#sevilgan_satrlar
ЎЗИМГA
Бахтиёр эмишсан,
Обод эмишсан,
Табриклар!
Орзунгнинг рўёби келмиш.
Ичингдан бўйнига илганинг кишан
Инграётган руҳнинг фарёди келмиш:
“Эй гумроҳ, Ҳақ сенга боқдими қиё?
Риёсан,
риёсан,
риёсан,
риё...”
Воҳ-воҳ, ишқ ҳақида эртаклар айтдинг,
Ким сенга юз бурди, ким бўлдинг охир?
Қай сўзни айтдинг-у, қай сўздан қайтдинг?
Бари ёлғон бўлди... жим бўлдинг охир.
Сен ишқ деб юрганинг бир дарди дунё,
Риёсан,
риёсан,
риёсан,
риё...
Йўқса, айтмасмидинг дунёга боқиб:
Дилдан неки ўтса, бари соф, ҳалол...
Aгар субҳидамдан хабар бермаса,
Гулга баргидаги шабнам ҳам малол.
Сен кимсан, нимасан, огоҳдир Худо,
Риёсан,
риёсан,
риёсан,
риё...
Бир доғ бор, “мен” деган доғ бор ичингда,
Ҳеч кимсан, дилдан шу доғ инмагунча.
Бир кўзда бетама бахт кўрмоқ учун
Кўнглингдан бир зарра оҳ унмагунча.
Лекин шу заррага етгунингча то
Риёсан,
риёсан,
риёсан,
риё...
©Суҳроб ЗИЁ
@wwwesdalikuz
***
Olamda boshqa hech
O’zbekiston yo’q.
Mirzo Kenjabek
Vatan qani, sevgi qani, iymon qani,
Biz ishongan, biz sig’ingan yolg’on qani,
Shior qani, qadr qani, inson qani,
Quyosh qani, ko’z yosh qani, osmon qani?
Qismatimiz yo’qlikmidi, nochorlikmi,
O’z yerida qullikmidi, xor-zorlikmi,
Epladingiz, do’ndirdingiz tujjorlikni,
Nega jimsiz? Itlar qani, karvon qani?
Qo’rqamanki, bundan battar chog’lar kelur,
Yo’limizga siz qazigan chohlar kelur,
Dengiz-dengiz, to’lqin-to’lqin “oh”lar kelur,
Xalq qayerda, kuch qayerda, Cho’lpon qani?
Otay desam, qo’limdagi toshim yetmas,
Yig’lay desam, ko’zimdagi yoshim yetmas.
Qolay desam, bu tahqirga doshim yetmas,
Ketay desam, boshqa O’zbekiston qani?!
✍️ Mehrinoz
@abbosova_mehrinoz
“Odam savdosi”
Odamni sotish mumkin,
bo‘laklab-bo‘laklab
sotish mumkin odamni,
deylik, umrining bir necha yilini…
deylik, bir lahzasini…
deylik, har nafasini…
hamma o‘z umrini sotish bilan band!
Odamni sotish mumkin:
qo‘lini alohida,
boshini alohida,
tilini alohida,
yuragini...
alohida…
Sotilmoqda qo‘njiga urilgan qo‘llar:
yumshoq, mayin, ozor yetmagan,
mehnatdan qabarmagan,
doimo “qulluq”lab, iltifot aylab
o‘rgangan qo‘llarning bozori chaqqon.
Mag‘rur boshni sotib olmoq mushkul
(egilgan bosh – aynigan piyozdek qadrsiz),
minglab boshlar o‘rilgan bu zaminda:
barchasining aybi –
sotilmagani!
qancha egilgan bosh
yashab yuribdi – arzongarovga.
Tilni har kim o‘zicha pullaydi.
Mana, biz bir butun millat tilini
nasiyaga sotgan avlodmiz.
Biror ajnabiyga o‘z tilimizda
so‘zlashga iymanib yurgan avlodmiz.
Go‘yo tilimizni qarzga olganmiz.
Go‘yo bobomizdan qolmagandek u.
Go‘yo yetim kabi asrab olgandek.
Go‘yo Enasoyning bo‘ylaridagi
mangu bitiklardan kelmagan bu til.
To‘rt ming yil ilgari loy taxtalarda
Shumerlar notanish harflar bilan
yozmagan uni.
Go‘yo mahkumlarga o‘lim oldidan
tashlangan bir burda nondek qadrsiz…
Ha, shunday sotyapmiz tilimizni biz.
Odamning yuragi –
implantlar uchun
eng qimmat mahsulot.
Tibbiyot guvoh.
Lek uni boshqacha sotish ham mumkin:
qiymalab-qiymalab sotish ham mumkin.
