soliqnews | Unsorted

Telegram-канал soliqnews - Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

95523

soliq.uz 📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/ Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/ Savollar: 24/7 rejimda 📞1198 +998712449898 Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/ org@soliq.uz Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a

Subscribe to a channel

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#EHF #QQS

Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart

EHF tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020

EHF quyidagilar uchun kalendar oyning soʻnggi kuni bilan mazkur oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir marta taqdim etiladi:

⚡️elektr va (yoki) ☀️issiqlik energiyasi;
💦suv;
🔥 gaz;
🏠kommunal va 📞 aloqa xizmatlari;
🚉temir yoʻlda tashish;
🚗transport-ekspeditorlik xizmatlari;
🏗quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar;
✔️tovar (xizmat)lar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa hollarda tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan)da.

🗓Bunda, EHF tovar (xizmat)lar realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning 10-kuniga qadar, realizatsiya amalga oshirilgan oyning oxirgi sanasi bilan rasmiylashtiriladi.

📈 Agar realizatsiya qilingan mahsulot qiymati o‘zgarsa...

Qonunchilikka muvofiq, realizatsiya qilinayotgan tovarlar qiymati yoki miqdori oʻzgarganda qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHF taqdim etish mumkin.

Shuningdek, ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻzgarganda soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritilishi va aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim.

Soliq organlarida mavjud maʼlumotlar tahlil qilinganda ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHFlar boʻyicha qayta soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi natijasida soliq hisoblanmaslik holatlari aniqlanmoqda.

❗️Soliq toʻlovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib oʻtamiz.

💯EHFlarni belgilangan muddatlarda rasmiylashtirganlik uchun tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingida 10 ball beriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#aksiz_soligi

2025-yil uchun aksiz solig'i stavkalari:
👉Tamaki mahsulotlari
👉Alkogol mahsulotlari
👉Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to'lanadigan tovarlar

2025-yil 1-yanvardan boshlab telekommunikatsiya mobil aloqa xizmatlarini (aksiz to‘lanadigan xizmatlarni) ko'rsatuvchi O'zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari aksiz solig‘ini to‘lamaydilar.
👉Soliq kodeksining 283-moddasi
__________
#акцизный_налог

Ставки акцизного налога на 2025 год:
👉Табачная продукция
👉Алкогольная продукция
👉Нефтепродукты и другие подакцизные товары

С 1 января 2025 года юридические лица РУз, оказывающие телекоммуникационные услуги мобильной связи (подакцизные услуги), не платят акцизный налог.
👉ст.283 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2025-yil 11-mart

fevral oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi);

mart oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 460-moddasi 5-qismi);

- aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

- aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi).
_______
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 11 марта 2025 года последний день

за февраль:

- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса);

за март:

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции предприятиями розничной торговли и общепита
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#elon

Diqqat
Ma'lumotlar bazasi migratsiyasi rejalashtirilgan: oldindan zarur choralarni ko'ring

Soliq qo‘mitasining katta hajmli ma’lumotlar bazasi bosqichma-bosqich yangi serverlarga migratsiya qilish jarayonlari 2025-yilda davom ettiriladi.

Soliq to'lovchilarga qulaylik uchun migratsiya jarayonlari rasmiy e’lon qilingan bayram kunlari davomida amalga oshiriladi – birinchi bosqich 21, 22-va 23-mart kunlariga rejalashtirilgan.

Faoliyati vaqtinchalik cheklanadigan elektron xizmatlar haqida oldindan e'lon qilinadi.

Ushbu choralar katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashda ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil usullarini yanada optimallashtirish hamda axborot tizimlari va elektron soliq xizmatlarining sifatli va uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun zarur.

Shu munosabat bilan soliq to'lovchilardan barcha choralarni oldindan ko'rishlarini so'rab qolamiz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#8mart #tabrik

Muhtarama onaxonlar, lobar opa-singillar va dilbar qizlar!

Sizlarni, sizlar orqali butun O‘zbekiston ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etaman.

