suhrob_ziyo1 | Unsorted

Telegram-канал suhrob_ziyo1 - Suhrob Ziyo

-

Адабиёт. Кўнгил. Дунё. Худо. Адабиёт. Мурожаат учун: @suhrobziyodov

Subscribe to a channel

Suhrob Ziyo

Бу юртда "шоирман" дегани кўп, аммо шоирликка арзийдиган кам. Улар орасида Алибек Анварий бор!

Ишонмасангиз буни ўқинг👇


AТОМ КЕРАК!
(Баллистик шеър)
...
Атом – таълим, тасаввур у!
Фаҳм ҳам шу, дид ҳам ўша.
Хўп аломат мусаввир у!
Озодликни чизган ўша!
Халқ қалбида турган тўфон,
шумшук зотин ғарқ этган куч!
Ўз қадрини билган Инсон,
Уйқусини тарк этган ўч!
У ҳеч қачон “отилмайди!”
Ва ҳеч кимга сотилмайди!
У – авлодлар қароғига
ер чизмайин қараш иши!
Қутлуғ Ватан тупроғида,
озод ўлиш, яшаш иши!

Тўлиқ ўқинг👇👇👇

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Ukraina

Hammasini ko'rib turibman, dunyo,
Barcha qabihlikka yetadi fahmim.
Qurbon bo'lganlarga achindim, ammo
Tiriklarga ko'proq keladi rahmim.

Molotov kokteyli kabi otilgan
Nafrat qutqaradi dilni hadikdan.
Xaloskor maqomin olgan qotil va
Ozodlik niqobin kiygan qullikdan.

Erk kurashni istar, zulm - uyquni!
Ikkisin hech zamon teng qib bo'lmaydi.
Qudratli lashkarni yengish mumkin-u,
Qudratli millatni yengib bo'lmaydi.

Zolimni alqagan g'ofillar esa
Istayman uyqudan uyg'onishini.
Har urush isbotlar, bir mushkul kelsa
Vatandan eng avval kim tonishini!

Suhrob Ziyo

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Samarqand oqshomi...

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

#иқтибос

* * *
Мамлакатни олимлар, инженерлар, врачлар ва бошқа ақлий меҳнат соҳиблари тарк эта бошладими, демак, миллат ва халқ ўзининг гултожларидан жудо бўлмоқда. Бундай мамлакатда бизнесменлар ҳокимиятга келади, таги пастлар ва кўчада тарбия топган қаллоблар сиёсатдон бўлади, бозордаги чайқовчилар, спортчилар ва артистлар депутатга айланади.

© Ҳанс Женсен
Нобель мукофоти лауреати

@javlonjovliyev

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Samad VURG'UN

* * *
Agar sendan tonar bo‘lsam nasibim oh-u zor o‘lsin,
Bahorim qishga aylansin, chechaksiz bir diyor o‘lsin.
Chamanzorim, bog‘im-bog‘cham to‘kilsin, bori xor o‘lsin,
Mazorim o‘t olib yonsin, bu ishqim oshkor o‘lsin.

Qo‘y, ey bulbul! Tin, ey dovul, ki xohish istirohatdir,
Bu yerlarda ilinjim yo‘q, yupanchim bir sayohatdir.
O‘lim, ey voh, bu ne’matdir, bu bir shonli saodatdir,
Agar bevaqt o‘lar ersam, raqibim baxtiyor o‘lsin.

Falakdan intiqom istar jo‘shib ruhimda bo‘ronlar,
Na insofni, na vijdonni bilar, yo rab, bu insonlar.
Yoz, ey Vurg‘un, yana jo‘shsin bugun olamda to‘fonlar,
Yiqilsin mehvari olam, u tubdan tor-u mor o‘lsin!..

Razzoq ABDURASHID tarjimasi

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Мен ҳам интернет журналистикаси бўйича жюри аъзоси эдим. Мен тавсия қилган номзодлардан фақат Жамшид Ниёзов мукофотга лойиқ топилди.

Асосий мукофотга газета.узни тавсия этгандик. танқидчи журналист
Анора Содиқовани, Муаззам Иброҳимова, онкология касалхоналарини сақлаб қолишга ҳисса қўшган кун.уз журналисти Руслан Сабуров, ногиронлар ҳақида ажойиб лавҳалар қилган Шарифа Мадраҳимовани, дарё мухбири Азиз Абдувалиев, хабар. уздан Мустаҳкам Тангриёрова каби забардаст журналистларни тавсия этгандим. Лекин меги овозим камлик қилди, ожизлигим учун ҳамкасбларимдан узр сўрайман! Халқ учун ишлашда чарчаманг! Сиз мен учун энг зўр мутахассисларсиз! Сифатли журналистикамизни ривожлантиришда давом этинг!