Arteriyalarda oqqan qaynoq iztirob bilan,
ehtiros bilan,
nafrat bilan,
muhabbat bilan
ulgurji sotilgan yuraklar yig‘lar…
Ichi mog‘or bosgan yuraklar esa
shohona ehtirom iskanjasida,
agar sotar bo‘lsang it ham olmaydi,
chang bosgan rastalar aro ko‘rganman
qanchalab yuvuqsiz yuraklarni men.
Erkni sotish mumkin,
Qo‘shqo‘llab!
Garchi u badanning a’zosi emas.
Garchi u odamdan kesib olinsa,
hech kimsa bilmaydi.
Goh boshlar erk bilan birga kelsilgay.
Holbuki, erki yo‘q fuqarolarni
nogiron demaydi biror tashkilot.
Holbuki, boshi yo‘q jasaddan ko‘ra
erki yo‘q tanlarning ahvoli xarob.
Odamni sotish mumkin,
bo‘laklab-bo‘laklab
sotish mumkin odamni.
Faqat ruh bo‘linmas!
Faqat ruh ozod!
Faqat ruh mangudir
Qiyomat — qadar!
Suhrob Ziyo
Avgust.
2022.
@suhrob_ziyo1
Men taniydigan bir devona haqida
U go‘dakka o‘xshar – sodda, anoyi,
Ertaklar tinglaydi, tushlar ko‘radi.
Boladay bir shirin so‘zning gadoyi,
Aldanib yuradi.
Qumdan qasr qurib, boqar yuksakka,
Keyin baxt haqida baxtliday kuylar.
U go‘dakka o‘xshar, yetim go‘dakka
Ko‘chadan o‘tganni “otam” deb o‘ylar.
©S.Z.
06.06.2019.
@suhrob_ziyo1
HAZRAT NAVOIYGA SAFAR
Ey xush ulkim, ofiyat kunji manga erdi maqom,
Surai Vash-Shams-u Val-Layl erdi virdim subh-u shom.
Bir xush dam (namoz vaqti) edi, salomatlik go‘shasi, halovat diyori (joynamoz) maqomim edi. Tongdan shomga qadar (5 mahal) Shams va Layli suralarini takror etardim. Allohning tong-u shomga tatirlik muborak so‘zlari xasta ko‘ngilga salomatlik bag‘ishlar edi.
Alloh toalo Qur’oni karimning Shams surasida marhamat qiladi:
“Qasamyod etaman Quyosh va uning ziyosi bilan, uning ortidan kelgan Oy bilan, uni (Yerni Quyosh) yoritgan paytidagi kunduzi bilan, osmonlar va Olloh bino qilgan (boshqa) narsalar bilan, uni qoplagan tun bilan, Yer va (U) yoyib qo‘ygan (boshqa) narsalar bilan…”
Uning so‘zlari tonglarimda shams yanglig‘ ko‘nglimni yoritar, shomimni esa Layl surasining hikmati munavvar etardi:
“Bas, kimki (zakot va sadaqotlarni) bersa va (Olloh)dan qo‘rqsa hamda go‘zal (narsa)ni tasdiq etsa, bas, unga osonlikni muyassar qilurmiz…”
“Ofiyat kunji”da maqom tutishga Tangrining shu va’dasi sabab. Bu xush damlarning boisi Ollohning kafolatidir:
“Albatta, hidoyat faqat bizning zimmamizdadir” (Layl surasi).
Suhrob ZIYO
Pes etme hiç, varol
her zaman Anadolu!
Sührap ZİYA şiiri
Şehzat ŞADMANOV çevirdi ve okudu.
Onado‘li. 6-fevral.
Ko‘ksing to‘lg‘inmidi
yuking og‘irmi yo?
Tuprog‘ing to‘lg‘oqqa
to‘lgan bag‘irmi yo?
Senda bog‘lam topdi
ikki parcha dunyo,
Ikki qit'a aro
sarson, Onado‘li
Titrading — titradi
jahon, Onado‘li.
Sen bir tarozisan,
Sharq-u G‘arb — posangi,
Alp Arslon merosi,
Ertug‘rulbey jangi,
Dunyo hamon eski,
faqat balo yangi.
Ming bir titroq kelar
hamon, Onado‘li,
Bir buyuk Turk istar
zamon, Onado‘li.
Bag‘ringda kezgan har
joning menikidir,
Jonlaring tashigan
qoning menikidir,
Mening shonim senga,
shoning menikidir,
Bir mushtga aylangan
polvon, Onado‘li,
Turklik dunyosida
marjon Onado‘li.
Ojizga qo‘l cho‘zmay
ko‘kni yengib bo‘lmas,
Zolimga yechilmas
bo‘rkni yengib bo‘lmas,
Qullikka ko‘nmagan
Turkni yengib bo‘lmas.
