***
Шоирга гапим йўқ. Шеърга гапим бор.
Ровий қизиқтирмас, ривоят – муҳим.
Саволим оҳангга! Сенгамас, дутор!
Туйғуда яшашни истайман муқим.
Тушни изламайман. Таъбир қаерда?
Оғриқни эслолмам. Ёдимда бардош!
Ранго-ранг кулгулар теварагида
Диққатимни тортар “ялт” этган кўзёш.
Менга меҳробдан ҳам, кўнгил муқаддас!
Йўлчиси ғанимат, муҳиммас йўли.
Ўзини минг кўйга солган ҳаётмас,
Мени қизиқтирар бир сўзли ўлим!
Алибек Анварий
#tanlov_audio
Ishtirokchi №1️⃣6⃣
Bahorim, yana ham bahorroq bo‘lgin...
🎙 Kamola Ismoilova
@suhrob_ziyo1
#tanlov_audio
Ishtirokchi №1️⃣5⃣
Men dunyoni sharh etsam ham
Baribir tushunmaysiz...
🎙 Madina Durmanbayeva
@suhrob_ziyo1
#tanlov_audio
Ishtirokchi №1️⃣4️⃣
...Sen unda xomushsan,
men bunda xomush...
🎙 Mahmudov Otabek
@suhrob_ziyo1
Poliklinika shifokori avtomobilda shoshilinch tug‘uruqni amalga оширди
Qibray tumanining Chinobod ko‘chasidan avtomashinaga chiqqan homilador ayolda kutilmaganda to‘lg‘oq boshlanadi. Unga hamroh bo‘lgan qaynonasi uzoqdan tibbiyot muassasasi binosiga ko‘zi tushib, taksi haydovchisiga o‘sha yerga olib borishini aytadi.
Poytaxtimizdagi Mirzo Ulug‘bek tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Ulug‘bek shaharchasi 1-son poliklinikasi hududiga “Matiz” rusumli avtomashinada olib kelingan homilador ayolga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatishga kirishildi.
Bu vaziyatda har bir soniya hisobli edi.Tug‘uruq jarayoni esa allaqachon boshlangan. Shoshilish zarur! Aslida oilaviy poliklinika go‘dakni dunyoga keltirish uchun mo‘ljallanmagan bo‘lsa-da, ayolni shundoqqina ro‘paradagi ushbu muassasa binosiga olib o‘tishga ham fursat yetmadi.
Poliklinika mudirasi Hilola Jamilova (suratda) o‘ta tezkorlik bilan butun mas’uliyatni zimmasiga olib, avtomobilning o‘zida ayolga doyalik qilishga kirishdi.
Mutaxassisligi akusher-ginekolog bo‘lgan mudira va uning jamoasi sa’y-harakati va qat’iyati sababli tug‘uruq muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Bugun qoraqalpoqlar bilan bo‘layotgan hodisalarning "rejissorlari"ning avvalgi senariylarini Shavkat Rahmon bir maqolasida fosh qilgandi...
Читать полностью…"ЮРАК БИЛАН ОДИМЛАБ..."
Ёзувчи, публицист Маҳмуд Абулфайзни ёдга оламиз. Унинг шахс ва ижодкор сифатидаги тутумлари, фазилатлари, ҳаёт йўлидаги унутилмас воқеалар хусусида...
КЎРИШ УЧУН 👇
https://youtu.be/WWMQQdiGEA8
Ютуб каналимизга обуна бўлинг! 👇
https://youtube.com/c/SirojiddinIbrohim
Телеграм манзилимиз👇
@sirojiddinn_ibrohim
#tanlov_audio
Ishtirokchi №1⃣2⃣
Soyabonsiz she'r
🎙 Mashhura Abdurayimova
@suhrob_ziyo1
Sog‘ bo‘linglar og‘aynilar,
Yoshlik zo‘r narsa...
✍️She'r: Alibek Anvariy
🪕Musiqa: Alibek Anvariy
🎙Ijro: Alibek Anvariy
ЙЎЛ
Иброҳим Ҳаққулга
Мен бир умиддирман, Ҳақни тиловчи,
Қадамимда хатар, қилич бўйнимда...