Latofati va nafosati, vafo va sadoqati, qalb sahovati bilan hayotimiz gultojiga aylangan Siz azizlarni har qancha eʼzozlasak, ardoqlasak kam.
Qanday kasb va qanday lavozimda ishlamaylik, qalbimizdagi jamiki ezgu fazilatlar uchun Siz, mehribon ayollardan umrbod qarzdormiz.

Yurtimizda hukm surayotgan o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va ahillikni yanada mustahkamlash, oilalarda, mahallalarda olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarni, islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishda sizlarning aql-zakovatingiz, olijanob fazilatlaringizga doim tayanamiz.

Bahor va nafosat bayrami yana bir bor muborak boʻlsin!


Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-omonlik, fayz-u baraka tilayman. Doimo oilangiz va farzandlaringiz, el-yurtimiz ardogʻida boʻling, aziz ayollar!


Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi Raisi

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#8_mart

💐Soliq qo‘mitasida mehr va sadoqat timsoli bo‘lgan ayollarga ehtirom ko‘rsatildi!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasi endi yanada qulay!

Yangi 2.0.12 versiyasida:

🏠 "Mening uyim" bo‘limida fuqarolar ko'p kvartirali uylarni boshqaruvchi kompaniyalar (XUJMSh) xizmatlari uchun to'lovni amalga oshirishlari;

📈 eksportyorlar - sotib olingan qishloq xo'jaligi mahsulotlari bo'yicha kirim dalolatnomalarini rasmiylashtirishi mumkin.

❗️Soliq mobil ilovasini faqatgina rasmiy platformalardan yuklab oling:
📱 Play Market
📱 App Store

Soliq mobil ilovasida 10 mlndan ortiq foydalanuvchi ro'yxatdan o'tdi.
__________
#мобильное_приложение

Приложение Soliq теперь еще удобнее!

В новой версии 2.0.12:

🏠 граждане могут оплатить услуги управляющей компании многоквартирного дома (ТЧСЖ) в разделе "Мой дом";

📈 экспортеры - оформить акт закупки сельхозпродукции.

❗️Скачивайте мобильное приложение Soliq только с официальных платформ:
📱 Play Market
📱 App Store

В приложении уже более 10 млн пользователей.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#soliq_taqvimi

🗓Eslatma ❗️2025-yil 7-mart

fevral oyi uchun:

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 390-moddasi 2-qismi, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️7 марта 2025 года - последний день

за февраль:


- уплаты НДФЛ и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п.7 Положения рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#mahallabay

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida bajarilayotgan ishlar oʻrganildi


Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanidagi “Namuna”, “Qorajiyda” “Kichik beshkapa” hamda “Loyson” MFYlari “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Soliq qoʻmitasi Raisi Sh.Kudbiyevga biriktirilgan.

Ushbu hududlarda kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish maqsadida Sh.Kudbiyev Qoʻshtepa tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida “Namuna” va “Qorajiyda” MFYlarda mahalla yettiligi hamda mahalla faollari bilan uchrashib, hududdagi aholi tomonidan tomorqadan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish, suv bilan taʻminlash, suvni tejovchi sugʻorish tizimlari, elektr energiyasi bilan taʼminotidagi muammolar oʻrganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi kerak boʻlgan vazifalar belgilab olindi.

Mahalladagi aholi bilan suhbatlashib, ularning tomorqani doimiy daromad olish manbaiga aylantirish boʻyicha masʻullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida bajarilayotgan ishlar tumandagi mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan joyiga chiqqan holda oʻrganildi hamda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli yakunlash yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#uchrashuv

Soliq qo‘mitasi Raisi tizimda faoliyat yuritayotgan mingdan ortiq ayollar bilan uchrashdi

Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev soliq organlarida mehnat qilayotgan mingdan ortiq ayollar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ulardan bir qanchasi rahbarlik lavozimlarida, jumladan viloyat soliq boshqarmalaridagi mas'ul tuzilmalar, tuman, shahar soliq inspeksiyalariga rahbarlik qilmoqda.