Yov tig‘i tegmagan
Turon — Onado‘li,
Mening ham ko‘ksimda
uyg‘on, Onado‘li.
Tim-tik tur, qardoshim,
Yeng bu imtihonni,
Men bo‘lmasam-da sen
titrat bu jahonni,
Sinovlar uyg‘otar
bir kuni Turonni,
Tokay biz bo‘lamiz
qurbon, Onado‘li,
Ko‘ksimizga to‘lsin
iymon Onado‘li.
Oy, yulduz tashigan
Bayroqlar aytadi,
Turkka turk do‘stdir, deb
Har yoqlar aytadi,
Zaminda uyg‘ongan
Titroqlar aytadi:
Enasoydan kelgan
karvon, Onado‘li.
Qiyomatga qadar
omon Onado‘li.
S. Z.
@suhrob_ziyo1
#yangi_sher
Qorong‘u
Bu yorug‘ zaminning
sim-siyoh bir yog‘i...
Bu oppoq qorlarda
bu qora qahraton...
Barchasi oshkor-u
barchasi noayon:
tashqari guliston,
ichkari zimiston –
qorong‘u...
Roviydan rivoyat,
hokimdan hukmdir,
odildan adolat,
zolimdan zulmdir,
obiddan ibodat,
olimdan ilmdir,
shoirdan haqiqat:
har bir so‘z tazarru,
zamonning sur'ati,
rassomning surati
qorong‘u...
Har lahza – qorong‘u
manzilga safarlar,
har bir kun maoshli
qullikdan xabarlar,
har mavsum –
yo toshqin...
izg‘irin...
saraton...
Yashamoq –
anomal fojia,
uzzukun
xonalar,
ko‘chalar
qishloqlar,
shaharlar,
bu vatan,
bu o‘lka,
bu dunyo
qorong‘u...
Qorong‘u hikmatlar,
qorong‘u hayajon...
ming yillik qismatlar:
Alpomish, Qorajon,
qora tun,
qora choh,
uzilgan bir arqon,
qora o‘y,
qora kin:
do‘st qo‘lin qaytargan
bir gumon —
ko‘ngilga sachragan
bir og‘u
qorong‘u...
Qora ko‘z,
qora soch,
qora qosh,
karashma,
bir baxtiqaroning
qismatin talashgan,
qushlarday qo‘nimsiz
qalblarning boyligi,
qora ishq,
oshiqlar
umrinda adashgan
dardlarning oliyi
yorlarning toleyi
qorong‘u...
Shabiston istar ruh,
kelay deb to‘zimga,
ohori qaytar deb
qoraygan bo‘zimga,
dunyoning rangidan
ranglandi diliston:
tashqari guliston,
ichkari zimiston,
ko‘zimdan ko‘zimga
O‘zimdan o‘zimga
so‘ylangan har turku –
qorong‘u.
Qorong‘u – falsafa,
qorong‘u – mohiyat,
yorug‘lik – lahzadir,
qorong‘u — voqea,
yop-yolg‘on baxtlarni
yutar chin fojia,
fikrlar – yonarqurt,
ularni fosh etar,
yo‘llarga bosh etar
qorong‘u.
Koinot –
zulmatga
belangan go‘shanga,
yulduzlar – sochqidir,
quyosh ham bir tanga,
urvoqqa jo bo‘lgan
milyardlab odamga
haqiqat muddassir*,
bir Kitob muntazir...
faqat shu...
naryog‘in
bilolmas bandasi,
o‘liklar faryodi,
tiriklar xandasi...
Yetguncha
to asl Vatanga
hammasi
qorong‘u
qorong‘u
qorong‘u...
Suhrob Ziyo
2023.fevral.
*muddassir – arabcha: "(liboslariga) burkanib olgan". Qur'oni karimning 74-surasi nomi.
@suhrob_ziyo1
Yanvar. Qor. Daraxt.
To‘kilmagan barglar belandi qorga,
O‘qilmagan xatlar changga botganday.
Ko‘nglimni o'rgatib qo'ydim bahorga,
Endi vujud oz-moz sovuqqotganday.
To‘kilsang bo‘lmasmi, ey muttaham barg,
Bahorga yetmoqni o‘ylayapsanmi?
Yashil xotiralar etmaydimi tark,
Xazonlik umriga ko‘nmayapsanmi?
Bo‘ldi, uzilaqol. Qorlar yog‘moqda.
Men ham yengil tortay daraxtga o‘xshab.
Men ham daraxtlardek belanay oqqa,
To‘kilmoq dardidan bo‘layin xursand.
Ketsang ketaqolgin, o‘jar xotira,
Xazonsan, bargman deb chiranaverma.
Men ko‘nglimga boray qorlar oralab,
Bahor kelishiga halaqit berma.
2018.
