AQSh va dunyo bo'ylab turli ta'lim grantlari haqida ma'lumotlar va ularga hujjat topshirish bo'yicha maslahatlar. Kanal muallifi: Behzod Mamadiev Taklif va savollar uchun: @bmamadiev_bot
#australia #master #phd #fullscholarship
Avstraliya davlat granti
Grant xalqaro va avstraliyalik magistr va doktorant talabalar uchun to'liq grant taklif qiladi.
Kimlar uchun:
Xalqaro studentlar uchun:
-Talabgorlar kamida "Australian honours degree" ga teng bo'lgan darajadagi sertifikat yoki diplomi bo'lishi
- O'zi topshirayotgan universitet til talablariga javob berishi
- Quyidagi 41 ta universitet:
Australian Catholic University
Batchelor Institute of Indigenous Tertiary Education
Bond University
Central Queensland University
Charles Darwin University
Charles Sturt University
Curtin University
Deakin University
Edith Cowan University
Federation University Australia
Flinders University
Griffith University
James Cook University
La Trobe University
Macquarie University
Monash University
Murdoch University
Queensland University of Technology
Royal Melbourne Institute of Technology
Southern Cross University
Swinburne University of Technology
The Australian National University
The University of Adelaide
The University of Melbourne
The University of Notre Dame Australia
The University of Queensland
The University of Sydney
The University of Western Australia
Torrens University of Australia
University of Canberra
University of Divinity
University of New South Wales
University of Newcastle
University of South Australia
University of Southern Queensland
University of Tasmania
University of Technology Sydney
University of the Sunshine Coast
University of Wollongong
Victoria University
Western Sydney University
dan biriga qabul qilingan bo'lishi:
Universitetga topshirish uchun umumiy talablar quyidagilardan iborat:
- Onlayn anketa to’ldirish;
- Diplom va baholar varaqasi nusxasi (notarial tarjima bilan);
- TOEFL va GRE/GMAT test natijalari (Ballar bo’yicha talablar o’quv dasturiga qarab har xil bo’lishi mumkin; aksariyatida minimum talab 100iBT yoki 600PBT; faqat MBA dasturiga IELTS topshirish mumkin);
- Ikkita tavsiyanoma;
- Insho (Motivation Letter/Statement of Purpose
Scholarship shularni qoplaydi:
-yashash harajatlari uchun yillik 28.597 AUD, (22.158 USD)
-To'liq universitet to'lovi
-pullik tibbiy xizmatlar
-bordi-keldi samalyot chiptasi uchun $1000
-universitet qog'oz ishlari uchun $420 magistrlar, $840 doktorantlar uchun.
Sohalar:
Arts
Engineering, Computer, and Mathematical Sciences
Health and Medical Sciences
Professions
Sciences
Muhlat: Universitetga qarab farq qiladi.
Batafsil ma’lumot: SHU YERDA
👉 @siz_uchun_grantlar
#US #Master #PhD #fullscholarship
Stenford universitetida o’qish uchun grant
❗️Dastur haqida: AQShning va dunyoning eng nufuzli oliy o’quv yurtlaridan biri bo’lgan Stenford universiteti “Knight-Hennessy Scholars” dasturi orqali 2022-2023-o'quv yili uchun magistratura va doktorantura darajalariga grant taqdim etadi. Topshirish mumkin bo’lgan sohalar cheklanmagan. Biznes boshqaruvi (MBA), huquqshunoslik (JD) va tibbiyot (MD) yo’nalishlari uchun ham grant beriladi.
❗️Kim uchun: Bakalavr yoki magistraturani 2015-yil yoki undan keyin tamomlaganlar; so’nggi kursda o’qiyotganlar ham topshirishi mumkin.
❗️Nechta o’rin: 90 ga yaqin
❗️ Grant miqdori: o’qish puli to’liq qoplanadi va oylik stipendiya, tibbiy sug’urta bilan ta’minlanadi
Ariza topshirish tartibi
❗️MUHIM: Grant uchun ariza topshirishdan avval Stenford universitetining o’zingiz o’qishni xohlagan sohasiga alohida hujjat topshirishingiz kerak. Ya’ni, universitetga va grantga alohida-alohida hujjat topshiriladi.
Universitetdagi ta’lim dasturlari va ularga hujjat topshirish tartibi haqida batafsil SHU YERDAN ma’lumot olishingiz mumkin. Ariza topshirish muddati va talablar turli ta’lim yo’nalishlari uchun har xil bo’lishi mumkin.
Universitetga topshirish uchun umumiy talablar quyidagilardan iborat:
- Onlayn anketa to’ldirish;
- Diplom va baholar varaqasi nusxasi (notarial tarjima bilan);
- TOEFL va GRE/GMAT test natijalari (Ballar bo’yicha talablar o’quv dasturiga qarab har xil bo’lishi mumkin; aksariyatida minimum talab 100iBT yoki 600PBT; faqat MBA dasturiga IELTS topshirish mumkin);
- Ikkita tavsiyanoma;
- Insho (Motivation Letter/Statement of Purpose)
❗️MUHIM: Universitetga hujjat topshirganingizdan keyin grant uchun alohida SHU YERDAN hujjat topshirasiz (qabul 1-avgustdan ochiladi; ungacha universitetga hujjatlarni tayyorlab topshirib qo'yishingzini tavsiya qilamiz).