Адоқсиз йўлларда ҳорғин йўловчи,
Кафаним эгнимда, қайғум қўйнимда.
Кўҳна бир дарвешдай боравераман...
Чақмоқлар гуллайди товонларимда.
Кўзларимда Уни кўравераман,
Чўққилар букилар довонларимда.
Тонглар кўксим тонгдай сокин ёрилар,
Тунлар ёриламан дор ва ўлимга.
Қақшаган кўзимда дарё тирилар,
Кафаним эгнимда, эрким кўнглимда..
Йўл қалтис, манзил-ку ёрдан-да йироқ,
Ёнғинлар талоши ичу тошимда.
Қанча суюклисан, суйгулим, бироқ,
Кафаним эгнимда, ўлим бошимда.
Кўнглимни қай тарзда баён этайин,
Абадий музликлар ёнар тафтимда.
Бошимни қай сори олиб кетайин,
Кафаним эгнимда, жоним кафтимда.
Наҳот қалблар энди темир каби жўн,
Наҳот туйғулар ҳам замон ўйнинда.
Кимга тилло камар, кимга зарбоф тўн,
Кафаним эгнимда, жандам кейнимда.
Йўқданми, Ҳақданми келар бир овоз,
Бир ҳаётга ўхшар, бир-да ўлимга.
Мен яна тонгларга чиқаман пешвоз,
Кафаним эгнимда, эрким кўнглимда.
То булбули таъбим* фиғони ортар,
Боғларни булғаган зоғлар қошинда.
Мени Маҳшар қадар бир қисмат кутар,
Кафаним эгнимда, қўлим бошимда.
Феврал, 2021
___
*Нодирабегим ибораси
Эшқобил ШУКУР
#tanlov_audio
Ishtirokchi №7⃣
Men g'amgin odamman, g'amgin o'larman,
Bo'zlab qolaverar ishq bulbullari...
🎙Abdulla Maxmatqulov
#matbuotchilar_kuni
Jurnalist bo‘lish uchun nima qilish kerak?
Ustoz Mahmud Sa'diyning javobi👉📹
@suhrob_ziyo1
...Бу Ватан битмагай то туз бор экан,
Ишқи билан дилни чўғлаб ўтамиз.
То Ватан бор экан, то сўз бор экан,
Сизни бутун умр йўқлаб ўтамиз:
“– Катта лейтенант Маҳмуджон Жалилов!”
– Ватан ҳимояси йўлида қаҳрамонларча ҳалок бўлган!
“Лейтенант Бобуржон Ғаниев!”
– Ватан ҳимояси йўлида қаҳрамонларча ҳалок бўлган...
Исломжон Қўчқоров
📺 "Қақнус"
👉 @mm_telekanal
Tanlov uchun audio va maqolalar 6-iyul 18:00ga qadar qabul qilinadi. G‘oliblar shanba kuni, 9-iyulda e'lon qilinadi.
@suhrob_ziyo1
Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmatidagi faoliyatimiz davomida uchrab turgan yaxshi yangiliklarni ham ulashib turamiz endi.
Negativ ko‘payib ketdi shundoq ham...
@suhrob_ziyo1
O'tgan voqealar haqida
O'tgan voqealar haqida har kim bilganicha so'z aytyapti. Kimdir "qardoshim" deb she'r to'qiyapti, kimdir kimdirni la'natlayapti, kimdir kimnidir aybdor qilayapti.
Bu voqealar qachondir sodir bo'lishi ehtimoli yo'q emasdi. Konstitutsiya loyihasi bahonasida start oldi. Nimalardir bunga yordam berdi.
Lekin masalaning ildizi boshqa joyda, nazarimda.
Sovet ittifoqi parchalanganiga 30 yildan oshdi. Avval uning tarkibiga kirgan, uning ta'siri ostida bo'lgan davlatlarning chegaralari yuz yil davomida chizilib, yoki o'zgartirib ma'lum bir kun uchun hozirlanib borildi.