S. Z.
@suhrob_ziyo1
#Qabul2022
Ish jarayonidan:
Tibbiyot yoʻnalishiga oʻqishga topshirmoqchi boʻlgan abituriyentlar uchun maʼlumotnoma qilib qoʻydik.
Abituriyentlarga yuborib qo'yasizlar.
@suhrob_ziyo1
МЕНИМЧА...
Икки-уч кундан бери Facebook ижод аҳли тортишувларига тўлиб кетди. Бир халқаро танлов ортидан шоир-ёзувчилар бир-бирига тескари, бу ёқда Qalapmir.uz билан журналистика университети бир-бирига терс бўлиб қолган. Яна бир нималар чиқади, англашимча, майда нарсалар.
Устозлар, акалар-укалар, опалар-сингиллар! Ижодкор шахси — унинг ижодининг бир бўлаги. Ижтимоий тармоқдаги майда баҳс ва троллинглар бу шахсиятга путур етказади. Бу билан баҳс қилмаслик керак, демоқчи эмасман. Интернет этикасида оддий одамларга намуна бўлиши керак бўлган шахсиятлар ўзини шарманда қилётганига ичим ачийди.
Сизнинг ишингиз йўқми? Ижоддан безиб қолдингизми? Тармоқда ким бир-бирини ғийбат қилган, устидан мағзава ағдарган, бирови бошқасини писанд қилмай, ҳурмат қилмай тортишаётган бўлса, улар шоир, ёзувчи, журналист бўлиб чиқаверади.
Шулар ҳақида ёзишга тўғри келяпти:
1. “Усмон Носир” спектакли премьераси камчиликлар билан намойиш этилган бўлса, уни “чираниш” деган сўз билан ҳақорат қилмасдан ҳам таҳлил қилиш мумкин. Биз ёки бошқа тенгдошларимиз қилмаган ишга Жавлон Жовлиев қўл урди. Бу авлоддан шундай қадам бўлгани учун қувониш керакмасми?! Усмон Носир сиймоси саҳнада ўзгачароқ кўринган бўлса, у ҳақидаги тасаввур бир спеклакл билан бузилиб қолмайди.
2. Ёзувчилар уюшмаси халқаро даражада ҳамкорликни жуда зўр йўлга қўймагандир, лекин сўнгги йилларда чоп этган катта адибларнинг туркум сайланмалари излаб ўқийдиган китоблар бўлган. Нимадир қилмаслик ва ҳеч нарса қилолмаслик ўртасида фарқ бор, инсоф билан айтганда. Бу масала ҳам шахсиятга тегиш ва шахсиятни ёқлашга айланиб кетди, афсус.
3. Журналистика йўналишидаги талабаларни ёппасига троллингга ўргатиш яхши эмас. Бу - бир. Таълим жараёнидаги камчиликлар фақат журналистика соҳасида эмас. Бу - икки. Қамариддин Шайхов ва бўлажак журналистларнинг баҳсида шахсиятга тегиш, майдалашиш ҳеч кимга ярашмайди. Юзма-юз гаплашиб олиб, масалани ҳал қилгани икки томоннинг ҳам обрўсини сақлайди, назаримда.
Айтмоқчи бўлганим, ҳамма ўз ишини қилсин; ижодкорлар, айниқса, тенгдошларимиз катта асарлар ёзсин, билимини оширсин; танқид қилишга келганда, таҳлил билан, этика билан масалага ёндашсин. Ҳозирги даврни қалам аҳли учун осон деб бўлмайди. Тириклик, тирикчиликдан ортиб қалам тебратаётганларининг ўзи бир жасорат. Лекин бунинг учун марҳамат кутмасинлар. Чидаганга чиқарган, уларга ҳеч ким ёзгани учун, ҳақиқатни айтгани учун алоҳида эътибор, рағбат беришга мажбур эмас, ҳатто давлат ҳам. Шуни қабул қилиш керак. Шундай даврда бу қавмнинг бир-бири билан жиққамушт бўлиб ётгани — шармандалик.
Суҳроб ЗИЁ
@suhrob_ziyo1
🎼Jilama yor, jilama,
G‘amni g‘amga ulama,
Dard bilmagan nomardlar
Yig‘laganni bilama?
🎙Xoliq Xursandov
@suhrob_ziyo1
CHIDAGIN BOLAM-A, CHIDAGIN!
Elomon yana ko‘p aytdi, emranib turib xo‘b aytdi, jo‘shib aytdi, shoir-da, ba’zan qo‘shib aytdi. Shunda Elbek baxshi: "O‘, bolam! O‘, shoirlikda men yetmagan nolam, baxshi bo‘lib to‘liqib qolibsan, ilhom deganiga yo‘liqib qolibsan, endi senga oxirgi nasihatim shudir", deb ko‘ksida qo‘zg‘algan yelga soqoli pirillab, ovozi chaqmoqday gurillab, bir so‘z deb turgan ekan:
Ustozim deganing she’rfurush chiqsa,
Suyganim deganing erfurush chiqsa,
Podshohim deganing elfurush chiqsa, —
Chidagin, bolam-a, chidagin,
Dardlaring taningga joylansin.