Нозима Тошпўлатова

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Sirkdagi bo‘ri

Olov chambarakdan sakrab o‘tdi sher,
Ayiq velosiped minib qildi sayr.
Fil o‘mbaloq oshib gursilladi yer,
Faqat sen qolganding yovvoyi, g‘ayir,
Men uvlab yubordim qismating ko‘rib,
Qamchidan qo‘rqdingmi, sirkdagi bo‘ri?

Xotirdan faromush bo‘ldimi nasling?
Vahshiy erkparastlik bo‘ldimi unut?
Dunyo - sirk, sahnada bo‘rilar raqsi,
Nahot yashayapsan itlikka ko‘nib,
Sensiz quriydi-ku o‘rmonning sho‘ri,
Qullikka ko‘ndingmi, sirkdagi bo‘ri?

Qasos istab kezgan tunlaring qani?
E’tiqoding mayib qildimi tuzoq?
Dunyoni titratgan unlaring qani?
Sirkni gir aylanib g‘ingshiysan uzoq.
Jonzodlar qaysari, yirtqichlar o‘ri,
Tishlaring sindimi, sirkdagi bo‘ri?

Shoqollar gerdaydi makoning kezib,
Masxaraboz senga uzatadi qand.
Uning kekirdagin olmaysan uzib,
Zanjiringga sira bermaysanmi pand.
Tur-e, chorlayotir ajdoding qo‘ri,
Kurashlar tindimi, sirkdagi bo‘ri?

... millating turkiymi, sirkdagi bo‘ri?

©Suhrob Ziyo

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Sevgilim, bir buyuk yolg‘onga keldik,
Zaminga egilgan osmonga keldik,
Arzonga ketgani arzonga keldik,
Qiblasi rost bo‘lgan yoqlar qayerda?

S.Z.

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

NOZIM HIKMAT

Mikrokosmos


Ko’zimga oltin tomchisi singari oqqan yulduz yog’dusi
ilk bor bo’shliqlarda zulmatni tilgan zamon
tuproqda ko’kka boqqan bitta ham ko’z yo’q edi.
Yulduzlar — keksa,
Tuproqlar go’dak edi.

Yulduzlar bizdan uzoq,
shu qadar uzoqki,
shu qadar uzoq…
Yulduzlar orasida zaminimiz bir urvoq,
shu qadar qadar urvoqki,
shu qadar urvoq…

Va Osiyo — bu zaminning beshdan biri,
Osiyoning bir mamlakati — Hindiston.
Va Kalkutta — Hindistonning bir shahri,
Banarji — kalkuttalik bir inson…

Va men
sizga xabar beraman:
Hindistonning Kalkutta shahrida
bir insonning yo’lin to’sdilar,
yo’lchi bir insonga kishan osdilar…

Va men,
imkon istab
boshimni yog’duli bo’shliqlarda tebratmadim.
Yulduzlar — uzoq,
zamin — urvoq.
Mening ularga parvoyim yo’q…

Bilib qo’ying,
men uchun ulardan hayratliroq
ulardan qudratliroq
ulardan-da sirli va haybatliroqdir
yo’lda jim ketayotganda
qo’llariga kishan urilgan
INSON!

Suhrob Ziyo o‘zbekchalashtirdi.

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

НИСБИЙЛИК

Қуёш ёлғон,
тун ёлғон,
аср ёлғон,
зум ёлғон,
қоя ёлғон,
қум ёлғон,
қатраю
қулзум ёлғон.

Ёлғон алқов,
хушомад.
Ёлғон тақво,
диёнат.
Ёлғон севги,
хиёнат,
маъсум ёлғон,
шум ёлғон.

Қуш ҳам биздан ҳотамроқ,
чумоли ҳам бардамроқ,
итлар дўстга ҳамдамроқ,
булар биздан одамроқ —
қанот ёлғон, дум ёлғон.

Вужуд — зиндон,
жон — тутқун,
юрак — ўпқон,
қон — тутқун,
бир руҳи нолон тутқун,
тан — суякустун — ёлғон.

Шоҳлар ёлғон,
тахт ёлғон,
муддат ёлғон,
вақт ёлғон,
тиллою зар,
нақд ёлғон,
фармон-у ҳукм ёлғон.

Олимлару
толиблар,
Мағлублару
ғолиблар,
ялло қилиб юрган ҳам
ноғорасин чолиблар,
ўлмай туриб дунёдан
бошин кетган олиблар,
озодларнинг руҳини
занжирларга солиблар,
тутқунларнинг хаёли
самоларда қолиблар...
озоду тутқун ёлғон...
остин-устин дунё бу:
дунё ёлғон, дун ёлғон.

