soliqnews | Unsorted

Telegram-канал soliqnews - Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

95523

soliq.uz 📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/ Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/ Savollar: 24/7 rejimda 📞1198 +998712449898 Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/ org@soliq.uz Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a

Subscribe to a channel

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Jismoniy shaxslarga 2025-yil uchun yer va mol-mulk solig'i hisoblandi

Ushbu soliqlar teng ulushlarda 15-aprel va 15-oktabrga qadar to‘lanadi.

Soliq organlari har yili 1-martdan kechiktirmay soliq to'lovchilarga to'lov xabarnomasini quyidagi usullarda topshiradi:
✍️ imzo qo'ydirilgan holda;
💻 soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda;
📲 uyali telefon raqamiga SMS-xabarnoma tarzida;
Soliq mobil ilovasi orqali.

Hisoblangan soliq summalarini bilishning eng tez, qulay va xavfsiz usuli:
✔️Soliq mobil ilovasini
📱 Play Market
📱 App Store dan yuklab oling
✔️va unda Face ID dan o'ting.

Sizga tegishli bo'lgan barcha obyektlar haqidagi ma'lumotlar avtomatik ravishda ko'rsatiladi.

Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig'i to'g'risida
👉Qaysi obyektlar uchun to'lanadi?
👉2025-yilda qanday soliq stavkalari amal qiladi?
👉Kimlar mol-mulk solig'i bo'yicha imtiyozlarga ega?

Jismoniy shaxslarning yer solig'i to'g'risida
👉Qaysi obyektlar uchun to'lanadi?
👉2025-yilda yer solig'ining asosiy stavkalari qanday?
👉Kimlar yer solig'ini to'lashdan ozod qilinadi?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#mutaxassis_sharhi

2024-yilda soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarish ko‘rsatkichi 98%ga yetdi

Behzod Botiraliyev, Soliq solish metodologiyasi departamenti direktori o‘rinbosari

Bugungi kunda, soliq organlarida tadbirkorlik subyektlari bilan ishlash bo‘yicha "korxonabay" va "mahallabay" tizimi joriy qilindi.

Har bir mahallaga 4500 mingdan ortiq soliq xodimi biriktirilgan. Ular soliq toʻlovchilarga soliq majburiyatlarining oʻz vaqtida va toʻgʻri bajarilishida koʻmaklashib kelmoqdalar.

Shuningdek, 900 nafardan ortiq soliq inspektorlari "korxonabay" tizimiga biriktirilgan.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#elon

Diqqat
Ma'lumotlar bazasi migratsiyasi rejalashtirilgan: oldindan zarur choralarni ko'ring

Soliq qo‘mitasining katta hajmli ma’lumotlar bazasi bosqichma-bosqich yangi serverlarga migratsiya qilish jarayonlari 2025-yilda davom ettiriladi.

Soliq to'lovchilarga qulaylik uchun migratsiya jarayonlari rasmiy e’lon qilingan bayram kunlari davomida amalga oshiriladi – birinchi bosqich 21,22-va 23-mart kunlariga rejalashtirilgan.

Faoliyati vaqtinchalik cheklanadigan elektron xizmatlar haqida oldindan e'lon qilinadi.

Ushbu choralar katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashda ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil usullarini yanada optimallashtirish hamda axborot tizimlari va elektron soliq xizmatlarining sifatli va uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun zarur.

Shu munosabat bilan soliq to'lovchilardan barcha choralarni oldindan ko'rishlarini so'rab qolamiz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#soliq_taqvimi

🗓 23-fevral dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi, to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 24-fevralga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 5-modda
👉
Soliq kodeksi 86-modda
__
#календарь_налогоплательщика

🗓 В связи с тем, что 23 февраля - выходной (нерабочий) день, крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в этот день, переносится на 24 февраля.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день.
👉
ст.5 НК
👉
ст.86 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram soliqpressa">|X|Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Soliq – Vatan ravnaqi va xavfsizligi garovi!

Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev bugun Milliy armiyamiz zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlanayotgani, harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy tayyorgarligi sezilarli darajada oshganini qayd etdilar.

Davlat soliqlari to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, ko‘pchilik buni faqat majburiyat deb biladi. Ammo u davlatning qudrati, yurtning tinchligi va xalqning farovonligi uchun zarur bo‘lgan tayanchdir. Shu nuqtai nazar bilan Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev quyidagi fikrlarni bildirdi:

Har bir qudratli davlatning tayanchi – uning mustahkam iqtisodi va qo‘rg‘on misoli armiyasidir.
Qudratli himoya bor joyda tinchlik hukm suradi, tinchlik bor joyda esa taraqqiyot, farovonlik va xalq osoyishtaligi bo‘ladi.