Chidagin, bolam-a, chidagin,
Ohlaring qo‘shiqqa aylansin!
Chin qolib, yolg‘onlar topsa marhamat,
Yaxshimas, yomonlar topsa marhamat,
Aldamchi zamonlar topsa marhamat —
Chidagin, bolam-a, chidagin,
Dardlaring taningga joylansin.
Chidagin, bolam-a, chidagin,
Ohlaring qo‘shiqqa aylansin!
Amir o‘g‘ri bo‘lsa, qozi — riyokor,
Vazir — shuhratparast, o‘g‘ri — ziyokor
Va ular xalqingdan kulsalar beor —
Chidagin, bolam-a, chidagin,
Dardlaring taningga joylansin,
Chidagin, bolam-a, chidagin,
Ohlaring qo‘shiqqa aylansin!
Donolar qorani oppoq desalar,
Shoirlar haromni shu pok desalar,
Qo‘rqsalar, dushmanni o‘rtoq desalar —
Chidagin, bolam-a, chidagin,
Dardlaring taninga joylansin.
Chidagin, bolam-yey, chidagin,
Ohlaring qo‘shiqqa aylansin!
Odamman deb tursa temirlar, toshlar,
Desalar: dunyodan bitdi ko‘z yoshlar.
Tug‘larning ustidan yursa molboshlar, —
Sen chida, bolam-yey, sen chida.
Kuylagin — to‘xtama bir nafas!
Sen kuyla qilichning tigida —
O‘shanda el-yurting chidamas!
Bu qo‘shiqni aytib, Elbek baxshi quyoshga tik qaragan ekan, ko‘zi yoshlanmabdi.
Usmon Azim
«Baxshiyona» turkumidan.
@suhrob_ziyo1
Najmiddin Erbaqon — zamonaviy Turkiyaning taraqqiyotida muhim o‘rin tutadigan g‘oyaviy yetakchilaridan biri. Rajab Toyyib Erdog‘anning ustozi. Turkiya og‘ir sanoatining asoschisi.
Germaniyaning dunyoga mashhur Leopard tanklari dvigatellarini takomillashtirishga hissa qo‘shgan muhandis.
"G‘oyam" kitobida yozadi:
"Turkiyaga tayyor mahsulot olib kelishga o‘rganganlar "Kumush motor" hamda Turkiyaning mahalliy va milliy dvigatel ishlab chiqara boshlaganidan bezovta bo‘layotgandi. Xorijdan dvigatel import qilish esa sanoqli shirkatlarning qo‘lida edi.. "
"Tabiiyki, asl masala standartlarda emas, balki Turkiyaning shaftoli yetishtirish o‘rniga dvigatel ishlab chiqarishni xohlayotganida edi...".
Xulosa shuki, taraqqiyotni qoloqlikdan manfaatdor bo‘lgan mahalliy xoinlar va mamlakatni bo‘ysundirishni istovchi tashqi kuchlargina istamaydi.
@suhrob_ziyo1
“ФАҚАТ ОЗОД БЎЛСИН
ШУ ХАЛҚ, ШУ ВАТАН”
(Разил қаҳқаҳага тик боққан шеърлар)
Ҳақиқат ва бадиият адабиётнинг асоси бўлиб келган. У ҳаёт ҳақиқатини бадиият либосида инсонларга тақдим этади. Шундай даврлар бўладики, миллат ҳақиқатга кўпроқ муҳтожлик сезади. Ҳақиқат бўғилаётган чоғларда одамлар уни адабиётдан излай бошлайди. Шунда ижод кураш майдонига айланиб, ижодкор жангчига айланади.
Халқимизнинг ўктам шоири Шавкат Раҳмоннинг:
“Мен жангчи эмасдим, мен шоир эдим,
Ниҳоят, шоирдан кўра зобитман”, –
деган сатрларида шунга ишора бор.
Устоз Мирзо Кенжабек эса ижодининг бу даврига "қурбонликка сўйдим истеъдодимни" деб баҳо беради. Унинг бу аҳдини тушунгич замонлар келишига умид қилади. Кураш миллат эрки, ҳурлиги, инсонларнинг ҳақ-ҳуқуқлари учун, зулмга “бас” дейиш учун бўлса, ўзини миллат тақдирига масъул деб билган ҳар бир уйғоқ зиёли бу йўлда истеъдодини ҳам қурбон қилишга тайёр бўлади, курашчига айланади.