Ёлғон шакл-шамойил,
ёлғон денгиз, само, йўл,
ёлғон дарду давою
бемору ҳаким ёлғон.

Ишрат бору
шавқ йўқдир,
иззат бору
завқ йўқдир,
уммон бору
ғарқ йўқдир,
чақин бору
барқ йўқдир,
ўнгу сўл,
ғарб-шарқ йўқдир,
ўлмоқ-қолмоқ
фарқ йўқдир,
барча "ҳақ"лар ёлғону...
Ҳақдан ўзга Ҳақ йўқдир.

Суҳроб Зиё

2023. Май.

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

#qaqnus

Katta bir teatrni
Qoʻgʻirchoqlar boshqarar...

🎥Nilufar Ergasheva, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 11-sinf o‘quvchisi.

📺 "Qaqnus" ko‘rsatuvi

@Nilufar_Ergasheva

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

26-aprel — Muhammad Yusuf tug'ilgan kun!

Muhamad Yusufning quyma she'rlari ko'p. Lekin ularning orasida "Qora quyosh" dostoni millatning eng og'ir dardlarini ko'tarib chiqqani bilan ajralib turadi. Dunyodagi voqealarni kuzatib turib, bu she'rlarni shu kunlarda ko'p-ko'p o'qib turish kerak, deb o'ylayman.

—————————

Muhammad YUSUF

* * *
"Odamlar taqdiri oddiy tushlik yoki kechki ovqat paytidayoq hal bo’lardi. Suhbat orasida kimlarningdir nomlari tilga olinardi. Birdan Stalin: «Lavrentiy, chora ko’r», deb qolardi. Beriya esa boshqa xonaga o’tib, qaygadir qo’ng’iroq qilardi. U nomlarini aytgan odamlar shu kechasiyoq qamoqqa tushardi…"

Marshal Jukov xotiralaridan.

Ey g’amdan bukchaygan uylari yog’och,
Yarmi qamoqxona,
Yarmi yalang’och
Mamlakat, qizlaring yashir oltinsoch —
Lavrentiy Pavlovich sayr qilmoqda!..

Bayramga qo’yilgan baliqdek tuzlab,
Qotib tur joyingda, vujuding muzlab,
Qurbonlar ustiga qurbonlar izlab,
Lavrentiy Pavlovich sayr qilmoqda.

Bir-birlarin suyab,
Tik turib uxlab,
Vagon to’la bolang ketmoqda yig’lab,
Paravozlar qayga eltmoqda yig’lab?..
Lavrentiy Pavlovich sayr qilmoqda.

Ularni kutadi maydon to’la dor,
Bu dorlar ostida barcha millat bor,
Jallod — ko’zoynakli ilondek makkor,
Lavrentiy Pavlovich sayr qilmoqda.

Kutmoqda ishqorlar quyilgan jomlar,
Bu do’zax jomida har qora shomlar,
Erib ketdi ne-ne Akmal Ikromlar…
Lavrentiy Pavlovich sayr qilmoqda.

Yuzin bir ko’rmoqqa topolmay iloj,
Kim otaga muhtoj,
Kim yorga muhtoj.
Kim yolg’iz o’g’li-la diydorga muhtoj,
Lavrentiy Pavlovich sayr qilmoqda…

Ey, g’amdan bukchaygan uylari yog’och,
Yarmi qamoqxona,
Yarmi yalang’och
Mamlakat, qizlaring yashir oltinsoch —
Lavrentiy Pavlovich sayr qilmoqda.

* * *
Menga qadrdondir uning siymosi
Tilim tebranmas hech yomon deyishga.
U shunday buyukki,
Yo’qdir qiyosi,
Qancha buyuk bo’lsa,
Tubandir shuncha…

U — yorug’ dunyoda
Tengi yo’q inson,
Qadrdon begona.
Yovuz mehribon.
Uning bir qo’li gul yuragigacha,
Uning bir qo’li qon bilagigacha!..

Kim yolg’iz bolasin topolmay go’rin,
Qonlar yig’lab o’tgan bo’lsa dog’ida,
O’sha mushtipardan so’rash lozim bu —
Buyuk inson,
Buyuk jallod haqida.

So’rang,
Omoch surgan bolakaylardan,
Chillak oyoqlarin sudrashib arang.
Qirq birinchi yilda,
Miltiq yetishmay,
Asirlarga tushgan
Askardan so’rang.

Shunda
Ayon bo’lar uning siymosi,
U yarmin qamagan,
Yarmini qirgan.
Yarmini qo’yganu dorlarga osib,
Qolgan yarmi bilan
Janglarga kirgan!..