Amir Temur shunday degan:
“Davlat xazinasi to‘lsa – mamlakat qudratli bo‘ladi, xalq tinch yashaydi. Xazina bo‘shasa – davlat zaiflashadi, dushmanlar unga ko‘z tikuvchi bo‘ladi.”

Temuriylar davlati dunyoga o‘zining qudratli armiyasi, adolatli boshqaruvi va mustahkam iqtisodi bilan tanilgan. Bu esa aniq hisob-kitob, oqilona soliq siyosati va xalq bilan bir tan, bir jon bo‘lgan rahbariyat tufayli amalga oshgan.

Siz to‘lagan soliq – yurtimizni yuksaltirish, tinchligimizni ta’minlash yo‘lidagi hissangizdir.
Uni yurtga xizmat deb bilish, adolatli va to‘g‘ri to‘lash – har bir fuqaroning Vatan oldidagi burchidir.

Tinchlikni, xavfsizlikni va taraqqiyotni ta’minlash uchun har birimiz o‘z hissamizni qo‘shaylik!

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#foyda_soligi

Foyda solig‘i hisobotida daromadlar va xarajatlar to‘g‘ri ko‘rsatilishi kerak

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar, joriy yil 3-mart – 2024-yil yakuni bo‘yicha foyda solig‘i hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni.

Barcha soliq to‘lovchilar yillik foyda solig‘i hisobotini soliq davri yakunlari bo‘yicha — soliq davri o‘tgandan keyingi yilning 1–martidan* kechiktirmay taqdim etishlari belgilangan.

✔️Foyda solig‘i hisobotini shakllantirishda, xususan, hisobotda daromadlar va xarajatlarni to‘g‘ri aks ettirishda quyidagi normalarga eʼtibor berishlari lozim:   

▫️foyda solig‘i bazasini aniqlashda ushbu soliq to‘lovchining jami daromadidan daromad olish bilan bog‘liq barcha xarajatlar chegirib tashlanadi (chegirib tashlanmaydigan xarajatlar bundan mustasno)

▫️Soliq to‘lovchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ham, uning hududidan tashqarida ham hisobot (soliq) davri davomida amalga oshirilgan (ko‘rilgan), asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan chiqimlari xarajatlar deb eʼtirof etiladi.
👉Soliq kodeksi 305-modda

Quyidagi hollarda:

▫️foydalanilmagan moddiy xarajatlarni foydalanilgan deb, ishlab chiqarish hisobotiga qo‘shish;

▫️tovarlarni sotishdan (xizmat ko‘rsatishdan) olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga o‘tkazish (sotish hajmini va daromadni (foydani) qasddan kamaytirish);

▫️moddiy, yoqilg‘i-energetika resurslari xarajatlarini (limitlarni) va amortizatsiya (eskirish) normasini sunʼiy ravishda oshirish yoki normativlarni noto‘g‘ri qo‘llash soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb eʼtirof etiladi hamda yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasining 20 foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 223-moddasi

 ☝️Yuqoridagilardan kelib chiqib, Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilardan hisobotlarda asossiz xarajatlarni ko‘rsatmaslik, foyda solig‘i bazasini to‘g‘ri shakllantirish orqali soliq hisobotlarini o‘z muddatida taqdim etishlarini so‘raydi. 

“Soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori” 

 
*2025-yil 1-mart dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, hisobotni taqdim etish oxirgi muddati 3-martga ko‘chiriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#qonunchilikdagi_yangiliklar

Aholi bandligini ta'minlash uchun moliyaviy yordam ajratish tizimi takomillashtiriladi

Aholiga moliyaviy yordamlarni ajratish tizimini soddalashtirish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish hamda manzilliligini ta'minlash maqsadida, Prezident qarori qabul qilindi.
👉PQ-64-son, 14.02.2025-yil

Qarorga ko‘ra:

"Kambag‘allikdan farovonlik sari"
dasturida belgilangan vazifalar samarali amalga oshirilishini tashkil etish hamda kambag‘al oilalarni doimiy daromad manbai bilan taʼminlash maqsadida Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyaviy yordamlar ajratilishi belgilanmoqda. Bunda:

▫️Tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolar moliyaviy yordamlarni olgandan so‘ng bir oy muddatda soliq idoralaridan tadbirkorlik subyekti yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi zarur;

▫️tadbirkorlik subyektlariga ssudalar ularning soliqlar va yig‘imlardan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan taqdirda ajratiladi.