Бу курашлар ҳам худди асарлар каби тарихда қолиши шубҳасиз. Зеро, муаллиф бир шеърида: “Дерлар: “Кураш қолар”. Жанг ҳам қолгуси”, дея ишончини яширмайди.
“Йўқ, шоир фақат ижод билан шуғулланиши керак”, дейдиганларга эса “ижод кимга қолар, халқинг қолмаса”, деб истеҳзо қилади. Бу курашлар эса асоратсиз бўлмайди. Шундай чоғ "мени газет урар, уларни Худо", деб таскин беради ўзига.
Халқпарвар фарзандларнинг сўзларига тоқатсизлик қилиб, илмилиқ ҳаётига етиши ва юмшоқ курсиси қимирлаб қолишидан қўрққан амал соҳибларига:
“Сен душманга қандай чидайсан,
Чидолмасанг битта шоирга” –
деб хитоб қилади.
Шоир биладики, келгуси авлодларда бу курашлар ҳақида кўп саволлар туғилади. Шунда муаллиф ўз авлодининг бу қурбонлгини:
"Болам, мен золимлар дунёси ичра Разил қаҳқаҳага боқа олдим тик..." –
дея изоҳлайди. Асл ғоя:
"На ижод, на довруқ истак-нажотим,
Дилларни поклайин ноҳақ шубҳадан:
Буткул сабил қолсин менинг ижодим,
Фақат озод бўлсин шу халқ, шу Ватан!.."
Китобнинг номи эса шеърият оламига шиддатли тўлқин бўлиб кириб келаётган янги авлодга бағишланган шеърнинг илк бандидан олинди:
"Шукр, сиз келдингиз,
Ғам йўқ камимдан,
Номус жанггоҳида эмассиз четгир.
Ғамингиз ғамлироқ менинг ғамимдан,
Кўзларингиз менинг кўзимдан ўткир!
Ушбу китобда жамланган шеърлар – ўша жанглардан хотира. Миллат ҳаққи учун курашганларнинг босиб ўтган йўлини тасдиқловчи исбот. Шу билан бирга, бу асарлар бадииятнинг гўзал намунаси ҳамдир.
Суҳроб ЗИЁ
@suhrob_ziyo1
#tez_kunda #yuz_ochdi
XUDONI BESH MAHAL
ESLAMASAK HAM,
Xudodan qoʻrqardik oʻsha kezlarda.
Bahorda Xudo deb, ekin ekardik,
Xudodan rizq kutar edik kuzlarda.
Yolgʻiz sigirimiz boʻlganda nobud,
Onam koʻz yoshiga choʻmganda dunyo.
Otamning fikricha, sinovdir yoxud
Bizdan ranjiganin bildirgan Xudo.
Xudodan, tovonga kirsa ham nashtar,
Kimningdir omadi chopsa, Xudodan.
Oʻshanda bizlarni Xudoga tashlab
Otamning otasi oʻtdi dunyodan.
Shopenni bilmasdim oʻsha damlarda,
Dilgir musiqaga yetmasdi aqlim.
Agar bilganimda, har bir notasin
Bolalik chogʻimga qilardim talqin.
Bizlar yoppasiga mehnatkash edik
Va Namrud qavmidan topmasdik xabar.
Qishloqdagi sirli masjid oldidan
Uyalib, qisinib oʻtardik har gal.
Ogʻir ketmonlarning tevalangani
Hanuz qulogʻimda urib turar bong.
Begona oʻtlardan tozalar edik
Xudoyim yaratgan tuproqni har tong.
Sadaqa balodan etar deb xoli
Qishloqdan pul yigʻib, soʻyar edik qoʻy.
Yopinib borardi onam roʻmolin,
Otam qalpoq kiyib koʻrsatardi boʻy.
Bola-chaqa uchun misoli bayram,
Oʻyin-kulgi bilan qorin toʻyardi.
Ismoil nabeni tanimasak ham,
Xudo bizni juda qattiq suyardi.
Eslasam, koʻnglimning tubida figʻon,
Koʻzimdan zamzamning suvlari oqar.
Yusufdek quduqning tubida nolon,
Qismatga koʻnardi bizning qishloqlar.
Keyin men ulgʻaydim, koʻnglimda orzu
Dunyo eshigini tepdi dam-badam.
Onam uzuq-yuluq duo qildi-yu,
Xoʻmrayib, taqdirga tan berdi otam.
Bu siyqa hayotim etmasman bayon,
Qashqir vodiysidan sotib safsata.
Asabiy koʻzlarda boʻlar namoyon
Chekkan zahmatingning izi albatta...
Zahmatkash ovulim oʻsha kezlarda
Ancha xudojoʻyroq edilar mandan,
Koʻzdan panaroqda aroq ichardi,
Hazar qilar edi tuhmat, yolgʻondan.