Uning butun umri
Jumboqdan iborat,
U ayni adolat,
U ayni g’orat.
U oqil buzg’unchi,
U mohir me’mor —
Inson suyagidan solgan imorat…

U xalqlar qotili,
Xalqlar otasi,
Tilim tebranmaydi
Yomon deyishga.
U shunday ulug’ki,
Yo’qdir qiyosi,
Qancha ulug’ bo’lsa,
Tubandir shuncha.

Yo’qsa, ayting, Kim u?
Yo’qsa ayting, kim?
Yarim xalq qarg’aru
Yarim xalq yig’lar.
Mening savolimga
Eng to’g’ri javob —
Bera olguvchining hammasi uxlar!..

Menga juda aziz
Uning siymosi,
Bir qarasam,
Yo’qdek sira qiyosi.
U bir bag’ri daryo,
Bir bag’ritoshdir,
U bir quyosh
Ammo —
Qora quyoshdir!

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

"Shavkat Rahmon degan
bir o‘jar shoir
Bir kuni qaytadan yaraladimi?! "

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Ramazon hayiti hammamizga qutlug‘, xayrli kelsin. Ramazon oyida qilgan duolarimizning ijobatini bersin. Millatimizning yaxshi kunlari ko‘p bo‘lsin. Hammamizni keyingi hayitga omon yetkazsin.

Umrimizning har daqiqasi mazmunli, ezgu amallarga boy, shukronali bo‘lsin.

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

“Yoshlar bilan suhbat”: yoshlar nega adabiyotni tark etadi?

Abdulla Qahhor “Yoshlar bilan suhbat” kitobida yoshligida adabiyotga shovqin-suron bilan kirib, so‘ng jimgina yo‘qolib ketgan kishilarni bir necha guruhga bo‘ladi:

“Men adabiyotga qadam qo‘yganimdan beri adabiyotga kirib-chiqqan odamlarning soni bor-u sanog‘i yo‘q. Bularning bir qismi chizishga bo‘lgan havasini talant deb o‘ylagan, shuning uchun yanglish kirgan odamlar...”.

Bugun kitoblari chiqib, elga tanilayotgan yoshlarning ham orasida havas ortida qalam ushlab yurganlar topiladi. Bugunning yo‘rig‘iga ko‘ra, moddiy imkoniyati yaxshi bo‘lgan kimdadir adabiyotga havas uyg‘onib qolgudek bo‘lsa, yoki biror ota-otaning erka qizi mukofot olish xayoliga tushib qolsa, she’r qo‘ltiqlab, nashriyotga boradi. Qarabsizki, 18 yoshga yetib-yetmagan qizaloqlarning o‘nga yaqin kitobi chiqqan bo‘ladi. Bular havasni talant sanab yurganlarning bugungi qiyofalaridir.

“Bularning yana bir qismi adabiyot qalbning bir chekkasini emas, hammasini talab qilishini bilmagan, talant kun sayin mehnat bilan jilo berib turilmasa zanglab, butkul yaroqsiz holga kelib qoladigan asbob ekanidan bexabar kishilar edi...”.

Ajoyib kunlarning birida Toshkentga bir iste’dod kirib keladi, darrov tilga tushadi, e’tiroflar eshitadi. Biroq buncha maqtovdan o‘zini zo‘r sanab, izlanishdan qoladi, sekin-sekin adabiy davralarning chekkasiga chiqib boradi, buni o‘zlari ham yaxshi bilib, zil ketib boradi.

“Bularning uchinchi bir qismini g‘urur va manmanlik kemirib, yeb safdan chiqarib tashladi. Bular besh-o‘nta o‘quvchi orttirar-orttirmas kekkayib, o‘qimay qo‘ydi, o‘sishdan to‘xtadi, tanqid qulog‘iga kirmaydigan bo‘lib qoldi...”.

Kimdir tanqid qilsa, odamlarni “haqiqiy” adabiyotni tushunmaslikda ayblaydigan toifalar, yoshlar orasida hanuz uchrab turadi. Maqtovlar, minbarlar bilan birga ularni ustoz adiblarning haddan ortiq e’tiroflari ham shu ahvolga olib kelib qo‘ymoqda.

“Bularning to‘rtinchi bir qismini o‘z hayotini tartibga solmaslik, yashay bilmaslik xarob qildi...”.

Bugun ijodkorning o‘z hayotini tartibga solishi masalasi avvalgidan ko‘ra ahamiyatliroq. Chunki u paytlar har holda, she’ri matbuotda yoki kitob holida chiqqan shoir biroz yaxshi daromad topgan.