Mamlakatimizda ehtiyojmand aholini o‘zini o‘zi daromadli mehnat bilan band qilish, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, hunarmandchilik va kasanachilik bilan shug‘ullanuvchi ishsiz fuqarolarga asbob-uskunalar va xomashyo xaridi uchun davlat tomonidan subsidiya va boshqa moliyaviy yordamlarni ajratish tizimi joriy etilgan. Ushbu maqsadlarga har yili 140 mingdan ortiq aholiga mablag‘lar ajratilmoqda.

🖇Ma’lumot uchun: O‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar “Soliq" mobil ilovasi orqali soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#ЭСФ #НДС

Электронные счета-фактуры необходимо заполнять своевременно

ЭСФ выставляется на календарную дату отгрузки (передачи) товаров или оказания услуг.
👉ПКМ №489 от 14.08.2020

ЭСФ предоставляется один раз на последнее число календарного месяца по общему объему поставленных в течение этого месяца товаров (оказанных услуг) при реализации:

⚡️электрической и (или) ☀️ тепловой энергии;
💦воды;
🔥газа;
🏠коммунальных услуг;
📞услуг связи;
🚉железнодорожных перевозок;
🚗транспортно-экспедиторских услуг;
🏗реализации услуг по транспортировке грузов по системе трубопроводов;
✔️в других случаях реализации товаров (услуг) на постоянной (непрерывной) основе.

🗓При этом счет-фактура выписывается последней датой месяца реализации товаров (услуг) и предоставляется до 10-го числа месяца, следующего за месяцем реализации.

📈 Если меняется стоимость реализованного товара...

Согласно законодательству, при изменении стоимости или количества реализуемого товара выставляется дополнительный или исправленный ЭСФ.

Вместе с тем в случае изменения суммы налога, исчисленной в ранее представленной налоговой отчетности, в нее нужно внести необходимые исправления и представить уточненную отчетность.

При проведении анализа имеющейся информации выявлены случаи неначисления налога в результате непредставления некоторыми налогоплательщиками перерасчета по дополнительным или исправленным ЭСФ.

❗️Налогоплательщикам рекомендуется правильно вести налоговую отчетность согласно требованиям законодательства. Напоминаем, что в противном случае в соответствии с нормативными документами применяются меры ответственности.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#soliq_hisoboti

20-fevral – quyidagi hisobotlarni topshirishning oxirgi kuni:

✔️ QQS;
✔️ Xizmatlar importi bo‘yicha QQS;
✔️ Norezidentlarning daromadlaridan foyda solig‘i;
✔️ To'lov manbaida dividendlar va foizlardan olinadigan foyda solig‘i;
✔️ Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq.

❗️Soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etganlik uchun barqarorlik reytingiga 10 ball beriladi.
__________
#налоговая_отчетность

20 февраля - последний день представления отчетности:

✔️по НДС;
✔️по НДС при импорте услуг;
✔️по налогу на прибыль с доходов нерезидентов;
✔️по налогу на прибыль с дивидендов и процентов;
✔️по налогу за пользование недрами.

❗️За своевременное представление налоговой отчетности присваивается 10 баллов в рейтинге устойчивости.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#soliq_siyosati_2025 #ijtimoiy_soliq

Mamlakatimizda asosiy yo‘nalishlaridan biri – kambag‘al oilalarni sonini qisqartirish, ularni ish bilan ta’minlashdir.


Tadbirkorlarda nafaqat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga o‘z hissasini qo‘shish, balki shu bilan birga soliq imtiyozlarini ham olish imkoniyati mavjud.

2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvargacha kambag‘al oila а'zosi bo‘lgan xodimni ishga yollagan tadbirkorlar ular uchun 1% stavkada ijtimoiy soliq toʻlaydi:

Imtiyoz kodi - ID 104240

❗️Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ish bilan taʼminlash uchun tadbirkorlarga barqarorlik reytingida ball beriladi.

Tadbirkorlar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar ro‘yxatini quyidagi havola orqali ariza yuborib, ko‘rishi mumkin.
__________
#налоговая_политика_2025 #социальный_налог

Сокращение количества малоимущих семей, обеспечение их занятостью - одно из основных направлений в нашей стране.


У предпринимателей есть возможность не только внести свой вклад в социальную поддержку, но и получить при этом налоговые льготы.

С 1 января 2025 года по 1 января 2028 года предприниматели, принявшие на работу малоимущих членов семьи, уплачивают за них соцналог по ставке 1%:

Код льготы - ID 104240

Также за трудоустройство социально уязвимых граждан предпринимателям присваиваются баллы в рейтинге устойчивости.