Yuqoridagi hujjatlardan tashqari, grantga ariza topshirish davomida quyidagi savollarga ham javob yozishingiz kerak:
1. After graduating from Stanford, what are your immediate and long-term intentions? (150 word limit);
2. How will your Knight-Hennessy Scholars experience prepare you to realize your intentions? (150 word limit);
3. Please tell us eight improbable facts (things that are unlikely but true) about you. (150 word limit);
4. Please tell us when you: a) made someone proud of you, b) were most challenged, and c) did not meet expectations. (150 word limit combined).
Ariza topshirganingizdan keyin, agar sizga taklifnoma kelsa, saytga o’zingiz haqingizda maksimum ikki daqiqalik video yuklashingiz kerak. Bu sizning shaxsingizni aniqlash uchun kerak bo’ladi.
❗️Grant uchun ariza topshirish muhlati: 2021-yil, 6-oktabr (Universitetga hujjat topshirish muhlati bundan erta bo’lishi mumkin)
Grant uchun ilk nomzodlar 2022-yil fevralda saralab olinadi va grant yutib olganlarning so’nggi ro’yxati 2022-yil aprel oyida e’lon qilinadi.
❗️Batafsil ma’lumot: SHU YERDA
❗️Grant arizasi namunasi: SHU YERDA
👉 @siz_uchun_grantlar
ONLINE ENGLISH COURSE👩💻
Improve your English online with Diplomat Academy.
Why Diplomat Academy? 🤔
- Highly qualified & experienced teachers
- Modern textbooks (Headway 5th ed.)
- Premium Zoom app (lessons 1.5 hours)
- Strict quality assurance
- Offline midterm exams.
Admission is currently open for the following courses. 👇
1️⃣ PRE-INT: Tue / Thu / Sat: 09: 00-10: 30
2️⃣ PRE-INT: Mon / Wed / Fri: 19: 00-20: 30
3️⃣ INTERM: Tue / Thu / Sat: 17: 30-19: 00
4️⃣ INTERM: Tue / Thu / Sat: 19: 00-20: 30
5️⃣ UPPER: Tue / Thu / Sat: 19: 00-20: 30
❗️Students must be between 15 and 19 years old and located in Tashkent.
💰 Course fees: 350K UZS (per month)
Enrollment: @diplomat_ac
Phone: +998949849889
Our Telegram channel: /channel/diplomatenglish
English placement test: https://forms.gle/yN3jw7xCr3Eaxue39
"Global Korea Scholarship" dasturiga topshirish uchun ariza va hujjatlar ro'yxati (ingliz tilida)
👉@siz_uchun_grantlar
"Global Korea Scholarship" dasturi bo'yicha batafsil ma'lumot:
https://www.studyinkorea.go.kr/en/sub/gks/allnew_invite.do
👉 @siz_uchun_grantlar
Yarim soatdan keyin Koreya grantlari haqidagi ovozli chatimiz boshlanadi.
Qachon: 15-may, 18:00 (O'zbekiston vaqti)
Nima haqida: Janubiy Koreyada o'qish va grant yutish yo'llari
Kim bilan: Janubiy Koreyada o'qiyotgan vatandoshimiz Vohidjon Qahramonov
Qayerda: @siz_uchun_grantlar
Onlayn insholar tanlovi
Ushbu insholar tanlovi tinchlik va barqaror rivojlanish madaniyatini targ'ib qilishda dunyo yoshlarining kuchi, ijodkorligi va tashabbusidan foydalanish maqsadida tashkil etilgan. Shuningdek, odamlarning yoshlar dunyoqarashiga bo'lgan munosabatini o'zgartirish va har birimiz dunyoda qanday o'zgarishlarni amalga oshirishimiz mumkinligi haqida o'ylashga undashga qaratilgan.
Mavzu: What is life? (Hayot o'zi nima?)
Kim uchun: 25 yoshgacha bo'lganlar
Qatnashchilar ikkita kategoriyaga bo'linadi:
1) 14 yoshgacha bo'lganlar;
2) 15-25 oralig'idagi yoshlar.
Qatnashish tartibi:
Qatnashchilar "Hayot o'zi nima?" mavzusida ingliz yoki fransuz tilida insho yozishlari kerak. Insho maksimum 700 ta so'zdan iborat bo'lishi lozim.
Inshoni jo'natish uchun SHU YERDA ro'yxatdan o'tish kerak.
Mukofotlar:
1-o'rin (1 kishi): 100000 iyena ($990)
2-o'rin(3 kishi): 50000 iyena ($450)
3-o'rin (5 kishi): sertifikat va sovg'alar
G'oliblar 31-oktabr kuni e'lon qilinadi.
Inshoni topshirishning so'nggi muhlati: 2021-yil, 21-iyun
Batafsil ma'lumot SHU YERDA. Avvalgi yillarda g'olib bo'lgan insholar bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin.
👉 @siz_uchun_grantlar
#Japan #Bachelor #FullScholarship
Yaponiya hukumatining bakalavr darajasi uchun MEXT grant dasturi
Dastur haqida: MEXT dasturi xalqaro talabalarga Yaponiyada bakalavr darajasida o'qish uchun grant taqdim etadi.
Grant miqdori: Tanlab olinganlar Yaponiyada bir yil yapon tilini o'rganadi. Shundan so'ng to'rt yil bakalavr darajasi uchun o'qiydi. O'qish, yashash va safar bilan bog'liq barcha xarajatlar qoplanadi.
Talablar
- 12 yillik ta'lim darajasiga ega bo'lish (kollej yoki litseyni bitirgan bo'lish; bakalavr darajasida hozir o'qiyotganlar ham topshirishi mumkin);
- Yapon tilini boshlang'ich darajada bilish;
- Ingliz tilini o'rtacha darajada bilish.
Ariza topshirish tartibi
Anketa va unga ilova qilinadigan hujjatlarni SHU YERDAN saqlab olishingiz mumkin.