Sh.Kudbiyev barcha xodimalarga fidokorona xizmatlari uchun samimiy minnatdorchilik izhor etib, ularning ishtirokisiz soliq tizimining samarali faoliyatini tasavvur qilish qiyinligini taʼkidladi. Suhbat chog‘ida mehnat sharoitlari va karyera istiqbollari bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Tadbir qatnashchilari professional muhitni yaxshilashga qaratilgan o‘z fikrlari va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar. Qo'mita Raisi tomonidan "korxonabay" va "mahallabay" yo'nalishlarda ishlayotgan xodimlarni rag'batlantirish hamda KPI tizimining ayrim mezonlarini qayta ko'rib chiqish taklifi qo'llab-quvvatlandi.

Halol mehnati va soliq qonunchiligini keng jamoatchilikka yetkazishga qo‘shgan munosib hissasi uchun Toshkent viloyati soliq boshqarmasi xodimi Mukambar Tojiboyevaga navbatdan tashqari maxsus unvon berildi.

Uchrashuvdagi iliq va samimiy muhit barcha qatnashchilarga har bir xodimning hissasi qadrlanadigan katta jamoaning muhim a'zosi, bir qismi ekanini his qilish imkonini berdi.

Tadbir yakunida Sh.Kudbiyev ayollarni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabriklab, ularga muvaffaqiyat, farovonlik va yangi yutuqlar tiladi.
_________
#встреча

Более тысячи женщин в налоговой службе: теплая встреча с председателем накануне праздника


В преддверии Международного женского дня председатель Налогового комитета провел встречу с более чем тысячей женщин, работающих в налоговых органах. Некоторые из них занимают руководящие должности, в том числе возглавляют ответственные структуры в областных налоговых управлениях, а также руководят районными и городскими налоговыми инспекциями.

Ш.Кудбиев искренне поблагодарил всех сотрудниц за труд, отметив, что без их участия сложно представить эффективную работу налоговой системы. В беседе обсуждались актуальные вопросы, связанные с условиями работы и карьерными перспективами.

Участницы встречи поделились своими мнениями и предложениями, направленными на улучшение профессиональной среды. Председателем поддержаны инициативы по поощрению сотрудников, работающих по системе «корхонабай» и «махаллабай», и пересмотру некоторых критериев KPI.

За добросовестный труд и активный вклад в широкое разъяснение общественности налогового законодательства сотрудница Ташкентской области Мукамбар Таджибаева повышена в специальном звании.

Теплая и душевная атмосфера встречи позволила всем присутствующим почувствовать себя частью большой команды, где ценят вклад каждого сотрудника.

В завершение мероприятия Ш.Кудбиев поздравил женщин с наступающим праздником, пожелал им успехов, благополучия и новых достижений.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#rasmiy_axborot

Wildberries tekshiruv natijalariga ko‘ra 50 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘ladi

Soliq qo‘mitasi tomonidan elektron tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan subyektlar faoliyatini legallashtirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Xususan, WILDBERRIES (“RVB” MChJ Rossiya Federatsiyasi rezidenti) marketpleysining O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyati soliq qonunchiligidagi ayrim talablariga mos kelmasligi aniqlandi.

WILDBERRIES O‘zbekistonda “WB INT EXPORT” MChJ shaklida yuridik shaxs tashkil etib faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

Tashkilotda soliq auditi o‘tkazilib, 2022–2024-yillar uchun budjetga qo‘shimcha hisoblangan 51,2 mlrd so‘m (shundan, 42,8 mlrd so‘m QQS) soliq to‘lovlari to‘landi.

Soliq qo‘mitasi barcha soliq to‘lovchilarga yagona va obyektiv yondashuvni qo'llab-quvvatlab, soliq majburiyatlarini bajarish uchun teng sharoitlarni yaratishga amal qiladi.