Чтобы просмотреть список социально уязвимых граждан, предприниматель может отправить заявление в Национальное агентство социальной защиты по ссылке.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#hamkorlik

Soliq qo‘mitasi va OTB uchrashuvi: "2025-2030-yillar strategiyasi"ni amalga oshirish nuqtai nazaridan hamkorlik holati va istiqbollari muhokamasi

17-fevral kuni Soliq qoʻmitasi Raisining birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev hamda OTBning Davlat boshqaruvi va menejment sektori direktori Chidem Akin bilan uchrashuv boʻlib o‘tdi.

Mazkur tadbir OTBning “Iqtisodiy boshqaruvni takomillashtirish dasturi” missiyasi doirasida tashkil etildi.

Muhokamalar davomida,
- 2025-2026-yillarga moʻljallangan daromadlarning oʻrta muddatli strategiyasi;
- soliq hisobotlarini soddalashtirish va avtomatlashtirish samaradorligini oshirish;
- soliq ma'lumotlarini qayta ishlashda sunʼiy intellektni qo'llash istiqbollari;
- 2025-2030-yillarda soliq maʼmuriyatchiligi va soliq organlari faoliyatini rivojlantirish Strategiyasini takomillashtirish masalalari ko'rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida Chidem Akin xonim xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini oʻrganish va keyinchalik ularni O‘zbekistonda joriy etishda OTB o‘zbekistonlik mutaxassislarga yordam berishda davom etishini ta’kidladi.
_________
#сотрудничество

Встреча Налогового комитета и АБР для обсуждения вопросов состояния и перспектив сотрудничества в свете реализации "Стратегии 2025–2030"

17 февраля состоялась встреча под руководством первого заместителя председателя Налогового комитета Мубина Мирзаева и директора сектора госуправления и менеджмента Азиатского банка развития (АБР) Чидем Акин.

Встреча была организована в рамках миссии АБР в Узбекистан по «Программе совершенствования экономического управления».

В ходе обсуждения затронуты вопросы:
- среднесрочной стратегии доходов на 2025–2026 гг.;
- повышения эффективности автоматизации и упрощения налоговой отчетности;
- перспективы применения искусственного интеллекта в обработке налоговых данных;
- совершенствования стратегии развития налогового администрирования и деятельности налоговых органов на 2025–2030 годы.

По итогам встречи госпожа Чидем Акин отметила, что АБР и в дальнейшем будет оказывать содействие по изучению специалистами передовых лучших практик зарубежных стран для последующего их внедрения в Узбекистане.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Asaka tumani soliq inspeksiyasi boshlig'i vazifasini bajaruvchisi inspeksiya xodimini haqorat qilganligi haqida xabar tarqaldi.

Mazkur holat nazoratga olinib, xizmat tekshiruvi tayinlangan, natijasi boʻyicha tegishli chora ko'rilishi ma'lum qilinadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#soliq_siyosati_2025

Asosiy soliq stavkalari

▫️
QQS – 12%
▫️
Foyda solig‘i – 15%
▫️
Aylanmadan olinadigan soliq – 4%

2028-yil 1-yanvarga qadar QQS va foyda solig‘i stavkalari o‘zgarmaydi.

JSTga kirish uchun:

👉O‘zbekistonda import qilinadigan va ishlab chiqariladigan alkogol va tamaki mahsulotlariga aksiz solig‘i stavkalari bosqichma-bosqich birxillashtiriladi.

👉Tovarlarni eksport qilishda foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlar bekor qilindi.
___________
#налоговая_политика_2025

Основные налоговые ставки


▫️НДС - 12%
▫️
Налог на прибыль - 15%
▫️
Налог с оборота - 4%

До 1 января 2028 года ставки НДС и налога на прибыль не будут повышаться.

Для вступления в ВТО:

👉Ставки акцизного налога на импортируемую и производимую в Узбекистане алкогольную и табачную продукцию поэтапно унифицируются.