Topshiriladigan hujjatlar:
- Anketa;
- Maktab/litsey/kollej yoki universitet baholari ilovasi va guvohnoma/diplom nusxasi (tarjima qilingan nusxalar o'qish joyi muhri bilan tasdiqlangan bo'lishi kerak);
- O'qituvchi yoki maktab/kollej/litsey direktoridan tavsiyanoma (Namuna ilova qilingan);
- Tibbiy guvohnoma (Namuna ilova qilingan);
❗️MUHIM: Barcha hujjatlar ingliz yoki yapon tilida to'ldirilishi kerak va Toshkentdagi Yaponiya elchixonasiga ikki nusxada (bir original va bir ko'chirma) olib borib topshirilishi lozim.
❗️MUHIM: Anketasi qabul qilinganlarning ro'yxati 3-iyun kuni e'lon qilinadi. Natijani bilish uchun shu kuni elchixonaga o'zingiz murojaat qilishingiz kerak.
❗️MUHIM: Arizasi qabul qilinganlardan Toshkent shahrida iyun oyi o'rtalarida imtihon olinadi. Ijtimoiy-gumanitar soha uchun topshirganlar yapon tili, ingliz tili va matematikadan test topshiradi. Tabiiy fanlar yo'nalishidagilar qo'shimcha kimyo, biologiya yoki fizikadan imtihon topshiradi. Imtihondan o'tish uchun yapon va ingliz tillarini kamida boshlang'ich darajada bilishingiz kerak.
Yozma testlarga tayyorlanish uchun o‘tgan yilgi testlar savolllari va ularning javoblarini SHU YERDAN yuklab olishingiz mumkin.
Iyul oyida yozma imtihondan o'tganlardan suhbat olinadi va tanlovning so'nggi natijalari 2022-yil yanvar-fevral oylarida e'lon qilinadi.
Hujjatlarni topshirish uchun elchixona manzili: Toshkent shahri, Sodiq Azimov ko'chasi, 1-proyezd, 28-uy
Hujjat topshirish muhlati: 2021-yil, 26-may
Batafsil ma’lumot: Grant haqidagi to'liq ma'lumot bilan SHU YERDA (ingliz tilida) tanishing. O'zbek tilidagi ma'lumotlar SHU YERDA. Savollaringiz bo'lsa soat 09:00 dan 13:00 gacha hamda 14:30 dan 18:00 gacha elchixonaga 78-120 80 76/60/61/62 telefon raqamlari orqali bog'lanishingiz mumkin.
Elchixona sayti: https://www.uz.emb-japan.go.jp/itpr_ru/programMEXT.html
👉 @siz_uchun_grantlar
#China #Master #FullScholarship
Xitoyning Sinxua universitetida magistratura o'qish uchun grant
Dastur haqida: Dunyoning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda yaratilgan "Schwarzman Scholars" dasturi Xitoyning Sinxua universitetida gumanitar sohalarda magistartura o'qish uchun to'liq grant taqdim etadi.
Grant miqdori: Bepul o'qish, oylik stipendiya; yo'l xarajatlari, tibbiy sug'urta va o'qish bilan bog'liq boshqa barcha xarajatlar qoplanadi.
O'rinlar soni: 200 ta
Talablar
- Bakalavrni tamomlagan bo'lish yoki o'qish boshlanguncha bitirish;
- 18 va 29 yosh orasida bo'lish:
- Ingliz tilidan minimum talablar:
TOEFL PBT - 600;
TOEFL iBT - 100;
IELTS - 7.
❗️MUHIM: Grant quyidagi sohalar uchun beriladi:
- Public Policy (Davlat siyosati)
- International Studies (Xalqaro tadqiqotlar)
- Economics and Business (Iqtisodiyot va biznes)
Bakalavr darajangiz aynan shu sohalarda bo'lishi shart emas.
Ariza topshirish tartibi
Hujjatlar internet orqali SHU YERDAN topshirilishi kerak. Topshiriladigan hujjatlar:
• Onlayn anketa
• Rezyume (Maksimum 2 bet)
• Diplom va baholar ilovasi (notarial tarjimasi bilan)
• Insho (2 ta)
• Tavsiyanoma (3 ta)
• O'zingiz haqingizda video (Ixtiyoriy)
Suhbatga taklif qilinsangiz, Xitoyga borib-kelish xarajatlari ham qoplanadi.
Hujjat topshirish muhlati: 2021-yil, 21-sentabr
Batafsil ma’lumot: Ushbu dastur bo'yicha ko'p so'raladigan savollarga berilgan javoblarni SHU YERDA ko'rishingiz mumkin. Onlayn anketa namunasi bilan SHU YERDA tanishing. Anketani to'ldirish bo'yicha qo'llanma esa SHU YERDA.
👉 @siz_uchun_grantlar
Germaniyada o'qishni xohlaysizmi? Navbatdagi audio muloqotimiz shu haqda bo'ladi.
Germaniyada uzoq yillar o'qigan va ishlagan Ravshan Xo'janov bilan Germaniyada o'qish, buning uchun nimalar qilish kerakligi, grant topish va grant yutish yo'llari haqida suhbatlashamiz.
Qachon: 9-may, 18:00 (O'zbekiston vaqti)
Nima haqida: Germaniyada o'qish va grant topish yo'llari
Kim bilan: Germaniyada o'qigan vatandoshimiz Ravshan Xo'janov
Qayerda: @siz_uchun_grantlar
Suhbat audio chat tarzida bo'ladi. Unda o'zingizni qiziqtirgan savollarni berishingiz mumkin. Do'stlaringizni ham taklif qiling.