Fir'avnlar o'z ma'badini tiriklik chog'ida qurdirib, unga kirmoqchi bo'lganlarni dahshatga solish uchun devorlariga duoyibadlar muhrlagani kabi imperiyalar o'limi arafasida o'zidan ajralib hurlikka chiqayotgan davlatlar tinchini buzish uchun mojaroli chegara chiziqlari tortishadi.
Sovet ittifoqi nafasi yetgan joylar ham bundan mustasno emas. Gruziyada Abxaziya va Janubiy Osetiya, Ukrainada Donesk va Lugansk shunday hududlardan. Moldovada ham shunday hududlar borligini eshityapmiz.
Bu nomlar o'zi doxil davlatlarning ko'ziga chiqqan chipqondek gap. O'tgan voqealar Qoraqalpog'istonni ham O'zbek davlatining ojiz nuqtasi sifatida talqin etishlarining isboti bo'ldi.
Lekin insof bilan aytganda, Qoraqalpoq bilan O'zbek birligi sobiq sovet ittifoqi soyasida yuz bergani yo'q. Azaldan ikki xalq Orolbo'yi mintaqasida bir-biri bilan yaqin aloqada bo'lgan. Qoraqalpoq botirlari Xiva xonligi armiyasining muhim kuchlaridan bo'lgan.
Qarangki, qachonlardir mo'ljallangan qabih rejalar bugun bo'y ko'rsatyapti. Natija — begunohlar qoni to'kilishi.
O'zbekiston Markaziy Osiyoning o'rtasidagi muhim o'rni bizni asoratga solganlarni doim cho'chitib turgan. Chunki biz qo'shnilar bilan va o'zimizdagi xalqlar bilan birdamlikni ta'minlay olsak, mintaqa yaxlit kuchga aylanadi. Har tomonlama rivojlanish yuz beradi.
Shuning uchun ham O'zbek davlatining chegaralari etnik nizolarning bo'lajak o'chog'i sifarida loyihalashtirilgan. Davlatning anklav va eksklav hududlari ham qachondir boshlanajak to'qnashuvlar xamirturishi sifatida qaraladi "katta og'alar" ko'zida.
Qoraqalpoqlarni yomonotliq qilayotgan yurtdoshlarimizni ko'rib achinyapman, o'zbekni ayirmachi deydigan qoraqalpoqni ko'rib yana achinyapman.
Birodarlar, o'zbek qachon boshqa millatga zulm qildi? Bozorga tushganda, sen qoraqalpoqsan, sen qozoqsan, sen tojiksan, sen qirg'izsan degan vaj bilan molini bermagan, yoki qimmatga pullagan o'zbekni ko'rganmisiz? Millati sabab kelgan mehmonni uyidan haydagan o'zbekni ko'rganmisiz? Musulmon odam shunday qiladimi? O'zbekning bir aybi boshqaning oldida qadrini ham unutib qo'yadi ba'zan.
Unda internetdagi shovinist o'zbeklar qaydan paydo bo'lyapti?
Ikki daryo orasida 10 ming yillar davomida yashagan xalqlar doim bir tan — bir jon bo'lib kelishgan, dushmanga birga qarshi chiqqan, do'stga birga quchoq ochgan.
O'tgan voqealarni boshlagan qo'llar hali ham bizga tajovuzdan katta umidi borligini ko'rsatib qo'ydi.
Bir narsa quvontiradi, zolimning zulmi eski senariy bo'yicha ketyapti. Vaziyatdan foydalanib, xalqni qo'zg'aydi, orasiga kirib shovqin soladi, o'q uzadi, mojaro boshlaydi. Tinchitish uchun kuch ishlatilsa, "beg'araz" yordamini taklif qiladi. Va qonli qo'li bilan kirib keladi.
Ukrainada shunday bo'ldi. Qorabog'da shunday bo'ldi. Qoraqalpoqda bu amalga oshmadi, shukr.
Zolim eski, fitna eski, esi bor odam unga aldanmaydi.
Vatan tushunchasi chegara bilmaydi. Lekin davlatning ma'lum chegaralari bor. Bu chegaralar — xalq azm-u qarorining, taraqqiyotining kafolati.