👉Отменены льготы по налогу на прибыль и по налогу с оборота при экспорте товаров.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#налог_с_оборота #корректировка_чека

🗓 17 февраля – последний день корректировки чеков онлайн-ККТ за январь 2025 года плательщиками налога с оборота

Плательщики налога с оборота могут исправить технические ошибки, допущенные при оформлении чека продажи онлайн-ККТ, до окончания срока представления налоговой отчетности по налогу с оборота.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2025-yil 17-fevral

yanvar oyi uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4- va 5-qismlari);

- aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 470-moddasi 3-qismi);

2024-yil uchun:

- yil yakunlari boʻyicha hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4- va 5-qismlari);

- Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshirmaydigan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan mol-mulk soligʻi toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 10-qismi);

- yil yakunlari bo‘yicha aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 470-moddasi 3-qismi).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 17 февраля 2025 года последний день

за январь:


- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389, ч.4-5 ст.407 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога с оборота
(ч.3 ст.470 Налогового кодекса);

за 2024 год:

- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога по итогам года
(ч.1 ст.389, ч.4-5 ст.407 Налогового кодекса);

- уплаты налога на имущество нерезидентами Республики Узбекистан, не осуществляющими деятельность в РУз через постоянные учреждения
(ч.10 ст.417 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога с оборота по итогам года
(ч.3 ст.470 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#qayta_aloqa

Soliq organlari bilan qayta aloqa

Soliq to‘lovchilarning murojaatlarini qabul qilish va ularga tezkor javob berish maqsadida:

💻 Soliq organlari bilan qayta aloqa axborot tizimi;
📞 Call-markaz - 1198, 24/7 rejimda yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan tashqari, Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilarga 24/7 rejimida maʼlumot berishga mo‘ljallangan, DavrOn deb nomlangan virtual yordamchini ishga tushirdi.


Behzod Botiraliyev, Soliq solish metodologiyasi departamenti direktori o‘rinbosari

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#объявление

Внимание Запланирована миграция данных: примите меры заранее

Налоговый комитет сообщает, что поэтапная работа по миграции большой базы данных на новые серверы продолжится и в 2025 году.

Для удобства налогоплательщиков процессы миграции будут осуществляться в рамках официально объявленных праздничных дней – первый этап запланирован на 21, 22 и 23 марта.

О временном ограничении работы электронных сервисов будет объявлено дополнительно.

Данные меры составляют прочную основу для внедрения новейших инновационных сервисов, а также дальнейшей оптимизации передовых методов автоматизированного анализа при сборе и обработке больших объемов данных, обеспечения безопасности качественной и бесперебойной работы информационных систем и электронных налоговых услуг.

В связи с этим просим налогоплательщиков заранее предпринять все необходимые меры.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2025-yil 24-fevral

fevral oyi uchun:


- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 2-qismi).
_______
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 24 февраля 2025 года последний день

за февраль:

 
- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 10 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#mahallabay

Soliq inspektorlari mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga munosib hissa qo'shmoqda

“Mahalla yettiligi”ga kiritilgan soliq xizmati organi xodimlarining asosiy vazifasi - o‘ziga biriktirilgan hududda yashirin iqtisodiyotning oldini olish, noqonuniy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar faoliyatini qonuniylashtirishga ko‘maklashish va shu orqali yangi ish o‘rinlari yaratish hamda soliq bazasini kengaytirishdan iborat.

Qorako‘l tumani soliq inspektori Boburbek Ashurov:

Menga biriktirilgan mahallalarda jami 135 ta tadbirkorlik subyekti mavjud. Bulardan 81 tasi YTT35 tasi yuridik shaxs sifatida faoliyatini tashkil qilgan. Yana 19 tasi dehqon xo'jaligi va boshqalar.

Hozirgi kunda hududimda 1 039 ta o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar bor.

Boburbek Ashurovning yanvar oyidagi faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) bo'yicha 100 ballga baholandi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#yashil_makon

☘️“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Surxondaryo viloyati Sherobod tumanining 10 gektar yer maydonida “Soliqchilar bog‘i” barpo etilmoqda.

🌳Tashkil etilayotgan mazkur bog‘da Pavloniya daraxti ko‘chatlari o‘tkazilmoqda.

Pavloniya – Yer sharida mavjud daraxtlardan nafaqat eng tez o‘sishi, balki go‘zal gullari, qimmatli yog‘ochi va yoqimli hid taratishi bilan ajralib turadi.


Bu loyiha atrof-muhitni yaxshilash, ekologik barqarorlikni ta'minlash va yashil hududlarni kengaytirish maqsadida muhim ahamiyatga ega.