Faoliyatni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga to‘liq rioya qilgan holda amalga oshirish soliq organlari bilan o‘zaro ochiq munosabatlarni ta’minlaydi hamda e'tirozlar bildirish uchun asoslarni istisno qiladi.
_____
#официальная_информация

Wildberries доплатил более 50 млрд сумов налогов по результатам проверки

Налоговый комитет продолжает системную работу по легализации деятельности субъектов, осуществляющих электронную коммерцию.

В частности, было установлено, что деятельность маркетплейса WILDBERRIES (ООО «РВБ», резидент Российской Федерации) в Узбекистане не полностью соответствует некоторым требованиям налогового законодательства.

WILDBERRIES осуществляет свою деятельность в Узбекистане через юридическое лицо в форме ООО «WB INT EXPORT».

В организации был проведен налоговый аудит, по результатам которого за 2022–2024 годы в бюджет были уплачены дополнительные налоговые платежи в размере 51,2 млрд сумов (из них 42,8 млрд сумов НДС).

Налоговый комитет придерживается единого и объективного подхода ко всем налогоплательщикам, обеспечивая равные условия для исполнения налоговых обязательств.

Осуществление деятельности в полном соответствии с требованиями законодательства Республики Узбекистан способствует прозрачным взаимоотношениям с налоговыми органами, исключая основания для предъявления претензий.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#НДС

Интерактивная услуга для возврата НДС предприятиям общепита

Хозяйствующие субъекты в сфере общественного питания, начиная с февраля могут вернуть часть уплаченного НДС за январь 2025 года.

Для возврата НДС нужно подать заявление через персональный кабинет на my3.soliq.uz:
Услуги 🔜 Возврат юридическим лицам суммы НДС, подлежащей возмещению

🗓Подать заявку на возврат части уплаченного НДС можно в течение 3-х месяцев после сдачи налоговой отчетности.

Заявка формируется и рассматривается через автоматизированную программу.

На кого распространяется?


Юрлица, выполняющие функции по кулинарии, а также по приготовлению, продаже и организации потребления других продуктов питания и оказанию услуг в сфере общепита.

От чего зависит сумма возврата?

💳Сумма зависит от доли безналичных расчетов:
📈60% и выше – возвращается 40% НДС;
📉 менее 60%20% НДС.

Какие условия должны быть соблюдены?

✔️Начисленный в отчетном периоде НДС нужно полностью уплатить в бюджет.
📈Основной доход (90% и больше) должен быть от услуг общественного питания.

👉ПКМ №745 от 07.11.2024 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Солиқ идоралари ходимлари ҳар бир маҳаллага бириктирилгани билан тушумлар кескин ошмагани қайд этилди.

Масалан, минглаб корхона ҳисоботларида бирорта ҳам ходим йўқ деб кўрсатган бўлса, яна минглаб корхона 2 ёки 1 нафар ишчи кўрсатмоқда. Бу солиқ идоралари яширин иқтисодиёт билан суст ишлаётганидан далолатлиги кўрсатиб ўтилди.

Инсофли тадбиркорларга қўшилган қиймат солиғи 7 кун ичида қайтариб берилиши белгиланган. Бироқ, солиқ раҳбарлари тадбиркорларнинг 487 миллиард сўмлик 2,5 мингга яқин мурожаатини ўз вақтида кўриб чиқмаган.

"Бундан буён секторлар фаолияти билан прокурор, ички ишлар ва солиқ шуғулланмайди",

- деди Президент.

Уларнинг ўрнига эндиликда Бош вазир ўринбосарлари ўзига тегишли соҳалар билан ўз кучи ва тизими билан шуғулланиши белгиланди.

Камбағаллик, ижтимоий ҳимоя, тадбиркорлик бўйича ислоҳотлар ҳар бир инсонга етиб борадиган иш ташкил этилмоқда. Энди бу иш услуби туман ва маҳаллада жиноятчиликни жиловлаш, коррупцияни олдини олиш бўйича ҳам жорий қилинади.

Нима учун буни айтяпман? Чунки, жиноятчилик жилови маҳкам бўлган, хавфсиз жойга инвестор кўпроқ маблағ киритади, одамларимизнинг ишончи янада ортади”,
- деди Президент.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Ijtimoiy tarmoqlarda pensionerlar mol-mulk va yer solig‘idan ozod qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Bu rostmi?