Ayni paytda bozor iqtisodi ma’naviy makonlarga ham o‘z qonunlarini o‘rnatib, murosa qilmasdan hukm yurgizayotir. Shunday sharoitda o‘z hayotini yo‘lga qo‘yish masalasi juda qiyin ishga aylandi. Faqat she’r yozishni biladigan yosh iste’dod bu talantini bozorga solganda ham kuni o‘tadigan daromad topolmaydi. Yoshlar ana shunday og‘ir yukni bo‘yinga olib maydonga kirishmoqda. Bozor dunyosida adabiyotni o‘z qismati deb belgilashning o‘z katta jasorat bo‘lib turibdi. Shuning uchun yoshlar she’riyatiga baho berishda shu jihatni zinhor esdan chiqarmaslik kerak.

Suhrob ZIYO

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

ОҚИБАТ ҒОЛИБ ЎЗИНГСАН,
ХОЛИҚО!..


* * *
Холиқо! Сабру тўзимсан, Холиқо.
Жанг, кураш урфин тузибсан, Холиқо!
Қай томон, қай эл, қаю куч енгса ҳам,
Оқибат ғолиб Ўзингсан, Холиқо!


Мирзо Кенжабек

@m_kenjabek | @xojagon_uz

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

***
Atay qo‘ng‘iroqqa bermayman javob,
Atayin kechikib boraman ishga.
Urinaman atay tartib buzaroq
Dunyoni o‘zimga ko‘niktirishga.

Atay tig‘iz damda xayollar surib,
Atay sokinlikda zerikadi jon.
Atay isyon payti sukutga cho‘mib,
Atay sukut payti qilaman isyon.

Atay jilmayaman g‘am boshga tushsa,
Atay quvonch kelsa bo‘larman sipo.
Murosa qilsamda sen-la har lahza,
Atay shartlaringni buzarman, dunyo.

S.Z.

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Jonimni tikolmay ulug‘ millatga,
Men xayol suraman...

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Shaxsiy varaqa

Ismi: Suhrob
Millati: O‘zbek
Odam avlodidan nasl-nasabi
Tug‘ilgan manzili: shu eski Dunyo
Ijtimoiy mansubligi: Erk
Tahsil olar Isyon bilim yurtida
g‘azabi

Tili: turkiy,  Navoiy tili
E'tiqodi: Haqiqat (farzlarini qilmadi ado)
Kasbi: bu dunyoni go‘zalroq ko'rish
Lavozimi: ko‘ngil mulozimligi
Uni a'zo qilgan yolg‘iz tashkilot: Ishq

Vijdoni azoblanayotganlarning,
Vijdonini azoblayotganlarning
doimiy ro‘yxatida turadi

Sog‘ligi: omonat (o‘zini sog‘ deb
o‘ylagan bir dunyo telbalar ichra)

Abadiy ahvoli: Xudo bilan yolg‘iz
Yaqin qarindoshlari: Ba'ni bashar,Tuproq, Havo, Olov, Suv...
Qushlar, Daraxtlar, Qumursqalar...

Vaqtinchalik turar joyi: Yer
Mangu qolar joyi: Yer

Shu choqqacha olgan eng katta mukofoti: She'r

Tug‘ilgan sanasi: Har ilhom vaqti
O‘limi: Haqiqatdan yuz burgan zahot
Gunohi, Savobi, Muhabbati uchun
hisob berish fursati
: Ro'zi Mahshardir!

(Sana. Imzo. Ma'lumotnoma so'ralgan joy uchun berildi).

Suhrob Ziyo

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

***
Mayning mayin iskanjasida
Osmon to‘lg‘in-to‘lg‘in boqadi.
Bir yomg‘irlar yog‘adi shunda,
Bu yomg‘irlar unga yoqadi.

Quyosh ketar, ufq tilingan,
Manglayida yog‘dular jangi.
Kamalakday ranggin hislarni
Paydo qilar tomchilar ranggi.
Talanadi tunning bisoti,
Tosh yo‘llarni ezadi titroq.
Unda kezib yurar bir sog‘inch -
Ko‘zi qora, orzulari oq.
Tabassumin quchoqlab chopgan,
Yel bag‘rida barglar oqadi.
Yomg‘irlarga singar tilagi,
Bu yomg‘irlar unga yoqadi.

Odam bino qilgan ochunda
Vayron bo‘lar dillar ishonchi.
Tog‘lar qulab borar, quyunlar
Qahr yig‘ar tomchima-tomchi.
Majnunlari ozar aqldan,
Oqillari yashaydi bedil.
Xira tortgan dun oynasiga
Yomg‘ir kabi yog‘adi nedir.
Dunyo hali noraso juda
Gulni tutsang, ilon chaqadi.
Bu yomg‘irlar juda pokiza,
Bu yomg‘irlar unga yoqadi.