👉 @siz_uchun_grantlar
Recorded conversation
👉 @siz_uchun_grantlar
English Conversation Chat
This Sunday we are going to have our next English conversation voice chat.
Please join us to improve and practice your speaking skills. In this audio chat, we will talk about what it is like to be a student in the U.S., and why you want to study in the U.S.
When: May 2, 2021, 9 pm Tashkent time
Where: @siz_uchun_grantlar
Topic: Why I want to study in the U.S.
Please share this post with your friends. Talk to you soon!
👉 @siz_uchun_grantlar
"Hubert Humphrey" grant dasturiga hujjat topshirish yo'l-yo'riqlari haqida shu dastur asosida AQShda o'qigan Mirjahon Turdiev bilan suhbat
👉 @siz_uchun_grantlar
Today our voice chat was in English. Participants introduced themselves and asked questions about learning English and study opportunities abroad.
If you think it was beneficial, we will continue such conversations in the future.
Thanks to all who joined our chat today!
@siz_uchun_grantlar
#US #FullScholarship
AQShda bir yil malaka oshirish imkoniyati
Dastur haqida: Fulbrayt ta’lim almashinuv dasturlari doirasiga kiruvchi Hyubert Hamfri (Hubert Humphrey) dasturi o‘zbekistonlik mutaxassislarga AQShda o‘n oy davomida ilmiy unvonsiz magistratura darajasida tahsil olish va o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha malaka oshirish imkonini beradi.
Qatnashchilar Amerika universitetida bir yil davomida o‘zlarining kasbiy qiziqishlariga mos keluvchi magistratura kursida tahsil oladi, lekin magistrlik unvoni berilmaydi.
Kim uchun: Dastur davlat va jamoat tashkilotlari yoki xususiy sektorda ishlaydigan, boshqaruv qobiliyatiga ega, faol jamoatchi mutaxassislar uchun mo’ljallangan.
Grant miqdori: O’qish, yashash va safar xarajatlari to’liq qoplanadi. Oylik stipendiya va tibbiy sug’urta bilan ta’minlanadi.
Talablar
- O‘zbekiston fuqarosi yoki O‘zbekiston tomonidan beriladigan amaldagi pasport olish huquqiga ega doimiy rezident bo‘lish hamda ariza topshirish va saralash jarayonining to‘liq muddati davomida shu mamlakatda muqim istiqomat qilish;
- Bakalavr darajasiga ega bo‘lish;
- O’qishni bitirgandan keyin kamida besh yillik kasbiy mehnat stajiga ega bo‘lish.
- Ingliz tilini bilish (TOEFL yoki IELTS shart emas)
- AQShda oxirgi yetti yil ichida magistratura o’qigan yoki oxirgi besh yil ichida olti oydan uzoqroq muddat istiqomat qilgan shaxslar ushbu dasturda ishtirok eta olmaydi.
Hujjat topshirish mumkin bo’lgan yo’nalishlar
Human and Institutional Capacity:
Economic Development
Finance & Banking
Public Policy Analysis and Public Administration
Technology Policy and Management
Human Resource Management
Rights and Freedoms:
Communications and Journalism
International Religious Freedom
Law and Human Rights
Trafficking in Persons Policy & Prevention
Sustainable Lands:
Agricultural and Rural Development
Natural Resources, Environmental Policy and Climate Change
Urban and Regional Planning
Thriving Communities:
Contagious and Infectious Diseases
Public Health Policy and Management
HIV&AIDS, Policy and Prevention
Substance Abuse Education, Treatment and Prevention
Educational Administration, Planning, and Policy
Higher Education Administration
Teaching English as a Foreign Language
Hujjat topshirish tartibi
Onlayn anketa SHU YERDAN topshirilishi kerak. Arizaga ikkita tavsiyanoma va ingliz tilini qanchalik bilishingiz haqidagi formani ilova qilishingiz kerak. Tavsiyanomalarni onlayn anketa orqali kiritish mumkin. Agar buning iloji bo’lmasa, tavsiyanoma formasini SHU YERDAN yuklab olib, tavsiyanoma yozib beruvchiga jo’nating. Tavsiyanomani to’ldirgan odam uni TashkentFulbright@state.gov manziliga jo’natishi kerak.
Saralash jarayoni
Hujjatlari ma’qul topilgan nomzodlar AQSh elchixonasida bo‘lib o‘tadigan suhbatga taklif qilinadi. Suhbatdan so‘ng eng yaxshi nomzodlardan TOEFL testi olinadi. Test xarajatlari elchixona tomonidan qoplanadi. Tanlovning so’nggi natijalari keyingi yil boshlarida e’lon qilinadi. Qabul qilinganlar 2022-yilning kuz oylarida AQShga jo‘nab ketadi.
❗️MUHIM: Oliy o‘quv yurtini yaqinda bitirgan nomzodlar topshirgan hujjatlar ko‘rib chiqilmaydi (kamida besh yillik ish staji kerak).
Hujjat topshirish muhlati: 2021-yil, 10-iyun
Batafsil ma’lumot: To’liq ma’lumot bilan SHU YERDA tanishing. Dastur bo’yicha savollaringiz bo’lsa, ularni TashkentFulbright@state.gov elektron pochta manziliga yuboring. Sarlavhaga “2022 Humphrey Fellowship Program” deb yozishni unutmang.
👉 @siz_uchun_grantlar
"Samarkand- USA English Camp – 2021" lageri koronavirus pandemiyasi tufayli bekor qilinibdi.