Bu chegaralarni millatidan qat'iy nazar yagona yurtdoshlik hujjatiga ega bo'lgan hech bir kishi o'zgartirishga haqqi yo'q.
Kun kelar, mintaqa davlatlari "katta og'a" rahnamoligisiz iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa maqsadida Yevropa ittifoqi andazasidagi birlikka erishar. O'shandagina biz bu kabi fitnalardan saqlana olamiz. Ungacha bunday xatarlarga yanada tayyor turishimiz kerak.
Suhrob Ziyo
04.07.2022.
@suhrob_ziyo1
Shavkat Rahmon iste'dodining yana bir qirrasi. Shoir publitsistikasi. Jurnalistikada o'tgan 4 yil ana shu narsani yozish uchun bo'lgandek xuddi.
"Maxfiya" – siyosiy surishtiruv, jurnalist surishtiruvi... men topgan nom esa "shoir surishtiruvi". Bu – azaldan mavjud bo'lgan va ayni paytda yangi janr.
Xatolari uchun uzr so'raymiz🙏🏻
@suhrob_ziyo1
ТАКЛИФНОМА
2022 йилнинг 2 июль куни соат 17:00да Адиблар хиёбонида "ХИЁБОН ОҚШОМЛАРИ"нинг олти ойлик якунларига бағишланган байрам кечаси ўтказилади. Байрам кечасида Шаҳноза Хушиева, Сарвиноз Қурбонова каби хонандалар, устоз шоирлар иштирок этиши кутилмоқда. Олти ойлик якунларида энг фаол ижодкорларга эсдалик совғалар улашилади. Шеър ўқиш, тинглаш, қўшиқлардан баҳраманд бўлиш, замондошларингиз ютуқларига гувоҳ бўлиш учун оқшомга келинг.
Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси Ахборот хизмати
#tanlov_audio
Ishtirokchi №1⃣3⃣
Ko‘zingiz qizargan
🎙 Sarvinoz Komilovna
@suhrob_ziyo1
#tanlov_audio
Ishtirokchi №1⃣0⃣
Buncha o‘xshashmiz-u,
Buncha har xilmiz...
🎙Muhriddin
@suhrob_ziyo1
#tanlov_audio
Ishtirokchi №8⃣
"Men g‘amgin odamman"
🎙Saidqulova Gulyuz
@suhrob_ziyo1
QARSHI QARSHISIDA
Harorat Selsiyda 50 daraja.
Bosh kiyimni tashla, koʻzoynakni ot.
Yarimta joningga buncha xarajat,
Senga mehrim koʻplik qilyapti, nahot?
Tashnang qonmadimi iliq suvimga?
Quruq sovuqlardan bezdimi joning?
Kecha sheʼrlar bitib yurib oʻzimga,
Endi jannatlardan aytar dostoning.
Soya bermadimi yoki tutlarim,
Yoki qamishlarim naylar tutmadi?
Shuncha kuy kammidi senga, bilmadim.
Mendan nima oʻtdi? Nima oʻtmadi?
Bugʻdoyrang yuzingni koʻzguga tutma,
Bu yuz quyoshimga siyrat boʻladi.
Soyabon koʻtarib yonimdan oʻtma,
Oʻzimning bolamsan, uyat boʻladi.
Bagʻrimdagi gullar oʻgay bolamday:
Qancha asrasam ham oʻzimnikimas.
Sen – yantoq. Iborat bagʻring tikandan,
Tomiring tomiri jonimga payvast.
Oʻzingni unutma, meni qilma xor,
Yot kuyning avjini nolam demasdan.
Qayga borsang faqat yantoq boʻlib bor,
Gulga taqlid qilsang, bolam emassan.
Harorat
Selsiyda 50 daraja…
© Suhrob ZIYO
@suhrob_ziyo1
#tanlov_audio
Ishtirokchi №6⃣
Bahorim, yana ham bahorroq bo‘lgin...
🎙Jahongir Baxtiyorov
#matbuotchilar_kuni
Ustoz Mahmud Sa'diyning noxolis muharrir va o‘qituvchilarni "tuzlagani"
@suhrob_ziyo1