezroq qariyotgandek goʻyo…

Читать полностью…

Playlist

Men Shohruxman.

Yangi jamoada ilk qadam oʻzingizni tanishtirishdan boshlanadi. Va sizdagi ilk vazifa oʻz ismingizni bir necha kun oʻtib qayta soʻrashlariga oʻrin qoldirmaslik. Yangi joyda ish/oʻqish boshladingiz, va ismingizni qayta-qayta unutib qoʻyishib soʻrashyaptimi, demak, bu joydagi ilk magʻlubiyatni qabul qilib oldingiz. Universitetga kelib birinchi kuni olgan maslahatimiz shu edi. 日本に来て良かった。

Читать полностью…

Playlist

audio/mpeg, 320.6 kbps

Читать полностью…

Playlist

Hayot qisqa. Dunyo keng.
Bugun uchratgan odamingizni ikkinchi marta uchratish imkoni deyarli 0'ga teng.
Deyarli bir yilga yaqin vaqt davomida yashayotgan shahrimdan koʻchish arafasidaman. Birga ishlab, vaqt oʻtkazgan odamlarni boshqa koʻrmaslikni oʻylash biroz gʻalati kayfiyat beradi. Shu kunlarda shunaqa mood menda.

Читать полностью…

Playlist

audio/mp3, 241.3 kbps

Читать полностью…

Playlist

Jim ketaman.
Jimlik to‘lgan tomchi bo‘lib...

Читать полностью…

Playlist

Faslning 4'ga boʻlinishi - bu mukammallik belgisi emas. Mukammal narsa, shaxs aslida yoʻq. Uni oʻylab topishgan. Benuqson narsa faqatgina xayolda mavjud. Inson shaxsiyatini boʻlib oʻtgan voqealar shakllantiradi. U eng boshidan shunday boʻlmaydi.
Fikrlar tarqoq. Yozayotganlarimda ma'no mavjud emas. Xoʻsh, nima uchun ma'no boʻlishi kerak?

Читать полностью…

Playlist

Koʻngil deganlari gʻaroyib narsa...

Читать полностью…

Playlist

Uzoq joyda yurganingda kistangda puling, yeyishga ovqating, yashashga joying boʻlsa ham nimadir yetishmaydi ekan...

Читать полностью…

Playlist

Bitta xonadan chiqmay oʻtirish odamga yomon ta'sir qilarkan..

Читать полностью…

Playlist

Avtobus. Yuzida charqchoq aks etgan bir necha odam. Quloqchin.
Just live.

Читать полностью…

Playlist

Ikki yil avval qanday kayfiyatda eshitganim aniq esimda emas-u, lekin ajoyib music, qayta kashf qildim..

Читать полностью…

Playlist

Music topilmayapti. Shit. Menga music ulash: @Iqtibosrobot

Читать полностью…

Playlist

Bir kun,
boshqacha bo'ladi hammasi,
boshqacha aylanar dunyolar, rostim,
Ungacha kulmayman,
bu kunlarimga
Ravo ko'rmagayman kulgu ovozin...
Bir kuni chinorlar gullaydi vaqtli,
Ko'kka singib ketar adoqsiz tuman.
Bugunga aylangan ertalar haqqi,
Men unda yig'lashni bilmayman.
Xudo yorlaqagan yo'llarim bordir,
Bir kun parvoz qilar qanotsiz jussam.
Meni kuzakda ham topa olmaysan,
Sendan yuz buraman, azizim g'ussa.

Aziz Nur

Читать полностью…

Playlist

Final... Lovely series.

Читать полностью…
Subscribe to a channel