🔹To‘g‘ri, mol-mulk solig‘idan pensionerlarning 60 m² doirasidagi mol-mulki ozod qilinadi.

🔹 Yer solig‘idan faqat yolg‘iz pensionerlar ozod qilingan.

❗️Yolg‘iz pensionerlar – yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogironligi bo‘lgan bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar.

Imtiyozlar pensiya guvohnomasi asosida beriladi.

🖇Soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini soliq obyekti joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.

👉 Mol-mulk solig'i bo'yicha imtiyozlar
👉 Yer solig'i bo'yicha imtiyozlar
__________
#налог_на_имущество #земельный_налог

В соцсетях распространились сообщения о том, что пенсионеры освобождены от налогов на имущество и землю. Так ли это?

🔹Да, от налога на имущество освобождается имущество пенсионеров в пределах 60 м².

🔹От уплаты земельного налога освобождены только одинокие пенсионеры.

❗️Одинокие пенсионеры - проживающие одни или совместно с несовершеннолетними детьми либо ребенком с инвалидностью в отдельном доме.

Льготы предоставляются на основании пенсионного удостоверения.

🖇Лица, имеющие право на налоговые льготы, самостоятельно представляют в налоговые органы по месту расположения объекта налогообложения документы, подтверждающие право на получение налоговой льготы.

👉Льготы по налогу на имущество
👉Льготы по земельному налогу

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#VazirKubogi

🏓 Stol tennisi federatsiyasi raisi Sherzod Kudbiev:

Bugungi Vazir kubogi musobaqasida vazir va rektorlarimizning stol tennisidagi faol ishtiroki ushbu sport turining jozibadorligi va ahamiyatini yana bir bor namoyon qildi. Stol tennisi nafaqat tezkorlik va diqqatni oshiradi, balki jipslik va jamoaviylikni ham mustahkamlaydi.

🏓 Barchani stol tennisi bilan muntazam shug’ullanishga va sog’lom hayot tarziga amal qilishga chaqiraman. Sport bizni birlashtiradi!

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslar aprel oyining boshiga qadar noturar joy mulklarini baholash to'g'risida soliq organlarini xabardor qilishlari kerak

Tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo'ljallangan ko'chmas mulk obyektlari, shuningdek yuridik shaxslarga yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlariga ega bo'lgan jismoniy shaxslar bunday obyektlarning qiymatini mustaqil baholash huquqiga ega.

O‘tkazilgan baholash natijalari, shu jumladan oxirgi ikki yil ichida soliq organlariga taqdim etilganlari 2025-yil uchun jismoniy shaxslarning mol-mulki solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan baza sifatida tan olinadi.

❗️Jismoniy shaxslar joriy yilning apreligacha soliq organlarini baholash toʻgʻrisida xabardor qilishlari shart.

👉PQ-455, 25.12.2024-yil

Bildirishnoma yuborish uchun my3.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetingiz orqali interaktiv xizmatdan foydalaning:
Xizmatlar - Elektron hujjat aylanishi - Jismoniy shaxslar uchun ko'chmas mulkni baholash natijalarini taqdim etish

"Baholashni rejalashtirish" bo'limiga o'ting, "Obyektni qo'shish" tugmasini bosing. Asosiy ma'lumotlar avtomatik ravishda ko'rsatiladi. Telefon raqamingizni kiriting, mulkning kadastr raqamini tanlang va baholashni o'tkazishni rejalashtirgan vaqtni ko'rsating.

"Saqlash" tugmasini bosing.

Eslatib o‘tamiz, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan noturarjoy mulklari uchun jismoniy shaxslar 1,5% miqdorida soliq to‘laydilar.