So‘ng u kelar, xayolday sokin
Tushlariga belab dunyoni.
Ko‘zlarida muhabbat hokim,
Yuragida ma’yus isyoni.
Chinqiradi go‘dakday dunyo,
Titrab ketar yomg‘irda tani.
Maysalanar qatron toshlari
Maydalanar qartaygan g‘ami.

Boshimizda osmon guldirar,
U zamindan shodon boqadi.
Bu yomg‘irlar meni o‘ldirar,
Bu yomg‘irlar unga yoqadi.

2019.

©Suhrob ZIYO

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

@shodmonqul_SALOM

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Нега Россия 9-майни бу қадар катта байрам қилади? Сабаби, фақат Гитлер Германиясидан соғ-омон қолганида эмас. Балки, иккинчи жаҳон урушидан кейин, СССР номи остидаги тарихий Россия, бир томондан ўзини ички зиддиятларини енгди. Ҳали қовушмаган СССР Гитлерга қарши бирлашди, ички бирлик пайдо бўлди. Сепаратизм пасайди.

Иккинчи томондан, Россия империяси кенгайди. Янги ҳудудлар сифатида Болтиқ бўйи республикаларини мустамлака қилди. Варшава келишуви номи остида, шарқий европа ва дунё давлатлари устидан ўз таъсирини кучайтирди.

Демак, 9-май Россия учун, бу империяни мустаҳкамлаш, кенгайиши ва глобал хукмронликка ўтиш даври ҳисобланади. Шунинг учун, 9-май, Россия учун – глобал ҳокимиятни, қудратни қумсаш байрами. Империячиликни хумори тутганда, 9-май куни, қизил майдонда эски, чанг босган костюмни кийин, занглаган медалларини тақиб, бошқаларни қўрқитишни истайди. Лекин империя сўнмоқда.

© Камолиддин Раббимов

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

***
Sevgilim, bir buyuk yolg‘onga keldik,
Zaminga egilgan osmonga keldik,
Arzonga ketgani arzonga keldik,
Qiblasi rost bo‘lgan yoqlar qayerda?

Sevgilim,
bu dunyo ro'yoga to‘lug‘,
Siyrati xarob-u, surati ulug‘...
Kurtaklari larzon, mevasi bo‘lug‘
Chekkasi sumanbar bog‘lar qayerda?

Sevgilim, bu yurak yoralar bo‘ldi,
Quyoshga talpinib poralar bo‘ldi,
Qoralar oq, oqlar qoralar bo‘ldi,
Bu oqlarni oqlar oqlar qayerda?

S.Z.

2023. Маy.

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

NISBIYLIK

Quyosh yolg‘on,
tun yolg‘on,
asr yolg‘on,
zum yolg‘on,
qoya yolg‘on,
qum yolg‘on,
qatrayu
qulzum yolg‘on.

Yolg‘on alqov,
xushomad.
Yolg‘on taqvo,
diyonat.
Yolg‘on sevgi,
xiyonat,
ma’sum yolg‘on,
shum yolg‘on.

Qush ham bizdan hotamroq,
chumoli ham bardamroq,
itlar do‘stga hamdamroq,
bular bizdan odamroq —
qanot yolg‘on, dum yolg‘on.

Vujud — zindon,
jon — tutqun,
yurak — o‘pqon,
qon — tutqun,
bir ruhi nolon tutqun,
tan — suyakustun — yolg‘on.

Shohlar yolg‘on,
taxt yolg‘on,
muddat yolg‘on,
vaqt yolg‘on,
tilloyu zar,
naqd yolg‘on,
farmon-u hukm yolg‘on.

Olimlar-u
toliblar,
Mag‘lublar-u
g‘oliblar,
yallo qilib yurgan ham
nog‘orasin choliblar,
o‘lmay turib dunyodan
boshin ketgan oliblar,
ozodlarning ruhini
zanjirlarga soliblar,
tutqunlarning xayoli
samolarda qoliblar...
ozod-u tutqun yolg‘on...
ostin-ustin dunyo bu:
dunyo yolg‘on, dun yolg‘on.

Yolg‘on shakl-shamoyil,
yolg‘on dengiz, samo, yo‘l,
yolg‘on dard-u davo-yu
bemor-u hakim yolg‘on.

Ishrat bor-u
shavq yo‘qdir,
izzat bor-u
zavq yo‘qdir,
ummon bor-u
g‘arq yo‘qdir,
chaqin bor-u
barq yo‘qdir,
o‘ng-u so‘l,
g‘arb-sharq yo‘qdir,
o‘lmoq-qolmoq
farq yo‘qdir,
barcha "haq"lar yolg‘on-u
Haqdan o‘zga Haq yo‘qdir.