Sherobodliklar uchun esa nafaqat tabiiy resurslarni saqlashga, balki mintaqada yashovchi odamlarning farovonligini oshirishga ham xizmat qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#qonunchilikdagi_yangiliklar

Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga imtiyozli kreditlar ajratiladi

Yoshlarning tadbirkorlik g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yosh tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi, shu jumladan, startap va innovatsion loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, kasb-hunar, raqamli texnologiyalar hamda xorijiy tillarni chuqur egallashi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, shuningdek, yoshlar bandligini ta'minlash maqsadida Prezident qarori qabul qilindi
👉PQ-62-son, 14.02.2025-y

Hujjatga koʻra:

2025 – 2027-yillarda “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida:

▫️350 mingta yoshni qamrab olish, jumladan 18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar uchun kamida 100 mingta qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish, yoshlarning startap va investitsiya loyihalariga imtiyozli moliyaviy mablagʻlarni ajratish, raqamli texnologiyalar tatbiq etilgan innovatsion loyihalar hamda ijtimoiy tadbirkorlik yoʻnalishidagi qoʻllab-quvvatlash choralarini joriy etish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, “Biznesga birinchi qadam” loyihasiga koʻra:

▫️18 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan, ijtimoiy soliqni toʻlagan oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslarga imtiyozli mikroqarz sifatida sugʻurta polisi yoki uchinchi shaxs kafilligi taʼminoti ostida 7 yil muddatgacha, shu jumladan, asosiy qarz boʻyicha 2 yilgacha imtiyozli davr va foiz toʻlovlari boʻyicha 3 oygacha imtiyozli davr bilan 100 million soʻmgacha mablagʻlar onlayn tarzda ajratiladi.

🖇Mazkur kredit malagʻlari:
▫️ chorvachilik, parrandachilik hamda qishloq xoʻjaligining boshqa yoʻnalishlaridagi faoliyatni;
▫️ ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirish;
▫️hunarmandchilik jihozlarini sotib olish va aylanma mablagʻlarni toʻldirishga;
▫️ fan, sanʼat va sport yoʻnalishlarida oʻz qobiliyatini namoyon etgan iqtidorli yoshlarni hamda frilanserlik xizmatlarini koʻrsatuvchi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash uchun yoʻnaltiriladi.

❗️Maʼlumot uchun: 2024-yilda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 4,4 mln nafardan oshdi.

👉O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun videoqo‘llanmadan foydalaning

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#mobil_ilova

⭐️⭐️: Chetga chiqishga cheklov yo'qligini Soliqdan bilib oling!

Soliq mobil ilovasining yangilangan 2.0.11. versiyasida Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqishga vaqtinchalik cheklovlar mavjudligini bilish imkoniyati qoʻshildi.

“Soliq” mobil ilovasi foydalanuvchilari sud qarorlari yoki boshqa organlarning ijro hujjatlari asosida xorijga chiqishlari cheklanganligini masofadan turib tekshirishlari mumkin.
👉 O‘RQ-258-II-son, 42 prim 1-moddasi

Buning uchun quyidagi amallarni bajaring:

◽️"Umumiy xizmatlar" boʻlimi;
◽️"Xorijga chiqish cheklovini aniqlash" xizmati;
◽️JShShIR yoki ID karta (pasport) raqamini kiriting.

Shundan keyin telefon ekranida quyidagi xabarlardan biri paydo boʻladi:
✔️ "Sizda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishga cheklov aniqlanmadi."
"Sizda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqish vaqtincha cheklangan."

Agar vaqtinchalik cheklov mavjud bo'lsa,"Batafsil" tugmasi orqali sababi va sanasi haqida ma'lumotni olishingiz mumkin.

Ushbu xizmatdan foydalanish bepul.
________
#мобильное_приложение

⭐️⭐️: Об ограничениях на выезд за границу узнайте в мобильном приложении Soliq!

В обновленной 2.0.11. версии приложения добавлена функция проверки наличия временных ограничений на выезд за пределы Республики Узбекистан.

Пользователи мобильного приложения Soliq могут удаленно проверить ограничен ли им выезд за границу на основании судебных актов или исполнительных документов иных органов.
👉 ст.42 прим.1, ЗРУ № 258-II

Для этого:
◽️перейдите в раздел "Общие услуги";
◽️выберите услугу "Определение ограничения на выезд";
◽️введите ПИНФЛ либо номер ID карты (паспорта).

Следом на экране смартфона появится одно из следующих уведомлений:
✔️"Ограничений на выезд из Республики Узбекистан не установлено";
"Ограничение на выезд из Республики Узбекистан установлено".

В случае, если временное ограничение установлено, нажав на "Подробнее", получите информацию о причинах и датах.