Agar jismoniy shaxs 1-aprelgacha rejalashtirilgan baholash to‘g‘risida xabar bermagan bo‘lsa, mol-mulk solig‘i soliq organlariga taqdim etilgan kundan boshlab mustaqil baholash hisoboti asosida qayta hisoblab chiqiladi.
___________
#налог_на_имущество

До начала апреля физлица должны уведомить налоговые органы о проведении оценки нежилых объектов

Физические лица, имеющие в собственности объекты недвижимости, предназначенные для предпринимательской деятельности и (или) получения доходов, а также используемые для передачи в аренду юридическим лицам или индивидуальным предпринимателям, имеют право проводить независимую оценку стоимости таких объектов.

Результаты оценки, в том числе проведенной в течение последних двух лет, представленные в налоговые органы, признаются налоговой базой налога на имущество физических лиц на 2025 год.

❗️До апреля текущего года физлица должны уведомить налоговые органы о проведении оценки.

👉№ ПП-455 от 25.12.2024 г.

Чтобы отправить уведомление, воспользуйтесь интерактивной услугой через персональный кабинет на my3.soliq.uz:
Услуги - Электронный документооборот - Предоставление результатов оценки недвижимости физических лиц

Перейдите в раздел "Планирование оценки", нажмите "Добавить объект". Основная информация отобразится автоматически. Введите номер телефона, выберите кадастровый номер объекта и укажите срок, в который планируете провести оценку.

Нажмите "Сохранить".

Напоминаем, что за объекты нежилого фонда, предназначенные для предпринимательской деятельности, физлица уплачивают налог по ставке 1,5%.

В случае, если до 1 апреля физлицо не уведомило о запланированной оценке, налог на имущество будет пересчитываться на основании отчета о независимой оценке с даты его представления в налоговые органы.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#soliq_siyosati_2025 #yigim

2025-yil uchun tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari
__________
#налоговая_политика_2025 #cбор

Предельные ставки сборов за право розничной торговли отдельными видами товаров на 2025 год

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#объявление

Внимание Запланирована миграция данных: примите меры заранее

Налоговый комитет сообщает, что поэтапная работа по миграции большой базы данных на новые серверы продолжится и в 2025 году.

Для удобства налогоплательщиков процессы миграции будут осуществляться в рамках официально объявленных праздничных дней – первый этап запланирован на 21, 22 и 23 марта.

О временном ограничении работы электронных сервисов будет объявлено дополнительно.

Данные меры составляют прочную основу для внедрения новейших инновационных сервисов, а также дальнейшей оптимизации передовых методов автоматизированного анализа при сборе и обработке больших объемов данных, обеспечения безопасности качественной и бесперебойной работы информационных систем и электронных налоговых услуг.

В связи с этим просим налогоплательщиков заранее предпринять все необходимые меры.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#8_mart

Islohotlar yo’lida shiddat bilan taraqqiy etayotgan yurtimizda bugun ayollarning o’rni va roli beqiyos

Ayollar — dunyoning yorituvchi nuri, qalbdagi cheksiz mehr va kuch manbai. Ular nafaqat oilaning negizi, balki jamiyatning barqarorligi va farovonligining poydevoridir.

Hududiy soliq boshqarmalarida bayram shukuhi💐

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi

📍Andijon viloyati

📍Buxoro viloyati

📍Qashqadaryo viloyati

📍Namangan viloyati

📍Samarqand viloyati

📍Sirdaryo viloyati

📍Surxondaryo viloyati

📍Toshkent shahri

📍Toshkent viloyati

📍Farg‘ona viloyati

📍Xorazm viloyati

📍Yirik soliq to'lovchilar bo'yicha hududlararo soliq inspeksiyasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#8_Mart

💐Bayramingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Davlat soliq xizmati xodimalari!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#xarid_qilish_dalolatnomasi

1-martdan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jismoniy shaxslardan xarid qiluvchi eksportyor korxonalar dalolatnomalarni elektron rasmiylashtirishlari mumkin

👉 PF-22-son, 14.02.2025-yil.

Jismoniy shaxslardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish maqsadida xarid qilgan korxonalar uchun soliq to‘lovchilarning my3.soliq.uz shaxsiy kabinetida dalolatnomalarni elektron rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi:

"Elektron hujjat almashish" bo‘limida ➖ “Yuridik shaxslar tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilish dalolatnomalari” xizmatini tanlab, “Eksportchi” belgisini bosing.