Suhrob Ziyo

2023. May.

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Mobillashib borayotgan tafakkur

Hayotimizni shunday tig‘iz axborot qobig‘i qamrab oldiki, undan chiqishning ham, xabarlarni hazm qilishning ham imkoni yo‘q. Axborot almashishning sur’ati oshgani sayin dunyo poychasini shimarib yugurishga tushib ketadi. Inson moslashuvchan mavjudot emasmi, barcha o‘zgarishlarni indamaygina qabul qilib, ular bilan yanada tezroq yashashda davom etadi.

Bu jarayonni ta’riflashda yana bir so‘zni ishlatishga to‘g‘ri keladi: globalizm. Ammo bu so‘z men aytayotgan holatni, demak, mavzuni ham ochib bera olmaydi. Ular «dunyo globallashib borayapti» deydi. Men esa «dunyo, hayot, inson mobillashib borayotir» deyman.

DAVOMI 👉🏻https://oydinlar.uz/?p=500

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

⚡️Qonunlar va kolbasa qanday tayyorlanishini kuzatmagan ma'qul.

Otto fon Bismark

Manba: centerasiastudy

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

👉🏻 https://www.youtube.com/watch?v=EMDhqk8VHl

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Erkin Vohidov she'riyati haqida mulohazalar.

🎙 Ulug'bek Hamdam

📺 "Qaqnus"

👉 @mm_telekanal

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

МУБОРАК РАМАЗОН ОЙИ БИЛАН
ВИДОЛАШУВ

Ориф ва ошиқ шоир – ҳазрати Бобораҳим Машрабнинг худди отадан етим қолган ўғилдек йиғлаб, муборак Рамазон ойи билан видолашиб ёзган мухаммас-шеъридан баҳраманд бўлинг!..

АЛВИДО

Алвидо, эй моҳи раҳмат, шаҳри ғуфрон, алвидо!
Айладинг азми сафар, бўлдук паришон, алвидо!
Афв қил нуқсонимиз, эй яхши меҳмон, алвидо!
Боиси савму солоту хатми Қуръон, алвидо!
Алвидо, эй раҳмати Ҳақ, моҳи тобон, алвидо!

Бир неча кун хони эҳсонингга ҳожатманд эдук,
Ҳам салоту хатми Қуръонинг билан хурсанд эдук,
Банд эди иблислар, меҳринг-ла шаккарханд эдук,
Сан ото маънидаким, бизлар санга фарзанд эдук,
Тифл янглиғ айладинг бизларни гирён, алвидо!

Ҳурматингдин кечаву кундуз дуо эрди қабул,
Ҳамди Аллоҳ, бизга бўлдунг хоси мероси Расул,
Келганингга шод этиб, кетгонинга қилдинг малул,
Гар ато азми сафар қилса, қолур йиғлаб ўғул,
Тез кел, бизларни қилгин шоду хандон, алвидо!

Шомдин илгори амр айлар малакларга Ғафур:
«Бир қаранг бандамға, таъом олдида, оби таҳур,
Бийм этиб Мандин, емайким, интизори шом эрур,
Ҳам таъому обин устига тўкунглар пок нур,
Афв қилдим қанча қилган эрса исён», алвидо!

Бир ажаб маҳсан – ҳама маҳлар аро қурбинг азим,
Ким сани эъзоз қилса, Ҳашрда бехавфу бийм,
Ҳурматингдин жаннат ичра бўлди ҳурлар кўҳликим,
Соҳиби ифтор эрур Маҳшарда озоди жаҳим,
Қайси моҳ сан каби соҳиб хайру эҳсон, алвидо?!

Ҳурматингдин ғарқи нур эрди бу жисму жонимиз,
Равшан эрди хатми Қуръонинг билан иймонимиз,
Хаста эрдук, сандин эрди неча кун дармонимиз,
Алвидо, эй раҳмати Ҳақ, кўп эрур нуқсонимиз,
Журми исёнимни қил – Ҳақ сўрса – пинҳон, алвидо!

Лағв қилиб эрдим, кетиб қилсанг мани ошуфта ҳол,
Гарчи бадман, яхши арз эт сўрса гар Вожиб Таъол,
Умрга йўқ эътимодим то келунча янги сол,
Хизматинг эрди манга айни ризойи Зулжалол,
Эй маҳи фархундайи нури шабистон, алвидо!

Ким санинг борингда беҳад эрди эҳсону савоб,
Эмди хуш кет, то келунча бўлди аҳволим хароб,
Ким сани эъзоз этар, жаннат эгаси – беҳисоб,
Хатм қилдим арзими, валлоҳу аълам бис-савоб,
Машрабингдин рози бўл, эй яхши меҳмон, алвидо!