Bu haqda ishtirokchilarga xat keldi. Lager uchun qabul endi kelasi yil bo'lishi eslatilgan.
👉 @siz_uchun_grantlar
O'qing va dunyo kezing...
Litseyni bitirganimga 20 yil to’libdi. 20 yil oldin 25-may oqshomini qanday nishonlaganimiz kechagidek esimda...
U davrlar dunyodagi eng ulkan orzuimiz Toshkentda o’zimiz xohlagan oliy o’quv yurtiga o’qishga kirish edi. Undan uyog’ini ko’ra olmagan edik...
Maktabni bitirib, haqiqiy hayot ostonasiga endi qadam qo’yayotgan yoshlarga eski bir postimni ulashmoqchiman... Shoyad, ibrat bo’lsa...
Ukalar, singiljonlar!
O'qinglar, dunyo kezinglar. Sizlarni bundan nima to'sib turibdi? Pulingiz kammi? Repetitorga, til markaziga qatnashga mablag' yetishmayaptimi?
Busiz ham eplasa bo'ladi-ku. Miyangiz soppa-sog'mi? To'rt muchangiz salomatmi? Daftar-qalamingiz, yeyishga non-choyingiz, boshingizda boshpanangiz bormi? O'qish uchun yana nima kerak? Kitob bo'lsa kifoya-ku.
Men 90-yillarda, O'zbekistonda iqtisodiy qiyinchilikning eng og'ir pallalarida, qishloqda ulg'ayganman. Hashar yo'li bilan qurilgan 9 yillik maktabda o'qiganman. Keyinroq tuman markazidagi litseyga o'qishga o'tganman.
Qaysidir yili maktabga olib borish uchun hatto daftarim bo'lmagan. Oilamizda moddiy qiyinchilik juda qattiq bo'lgan shekilli, dadamga daftar olib bering, deb so'ramaganman ham. Chunki ortiqcha pul bo'lganda, albatta, olib bergan bo'lardi.
O'tgan yildan qolgan daftarlarning yozilmagan oppoq varaqlarini ajratib olib, ularni bir-biriga ustma-ust qo'yib, daftar yasaganman. Muqovasi daftarga o'xshasin deb ustini yashil yoki qizil qalam bilan bo'yab chiqqanman. Ruchka bilan muqovaning o'rtasiga 4-5 qator chiziq tortganman, dars nomini va ism-familiyamni yozish uchun. Varaqlarni bir-biriga igna-ip bilan tikib ulaganman... Bir yilni shu daftarlar bilan o'tkazganman...
Qish uchun paltom bo'lmagan. Bir yosh katta akam bilan bitta paltoni kiyardik. Men tushdan keyin 2-smenada o'qiganim uchun akamning maktabdan qaytishini kutardim. U kelishi bilan paltoni kiyib, o'qishga ketardim.
Xitoyning arzon dermantin etiklari bo'lardi. 1-2 hafta kiysangiz yorilib ketardi. Yirtilgan etik kiyishga rosa uyalardim. Akam ustiga boshqa charm qoplab, yoriqlari ko'rinmaydigan qilib qo'lda tikib bergan edi...
Maktabimizning kichkina kutubxonasi bo'lardi. Men o'qib chiqmagan badiiy kitobi qolmagan. Uyimda 20-30 tacha o'zimning kitoblarim bo'lardi. Ko'pi dadamniki. Ularning har birini kamida 2-3 martadan o'qib chiqqanman. Nega? Chunki o'qishga boshqa kitob topa olmaganman.
Rubob bo'yicha musiqa maktabiga qatnardim. Bir kuni maktabga borsam, zalning o'rtasida uyum-uyum kitoblar, minglab badiiy kitoblar yotibdi...
Bular qayerdan keldi??? Bilsam, qishlog'imiz kolxozining katta kutubxonasi bor ekan; shu kutubxona yopilibdi, ya'ni binosini olib boshqa qaysidir tashkilotga berishibdi. Kitoblarni qo'ygani joy topilmagani uchun musiqa maktabining zaliga olib kelib tashlashibdi... Qishlog'imizda shunday kutubxona bor ekan... Buni menga hech kim aytmagan, bunday kutubxona borligini bilmaganman... Shunaqa alam qilgan...
Afsus, endi bu kutubxona ham yo'q edi... Zalda uyulib yotgan kitoblarni keyin nima qilishgan, bilmayman, qayergadir olib ketishgan. Ulardan olib rosa o'qigim kelgan, ammo olishga, birovdan so'rashga uyalganman. Eslasam, haligacha ichim tirnaladi...
Bugun hamma narsam bor. Vashingtonda dunyoning eng ulkan Kongress kutubxonasi joylashgan. Shaharda ko'plab davlat kutubxonalari bor. Hammasidan foydalanish tekin. Borishga erinsam, "Kindle" readerimga internet orqali bir soniyada yuklab olaman. Ammo...
Bugun avvalgidek kitobxonligim yo'q. Bugun dangasaman. Ilgarigidek kitobga tashnalik, soatlab kitob o'qish yo'q. Nega? Nazarimda, odamda hashamat kuchaygan sari, qulaylik ortgan sari dangasaligi ham ortib boradi.
Bugun dunyoning istalgan burchagi bir qadam. Aqlli, ilmli, qaysdir sohaning bilimdoni bo'lgan odamlarga bugun hech qayerda chegara yo'q. Xohlang AQShda, xohlang Avstraliya yoki Yaponiyada o'qing, ishlang. Mutaxassis bo'lsangiz bas.