Данная услуга бесплатная.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#EHF #QQS

Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart

EHF tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020

EHF quyidagilar uchun kalendar oyning soʻnggi kuni bilan mazkur oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir marta taqdim etiladi:

⚡️elektr va (yoki) ☀️issiqlik energiyasi;
💦suv;
🔥 gaz;
🏠kommunal va 📞 aloqa xizmatlari;
🚉temir yoʻlda tashish;
🚗transport-ekspeditorlik xizmatlari;
🏗quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar;
✔️tovar (xizmat)lar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa hollarda tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan)da.

🗓Bunda, EHF tovar (xizmat)lar realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning 10-kuniga qadar, realizatsiya amalga oshirilgan oyning oxirgi sanasi bilan rasmiylashtiriladi.

📈 Agar realizatsiya qilingan mahsulot qiymati o‘zgarsa...

Qonunchilikka muvofiq, realizatsiya qilinayotgan tovarlar qiymati yoki miqdori oʻzgarganda qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHF taqdim etish mumkin.

Shuningdek, ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻzgarganda soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritilishi va aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim.

Soliq organlarida mavjud maʼlumotlar tahlil qilinganda ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHFlar boʻyicha qayta soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi natijasida soliq hisoblanmaslik holatlari aniqlanmoqda.

❗️Soliq toʻlovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib oʻtamiz.

💯EHFlarni belgilangan muddatlarda rasmiylashtirganlik uchun tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingida 10 ball beriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#soliq_taqvimi

🗓Eslatma ❗️2025-yil 20-fevral

yanvar oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 273-moddasi 1- va 2-qismlari);

- dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq agenti tomonidan soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);

- yuridik shaxslar tomonidan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3- va 4-qismlari);

fevral oyi uchun:

- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi).
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️20 февраля 2025 года - последний день

за январь:


- представления отчетности и уплаты НДС
(ч.1-2 ст.273 Налогового кодекса);

- представления отчетности по начисленным суммам налога с дивидендов и процентов
(ч.5 ст.345 Налогового кодекса);

- представления налоговыми агентами отчетности по суммам налога с доходов нерезидентов
(ч.1 ст.355 Налогового кодекса);

- представления отчетности и уплаты налога за пользование недрами юридическими лицами
(ч.3-4 ст.454 Налогового кодекса);

за февраль:

- уплаты авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами юридическими лицами (за исключением плательщиков налога с оборота), у которых сумма налога за налоговый период составляет более 200-кратного размера БРВ в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.3 ст.448 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#dayjest

SALÍQ WAQTÍ

👉Fizikalıq shaxslardan alınatuǵın dáramat salıǵı hám sociallıq salıq boyınsha esabattı múddetinen keshiktirmey tapsırıw lazım

👉 Aylanıstan alınatuǵın salıq boyınsha esabat tapsırıw múddeti

👉Ipotekanı qaytarıwǵa qaratılǵan dáramatlar salıqtan azat etiledi

👉Ózin-ózi bánt etken shaxs sıpatında "Salıq" mobil qosımshasında dizimnen ótiw múmkin

👉20-fevralǵa shekem QQS esabatın tapsırıwıńız kerek

👉Salıq uyımlarına sorawdı qayta baylanıs sisteması arqalı beriw múmkin

👉Samarqand wálayatında salıq jeńillikleri máseleleri úyrenildi

👉 Maǵlıwmatlar migraciyası rejelestirilgen: aldınnan ilaj kóriń!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#mol_mulk_soligi

3-mart – 2024-yil uchun mol-mulk soligʻi hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

Yuridik shaxslar mol-mulk soligʻi hisoboti yilda 1-marta, soliq hisoboti davridan keyingi yilning 1-martidan* kechiktirmay koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organlariga taqdim etiladi.
👉 Soliq kodeksi 417-modda

Bunda soliq hisoboti ko‘chmas mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatidan kelib chiqib to‘ldiriladi.

Ko‘chmas mulkning qoldiq qiymati mol-mulkning boshlang‘ich (tiklanish) qiymati bilan soliq to‘lovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya miqdori o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

Soliqni hisoblash maqsadida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan binolar va inshootlarga nisbatan soliq bazasi 1 kv. m uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lishi mumkin emas.
👉 Soliq kodeksi 412-modda

❗️QQS va AOS toʻlovchilari uchun 2024-yil boʻyicha 10403_14-sonli hisobot shakli my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan.

Barcha turdagi ko'chmas mulklarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar my3.soliq.uz portali "Alohida soliq stavkalari qo'llaniladigan ko'chmas mulk obyektlari va yer uchastkalari" xizmatining 6-bo'limidan shakllanadi.