БОБОРАҲИМ МАШРАБ
(раҳматуллоҳи алайҳ)

“КУЛЛИЁТ”дан.

Нашрга тайёрловчилар:
ЖАМОЛИДДИН ЮСУФИЙ,
МИРЗО КЕНЖАБЕК.

•┈❁✿❁┈•
@xojagon_uz
@m_kenjabek
•┈❁✿❁┈•

Читать полностью…

Suhrob Ziyo

Asqad Muxtorning “Yosh do‘stlarimga” asari: adabiy avlod qanday shakllanadi?

Har bir davr yoshlarining ijodini o‘sha davrning professional adabiy talablari bilan o‘lchash lozim. XXI asr yosh yozarlariga o‘tgan asrda adabiyotga kirib kelgan adiblarning ayni shu yoshida ularga qo‘yilgan talablarni qo‘yish to‘g‘ri emas. Chunki bugun 20-25 yoshdagi ijodkor adabiy muhitda o‘z nomini tanitib ulgurgan bo‘ladi. Ularning adabiyot sahnalarida paydo bo‘lish yoshi 15-18 yoshga kichraygan. A.Qahhor va A.Muxtor yoshlar deb ataydigan ijodkorlar 25-30 yoshlarga yetgan. Ko‘rinib turibdiki, o‘tgan yarim asrlik jarayonda adabiy avlod 5-10 yilga yashargan.

A.Muxtor A.Qahhorning yoshlarning debyuti va ikkinchi qadamlari haqidagi fikrlarini ham ma’qullaydi. Birinchi nafas, kuchli nafas bilan yozilgan yaxshi bir umidli asardan keyin ko‘pgina yoshlarda qiynalish, to‘lg‘anish sezilishini ta’kidlaydi. Bu masalaga to‘xtalar ekan, uyushma, noshirlar, ustozlar, muharrirlar bunga jiddiy qarash, yoshlarni birinchi qadaminigina emas, ikkinchi qadamlarini ham qo‘llab-quvvatlash va talabchanlikni bo‘shashtirmaslik kerakligini aytadi. A.Muxtor yoshlar ijodini tahlil qilar ekan, poetik tajribaning ma’lum yuqori bosqichi deb baholagan poema janriga oid asarlar topilmasligini tanqid ostiga oladi.

“Yosh do‘stlarimga” kitobida yoshlar poeziyasidan bahs etilarkan, muallif yosh adabiy avlodning “ajabtovur ulg‘ayib kelayotgani”ni aytadi. Adabiy avlodning guruhlarini sanar ekan, o‘z davri yoshlarini uch guruhga bo‘lib sanaydi. Tasavvur paydo bo‘lishi uchun ushbu guruhni to‘liq keltirdik:
1. Husniddin Sharipov, Jumaniyoz Jabborov, Erkin Vohidov, Xayriddin Saloh, Sayyor, Yusuf Shomansur...
2. Oxunjon Hakim, Barot Boyqobilov, To‘lqin, Gulchehra Jo‘raeva, Normurod Narzullaev, E’tibor Oxunova, Razzoq Abdurashidov, Olimjon Xoldorov, Anvar Isroilov...
3. Abdulla Oripov, Omon Matjon, Oydin Hojieva, Muhammad Ali, Usmon Toshtemirov...

Bu qatorda yoshlar ijodiga oid ikki jihatni e’tiborga olish lozim. Avvalo, ushbu qatorda bugun nomida uncha eslanmaydigan ijodkorlar borligidan xulosa qilish mumkinki, vaqt va adabiyotning o‘zi bugun e’tirof etilayotgan yoshlarning qay birini olib qolishni hal etadi. Bunda yuqorida Abdulla Qahhor ta’kidlagan yoshlarning adabiyot maydonidan chetga chiqib qolish sabablari ham ta’sir qilgan, ehtimol.

Ikkinchi jihat, bu adabiy guruhlar bugun bir avlod sifatida tilga olinadi. Bundan kelib chiqadiki, bir necha yil farqi bilan maydonga kelgan yoshlar bir ijtimoiy va adabiy muhitda ijod qilar va yashar ekan, ular bir adabiy avlodga aylanib boradi. Bugun 2-mingyillik adabiyotining yosh vakillari orasida har har yili yangi nomlar paydo bo‘lmoqda. 6-5 avval tilga tushganlar orasidan kimdir maydondan chetga chiqmoqda. Buni adabiyotning beshafqat tanlovi deyish mumkin.

Suhrob ZIYO

@suhrob_ziyo1

Читать полностью…
Subscribe to a channel