Hamma narsaga erishsa bo'ladi. O'zbekistonda tug'ilganingiz, o'zbekligingiz yoki qishloqda, dehqonning bolasi ekaningiz bunga aslo to'siq bo'la olmaydi. Hammasi o'zingizga bog'liq!
👉 @siz_uchun_grantlar
"Global Korea Scholarship" dasturida qatnashadigan universitetlar va yo'nalishlar ro'yxati (ingliz tilida)
👉@siz_uchun_grantlar
"Global Korea Scholarship" dasturiga hujjat topshirish yo'l-yo'riqlari bo'yicha batafsil qo'llanma (ingliz tilida)
👉@siz_uchun_grantlar
Januniy Koreyada tahsil olayotgan Vohidjon Qahramonov bilan “Global Korea Scholarship” grant dasturi haqida o'tkazilgan suhbat
👉 @siz_uchun_grantlar
#VoiceChat
Koreya hukumati grantlarini qo'lga kiritish yo'llari haqida suhbat
Janubiy Koreyada o'qishni xohlaysizmi? Koreya hukumati grantlari haqida eshitganmisiz? Ularni qanday qo'lga kiritish mumkin? Ertaga bo'ladigan audio muloqotimiz shu haqda.
⚡️ Koreya universiteti Biznes maktabida Xalqaro biznes yo'nalishi bo'yicha magistratura darajasida tahsil olayotgan Vohidjon Qahramonov bilan Janubiy Koreyada o'qish, buning uchun nimalar qilish kerakligi hamda hukumat grantini yutish yo'llari haqida suhbatlashamiz.
Qachon: 15-may, 18:00 (O'zbekiston vaqti)
Nima haqida: Janubiy Koreyada o'qish va grant yutish yo'llari
Kim bilan: Janubiy Koreyada o'qiyotgan vatandoshimiz Vohidjon Qahramonov
Qayerda: @siz_uchun_grantlar
Suhbat ovozli chat orqali bo'ladi. Unda o'zingizni qiziqtirgan savollarni berishingiz mumkin.
👉 @siz_uchun_grantlar
#internship #Poland
Yevropada uch oylik yozgi amaliyot
Dastur haqida: "Reuters" axborot agentligi jurnalistika yoki unga aloqador sohada so'nggi kursda o'qiyotgan talabalarni yoki yangi bitirganlarni yozda uch oy amaliyot o'tashga taklif etadi.
Qabul qilinganlar Polshada uch oy davomida yangilik yozish va tahrir qilish bo'yicha amaliyot o'taydi.
Grant miqdori: Yashash va safar xarajatlari to'liq qoplanadi, oylik maosh beriladi.
Talablar
- Jurnalistika yoki unga aloqador sohada so'nggi kurs talabasi bo'lish yoki yangi bitirgan bo'lish;
- Ingliz tilini va yana bir boshqa Yevropa tilini (masalan, rus tili) bilish;
- Jurnalistika sohasiga qiziqish;
- Tarjima va yaxshi kommunikatsiya malakasiga ega bo'lish.
Ariza topshirish tartibi:
- SHU YERDA ro'yxatdan o'tib, anketa to'ldirishingiz kerak;
- Anketada o'zingiz haqingizda ma'lumot va rezyumeni ilova qilishingiz kerak.
- Anketeda berilgan savollarga javob berishingiz kerak.
Hujjat topshirish muhlati: 2021-yil, 23-may
Batafsil ma'lumot: SHU YERDA
👉 @siz_uchun_grantlar
#Germany #Master #PhD #FullScholarship #DAAD
Germaniyada magistratura va doktorantura o’qish uchun DAAD grantlari
Dastur haqida: Germaniya hukumati tomonidan moliyalanadigan DAAD dasturi har yili xalqaro talabalarga turli sohalar bo’yicha Germaniyada magistratura yoki doktorantura darajalarida o’qish uchun to’liq grantlar ajratadi.
Kim uchun: Bakalavr darajasini bitirgan va kamida ikki yillik ish tajribasiga ega bo’lganlar.
Grant miqdori: O’qish bepul; magistratura uchun 861 yevro, doktorantura uchun 1200 yevro oylik stipendiya; tibbiy sug’urta va safar xarajatlari qoplanadi.
Talablar
- O’qimoqchi bo’lgan sohasiga aloqador yo’nalishda to’rt yillik bakalavr darajasiga ega bo’lish;
- Kamida ikki yillik ish tajribasiga ega bo’lish;
- Nemis tilida o’qish uchun kamida B1 sertifikatiga ega bo’lish (Qabul qilinganlar o’qishni boshlashdan oldin Germaniyada olti oylik nemis tili kursidan o’tadi va imtihon topshiradi);
- Ingliz tilida o’qish uchun IELTSdan kamida 6 yoki TOEFLdan minimum ( 550 paper based, 213 computer based, 80 internet based) ballarga ega bo’lish kerak.
❗️MUHIM: Bir paytda uchta yo’nalishga hujjat topshirish mumkin. Hujjatlar DAAD dasturida qatnashadigan universitetlarga to’g’ridan to’g’ri topshirilishi kerak. DAAD grantida qatnashadigan universitet va yo’nalishlar ro’yxati, hujjat topshirish muddatlari: SHU YERDA (2022-2023-o’quv yili uchun)
Ariza topshirish tartibi
Yuqorida berilgan havola orqali kirib, o’zingizga mos soha va universitetni tanlang. Soha nomiga biriktirilgan havola orqali universitet saytiga kirib, quyidagi hujjatlarni to’g’ridan to’g’ri universitetga topshirishingiz kerak (hujjatlarni qayerga va qanday topshirish bo’yicha batafsil ma’lumot universitet saytida bo’ladi).