Va jahl otidan tezda tushardi,
Har kuni nolimas edi zamondan.
Gunohga botishdan iymanishardi,
Xudoni besh mahal eslamasa ham.
Sahifalarimiz:👇
Telegram | Instagram | Facebook
#fikrimcha
Sherali Jo'rayev qo'shiqlari Navoiyni anglatishda kitobdan kam xizmat qilmaydi.
@suhrob_ziyo1
Anadolu. 6. Şubat.
Göğsün dolu muydu,
Ya yükün ağır mıydı?
Ya toprağın sancıya
Dolmuş bağır mıydı?
Üzerinde birikti
İki parça dünya,
İki kıta üzre kalbin
Viran Anadolu,
Sarsıldın, sarsıldı
Cihan Anadolu.
Sen bir terazisin,
Doğu ve Batı'nın mizanı,
Alp Arslan'ın mirası,
Ertuğrulbey'in cenki,
Dünya hala köhne,
Ancak bela yeni.
Binlercesi vardır
Pinhan Anadolu,
Büyük Türk'ü bekler
Zaman Anadolu.
Bağrında gezen her
Canın benimkidir,
Damarında akan
Kanın benimkidir,
Benim şanım sana,
Şanın benimkidir,
Tek vücud olan bir
Yumruk Anadolu,
Türk dünyası içre
Işık Anadolu.
Acize el uzatmadan
yaşamak mümkün değil,
Eğilmeyen başı
çiğnemek mümkün değil,
Kul olmayan Türk'ü
yenmek mümkün değil!
Düşmana eğilmeyen
Turan Anadolu,
Benim de göğsümde
uyan Anadolu.
Dimdik ol kardeşim,
Geç bu imtihanı,
Ben olmazsam da sen
Titret bu cihanı,
Sınavlar uyatar
bir günü Turanı,
Canın için canım
kurban Anadolu,
Göğsümüze dolsun
iman Anadolu.
Aylı ve yıldızlı
bayraklar söylüyor,
Türk'e Türk dost diye
yapraklar söylüyor,
Kalplerde uyanan
kaynaklar söylüyor:
Yenisey'den gelen
kervan Anadolu,
Pes etme hiç, varol
her zaman Anadolu!
Sührap ZİYA şiiri
Şehzat ŞADMANOV çevirdi.
https://t.me/joinchat/TiN26TU89uCmJBWn
Toshkentda turk xalqiga gumanitar yordam yigʻish boshlandi
Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida roʻy bergan kuchli zilzila oqibatida talafot koʻrgan hududlarga Oʻzbekistondan insonparvarlik yordam yuboriladi.
Kerakli mahsulotlarni yigʻish Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi koʻmagida tashkil qilinmoqda.
Turkiyaga yuboriladigan insonparvarlik yordami uchun zarur mahsulotlar roʻyxatiga bolalar va kattalar uchun qishki kiyimlar, chodir, yotoq, isitish vositalari, generatorlar, chidamli oziq-ovqat konservalari, chaqaloqlar boʻtqasi va tagliklari, tozalash va gigiyena vositalari kiritilgan.
Gumanitar yordam berish istagida boʻlganlar quyidagi manzilga borishlari mumkin:
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 30-uy. Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti texnoparki.
🔎 Joylashuv
@oriftolib
Türk'ün gözü
Dertsiz toprak yoktur ama
Türk toprağı çok gamlı.
Gözler içre...dikkatli bak
Türk'ün gözü hep nemli.
Bakışları her ne kadar
Mutlu şad ve rahatlı,
Dip dibinde çınlar ebed
Yesevi'nin feryadı.
Helal dosta dost oluruz,
saygımız da derinden.
Al çiçekler büyütürüz
kaygımızın üzerinde.
Tam bizimki olur elbet
Acılı baht, şanımız.
Kanımızla temizlenen
Ulu Türkistanımız.
Halime Hudayberdiyeva şiiri
Suhrab Ziya çevirdi.
----------
Turkning ko‘zi...
Gʻamsiz tuproq yo‘qdir biroq,
Turk tuprog‘i g‘amliroq.
Ko‘zlar ichra... sinchiklab boq,
Turkning ko‘zi namliroq.
Nigohlari garchand tonggi,
Ustivor baxt, obodi,
Tub-tubida yangrar mangu
Yassaviyning faryodi.
Halol do‘stga do‘st turamiz,
Shaymiz kam-u ko‘stiga.
Qizil gullar o‘stiramiz
Qayg‘umizning ustida.
O‘zimizning bo‘lar albat
Gʻamangiz baxt, shonimiz.
Qonimiz-la qayta-qayta
Yuvgan Turkistonimiz.