📖 Mol-mulk soligʻi hisoboti va ma’lumotnoma shakllarini toʻldirishda soliq xizmati organlari mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan qoʻllanmalardan foydalanish tavsiya etiladi.

👉 Moʻljallanayotgan soliq bazasi (oʻrtacha yillik qoldiq qiymat), soliq imtiyozi va baholash natijalarini soliq hisobotida aks ettirish

Eslatma! Soliq davrida soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlar summasi soliq hisobotida koʻrsatilgan budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasiga nisbatan 10%dan ortiq kamaytirilgan taqdirda, soliq organi boʻnak toʻlovlarni soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisoblab chiqadi.
👉 Soliq kodeksi 417-modda

*2025-yil 1-mart dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, hisobotni taqdim etish oxirgi muddati 3-martga ko‘chiriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq
#soliq_siyosati_2025

Suvdan oqilona foydalanish soliq yukini kamaytiradi

Joriy yilda qishloq xo‘jaligi korxonalari va baliqchilik xo'jaliklariga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi o‘zgarishsiz qoldi – 1 kub metr uchun 100 so‘m.

Sug‘orishda suv tejaydigan texnologiyalar joriy qilinganda va suv o'lchash uskunalaridan foydalanganda kamaytiruvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi (0,5 yoki 0,7), yaʼni 100 so‘m o‘rniga 1 kub metr uchun soliq to‘lovchilar 50 so‘m yoki 70 so‘m to‘lashga haqli.

Maqsad – suvni hisobini yuritib, suvdan tejamkorlik bilan foydalangan qishloq xo‘jaligi korxonalari yoki baliq yetishtiruvchilarni rag‘batlantirish.


Agar bunday texnologiyalar va qurilmalar mavjud bo‘lmasa, soliqni hisoblashda 1,1 oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi.
__________
#налоговая_политика_2025 #налог_за_пользование_водными_ресурсами

Разумное потребление воды снижает налоговую нагрузку


Для сельскохозяйственных предприятий и рыбных хозяйств в этом году осталась без изменений ставка налога за пользование водными ресурсами - 100 сумов за 1 куб. метр.

При внедрении водосберегающих технологий орошения и использовании водоизмерительных приборов применяются понижающие коэффициенты (0,5 или 0,7), т.е. вместо 100 сумов за 1 куб. м налогоплательщики вправе платить 50 сумов или 70 сумов соответственно.

Цель - стимулирование сельхозпредприятий и рыбных хозяйств, которые ведут учет воды и разумно ее используют.


Если такие технологии и приборы отсутствуют, при исчислении налога применяется повышающий коэффициент 1,1.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#soliq_hisoboti

20-fevral – quyidagi hisobotlarni topshirishning oxirgi kuni:

✔️ QQS;
✔️ Xizmatlar importi bo‘yicha QQS;
✔️ Norezidentlarning daromadlaridan foyda solig‘i;
✔️ To'lov manbaida dividendlar va foizlardan olinadigan foyda solig‘i;
✔️ Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq.

❗️Soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etganlik uchun barqarorlik reytingiga 10 ball beriladi.
__________
#налоговая_отчетность

20 февраля - последний день представления отчетности:

✔️по НДС;
✔️по НДС при импорте услуг;
✔️по налогу на прибыль с доходов нерезидентов;
✔️по налогу на прибыль с дивидендов и процентов;
✔️по налогу за пользование недрами.

❗️За своевременное представление налоговой отчетности присваивается 10 баллов в рейтинге устойчивости.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#AOS #chek_tahrirlash

🗓 17-fevral – AOS toʻlovchilar uchun 2025-yil yanvar oyida chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashning oxirgi kuni

AOS to‘lovchilar onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni AOS bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish muddatigacha tuzatishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#объявление

Внимание Запланирована миграция данных: примите меры заранее

Налоговый комитет сообщает, что поэтапная работа по миграции большой базы данных на новые серверы продолжится и в 2025 году.

Для удобства налогоплательщиков процессы миграции будут осуществляться в рамках официально объявленных праздничных дней – первый этап запланирован на 21, 22 и 23 марта.

О временном ограничении работы электронных сервисов будет объявлено дополнительно.

Данные меры составляют прочную основу для внедрения новейших инновационных сервисов, а также дальнейшей оптимизации передовых методов автоматизированного анализа при сборе и обработке больших объемов данных, обеспечения безопасности качественной и бесперебойной работы информационных систем и электронных налоговых услуг.

В связи с этим просим налогоплательщиков заранее предпринять все необходимые меры.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…
Subscribe to a channel