- To’ldirilgan va imzo qo’yilgan DAAD arizasi;
- Imzo qo’yilgan CV (Europass formatida bo’lishi kerak);
- Maqsadlar aks etgan va imzo qo’yilgan; ko’pi bilan ikki betli insho (Letter of Motivation);
❗️MUHIM: Agar birdan ortiq kursga topshirayotgan bo’lsangiz (maksimum uchta dasturga topshirish mumkin), shu bitta inshoda nega shu kurslarni tanlaganingizni va bu kurslardan qaysi birini afzalroq ko’rishingizni tartib bo’yicha tushuntirib berishingiz kerak.
- Ishdagi rahbaringizdan tavsiyanoma. Tavsiyanoma ishxonaning maxsus blankasiga yozilishi va imzo hamda muhrga ega bo’lishi kerak;
- Kamida ikki yil ishlaganingizni tasdiqlovchi mehnat daftarchasidan nusxa (notarial tarjimasi bilan);
- Tilni (nemis yoki ingliz tili) bilishingizni tasdiqlovchi hujjatlar;
- Bakalavr darajasi va baholar varaqasi nusxalari (notarial tarjimasi bilan).
Eslatma: Ba’zi universitetlar qo’shimcha ma’lumot yoki hujjatlar so’rashi mumkin. Bu haqda ularning saytidan batafsil ma’lumot olasiz.
Hujjat topshirish muhlati
2022-2023-o’quv yili uchun hujjatlar topshirish sanasi universitetga qarab har-xil bo’lishi mumkin. Muhlatlar bo’yicha to’liq ro’yxatni SHU YERDA ko’rishingiz mumkin.
Tanlov jarayoni
1. Barcha hujjatlarni universitet sayti orqali belgilangan muddatdan oldin topshirasiz.
2. Tanlov hay’ati ehtimoliy nomzodlarni DAAD granti uchun tavsiya qiladi.
3. DAAD hay’ati ehtimoliy nomzodlarga bog’lanib, hujjatlarni DAAD saytiga yuklashni so’raydi.
4. Hujjatlar yana bir bor ko’rib chiqilib, grant uchun tanlab olingan nomzodlarga so’nggi natijalar ma’lum qilinadi.
❗️MUHIM: Ehtimoliy nomzod etib tanlanganingizda hujjatlarni DAADga yana topshira olishingiz uchun universitet uchun tayyorlangan hujjatlarning nusxasini (PDF fayllarni) o’zingizda saqlab qoling.
Batafsil ma’lumot: DAAD dasturi bo’yicha batafsil ma’lumotni SHU YERDAN topishingiz mumkin. Ko'p so'raladigan savollarga javoblar SHU YERDA. Hujjatlarni topshirish bo’yicha qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, ularni universitet sayti orqali bog’lanib, so’rashingiz mumkin.
👉 @siz_uchun_grantlar
Germaniyada o’qish bo’yicha Ravshan Xo’janov bilan suhbat
👉 @siz_uchun_grantlar
𝐒𝐢𝐳𝐥𝐚𝐫𝐧𝐢 𝐈𝐧𝐭𝐞𝐧𝐬𝐢𝐯𝐞 𝐊𝐨𝐫𝐞𝐚𝐧 𝐎𝐧𝐥𝐢𝐧𝐞 (T𝐞𝐳𝐤𝐨𝐫 𝐤𝐨𝐫𝐞𝐲𝐬 𝐭𝐢𝐥𝐢)ᴋᴜʀꜱʟᴀʀɪɢᴀ ᴛᴀᴋʟɪꜰ Qɪʟɪʙ Qᴏʟᴀᴍɪᴢ.
ʙɪᴢɴɪɴɢ ᴋᴏʀᴇʏꜱ ᴛɪʟɪ ᴋᴜʀꜱʟᴀʀɪᴍɪᴢ ɴɪᴍᴀʟᴀʀᴅᴀɴ ᴛᴀꜱʜᴋɪʟ ᴛᴏᴘɢᴀɴ ? ʙɪʟɪʙ ᴏʟɪɴɢ ↙️
🎯ʙᴜ ᴋᴜʀꜱ ᴀꜱᴏꜱᴀɴ ʙᴏꜱʜʟᴀɴɢ'ɪᴄʜ ᴠᴀ ʏᴜQᴏʀɪ ʙɪʟɪᴍ ᴏʟɪꜱʜ ᴜᴄʜᴜɴ ᴍᴏ’ʟᴊᴀʟʟᴀɴɢᴀɴ.
🎯ᴛᴏᴘɪᴋ 1 (1-2) 2 ᴏʏ ᴠᴀ ᴛᴏᴘɪᴋ 2 (3-4-5-6) 4 ᴏʏᴅᴀ ᴅᴀʀᴀᴊᴀ ᴏʟɪꜱʜ ɪꜱᴛᴀɢɪᴅᴀ ʙᴏ’ʟɢᴀɴ ᴏ’Qᴜᴠᴄʜɪʟᴀʀ ᴜᴄʜᴜɴ.
🇰🇷ʏᴀxꜱʜɪ ɴᴀᴛɪᴊᴀ ᴋᴏ’ʀꜱᴀᴛɢᴀɴ ᴏ’Qᴜᴠᴄʜɪʟᴀʀɴɪ ᴋᴏʀᴇʏᴀᴅᴀɢɪ ᴜɴɪᴠᴇʀꜱɪᴛᴇᴛʟᴀʀɢᴀ ᴏ’Qɪꜱʜɢᴀ ᴛᴏᴘꜱʜɪʀɪꜱʜᴅᴀ ʜᴀᴍ ʏᴏʀᴅᴀᴍ ʙᴇʀᴀᴍɪᴢ ☝🏻
————————————————
🇰🇷ᴅᴀʀꜱʟᴀʀ ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴘʟᴀᴛꜰᴏʀᴍᴀꜱɪᴅᴀ ɢᴜʀᴜH ʙᴏ’ʟɪʙ ᴏɴʟᴀʏɴ ᴏ’ᴛɪʟᴀᴅɪ 😎.