Halima Xudoyberdiyeva
@sz_turkce
50 yildan ortiq vaqt Dadaxon Hasan oyinayi jahonda chiqmadi. Bu — Dadaxon Hasanni jazolash emas. Xalqni jazolash, xalqni go‘zal lazzatdan mahrum qilish.
Yo‘ldosh Eshbek
https://youtu.be/pVA6B2MXxxU
ОҒИР МУСИБАТ,
ДАРДЛИК ТАЪЗИЯ
Улуғбекжон Азимов – атоқли ўзбек шоири Усмон Азимовнинг ўғли, атоқли олим Нурислом Тўхлиевнинг куёви ҳижрий 1444 йил муқаддас ва муборак Ражаб ойининг 11-куни пайшанба кечаси кирганида; милодий 2023 йил 1-февраль, чоршанба куни оғир беморликдан сўнг вафот этди.
Улуғ устоз Усмон Азимовга, муҳтарама янгамиз, фидойи таржимон Раънохон Азимовага, фидойи олим Нурислом Тўхлиевга дилдан ҳамдардлик билдирамиз. Барча оила аъзолари ва яқинларига сабри жамил сўраймиз. Улуғбекжонга Аллоҳнинг раҳматини тилаймиз!
Ассалому алайкум, азиз ва
меҳрибон устозим Усмонхон ака!
Оғир ва улуғ мусибат онида сизга ва муҳтарама Раънохон янгамга сабри жамил тилайман. Жисман ёнингизда бўла олмасам-да, маънан ёнингиздаман.
Ўғлингиз, бизнинг ёш, севимли дўстимиз Улуғбекжон кўз олдимизда ўсиб улғайган. У – бизнинг умримизнинг бир парчаси.
Сизнинг хонадонингиз – ўзбек адабий муҳитининг ёниқ марказларидан бири, Ўзбекистон бахши-шоирларининг мусобақа минбари эди. Улуғбекжон у даргоҳга қатнайдиган ёш ижодкорларнинг ардоқли укажони эди.
1-синфга борадиган бўлганида эрталаблари Раънохон янгамиз уни чиройли кийинтириб, пешонасидан ўпиб қўйиб, мактабга кузатар эди. Улуғбекжон тўғрисўз, хушфеъл, самимий, қувноқ йигит бўлиб етишди. Ўкинч ва қалб йиғиси билан эслаяпман.
Аллоҳ таоло Улуғбекжонни раҳматига олсин, чеккан дардларини саҳвларига каффорат қилиб, Жаннати Фирдавси аълога дохил айласин!
Қалби йиғловчи дўстингиз
Мирзо Кенжабек.
•┈❁✿❁┈•
@xojagon_uz
@m_kenjabek
•┈❁✿❁┈•
Jurnalimizning 2022-yil 6-son mundarijasi bilan tanishing!
@yoshlikjurnali
yoshlikjurnali.uz
- Odamlarni qanday xursand qilish kerak?
- Biz ularga quvonch, sevgi va ozgina murabbo berishimiz kerak...
© Karlson
#Uyquqochganda
Bir qoraqalpoq bilan o'zbekni o'ylaysan, bir yolg'onga aralashib borayotgan hayotingni chig'iriqdan o'tkazasan, bir ukrainni qaqshatayotgan o'risni eslab nafrating qo'ziydi, bir senga umid bog'laganlarning ishonchi-yu duosini oqlolmay qolishdan cho'chiysan, bir bechoralar haqqi evaziga dunyo orttirayotganlarni eslab g'ijinasan, bir kuni qorin g'amida o'tib ketayotgan odamlarga achinasan, keyin ulardan biri ekaning yodingga tushadi, bir yozilmay turgan she'rlar javobgarligi qiynaydi, bir yozilgan she'rlar azobi o'rtaydi, bir birovining ko'ziga cho'p qadashga tayyor "ahli ijod"ga iching achiydi, bir ahli ijodman deb yurgan gumrohlarga rahming keladi, bir ularning hech biri bu jamiyat uchun bir chimdim yorug'lik bera olmayotgani o'kintiradi, bir bu dunyoga kelib o'zingdan qoldirgulik nimang bor degan savol xayolga qadaladi, bir o'tib borayotgan fursatning alami achchiq yutumdek tomoqdan o'tadi, bir bu tashvishlarning hech biri mangu emasligini tushuna boshlaysan, ularning o'rniga manguroq dardlar bilan dardlanishni ko'ngling tusaydi....
Shu bilan tong otadi, hammasi yana qaytadan boshlanadi...
@suhrob_ziyo1
#tanlov_audio
Ishtirokchi №1️⃣8⃣
Ko‘zingiz qizargan, yig‘ladingizmi?
🎙 Gulziya Akromova
@suhrob_ziyo1