Mazkur xizmat Soliq mobil ilovasining "Soliq biznes" bo‘limiga ham qo‘shildi.
______________
#акт_закупки

С 1 марта экспортеры, закупающие сельскохозяйственную продукцию у физических лиц, могут оформлять акты закупки в электронной форме

👉УП№22 от 14.02.2025г.

Оформление в электронной форме приходных документов предприятиями, закупающими у физлиц сельскохоз продукцию в целях экспорта, осуществляется через кабинет налогоплательщика на my3.soliq.uz:

– в разделе "Электронный документооборот" ➖ выберите "Акты о приобретении сельскохозяйственной продукции юридическими лицами" и при формировании акта закупки нажмите на кнопку "Экспортер".

Данная услуга также добавлена в раздел Soliq biznes мобильного приложения Soliq.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#Давлат_хизматчиси

⚡️Дилдора Хашимова: Давлат хизматчиси учун энг муҳим жиҳат — ҳалоллик ва садоқат

"Давлат хизматчиси" рукнимизнинг бу галги қаҳрамони Ўзбекистон Республикаси Солиқ қўмитаси Жамоатчилик билан алоқалар бошқармаси бошлиғи Хашимова Дилдора Хуррамовна. Давлат хизматида ишлаш — унинг болалик орзуси бўлган.

— Солиқ тўловчилар янгиликларимизни кутади, — дейди у. — Одамларнинг сизга бўлган ишончи — энг катта ютуғингиз.

Оила ва карьера ўртасидаги мувозанатни сақлаб, давлат хизматида муваффақиятли ишлаётган қаҳрамонимизнинг фикрларини тинглаб кўринг.

📱 Youtube саҳифамизда батафсил.

Расмий саҳифаларимиз
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Murojaat

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#korrupsiya #uchrashuv

Hammamiz yagona kuch bo‘lib harakat qilsak, albatta, katta ijobiy samaragа erishamiz.


Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengash yig‘ilishida Prezidentimiz korrupsiyaga qarshi kurashish va yashirin iqtisodiyotning qisqartirilishi yuzasidan aniq vazifalarni belgilab berdilar.

Bugun Bosh prokuratura va Soliq qo‘mitasi soliq tushumlarini oshirish, yashirin daromad manbalarini aniqlash hamda soliq tizimida shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek,
Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish — adolatni ta’minlashning asosiy shartlaridan biri.


Mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida Ishchi guruh tuzildi. Bu guruh soliq ma’murchiligini takomillashtirish va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda tizimli chora-tadbirlarni ishlab chiqib, ularning ijrosini ta’minlaydi.

Shuningdek, Ishchi guruhning faoliyati doirasida belgilangan muddatlarda hisobot berish hamda qonunbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq mexanizmlar joriy etiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#uchrashuv

Ayol bu — nafaqat oila halqasi, balki butun jamiyatning asosi! Sizlarning mehringiz, donoligingiz va fidoyiligingizsiz hech qanday tizim, hech qanday jamiyat muvaffaqiyatga erisha olmaydi!


Sherzod Kudbiyev,
Soliq qo‘mitasi Raisi

__________
#встреча

Женщина — это не только опора и единство семьи, но и основа всего общества. Без вашей заботы, мудрости и преданности ни одна система, ни одно общество не сможет добиться успеха.


Шерзод Кудбиев,
Председатель Налогового комитета


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Бундан буён секторлар фаолияти билан прокурор, ички ишлар ва солиқ идоралари раҳбарлари шуғулланмайди – Президент

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#korrupsiya

Korrupsiyaga qarshi kurash – umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishidir. Umuman, bu jarayondan hech kim chetda turmasligi kerak.

Islohotlarimiz natijadorligi avvalo, sadoqatli, fidoyi va korrupsiyaga toqatsiz yangi avlodga bevosita bog‘liq. Bu ishda fikri toza yosh avlodni tarbiyalash ustuvor vazifaga aylanishi shart.

Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Тelegram
|Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#QQS

Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun QQSni qaytarish bo'yicha interaktiv xizmat

Umumiy ovqatlanish tarmog‘idagi tadbirkorlik subyektlari fevral oyidan boshlab 2025-yil yanvar oyi uchun to‘langan QQSning bir qismini qaytarib olishi mumkin.

QQSni qaytarish uchun my3.soliq.uz dagi shaxsiy kabinet orqali ariza yuborilishi kerak.
Xizmatlar 🔜 Yuridik shaxslarga o‘rni qoplanishi lozim bo'lgan QQS summasini qaytarish

🗓Toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaatni soliq hisobotini taqdim etgandan soʻng, 3 oy ichida yuborish mumkin.

Murojaat avtomatlashtirilgan dastur orqali shakllanadi va ko‘rib chiqiladi.

Bu kimga tegishli?

Umumiy ovqatlanish sohasida pazandalik, shuningdek, boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, sotish va isteʼmol qilishni tashkil etish hamda xizmatlar koʻrsatish boʻyicha funksiyalarni bajaruvchi yuridik shaxslar.

Qaytariladigan
summa nimaga bog'liq?

💳Summa miqdor naqd pulsiz to'lovlar ulushiga bog'liq:
📈60% va undan yuqori 40% QQS qaytariladi;
📉60% dan kam - 20% QQS.

Qanday shartlar bajarilishi kerak?

✔️Hisobot davrida hisoblangan QQS budjetga toʻliq toʻlanishi lozim.
📈Asosiy daromad (90% va undan ortiq) umumiy ovqatlanish xizmatlaridan boʻlishi kerak.

👉VMQ-745 son 07.11.2024-yil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Ayni damda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida islohotlar hal qiluvchi bosqichga kirayotgan hozirgi vaqtda yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish bo‘yicha ishlarga baho berib, kelgusi vazifalarni aniq belgilab olish zarurligini taʼkidladi.

“Islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov – bu korrupsiyadir. Buni dunyo tajribasi ham to‘liq tasdiqlaydi.

Korrupsiya oqibatida jahon iqtisodiyoti yiliga 3 trillion dollar zarar ko‘rayotgani bu global xavf ekanidan dalolat.

Korrupsiya shunday yovuz illatki, u xalqning davlatga, Konstitutsiya va qonunlarga ishonchiga putur yetkazadi, barqaror rivojlanish va xavfsizlik uchun jiddiy tahdidga aylanadi”,

- dedi Prezident.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#soliq_taqvimi

🗓Eslatma ❗️2025-yil 5-mart

fevral oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 2-qismi).
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️5 марта 2025 года - последний день

за февраль:


- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам РУз (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#ragbat #mahallabay

Farg‘onalik soliqchilar viloyat hokimligi tomonidan rag‘batlantirildi


Farg‘ona viloyati hokimligida budjet tushumlari barqarorligini ta’minlash, soliq xizmati organlariga yuklatilgan masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Viloyat hokimi X.Bozorov rahbarligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyat hokimining tegishli o‘rinbosarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, viloyatdagi barcha soliq xizmati organlari xodimlari, mahalla raislari hamda hokim yordamchilari (videokonferens aloqa orqali) ishtirok etdi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati budjet tushumlari barqarorligini ta’minlashda 2024-yil sermahsul yillardan biri bo‘lganligi hamda bunda soliq organlari xodimlarining mehnati e’tirof etildi.

Shu munosabat bilan, xizmatda foydalanish uchun soliq organlariga eng so‘nggi rusumdagi, zamonaviy 150 ta kompyuter jamlanmasi topshirildi.

Bundan tashqari, soliq ma’murchiligini samarali yuritishga hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh xodimlar viloyat hokiminining faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Yig‘ilish davomida 2025-yil budjet tushumlari rejasini bajarish maqsadida zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| soliqpressa">Threads

Читать полностью…
Subscribe to a channel