🇰🇷ᴄʜɪɴᴅᴀɴ ʜᴀᴍ ᴋᴏʀᴇꜱ ᴛɪʟɪɴɪ ᴛᴇᴢ ᴠᴀ ꜱɪꜰᴀᴛʟɪ ᴏ’ʀɢᴀɴᴍᴏQᴄʜɪ ʙᴏ’ʟꜱᴀɴɢɪᴢ ᴍᴀʀHᴀᴍᴀᴛ ᴇꜱʜɪᴋʟᴀʀɪᴍɪᴢ ᴅᴏɪᴍᴏ ᴏᴄʜɪQ .😉
💬ᴀɢᴀʀ ʏᴀɴᴀ ᴏ’ᴢɪɴɢɪᴢɴɪ QɪᴢɪQᴛɪʀɢᴀɴ ꜱᴀᴠᴏʟʟᴀɢᴀ ꜱʜᴜ ʏᴇʀᴅᴀɴ ᴊᴀᴠᴏʙ ᴏʟꜱʜɪɴɢɪᴢ ᴍᴜᴍᴋɪɴ 👇
💬 ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ: @intensivekoreanuz
💬 ɪɴꜱᴛᴀɢʀᴀᴍ: www.instagram.com/intensive_korean_uz
📞ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ɴᴏᴍᴇʀ: +821097371771
We will start our voice chat in 30 minutes.
Topic: Why I want to study in the U.S.
When: 9 pm Tashkent time
Stay tuned. 😉
👉 @siz_uchun_grantlar
Samarkand- USA English Camp – 2021
Samarqand shahrida 2021-yil 20-iyundan 18-iyulgacha maktab o'quvchilari uchun ingliz tilida yozgi lager tashkil etilmoqda.
Ushbu dasturda 9-10-sinf o'quvchilari qatnashishi mumkin.
Lagerda ingliz tilida muloqot qilish, Amerika haqida o'rganish va yangi do'stlar orttirish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Barcha xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.
Loyiha Toshkentdagi AQSh elchixonasi tomonidan moliyalanmoqda.
Dasturda qatnashish uchun quyidagi manzil orqali onlayn anketani to'ldiring:
https://www.formstack.com/forms/?4329089-WJ610oantd
Ariza topshirishning so'nggi kuni: 2021-yil, 10-may, 18:00
Qo'shimcha ma'lumotlar anketada berilgan.
👉@siz_uchun_grantlar
Audio Chat: "Humphrey" grant dasturiga hujjat topshirish yo'l-yo'riqlari
Yakshanba kuni (25-aprel) Toshkent vaqti bilan 22:00 da navbatdagi audio muloqotimiz bo'lib o'tadi.
Suhbatdoshimiz - AQShda "Hubert Humphrey" grant dasturi asosida o'qigan va ayni paytda Sirakyuz universitetida doktorlik ishini yoqlayotgan vatandoshimiz Mirjahon Turdiev.
Eslatib o'tamiz, AQShda 10 oy davomida oqib malaka oshirish imkonini beruvchi "Humphrey" dasturiga ayni paytda qabul davom etmoqda. Hujjatlar 10-iyungacha qabul qilinadi. Suhbatimizda ishtirok etish va o'z savollaringizni berishdan oldin ushbu dastur haqidagi ma'lumotlar bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz.
Ushbu dastur haqida Mirjahon Turdiev tayyorlagan videoni SHU YERDA tomosha qilishingiz mumkin.
Demak, barchangizni ertaga bo'ladigan muloqotimizda kutamiz.
Mavzu: "Humphrey" ta'lim dasturiga hujjat topshirish va grantni qo'lga kiritish yo'llari
Boshlanish vaqti: 25-aprel 22:00
Suhbatdosh: "Humphrey" grant dasturi asosida AQShda tahsil olgan Mirjahon Turdiev
Manzil: @siz_uchun_grantlar
Suhbatimizni o'tkazib yubormang. Boshqalar bilan ham baham ko'ring.
👉 @siz_uchun_grantlar
Let’s speak English!
Bugun 21:00 da navbatdagi audio muloqotimizni o’tkazamiz.
Bu safar muloqot ingliz tilida bo’lib o’tadi!
When: 9 pm, April 11
Where: @siz_uchun_grantlar
Topic: Introduce yourself
If you want to practice your speaking skills, please join us!
@siz_uchun_grantlar
Join EducationUSA online session with Frishta Qaderi, Graduate of Brown University and Fulbright Student Researcher in Uzbekistan to learn more about how to apply to higher education programs in the U.S.
When: Thursday, April 8 at 4 PM
Where: Join Zoom link at https://bit.ly/3rKd9OE
Who: Frishta Qaderi is a magna cum laude graduate of Brown University. She is a Fulbright researcher studying rural water management in Uzbekistan. Frishta is one of 46 Americans and one of 6 first-generation students to be awarded a fully-funded Marshall Scholarship to study at the University of Oxford this fall. Given her experiences, she looks forward to hosting a workshop on how to apply to competitive higher education programs in the USA. Frishta’s workshop will include insight and advice on the application process.
Session will be held in English.
👉 @siz_uchun_grantlar